qashqadaryo_mmtb | Неотсортированное

Telegram-канал qashqadaryo_mmtb - Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

68516

|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz

Подписаться на канал

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-fevraldagi “Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-44-sonli qarorining 9-ilovasi, 45-bandining ijrosi boʻyicha hamda Qashqadaryo viloyatida 2025-yilda “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish maqsadida viloyatdagi kambagʻalligi yuqori boʻlgan mahallalarda tashkil etiladigan oilaviy nodavlat maktabgacha taʻlim tashkilotlarini tashkil etish boʻyicha tadbirkorlarni hamkorlikka chorlaydi. Arizalarni https://nodavlat-bogcha.uz/ sayti orqali onlayn topshirish mumkin.

Manfaatdorlikni bildirish joriy yilning 9-sentabrdan 16-sentabr soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.


Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

“Bizda 450 ming o‘quvchini qabul qila oladigan 598 ta texnikum bor. Bu yoshlar uchun juda katta resurs, sharoit va imkoniyat.

Lekin bu yil 9-sinfni 608 ming o‘quvchi bitirgan bo‘lsa, ularni atigi 182 ming nafari texnikumlarga boryapti.

Bugundan boshlab bir yil yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish yili bo‘ladi”,

dedi Prezident.

Mutasaddilar zimmasiga viloyat va tuman hokimlari bilan birgalikda Prezident va ixtisoslashgan maktabda orttirilgan tajriba asosida joriy yilda 598 ta texnikumga xalqaro standart bo‘yicha zamonaviy kasbga o‘qitish muhitini olib kirish vazifasi qo‘yildi.

Umuman, viloyat va tuman hokimlariga kelgusi o‘quv yilida 9-sinf bitiruvchilarining kamida 50 foizini, hozirgiga qo‘shimcha yana 200 ming o‘quvchini texnikumga qamrab olish topshirildi.

Bu ishlarni yagona siyosat asosida olib borish uchun Kasbiy ta’lim agentligi tashkil qilinadi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Kuni kecha Prezidentimiz maktabdan tashqari ta’limni yangi bosqichga olib chiqish, o‘quvchilarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha qarorni imzoladi.

Joylardagi 219 ta “Barkamol avlod” maktabi, “Yoshlik” sport jamiyati, O‘quvchi yoshlar markazi va O‘zbekiston bolalar tashkiloti negizida respublika, hudud va tumanlarda “Kelajak” markazlari tashkil etiladi.

“Kelajak” markazlari maktablar bilan uzviy va maqsadli tadbirlarni jonlantirib, muhandislik, ilm-fan, madaniyat, san’at, kitobxonlik, sport va ekologiya yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quvchilarni to‘garaklarga jalb qiladi.

Ushbu tizim bilan barcha maktablar qamrab olinishi ta’kidlandi. Har bir o‘rta maktabda maslahatchi lavozimi joriy qilinadi. Maslahatchilar o‘quvchilarning qobiliyati va qiziqishiga qarab, til, kasb, muhandislik, ijod, san’at va sport to‘garaklarini tashkil qiladi.

Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari sinf rahbari, maktab psixologi bilan xulq-atvorida salbiy o‘zgarish bo‘lgan o‘quvchilarni ta’lim va oiladagi muammolarini o‘rganib, ularni yengib o‘tishga hamrohlik qiladi.

Mahalladagi yoshlar yetakchilari esa o‘quvchilarni maktabdan tashqari vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun mas’ul bo‘ladi.

Eng asosiysi, endi maktablarda o‘quvchilarning to‘garaklar, sport, volontyorlik va olimpiadalarda erishgan natijalari bo‘yicha “raqamli portfolio”si shakllanib, elektron shahodatnomada ko‘rsatiladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Bog‘cha va maktablardagi 10 dan ziyod xizmatlar raqamlashgani hisobiga sohada korrupsiya keskin kamaydi.

Shu bilan birga, maktablarga o‘quvchilarni qabul qilish, bog‘cha tarbiyalanuvchilari davomati haligacha raqamli platformaga to‘liq o‘tmagan.

Masalan, mikrohududlar aniq belgilanmagani uchun 144 ta tumandagi 8 mingta maktabda o‘quvchilar eskicha tartibda qabul qilinmoqda, bog‘chalarda xodimlar tabeli qog‘ozda yuritilyapti.

Mutasaddilarga yil yakunigacha 144 ta tumandagi maktablarning mikrohududini aniq belgilash topshirildi. Keyingi o‘quv yiligacha maktab va bog‘chalardagi barcha xizmatlar to‘liq raqamli formatga o‘tishi shartligi qayd etildi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Yig‘ilish kun tartibidagi navbatdagi masala – maktab ta’limi.

Olis hududlardagi 74 ming o‘quvchi hozirgacha 5-7 kilometr uzoqlikdan maktabga qatnayotgani qayd etildi.

Qashqadaryo va Surxondaryo hokimlari bu masalani ichiga kirib, mablag‘ini hal qilib, 100 ta maktabda bepul avtobus qatnovini yo‘lga qo‘ygan. Samarqand va Jizzax viloyatlari hokimlari ham bir oyda 100 ta shunday maktabga avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish tashabbusi bilan chiqqan.


Bu qolgan hududlar uchun namuna ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Uch yil ichida iqtidorli o‘quvchilar uchun 201 ta ixtisoslashgan maktab tashkil qilindi. Lekin 12 ta ixtisoslashgan maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari haligacha yakunlanmagani qayd etildi.

Tegishli viloyatlar hokimlariga ishlarni yil oxirigacha yakuniga yetkazish topshirig‘i berildi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Bir yilda 2 mingta ko‘p qavatli uy qurilmoqda, ularning to‘rtdan biri – “Yangi O‘zbekiston” massivlarida.

Bunday massivlarda uylarning birinchi qavatida 100 o‘rinli xususiy bog‘cha ochish bo‘yicha Bektemir va Yangihayot tumanlarida tajriba bor.

Buni barcha tuman va shahar hokimlari o‘z hududida qilishi kerakligi ta’kidlandi.

Endilikda ochiq muloqotda 80 ta tuman uchun aytilgan imtiyozlar yangi ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatida bog‘cha ochadigan tadbirkorlarga ham berilishi belgilandi.

Mutasaddilarga yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarda bog‘cha tashkil qilish tartibini ishlab chiqish topshirildi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Joriy yilda bog‘cha o‘rinlarini qo‘shimcha 182 mingtaga ko‘paytirish rejalashtirilgan. Ularning 82 mingi yangi bog‘chalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Tumanlar hokimlari qolgan o‘rinlar nima hisobidan yaratilishini o‘ylamayotgani tanqid qilindi.

Misol uchun, 118 ta bog‘chadagi 255 ta xona ta’mirga muhtoj bo‘lgani uchun bo‘sh turibdi. Yoki joylarda 8 ta bog‘chani qurish va ta’mirlash 2-3 yildan beri cho‘zilmoqda.

Chimboy, Gʻallaorol, Qiziriq, Boysundagi 1 tadan bog‘cha hali ta’mirdan chiqmagan. Dehqonobod, Sariosiyo, Bo‘stonliq, Nurafshonda 1 tadan yangi bog‘cha qurilishi yakunlanmagan.

Viloyat va tumanlar hokimlariga 118 ta bog‘chadagi xonalarni ta’mirlab jihozlashga, yana 8 ta bog‘chani to‘liq ishga tushirishga 1-noyabrgacha muhlat berildi, aks holda tegishli choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirildi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Yig‘ilishda jalb qilinayotgan investisiyalarga, yangi ochilayotgan korxonalarga yarasha munosib kadr ham tayyorlanishi lozimligi qayd etildi.

O‘tgan davrda o‘qituvchilarning oyligiga qo‘shimcha 10 dan ziyod ustamalar joriy qilindi.

“E’tibor bering, bugun o‘z ustida ishlagan 60 mingdan ortiq o‘qituvchi 10-12 million so‘m maosh olyapti. Bu qachon bo‘lgan?”

– dedi Prezident.

Joriy oydan boshlab maktab direktorlari, bog‘cha mudiralari va ularning o‘rinbosarlari oyligi ham 10 million so‘mdan oshdi. Yangi baholash tizimiga o‘tgan 1,5 ming maktabning 300 tasi ijobiy natija ko‘rsatgani uchun butun jamoasi 40 foizgacha ustama oladi.

“Men xalqimizga vaqti kelib o‘qituvchilarning maoshini ming dollarga yetkazamiz degan gaplarim mana uch yil ichida haqiqatga aylandi”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Axborot 24 | Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim tizimini isloh qilish masalalariga oid taqdimot bilan tanishdi

——-
Ахборот 24 | Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по вопросам реформирования системы образования

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Abdulla Avloniy nomidagi davlat stipendiyasi taʼsis etilmoqda

2025-2026-oʻquv yilidan boshlab pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat stipendiyasi taʼsis etiladi.

Bundan asosiy maqsad, pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanayotgan hamda bilimli va iqtidorli talabalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

Mazkur stipendiya pedagogika yoʻnalishidagi har bir oliy taʼlim muassasasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan bir nafar oxirgi ikki kurs talabasiga tayinlanadi.

Maʼlumot uchun: Abdulla Avloniy stipendiyasi 1 461 028 soʻmni tashkil etadi hamda oddiy stipendiyadan 839 572 soʻmga koʻp. Ayni vaqtda ushbu stipendiyaga yurtimizdagi pedagogika yoʻnalishidagi mavjud 13 ta oliygohning 74 480 nafar oxirgi 2 kurs talabalari nomzod boʻlishlari mumkin.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

3 ta yoʻnalish maqsadlarini oʻzida mujassam etgan “Kelajak” markazlari tashkil etiladi

“Bogʻcha — maktab — oliygoh” tizimi asosida yagona gʻoyaviy tarbiya konsepsiyasi amaliyotga tatbiq etiladi. Bunda bogʻcha tarbiyachilari, maktab oʻquvchilari hamda oliygoh talabalari uchun tizimli yagona gʻoyaviy tarbiya tizimi yaratiladi hamda uning uzviyligi taʼminlanadi.

Bu borada ishlab chiqilgan metodik materiallar “milliytarbiya.uz” elektron platformasiga raqamli kontent shaklida joylashtirib boriladi.

“Barkamol avlod” bolalar maktabi, Respublika oʻquvchi yoshlar markazi hamda “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati negizida “Kelajak” markazlari tashkil etiladi.

Unda Prezident va Ijod maktablariga tayyorlov, STEM, ilm-fan, xorijiy tillar va shaxmat toʻgaraklari faoliyati amalga oshiriladi.

Buxoro, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlari “Kelajak” markazlari huzurida zamonaviy “Bolalar sayyohlik bazalari” tashkil etiladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

1 milliard soʻmlik yutuqqa ega “Ilgʻor muhandislik maktabi” milliy tanlovi oʻtkaziladi

2026-yil 1-yanvardan boshlab umumtaʼlim maktablari oʻrtasida Prezident sovrini uchun “Ilgʻor muhandislik maktabi” milliy tanlovi oʻtkaziladi.

Tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari xorijiy davlatlarga taʼlim sayohatiga yuboriladi. Shu bilan birga 1-oʻrinni egallagan umumtaʼlim maktabiga muhandislikka oid laboratoriyalar jamlanmasini oʻz ichiga olgan “Innovatsion texnopark” tashkil etish uchun 1 milliard soʻm ajratiladi.

Shuningdek, tanlovning ryespublika bosqichida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan oʻqituvchi va oʻquvchilar 460 mln. soʻmgacha pul mukofotini qoʻlga kiritishlari mumkin.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

14 ta hududda muhandislik maktablari tashkil etiladi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tajribasi asosida 14 ta hududda muhandislik maktablari tashkil etiladi.

Ushbu maktablar oʻquvchilar umumiy cheklangan soni 240 nafar etib belgilanadi va davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan oʻqitiladi.

Toshkent shahrida M.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali, “TashTech” Texnika universiteti hamda Olmaliq davlat texnika instituti yangi tashkil etiladi.

Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar instituti, Andijon davlat texnika instituti, Qarshi Davlat texnika universiteti, Nukus Davlat texnika universiteti, Namangan davlat texnika universiteti, Buxoro davlat Texnika universiteti va Fargʻona davlat texnika universitetlari transformatsiya qilinadi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

“Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻi tashkil etiladi

Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlar uchun dual taʼlimning (5+1) shakli tashkil etiladi.

2026-2028-yillarda Respublikaning 14 ta hududida Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazini oʻz ichiga olgan “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻi tashkil etiladi.

Maktabgacha taʼlim qamrovini oshirish maqsadida har yili 20 ming oʻrindan kam boʻlmagan qoʻshimcha quvvat yaratiladi. Buning uchun yangi koʻp qavatli binolar qurilishida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish eʼtiborga olinadi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#SAYYOR_QABUL

TA'LIM TIZIMIGA OID MUROJAATLAR TINGLANDI

Chiroqchi tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig'i Gulsora Suloymonovaning
34-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabda "Sayyor qabuli" o‘tkazildi.

Sayyor qabulda fuqarolar murojaati va tizimdagi muammolarni qonuniy bartaraf etish chora-tadbirlari belgilandi.

Qabul davomida 12 ta murojaat kelib tushdi.Undan 10 ta murojaat ijobiy hal etildi, 2 nafar fuqarolarga tushuntirish berildi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Joriy yildan boshlab oliygohlarda qabul kvotalarini investisiya loyihalarida kadrlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib shakllantirish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Endilikda investor buyurtmasi bilan texnikumlarda ham kadrlar maqsadli tayyorlanadi. Investor so‘roviga asosan texnikumdagi ta’lim dasturlarini 30 foizgacha o‘zgartirish mumkin bo‘ladi.

Texnikum bilan dual ta’limni yo‘lga qo‘ygan korxonalarga imtiyozli kredit ajratiladi.

Shu bilan birga, tarmoq uyushmalari o‘zlariga a’zo ish beruvchilarning malaka talablarini tayyorlab bera olmayotgani, oqibatda korxona ham zarar ko‘rayotgani, texnikumlar ham nimani o‘qitishni bilmayotgani bo‘yicha e’tiroz bildirildi.

Mutasaddilarga yil yakunigacha yangi agentlik bilan birgalikda tarmoqlardagi korxonalar uchun kerakli kasblar kesimida standart va talablarni ishlab chiqish topshirildi.

Yig‘ilish davomida soha va hududlar mas’ullarining hisobotlari tinglandi, ta’lim tashkilotlari rahbarlari bilan muloqot qilindi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

“Meni tashvishga solayotgan masala – yoshlarimizni kasb-hunarli qilib, doimiy daromad topishi uchun sharoit yaratish. Agar buni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysak, mahallada kambag‘al va ishsiz qolmaydi”,

dedi Prezident.

Davlatimiz rahbarining Xitoyga tashrifi davomida energetika, geologiya, kimyo, transport, qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi o‘nlab yirik kompaniya rahbarlari bilan 35 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar paketi shakllantirildi.

Bunday loyihalar uchun texnologiyalar va xitoy tilini yaxshi biladigan minglab kadrlar kerakligi ta’kidlandi. Kasbga o‘rgatishda Xitoy tajribasini joriy etish maqsadida har bir viloyatda 2 tadan “O‘zbekiston – Xitoy ustaxonasi”ni tashkil qilish topshirildi.

Oliygoh, texnikum va maktablarda xitoy tilini o‘qitish maqsadida 100 dan ziyod til egalari va volontyorlar taklif qilinadi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Kecha Prezident yosh avlodni tarbiyalashning yagona konsepsiyasi bilan tanishdi.

Endilikda yosh toifalari bo‘yicha milliy tarbiya modeli yaratiladi. Bu orqali bolalar zamonaviy kompetensiyaga ega mutaxassis bo‘lish bilan birga milliy qadriyatlarga sodiq inson bo‘lib tarbiyalanadi.

Buning ilk qadami sifatida yangi o‘quv yilidan barcha bog‘cha, maktab va oliygohlarda har dushanba “Kelajak soati” darslari o‘tilmoqda.


Umuminsoniy, milliy qadriyatlar, vatanparvarlik g‘oyasi, Yangi O‘zbekistondagi islohotlarni o‘zgarib borayotgan zamon sharoitida texnologiya asri bolalariga chuqurroq, zamonaviy usullarda yetkazish kerakligi aytildi.

Shu bois, Bolalar kontentini rivojlantirish markazi Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti olimlari bilan birgalikda qiziqarli videoroliklar ishlab chiqadi.

Yaratilgan kontent “Milliy tarbiya” platformasiga doimiy ravishda joylashtiriladi, telekanallarda yoritib boriladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

O‘tgan yildan boshlab 1-sinflarda axborot texnologiyalari darslari yo‘lga qo‘yildi. Keyingi o‘quv yilidan yuqori sinflar uchun sun’iy intellekt bo‘yicha darslar kiritiladi.

Buning uchun 2 mingta sinf xonasiga kompyuter, 6 ming 300 ta interfaol doska kerak. Ushbu maqsadlarga zarur mablag‘larni keyingi yil davlat budjetida nazarda tutish topshirildi.

Iqtidorli o‘quvchilarga sharoit yaratish uchun viloyatlarda axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan Al-Xorazmiy, muhandislik bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek, tabiiy fanlar yo‘nalishida Ibn Sino maktablari filiallari tashkil etiladi.

Endi ularning barchasi hududlardagi texnika oliygohlariga nomma-nom biriktiriladi. Yaxshi natijaga erishgan bitiruvchilar ushbu oliygohlarning 2-kursiga qabul qilinadi.

2026-yilda maktab o‘quvchilari o‘rtasida eng nufuzli ikkita – xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari Markaziy Osiyo davlatlari ichida ilk bor O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.

Bosh vazirga poytaxtimizda ushbu olimpiadalarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha tashkiliy masalalarni nazoratga olish topshirildi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

“Qamrovni oshirish uchun barcha sharoit qilib beryapmiz, lekin bog‘chalarga yangi nafas, yangi metodika kirib borishi, tarbiyachilarning salohiyati ham shunga yarasha bo‘lishi kerak”,

dedi Prezident.

Yoz mavsumida 118 ming tarbiyachining malakasi oshirildi, lekin bu yetarli emasligi qayd etildi.

Shu bois, yangi o‘quv yilidan pedagogika oliygohlarida o‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilar uchun “1+5” (1 kun o‘qish, 5 kun ish) bakalavr ta’lim shakli joriy qilinadi. Bu orqali bog‘chalarga har yili qariyb 10 ming oliy ma’lumotli mutaxassis kirib keladi.

Xususiy bog‘cha bilan davlat bog‘chasi uchun ta’lim-tarbiya sifati bo‘yicha yagona yondashuv yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shu munosabat bilan kelgusi yilda har bir viloyatda bog‘cha tarbiyachilari pedagogik mahoratini oshirishga metodik ko‘maklashuvchi tayanch “Yangi avlod” bog‘chalari barpo qilinadi.

Mutasaddilarga “Yangi avlod” bog‘chasi loyihasini eski va bir xil yondashuvlardan chekinib, yangicha ishlab chiqish topshirildi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda 80 ta tumanda bog‘cha ochish uchun imtiyozlar e’lon qilindi.

Ushbu mexanizmdan unumli foydalanib, bog‘cha o‘rinlarini ko‘paytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Qashqadaryoning barcha tumanlarida xususiy sektor va chet ellik hamkorlar bilan ikki yil ichida bog‘cha va maktab o‘rni 3 barobar oshgan. Viloyat hokimlariga bu tajribani o‘rganish topshirildi.

Umuman, har bir tumanda bog‘cha qamrovi 80 foizdan kam bo‘lmasligi shartligi belgilandi. Buning uchun viloyat va tuman hokimlari oldiga bo‘sh yerlarni topib, auksionga chiqarish, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda qaysi maktab va bog‘chada bo‘sh joy bo‘lsa, bog‘cha qurish rejasini belgilash vazifasi qo‘yildi.

Mutasaddilarga bo‘sh yerlarda bog‘cha tashkil etish bo‘yicha xususiy sheriklik yoki sarmoya kiritish sharti bilan uch yillik dastur qabul qilish, yangi xususiy bog‘chalarga subsidiya berish, tarbiyachilar maoshini qisman qoplash tartibini joriy qilish topshirildi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Joriy yil boshidan xalqaro fan olimpiadalarida o‘quvchilarimiz 195 ta medalni qo‘lga kiritdi. Ularga oshirilgan stavkada jami 10 milliard so‘m, murabbiy o‘qituvchilariga esa 3,5 milliard so‘m pul mukofoti beriladi.

Xorijiy til egalari jalb qilingan 1 mingdan ziyod maktabda til bo‘yicha sertifikat olgan o‘quvchilar soni bir yilda 2,5 barobar ko‘paydi.

“To‘g‘ri, maktabgacha va maktab ta’limida o‘zgarishlar bo‘lyapti, dasturlar ishlayapti, natijalar bor. Lekin kasb-hunar va oliy ta’limga mas’ul mutasaddilar haligacha ta’limdagi islohotlar mazmunini to‘liq tushunib yetgani yo‘q”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Shu bois, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining barcha o‘rinbosarlari – birinchi o‘rinbosar Shoxruh Daliyev, o‘rinbosarlar Otabek Mahkamov va Sarvarxon Buzrukxonov ishdan olingani e’lon qilindi.

Shuningdek, Prezident farmoni va qarori bilan Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori Adxam Xudaykulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev lavozimidan ozod etildi.

Endilikda maktabgacha va maktab ta’limi hamda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirlari, ularning o‘rinbosarlari, hokimlar preventiv va proaktiv ishlashga o‘tib, ta’limning barcha yo‘nalishlarida katta o‘zgarish qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ta’lim sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. 

“Iqtisodiyot rivojlanishi, yurtimiz va farzandlarimiz kelajagi faqat va faqat ta’lim va muallimga bog‘liq. Sizlar bilan ish boshlagan birinchi kundan aytaman: ta’lim, ta’lim, ta’lim, muallim, muallim, muallim”, –

dedi davlatimiz rahbari.

O‘qituvchiga munosib sharoit yaratish, bog‘cha, maktab qurish, jihozlash, chetdan mutaxassis olib kelish, zamonaviy darslik va o‘quv dasturlarini joriy qilish bo‘yicha juda ko‘p sharoitlar yaratilgani va bu yana davom ettirilishi ta’kidlandi.

“Lekin har bir tuman, viloyat hokimi, biz farzandlarimizni ishonib topshirgan bog‘cha, maktab, texnikum, oliygoh rahbarlari bir haqiqatni aniq bilishi zarur.

Odamlarimiz yaxshi yashashi uchun iqtisodiyotimiz kuchli bo‘lishi kerak! Buning uchun yangi tovar, yangi xizmat, yangi texnologiya kerak! Sifatli ta’lim tizimi orqaligina bularga erisha olamiz! Boshqa yo‘limiz yo‘q!

Shu haqiqatni anglab, har kuni o‘zini qiynab ishlagan rahbarning tumanida, bog‘chasi, maktabi, texnikumi, oliygohida albatta o‘zgarish va natija bo‘ladi!”,

– dedi Prezident.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

“Rektorlar maktabi” loyihasida faol qatnashgan nomzodlar Garvard universiteti va boshqa nufuzli xorijiy taʼlim markazlarida oʻqiydi

Oliy taʼlim muassasalarida rahbarlik salohiyatini oshirish maqsadida “Rektorlar maktabi” loyihasi yoʻlga qoʻyiladi. Loyiha orqali istiqbolli kadrlar saralab olinib, “Yangi Oʻzbekiston” universitetida tayyorgarlik kurslaridan oʻtkaziladi.

Eng yaxshi 30 nafar nomzod Garvard universiteti va boshqa nufuzli xorijiy markazlarda oʻqish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu orqali rektor va prorektorlar uchun zamonaviy menejerlar zaxirasi yaratiladi.

Shu bilan birga, pedagog kadrlarning malaka oshirish tizimi ham tubdan yangilanadi. Ayni vaqtda alohida beshta tuzilma orqali amalga oshirilayotgan ushbu jarayon yagona markazlashgan tizimga birlashtiriladi. Bu orqali takrorlanishlar bartaraf etilib, yiliga taxminan 420 milliard soʻm tejaladi.

Mazkur mablagʻlar zamonaviy metodikalar ishlab chiqish, taʼlim jarayonlarini raqamlashtirish va pedagoglarning malakasini oshirishga yoʻnaltiriladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi va uning maoshi maktab direktori oʻrinbosari lavozim maoshiga tenglashtiriladi

“Kelajak” markazlarining umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlaridagi vertikal tizimini joriy etish hamda oʻquvchilarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.

Maktab maslahatchisining lavozim maoshi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari lavozim maoshiga tenglashtiriladi, menejerlik sertifikatiga ega boʻlgan maktab maslahatchilariga har oylik 30 foiz miqdorida qoʻshimcha ustamalar toʻlanadi.

Maktablarda oʻquvchilarining portfolio bazasi shakllantiriladigan erp.portfolio platformasi yaratiladi. U maktab maslahatchilari tomonidan yuritiladi hamda 2028–2029-oʻquv yilidan maktab shahodatnomalarida qayd etiladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Hududlarda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallari tashkil etiladi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida tabiiy fanlar yoʻnalishida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallari tashkil etiladi.

Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha tayanch maktab etib belgilanadi.

Tayanch maktab va filiallarga rahbar va pedagog kadrlarni ishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi.

Mazkur maktablarga qabul 7-sinfdan boshlanadi hamda oʻquvchilar uchun turar joy hamda autsorsing asosida belgilangan tartibda bepul sogʻlom ovqatlantirish tashkil etiladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Muhandislik maktablarining iqtidorli bitiruvchilari oliy taʼlim yoʻnalishiga 2-kursdan sinovlarsiz qabul qilinadi

Muhandislik maktablarida oʻquv jarayoni 5 yillik dastur asosida STEM modeli boʻyicha tashkil etiladi va dastlabki 3 yilda fizika, matematika va xorijiy til fanlariga, keyingi 2 yilda muhandislik fanlariga boshlangʻich tayyorgarlikka eʼtibor qaratiladi.

Belgilangan talablarni bajargan muhandislik maktablari bitiruvchilariga muhandislik taʼlim dasturi boʻyicha tegishli oliy taʼlim yoʻnalishida bir yillik qoʻshimcha davlat granti asosida 2-kursdan test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonlarsiz oʻqishni davom ettirish huquqi beriladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil qilayotgan tadbirkorlarga imtiyozli kredit ajratiladi

Maktabgacha taʼlim qamrovi 80 foizdan past boʻlgan tuman (shahar)lardagi (Toshkent shahri bundan mustasno) tadbirkorlik subyektlariga qator yengilliklar beriladi.

Xususan, maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining boʻsh yer maydonlarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil qilishga ruxsat beriladi.

Tadbirkorlarga 7 yilgacha boʻlgan imtiyozli kredit mablagʻlari ajratiladi hamda faoliyatini oʻzgartirmaslik sharti bilan yer uchastkalari tekinga beriladi.

Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati boshlanganidan keyin tarbiyachilarga oylik ish haqi toʻlash xarajatlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi tarbiyachilar uchun belgilangan miqdorda uch yil davomida Davlat byudjeti magʻlagʻlari hisobidan qoplab beriladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Президент Шавкат Мирзиёев таълим тизимини ислоҳ қилиш масалаларига оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по вопросам реформирования системы образования.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #islohot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Xushxabar

Koson tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o'quvchisi Hamdamov Erali Sherali o'g'li 1500 ballik natija bilan Xalqaro SAT sertifikatiga ega bo'ldi!

✅ Ma'lumot uchun:

⚡️SAT(Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo'lib, baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo'ladi.

✍️SAT sertifikati quyidagi imkoniyatlarni beradi.

👨‍🎓Agar siz SAT Math score 700+ hamda IELTS 6+ sertifikatlaringiz bo'lsa, Yangi O'zbekiston Uiversitetiga Grand yutish imkoningiz bo'ladi.

🧑‍🎓Agar sizda SAT Math score 570+ hamda IELTS 6+ ballingiz bo'lsa, siz allaqachon Westminster universiteti talabasisiz, imtihon topshirish shart emas

👨‍🎓Total SAT 1460+ ball egasi bo'lsangiz xalqaro Top-100 Universitetlariga Grand yutish imkoningiz bo'ladi.

O'quvchimizning ota-onasini yutuq bilan tabriklab, bilim bergan ustozlariga minnatdorchilik bildiramiz!!!

Eslatma:
O‘quvchimiz 2025-yil 10-avgustda Xalqaro IELTS imtihonidan 8 ballni qo’lga kiritgan edi.


📲Bizni kuzatib boring: /channel/kosonIM_ima

Читать полностью…
Подписаться на канал