|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz
Oliy ta’limdagi islohotlardan asosiy maqsad O‘zbekistonni mintaqaviy ta’lim va ilm-fan xabiga aylantirish ekani ta’kidlandi.
Masalan, hozirda 4 ta oliygoh dunyodagi TOP-mingtalikka kirgan. Yaqin yillarda ularning soni 10 taga yetkaziladi.
Shu bilan birga, oliygohlarimizda xorijiy TOP-500 talik universitetlar bilan axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, agrotexnologiya, tibbiyot, “yashil” energetika kabi ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, chet eldagi TOP-100 talikka kirgan oliygohlarning filiallari ochiladi.
Bu maqsadlarga erishish uchun kelgusi yilda 10 dan ziyod xalqaro tashkilotlar, 500 ta nufuzli oliygoh rektorlari, 1 mingdan ortiq xalqaro ekspertlar ishtirokida Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi o‘tkaziladi.
Xorijlik talabalar soni 5 barobarga oshirilib, ta’lim eksporti 200 million dollarga yetkaziladi.
Bizni kuzating
“Izlanib, aniq natijaga erishayotgan olimlarimizning asosiy qismini professor-o‘qituvchilar tashkil etayotgani menga mamnuniyat bag‘ishlaydi”,
“Ko‘rib turibsiz, oliygohdagi olimlarda iqtisodiyotimizni rivojlantiradigan zo‘r-zo‘r ilmiy ishlanmalar, loyihalar bor.
Shuning uchun, ilm-fan va biznes vakillarini bir-biri bilan uchrashtirib, manfaatli hamkorlikda ishlaydigan tizim qilamiz. Bundan ilm ham, biznes ham yutadi.
Shu bois, ixtirolarning tajriba-sinov ishlari uchun ketadigan xarajatlarni qoplashga qo‘shimcha 100 milliard so‘m ajratamiz”,
Bizni kuzating
Davlatimiz rahbari texnikumdagi muallim va ustalarning malakasini, jamiyatdagi mavqeini oshirish bo‘yicha ham yangi tashabbuslarni ilgari surdi.
Jumladan, maktabdagi kabi texnikumlarning o‘qituvchi va ustalari uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi.
Shu orqali texnikum ustozlariga milliy sertifikat uchun oyligining 30 foizi, xalqaro sertifikatga esa 50 foizi miqdorida ustama to‘lanadi.
Shu bilan birga, texnikum direktori va o‘rinbosarlariga maktabdagi hamkasblaridan kam bo‘lmagan oylik qilib beriladi. Agar ular “Direktorlar maktabi”da menejerlik sertifikatini olsa, yana qo‘shimcha 20 foiz ustama to‘lanadi.
Endilikda texnikumlarda ham oliygohlardagi kabi ilmiy daraja va unvonlar uchun ustamalar to‘lash yo‘lga qo‘yiladi.
Har yili 500 nafar muallim ilg‘or xorijiy ta’lim tashkilotlariga, yana 500 nafar ustalar esa chet eldagi yirik korxonalarga stajirovkaga yuboriladi.
Bizni kuzating
Muloqotda dual ta’lim bilan qamrov 5 barobar oshirilishi ta’kidlandi.
Hamkor korxonalarni rag‘batlantirish maqsadida ularga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ajratilib, dual ta’lim orqali ishlayotgan o‘quvchilar bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lov ikki barobar qisqartiriladi.
Ayni paytda yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, xorijiy investorlar bilan erkin muloqot qilish uchun chet tillarini o‘qitish juda muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu bois, texnikumlardagi xorijiy tillar uchun ajratilgan soatlar 4 karra ko‘paytiriladi.
Umuman, kelgusi yildan yangi raqamli platforma ishga tushiriladi.
Unda texnikum bitiruvchilarining kasbiy ko‘nikmalari haqidagi barcha ma’lumotlar nafaqat o‘zimizning, balki xorijiy ish beruvchilar uchun ham ochiq-oshkora bo‘ladi.
Bizni kuzating
“Biz yoshlarimizni nafaqat zamon bilan hamnafas, balki kelajakka tayyor qilib tarbiyalashimiz kerak. Hech qachon unutmaylik, kelajak – zamonaviy bilimlar bilan qurollangan yangi kasb egalariniki bo‘ladi”,
Bizni kuzating
“Xalqimizning kelajagi maktabdan boshlanadi. Chunki farzandlarimizga bilim va tarbiya berishning eng uzoq davom etadigan, kerak bo‘lsa, hal qiluvchi bosqichi bu – maktab ta’limidir”,
Bizni kuzating
Islohotlarning ilk bosqichidayoq maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga katta e’tibor qaratildi.
2017-yilda 4 mingdan ortiq mahallada birorta ham bog‘cha yo‘q edi, qamrov 27 foizdan oshmasdi. Bugungi kunda bog‘chalar soni 38 mingdan, qamrovi esa 78 foizdan oshdi.
Yaqinda ta’lim sohasida e’lon qilingan yangi imtiyoz va imkoniyatlar hisobiga bog‘cha kirib bormagan birorta mahalla qolmasligi, qamrov ham 80 foizdan kam bo‘lmasligi ta’kidlandi.
Bog‘chada tarbiyachilar maoshi maktab o‘qituvchilariga tenglashtirildi. Shu oydan bog‘cha mudiralari ham maktab direktori o‘rinbosari bilan bir xil oylik oladigan bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda, bog‘chadagi rahbar va pedagoglar oyligi qariyb 2 karra oshdi.
Endilikda xususiy bog‘chalardagi tarbiyachilar oyligi va bola xarajatining bir qismi ham budjetdan qoplab beriladigan tizim joriy etiladi.
Bizni kuzating
So‘nggi sakkiz yilda ta’lim va tarbiya sohasida ham o‘n yillarga teng keladigan ishlar amalga oshirilib, ulkan natija va yutuqlarga erishilgani ta’kidlandi.
O‘tgan davrda mamlakatimiz iqtisodiyoti 2 karra o‘sdi, yil yakuni bilan jon boshiga daromad 3,5 ming dollarga yetadi. Yalpi ichki mahsulot hajmi ham yil oxirigacha 130 milliard dollar bo‘ladi.
Barcha tarmoqlarga zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar kirib kelayotgani hisobiga bu yil eksport 25 milliard dollarga olib chiqiladi. O‘tgan 8 yilda esa mamlakatimizga 130 milliard dollar xorijiy sarmoya kiritildi.
E’tiborlisi, ilgari investitsiya asosan xomashyo resurslariga kiritilgan bo‘lsa, hozir har bir sohada yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish, infratuzilmani yaxshilashga yo‘naltirilyapti.
“Men bu iqtisodiy ko‘rsatkichlarga nima uchun ko‘p to‘xtalyapman? Chunki iqtisodiyot qanchalik mustahkam bo‘lsa, ta’lim rivojlanadi. Ta’lim sifati yuqori bo‘lgan mamlakatda esa iqtisodiyot barqaror o‘sadi. Bu – hayot qonuni!”,
Bizni kuzating
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент вилоятининг Бўстонлиқ туманига ташриф буюриб, “Ренессанс” болалар соғломлаштириш оромгоҳида яратилган шароитлар билан танишди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев Бостанлыкский район Ташкентской области и ознакомился с условиями, созданными в детском оздоровительном лагере «Ренессанс».
#Mirziyoyev #tanishuv #Toshkentviloyati #oromgoh
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#No_comment
#1_kun
✅ 1-oktabr — “O’qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiri doirasida ustozlar Adiblar xiyobonida ham bo‘lishdi.
Bizni kuzating
✅✅✅✅
#1_kun
✅ Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida tashkil etilgan jarayonlardan videolavha.
Bizni kuzating
#1_октябр_Ўқитувчи_ва_мураббийлар_куни
✅ Bayram tadbirlari poytaxtimizdagi "Adiblar xiyoboni"da davom etdi.
➖ Madaniy sayohat avvalida pedagoglar Milliy bogʻ hududida joylashgan buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy haykali poyida taniqli ijodkorlar ishtirokida tashkil etilgan adabiy tadbirda qatnashdi.
📍 Shuningdek, ustozlar xiyobondagi taniqli shoir va yozuvchilarning haykallari atrofida tashkil etilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy muloqotlarda ishtirok etishdi.
👉 Mazkur tadbirlarda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 250 nafarga yaqin ustoz-murabbiylar qatnashmoqda.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
#Jadidlar_izidan
🔔 Joriy yilning oktabr oyida “Jadidlar izidan” tanlovining yangi mavsumiga start beriladi
📆Prezidentimiz tashabbusi bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan “Jadidlar izidan” tanlovining yangi mavsumi boshlanmoqda.
➖ Umumiy oʻrta taʻlim maktablarining 6 -7-8 hamda 9 – 10-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan mazkur tanlovning tuman (shahar), hududiy va respublika bosqichi jarayonlari joriy yilning oktabr-dekabr oylarida tashkil etiladi.
🛫 Tanloving Respublika bosqichida har bir sinf toifasi boʻyicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan (I, II, III o‘rin g‘oliblari hamda eng yuqori ball to‘plagan 4 nafar) jami 14 nafar g'olib Germaniyaga taʻlim sayohatiga yuboriladi.
Bizni kuzating
#Tayinlov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan:
Radjabov Sardor Baxtiyorovich — O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Sardor Radjabov 2008-2012-yillarda “Uzdunrobita” MCHJ, “Expert va marketing markazi” MCHJ, “Real consult servise” MCHJda turli vazifalarda, 2012-2015 -yillarda Toshkent shahar hokimligida yetakchi mutaxassis, 2015-2020-yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida bosh ekspert, Chet tilini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi boshlig‘i, 2020-2023-yillarda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari, 2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Ta’lim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti direktori lavozimlarida mehnat qilgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Sardor Radjabovga ta’lim sohasidagi kelgusi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.
Bizni kuzating
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-fevraldagi “Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-44-sonli qarorining 9-ilovasi, 45-bandining ijrosi boʻyicha hamda Qashqadaryo viloyatida 2025-yilda “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish maqsadida viloyatdagi kambagʻalligi yuqori boʻlgan mahallalarda tashkil etiladigan oilaviy nodavlat maktabgacha taʻlim tashkilotlarini tashkil etish boʻyicha tadbirkorlarni hamkorlikka chorlaydi. Arizalarni https://nodavlat-bogcha.uz/ sayti orqali onlayn topshirish mumkin.
Manfaatdorlikni bildirish joriy yilning 9-sentabrdan 16-sentabr soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.
O‘tgan yili muhandislik oliygohlari vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda ixtirochilar o‘rtasida tanlov o‘tkazish tashabbusi ilgari surilgan edi.
Kuni kecha to‘qqizta yo‘nalishda o‘tkazilgan tanlov g‘oliblariga elektromobil berildi. Ikkinchi o‘rin sohiblari xorijga stajirovkaga yuboriladi, uchinchi o‘rinni egallaganlar esa pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Endi bunday tanlovlar oliy ta’limning har bir yo‘nalishida, o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida ham o‘tkazilishi belgilandi.
Gʻoliblarga 250 million so‘mgacha pul mukofoti beriladi.
Respublika tanlovida eng ko‘p g‘oliblari bo‘lgan oliygohlarga zamonaviy laboratoriya, ilmiy adabiyotlar va boshqa jihozlar uchun 1 milliard so‘mdan beriladi.
Bizni kuzating
So‘nggi sakkiz yilda oliygohlar soni 77 tadan 202 taga, jami talabalar soni 250 mingdan 1,5 millionga yetdi.
Oliy ta’limda “o‘qishga kiritib qo‘yish” degan o‘ta salbiy illatga to‘liq barham berildi. Yoshlarga oliygohlarga kirishda tanlov imkoniyati oshirildi.
Professor-o‘qituvchilarning oyligi salmoqli darajada oshib, oliygoh muallimi bo‘lish ko‘pchilikning orzusiga aylandi.
Keyingi paytlarda aniq va tabiiy fanlarga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda. Yaqinda “ToshTech”, Bauman universiteti filiali, Olmaliq davlat texnika institutini ochish bo‘yicha qarorlar imzolandi. Xorazmda Al-Xorazmiy universitetiga tamal toshi qo‘yildi. Qolgan hududlarda ham uning filiallari bo‘ladi.
Mamlakatimizda yerosti boyliklarining ulkan zaxirasi mavjud. Ilgari neft-gaz sohasidagi qidiruv ishlari faqat 2,5-3 ming metr chuqurlikda olib borilardi. Bu yil sanoatimiz tarixida birinchi marta Ustyurtda 6,5 ming metr yer qa’rini burg‘ulab, juda katta gaz zaxirasi topildi.
Yangi industrial davr – “to‘rtinchi sanoat inqilobi”ni amalga oshirish uchun dunyoda tellur, litiy, selen, grafit, molibden kabi texnologik minerallarga talab bir necha karra ko‘paymoqda. Tahlillarga ko‘ra, dunyodagi volfram, molibden, rux va titan zaxiralarining 10-15 foizi mintaqamizga to‘g‘ri keladi.
“Ushbu ulkan resurslarni yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotga aylantirish uchun bizga eng avvalo ilm, bilim va innovatsiya kerak”,
Bizni kuzating
O‘tgan hafta imzolangan Prezident qaroriga muvofiq, maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinmoqda.
Ular 7-sinfdan boshlab o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishi va kasbiy qiziqishi bo‘yicha saralab, 9-sinfni bitirganida texnikumlarga yo‘naltiradi.
Shu bilan birga, 9-sinfni bitirib, texnikumga kirgan yoshlarga maktabga qaytib kelish imkoniyati bor. Endilikda 10-sinfga o‘tib, maktabda o‘qish fikridan qaytgan yoshlar ham ta’limni texnikumda davom ettirishi mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, bu yil 11-sinfni bitirib, oliygohga kira olmagan 200 ming yoshlar ham texnikumlarda 3-6 oylik qisqa muddatli dasturlar asosida kasbga o‘qitiladi.
“Yangi tashabbuslarimizdan maqsad nima? Har bir bolani kasb-hunar orqali daromadli qilsak, barcha oilalarning ro‘zg‘ori but bo‘ladi, mahallalarda tinchlik hukm suradi”,
Bizni kuzating
Bir yil ichida 100 ta texnikumda Germaniya, Shveysariya, Xitoy, Koreya, Britaniya kabi davlatlarning ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, ularning eng ilg‘or kasbiy ta’lim dasturlari joriy qilinishi belgilandi.
Bundan tashqari, kasbiy ko‘nikmasi bor istalgan talabgor ushbu texnikumlarda xorijiy davlatlarning malakani baholash tizimi orqali imtihondan o‘tib, xalqaro sertifikat olishi mumkin bo‘ladi.
Joriy o‘quv yilidan Angliyaning “Pirson” kompaniyasi bilan hududlardagi 14 ta texnikumda “BITEK” xalqaro dasturi boshlandi. Bu orqali yoshlar xalqaro standartlar asosida turizm, axborot texnologiyalari, tibbiyot, qurilish, logistika, elektrotexnika, energetika, mashinasozlik, biotexnologiya, kreativ iqtisodiyot kabi yo‘nalishlarda talab yuqori kasblarni egallaydi.
Kelasi yili sanoatda qariyb 45 milliard dollarlik 456 ta yirik loyiha boshlanadi. “Investor – tarmoq – texnikum” zanjiri asosida texnikumlarda dual ta’lim yo‘lga qo‘yiladi.
Korxonalar bilan aniq loyihalari bo‘lgan texnikumlar o‘rtasida zamonaviy ustaxonalarni barpo qilish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Tanlov g‘oliblariga ustaxona uchun zamonaviy uskuna va jihozlar, sport anjomlari olib beriladi.
Bizni kuzating
Har yili o‘n minglab maktab o‘quvchilari xorijiy til va fanlar bo‘yicha xalqaro sertifikatlar olyapti.
Masalan, 2016-yilgacha jami 2 ming nafar maktab o‘quvchisi sertifikat olgan edi. O‘tgan yili birgina xorijiy tillarning o‘zidan 150 ming yoshlarimiz xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi.
Endi bunday sertifikatlar maktabdagi yakuniy imtihonlarda ham tan olinishi aytildi.
“Bugungi tadbirimizda o‘zi yosh bo‘lishiga qaramasdan, yuzlab o‘g‘il-qizlarimizni yuqori marralarga yetaklayotgan kogonlik qizimiz Billura Ikramova ham qatnashyapti.
Billura qizimiz top-200 talikka kiradigan Buyuk Britaniyaning Reding oliygohini bitirib, katta-katta idoralardan bo‘lgan takliflarni rad etib, Romitanning eng chekka qishlog‘idagi maktabda ingliz tilidan dars bermoqda.
Yoki Oksford universiteti doktoranti Nodira Nabiyeva eshitish qobiliyatini yo‘qotgan o‘quvchilarga ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha innovatsion metodika yaratdi. Germaniya va AQSHdagi oliygohlarning professor-o‘qituvchilari bu metodikadan foydalanayotgani bizni quvontiradi.
Eng katta niyatim, maqsadim – ta’lim va yana bir bor ta’limga e’tibor berib, bunday iste’dodli va fidoyi yosh o‘qituvchilarimiz safini kengaytirish. Buning uchun har qanday sharoitlarni yaratib berishga tayyorman”,
Bizni kuzating
Prezidentimiz bog‘cha tarbiyachilari uchun muhim yangilikni aytdi.
Hozirda 7 mingdan ortiq davlat bog‘chalarida 120 mingga yaqin pedagoglar bo‘lgani bilan ularning atigi 34 foizi oliy ma’lumotga ega. Lekin hozirda tarbiyachilarning maktab o‘qituvchilari kabi toifa olishi uchun oliygoh diplomi talab etiladi. Shu sababli oliy ma’lumotli bilan o‘rta ma’lumotli tarbiyachining oyligida farq bor.
Shu bois, davlat va xususiy bog‘cha tarbiyachilarini ishdan ajralmagan holda oliygohlarda o‘qitish yo‘lga qo‘yilib, yiliga 10 ming tarbiyachi oliy ma’lumotli qilinadi.
Yana bir yangilik. Xuddi Prezident maktablari kabi har bir viloyatda “Yangi avlod” bog‘chalari tashkil qilinib, ularda tarbiyachilar ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganadi.
Eng muhimi, yangi metodikalarni o‘rganish uchun bu maskanlarning eshigi xususiy bog‘cha tarbiyachilariga ham doimo ochiq bo‘ladi.
Bizni kuzating
O‘tgan sakkiz yilda ta’lim va ilm-fanga xarajatlar 6 karra oshirilib, 378 trillion so‘m mablag‘ ajratildi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz O‘zbekiston tarixida ilk bor 50 milliard dollarlik marradan oshdi.
“Iqtisodiyotimiz barqaror o‘syapti, resurs va zaxiralarimiz ham yetarli.
Bu – bog‘cha, maktab, texnikum va oliygohlar qurish, ta’lim va ilm dargohlarini zamonaviy jihozlash, ustoz va murabbiylarning moddiy manfaatdorligini muntazam oshirib borishning kafolati emasmi?!
Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim sifatini oshirish hamda ustoz va murabbiylarning mehnat va yashash sharoitini yaxshilash islohotlarimizning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi.
Zero, Yangi O‘zbekistonda eng muhim soha – ta’lim, eng hurmatli insonlar – o‘qituvchi va murabbiylardir!”,
Bizni kuzating
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan muloqot o‘tkazmoqda. Tadbirga barcha hududlardan 40 mingdan ziyod pedagoglar ulangan.
So‘zining avvalida davlatimiz rahbari o‘z hayotini yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishdek dunyodagi eng ulug‘ ishga bag‘ishlab kelayotgan barcha muallim, professor va o‘qituvchilarni – bir millionlik pedagoglar jamoasini ana shu qutlug‘ bayram bilan samimiy muborakbod etdi.
O‘tgan hafta jonkuyar o‘qituvchi va murabbiylar, ta’lim va ilm-fan fidoyilarining bir guruhini davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlash haqida Prezident farmoni imzolandi.
Ular orasida soha xodimlari bilan bir qatorda o‘z mablag‘i hisobidan ta’lim maskanlari qurgan, ta’mirlagan saxovatpesha tadbirkorlar, ta’limdagi ilg‘or yutuqlarni joriy qilishga ko‘maklashayotgan xorijiy hamkorlarimiz, hududida ta’lim rivoji uchun zarur sharoit yaratib berayotgan hokimlar ham bor.
Davlatimiz rahbari yuksak unvon, orden va medallarni o‘z egalariga topshirdi.
Bizni kuzating
Таълим. Кеча ва бугун.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Ishtirokchilar_fikri
✅ Zebo To‘rayeva — Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanidagi 11-umumta'lim maktabi direktori.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
#Birinchi_kun_taassurotlari
✅ “1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbirning birinchi kuni qizg‘in kechdi.
➖ Biz ustozlarning tadbir haqidagi fikrlariga quloq tutdik.
Bizni kuzating
✅✅✅✅
#Fotoreportaj
🔴 Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida tashkil etilgan jarayonlaridan fotoreportaj.
Bizni kuzating
📖Vazirlik ishchi guruhi Qashqadaryoda
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ishchi guruhi Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rganish, mavjud holatni atroflicha tahlil qilish va samaradorlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilashdir.
#Tayinlov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan:
Turdiyev Azizbek Anvarjonovich — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Mehnat faoliyatini ta’lim sohasida boshlagan Azizbek Turdiyev 2006-2010-yillarda Toshkent shahridagi 4-sonli maktab-internatida, 2010-2014-yillarda Toshkent shahridagi 231-umumta’lim maktabida adabiyot fanidan o‘quvchilarga saboq berdi.
2015-2017-yillarda poytaxtimizdagi 165-umumta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2017-2018-yillarda Vazirlar Mahkamasi apparati Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi, 2018-2019-yillarda Oliy Majlis Senatida yetakchi maslahatchi, 2019-2023-yillarda Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi kotibiyati bosh maslahatchisi lavozimlarida mehnat qilgan.
2023-yildan boshlab MDH davlatlar hamkorligidagi “Hamdo‘stlik bolalar” loyihasi hamda “Yoshlarni tadbirkorlik va sanoatga yo‘naltirish” loyihasi rahbari sifatida faoliyat yuritadi.
Vazirlik jamoasi Azizbek Turdiyevga maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi kelgusi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.
Bizni kuzating
Joriy yildan boshlab oliygohlarda qabul kvotalarini investisiya loyihalarida kadrlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib shakllantirish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Endilikda investor buyurtmasi bilan texnikumlarda ham kadrlar maqsadli tayyorlanadi. Investor so‘roviga asosan texnikumdagi ta’lim dasturlarini 30 foizgacha o‘zgartirish mumkin bo‘ladi.
Texnikum bilan dual ta’limni yo‘lga qo‘ygan korxonalarga imtiyozli kredit ajratiladi.
Shu bilan birga, tarmoq uyushmalari o‘zlariga a’zo ish beruvchilarning malaka talablarini tayyorlab bera olmayotgani, oqibatda korxona ham zarar ko‘rayotgani, texnikumlar ham nimani o‘qitishni bilmayotgani bo‘yicha e’tiroz bildirildi.
Mutasaddilarga yil yakunigacha yangi agentlik bilan birgalikda tarmoqlardagi korxonalar uchun kerakli kasblar kesimida standart va talablarni ishlab chiqish topshirildi.
Yig‘ilish davomida soha va hududlar mas’ullarining hisobotlari tinglandi, ta’lim tashkilotlari rahbarlari bilan muloqot qilindi.
Bizni kuzating