|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz
“Mahoratli oʻqituvchi – millat tayanchi” shiori ostidagi Ustozlar milliy forumi bo‘lib o‘tdi
Qarshi shahrida “Mahoratli oʻqituvchi – millat tayanchi” shiori ostidagi to‘rtinchi Ustozlar milliy forumi doirasida badiiy dastur va o‘quv seminarlar tashkil etildi.
Badiiy qismda kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, o‘qituvchilik kasbining yuksak ma’naviy qadri, ustoz-shogird an’analarining ahamiyati keng yoritildi. Tadbir tomoshabinlarda o‘qituvchiga bo‘lgan hurmat va e’tiborni mustahkamlashga xizmat qildi.
Forumning o‘quv seminarlarida esa tajribali pedagoglar, ta’lim sohasi mutaxassislari va o‘qituvchilar zamonaviy ta’lim yondashuvlari, innovatsion metodlar va o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish yo‘llarini muhokama qildilar. Bu jarayon ustozlar uchun o‘zaro tajriba almashish, yangi bilimlarni o‘zlashtirish va hamkorlik aloqalarini kengaytirish imkoniyatini yaratdi.
Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
🔰 Qarshi shahrida “Mahoratli oʻqituvchi – millat tayanchi” shiori ostidagi to‘rtinchi Ustozlar milliy forumining o‘quv seminar jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
📚 Seminarlarda tajribali pedagoglar, ta’lim sohasidagi mutaxassislar va o‘qituvchilar ishtirok etib, zamonaviy ta’lim yondashuvlari, innovatsion metodlar va o‘quv jarayonida samaradorlikni oshirish yo‘llari muhokama qilinmoqda.
🤝 Forum — ustozlar uchun o‘zaro tajriba almashish, yangi bilimlarni o‘zlashtirish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.
Qarshi shahrida “Mahoratli oʻqituvchi – millat tayanchi” shiori ostidagi to‘rtinchi Ustozlar milliy forumi boshlanmoqda.
📍 Tadbir Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida bo‘lib o‘tmoqda. Respublikaning turli hududlaridan kelgan mahoratli ustozlar bu yerda o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, ta’lim sifatini yanada oshirish yo‘llarini muhokama qilishmoqda.
📝 Forum — o‘qituvchilar uchun yangi bilim va tajriba, innovatsion yondashuvlar, hamkorlik aloqalarini kengaytirish imkonini beruvchi muhim maydon.
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Chiroqchi tumani Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi boshlig‘i Gulsora Suloymonova 22-umumiy o‘rta ta‘lim maktabda yoshlar va ularning vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida so‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlar siyosati borasida olib borilayotgan islohotlar natijasida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks tizimi yaratilganligi, bilimli, keng dunyoqarashga ega vatanparvar yigit-qizlarni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri etib belgilanligini alohida qayd etib o‘tdi.
Har bir murojaat diqqat bilan eshitilib, yechimi vaqt talab qiladigan muammolarni hal etish uchun tegishli mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Uchrashuvdan so‘ng "Yangi qishloq" va "Paxtaobod" mahallasida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan uchrashib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kelajak hayotlarini qurishda ko‘mak berish, bandligini ta’minlash maqsadida ishsiz yoshlarga mehnat qurollari topshirildi.
@Qashqadaryo_MMTB
#Xorijiy_tillar
✅ Prezident sovrini uchun o'tkazilgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining respublika bosqichida:
🥇1-o‘rin — Namangan viloyati, Yangiqo'rg'on tumanidagi 10-maktab jamoasiga;
🥈2-o‘rin — Navoiy viloyati, Zarafshon shahridagi 3-maktab jamoasiga;
🥉3-o‘rin — Sirdaryo viloyati, Shirin shahridagi 2-maktab jamoasiga nasib etdi.
Til ko‘nikmalari nominatsiyalari bo‘yicha:
➖ “The best writer” — Sirdaryo viloyati, Shirin shahri 2-maktab o‘quvchisi Lutfiya Mirzayeva;
➖ “The best speaker” — Xorazm viloyati, Urganch shahar, 15-maktab o‘quvchisi Shahzodbek G‘anijonov;
➖ “The best reader” — Qashqadaryo viloyati, Koson tumani, 9-maktab o‘quvchisi Sanjana Shodmonova;
➖ “The best listener” — Buxoro viloyati, Buxoro tumani, 1-maktab o‘quvchisi Nozanin Achilova g'olib, deb topildi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
#Jarayon
Qisqa muddatdan so‘ng Respublikamizdagi maktablarda yangi 2025-2026 o‘quv yili boshlanadi.
Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi 18-umumtaʼlim maktabi o‘quvchilarni kutib olishga shay holatga keltirildi.
@Qashqadaryo_MMTB
✅✅✅✅
#ustozlar_forumi
✅ “Mahoratli oʻqituvchi – millat tayanchi” shiori ostida tashkil etilayotgan “Ustozlar milliy forumi” qizg‘in davom etmoqda.
➖ Bunda ishtirokchi pedagoglar fanlar doirasida turli shoʻbalarga bo‘lingan holda seminar mashg‘ulotlarida qatnashmoqda.
👉 Ma’lumot uchun: Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida oʻtkazilayotgan Forum tadbirlarida mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 210 nafar ilgʻor, tashabbuskor, yetakchi oʻqituvchi va tarbiyachilar qatnashmoqda.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
#tinglovchi_fikri
❓Menejerlik o‘quv kursining yakuniy test savollari qanday tuzilgan?
❓Testda yuqori ball olish uchun nima qilish lozim?
✅Yakuniy sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarni suhbatga tortdik.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
#Jarayon
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan 6 815 805 dona darsliklar, mashq daftarlar va metodik qo‘llanmalarga buyurtma berilgan bo'lib, hozirgi kunda 4 097 336 dona (60 %) yetib keldi va umumta’lim maktablariga tarqatilmoqda.
#xorijiy_til_tanlovi
✅Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichiga start berildi.
➖ Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov hamda mutasaddi xodimlar ishtirok etdi.
➖ Tadbir doirasida ishtirokchilarning barcha savollariga mas’ullar tomonidan batafsil javob berildi.
✅ Eslatib o’tamiz, tanlovning Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar:
🥇 1-o‘rin uchun – 500 mln so‘m;
🥈 2-o‘rin uchun – 400 mln so‘m;
🥉 3-o‘rin uchun – 300 mln so‘m miqdorida pul mukofotini qo’lga kiritadi.
👉 Shuningdek, Respublika bosqichi ishtirokchilari va ularning ustozlari xorijga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritishadi!
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Ўзбекистон Халқаро Иқтисодиёт Олимпиадасида тарихий натижа қайд этди
Ўзбекистон вакиллари 2025 йилги Халқаро Иқтисодиёт Олимпиадасида (International Economics Olympiad, IEO) муваффақиятли иштирок этиб, юртимиз тарихидаги энг юқори натижани қайд этди.
Батафсил: https://uza.uz/posts/745514
Телеграм каналларимиз
Facebook | Instagram | YouTubе
Taʼlim tizimining barcha boʻgʻinlarini oʻzaro integratsiya qilishga doir muhim vazifalar muhokama qilindi
✅ Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Hilola Umarova boshchiligida taʼlim tizimini integratsiya qilish va bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan masalalar ijrosiga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
➖ Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov, mazkur vazirliklar masʼullari, hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida Davlatimiz rahbarining kuni kecha eʼlon qilingan tegishli Farmoniga muvofiq, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlangan Eʼzoza Karimova jamoaga tanishtirildi.
Bizni kuzating
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan:
✅ Karimova Eʼzozxon Gapirjonovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Taʼlim sohasida uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan E. Karimova 2021-yilda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi boʻlimi boshligʻi, 2021-2023-yillarda Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.
2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori vazifasida ish olib borgan.
Vazirlik jamoasi Eʼzozxon Karimovaga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Bizni kuzating
Koson tumanidagi Tinchlik MFYda 150 o'ringa mo'ljallangan yangi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi.
Yangi 48-sonli DMTTning ochilish marosimida Koson tumani hokimi A.Boyqarayev, Maktabgacha va maktab ta’limi tuman bo‘limi rahbar va xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Bugun tumandagi Tinchlik MFYda joylashgan 48-sonli DMTTda 150 nafar, 3 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 100 nafar bolalar qamrab olinib, MFY hududida qamrov darajasi 48,0 foizga yetdi.
IEO 2025: Xalqaro olimpiadalardagi navbatdagi gʻalaba!
Boku, Ozarbayjon
Dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan 250 dan ortiq eng iqtidorli yosh iqtisodchilar qatnashgan Xalqaro Iqtisod Olimpiadasida (IEO 2025) Terma jamoamiz a’zolari katta muvaffaqiyatga erishdi.
Quvonarlisi g‘oliblarning ikkalasi ham qashqadaryolik o‘quvchilar!
Umumiy hisobda:
🥈1 ta kumush, 🥉1 ta bronza - jami 2 ta medal
Gʻoliblarimiz bilan tanishing:
🥈Asliddin Boynazarov - Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi Prezident maktabining oʻquvchisi - Kumush medal
🥉Xumoyunbek Ibrohimov - Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi Prezident maktabining oʻquvchisi - Bronza medal
Eslatma: O‘zbekiston terma jamoasi 2024-yilgi Xalqaro Iqtisod olimpiadasida 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
Prezident tashabbusi: Qashqadaryodagi maktab va bog‘chalarga zamonaviy jihozlar karvoni yetib keldi
Bugun Prezidentimiz tashabbusi bilan viloyatimizdagi ta’lim muassasalariga zamonaviy jihozlar jo‘natildi. Jihozlar avtokarvonlarga yuklanib, hududlardagi maktab va bog‘chalarga yuborildi. Yetkazib berilayotgan yuk tarkibida 8 ta tayanch maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun 1 tadan interfaol panel va 1 tadan monoblok, shuningdek, 128 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun jami 2 145 dona kompyuter (shundan 97 ta maktabga 17 tadan — 1 649 dona, 31 ta maktabga 16 tadan — 496 dona) hamda 483 ta davlat bog‘chasi uchun 978 dona planshet qurilmasi mavjud.
Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i, shuningdek, tuman va shaharlar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari rahbarlari ishtirok etib, mazkur ta’minot ta’lim sifatini oshirishga, o‘quv jarayonini raqamlashtirishga va bolalar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilishini ta’kidladilar.
Ma’lumot uchun:
- 2024-yilda PQ-241-sonli qarorga asosan, viloyatdagi 11 ta umumta’lim maktabi (187 dona) zamonaviy kompyuter jamlanmalari bilan ta’minlandi;
- viloyat hokimligi tomonidan 454 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabiga jami 7 718 dona zamonaviy kompyuter jamlanmalari yetkazib berildi;
- 2025-yilda VM-162-sonli qaroriga muvofiq, viloyat hokimligi tomonidan mahalliy byudjet hisobidan viloyatdagi 81 ta umumta’lim maktabi kutubxonachilari zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlandi;
- 2025-yilda Respublika byudjeti hisobidan viloyatdagi 11 ta davlat MTTga 30 tadan (jami 330 dona) planshet va 1 tadan (jami 11 dona) interaktiv doska yetkazib berildi;
- O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 24-martdagi 93-sonli buyrug‘i 4-ilovasi asosida Koson tumanida 8 ta DMTT va 15 ta umumta’lim maktabi interaktiv doskalar bilan ta’minlandi;
- joriy yilda PISA tadqiqotlari uchun Qarshi shahar Prezident maktabi hamda viloyatdagi 19 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabiga 5 tadan (jami 100 dona) zamonaviy elektron doskalar yetkazildi.
🔰 Qarshi shahrida “Mahoratli oʻqituvchi – millat tayanchi” shiori ostidagi to‘rtinchi Ustozlar milliy forumining badiiy qismi bo‘lib o‘tdi.
🎭 Tadbir davomida ijodkor o‘quvchilar va ustozlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari taqdim etildi.
📚 Forumning badiiy qismi — ustozlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini keng targ‘ib etish, yoshlar qalbida o‘qituvchiga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada oshirishga xizmat qildi.
#MEHNAT_YARMARKASI
Kitob tumanida mehnat yarmarkasi: 100 dan ortiq yosh ish bilan ta’minlandi.
Kitob tumanida yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida navbatdagi “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Tadbirda tumandagi 98 ta umumta’lim maktabi o‘zlarining 120 ta vakant o‘rinlari bilan qatnashdi.
Mehnat yarmarkasida tuman hokimi Rustam Gafurov, tuman prokurori Xurshid Baxromov va mutasaddi rahbarlar ishtirok etib, mehnat bozoriga kirib kelayotgan yosh kadrlar hamda maktab rahbarlari bilan muloqot olib bordi.
Yarmarka davomida 103 nafar oliy ta’lim muassasalarini bitirgan yoshlarimiz ta’lim muassasalariga ishga qabul qilinib, ular bilan mehnat shartnomalari rasmiylashtirildi. Natijada yarmarka yakunida 100 dan ortiq yoshlar doimiy ish bilan ta’minlandi.
Bunday mehnat yarmarkalari yoshlarning o‘z sohalarida faoliyat boshlashi, tajriba orttirishi va maktablarga malakali kadrlarni jalb qilishga xizmat qilmoqda.
@Qashqadaryo_MMTB
#Xush_xabar
✅ Prezident sovrini uchun o'tkazilgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining respublika bosqichi yakuniga yetdi.
Unda viloyatimizning Koson tumanidagi 9-maktab o‘quvchisi Sanjana Shodmonova — “The best reader” nominatsiyasi bo'yicha g'olib deb toplidi.
✅✅
#xorijiy_til_tanlovi
🔴 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Prezident sovrini uchun oʻtkazilayotgan “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining respublika bosqichi yopilish hamda sovrindorlarni taqdirlash marosimi boshlandi.
➖ Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova qatnashmoqda.
Tanlovda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan jami 14 ta maktab jamoasi (umumiy 70 nafar oʻquvchi) ishtirok etdi.
🔹 Jarayonlarda ishtirokchilarning milliy “Multilevel” testi vositasida tinglab tushunish (listening), yozish (writing), gapirish (speaking) va oʻqish (reading) koʻnikmalari sinovdan oʻtkazildi.
👉 Taqdirlash marosimi poytaxtimizdagi Simpoziumlar saroyida boʻlib oʻtmoqda.
🌐 JONLI EFIR
➖ Press-reliz (o‘zbek tilida)
➖ Press-reliz (rus tilida)
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
#ustozlar_forumi
Ayni vaqtda qashqadaryolik pedagoglar "Mahoratli oʻqituvchi – millat tayanchi” shiori ostida o‘tkazilayotgan anʼanaviy toʻrtinchi “Ustozlar milliy forumi” respublika bosqichida faol ishtirok etishmoqda.
@Qashqadaryo_MMTB
✅✅
#ustozlar_forumi
🔴 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan "Mahoratli oʻqituvchi – millat tayanchi” shiori ostida o‘tkazilayotgan anʼanaviy toʻrtinchi “Ustozlar milliy forumi” boshlandi.
👉 Tadbir jarayonlari Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida oʻtkazilmoqda.
🌐 JONLI EFIR
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
#xorijiy_til_tanlovi
➡️Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
➖Bugun tanlov ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Senatiga tashrif buyurdi. Ularga Senat binosi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi hamda senatorlar faoliyati haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Bizni kuzating
#Jarayon
Qashqadaryoda umumta'lim maktablarida yangi o'quv yiliga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Qisqa muddatdan so‘ng, Respublikamizda yangi 2025-2026 o‘quv yili boshlanadi.
Shu munosabat bilan, viloyatimizdagi barcha umumtaʼlim maktablari o‘quvchilarni kutib olishga shay holatga keltirilmoqda.
@Qashqadaryo_MMTB
TA'QIQLANADI!
QASHQADARYOLIK OTA-ONALAR VA PEDAGOGLAR DIQQATIGA!
➡️Maktablarda 1-sinflarga qabul qilish jarayonida pul taklif qilish yoki talab qilish qat'iyan ta'qiqlanadi.
Yuqorida qayd etilgan holat yuzasidan murojaatlar mavjud bo'lganda Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat sho'basiga murojaat qiling.
Shuningdek, fuqarolar taklif va murojaatlarini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan "@Kashkadaryakorrupsiya_bot" boti ishga tushirilgan.
❗️(Yetarli asoslar taqdim etilganda murojaatchi shaxsi sir tutiladi)
Hurmatli fuqarolar, aziz ota-onalar!
Ishonch telefonlari (75)-221-32-29 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Pedagogika sohasida ishlamoqchi bo'lganlar uchun vakant joylar e'lon qilinadi
Prezidentning “Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4940-sonli qaroriga ko'ra viloyatimizdagi olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlarida oliy ma’lumotli mutaxassisga bo‘lgan ehtiyoj bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari (vakant) bilan tanishing👉
https://api-portal.gov.uz/uploads/44/2025/07/23/e0eef9e6-e270-7946-8b71-1d159886b6a9_media_.xlsx
Batafsil ma'lumot uchun viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasiga murojaat qilish mumkin.
#XUSHXABAR
Qarshi tumanidagi 26-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida “Yoz - oʻtmoqda soz” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbirda maktabgacha taʼlim tizimi mutaxassislari, tarbiyachilar ishtirok etib, yozgi davrda bolalarning sog‘lom turmush tarzini taʼminlash, taʼlim jarayoniga qiziqishni oshirish va bolalarning faol hordiq chiqarishi bo‘yicha tajriba almashdilar. Seminar davomida ochiq mashg‘ulotlar, jismoniy faollik mashqlari, ijodiy burchaklar faoliyati namoyish etildi.
Ushbu seminar bolalarning jismoniy va maʼnaviy kamolotiga xizmat qiladigan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.
@Qashqadaryo_MMTB
Qashqadaryolik o‘quvchilar xalqaro iqtisod olimpiadasida yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi
Joriy yil iyul oyida Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro iqtisod olimpiadasi (IEO – 2025)da dunyoning 50 dan ortiq davlatidan 250 nafardan ziyod iqtidorli yosh iqtisodchilar ishtirok etdi.
Mazkur nufuzli musobaqada mamlakatimiz nomidan qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Natijalar quyidagicha:
🥈 Asliddin Boynazarov – kumush medal sohibi
🥉 Xumoyunbek Ibrohimov – bronza medal sohibi
IEO 2025: Navbatdagi xalqaro olimpiadadagi gʻalaba!
📍Boku, Ozarbayjon
➡️Xalqaro Iqtisod Olimpiadasida (IEO 2025) dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan 250 dan ortiq eng iqtidorli yosh iqtisodchilar qatnashib, Terma jamoamiz a’zolari katta muvaffaqiyatga erishdi.
Umumiy hisobda:
🥈1 ta kumush, 🥉1 ta bronza - jami 2 ta medal
Gʻoliblarimiz bilan tanishing:
🥈Asliddin Boynazarov - Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi Prezident maktabining oʻquvchisi - Kumush medal
🥉Xumoyunbek Ibrohimov - Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi Prezident maktabining oʻquvchisi - Bronza medal
🔰 Sardor Anvarov - Farg'ona shahridagi Prezident maktabining oʻquvchisi - Honourable mention
🔰 Behruz Olimov - Toshkent shahridagi Prezident maktabining oʻquvchisi - Honourable mention
❗️Eslatma: O‘zbekiston terma jamoasi 2024-yilgi Xalqaro Iqtisod olimpiadasida 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
👏Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE