#MATCH_DAY #QDPI #FUTBOL
⚽️BUGUN FUTBOL!
🔴Farg‘ona viloyati 2-liga "🔠" guruh 11-tur
Qoʻqon DPI 🔴— 🟢 FarDU
📍 Qo‘qon sh. 27-maktab stadioni.
⏰ Boshlanish vaqti: 17:00
🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣🔣
👍👍👍👍👍🌍kspi.uz📝Telegram
📝Facebook💻Instagram🎞YouTube
#tavsiya
⚡️Talaba-o‘quvchilar uchun foydali mobil ilova yaratildi
“Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida til o‘rganuvchilar uchun maxsus mobil ilova — “Ibrat Academy” taqdim etildi.
Endi yoshlar istalgan makon va zamonda professional o‘qituvchilardan til o‘rganishlari mumkin.
Ilova yordamida o‘rganayotgan til bo‘yicha test ishlash, uyga vazifalarni bajarish imkoniyati mavjud. Tez orada ilovaga sun’iy intellekt funksiyasi ham kiritilib, foydalanuvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratilishi reja qilingan.
Ilova taqdimotini hoziroq YouTube platformasida tomosha qiling!
📹 Videoni ko‘rish (matn ustiga bosing)
📱Ilovani yuklab olish: Android | iOS
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#videoyoʻriqnoma
Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabalari uchun ttj.kspi.uz platformasi orqali ro‘yhatdan o‘tish videoyo‘riqnomasi
🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣
👍👍👍👍👍🌍kspi.uz📝Telegram
📝Facebook💻Instagram🎞YouTube
🟥🟥🟥
YIL OLIYGOHI – 2023: QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI E’TIROF ETILDI
Xabaringiz bor, joriy yilda Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash telegram kanali tomonidan namunali faoliyat ko‘rsatayotgan oliygohlarni e’tirof etish, ularni munosib rag‘batlantirish maqsadida telegram foydalanuvchilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Jami 46 ta institut ishtirok etgan so‘rovnomada ishtirokchilar Qo‘qon davlat pedagogika institutini “Yil oliygohi” sifatida e’tirof etishdi.
Bugun Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash kanali tahririyati rahbari Egamnazar Abdulboqiyev tomonidan institut rektori Dilnoza Xodjayevaga tanlov g‘olibiga atalgan maxsus statuyetka, Diplom hamda talabalar uchun 14 million so‘mlik sertifikat tantanali ravishda topshirildi.
Qo‘qon davlat pedagogika instituti so‘rovnomada faol ishtirok etib, institutni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorlik bildiradi.
🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣
👍👍👍👍👍🌍kspi.uz📝Telegram
📝Facebook💻Instagram🎞YouTube
#talabalar_taʼtilda
Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabalari uchun yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish maqsadida institutga qarashli Sariqqo‘rg‘on dam olish maskanida lager tashkil etilganligi haqida xabar bergan edik.
Ayni kunlarda Rus tili va adabiyoti, Jismoniy madaniyat hamda Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti talaba-yoshlari dam olish va sog‘lomlashtirish tadbirlariga jalb etilgan. Yozgi oromgoh doirasida reja-jadval asosida turli sport musobaqalari va ko‘ngilochar tadbirlar muntazam tashkil etilmoqda.
🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣
👍👍👍👍👍🌍kspi.uz📝Telegram
📝Facebook💻Instagram🎞YouTube
📹 TOP INNOVATOR
#tez_kunda
#yangi_loyiha
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#o‘qishni_ko‘chirish
#infografika
Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar statistikasi
2-avgust soat 09:00 holatiga ko‘ra, talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha jami 59 ming 431 nafar talaba onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil infografikada👆).
➖respublika davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha transfer.edu.uz platformasi orqali – 26 647 nafar;
➖nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali – 32 784 nafar talaba ariza topshirgan.
❗️Eslatma: arizalar 5-avgust (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.
O‘tish ballari 👉 @eduuzuniversalbot’da
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
4️⃣4️⃣4️⃣
TALABALAR TURAR JOYIGA ARIZA BERISH BOSHLANDI
Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabalari bugundan boshlab 2023/2024 o‘quv yili uchun talabalar turar joyiga zarur hujjatlarni onlayn tartibda, uydan chiqmagan holda https://ttj.kspi.uz/ havolasi orqali orqali topshirishlari mumkin.
Ayni paytda Qo‘qon davlat pedagogika institutiga qarashli 4 ta talabalar turar joyi mavjud. Ulardagi o‘rinlar soni 1938 tani tashkil etadi.
Muhim eslatma!
Turar joy uchun ariza topshirganlar orasida xorijiy davlatlar fuqarolari, boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlari, I va II guruh nogironligi bo‘lgan, to‘liq davlat ta’minotidagi yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlar, vasiylik yoki homiylik belgilangan va oilaga tarbiyaga (patronat) olinganlar, uzoq viloyatlar va tumanlardan kelgan talabalar, “Temir daftar”ga kiritilgan yoki onasi “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari, “Yoshlar daftari”da turuvchi talabalarga birinchi navbatda ustunlik beriladi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar:
📞+998 94 4482303
📞+998 91 2040234
🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣
👍👍👍👍👍🌍kspi.uz📝Telegram
📝Facebook💻Instagram🎞YouTube
5️⃣5️⃣5️⃣
Prezident va nomli davlat stipendiyalarga talabgorlar so‘nggi sinovlardan o‘tmoqda
Bugun Qo‘qon davlat pedagogika institutining Prezident va nomli davlat stipendiyalariga nomzod 21 nafar magistr va bakalavr bosqichi talabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy va Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari tanlovining oliygoh bosqichida “Informatika” fanidan so‘nggi sinovdan o‘tmoqda.
Bugunga qadar talabgorlar “O‘zbekiston tarixi” va “Ingliz tili” fanlaridan sinovdan o‘tgan.
🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣
👍👍👍👍👍🌍kspi.uz📝Telegram
📝Facebook💻Instagram🎞YouTube
Қўқон шаҳрида Президент Шавкат Мирзиёев раислигида йиғилиш бўлиб ўтмоқда. Йиғилишда видеоалоқа орқали Қорақалпоғистон раҳбарияти, барча вилоят ва туманлар ҳокимлари ҳам қатнашмоқда.
Таъкидланганидек, вилоятда бўлиб ўтган сайловолди учрашувида Фарғона аҳолиси турмуш шароитларини янада яхшилаш, вилоят иқтисодиётига фаол инвестициялар жалб қилиб, аҳоли даромадларини ошириш бўйича катта марралар олинди.
“Олдимизда ҳали етти йил бор, бу ишларни эртага ёки кейинги йилдан бошлаймиз”, деган вазир, ҳоким ёки сектор раҳбарлари қаттиқ адашади.
Чунки, одамларимиз, хусусан Фарғона аҳли сайловолди дастурларида кўтарилган ҳар бир ташаббус бўйича биздан аниқ натижаларни бугундан кутаяпти.
Бундан буён ҳудудларга борганимда ҳокимлар ҳам, вазирлар ҳам янги қурилган объектларни кўрсатиш билан қутулмайди.
Энди ҳудудларни ривожлантириш бўйича муаммоларни очиқ-ойдин гаплашамиз. Бу борада сўров қаттиқ бўлади, масалани ичига кирмаган раҳбарлар шу жойнинг ўзида ишдан олинади”, - деди Президент.
Facebook|Instagram|Twitter
5️⃣5️⃣5️⃣
Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovining dastlabki bosqichi o‘tkazilmoqda
Bugun Qo‘qon davlat pedagogika institutida Prezident va nomli davlat stipendiyalariga nomzod talabalar uchun tanlovning oliy ta'lim bosqichi sinov jarayonlari boshlandi.
Sinovlar avvalida institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Nurbek Joʻrayev talabgorlar bilan uchrashib, Prezident va nomli davlat stipendiyalarining ahamiyati, tanlov bosqichlari va talabalari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi va barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Tanlovning ilk bosqichida Qo‘qon davlat pedagogika institutining 21 nafar magistr va bakalavr bosqichi talabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy va Islom Karimov nomli davlat stipendiyalariga davogarlik qilmoqda. Ular O‘zbekiston tarixi, Informatika va Ingliz tili fanlaridan maxsus komissiya a'zolari tomonidan sinovdan o'tkaziladi.
Sinovda yuqori natijaga bilan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar tanlovning keyingi bosqichida ishtirokini davom ettiradi.
🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣
👍👍👍👍👍🌍kspi.uz📝Telegram
📝Facebook💻Instagram🎞YouTube
Joriy yilda o‘qishni ko‘chirishdagi muhim yangiliklar nimalardan iborat?
📍https://uza.uz/posts/505380
🔻O'zbekistonning yagona rasmiy axborot agentligi
Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе