|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz
Mazmunli sayohat – unutilmas taassurotlar!
✅Shahrisabz shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi "Do'ppido'zlik" to'garak a'zolari ustozlari bilan birgalikda shahrimizdagi tarixiy obidalarga sayohatga chiqishdi.
➖Sayohat davomida o'quvchilar memoriy yodgorliklarimizdagi naqshinkor bezaklardan hunarmandchilik ishlariga na'munalar olishdi.
🔺 Bu kabi faoliyatlar yoshlarda ijodkorlik, kasbga bo‘lgan mehr, milliy qadriyatlarga hurmat va bilimga chanqoqlikni yanada oshirmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
©️ Qashqadaryo viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati.
📱 Telegram 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 YouTUBE
🎯🎯🎯Qashqadaryo viloyati hokimi stipendiyasining 2025-2026 o‘quv yili g‘oliblari aniqlandi!
Umumta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida Qashqadaryo viloyati hokimi stipendiyasi tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi. Unda viloyatimiz umuta'lim maktablaridan eng iqtidorli 185 nafar o'quvchilar ishtirok etdi.
✔️O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyida 2026-2027 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi.
📅 Arizalar joriy yilning 5-sentabrdan 15-oktabr (shu kuni ham) sanasiga qadar www.dxxtmhal.uz onlayn platformasi yoki DXX hududiy boshqarmalari orqali qabul qilinadi.
📋 Nomzodlarni saralash tanlovi harbiy-kasbiy tanlov va test sinovlaridan iborat. Saralash sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlariga jalb etiladi.
📝Test sinovlari TARIX va INGLIZ TILI fanlaridan o'tkaziladi.
#qabul2026
#dxx_temurbeklar_maktabi
#Live #Jarayon Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi 16-sonli Jasorat maktabida Asosiy fan olimpiadasining I-maktab bosqichi faollik bilan o‘tkazilmoqda
✅ Olimpiada o‘tkazilayotgan joyda ishtirokchilar uchun ham, ularning ota onalari uchun ham barcha sharoit yaratilgan.
Asosiy fan olimpiadalarining 1-kunida 9-10-11 sinf o‘quvchilari faol ishtirok etmoqda.
✅Bugun o‘quvchilar test sinovlarida ishtirok etmoqda.
Amaldagi tartib bo‘yicha asosiy olimpiadaning birinchi bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar Tuman bosqichida ishtirok etishadi.
Darsdan keyin foydali mashg‘ulotga borishni xohlaysizmi?
Qarshi shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazida Sizni zamonaviy va qiziqarli kasb –
“Elektromobillarni ta’mirlovchi va ularga texnik xizmat ko‘rsatuvchi chilangar” kasbiga o‘qishga taklif qilamiz!
Bu yerda siz:
Amaliy mashg‘ulotlarda qatnashasiz
Texnikani o‘rganasiz
Kelajakda yaxshi kasb egasi bo‘lasiz!
🌀 “KITOBXONLIK FESTIVALI” QASHQADARYODA
✔️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchi-yoshlar o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish hamda ularni kitobga do'st tutunishlarini qo'llab - quvvatlash maqsadida tashkil etib kelinayotgan "Kitobxonlik festivali” ning navbatdagi tadbiri Qashqadaryo viloyatida bo‘lib o‘tadi.
☄️Festival quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:
✅ “Eng faol kitobxon o'quvchi”
✅ “Ijodkor bolalar”
✅ “Eng kitobxon oila”
✅ “Eng faol kutubxonachi”
✅ “Eng kitobxon maktab”
✨ Festivalda 1-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan kitobxon o'quvchilar hamda kitobxon oilalar ishtirok etadi!
🎁 Festival g‘oliblari va faol ishtirokchilar maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
🟢 Qashqadaryo viloyati bolalar kutubxonasi axborot xizmati
🚀Telegram🎬YouTube📒Facebook📷Instagram🔄Web Site
‼️‼️‼️
#Диққат_эълон
📣 Aziz o‘quvchilar!
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va Fan olimpiadalari markazi tomonidan ASOSIY OLIMPIADAga start berilmoqda.
➖ Unda yurtimizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-10-11-sinf o‘quvchilari va akademik litsey hamda kasbiy ta'lim tashkilotlarining 1-2-bosqich oʻquvchilari ishtirok etishi mumkin.
Bizni kuzating:
"BARKAMOL AVLOD BOLALARI” festivali o‘tkazildi
➖Qashqadaryo viloyat, Kitob tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Barkamol avlod bolalari” festivali oʻtkazildi.
◀️(+video)
Bizni kuzatishda davom eting!
©️ Qashqadaryo viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati.
📱 Telegram 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 YouTUBE
#KRK_KRS
📆 Бугун, 2025 йил 17 cентябрь куни Қашқадарё вилояти Қарши шаҳридаги 47-сонли ҳамда Шаҳрисабз туманидаги 16-сонли умумий ўрта таълим мактабларида 2025-2026-ўқув йилида “Касбий ривожланиш куни” ва “Касбий ривожланиш соати” тадбирларини самарали ташкил этиш мақсадида фанлар кесимида ментор ўқитувчилар учун семинар-тренингларга старт берилди.
Ушбу жараёнларда 11 та фанлар йўналишлари бўйича педагогик маҳорат марказининг 21 нафар мастер-тренерлари томонидан 449 нафар ментор-ўқитувчилар учун семинар-тренинг жараёнлари олиб борилмоқда.
17.09.2025 ҳолатига Қарши шаҳар 47-мактабдаги семинар-тренингда ментор-ўқитувчилар давомати 99,4 %. ни ташкил этди.
Суратларда: Қарши шаҳар 47-мактабдаги жараёндан фотолавҳалар.
____
🎙Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Axborot xizmati
Kanalga obuna bo'lish:
🌐Telegram |📱Facebook |🌐Website
#Tayinlov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan:
Raximboyev Sardor Qahramonovich — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish va kasbiy sertifikatlash boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Sardor Raximboyev 2009-2015-yillarda Davlat statistikasi qoʻmitasi, Toshkent viloyati Iqtisodiyot bosh boshqarmasi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida turli lavozimlarda, 2015-2019-yillarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bosh mutaxassisi, 2019-2020-yillarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti katta oʻqituvchisi, 2020-2022-yillarda «Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi» davlat unitar korxonasi bosh mutaxassisi, 2022-2023-yillarda Xalq taʼlimi vazirligida boshqarma boshligʻi vazifalarida mehnat qilgan.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi Sardor Raximboyevga kelgusi kasbiy faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.
Bizni kuzating
#Maktabgacha_taʼlim
“Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi
✅Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Qarshi shahridagi 43-DMTTda tashkilotlarda kun tartibidagi mashg’ulotlar borishi namoyish qilindi.
⏺Seminar davomida tarbiyalanuvchilarning shaxmat-shashka, karate, mental arifmetika, ingliz va rus tillari bilan shug’ullanish jarayonlari kuzatildi.
➡️Seminarning asosiy qismida bolajonlar tomonidan Turon Kichkintoylari sahna ijrolari ko’rsatildi. Ijodiy dastur davomida jadidlar izidan, milliy raqs, vatanni madh etish, «Zumrad va Qimmat» ertagi hamda soya teatri sahna ijrolari namoyish qilindi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Янги ўқув йилидан бошлаб 9- ва 11-синф ўқувчилари учун ягона давлат имтиҳонлари жорий қилинади.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент:
"Иқтисодиёт қанчалик мустаҳкам бўлса, таълим ривожланади. Таълим сифати юқори бўлган мамлакатда эса иқтисодиёт барқарор ўсади".
Президент Шавкат Мирзиёев ўқитувчи ва мураббийлар билан учрашув ўтказиб, уларга давлат мукофотларини топширди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел встречу с учителями и наставниками, а также вручил им государственные награды.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
“Ikki Renessans davomida bashariyatga muallimlik qilgan xalqimiz orasida ustozlarni e’zozlash va ularga ehtirom ko‘rsatish eng go‘zal va qadimiy an’analarimizdan biriga aylangan.
Bugun Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini qurish degan bag‘oyat ulug‘ va sharafli ishni boshlagan ekanmiz, eng avvalo, siz – aziz ustozlar hamda iste’dodli shogirdlaringizga tayanamiz.
Ishonchim komil, sizlar bilan birga chin dildan harakat qilsak, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot moʻjizasini albatta yarata olamiz. Oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birga albatta yetamiz!”,
Bizni kuzating
#Affirmatsiya
#tonggi_tadbir
🏢 2025-yil 23-sentabr kuni Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi hamda boshlang‘ich ta’lim va maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT) tarbiyachilari malaka oshirish kursi tinglovchilari tomonidan “Ustozlar, sizga ta’zim” mavzusida tonggi tadbir tashkil etildi.
🎯 Tadbirning asosiy maqsadi – ustoz va murabbiylarning ta’lim-tarbiyadagi beqiyos o‘rnini yuksak e’tirof etish, yosh avlod qalbida ularga nisbatan hurmat va minnatdorchilik tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
____
🎙Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Axborot xizmati
Kanalga obuna bo'lish:
🌐Telegram |📱Facebook |🌐Website
#Jadidlar_izidan
🔔 Joriy yilning oktabr oyida “Jadidlar izidan” tanlovining yangi mavsumiga start beriladi
📆Prezidentimiz tashabbusi bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan “Jadidlar izidan” tanlovining yangi mavsumi boshlanmoqda.
➖ Umumiy oʻrta taʻlim maktablarining 6 -7-8 hamda 9 – 10-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan mazkur tanlovning tuman (shahar), hududiy va respublika bosqichi jarayonlari joriy yilning oktabr-dekabr oylarida tashkil etiladi.
🛫 Tanloving Respublika bosqichida har bir sinf toifasi boʻyicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan (I, II, III o‘rin g‘oliblari hamda eng yuqori ball to‘plagan 4 nafar) jami 14 nafar g'olib Germaniyaga taʻlim sayohatiga yuboriladi.
Bizni kuzating
DIQQAT, DIQQAT!
📣2025-yil 23-30 sentabr kunlari 1-oktabr - "O'qituvchilar va murabbiylar kuni" munosabati bilan umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va professional hamda oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari oʻrtasida
viloyat hokimi kubogi uchun “Shaxmat turniri” tashkil etiladi.
#eslatma
#videorolik
⚡️ Media makondagi hushyorlik — real hayotdagi xavfsizlikning kafolatidir!
📌 Yoshlar, o‘quvchi-talabalar, ota-onalar va mas’ullarga muhim eslatma!
Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati
#OAV_biz_haqimizda
📺 Qashqadaryo MTRK telekanalida Nishon tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan o'tkazilgan "Barkamol avlod bolalari" festivalining tuman bosqichi keng yoritildi.
💡 Batafsil videolavhada tomosha qilishingiz mumkin.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
©️ Qashqadaryo viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati.
📱 Telegram 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 YouTUBE
#Milliylik_kuni #Qashqadaryo
Муротжон Азимов бошчилигидаги раҳбарлар миллий дўппиларимиз тарғиботида иштирок этишди
✨ Қарши давлат университети.
"Grace" dasturi doirasida amaliy taqdimotlar oʼtkazilmoqda — Koson tumani
Koson tumanidagi 2- va 9- maktablarda o‘quvchi yoshlarda korrupsiyaga murosasizlik munosabatini shakllantirishga qaratilgan “GRACE" dasturi yuzasidan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig’ilishning asosiy maqsadi — yosh avlod ongida halollik, adolat va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash orqali ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish, maktab muhitini korrupsiyadan holi holda rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.
🟢 Yig’ilish doirasida ishtirokchilarga quyidagilar taqdim etildi:
✅ GRACE dasturining mazmun-mohiyati, uning xalqaro ahamiyati va O‘zbekistonda joriy etilishi;
✅ Korrupsiyaga qarshi ta’limning roli, uning ijtimoiy barqarorlik va halollik madaniyatidagi o‘rni;
✅ Ta’lim muassasalarida GRACE dasturini amaliyotga joriy etish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar, o‘quvchi yoshiga mos ta’limiy materiallar, interaktiv yondashuvlar.
"BARKAMOL AVLOD BOLALARI” festivali tuman bosqichi o‘tkazildi – Kitob tumani!
📌Qashqadaryo viloyat, Kitob tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Barkamol avlod bolalari” festivalining tuman bosqichi oʻtkazildi.
▪️ "Barkamol avlod bolalari" festivalning Kitob tuman bosqichida mingdan ziyod oʻquvchi yoshlar quyidagi yoʻnalishlarda ishtirok etishdi:
✅ Madaniyat va san’at,
✅ Texnika, konstruktorlik va modellashtirish,
✅Jismoniy tarbiya va sport,
✅ Hunarmandchilik va qo‘l mehnati,
✅Turizm va ekologiya,
✅ Maktabga tayyorlov va oliy ta’limga yo‘naltirish,
✅ Xorijiy tillar
☝️Eslatib oʻtamiz, ushbu yoʻnalishlarda gʻolib boʻlgan oʻquvchi - yoshlar bugun diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Har bir bola – yulduz. Festival esa ularning porlashiga sahna!
#Tayinlov
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug'i bilan:
Xoldarova Indira Abdukarimovna — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Kelajak markazi" direktori lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Maktabdan tashqari taʻlimni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Indira Xoldarova turli yillarda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati boshlangʻich tashkiloti oʻqituvchisi, tashkilotning Toshkent shahar Kengashi apparati va Yoshlar ittifoqida turli lavozimlarda ishlagan.
2020-2022-yillarda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengash raisi oʻrinbosari — "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi, 2022-2023-yillarda Yoshlar ishlari agentligi boshqarma boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Indira Xoldarovaga kelgusi kasbiy faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.
Bizni kuzating
REPORTAJ.
“Jajji nurli yulduzlar” festivalining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.
😊👍#12sep
|📱 INSTAGRAM |📱 FACEBOOK
|📱 TELEGRAM | 📱 QashqadaryoTeleradiokanali">YOUTUBE
|🔹 TV ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
|🔹 FM 102.3 ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
|📱 RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|📱 RADIO FM 102.3 INSTAGRAM
QASHQADARYODA PSIXOLOGLAR UCHUN O'QUV-SEMINARI TASHKIL ETILDI.
2025-yil 17-sentabr kuni Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan Qashqadaryo viloyatida “O‘quvchi shaxsiyatini shakllantirish, ularning psixoemotsional holatdagi muammolar va ularni oldini olish” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Tadbirda respublika tashxis markazi, Qarshi Davlat Universiteti, Respublika ilmiy-amaliy psixologik markaz Qashqadaryo viloyat bo'limi hamda 100 nafarga yaqin maktab psixologlari va tuman, shahar psixolog-metodistlari ishtirok etdilar.
Seminarda o‘quvchi shaxsiyatini shakllantirish, ularning psixoemotsional holatida kuzatilishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularni oldini olish bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi hamda ushbu o‘quv seminarlarini tuman va shahar bosqichida ham tashkil etish bo‘yicha ko'rsatmalar berildi.
2017 йилда 4 мингдан ортиқ маҳаллада бирорта ҳам боғча йўқ эди, қамров 27 фоиздан ошмасди. Бугунги кунда боғчалар сони 38 мингдан, қамрови эса 78 фоиздан ошди.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев мамлакатимизнинг бир миллионлик педагоглар жамоасини яқинлашиб келаётган Ўқитувчи ва мураббийлар куни билан табриклади.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Тошкент вилояти Бўстонлиқ туманида Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан тантанали тадбир бўлиб ўтди. Президент Шавкат Мирзиёев таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳига давлат мукофотларини топширди ҳамда педагоглар билан мулоқот қилди.
—
В Бостанлыкском районе Ташкентской области состоялось торжественное мероприятие, приуроченное ко Дню учителей и наставников. Президент Шавкат Мирзиёев вручил государственные награды группе особо отличившихся работников сферы образования и воспитания, а также провел диалог с педагогами.
#Mirziyoyev #muloqot #talim #taqdirlash
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Prezidentimiz pedagoglarni yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surdi:
- yangi yildan boshlab kamida 15 yil stajga ega bo‘lgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi;
- kelgusi o‘quv yilida davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma beriladi;
- o‘qituvchilar yangi ta’lim texnologiyalarini keng qo‘llashi uchun kompyuter xaridiga 10 million so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi;
- kelasi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovi 2 karra kamaytiriladi;
- fan o‘qituvchilari kabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun ham milliy sertifikat berish tizimi joriy qilinamiz. Sertifikat olganlarga har oyda 15 foiz ustama to‘lanadi;
- bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, maktabga ishga kirganlarga avtomatik ravishda 2-malaka toifasi, magistrlarga esa 1-malaka toifasi beriladi;
- dunyodagi TOP-300 talik oliygohlarga o‘qishga kirgan pedagoglarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti ajratiladi;
- reytingda 100 talikka kirgan maktab va bog‘cha, 20 talikdagi texnikum, TOP-10 ta oliygoh pedagoglariga yiliga bir marta O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish uchun samolyot va poyezdlar chipta narxlariga 15-20 foiz chegirma beriladi.
Bizni kuzating