qashqadaryo_mmtb | Неотсортированное

Telegram-канал qashqadaryo_mmtb - Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

68516

|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz

Подписаться на канал

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#IChO_2025

✈️ IChO 2025: O‘zbekiston terma jamoasining barcha a’zolari oltin va kumush medallarni qo’lga kiritishdi

Dubayda boʻlib oʻtgan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasida (IChO 2025) O’zbekiston jamoa hisobidagi ko‘rsatkichi bilan yurtimiz tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.

📊 Yakuniy natijalarga ko’ra terma jamoamizning barcha a’zolari g‘oliblikni qo’lga kiritdi — 2 ta oltin va 2 ta kumush, jami 4 ta medal.

G‘oliblar bilan quyida tanishing:


🥇Daler Rahimov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — oltin medal,
🥇Mirjahon Muxammadov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — oltin medal,
🥈Ibrohim Temurov — Toshkent viloyati, Olmaliq shahri Buxoro maktabi o‘quvchisi — kumush medal,
🥈Biloliddin Zuxriddinov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — kumush medal.

🌐 G’oliblarni samimiy tabriklab, ularning kelgusi faoliyatida ham omad tilaymiz!

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qarshilik o'quvchi qiz 4 ta xorijiy oliygohdan 4 yillik grand yutib oldi.


Qarshi shahridagi 9-umumta'lim maktabi bitiruvchisi Tilovmurodova Madina Ca foscari Venetsiya universiteti (Italiya, Venetsiya) (Top 600 lik reyting), Tor Vergata Universiteti (Italiya, Rim) (Top 300 lik reyting), La Sapienza Rim universiteti (Italiya, Rim) (Top 150 lik reyting) hamda xalqaro Webster universitetlariga (Toshkent) 4 yillik grand yutib oldi.

"Men dunyo reytingida 150 talikda turgan La Sapienza Rim universitetini tanladim", - deydi bitiruvchining o'zi.


t.me/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |


#imtihon_2025

🔴 Ayni vaqtda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga birinchi bosqich kirish imtihonlari mamlakatimizning 13 ta hududida bo‘lib o‘tmoqda.

Yurtimiz ta’lim tizimida yangi bosqich hisoblangan ushbu maktabga kirish uchun 6 184 ta talabgor o‘quvchidan ariza kelib tushgan (bir o‘ringa o‘rta hisobda 103 nafar talabgor).

Ma’lumot uchun: birinchi bosqich sinov jarayonlari matematika  va ingliz tili fanlaridan (har bir fan bo‘yicha 40 ta topshiriqdan iborat test shaklida) tashkil etilmoqda. Matematika fani uchun 90 daqiqa, ingliz tili fani uchun 40 daqiqa vaqt beriladi
.

👉 JONLI EFIR

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

"QASHQADARYO AXBOROTI" Prezident va ijod maktablarida hamda ixtisoslashtirilgan maktablarga 2025-2026 o‘quv yili uchun test sinovlari o‘tkazilmoqda
#10july

|
📷INSTAGRAM | 📒FACEBOOK
|
✈️TELEGRAM | 🖤QashqadaryoTeleradiokanali">YOUTUBE
|
🔹 JONLI EFIR TV ⭕️⭕️⭕️⭕️
|
✈️RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|📷RADIO FM 102.3 INSTAGRAM

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

2024-2025-oʻquv yili yakuni hamda maktab rahbarlari oldida turgan dolzarb vazifalar ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

Chiroqchi tumani hokimligi binosida tuman hokimi Fayzulla Yusupov boshchiligida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlari bilan bugungi kunda taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar, 2024-2025-oʻquv yili yakuni hamda maktab rahbarlari oldida turgan dolzarb vazifalar ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

Tanqidiy yig'ilishni kun tartibidagi masalalar maktab bitiruvchilarni oliy ta‘lim muassasalariga kirish ko‘rsatgichlari, ta‘lim muassasalarda Dolzarb 90 kun loyihasi ijrosi, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik hamda erta turmushni oldini olish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida oliy ta‘lim muassasalariga hujjat topshirishda hamda maktab bitiruvchilari muddatdan oldin talaba bo‘lishi bo‘yicha yuqori natijaga erishgan bir guruh makatb direktorlari tuman hokimi tomonidan 5 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi
.

/channel/chiroqchi_tuman_mmtb

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

"Jasorat maktablari"ga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi test sinovlari bo'lib o'tadi.


Joriy yil 10-iyul kuni Qashqadaryo viloyatida "Jasorat maktablari"ga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi test sinovlari bo'lib o'tadi.

Test sinovlari Qarshi shahridagi Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash maktab internati manejida o'tkaziladi.

Lokatsiya:

38.8364701,65.8160046,20z/data=!4m6!3m5!1s0x3f4ea9fe818ab04f:0xb30eaa4f2fc40532!8m2!3d38.8367691!4d65.8161135!16s%2Fg%2F11s5wmlfh2?entry=ttu&g_ep=EgoyMDI1MDcwNi4wIKXMDSoASAFQAw%3D%3D" rel="nofollow">https://www.google.com/maps/place/%D0%9C%D0%B0%D0%BD%D0%B5%D0%B6/@38.8364701,65.8160046,20z/data=!4m6!3m5!1s0x3f4ea9fe818ab04f:0xb30eaa4f2fc40532!8m2!3d38.8367691!4d65.8161135!16s%2Fg%2F11s5wmlfh2?entry=ttu&g_ep=EgoyMDI1MDcwNi4wIKXMDSoASAFQAw%3D%3D

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

"Yozgi taʼlim va salomatlik uyg‘unligi" mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Shahrisabz tumanidagi 35-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida “Yozgi taʼlim va salomatlik uyg‘unligi” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirda maktabgacha taʼlim tizimi mutaxassislari, tarbiyachilar hamda ota-onalar ishtirok etib, yozgi davrda bolalarning sog‘lom turmush tarzini taʼminlash, taʼlim jarayoniga qiziqishni oshirish va bolalarning faol hordiq chiqarishi bo‘yicha tajriba almashdilar. Seminar davomida ochiq mashg‘ulotlar, jismoniy faollik mashqlari, ijodiy burchaklar faoliyati namoyish etildi.

Ushbu seminar bolalarning jismoniy va maʼnaviy kamolotiga xizmat qiladigan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.

Obuna bo`ling👉: /channel/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Telegram | Instagram | Shahrisabztumanhokimligi">You Tube | Website

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#pedagoglar_fikri

IKKI YIL ICHIDA MUTAXASSISLIKDAN OLIY TOIFAGA ERISHGAN PEDAGOG


Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich ta’lim fani oʻqituvchisi Hulkaroy Shodiyeva attestatsiya jarayonlari haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

U ushbu sinovlarda yuqori ballni qo‘lga kiritdi hamda oliy malaka toifasiga ega bo‘ldi.

Navoiy viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Chiroqchida 49 nafar maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallar topshirildi

2024-2025-o‘quv yilida tumandagi 125 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinfini 3693 nafar o‘g‘il-qiz tamomladi. Ular orasida iqtidor va iste’dodlar bisyor. Buni bitiruvchilarning 30 nafari a’lo o‘qishi va namunali xulqi uchun oltin medal, 19 nafari esa kumush medalga sazovor bo‘lganida ko‘rish mumkin.

Tuman hokimligi majlislar zalida tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi Fayzulla Yusupov boshchiligida mutasaddi rahbarlar ozod va obod yurtning ertangi kuni egalari sifatida qanot yozib, kelajak sari dadil parvozga chog‘langan bitiruvchilarga medallarni topshirishdi.

Tadbirda bitiruvchilarning ota-onalari hamda o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

"YANGILIKLAR" 24.06.2025
#24jun

|
📷INSTAGRAM | 📒FACEBOOK
|
✈️TELEGRAM | 🖤QashqadaryoTeleradiokanali">YOUTUBE
|
🔹 JONLI EFIR TV ⭕️⭕️⭕️⭕️
|
✈️RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|📷RADIO FM 102.3 INSTAGRAM

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Dolzarb 90 kun — JARAYONDAN LAVHALAR

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Bitiruvchi yoshlarga tantanali ravishda medallar topshirildi

Qarshi tumanidagi maktablarda barcha fanlardan a’lo baholarda o‘qib, yakunlovchi imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchi yoshlarimizga oltin va kumush medallarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi.

Unda tuman hokimi o`rinbosari Bexruz Murodov so‘zga chiqib, barcha bitiruvchi yoshlarni qo‘lga kiritgan muvaffaqiyati bilan tabriklab, ularning ota-onalariga o`z minnatdorchiligini bildirdi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda yoshlarni ilmli, jismoniy chiniqqan insonlar qilib tarbiyalash va kamolga keltirish – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarining biriga aylangan. Shuning uchun ham, so‘ngi yillarda yurtimizda Prezidentimiz rahbarligida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga va ularni munosib taqdirlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yaratilayotgan imkoniyatlar o‘z natijasini ko‘rsatib, joriy o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 11-sinfini tamomlagan o‘quvchilardan 33 nafari kumush medal, 106 nafari oltin medal bilan tamomladi. Shuningdek, 55 nafar bitiruvchilar muddatidan oldin talabalik baxtiga sazovor bo‘ldi.

Quvonarli jihati, 45-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Jo‘rayev Muhammad San’at o‘g‘li bir yo‘la 12 ta universitet, shu jumladan TOP 300 talik ro‘yxatda bo‘lgan AQSHdagi Arizona va Minnesota kabi nufuzli universitetlariga o‘qishga kirishga muvaffaq bo‘ldi. 67-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Yusufova Diyora Bekzod qizi ham AQSHning 4 ta universitetiga o‘qishga qabul qilindi. 25-maktabning 11-sinf o‘quvchisi To‘rayeva Safina Sirojiddin qizi 5 ta fandan sertifikat olib, muddatidan oldin jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetiga o‘qishga qabul qilindi. 11-sinf bitiruvchilaridan 5 nafari viloyat va respublika fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar. 202 nafar 11-sinf va 156 nafar 9-sinf o‘quvchilari ingliz tili fanidan milliy va xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar.

Ushbu yutuqlar haqida so‘z yuritgan Bexruz Murodov, bugungi mamlakatimizda yaratilgan imkoniyatlarni chuqur his etgan holda tumanimiz yoshlarini oqilona yo‘naltirayotgan ota-onalarga tumanimiz rahbarining minnatdorchiligini bildirdi. Shundan so‘ng, bitiruvchilarga medallar tantanali ravishda topshirildi.

Qo`shimcha rasmlar 1, 2.

Telegram| Facebook| You tube | Instagram

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

⚡️ #khiso_olimpiada lari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati yakuniy reytingini e'lon qilamiz🤩

Xabaringiz bor, barcha olimpiadalardagi natijalari umumlashtirib borildi.

⚡️ Ushbu faylda 2024-2025- o‘quv yilida Qashqadaryoda o‘tkazilgan barcha 6 ta oflayn olimpiada bo‘yicha yakuniy reyting keltirilgan.

📊 Barcha hududlar uchun reyting ballar 3 kun ichida yakunlanadi va "YOZGI MAKTAB-2025" ishtirokchilari e’lon qilinadi.


ℹ️ Ungacha reyting bilan tanishib, sizning ballaringiz to‘g‘ri hisoblanganiga ishonch hosil qiling.

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

“Kichik qadamlar, katta sahnalar” shiori ostida “Turon: kichkintoylar” teatriga start berildiQASHQADARYO

Avval xabar berilganidek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug’iga asosan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan o’quv-amaliy seminari tashkil etilmoqda.

Mazkur tadbirning birinchisi qismida Qarshi shahridagi 28-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Kichik qadamlar, katta sahnalar” shiori ostida “Turon: kichkintoylar” teatriga start berildi

Tadbir doirasida "Turon: kichkintoylar" teatri tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

➖ Mazkur teatr ishtirokchilari maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilar bo‘lib, ular o‘z chiqishlarida milliy qadriyatlar, do‘stlik jarayonlarini ochiqlashga harakat qilishdi.


Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Taqdimot

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini samaradorligini oshirishga qaratilgan respublika oʼquv-amaliy seminari doirasida tuman(shahar) sohaviy masʼullari taqdimoti oʼtkazildi
(video+)

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |



📝 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hafta ichida.

O’tgan haftada amalga oshirilgan:

➖tadbirlar va xalqaro tashkilotlar bilan uchrashuv;
➖qabul va kasbiy (ijodiy) imtihonlar hamda
➖hududlardagi ochiq muloqot va o‘rganishlar — hafta DAYJESTida.


7— 13-IYUL, 2025-yil


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

✈️ Cyber University — orzularingizning manziliga yo‘l shu yerdan boshlanadi!

📊 Kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot… 8 ta zamonaviy bakalavriat yo‘nalishi va dunyoqarashingizni o‘zgartiruvchi ta’lim — shu yerda!

Imtihon fanlari haqida o‘ylayapsizmi?


🌐 Yo‘nalishingizga mos imtihon fanlari haqida shu yerda tanishishingiz mumkin. To‘g‘ri tayyorgarlik — muvaffaqiyatning kaliti!

Nega aynan Cyber University?


🔰 Siz uchun kerakli barcha imkoniyatlar bir joyda:


➖100 ta DAVLAT GRANTI — bepul o‘qish imkoniyati!
➖100% yotoqxona — barcha talabalar uchun shinam va xavfsiz turar joy!
➖ Bitiruvchilarimiz ish qidirmaydi — ish beruvchilar o‘zi izlab kelishadi!
➖ IT kompaniyalarda amaliyot va 100% ingliz tilida ta’lim.
➖O‘ziga xos video-kontent — eksklyuziv materiallar shu yerda.

Imkoniyatni boy bermang!


📍 Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri
📞 Tel.: +998 (55) 888-55-55

Cyber University — bu shunchaki o‘qish emas, bu sizning kelajagingiz!

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan "Markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmatida moliyaviy xato va kamchiliklarni oldini olish bo'yicha tizimli yondashuv" mavzusidagi o‘quv seminariga start berildi.

Unda vazirlik tizimidagi hududiy bo‘linmalar bosh buxgalterlari ishtirok etishmoqda.

Tadbirni vazir orinbosari Temur Komilov kirish sozi bilan ochib berdi hamda seminar ishida omad tiladi.

Trening doirasidagi ma‘ruzalar va mahorat darslarida:


➖Tizimda korrupsiyaviy holatlarni oldini olish boyicha amalga oshirilayotgan ishlar;
➖UzASBO dasturiy majmuasiga kiritilayotgan ozgarishlar;
➖Davlat xaridlarini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar va yechimlar;
➖Moliyaviy xato va kamchiliklarni oldini olish boyicha tavsiyalar haqida soz bormoqda.

📍Seminar-trening jarayonlari 2 kun davom etadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

"Jarayon" G’uzor tumani 11-DMTTda "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi.
#9july

|
📷INSTAGRAM | 📒FACEBOOK
|
✈️TELEGRAM | 🖤QashqadaryoTeleradiokanali">YOUTUBE
|
🔹 JONLI EFIR TV ⭕️⭕️⭕️⭕️
|
✈️RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|📷RADIO FM 102.3 INSTAGRAM

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Ахborot 24 | Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari
#10july

mtrk.uz | Instagram | uzbekistan24tv?si=m-_eAmd7PnUgU6B9">Youtube | Facebook | Telegram

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Kosonlik o'qituvchi respublika tanlovi g'olibi bo'ldi.


Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi 33-maktabning informatika o'qituvchisi Omonov Farrux Baxtiyorovich eMaktab O‘zbekistondagi mezonli maktablar uchun "O‘qituvchi - novator 2025" tanlovi g'olibi bo'ldi.

O‘qituvchilar o‘rtasida raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan tanlovda O‘zbekistonning 1500 ta mezonli maktablari ishtirok etdi.

G'olib o'qituvchi viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari tomonidan munosib e'tirof etildi.

t.me/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#muallimning_bir_kuni

➖1-sinfga chiqqan vaqtimda ustozim qo'limizga qalam berib, yozishni o'rgatganda o'zimni ertaklar dunyosiga tushganday his qilganman. O'qish, yozish, bilim olish menga sehrgarlikday tuyulardi. O'shandayoq o'qituvchi kasbiga juda qiziqqanman..."


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda “Madaniyat va maʼrifat” telekanali hamkorligida "Muallimning bir kuni” loyihasining navbatdagi soni efirga uzatildi.

Bu galgi ko'rsatuvda Namangan shahar 32 – DMTT direktori o‘rinbosari Munojat Egamberdiyeva kasbiy faoliyati haqida hikoya qilinadi.

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

‼️‼️‼️
#Диққат_эълон

📣 Umumta’lim maktablari direktorlari va pedagoglari diqqatiga!

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan umumta'lim maktablarining koreys tili o‘qituvchilarini kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul davom etmoqda.

Ushbu kurslar:


joriy yilning iyul — avgust oylarida — oflayn ta’lim shaklida;
sentabr — (2026-yil) yanvar oylarida — masofaviy (online) ta’lim shaklida bo'lib o'tadi.

Ushbu kursda bakalavr darajasidan kam bo‘lmagan oliy ma’lumotga ega:


➖ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari (o‘zbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillari);
➖ chet tili fani o‘qituvchilari;
➖ rus tili fani o‘qituvchilari;
➖ davlat tili (o‘zbek tili) fani o‘qituvchilari;
➖ filologiya va chet tillar bo‘yicha kadrlar tayyorlash sohasi mutaxassislari ishtirok etishi mumkin:.

🌐 Pedagoglar mazkur kursda ishtirok etishlari uchun qaytatayyorlov.kl@gmail.com elektron pochta manziliga quyidagi hujjatlar nusxalari hamda ma‘lumotlarni yuborishlari lozim:

➖Oliy ma’lumot diplomi nusxasi;
➖Pasport nusxasi;
➖Maktab rahbariyati tomonidan berilgan rasmiy yo‘llanma;
➖Telefon raqami;
➖Elektron pochta manzili.

Hujjatlar qabuli 2025-yil 5-iyuliga qadar davom etadi.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun +998500036179 raqami bilan bog‘lanishingiz mumkin.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#qaror_loyihasi_muhokamasi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali — regulation.adliya.uz da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirilgan.

👉
Qaror loyihasi muhokamasida ishtirok eting hamda oʻz fikrlaringizni bildiring.

📍 Muhokama jarayonlari shu yilning 3-iyuliga qadar davom etadi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Muborak tuman 12-Davlat maktabgacha talim tashkilotida "Dolzarb 90 kun" loyihasi asosida yozgi sog'lomlashtirish va chiniqtirish ishlari olib borilmoqda.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Dolzarb_90_kun


Dehqonobod tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda

Davlatimiz rahbari raisligida maktab taʼlimi tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan topshiriqlar belgilab berilgan edi.

Ana shu topshiriqlar ijrosi yuzasidan Dehqonobod tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi asosida bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Jumladan, tumandagi 97-umumtaʼlim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Qashqadaryo viloyati IIB Faxriylar kengashi raisi, isteʼfodagi polkovnik S. Islomov, isteʼfodagi polkovniklar A. Bayrayev va A. Ibodov, Dehqonobod tuman IIB xodimi, isteʼfodagi podpolkovnik N. Bozorov, Dehqonobod tuman IIB xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda faxriylar yoshlar bilan suhbatlashib, ularning qiziqishlari va orzu-intilishlarini eshitib, ularga kelajakda ona-vatanimizga sadoqatli farzandlar bo‘lib yetishishlari uchun kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilashdi. Faxriylar o‘zlarining hayot yo‘llarida erishgan yutuqlari haqida so‘zlab berdilar.

Katta avlod vakillari maktabda yoshlar uchun tashkil etilgan sport musobaqalari, tasviriy sanʼat, kitobxonlik bellashuvlari, kasb-hunar va chet tillari boʻyicha toʻgarak mashgʻulotlari bilan ham tanishdilar. Tadbirda faol ishtirok etgan oʻquvchilar faxriy yorliq va sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

"YOZGI MAKTAB-2025" ga tavsiya qilingan o‘quvchilar ro‘yxati! (Xorazm va Toshkent shahrida olimpiadalar sentabrdan boshlanganligi uchun alohida e’lon qilinadi)


Natijalarni inobatga olishda qatnashgan olimpiadalar soni, umumiy to‘plagan bali va boshqa ko‘rsatkichlar inobatga olingan.

Ushbu ishtirokchilar bugun (23-iyun) soat 20:00 ga qadar kelishini tasdiqlashlari kerak bo‘ladi. Tasdiqlash ikki xil usulda amalga oshiriladi:

1-usul: Kelish-ketish chiptalari (29- yoki 30-iyun kelish, 6-iyul kuni ketish) ni @khiso_admin ga yuborish.

2-usul: Chipta topa olmaganlar garov to‘lovi (600.000 so‘m)ni amalga oshirish. Garov to‘lovi barcha tadbirlarda faol qatnashgandan keyin o‘quvchiga qaytarib beriladi. Kelmasa kuyadi!

Tasdiqlanmagan o‘rinlar bekor qilinadi. "Kechikibman, xabarni ko‘rmabman" kabi sabablar inobatga olinmaydi. Qiziquvchilar juda ko‘p, joylarimiz cheklangan. Imkoniyatni qadriga yetaylik. Ertadan boshlab bo‘shagan o‘rinlar uchun to‘lov asosida (ushbu ro‘yxatda yo‘qlarga) qo‘shimcha joylar e’lon qilinadi.

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

“Eng yaxshi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori” tanlovining gʼoliblari aniqlandi — QASHQADARYO


1-o'rin: Qarshi tuman 10-DMTT direktori;

2-oʼrin: Qarshi shahar 18-DMTT direktori;

3-oʼrin: Qarshi shahar 38-DMTT direktori.


Eslatib oʼtamiz, mazkur soʼrovnoma viloyat miqyosidagi maktabgacha va maktab direktorlari oʼrtasida tashkil etilgan.

Tez kunlarda boshqarma boshligʼi ishtirokida gʼoliblar eʼtirof etiladi.

Maʼlumot uchun: Ovoz berish yakunlariga koʼra ovozlarni soxtalashtirishga uringan soʼrovnoma koʼrsatkichlari inobatga olinmadi yoki avtomatik bloklandi.


Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

📢 “Eng yaxshi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori” tanlovining yakuniy bosqichi yakuniga yetdi!

🗳 Ovoz berish jarayoni yakunlandi va barcha natijalar hozirda qayta ko‘rib chiqilmoqda.

🏆 ERTAGA natijalar e’lon qilinadi! Tanlovda ishtirok etgan va qo‘llab-quvvatlagan barchaga tashakkur!

👀 Natijalarni kuzatib boring!

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Respublika_seminar
#Qashqadaryo_MMTB

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini samaradorligini oshirishga qaratilgan respublika oʼquv-amaliy seminari oʼtkazildiQASHQADARYO

Mavzuga doir: Seminar doirasida ishtirokchilar Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida dolzarb 90 kunlik tadbirlari bilan tanishtirildi

➡️Respublika seminarining navbatdagi qismida ishtirokchilar Qarshi shahar 28-DMTT tashkilotida olib borilayotgan "dolzarb 90 kunlik" tadbirlar, yozgi sog’lomlashtirish davri, faollik markazlari va milliy muzey faoliyati tanishtirildi

➡️Seminar doirasida tuman(shahar) sohaviy masʼullari taqdimoti tinglandi


Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…
Подписаться на канал