qdpitalabayoshlari | Неотсортированное

Telegram-канал qdpitalabayoshlari - Qo'qon DPI talaba yoshlari!

3836

🇺🇿Qo'qon davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari kanali✅ 📡Institut rasmiy web sahifasi: ✅ www.kspi.uz ✅ https://t.me/kspi_rector

Подписаться на канал

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

Jonim Vatan, tanim Vatan, ko‘zim Vatan...

✍️ Sirojiddin Sayyid she’ri.
🎙 She’rni O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi Dilhayot Sotiboldiyev o‘qiydi.

🌨🌨🌨🌨
🎆👍👍👍👍🌍kspi.uz📝Telegram

📝Facebook💻Instagram🎞YouTube

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

#vodiy_yoshlariyi
#sorovnoma
#yil_btjamoasi

SO'ROVNOMA!


🗣O'zbekiston yoshlar ittifoqi Farg'ona viloyati Kengashi tomonidan tanlov e'lon qilinadi.

🔔 Joriy yilda Farg'ona viloyatidagi qaysi Oliy ta'lim muassasalari yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti jamoasi faol, tashabbuskor va samarali faoliyat olib borgan?

🟦 Tanlovda sizning ovozingiz muhim o'z jamoangiz uchun ovoz bering

🎉So‘rovnomada g’olib bo’lgan yetakchilar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

🏪 Ovoz berish 17-dekabr soat 20:00 gacha davom etadi.

🔵Bizning sahifalarimiz
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

Hurmatli fuqarolar!
Fargʻona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Sizlarni ogohlantiradi!

Soha mutaxassislarining maʼlumotlariga koʻra, mamlakatimizga bosqichma-bosqich sovuq havo oqimi kirib kelmoqda. 9-dekabrdan respublikamizning sharqiy viloyatlarida yogʻingarchiliklar (yomgʻir, qor) kuzatilib, 12 -14-dekabr kunlari havo harorati - 10 -13 daraja sovuq boʻlishi kutilmoqda.
Shu munosabat bilan Fargʻona viloyati hokimi – fuqaro muhofazasi boshligʻining “Fargʻona viloyati hududida sovuq ob-havo sharoitida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda kuch va vositalarning shayligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi.
Mazkur buyruq ijrosini qatʼiy taʼminlash viloyatdagi barcha boshqarma va tashkilotlar, shahar va tumanlar hokimliklari zimmasiga yuklatilgan.

Koʻrsatib oʻtilgan masʼul idoralar tomonidan bugungi kunda sovuq ob-havo sharoitining salbiy oqibatlarini yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanib, ularni sifatli va tezkor amalga oshirishga kirishilgan.

Oʻz oʻrnida barcha fuqarolardan ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda faollik koʻrsatishingizni, kutilayotgan ob-havo oʻzgarishiga tayyorgarlik koʻrishingizni, elektr va gaz jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishingizni soʻraymiz.

SOVUQ OB-HAVO SHAROITIDA HUSHYOR BOʻLING!

Fargʻona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

FVB Axborot xizmati.
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.
📲TELEGRAM |💻FACEBOOK |📹YOUTUBE |🖥 INSTAGRAM

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

Погода от бота MeteoBot

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

🇺🇿 Ayni paytda Tabiiy fanlar fakultetining bir guruh talaba-yoshlari akademik almashinuv dasturiga muvofiq Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh davlat universitetida bo‘lib turishibdi. Fakultetning 75 nafar talabasi ishtirok etayotgan safar davomida talabalar qirg‘izistonlik tengdoshlari bilan o‘rtoqlashib, yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

🇬🇧 Currently, a group of students of the Faculty of Natural Sciences is staying at Osh State University of the Kyrgyz Republic under the academic exchange program. During the trip, in which 75 students of the faculty are participating, students will share with their Kyrgyz peers and get to know the created conditions and opportunities.

🇷🇺 В настоящее время группа студентов факультета естественных наук находится в ОшГУ КР по программе академического обмена. В ходе поездки, в которой принимают участие 75 студентов факультета, студенты поделятся знаниями со своими кыргызскими сверстниками и познакомятся с созданными условиями и возможностями.

🌨🌨🌨🌨
🎆👍👍👍👍🌍kspi.uz📝Telegram

📝Facebook💻Instagram🎞YouTube

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

5️⃣5️⃣5️⃣5️⃣5️⃣5️⃣5️⃣5️⃣5️⃣

Qoʻqon davlat pedagogika instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish boʻlimi tomonidan 8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan oʻtkazilgan “Yangi Konstitutsiya – taraqqiyot qomusi” mavzusidagi maqolalar tanlovi gʻoliblari nomi maʼlum boʻldi.

1-oʻrin. Atxamov Xasanjon Bahodirjon oʻgʻli — Tarix fakulteti talabasi.
2-oʻrin. Mansurova Shoxsanamxon Ziyodjon qizi — Tarix fakulteti talabasi.
3-oʻrin. Muhammadqodirova Feruza Otabek qizi — Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi.

Tanlov gʻoliblari mos ravishda bazaviy stipendiyaning uch, ikki va bir barobari miqdorida moddiy ragʻbatlantiriladi.

🌨🌨🌨🌨
🎆👍👍👍👍🌍kspi.uz📝Telegram

📝Facebook💻Instagram🎞YouTube

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

1️⃣1️⃣1️⃣1️⃣1️⃣1️⃣1️⃣1️⃣1️⃣

🇺🇿 Tabiiy fanlar fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan “Mening Konstitutsiya 31 yoshda” shiori ostida fakultet talabalari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Katta qiziqish va zavq bilan bo‘lib o‘tgan musobaqada barcha raqiblarni ortda qoldirib faxrli o‘rinlarni egallagan g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

🇬🇧 In connection with the 31st anniversary of the Constitution of the Republic of Uzbekistan, a chess competition was organized among the students of the faculty under the slogan "My Constitution is 31 years old". The winners and prize-winners who took pride of place in the competition, which took place with great interest and pleasure, were duly awarded.

🇷🇺 В связи с 31-летием Конституции Республики Узбекистан среди студентов факультета было организовано шахматное соревнование под лозунгом «Моей Конституции – 31 год». Победители и призеры, занявшие почетные места в конкурсе, который прошел с большим интересом и удовольствием, были награждены должным образом.

🌨🌨🌨🌨
🎆👍👍👍👍🌍kspi.uz📝Telegram

📝Facebook💻Instagram🎞YouTube

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

Institut axborot-resurs markazi va Tarix fakulteti hamkorligida oʻtkazilgan bayram tadbirlari — suratlarda

🌨🌨🌨🌨
🎆👍👍👍👍🌍kspi.uz📝Telegram

📝Facebook💻Instagram🎞YouTube

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

Maktabgacha ta'lim fakulteti da Konstitutsiyamizning 31 yilligiga bag'ishlab ma'naviy ma'rifiy tadbir tashkillandi. Tadbirda Jinoyat ishlari bo'yicha Qo'qon shahar sudi raisi Sh. Ahmedov, JIBQo'qon shahar sudining sudyasi P. Mamatusmonov, Fuqarolik ishlari bo'yicha Qo'qon shahar sudyasi J. Otajonov, U. Safarov, institut yurist -konsulti X. Xazratqulov fakultet dekani O. Abdullayev, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi. Tadbir davomida soha vakillari tomonidan Konstitutsiyaga kiritilgan o'zgarishlar haqida, kiber jinoyatchilik, oilada xotin qizlar huquqining himoya qilinishi, erta nikoh oqibatlari natijasida kelib chiqayotgan salbiy oqibatlar, fuqarolarning huquq va burchlari hamda huquqiy savodxonlik haqida kerakli ma'lumotlar berildi.

🌨🌨🌨🌨
🎆👍👍👍👍🌍kspi.uz📝Telegram

📝Facebook💻Instagram🎞YouTube

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

7-dekabr kuni 1-bosqich magistrantlari tashabbusi bilan "Konstitutsiya - baxtimiz poydevori" mavzusida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda 1-bosqich magistrantlari hamda magistratura boʻlimi hodimlari ishtirok etdilar. Tadbirda soʻz olgan magistrantlar yangilangan konstitutsiyamizning hayotimizga ijobiy ta'sirlarini keng yoritib berishdi. Bundan tashqari koʻplab sahna koʻrinishlari ham namoyish etildi.

🎆👍👍👍👍🌍kspi.uz📝Telegram

📝Facebook💻Instagram🎞YouTube

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

Погода от бота MeteoBot

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

#yengillik #chegirma

⚡️Talaba-o‘quvchilar uchun aviachiptalarga chegirmalar e’lon qilindi


“Uzbekistan Airways” AJ tomonidan qishki ta’til arafasida o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari talaba-o‘quvchilari uchun mahalliy yo‘nalishlar aviachiptalari tarifidan 50% chegirma beriladi. Chegirma 2023-yil 23-dekabrdan boshlab 2024-yil 7-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.

Aviachiptani 50% chegirma bilan hoziroq aviakompaniya agentlari va Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 9-uy manzilida joylashgan Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot www.uzairways.com saytida.
_______

Объявлены скидки на авиабилеты для студентов и учащихся

В преддверии зимних каникул Uzbekistan Airways объявила 50% скидку от тарифов на все внутриреспубликанские рейсы для студентов (учащихся) средних специальных, профессиональных и высших образовательных учреждений. Скидка распространяется на рейсы, выполненные с 23 декабря 2023 года по 7 января 2024 года.

Приобрести авиабилет с 50% скидкой можно уже сейчас у агентов авиакомпании и в филиале Uzbekistan Airways Sales, который теперь расположен по адресу: город Ташкент, Яккасарайский район, улица Шота Руставели, дом 9.

Подробная информация на сайте www.uzairways.com.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

2️⃣2️⃣2️⃣2️⃣2️⃣2️⃣2️⃣2️⃣2️⃣2️⃣

🇺🇿 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31-yilligi munosabati bilan Boshlang‘ich ta’lim fakultetida "Konstitutsiya – baxtimiz qomusi" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy qism va ko‘rgazmalar yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.

🇬🇧 On December 8, on the occasion of the 31st anniversary of the adoption of the Constitution of the Republic of Uzbekistan, a spiritual and educational event was held at the Faculty of Primary Education on the topic "Constitution - the source of our happiness". At the event, the artistic pieces and exhibitions prepared by the students were brought to the attention of the audience.

🇷🇺 8 декабря, по случаю 31-й годовщины принятия Конституции Республики Узбекистан, на факультете начального образования состоялось духовно-просветительское мероприятие на тему «Конституция – источник нашего счастья». На мероприятии вниманию зрителей были представлены художественные произведения и выставки, подготовленные студентами.

🌨🌨🌨🌨
🎆👍👍👍👍🌍kspi.uz📝Telegram

📝Facebook💻Instagram🎞YouTube

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

🖥 Ижтимоий тармоқларда, хусусан, Telegram каналида фаол блог юритишни, обуначиларингиз сони табиий равишда ортиб боришини истайсизми?

🗣️ Унда видеолавҳада келтирилган «5 та лайфхак»ни албатта қўлланг!

▶️ Батафсил: видеода

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

Верификация (тасдиқ) белгисини олиш муҳим(ми)?

Кўк рангли тасдиқ белгиси – верификация ижтимоий тармоқлардаги саҳифангизнинг ишончли эканлигини ҳамда асослантирилган маълумотлар тақдим этилишини тасдиқлайди.

Шунга кўра, обуначи ва фойдаланувчилар ҳар қандай ижтимоий тармоқдаги саҳифада ушбу белги мавжудлигига эътибор қаратишади.

Энг қизиғи, верификациядан ўтиш учун эндиликда сиз қайсидир ташкилот ёки мутасаддиларга хоҳ ёзма, хоҳ бошқа шаклда мурожаат қилишингизга ҳожат йўқ. Фақатгина айрим шартларни бажаришингиз ва бир нечта босқичлардан ўтсангиз кифоя!

📹 Ушбу шарт ва босқичлар батафсил видеороликда баён қилинган.

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

Погода от бота MeteoBot

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

🇺🇿 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

Qoʻqon davlat pedagogika instituti barchani O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi  bilan muborakbod etadi!

🌨🌨🌨🌨
🎆👍👍👍👍🌍kspi.uz📝Telegram

📝Facebook💻Instagram🎞YouTube

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

Ayni kunlarda O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining 30 nafar talabalaridan iborat guruh Tojikistonning Xoʻjand davlat universitetida akademik almashuv dasturi asosida taʼlim olishmoqda.

🌨🌨🌨🌨
🎆👍👍👍👍🌍kspi.uz📝Telegram

📝Facebook💻Instagram🎞YouTube

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

Shu yilning 11 – 12-dekabr kunlari “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Turkiy davlatlar tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

• Konferensiyaning birinchi kunida — jadidchilik harakati g‘oyasi, maqsad va vazifalarini izchil o‘rganishda yangi insaydlar, harakatning ma’rifat va noshirlik sohasidagi hissasi, milliy davlatchilik shakllanishi bo‘yicha ijtimoiy-siyosiy sa’y-harakatlari, shuningdek, jadidlarning ilmiy va madaniy merosi, ularning tadqiqotlari borasida fikr almashiladi.

• Tadbirning ikkinchi kunida — o‘zbekistonlik hamda chet ellik taniqli olimlar, tarix sohasi vakillari bilan davra suhbati (panel session) o‘tkaziladi va u keng jamoatchilik uchun ham ochiq hisoblanadi.

Uchrashuvda olimlar Temur Xo‘jao‘g‘li, Adib Xalid, Hisao Komatsu, Zaynobiddin Abdirashidov va dunyo bo‘ylab mashhur tarixiy seriallar muallifi Mehmet Bo‘zdog‘ ishtirok etadi. Batafsil ma’lumotni jadidconf.com saytidan olish, tadbirning ikkinchi kunida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

⭕️⭕️⭕️ ⭕️⭕️⭕️

XALQARO KONFERENSIYALARGA YUBORILADIGAN TALABALAR KIMLAR?


Qo‘qon davlat pedagogika instituti joriy yilning 3-dekabriga qadar talabalar o‘rtasida “Eng yaxshi ilmiy maqola” ko‘rik-tanlovini e’lon qilgan edi. Talabalar o‘rtasida katta qiziqish bilan qarshilangan mazkur tanlov g‘oliblari nomi ma’lum bo‘ldi.

🔗 TANLOV G‘OLIBLARI BILAN TANISHISH

Eslatib o‘tamiz, tanlov g‘oliblari safidan o‘rin olgan talabalar munosib taqdirlanadi hamda yaqin kunlarda qo‘shni davlatlarga Xalqaro konferensiyalarga yuboriladi.

🌨🌨🌨🌨
🎆👍👍👍👍🌍kspi.uz📝Telegram

📝Facebook💻Instagram🎞YouTube

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

Ўзбекистон — бошқарувнинг республика шаклига эга бўлган суверен, демократик, ҳуқуқий, ижтимоий ва дунёвий давлат.

Ўзбекистон Республикаси Конституцияси
1-модда.


Конституция — ҳуқуқ ва эркинликларимиз, миллий ва умуминсоний қадриятларимиз, ижтимоий адолат ва бирдамлигимиз, демократия ва давлат суверенитети принципларига содиқлигимизнинг қонуний кафолатидир.


Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги Бош қомусимиз қабул қилинганлигининг 31 йиллиги муносабати билан барча Ўзбекистон аҳлини қутлайди!

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

Pedagogika va psixologiya fakultetida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - 31 yoshda” loyihasi doirasida “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” shiori ostida tantanali tadbir tashkil etildi.

🌨🌨🌨🌨
🎆👍👍👍👍🌍kspi.uz📝Telegram

📝Facebook💻Instagram🎞YouTube

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

Fizika-matematika fakultetida oʻtkazilgan bayram tadbirlari — suratlarda

🎆👍👍👍👍🌍kspi.uz📝Telegram

📝Facebook💻Instagram🎞YouTube

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

Pedagogika va psixologiya fakultetida bayram shukuhi

🎆👍👍👍👍🌍kspi.uz📝Telegram

📝Facebook💻Instagram🎞YouTube

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

#qulaylik

⚡️Talabalar uchun shartnoma to‘lovlarini “PayMe” to‘lov tizimi orqali komissiyasiz (0%) onlayn to‘lash imkoniyati yaratildi


Buning uchun “PayMe” to‘lov tizimida “To‘lovlar” sahifasiga kiring.

1. “Ta’lim” bo‘limidan “Оплата за ВУЗы”ni tanlang.

2. JSHSHIR raqami hamda to‘lov summasini kiriting va to‘lovni amalga oshiring.

Bunda “Tafsilotlar” tugmasini bosish orqali shartnoma bo‘yicha oxirgi to‘lov summasini va qarzdorlikni ham ko‘rishingiz mumkin.

PayMe mobil ilovasida to‘lov amalga oshirilganda komissiya (0%) olinmaydi.

📌Shuningdek shartnoma to‘lovini
🔸my.gov.uz portali orqali hamda
🔸“Zoomrad” mobil ilovasi orqali ham komissiyasiz (0%) onlayn to‘lash mumkin.

👉На русском

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

⚡️Talabaga hisoblangan stipendiyalar haqida my.gov.uz portali orqali maʼlumot olish imkoniyati yaratildi.

📌 Buning uchun my.gov.uz portaliga kiring!

🗂 "Ta'lim" bo'limidan "Stipendiya haqida ma'lumot" xizmatini tanlang.

🗓 Kerakli davrni tanglang va ushbu davr bo'yicha hisoblangan stipendiyalar haqidagi ma'lumotga ega bo'ling.

✅ Shuningdek, ushbu xizmatdan talabalar HEMIS axborot tizimi orqali ham foydalanishlari mumkin.

❗️ Eslatma: Ushbu xizmat faqat hozirda tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. O'qishni tugatgan yoki talaba bo'lmagan shaxslar uchun stipendiya ma'lumotlari mavjud emas.

Stipendiya ma'lumotlari Iqtisodiyot va moliya vazirligining UzASBO tizimi orqali olinmoqda.

👉 my.edu.uz portalining rasmiy telegram kanaliga obuna bo'ling

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

#Bilasizmi

Ota-ona yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish BHMning 7 baravaridan 15 baravarigacha (2 mln 380 ming so'mdan 5 mln 100 ming so'mgacha) jarima solishga sabab bo'ladi.

❗️Ushbu qilmish ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

⚠️ Ma'lumot uchun nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot_lotin

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

#Mediasavodxonlik

⚠️ Ўзбекистонда амалдаги қонунчиликда нафақат юзма-юз ҳолатда, балки ижтимоий тармоқлар орқали бир фуқаронинг бошқа фуқарони таҳқирлаши, яъни ҳақорат қилиши жавобгарликка сабаб бўлади.

Ижтимоий тармоқлар орқали муайян шахсга нисбатан қонунга зид келувчи хатти-ҳаракатлар амалга оширилганда қандай жавобгарликлар белгиланади?

Ижтимоий тармоқлар орқали ҳақорат қилинганлик далилларини қандай тақдим этиш мумкин?

▶️ Медиасаводхонлик видеодарсларининг навбатдаги сонини диққат билан томоша қилинг ва ўз ҳақ-ҳуқуқларингиздан хабардор бўлинг.

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

Facebook қандай ҳолатларда верификация (тасдиқ) белгисини бермайди?

Кўк рангли тасдиқ белгиси, верификация олиш тартиби ҳақида видеоролик орқали хабардор қилган эдик. Бу бўйича ўтказилган сўровномадан сўнг, Facebook қандай ҳолатларда верификация бермаслигини ҳам эслатиб ўтамиз.

📹 Батафсил видеороликда

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт

Читать полностью…

Qo'qon DPI talaba yoshlari!

🟩🟩🟩

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha olimpiada" g‘oliblari nomi ma’lum bo‘ldi.

1-o‘rin. Erkinova Mohlaroyim Muxtorjon qizi – Fizika-matematika fakulteti.
2-o‘rin. Xoliqov Hayotjon Rajabali o‘g‘li – Tarix fakulteti.
3-o‘rin. G‘afurova Mohinur Doniyorjon qizi – Tarix fakulteti.

Tanlov g‘oliblari mos ravishda bazaviy stipendiyaning uch, ikki va bir barobari miqdorida moddiy rag‘batlantiriladi.

🌨🌨🌨🌨
🎆👍👍👍👍🌍kspi.uz📝Telegram

📝Facebook💻Instagram🎞YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал