#Hashar_elga_yarashar
#Yashil_makon
Ta'lim tashkilotiga biriktirilgan hudud obodonlashtirilmoqda
Ma'lumki, xalqimiz ma'naviyatida, qadriyatlarida boshqa xalqlar o'rgansa va o'z tajribasida qo'llashga arziydigan ko'pgina ibratli tajribalari mavjud. Masalan, "hashar" deb atalgan tadbir barchani birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Hashar — bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam.
#Mehrjon_bayrami
Kuz fasli – to‘kinlik, qut-baraka, pishiqchilik fasli hisoblanadi. Mehrjon esa — kuzgi teng kunlikda nishonlanadigan hosil bayramidir. Bu bayram o‘zida kuz faslining butun tarovati, ziynati, fazilatini namoyon etadi.
Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati Nishon tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida "Karving", "Munchoqli bezak", "Kompyuter dizayni va grafikasi" toʻgarak aʼzolari oʻrtasida “Mehrjon" bayrami keng nishonlandi.
Bunda toʻgarak aʼzolari jannatmakon yurtimiz, ona zaminimiz, mehnatkash xalqimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etish, mevalar, sabzavotlarning rasmlarini chizish, ulardan bejirim shakllar yaratish orqali Ona tabiatning moʻjizalari va Oltin kuz faslining fazilati haqida aniq tasavvur va bilimlarga ega bo‘ldilar.
@Qashqadaryo_MMTB
#Infografika
Joriy yilning oktabr-noyabr oylarida maktabgacha, umumta'lim va maktabdan tashqari ta'lim muassasalari pedagog kadrlari malaka sinovlaridan o‘tkazildi.
📍 Mazkur jarayonlar raqamlarda.
@Qashqadaryo_MMTB
#Tashabbus
#Yashil_makon
Muborakdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari 2000 dona gul tuvaklar jamlanmasi bilan boyitildi
Muborak tumanidagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 100 tadan ortiq tuvakli gullar qo'yilib, guruhlarda yashil makon loyihasi tashkillashtirildi.
— Mazkur tashabbusni tashkillashtirish Muborak tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i tashabbusi bilan tashkil etildi. Bu o'z navbatida tarbiyalauvchilarni ham tabiatni asrashga bo'lgan qiziqishlarini ortiradi, — deydi Muborak tumani MMTB mas'ul xodimi.
#NO_COMMENT
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Qarshi shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi va viloyat Pedagogik mahorat markazi hamkorligida “MTT tarbiyalanuvchilarida XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirishning zamonaviy metodikasi: mahalliy va xorijiy tajribalar” mavzusida o'tkazilgan o'quv-seminar jarayonlaridan.
(+video)
Prezident Farmoni bilan Hilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi
Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga Hilola Umarovaning nomzodi koʻrib chiqildi.
Majlisda Hilola Umarova maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi islohotlarning samaradorligini yanada oshirish borasidagi kelgusida amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha oʻz Harakatlar dasturi haqida axborot berdi.
Deputatlar Hilola Umarova nomzodini Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga maʼqulladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-noyabrdagi tegishli Farmoni bilan Hilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi.
Vazir oʻtgan vaqt davomida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini rivojlantirish, taʼlim sifati va pedagoglar malakasini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali ish olib bormoqda.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi Hilola Umarovani Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlanganligi bilan tabriklagan holda, kelgusi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Vazir_soati
Maktabgacha taʼlim boshqaruvida ham “Direktorlar kengashi” ish tajribasi joriy etiladi
✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida umumtaʼlim maktablarida musiqa, jismoniy tarbiya va CHQBT fanlarini oʻqitishni rivojlantirish, oktabr-noyabr oylarida oʻtkazilgan navbatdagi malaka sinovlari yakunlari hamda “Jadidlar izidan” tanlovining hududiy bosqich jarayonlariga bagʻishlangan “Vazir soati” boʻlib oʻtdi.
❗️Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha toʻxtalib oʻtar ekan, Davlatimiz rahbari tomonidan yaqinda imzolangan musiqa, jismoniy tarbiya va CHQBT fanlarini oʻqitishni rivojlantirishga bagʻishlangan qator qarorlar ijrosiga atroflicha toʻxtalib oʻtdi.
Qayd etilganidek, musiqa va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun ham malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy etilib, u ikki bosqichda (nazariy, amaliy) amalga oshiriladi. CHQBT va Jismoniy tarbiya fani oʻquv dasturlari toʻliq qayta koʻrib chiqilib, takomillashtiriladi.
Joriy yilning oktabr-noyabr oylarida oʻtkazilgan navbatdagi attestatsiya jarayonlarida 144 928 nafar (98,1 foiz) pedagog ishtirok etdi. Ularning 18,3 ming nafari navbatdagi majburiy, 136,1 ming nafari navbatdan tashqari, 19,3 ming nafari toʻgʻridan-toʻgʻri malaka sinovlarida qatnashdi.
Davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlari o'rtasida kurash sport turi bo'yicha "O'zbek polvoni" respublika turniri g'olibi va sovrindorlari.
70 kg
🥇 Ibrayeva Shirina - Toshkent viloyati
🥈 Qurbonova Gulchiroy - Buxoro viloyati
🥉 Abduraimova Manzura - Andijon viloyati
🥉 Yigitaliyeva Maftuna - Farg'ona viloyati
78 kg
🥇 Eshtemirova Soxiba - Qashqadaryo viloyati
🥈 Ixlasova Elmira - Qoraqalpog'iston Respublikasi
🥉 Shodiyeva Setlana - Buxoro viloyati
🥉 Maxmudova Maysara - Samarqand viloyati
+78 kg
🥇 Jo'raboyeva Diyora - Toshkent viloyati
🥈 Allado'stova Obida - Qashqadaryo viloyati
🥉 Utemuratova Nurgul - Qoraqalpog'iston Respublikasi
🥉 Boymirzayeva Madibonu - Farg'ona viloyati
100 kg
🥇 Rasulov Qoshimboy - Toshkent viloyati
🥈 Ernazarov Hayrullo - Surxondaryo viloyati
🥉 To'xtayev Jamshid - Jizzax viloyati
🥉 Ro'zmetov Sarvar - Xorazm viloyati
Ma'lumot uchun: Obida Allado'stova Qarshi shahar 21-maktabning jismoniy tarbiya fani o'qituvchisidir.
@Qashqadaryo_MMTB
"Jadidlar izidan" tanlovining hududiy bosqichlari davom etmoqda
muxbir: G'olib Amirov
#Qashqadaryo viloyati
15:00 20.11.2024
#Jadidlarizidan
@hududtv
✅ Majlisda taʼlim sifatini yanada oshirish, yoshlarimizni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalashga qaratilgan siyosat izchil davom ettirilishi taʼkidlandi.
Kelgusi yillarda bogʻchalarda qamrovni 80 foizga, oliygohlarda esa kamida 50 foizga yetkazish Hukumat uchun asosiy vazifa boʻlib qoladi.
Xalqaro moliya institutlarining 61 million dollar mablagʻlari hisobidan 2025-yilda 252 ta yangi bogʻcha barpo etiladi. Shuningdek, 174 ta bogʻcha va 379 ta maktab taʼmirlanadi va yangitdan quriladi. Bu maqsadlar uchun byudjetdan 4 trillion soʻm ajratiladi.
Tadbirkorlarga maktab qurish uchun 20 milliard soʻmgacha imtiyozli kredit beriladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
✅ Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni koʻrib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bagʻishlangan majlisida nutq soʻzlamoqda.
Prezidentimiz yigʻilishda ijtimoiy sohada muhim oʻzgarishlar roʻy berganini taʼkidladi.
Oʻtgan davrda 25 mingdan ziyod xususiy bogʻcha, 70 ga yaqin nodavlat oliygohi tashkil etilib, qamrov maktabgacha taʼlimda – 74 foizdan, oliy taʼlimda esa – 39 foizdan oshdi.
Parijda boʻlib oʻtgan Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida azmu shijoatli sportchilarimiz chinakam rekord natijalarni qayd etib, jami 39 ta medal, jumladan 18 ta oltin medalni qoʻlga kiritdilar.
“Oʻzbekiston tarixida ilgari hech qachon boʻlmagan bunday yutuqlar barchamizga yangi kuch-gʻayrat baxsh etishi tabiiydir”, - dedi davlatimiz rahbari.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Yashil_makon
#Ziyo_maskanlari_obodonlashtirilmoqda
Bugun Qarshi tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktab filialiga 1000 tup mevali, manzarali daraxt ko‘chatlari, 600 dona gul ko‘chatlari ekildi.
Mazkur jarayon "Yashil makon" loyihasi doirasida tashkil etilib, unda Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i U. Oripov, Qarshi tuman hokimi Z. Aliqulov hamda sohaviy mas'ullar faol ishtirok etdi.
Bu kabi umummilliy loyihalarni ijtimoiy soha hududlarida tashkillashtirish ishlari keng joriy etilib, ta'lim tashkilotlari maskani obodonlashtirilmoqda.
Axborot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktyabrdagi “2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasi”, 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari” toʻgʻrisidagi farmonida tatbiq etilishi belgilangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi dasturlarida atrof muhit obʻektlarini (havo, suv, yer, tuproq, yer qaʻri, bioxilma-xillik, qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar) inson taʻsiri hamda boshqa salbiy taʻsir qiluvchi omillardan saqlash va sifatini taʻminlash hamda sanoat ishlab chiqarishi, urbanizatsiya koʻlami keskin kengayishi va aholi punktlariga tushayotgan ekologik yukni kamaytirish mexanizmlarini takomillashtirish rejalari ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda.
#KuzQishniBetalofat
Ta'lim tashkilotlarida kuz-qish mavsumida elektr enegiyasidan unumli foydalanish masalalari muhokama etildi
Ma'lumki, energiya samaradorligi bu – energiya resurslaridan samarali, ya'ni oqilona foydalanishga qaratilgan jarayonlar majmuidir. Binolarning energiya ta'minoti yoki ishlab chiqarish jarayonlari uchun kamroq energiya sarflash evaziga kerakli natijaga erishish ham samaradorlik ko'rsatkichi hisoblanadi.
Qarshi tumani 26 maktab 7-b sinf oʻquvchilari ham chellenjda faol ishtirok etmoqdа...
@Qashqadaryo_MMTB
ПСИХОЛОГЛАР КАСБ БАЙРАМИ НИШОНЛАНДИ
Бугун Чироқчи туман Мактабгача ва мактаб бўлимида умумий ўрта таълим мактабларнинг амалиётчи психологлари учун 22-ноябрь Халқаро психологлар куни муносабати билан байрам тадбири бўлиб ўтди.
Тадбирда иштирок этган Мактабгача ва мактаб таълими туман бўлими бошлиғи Фарҳод Жуманов психологларни касб байрами билан табриклаб уларга эсдалик совғаларини топширди.
@Qashqadaryo_MMTB
Вояга етмаган болалар иштирокида содир этилаётган йўл-транспорт ҳодисаларини бравақт олдини олиш мақсадида бошқармалар ўртасида танқидий муҳокама йиғилиши бўлиб ўтди.
Қашқадарё вилояти ҳудудида болалар иштирокида содир этилаётган йўл-транспорт ҳодисаларини олдини олиш ва ушбу йўналишдаги қарорлар ижросини таъминлашда йўл қўйилаётган камчиликлар юзасидан вилоят ИИБ ЖХХ ЙҲХБ ва Мактабгача ва мактаб таълим бошқармаси бошлиқлари ҳамда 1230 га яқин таълим муассасалари раҳбарлари иштирокида танқидий руҳдаги мухокама йиғилиши ўтказилди.
@Qashqadaryo_MMTB
Қашқадарё вилояти ИИБ ЖХХ ЙҲХБ бошлиғи подполковник Илхом Идиров вилоят Мактаб ва мактабгача таълим бошқармаси билан ҳамкорликда “ZOOM” платформаси орқали видеоселектор йиғилиши ўтказди.
1230 га яқин таълим муассасалари раҳбарларига ЙҲХБ бошлиғи, Вилоят ММТБ бошлиғи У.Орипов томонидан вилоят ҳудудида содир бўлган болалар иштирокидаги йўл-транспорт ҳодисалари таҳлили таништирилиб, ушбу ҳолатларни юз беришида ота-оналар, педагоглар ва ЙПХ ходимларининг ҳам масъулиятсизлиги танқид қилиниб, болалар ўлими билан боғлиқ авариялар акс этган видеолавҳа намойиш этилди.
Йиғилиш давомида бу каби ҳодисаларни олдини олиш учун ўзаро ҳамкорлик режасини ишлаб чиқиш хусусида келишиб олинди.
@Qashqadaryo_MMTB
Qadrli maktabgacha va maktab ta’limi tizimida mehnat qilayotgan psixologlar!
Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi jamoasi Sizlarni “22-noyabr — xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklaydi.
Bugungi kunda maktabgacha va maktab ta’limi sohasida minglab psixologlar mehnat qilishmoqda va ular yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash, ularning hayotda munosib o‘rin egallashlarida katta hissa qo‘shib kelmoqda.
Sizlarning jonbozligingiz va mehnatingiz tahsinga sazovor, zero har biringiz yosh avlodni ma'nan yetuk, ruhan sog'lom hamda jamiyatning to'laqonli a'zosi qilib yetishtirishda muhim o’rin tutmoqdasiz.
Kelgusi faoliyatingizda ham sizlarga omad va zafarlar yor bo'lsin! Bugungi muhim sana barchangizga muborak bo‘lsin!
✅ Zavq ortidagi xato...
Ogoh bo'ling!!!
Огоҳ бўлинг!!!
Voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatlarning oldini olish maqsadida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi — QASHQADARYO
Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilayotgan "Dolzarb 50 kun" maxsus profilaktik tadbiri doirasida Qashqadaryo viloyati MMT boshqarmasi, mas'ul sektorlar bilan birgalikda tashviqot jarayonlari o'tkazilmoqda.
Bugun viloyat IIB mas'ul xodimlari, boshqarma boshlig'i U. Oripov viloyatdagi tuman(shahar) mmtb boshliqlari ishtirokida joriy yilda voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda joriy yilda voyaga yetmagan maktab o‘quvchilari tomonidan sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar, ularning sabablari va oqibatlari muhokama qilindi.
Ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarning fikrlari eshitildi va voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
Hilola Umarova O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga ma`qullandi
Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
XXI asr ko'nikmalaridan foydalanishga oid o'quv-amaliy seminar tashkil etildi
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Qarshi shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi va viloyat Pedagogik mahorat markazi hamkorligida
“MTT tarbiyalanuvchilarida XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirishning zamonaviy metodikasi: mahalliy va xorijiy tajribalar” nomli o'quv-seminar tashkil etildi.
O'quv-seminar davomida quyidagi mavzularga oid kasbiy bilimlar almashinuvi va amaliy mashg’ulotlar olib borildi.
- tarbiyalanuvchilarida 4K ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasi
- XXI asr ko‘nikmalarni rivojlantirishning interfaol metodlari
- kreativ va kritik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish usullari
- kollabarativ va kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirish metodlari
Tadbirda viloyat MMT boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Tojiyev ishtirok etib ta'lim tarbiya sifatini yangi bosqichga olib chiqish galdagi eng asosiy vazifalardan biri ekanligini alohida ta'kidlab o'tdi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
Reportaj.
16 DMTT “Oltin kuz” fasliga bagʻishlab oʻtkazilgan bayram
#19nov #qashqadaryo_trk
📱Rasmiy telegram kanalimiz
👉/channel/qashqadaryo_trk
FAOLIYATIMIZDAN
“Barkamol avlod" bolalar maktablari “Turizm va ekologiya” yo'nalishidagi to‘garaklar haqida…
✔️Qashqadaryo viloyat Shahrisabz shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabida hozirgi kunda “Turizm va ekologiya” yo‘nalishi bo‘yicha 4 ta to‘garaklarga jami 160 nafar o‘quvchi-yoshlar qamrab olingan.
🔷Xususan, Shahrisabz shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabida ushbu yo‘nalish bo'yicha tashkil etilgan "Oila hamshirasi" to'garagida 40 nafar o‘quvchi-yoshlar yoʻnalish sirlarini o‘rganib kelmoqdalar.
🍂 "Oila hamshirasi" to'garak rahbari Norboyeva Mohinur tomonidan jadval asosida to'garak mashg'ulotlari olib borilmoqda.
@Qashqadaryo_MMTB
✅ Endilikda koʻp qirrali yondashuvlar asosida kambagʻal oilalarning aʼzolariga sifatli taʼlim berish, ularni kasbga oʻqitish, ish bilan taʼminlash, sogʻligʻini yaxshilash, psixologik yordam koʻrsatish boʻyicha individual koʻmak berish paketlari boʻlishi belgilandi.
2025-yilda 1 million aholini kambagʻallikdan chiqarish Vazirlar Mahkamasi iqtisodiy kompleksining asosiy vazifasi etib belgilanadi.
Shu maqsadda kambagʻal oilalar bolalari maktablarda chet tili, kasb-hunar va IT boʻyicha bepul bilim olishi uchun 500 milliard soʻm ajratiladi. Ijtimoiy ahvoli ogʻir 1 mingta mahallada infratuzilmani yaxshilash dasturi amalga oshiriladi. Bunga 2 trillion soʻm yoʻnaltiriladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Yashil_makon
#Ziyo_maskanlari_obodonlashtirilmoqda
Qarshi tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktab filialiga 1000 tup mevali, manzarali daraxt ko‘chatlari, 600 dona gul ko‘chatlari ekildi
(+video)
Mazkur jarayon "Yashil makon" loyihasi doirasida tashkil etilib, unda Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i U. Oripov, Qarshi tuman hokimi Z. Aliqulov hamda sohaviy mas'ullar faol ishtirok etdi.
"YONG'IN XAVFSIZLIGI OYLIGI" BOSHLANDI
Yurtimiz bo'ylab "Yong'in xavfsizligi oyligi" jadal suratlarda boshlab yuborildi. Xususan, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tashabbusi bilan Fuqaro muhofazasi instituti va Yunisef tashkiloti hamkorligida Qarshi shahridagi 34-maktabda "Fuqaro muhofazasi" kuni tashkil etildi.
Tadbirda mutaxassislar tomonidan turli favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda ishchi-xizmatchilarning vazifalari yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek, mazkur ta'lim maskani ishchi xizmatchilaridan iborat “Aloqa va xabar berish”, “Qutqaruv”, “Yong‘in o‘chirish”, “Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish” va boshqa talab etiladigan guruhlari ishtirokida shartli zilzila va yong'in natijasida binodan o'quvchilarni xavfsiz hududga olib chiqish harakatlari sinovdan o'tkazildi.
@Qashqadaryo_MMTB
“Jarayon”
Taʼlim vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy-nazorat boshqarmasi masʼul xodimi Gʻ.Sodiqov tomonidan korrupsiya va xodimlar haqida maʼlumot berdi.
#16nov #qashqadaryo_trk
📱Rasmiy telegram kanalimiz
👉/channel/qashqadaryo_trk
Muborak tuman 3-Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilinganligini 33 yilligi munosabati bilan "Bayrog'imiz chiroyli va aziz" shiori ostida o'tkazilgan tadbirdan lavhalar.
@Qashqadaryo_MMTB