qashqadaryo_mmtb | Неотсортированное

Telegram-канал qashqadaryo_mmtb - Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

80836

|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz

Подписаться на канал

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

‼️‼️‼️
#Диққат_эълон

📣 Umumta’lim maktablari direktorlari va pedagoglari diqqatiga!

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan umumta'lim maktablarining koreys tili o‘qituvchilarini kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul davom etmoqda.

Ushbu kurslar:


joriy yilning iyul — avgust oylarida — oflayn ta’lim shaklida;
sentabr — (2026-yil) yanvar oylarida — masofaviy (online) ta’lim shaklida bo'lib o'tadi.

Ushbu kursda bakalavr darajasidan kam bo‘lmagan oliy ma’lumotga ega:


➖ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari (o‘zbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillari);
➖ chet tili fani o‘qituvchilari;
➖ rus tili fani o‘qituvchilari;
➖ davlat tili (o‘zbek tili) fani o‘qituvchilari;
➖ filologiya va chet tillar bo‘yicha kadrlar tayyorlash sohasi mutaxassislari ishtirok etishi mumkin:.

🌐 Pedagoglar mazkur kursda ishtirok etishlari uchun qaytatayyorlov.kl@gmail.com elektron pochta manziliga quyidagi hujjatlar nusxalari hamda ma‘lumotlarni yuborishlari lozim:

➖Oliy ma’lumot diplomi nusxasi;
➖Pasport nusxasi;
➖Maktab rahbariyati tomonidan berilgan rasmiy yo‘llanma;
➖Telefon raqami;
➖Elektron pochta manzili.

Hujjatlar qabuli 2025-yil 5-iyuliga qadar davom etadi.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun +998500036179 raqami bilan bog‘lanishingiz mumkin.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#qaror_loyihasi_muhokamasi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali — regulation.adliya.uz da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirilgan.

👉
Qaror loyihasi muhokamasida ishtirok eting hamda oʻz fikrlaringizni bildiring.

📍 Muhokama jarayonlari shu yilning 3-iyuliga qadar davom etadi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Muborak tuman 12-Davlat maktabgacha talim tashkilotida "Dolzarb 90 kun" loyihasi asosida yozgi sog'lomlashtirish va chiniqtirish ishlari olib borilmoqda.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Dolzarb_90_kun


Dehqonobod tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda

Davlatimiz rahbari raisligida maktab taʼlimi tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan topshiriqlar belgilab berilgan edi.

Ana shu topshiriqlar ijrosi yuzasidan Dehqonobod tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi asosida bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Jumladan, tumandagi 97-umumtaʼlim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Qashqadaryo viloyati IIB Faxriylar kengashi raisi, isteʼfodagi polkovnik S. Islomov, isteʼfodagi polkovniklar A. Bayrayev va A. Ibodov, Dehqonobod tuman IIB xodimi, isteʼfodagi podpolkovnik N. Bozorov, Dehqonobod tuman IIB xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda faxriylar yoshlar bilan suhbatlashib, ularning qiziqishlari va orzu-intilishlarini eshitib, ularga kelajakda ona-vatanimizga sadoqatli farzandlar bo‘lib yetishishlari uchun kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilashdi. Faxriylar o‘zlarining hayot yo‘llarida erishgan yutuqlari haqida so‘zlab berdilar.

Katta avlod vakillari maktabda yoshlar uchun tashkil etilgan sport musobaqalari, tasviriy sanʼat, kitobxonlik bellashuvlari, kasb-hunar va chet tillari boʻyicha toʻgarak mashgʻulotlari bilan ham tanishdilar. Tadbirda faol ishtirok etgan oʻquvchilar faxriy yorliq va sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

"YOZGI MAKTAB-2025" ga tavsiya qilingan o‘quvchilar ro‘yxati! (Xorazm va Toshkent shahrida olimpiadalar sentabrdan boshlanganligi uchun alohida e’lon qilinadi)


Natijalarni inobatga olishda qatnashgan olimpiadalar soni, umumiy to‘plagan bali va boshqa ko‘rsatkichlar inobatga olingan.

Ushbu ishtirokchilar bugun (23-iyun) soat 20:00 ga qadar kelishini tasdiqlashlari kerak bo‘ladi. Tasdiqlash ikki xil usulda amalga oshiriladi:

1-usul: Kelish-ketish chiptalari (29- yoki 30-iyun kelish, 6-iyul kuni ketish) ni @khiso_admin ga yuborish.

2-usul: Chipta topa olmaganlar garov to‘lovi (600.000 so‘m)ni amalga oshirish. Garov to‘lovi barcha tadbirlarda faol qatnashgandan keyin o‘quvchiga qaytarib beriladi. Kelmasa kuyadi!

Tasdiqlanmagan o‘rinlar bekor qilinadi. "Kechikibman, xabarni ko‘rmabman" kabi sabablar inobatga olinmaydi. Qiziquvchilar juda ko‘p, joylarimiz cheklangan. Imkoniyatni qadriga yetaylik. Ertadan boshlab bo‘shagan o‘rinlar uchun to‘lov asosida (ushbu ro‘yxatda yo‘qlarga) qo‘shimcha joylar e’lon qilinadi.

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

“Eng yaxshi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori” tanlovining gʼoliblari aniqlandi — QASHQADARYO


1-o'rin: Qarshi tuman 10-DMTT direktori;

2-oʼrin: Qarshi shahar 18-DMTT direktori;

3-oʼrin: Qarshi shahar 38-DMTT direktori.


Eslatib oʼtamiz, mazkur soʼrovnoma viloyat miqyosidagi maktabgacha va maktab direktorlari oʼrtasida tashkil etilgan.

Tez kunlarda boshqarma boshligʼi ishtirokida gʼoliblar eʼtirof etiladi.

Maʼlumot uchun: Ovoz berish yakunlariga koʼra ovozlarni soxtalashtirishga uringan soʼrovnoma koʼrsatkichlari inobatga olinmadi yoki avtomatik bloklandi.


Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

📢 “Eng yaxshi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori” tanlovining yakuniy bosqichi yakuniga yetdi!

🗳 Ovoz berish jarayoni yakunlandi va barcha natijalar hozirda qayta ko‘rib chiqilmoqda.

🏆 ERTAGA natijalar e’lon qilinadi! Tanlovda ishtirok etgan va qo‘llab-quvvatlagan barchaga tashakkur!

👀 Natijalarni kuzatib boring!

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Respublika_seminar
#Qashqadaryo_MMTB

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini samaradorligini oshirishga qaratilgan respublika oʼquv-amaliy seminari oʼtkazildiQASHQADARYO

Mavzuga doir: Seminar doirasida ishtirokchilar Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida dolzarb 90 kunlik tadbirlari bilan tanishtirildi

➡️Respublika seminarining navbatdagi qismida ishtirokchilar Qarshi shahar 28-DMTT tashkilotida olib borilayotgan "dolzarb 90 kunlik" tadbirlar, yozgi sog’lomlashtirish davri, faollik markazlari va milliy muzey faoliyati tanishtirildi

➡️Seminar doirasida tuman(shahar) sohaviy masʼullari taqdimoti tinglandi


Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

❗️Xushxabar

Kasbi tumani 16-sonli Jasorat maktabining 8-9-10 sinf oʼquvchilaridan natija.

Kasbi tuman maktabgacha va maktab ta‘limi bo'limiga qarashli 16-sonli Jasorat maktabining 8-"A" sinf o'quvchisi Abdunabiyeva Subhidam Adham qizi, 9-"D"sinf o'quvchilari Yoqubova Guliza G'ulomjonovna, Oripov Sardorjon Rasul o'g'li, 10 "B" sinf o'quvchisi Ochilova Madina Otabek qizi Ingliz tili fanini bilish darajasini belgilovchi B2 sertifikatlarga ega boʼldilar.

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Maktab oʼquvchisidan super natija

Qarshi tumanidagi 63-maktabning 11-sinf o‘quvchisi
XONZODA ABDIRASHIDOVA
matematika fanidan ingliz tilida imtihon topshirib, 1270 ball to‘pladi va SAT xalqaro sertifikatiniga ega bo‘ldi.

Yuqori natija bilan Xonzoda Abdirashidovani, ustozlarini, ota-onasini hamda 63-maktab jamoasini samimiy muborakbod etamiz!

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

"Ko‘rib turganingizdek, Qashqadaryoda amalga oshirishni rejalashtirgan ishlarimiz ko‘lami keng. Lekin bugungi shiddatli o‘zgarishlar zamoni bizdan yanada ko‘proq izlanishni taqozo etayapti.

Belni mahkam bog‘lab ishga kirishsak, biz ololmaydigan marra, biz zabt eta olmaydigan dovonning o‘zi yo‘q.

Amir Temurdek buyuk ajdodimizdan jasorat, matonat, bag‘rikenglik kabi fazilatlarni meros qilib olgan mehnatsevar, samimiy va oliyjanob Qashqadaryo ahli bilan oldimizga qo‘ygan katta-katta marralarga albatta erishamiz. Aminmanki, qashqadaryoliklar barcha islohotlarimizning oldingi safida bo‘ladi",

– dedi davlatimiz rahbari so‘zining yakunida.

Yig‘ilishda viloyat va respublika mutasaddilarining hisobotlari, tadbirkor va faollarning takliflari tinglandi.

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Trening
#Jarayon

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini samaradorligini oshirishga qaratilgan respublika oʼquv-amaliy seminari doirasida seminar trening oʼtkazildi

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan Respublika o’quv-amaliy seminari o’tkazilmoqda - QASHQADARYO

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug’iga asosan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan o’quv-amaliy seminari tashkil etilmoqda.

Mazkur tadbirning birinchisi qismida Qarshi shahridagi 28-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Kichik qadamlar, katta sahnalar” shiori ostida “Turon: kichkintoylar” teatriga start berildi

Tadbir doirasida "Turon: kichkintoylar" teatri tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

➖ Mazkur teatr ishtirokchilari maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilar bo‘lib, ular o‘z chiqishlarida milliy qadriyatlar, do‘stlik jarayonlarini ochiqlashga harakat qilishdi.

Tadbir pedagoglar va mehmonlar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatildi.

Bu kabi teatr mashg‘ulotlari bolalarning nutq rivoji, sahna madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Men uchun farzandlarimizning samimiy va beg‘ubor his-tuyg‘ularini hamda chaqnab turgan ko‘zlarini ko‘rishdan ko‘ra kuchliroq ilhomlantiruvchi narsa yo‘q.

Kecha Samarqand shahridagi “Boqiy shahar” majmuasida aynan shunday, ilhombaxsh kun bo‘ldi — respublikamizning iqtidorli yoshlariga bag‘ishlagan haqiqiy iste’dod bayrami tashkil etildi.

Har bir lahza o‘zgacha ma’no-mazmun kasb etdi. “Turon” teatr ko‘rik-tanlovi g‘oliblarining taqdirlanishi, “Iqtidor” tanlovi finalchilari — maktab ansambllarining yorqin chiqishlari yurtimizda naqadar ijodiy salohiyatli va umidli avlod yetishib chiqayotganini ko‘rsatdi.

Qobiliyatini, yuqori darajadagi mahoratini namoyon etgan barcha jamoalarni chin yurakdan tabriklayman!

Ushbu tadbir oldidan Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy boshqarmalari rahbarlariga xizmat avtomashinalari topshirildi.



Для меня нет ничего более вдохновляющего, чем видеть искренние эмоции и горящие глаза наших детей.

Вчера в комплексе «Вечный город» Самарканда был именно такой день — день настоящего праздника таланта, который мы посвятили нашей одарённой молодёжи республики.

Каждый момент был наполнен особым смыслом. Награждение победителей театрального конкурса «Турон» и блестящие выступления школьных ансамблей-финалистов конкурса «Иктидор» показали, какое творческое и яркое поколение у нас подрастает.

От всего сердца поздравляю команды, продемонстрировавшие высочайший уровень мастерства!

Перед началом мероприятия состоялась передача служебных автомобилей руководителям региональных управлений Министерства дошкольного образования.

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#No_comment

“Iqtidor” maktab ansambli tanlovlarining Respublika bosqichi jarayonlaridan videolavha

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Chiroqchida 49 nafar maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallar topshirildi

2024-2025-o‘quv yilida tumandagi 125 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinfini 3693 nafar o‘g‘il-qiz tamomladi. Ular orasida iqtidor va iste’dodlar bisyor. Buni bitiruvchilarning 30 nafari a’lo o‘qishi va namunali xulqi uchun oltin medal, 19 nafari esa kumush medalga sazovor bo‘lganida ko‘rish mumkin.

Tuman hokimligi majlislar zalida tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi Fayzulla Yusupov boshchiligida mutasaddi rahbarlar ozod va obod yurtning ertangi kuni egalari sifatida qanot yozib, kelajak sari dadil parvozga chog‘langan bitiruvchilarga medallarni topshirishdi.

Tadbirda bitiruvchilarning ota-onalari hamda o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

"YANGILIKLAR" 24.06.2025
#24jun

|
📷INSTAGRAM | 📒FACEBOOK
|
✈️TELEGRAM | 🖤QashqadaryoTeleradiokanali">YOUTUBE
|
🔹 JONLI EFIR TV ⭕️⭕️⭕️⭕️
|
✈️RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|📷RADIO FM 102.3 INSTAGRAM

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Dolzarb 90 kun — JARAYONDAN LAVHALAR

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Bitiruvchi yoshlarga tantanali ravishda medallar topshirildi

Qarshi tumanidagi maktablarda barcha fanlardan a’lo baholarda o‘qib, yakunlovchi imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchi yoshlarimizga oltin va kumush medallarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi.

Unda tuman hokimi o`rinbosari Bexruz Murodov so‘zga chiqib, barcha bitiruvchi yoshlarni qo‘lga kiritgan muvaffaqiyati bilan tabriklab, ularning ota-onalariga o`z minnatdorchiligini bildirdi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda yoshlarni ilmli, jismoniy chiniqqan insonlar qilib tarbiyalash va kamolga keltirish – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarining biriga aylangan. Shuning uchun ham, so‘ngi yillarda yurtimizda Prezidentimiz rahbarligida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga va ularni munosib taqdirlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yaratilayotgan imkoniyatlar o‘z natijasini ko‘rsatib, joriy o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 11-sinfini tamomlagan o‘quvchilardan 33 nafari kumush medal, 106 nafari oltin medal bilan tamomladi. Shuningdek, 55 nafar bitiruvchilar muddatidan oldin talabalik baxtiga sazovor bo‘ldi.

Quvonarli jihati, 45-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Jo‘rayev Muhammad San’at o‘g‘li bir yo‘la 12 ta universitet, shu jumladan TOP 300 talik ro‘yxatda bo‘lgan AQSHdagi Arizona va Minnesota kabi nufuzli universitetlariga o‘qishga kirishga muvaffaq bo‘ldi. 67-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Yusufova Diyora Bekzod qizi ham AQSHning 4 ta universitetiga o‘qishga qabul qilindi. 25-maktabning 11-sinf o‘quvchisi To‘rayeva Safina Sirojiddin qizi 5 ta fandan sertifikat olib, muddatidan oldin jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetiga o‘qishga qabul qilindi. 11-sinf bitiruvchilaridan 5 nafari viloyat va respublika fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar. 202 nafar 11-sinf va 156 nafar 9-sinf o‘quvchilari ingliz tili fanidan milliy va xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar.

Ushbu yutuqlar haqida so‘z yuritgan Bexruz Murodov, bugungi mamlakatimizda yaratilgan imkoniyatlarni chuqur his etgan holda tumanimiz yoshlarini oqilona yo‘naltirayotgan ota-onalarga tumanimiz rahbarining minnatdorchiligini bildirdi. Shundan so‘ng, bitiruvchilarga medallar tantanali ravishda topshirildi.

Qo`shimcha rasmlar 1, 2.

Telegram| Facebook| You tube | Instagram

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

⚡️ #khiso_olimpiada lari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati yakuniy reytingini e'lon qilamiz🤩

Xabaringiz bor, barcha olimpiadalardagi natijalari umumlashtirib borildi.

⚡️ Ushbu faylda 2024-2025- o‘quv yilida Qashqadaryoda o‘tkazilgan barcha 6 ta oflayn olimpiada bo‘yicha yakuniy reyting keltirilgan.

📊 Barcha hududlar uchun reyting ballar 3 kun ichida yakunlanadi va "YOZGI MAKTAB-2025" ishtirokchilari e’lon qilinadi.


ℹ️ Ungacha reyting bilan tanishib, sizning ballaringiz to‘g‘ri hisoblanganiga ishonch hosil qiling.

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

“Kichik qadamlar, katta sahnalar” shiori ostida “Turon: kichkintoylar” teatriga start berildiQASHQADARYO

Avval xabar berilganidek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug’iga asosan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan o’quv-amaliy seminari tashkil etilmoqda.

Mazkur tadbirning birinchisi qismida Qarshi shahridagi 28-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Kichik qadamlar, katta sahnalar” shiori ostida “Turon: kichkintoylar” teatriga start berildi

Tadbir doirasida "Turon: kichkintoylar" teatri tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

➖ Mazkur teatr ishtirokchilari maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilar bo‘lib, ular o‘z chiqishlarida milliy qadriyatlar, do‘stlik jarayonlarini ochiqlashga harakat qilishdi.


Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Taqdimot

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini samaradorligini oshirishga qaratilgan respublika oʼquv-amaliy seminari doirasida tuman(shahar) sohaviy masʼullari taqdimoti oʼtkazildi
(video+)

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

📣 Hurmatli ota-onalar!

✅ Ushbu videoyo'riqnomada "Maktabga yuborildi" holatdagi arizalar asosida biriktirilgan mikrohududdagi maktabga borish uchun navbatga yozilish tartibi ko‘rsatib berilgan.

💭 Eslatma! Maktabga borish navbatini o’zingiz belgilaysiz hamda shu belgilangan vaqtda farzandingiz bilan uning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy maʼlumotnomani olib maktabga borishingiz zarur.


☎️ Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni
@mymaktab_uz telegram kanali yoki 71-203-07-04 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

🌐 RUS TILIDA

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Bizda yana bir ajoyib xush xabar!

“Avitsenna school “ xususiy maktabi 6-A sinf o’quvchisi Zeboxono‘Ziyodullayeva Murodullo qizi ingliz -tilidan B2 darajani qo’lga kiritdi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Taqdimot

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini samaradorligini oshirishga qaratilgan respublika oʼquv-amaliy seminari doirasida tuman(shahar) sohaviy masʼullari taqdimoti tinglanmoqda — QASHQADARYO.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

“Сўнгги йилларда коррупцияга қарши курашиш бўйича қилаётган ислоҳотларимиз ўз самарасини бераяпти”,

– деди Президент.

Биргина мисол, Қашқадарёдаги 34 та соғлиқни сақлаш муассасасида пуллик хизматни рақамлаштириш ҳисобига тушум 15 миллиард сўмга ошди.

Мутасаддиларга бир ойда коррупциявий ҳолатлар салмоғи катта бўлган таълим, бандлик, қурилиш соҳаларида, Қарши шаҳри, Косон ва Қарши туманида ушбу тажрибани оммалаштириш, вилоятни “коррупциядан ҳоли” қилиш бўйича тизимли ишлаш топширилди.

Деҳқон бозорларида нарх-навонинг барқарорлигини таъминлаш бўйича Қашқадарёда янги тизим қилинади.

Мутасаддиларга барча деҳқон бозорлари фаолиятини рақамлаштириш топширилди.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Jarayon

Seminar doirasida ishtirokchilar Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida dolzarb 90 kunlik tadbirlari bilan tanishtirildi

Respublika seminarining navbatdagi qismida ishtirokchilar Qarshi shahar 28-DMTT tashkilotida olib borilayotgan dolzarb 90 kunlik tadbirlar, yozgi sog’lomlashtirish davri, faollik markazlari va milliy muzey faoliyati tanishtirildi.

Seminar davom etmoqda.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Ёшлар таътили ғоялар майдонига айланмоқда

Қамаши туманида ёзги таътил фақат дам олиш эмас, балки ривожланиш, ўз устингда ишлаш ва жамоа ичида фаоллик кўрсатиш имкониятига айланмоқда. Буни “Долзарб 90 кун” лойиҳаси доирасидаги навбатдаги амалий тадбир яна бир бор тасдиқлади.

67-умумтаълим мактабида ташкил этилган кўргазмали семинарда турли тўгараклар, ижодий намойишлар, спорт беллашувлари ва ёшлар ташаббусларига бой кўргазмалар орқали иштирокчиларнинг салоҳияти, фаоллиги ва интилувчанлиги ёрқин намоён бўлди.

Ёшлар бу ерда нафақат ўз қобилиятини намойиш этиш, балки бир-биридан илҳомланиш, янги ғоялар билан ўртоқлашиш ва ўзини топиш имкониятига эга бўлишди.

“Долзарб 90 кун” лойиҳаси бугунги кунда тумандаги ҳар бир ўқувчи, ҳар бир ёш юрак учун маънавий таянч, фаол ҳаётга йўлбошчига айланмоқда.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi taʼlim tashkilotlari faoliyati oʼrganilmoqda QARSHI SHAHAR

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryoda “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlarini samarali tashkil etilmoqda

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan oʻquvchilarning yozgi ta'tilini mazmunli tashkil etish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Loyihani amalga oshirish uchun viloyatda “Shtab” tashkil etilib, shtabga aloqador barcha tashkilotlardan ishchi xodimlar biriktirilgan va moddiy texnik ba'za bilan ta'minlandi.

Ayni damda mazkur loyihani joylarda samarali tashkil etilishini nazorat qilish maqsadida, Sport vazirligi Sport maktablari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i M.Rahmatxo‘jayev boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Qolaversa, har kuni futbol, voleybol, milliy kurash, engil atletika, suzish, shaxmat kabi sport turlari boʻyicha musobaqalar, “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya cho‘qqilari”, “Besh tashabbus olimpiadasi”, “5000 qadam yurish marafonlari” kabi tashabbuslar orqali 12 mingga yaqin yoshlar sport faoliyatiga jalb qilinmoqda.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…
Подписаться на канал