|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz
#Live
#Attestatsiya
Qashqadaryoda malaka (test) sinovlariga start berildi
Avval xabar berilganidek, Pedagog mahorat markazida test sinovlari o'tkazilmoqda.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Ubaydulla Oripov soha mas'ullari bilan suhbatlashib, mazkur sinov jarayonlarining shaffof va sifatli o‘tkazilishi maqsadida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Eslatib o'tamiz, mazkur sinovlarda 577 nafar informatika va axborot texnologiyalari fani o’qituvchilari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
PEDAGOGLAR TAYYORMISIZ!
ERTAGA BOSHLANADI....
#Видеойўриқнома
#Attestatsiya
✅ Pedagog kadrlarning malaka toifasi test sinovlari bo‘yicha videoyo‘riqnoma
❗️Unda attestatsiya kuni amal qilish lozim bo‘lgan qoidalar, belgilangan vaqt va imtihon tartibi haqida batafsil ma’lumot berilgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Ochiq eshiklar kuni
#Qashqadaryo viloyati
12:00 28.10.2024
@hududtv
#Xalqaro_hamkorlik
#Koreya
Maktabgacha ta'lim mas'ul xodimlari xorijda malaka oshirmoqda
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi hududiy boshqarma boshliqlari o’rinbosarlari va vazirlik markaziy apparati xodimlaridan iborat delegatsiya ayni vaqtda Janubiy Koreya Respublikasida bo'lib turibdi.
Bunda maktabgacha taʼlim sohasida Koreya ilgʻor tajribasi, Koreya amaliyotida bog’cha ta’limi, boshqaruv tizimi, maktabgacha va boshlang'ich ta'lim uzviyligi, pedagog kadrlar malakasini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodikalarni joriy etish yuzasidan tajriba almashish maqsad qilingan.
2024-2025 ўқув йилида умумтаълим фанлари бўйича асосий фан олимпиада.
Жорий йилнинг 21-октябрь куни 2024-2025 ўқув йилида умумтаълим фанлари бўйича асосий фан олимпиаданинг Чироқчи туман босқичида старт берилди.
@Qashqadaryo_MMTB
Mehrjon bayrami o'tkazildi
Qashqadaryo viloyati Koson tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabining tumandagi 12-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida ochilgan "Yumshoq o'yinchoq" tarmoq to'garagi a'zolari tomonidan "Mehrjon" bayram tadbiri o'tkazildi.
Tadbir davomida turli xil kuzgi mevalari, sabzavotlar haqidagi she'r va sahnaviy ko‘rinishlari taqdim etildi.
@Qashqadaryo_MMTB
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni
(+video)
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
Kasbi tumanidagi maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limiga qarashli 22- umumiy o'rta taʼlim maktabida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2024 yil 23-avgustdagi 273-sonli buyrug'i asosida oktabr oyining 4-haftasi "Tilga e'tibor-elga e'tibor"haftaligi doirasida 1-4-sinflarida"Ona tilim-jonu dilim" mavzusida boshlang'ich sinf o'qituvchisi U.Ochilova tomonodan ma'naviy tadbir o'tkazildi.
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni
Aziz ustozlar, qadrli pedagoglar!
Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligidir.
1989-yilning 21-oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi.
Shuningdek, 2020-yilning 10-aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Yangi O‘zbekistonda o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida hamda xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish va milliy an’analarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash borasida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi ayyom muborak bo'lsin!
Hurmat ila, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i Ubaydulla Oripov.
⚡️ Qashqadaryoda "2-Qashqadaryo bolalar forumi" o'tkaziladi!
Qashqadaryo viloyati tashkil topganligining 100 yillik yubileyi munosabati bilan vohamizdagi eng iqtidorli maktab o'quvchilari ishtirokida "2-Qashqadaryo bolalar forumi" o'tkaziladi!
Forum doirasida:
• Bolalar quiz
• Insholar tanlovi
• Rasmlar tanlovi
• "Ibrat farzandlari" xorijiy tillar olimpiadasi
• Kibersportning "PUBG" o'yini bo'yich musobaqa
• Bolalar festivali raqslar tanlovi
kabi musobaqa va loyihalar o'tkazilishi rejalashtirilgan!
Forumda qatnashmoqchimisiz? Unda ro'yxatdan o'ting, o'zingiz haqingizdagi ma'lumotlarni bizga @QashqadaryoBT ga yuboring!
🔥 Forum doirasida g'olib bo'lgan ishtirokchilar qimmatbaho esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi!
Forum nizomi bilan tanishib chiqing!
@Qashqadaryo_MMTB
#Islohot
Ta'lim tashkilotlarida bir kun....
(Qarshi tumani 10-DMTT misolida)
2024-yil 18-oktabr Qarshi tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo'limiga qarashli 10-Davlat maktabgacha va maktab ta'limi tashkiloti tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari bilan “Non eng aziz ne’mat” mavzusida amaliy mashg'ulot tadbirlari o‘tkazildi.
2-sinf o'quvchisidan TOP natijalar — QASHQADARYO
Qarshi shahridagi 4-umumiy o'rta ta'lim maktabining 2-B sinf o'quvchisi Amirqulova Nozima sporting shaxmat turi bo'yicha shahar, viloyat, respublika va xalqaro musobaqalar g'olibi.
U ta'lim tashkilotidagi sport to'garaklarida faol ishtirok etadi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
Kasbiy rivojlanish kunlari bo’yicha o’quvlar tashkil etilmoqda
Bugun viloyatning tegishli tayanch maktablarida Kasbiy rivojlanish kunlari doirasida tabiiy fanlar bo’yicha o’quvlar o’tkazilmoqda.
O’quv jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida viloyat MMT boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari D.Tojiyev ta’lim tashkilotlarida bo’lib o’qituvchilar bilan muloqot qildi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi 246-son buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosi ta'minlanmoqda.
Jarayonlar davomida tinglovchi-o’qituvchilarning mazkur o’quvlarga oid fikrlari va takliflari tinglanib, tadbir mazmuni har bir maktabga sifatli yetib borishi zarurligi alohida ta’kidlandi.
Fotolavhalarda G’uzor tumani 1-,3-,14-maktablar hamda Qarshi shahridagi 10-maktabdagi o’quv jarayonlari aks ettirilgan.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
"Barkamol avlod" bolalar maktabidan navbatdagi g‘alaba
Taekwondo WT sport turi boʻyicha bolalar, yoshlar va o'smirlar o'rtasida “Shahrisabz shahar ochiq birinchiligi” bo'lib o'tdi.
Quvonarlisi shundaki Ochiq birinchilikda Qarshi tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabining 9 nafar “Taekwondo WT” to'garagi a'zolari faol qatnashib sovrindorlar qatoridan joy olishdi.
Musobaqa natijasiga ko'ra;
🥇Temirov Javohir
🥇Yusupov Dilbek
🥇Farxodov Diyorbek
🥈Sobirov Suxrob
🥉Abduraupov Sunnat
🥉Normurodov Siroj
🥉Qovmiddinov Otabek
🥉Isomov Shodyor
🥉Shokirov Annurlar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
✔️ “Jadidlar izidan” tanlovi!!!
🌀 Xabaringiz bor, joriy yilning oktabr oyida o‘quvchilar o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida “Jadidlar izidan” tanloviga start berilgan.
📝 Mazkur tanlovda ishtirok etish uchun o‘quvchilar jadidlarizidan.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o’tdi.
🟢 Tanlovning tuman (shahar) bosqichi 31-oktabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.
❗️ Ishtirokchilar soni ko‘p bo‘lgan tuman (shahar)larda tanlovning sektor bosqichi joriy yilning 28-30-oktabr kunlari o‘tkaziladi.
📣 Bizni @jadidlarizidanuz telegram kanalida kuzatib boring!
#Видеоинструкция
#Аттестация
✅ Видеоинструкция по проведению тестовых испытаний на квалификационную категорию педагогических кадров
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Òquvchi_yoshlar_halollik_tarafdori
To'garak mashg'ulotlaridan lavhalar
Qashqadaryo viloyat Shahrisabz tuman "Barkamol avlod " bolalar maktabining "Karving" toʻgarak mashgʻulotlari muntazam ravishda o‘tib borilmoqda.
"Karving" toʻgaragining maqsadi:
Oʻquvchi- yoshlarning
boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda foydali dam olishlarini tashkil etish, karving sanʼati tarixi, zamonaviy bezak turlarini oʻrgatishdan iboratdir.
Toʻgarak rahbari: Zilola Xurramova.
@Qashqadaryo_MMTB
QADRING BALAND BO'LSIN ONA TILIM
Qashqadaryo viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan Qarshi shahridagi 1-umumta'lim maktabi bilan hamkorlikda 21 - oktaybr - O'zbek tiliga Davlat tili maqomi beriganligining 35 - yilligi munosabati bilan "Ona tilim - qalbim quyoshi " mavzusida tadbir bo'lib oʻtdi.
Ona tilimizga bo‘lgan yuksak ehtirom, ajdodlarimizning unitilmas asarlariga va ijodiga e'zoz ruhidagi chiqishlari, sahna ko‘rinishlari, she'r va vatanni madh etuvchi kuy qo'shiqlari bilan ishtirok etishdi.
Tadbir davomida viloyat bolalar kutubxonasi mutaxassisi " Ona tilim qalbim quyoshii" mavzusida kitob ko'rgazmasi va ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.
Umumta’lim fanlari bo’yicha asosiy olimpiadaning ikkinchi – tuman bosqichi boshlandi
Bugun, 21-oktabr kuni Yangi Mirishkor shaharchasidagi 38-sonli maktabda tuman hokimi o’rinbosari Ulash Cho’liyev, MMTB boshlig’i Bektosh Shodiyev, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Azamat Xamrayev va MMT boshqarmasi vakili ishtirokida olimpiadaning tuman bosqichiga start berildi.
#Jarayon
TO'GARAK RAHBARLARIGA USLUBIY YORDAMLAR BERISH DAVOM ETMOQDA...
Qashqadaryo viloyati Kitob tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi uslubchilari Ismatova Ruxsora hamda Xaydarova Dildoralar tomonidan tumandagi 29-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida tashkil etilgan "Maktabga tayyorlov" tarmoq toʻgaragi faoliyati oʻrganildi, tahlil qilindi hamda uslubiy yordam koʻrsatildi.
☝Maqsad:
🔹Toʻgaraklar faoliyatini oʻrganish;
🔹Taʼlim samaradorligini nazorat qilish,
🔹Mashgʻulotni tahlil qilish;
🔹Toʻgarak jurnalining yuritilishi;
🔹Oʻquv qoʻllanma va oʻquv dasturi mavjudligi;
🔹Uslubiy yordam koʻrsatish
@Qashqadaryo_MMTB
Shahrisabz tumanidagi maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limiga qarashli 38-sonli umumiy o'rta taʼlim maktabida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2024 yil 23-avgustdagi 273-sonli buyrug'i asosida oktabr oyining 4-haftasi "Tilga e'tibor-elga e'tibor" haftaligi doirasida 1-4-sinflarida "Ona tilim-jonu dilim" mavzusida ma'naviy tadbir o'tkazildi.
@Qashqadaryo_MMTB
Aziz ustozlar, qadrli vatandoshlar!
Avvalo, barchangizni milliy gʻururimiz — oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, ona tilimiz bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Albatta, har bir inson uchun tugʻilib oʻsgan oʻz uyi va Vatani qanchalik aziz boʻlsa, ilk bor tili chiqqanda aytiladigan soʻzlarni ifodalovchi ona tili ham shu kabi muqaddas va qadrlidir.
Shu maʼnoda biz bugun moʻtabar sanovchi oʻz ona tilimiz — oʻzbek tilining hayotimizda tutgan oʻrni har qachongidan ham muhim ahamiyatga egadir.
Fursatdan foydalanib, yurtdoshlarimizni milliy oʻzligimiz va gʻururimiz timsoli boʻlgan ona tilimizning bugungi muhim sanasi bilan yana bir bor muborakbod etaman.
Jonajon ona tilimizning mehrli ziyosi doimo tafakkurimiz va qalblarimizni yoritib tursin!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Pedagoglarga uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida seminar-treninglar tashkil etilmoqda
(+video)
Shahrisabzda oilaviy nodavlat, davlat xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish yuzasidan tadbirkor va pedagoglarga uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.
@Qashqadaryo_MMTB
Bolalar bizning kеlajagimiz!
Maktabgacha ta’lim faoliyati samaradorligini oshirishga oid seminar-trening tashkil etildi
Shahrisabz Pedagogika kollejida oilaviy nodavlat, davlat xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish yuzasidan tadbirkor va pedagoglarga uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.
Trening mashg’ulotlarida Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi, viloyat boshqarmasi, Shahrisabz shahar va tuman bo’limlari ma’sullari hamda 200 nafardan ortiq maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbar va pedagog-tarbiyachilari ishtirok etishdi.
Seminarda:
➖rivojlantiruvchi muhitni rejalashtirish,
➖didaktik materiallardan to‘g‘ri foydalanish,
➖rahbarlik faoliyatini to’g’ri tashkil etishda ishni rejalashtirish va vazifalarni taqsimlash,
➖guruhdagi markazlarni tashkil etish va rivojlantirish xaritalarni qanday to'ldirish bo'yicha so’z bordi.
Sеminar savol javoblar jarayoni bilan yakunlandi.
@Qashqadaryo_MMTB
𝐎𝐋𝐈𝐒 𝐇𝐔𝐃𝐔𝐃𝐋𝐀𝐑 𝐔𝐂𝐇𝐔𝐍
50 TA UMUMTA'LIM MAKTABIDA BEPUL AVTOBUSLAR QATNOVI YO'LGA QO'YILDI
🚀 Yanada ko‘proq yangiliklar bilan tanishib boring:
👉 @markaziytv 👈
📲 Hoziroq obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing.
📱 Telegram | 📱 Instagram
Mirishkor tumanida DXSH va oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga amaliy yordam koʻrsatilmoqda
Mirishkor tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tomonidan 2-sonli DMTTda oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatining tuzilgan bitim talablariga mosligi oʻrganilib, ish hujjatlarini yuritilishi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tadbirkor va pedagoglarga uslubiy yordam koʻrsatilmoqda.
👉 Jumladan, hududdagi 80 nafar nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tadbirkorlariga oʻquv seminari tashkil etildi. Unda tashkilotlarning tarbiyachi va metodistlari faol ishtirok etmoqda.
@Qashqadaryo_MMTB
"QASHQADARYO AXBOROTI" Qarshi shahridagi Pedogogik mahorat markazi tez orada zamonaviy ko‘rinish kasb etadi.
#15oct #qashqadaryo_trk
📱Rasmiy telegram kanalimiz
👉/channel/qashqadaryo_trk
"Maktab kutubxonalarining samarali faoliyat ko'rsatish tamoyillari" mavzusida seminar o'tkazildi
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining 2024-yil 9-oktiyabrdagi 101-sonli yig'ilish bayonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Muborak tumanidagi umumta'lim maktab kutubxonachilari ishtirokida "Maktab kutubxonalarining samarali faoliyat ko'rsatish tamoyillari" mavzusida o'quv seminari tashkil etildi.
Seminarda boshqarmaning mas'ul xodimlari va viloyat bolalar kutubxonasi mas'ullari hamda tumandagi barcha umumta'lim maktab kutubxonachilari ishtirok etdi.
Seminar davomida maktab kutubxonachilarining muammo va takliflari ham tinglandi. Bu masalalarning yechimi bo'yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
@Qashqadaryo_MMTB