qashqadaryo_mmtb | Unsorted

Telegram-канал qashqadaryo_mmtb - Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

50474

|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz

Subscribe to a channel

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Inklyuziv ta'lim joriy qilingan sinflarda ham “Kelajak soati” darslari o'tilmoqda.


Har haftaning dushanba kuni 1-soat “Kelajak soati” darslari inklyuziv ta'lim joriy qilingan sinflarda ham mutaxassislar ishtirokida oʻtilmoqda.

🔰 Bugungi darsda oʻquvchilarga "Gadjetlar va men" mavzusining mazmun-mohiyati, gadjetlarning hayotimizdagi o'rni va undan foydalanish tartibi keng tushuntirib berildi. milliytarbiya.uz platformasi orqali mavzuga oid video kontentlar namoyish etildi. O'quvchilarning mavzuga doir fikr-mulohazalari tinglandi.


/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

🏃‍♂️ “SAVE ARAL” yugurish marafoni Shahrisabz shahrida o‘tkazildi 🌿

2025-yil 6-oktabr kuni Shahrisabz shahrida “ECO SAVE ARAL–2025” tashabbusi doirasida “SAVE ARAL” yugurish marafoni o‘tkazildi.

Marafon “Ko‘kgumbaz” obidasi oldidan start olib, Amir Temur haykali maydonida yakunlandi. Tadbirda yoshlar, o‘quvchilar, talabalar hamda sport ishqibozlari faol ishtirok etishdi.

Musobaqa “Inson uchun”, “O‘quvchi yugur”, “Yangi nafas” va “Talaba yugur” yo‘nalishlarida tashkil etilib, ishtirokchilar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va ekologik muammolarga e’tibor qaratish g‘oyasini namoyon etdilar.

🏅 Marafon natijasiga ko‘ra, Shahrisabz tumani 30-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Barakayev Iqbol Akmal o‘g‘li faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Marafon yakunida g‘olib va faol ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

🌱 Tadbir sog‘lom hayot tarzini targ‘ib etish, ekologik madaniyatni oshirish hamda yoshlarni sportga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

📚 "Kelajak soatlari" — bilim, qadriyat va ilhom soati!

Bugun Nishon tumanidagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar uchun “Kelajak soatlari” darslari bo‘lib o‘tdi. Bu galgi mashg‘ulotlar “Gadjetlarning hayotimizdagi o‘rni, ulardan foydalanish madaniyati” mavzusiga bag‘ishlandi.

🔹 Nishon tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i B.Davlonov 1-umumiy o‘rta taʼlim maktabning 9-sinf o‘quvchilar bilan ochiq muloqot olib bordi.

/channel/qash_mmtb

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Prezident_maktabi
#Kelajak_soati
#Gadjetlar_va_men

🔰Qarshi shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilar ishtirokida “Gadjetlar va men” mavzusida “Kelajak soati” darslari bo‘lib o‘tdi. Darslar davomida o‘quvchilar zamonaviy texnologiyalar hayotimizdagi o‘rni, ularning foydali va salbiy jihatlari haqida fikr almashdilar. 🤖📚

🔹 Darslarningning asosiy maqsadi — o‘quvchilarda axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, hamda raqamli madaniyatni shakllantirish ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

🌱 Darslar davomida o‘quvchilar texnologiyalar hayotimizni yengillashtirsa-da, ularni to‘g‘ri va mas’uliyat bilan ishlatish muhimligini anglab yetdilar.

/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Maktablarda “Kelajak soati” darslari o'tilmoqda.

Bugun Chiroqchi tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi boshlig'i Gulsora Suloymonova tomonidan 37-sonli umumiy o’rta ta‘lim maktabning 8-sinfida “Kelajak soati” darsi rejadagi “Gadjetlar va tahdidlar” mavzusida oʻtildi.

🔰 Darsda oʻquvchilarga mavzuning mazmun-mohiyati, gadjetlarning hayotimizdagi o'rni va undan foydalanish tartibi keng tushuntirib berildi. milliytarbiya.uz platformasi orqali mavzuga oid video kontentlar namoyish etildi. O'quvchilarning mavzuga doir fikr-mulohazalari tinglandi.


/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

‼️‼️‼️
#Диққат_эълон

🔔 Joriy yilning oktabr–noyabr oylarida ilk bor
“Sen iste’dodlisan” tanlovi bo‘lib o‘tadi.

➖ Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining inklyuziv ta’lim sinflari va uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan 3–10-sinf oʻquvchilari oʻrtasida estrada-vokal (anʼanaviy ijrochilik) hamda tasviriy sanʼat yo‘nalishlari bo‘yicha oʻtkaziladigan mazkur tanlovning tuman (shahar) bosqichi joriy yil oktabr oyining oxirgi o‘n kunligida, hududiy va respublika bosqichi jarayonlari noyabr oyida tashkil etiladi.

🏆 Tanloving Respublika bosqichida hududdan har bir yo‘nalish boʻyicha eng yuqori ball to‘plagan 2 nafardan jami 28 nafar g‘olib ishtirok etadi.

👉 Mazkur tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar joriy yilning 15-oktabr kuniga qadar telegramdagi @sen_iste_dodlisan_bot havolasi orqali onlayn ariza topshirishlari kerak.

✅Tanlov jarayonlariga doir yangiliklarni vazirlik rasmiy sahifalarida kuzatib boring.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Tadbirkor o‘zi o‘qigan maktab uchun yangi bino va sport maydonchasi qurib berdi

Efir: 02.10.2025 | 12:00
#Qashqadaryo
Muxbir: Muhriddin Jalolov

🚀TELEGRAM | 🌐INSTAGRAM
🌐FACEBOOK | 📹RENESSANSTV-RTV">YOUTUBE

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Axborot 24 | 1-oktabr - o'qituvchi va murabbiylar kuni
#1okt

mtrk.uz | Instagram | uzbekistan24tv?si=m-_eAmd7PnUgU6B9">Youtube | Facebook | Telegram

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qarshi shahrida joylashgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasiga qarashli 3-sonli maktab hududida saxovatpesha tadbirkor Zayniddin Salomov tashabbusi bilan yangi qo‘shimcha to‘garaklar binosi va sport maydonlari foydalanishga topshirildi.

🎉 Ochilish marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov ishtirok etdi. Yangi maskanda shaxmat, robototexnika, musiqa, tikuvchilik va qandolatchilik kabi yo‘nalishlarda to‘garaklar faoliyat yuritadi. Shuningdek, yoshlar uchun zamonaviy gandbol maydoni ham barpo etildi.

Bu ezgu ishlar 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan amalga oshirildi.

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qadrli ustozlar va murabbiylar!

Barchangizni bugungi kasb bayramingiz — 1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklayman.

Hurmatli Prezidentimiz boshchiligida yurtimizda taʼlimni rivojlantirish, pedagoglar maqomini yuksaltirish yoʻlida havasga loyiq islohotlar amalga oshirilyapti.

Yaqinda Davlatimiz rahbarining BMT minbaridan turib Yangi Oʻzbekistonda oʻqituvchilik kasbining nufuzini keskin oshirishga hal qiluvchi masala sifatida qaralayotganligini alohida taʼkidlab oʻtganliklari bizga faxr-iftixor bagʻishlaydi. Ayni paytda yanada masʼuliyat bilan ishlashga undaydi.

Muhtaram ustozlar!

Kelajak avlodimizni bilimli, vatanparvar va barkamol shaxslar boʻlib voyaga yetishida sizlarning mehnatlaringiz beqiyosdir. Oʻgʻil-qizlarga taʼlim berish, ota-onalardek gʻamxoʻrlik qilish barobarida yurtimizdagi tarixiy islohotlarda faol ishtirok etayotganingiz barchamizni quvontiradi, albatta. Xalqimiz ertasini, millat kelajagini sizlar sadoqat bilan yaratyapsiz, yuksaltiryapsiz.

Aziz pedagoglar!

Sizlarga yana bir bor oʻzimning eng ezgu tilaklarimni bildirgan holda, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, sharafli va masʼuliyatli kasbiy faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.

Bayramingiz muborak boʻlsin, qadrli ustozlar!

Eʻzoza Karimova,
Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Ustoz va murabbiylar ehtiromi

1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida katta bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov hamda viloyat prokurori ishtirok etib, ta’lim sohasida fidokorona xizmat qilayotgan barcha ustoz va murabbiylarga samimiy tabriklar yo‘llashdi.

Bayram doirasida o‘z kasbiga sodiq o‘qituvchilarga “Xalq ta’limi fidoyisi”, “Xalq ta’limi a’lochisi”, “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” hamda “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari topshirildi.

Shuningdek, viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan matematika va fizika fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan “Prokuror sovrini” olimpiadasi g‘oliblari ham taqdirlanib, ularga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Eng quvonarlisi, ushbu bellashuvda har ikkala fan yo‘nalishida ham 1-o‘rinni olgan o‘qituvchilarga xorijiy ta’lim safari yo‘llanmasi taqdim etildi.

/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Ustoz va murabbiylar hamisha ardog‘imizda!

VILOYAT MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI BOSHLIG‘INING TA’LIM TIZIMI XODIMLARIGA BAYRAM TABRIGI

Qadrli o‘qituvchilar, muhtaram ustoz va murabbiylar!
Avvalo, siz azizlarni, sizlarning timsolingizda ustoz degan sharafli nomni ulug‘lab kelayotgan vohamiz ziyolilarini umumxalq bayrami-o‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Dunyoda har bir odam, avvalo, o‘zining mehribon ota-onasiga, unga ma’rifat va bilim dunyosini ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar, shaxs sifatidagi mas’uliyatni singdirish yo‘lida zahmat  chekkan ustoz va muallimlarga nisbatan hamisha minnatdorlik tuyg‘usi bilan yashaydi.
O‘qituvchilik dunyoda eng bebaho kasb. Barcha kasblar o‘qituvchi mehnati negizida kamol topadi. O‘qituvchi ma’naviy boylik yaratuvchi va ularni targ‘ib  etuvchi hamda haqqoniy aqlu-zakovat, joziba, samimiyat va baland ruhiyat sohibidir.

Inson o‘z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin, qayerda, qaysi vazifa-yu lavozimda ishlamasin,maktab bag‘rida kechgan yillari olgan ta’lim-tarbiyasi uning yetuk inson va malakali mutaxassis bo‘lib shakllanishida  beqiyos ahamiyatga egadir.
O‘qituvchi o‘quvchilar qalbiga ezgulik, ma’naviyat daraxtini ekib, parvarish qilsa mehr-oqibat mevasi o‘ziga, eliga nasib etadi. Shunday ekan, o‘qituvchining mas’uliyatli, murakkab, sermashaqqat faoliyati ilmiy-amaliy, serqirra saboqlari bilan elimiz farzandlari o‘qib tarbiya olib olamni tanimoqda, o‘zligini kashf etmoqda, kamol topib, mustaqil mamlakatimizning yetuk fuqarosiga aylanmoqda. Shuning uchun ham yosh avlod aziz va kamtarin o‘qituvchisini yaxshi ko‘radi, hurmatini joyiga qo‘yadi, chuqur ehtirom bilan e’tirof etadi. Bunga javoban o‘qituvchi zahmat chekib, ko‘z nuri, yurak qo‘rini ayamay tinimsiz o‘qib o‘rganadi, izlanadi, fikrlaydi, mushohada qiladi.

Yurtimizda mustaqillik yillarida o‘z samarasini berayotgan ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar, yangiliklar, innovatsion g‘oyalarni viloyatimiz  o‘qituvchi va murabbiylari ham qo'llab-quvvatlab, yaratilgan beqiyos imkoniyatlardan to‘g‘ri va oqilona foydalanishmoqda.
Siz azizlarning ana shu ezgu maqsadlarga erishish, inson har tomonlama erkin va farovon yashaydigan Yangi O‘zbekiston davlatini barpo etish, jonajon Vatanimizni yanada taraqqiy ettirishga qaratilgan og‘ir va mashaqqatli, shu bilan birga, g‘oyat sharafli mehnatingizni munosib qadrlash uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlari safarbar etilmoqda.

Sizlarni 1 oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadoningizga tinchlik xotirjamlik, fayzu baraka tilayman. Doimo sog‘ va omon bo‘lib, shogirdlaringiz, el-yurt oldida qalbingiz va qadringiz baland bo‘lib boraversin. 

Hurmat bilan,
Ubaydulla ORIPOV

/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Табрик
💥1 октябрь – Ўқитувчи ва мураббийлар куни! 🎉

Ушбу кун муносабати билан юртимиздаги барча ўқитувчи ва мураббийларни чин дилдан самимий муборакбод этамиз!

Aзиз Устозлар, илм йўлидаги шижоатингиз, метин иродангиз, тоғдек сабрингиз, билим уммонидаги сабоғингиз доимо сарбаланд бўлсин! Сиҳат-саломатлик, оилавий хотиржамлик, тинчлик ва фаровон ҳаёт ҳамиша ҳамроҳингиз бўлсин!

Касб байрамингиз муборак бўлсин ҳурматли устозлар! 👩🏻‍🏫👨🏻‍🏫

/channel/chiroqchi_tuman_mmtb

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Ustozga_ehtirom

📚✨ 1-oktyabr – "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi hamda o‘quvchilari ko‘p yillar davomida fidoyilik bilan dars bergan mehribon boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Nasiba opa Muhammadiyeva xonadoniga tashrif buyurishdi.

Ustoz yillar davomida yuzlab o‘quvchilarga savod o‘rgatib, ularning hayotiga mustahkam poydevor qo‘ygan. Shu bois bugun ham shogirdlari uni ehtirom bilan yodga olib, duolarini olish uchun tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida ustoz bilan dildan suhbatlashib, o‘z tajribasi va qimmatli maslahatlari bilan o‘quvchilarga ibrat bo‘ldi. O‘quvchilar esa ustozga bo‘lgan mehr va hurmatlarini samimiy tilaklar hamda bayramona she’rlar orqali ifoda etishdi.

🌸 Nasiba opa kabi fidoyi boshlang‘ich sinf ustozlari – bizning faxrimiz, g‘ururimiz va kelajak avlod tarbiyasining mustahkam tayanchidir.

🌐 Kitob tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati

👇👇👇
/channel/kitobmmtb_axborot

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

‼️‼️‼️

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan joriy yilning avgust-dekabr oylarida attestatsiyadan oʻtuvchi pedagoglarga qulaylik yaratish maqsadida DEMO Test ishga tushirildi.

❗️Bu orqali pedagoglar uchun namunaviy test savollari bilan tanishish imkoniyati yaratildi.


🖥 Buning uchun talabgorlar pedagog.uzedu.uz platformasida pedagog shaxsiy kabinetidagi DEMO Test bo'limi orqali yoki sinov.uz saytidagi Demo test oynasi orqali namunaviy testlar bilan tanishishlari mumkin.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

📚 “Kelajak soati” — o‘quvchilar uchun yangi tafakkur maktabi!

Bugun Qarshi shahridagi 1-sonli umumta’lim maktabida navbatdagi “Kelajak soati” darsi o‘tkazildi. Mashg‘ulotni Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ubaydulla Oripov olib bordi.

🔹 Darsning bugungi mavzusi — “Gadjetlar va tahdidlar”. Unda o‘quvchilar bilan zamonaviy texnologiyalar hayotimizdagi o‘rni, ularning foydali va salbiy jihatlari haqida suhbatlashildi.

🎥 Shuningdek, milliytarbiya.uz platformasidagi videoroliklar orqali mavzuga oid muhim fikrlar yoritildi.
💬 O‘quvchilar ham faol ishtirok etib, gadjetlardan to‘g‘ri foydalanish borasidagi o‘z qarashlarini bildirishdi.

🟩 “Kelajak soati” darslari yoshlarni texnologiyani ongli va foydali maqsadlarda ishlatishga o‘rgatmoqda!

/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qarshi shahar MMT bo‘limi boshlig‘i Bahodir Muminov bilan “Kelajak soati” darsi

Qarshi shahar 16-maktabda navbatdagi “Kelajak soati” darsi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qarshi shahar MMT bo‘limi boshlig‘i  Bahodir Muminov 11-sinf o‘quvchilari bilan “Gadjetlar va men” mavzusida qiziqarli va mazmunli dars mashg‘ulotini olib bordi.

Dars davomida o‘quvchilarga zamonaviy texnologiyalar, ularning inson hayotidagi o‘rni, to‘g‘ri foydalanish madaniyati hamda raqamli xavfsizlik qoidalari haqida batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, gadjetlardan oqilona foydalanish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va ularni ta’lim jarayonida foydali maqsadlarda ishlatish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

O‘quvchilar dars davomida faol ishtirok etishdi, o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi hamda yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. Tadbir yakunida Bahodir Muminov o‘quvchilarga zamonaviy texnologiyalarni foydali yo‘nalishda qo‘llash, ilm va bilim olishda ularning imkoniyatlaridan unumli foydalanish zarurligini ta’kidladi.

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

“Kelajak soati” darslari o'tilmoqda.

Qarshi tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi boshlig'i A.Eshonqulov tomonidan 4-sonli umumiy o’rta ta‘lim maktabning 11-sinfida “Kelajak soati” darsi rejadagi “Gadjetlar va tahdidlar” mavzusida oʻtildi.

/channel/qash_mmtb

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Maktablarda “Kelajak soati” darslari yuqori saviyada o'tilmoqda.

Bugun maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Ubaydulla Oripov tomonidan Qarshi shahridagi 1-sonli maktabning 11-sinfida “Kelajak soati” darsi rejadagi “Gadjetlar va tahdidlar” mavzusida oʻtildi.


🔰 Darsda oʻquvchilarga mavzuning mazmun-mohiyati, gadjetlarning hayotimizdagi o'rni va undan foydalanish tartibi keng tushuntirib berildi. milliytarbiya.uz platformasi orqali mavzuga oid video kontentlar namoyish etildi. O'quvchilarning mavzuga doir fikr-mulohazalari tinglandi.

/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Jadidlar_izidan_2025
#Respublika_tanlovi

✔️ “Jadidlar izidan” tanlovining yangi mavsumida ishtirok eting!

🌀 Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumiy oʻrta taʻlim maktablari va nodavlat ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, ma’naviy dunyosini boyitish maqsadida “Jadidlar izidan” Respublika tanlovi tashkil etilgan edi. Mazkur tanlovning yangi mavsumi boshlanmoqda.

☝️ Tanlov 2 ta sinf toifasi 6-7-8- hamda 9-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida joriy yilning oktabr-dekabr oylarida bo‘lib o‘tadi!

🥇 Respublika bosqichida eng yuqori ball to‘plagan 14 nafar ishtirokchi xorijiy davlatga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritadi ✈️

📎 Nizom bilan tanishing

📎 Adabiyotlar ro‘yxati

📝 Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting:

➡️ jadidlarizidan.uz

📣 Batafsil ma’lumotlarni @jadidlarizidanuz telegram kanalida kuzatib boring!

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

1 октябрь - Ўқитувчи ва мураббийлар куни!


“Вилоят ҳокими кубоги учун” шахмат мусобақаси ғолиблари тақдирланди

Қарши шаҳридаги 3-мактабда Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан умумтаълим мактаблари, академик лицей ва профессионал ҳамда олий таълим муассасалари ўқитувчилари ўртасида ўтказилган "Вилоят ҳокими кубоги учун" шахмат мусобақасининг финалида ғолиб ва совриндорлар аниқланди.

Вилоят ҳокими Муротжон Азимов тадбирда иштирок этиб, устозларни байрам билан табриклади ва ғолибларни тантанали равишда тақдирлади.

Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Ezgu tashabbus – ustozlarga ehtirom

1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Kitob tumanida faxriy ustozlarga bo‘lgan hurmat va ehtirom ramzi sifatida ezgu tashabbus amalga oshirildi.

Kitob tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan tumanda faoliyat yuritayotgan 2 mingga yaqin fidoyi ustoz va jonkuyar muallimlar xonadonlari eshiklariga minnatdorlik va ehtirom timsoli sifatida maxsus peshlavhalar o‘rnatildi.
Shuningdek, ta’lim muassasalari rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida uzoq yillar davomida yosh avlodga bilim va tarbiya berib kelayotgan faxriy ustozlar holidan xabar olindi. Ularning fidokorona mehnati yuksak qadrlanib, samimiy tabriklar yo‘llandi.
Mazkur tashabbus nafaqat ustozlarga bo‘lgan minnatdorlik ifodasi, balki yosh avlod qalbida o‘qituvchiga nisbatan mehr va hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Ezgu tashabbus – ustozning qadrini ulug‘lash, ularning jamiyat ravnaqidagi beqiyos xizmatlarini e’tirof etish demakdir.

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Қашқадарё мактабларида дрон ясаш, учириш ва таъмирлаш сирлари ўргатилмоқда

Вилоят ҳокими робототехника, ёш дрончи, авиамоделизм ва киберспорт тўгараклари бўйича тайёрланган ишланмалар билан танишди.

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryolik quruvchi o‘zi tahsil olgan maktabga homiylik qildi

Zayniddin Salyamov Qarshi shahridagi 3-maktabda tahsil olgan. Hozirda Qarshi shahridagi “1-kompleks loyiha-qurilish va montaj” XK ta’sischisi sifatida ko‘plab qurilish ishlarini amalga oshirmoqda. Bugun Zayni aka maktabiga 3.5 mlrd so‘mlik homiylik qilgani uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Mukofotni viloyat hokimi Murotjon Azimov topshirdi. Ushbu mablag‘ga maktab va uning sport zallari ta’mirlandi. Shaxmat klubi va 5 ta kasbga o‘qitish xonalari bunyod etildi.

Aytgancha bu maktabda Qashqadaryo viloyati hokimi bo‘lib ishlagan Nuriddin Zayniyev va Shuhrat Begmatovlar ham tahsil olgan.

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Hurmatli ustoz va murabbiylar!

Siz azizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Bugun yurtimizda ta’lim-tarbiya tizimiga, ustoz va murabbiylarga bo‘lgan e’tibor yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Jamiyatimizda o‘qituvchining o‘rni va ta’siri tobora ortib, maqomi yanada mustahkamlanmoqda. Bu esa Davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning amaliy samarasidir.

Prezidentimizning shu yilning sentabr oyida ustozlar bilan qilgan muloqotida ham siz azizlar uchun yangi imtiyozlar va yangiliklar e'lon qilindi. Bu tarixiy yangiliklar va o‘zgarishlarga esa pedagoglarimiz doimo fidoyilik va yuksak mas’uliyat bilan javob berib kelmoqda.

Aziz pedagoglar!

Sizlar — jamiyatimizning tayanchi, kelajak bunyodkorlari bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalovchi ulug‘ zotlarsiz. Sizning mehringiz va saboqlaringiz tufayli yoshlarimiz barkamol inson, Vatanimizga sadoqatli farzand bo‘lib ulg‘aymoqda.

Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ijodiy yutuqlar, sharafli va mas’uliyatli kasbingizda zafarlar tilayman.

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

1 октябрь - Ўқитувчи ва мураббийлар куни!


Вилоят ҳокими Муротжон Азимов Қарши шаҳридаги 3-мактабда ўтказилган тадбирлар доирасида мактаб музейида ҳам бўлди. У ерда ўқув юрти тарихи, ёрқин хотиралар ва ўқитувчилар ҳамда ўқувчиларнинг турли йилларда қўлга киритган ютуқлари акс этган экспонатлар билан танишди.

Музейдаги сафар давомида устозлар меҳнатига, ёш авлод тарбиясига бағишланган самимий фикрларини билдириб, мактаб жамоасига келажакда ҳам катта муваффақиятлар тилади.

Шунингдек, хотира дафтарига ўзининг илиқ тилак ва табрикларини ёзиб қолдирди.

Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

1 октябрь - Ўқитувчи ва мураббийлар куни!


🏆 Таълим соҳаси вакиллари "Қашқадарё вилояти ҳокими кубоги учун" шахмат мусобақасида беллашди

Қарши шаҳридаги 3-мактабда 1 октябрь - Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан умумтаълим мактаблари, академик лицей ва профессионал ҳамда олий таълим муассасалари ўқитувчилари ўртасида "Вилоят ҳокими кубоги учун" шахмат мусобақасининг якуний финал босқичи бўлиб ўтди ва ғолиб ҳамда совриндорлар аниқланди.

Шу боис, вилоят ҳокими Муротжон Азимов мазкур мактабда бўлиб, барча устозларни байрам билан табриклаган ҳолда шахмат бўйича мусобақа ғолиб ва совриндорларини тантанали равишда тақдирлади.


Маълумот учун, ўтган йилдан бошлаб мазкур мусобақани ўтказиш анъанага кириб, 2024 йил ҳам дастлабки ғолиб ва совриндорлар тантанали равишда тақдирланган эди.

Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Вилоятимизнинг бир қатор устозлари эътироф этилди

1 октябрь - Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан Қарши шаҳридаги Абдулла Орипов номидаги ижод мактабида тадбир ташкил этилди.

Унда вилоят ҳокими Муротжон Азимов ва вилоят прокурори иштирок этди. Тадбирда сўзга чиққан вилоят ҳокими барча устоз ва мураббийларни байрам билан самимий табриклади.

Шундан сўнг вилоят ҳокими томонидан таълим соҳасида фаолият юритаётган бир қатор фидойи устозлар ва ходимларга "Халқ таълими фидойиси", "Халқ таълими аълочиси", “Ўрта махсус ва профессионал таълим аълочиси” ҳамда “Олий таълим аълочиси” кўкрак нишонлари топширилди.

Шунингдек, вилоят прокуратураси томонидан мактабларнинг математика ва физика фани ўқитувчилари ўртасида ўтказилган “Прокурор соврини” олимпиадаси совриндорлари ҳам тантанали равишда тақдирланиб, уларга қимматбаҳо эсдалик совғалари берилди.

Аҳамиятлиси, мазкур олимпиадада ҳар иккала фан бўйича 1-ўринни қўлга киритган ўқитувчилар хорижга таълим саёҳати йўлланмаси билан тақдирланди.

Президентимизнинг байрам табригини ўқиш 👇
➡️ /channel/qvh_axboroti/40403

Муротжон Азимовнинг байрам табригини ўқиш👇
➡️ https://gov.uz/oz/qashqadaryo/news/view/85979

Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#ustozga_ehtirom

G‘uzor tumanidagi 15-maktabda tajribali rahbar, fidoyi ustoz-pedagog Jalil Haqqulov va umr yo‘ldoshi Xadicha Murtazayeva tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Ustozni yod etib” xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov ishtirok etib, tajribali rahbar Jalil Haqqulovning ilm-ma’rifat yo‘lidagi fidokorona mehnatlari, yosh avlod tarbiyasiga qo‘shgan bebaho hissalari, jonkuyarligi va el-yurt oldidagi xizmatlarini alohida ta’kidlab o’tdi.

Tadbirda so‘z olganlar tomonidan ustozning ibratli hayot yo‘li, sermahsul faoliyati kelajak avlod uchun o‘rnak ekanligi alohida ta’kidlandi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…
Subscribe to a channel