qashqadaryo_mmtb | Неотсортированное

Telegram-канал qashqadaryo_mmtb - Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

68516

|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz

Подписаться на канал

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

🗣"Yangi O'zbekiston" universitetida SAT mock testlari davom etmoqda.

Yuqorida xabar berganimizdek, har hafta o'z bilimini sinab ko'rmoqchi bo'lgan o'quvchilar uchun mock testlar tashkillashtirib kelimoqda.

❗️Ushbu test sinovlarida ishtirok etish mutlaqo bepul!

🔴2025-yil 2-fevral kuni soat 11:00 da SAT mock test bo'lib o'tadi.

@mock_register_bot bot orqali ro'yxatdan o'ting va bilimlaringizni sinab ko'ring.

Eslatma, "Yangi Oʻzbekiston" universiteti SAT imtihonlarini oʻtkazadigan rasmiy tan olingan markaz hisoblanadi.

📍 Manzil: 41.3160556,69.2954717,13z/data=!4m14!1m7!3m6!1s0x38aef51b50c0eda7:0x1ef4e0e3a79a0726!2zTmV3IFV6YmVraXN0YW4gVW5pdmVyc2l0eSwg0YPQu9C40YbQsCDQnNC-0LLQsNGA0L7Rg9C90L3QsNGF0YDQsCAxLCBUYXNoa2VudCwg0KPQt9Cx0LXQutC40YHRgtCw0L0!8m2!3d41.3160556!4d69.2954717!16s%2Fg%2F11pv0fm547!3m5!1s0x38aef51b50c0eda7:0x1ef4e0e3a79a0726!8m2!3d41.3160556!4d69.2954717!16s%2Fg%2F11pv0fm547?hl=ru-uz">"Yangi O'zbekiston" universiteti.

💬 @cce_admin
📞 Tel: +998 95 828 02 33

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Chiroqchi tumani Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi boshlig‘i Farxod Jumanov 121-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati bilan tanishib, ushbu ob’yektlarda mavjud muammolarni o‘rgandi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ta‘lim muassasa rahbarlariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

"QASHQADARYO AXBOROTI" Viloyat teatrida O'zbekiston Qahramoni Muhabbat Sharopovаning hayot yo'llariga bag'ishlangan spektaklda o'qituvchi va murabbiylarning mashaqqatli mehnatlari sharaflandi.

#28jan #qashqadaryo_trk
📱Rasmiy telegram kanalimiz
👉
/channel/qashqadaryo_trk

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

"Taʼlim va islohot"
Koson tumanidagi 41-umumiy oʻrta taʼlim maktabida ta’lim qamrovini va sifatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.


#25jan #qashqadaryo_trk
📱Rasmiy telegram kanalimiz
👉
/channel/qashqadaryo_trk

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryoda taʼlimga oid murojaatlar oʼrganilmoqda OMMAVIY SAYYOR QABUL

Qashqadaryo viloyat hokimligi, sektor rahbarlari boshchiligida hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi masʼul xodimlari ishtirokida fuqarolarning murojaatlari bo’yicha ommaviy sayyor qabul o’tkazildi.

Qabulda tuman(shahar) tashkilot rahbarlari, hokim o’rinbosarlari hamda xalq qabulxonasi mas’ullari ishtirok etdi.

Tadbirda 9 dan ortiq fuqarolar o‘zlarini qiynab tugan muammolarga yechim topdi. Ayrim murojaatlar esa tegishli tartibda oʼrganish uchun qatʼiy nazoratga olindi.


➖Maʼlumot uchun: Respublika ishchi guruhi ishtirok etayotgan mazkur ommaviy sayyor qabul kuni yaqinda Gʼuzor tumani, shahrisabz shahrida ham tashkil etilib, fuqarolar murojaati nazoratga olingan edi.

Shuningdek, mazkur ommaviy sayyor qabul hududlarni birlashtirgan kompleks tartibda barcha tumanlar(shahar) da tashkil etiladi.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Live

Ommaviy sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglanmoqda QASHQADARYO

📍KOSON TUMANI...


@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

QASHQADARYODAGI BARCHA BO'LIM BOSHLIQLARI TAQDIMOT QILADI

Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda har bir sohada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘z navbatida, mazkur islohotlarning salmoqli qismini ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar tashkil etmoqda. So‘nggi yillarda ta’lim sohasining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ta’lim tizimidagi islohotlar va amaliy chora-tadbirlar yuzasidan galdagi yo‘nalishlar belgilab olinmoqda.


Bugun Qarshi tumanidagi 71-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tashabbusi bilan tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta'limi bo'limlari hamda ta'lim tashkilotlarining 2024-yilda bajargan ishlari, xato va kamchiliklari, 2025-yilda amalga oshirililishi lozim bo'lgan ustuvor vazifalari yuzasidan taqdimot o'tkazildi.

Taqdimotda Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i U.Oripov, boshqarma birinchi o'rinbosari M. Panjiyev hamda Qarshi tumanidagi ta'lim tashkiloti mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur taqdimotda Qarshi tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i A.Eshonqulov yil sarhisobiga doir axborotlarni berdi.

Taqdimot davomida galdagi vazifalar belgilab olinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko'rish yuzasidan qat'iy ko'rsatmalar berildi.

Eslatib o'tamiz, mazkur taqdimot yil yakuniga qadar Qashqadaryo viloyatidagi barcha tuman, shahar MMTB boshliqlari tomonidan tashkil etilib, boshqarma boshlig'iga axborotini beradi.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Kutubxonalar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir seminar o'tkazildiQASHQADARYO

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining 2024-yil 9-oktyabrdagi 101-sonli yig'ilish bayonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Qarshi shaharning 9-umumta’lim maktabida "Kutubxona faoliyatini rivojlantirish va kitobxonlik madaniyatini oshirishda maktab kutubxonalarining tutgan o‘rni" mavzusida seminari o‘tkazildi.

Seminarda umumiy o‘rta ta’lim maktablari kutubxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish, maktab o‘quvchilarini darsliklar bilan to‘liq ta’minlash choralarini ko‘rish, maktab o‘quvchilarining bilim darajasini oshirish, ularning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish bo‘yicha uslubiy yordamlar ko‘rsatildi.

Seminarda boshqarmaning mas'ul xodimlari, tuman (shahar) Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi darsliklar bo‘yicha metodistlari va tumandagi faol maktab kutubxonachilari ishtirok etdi.


Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#jarayon
#qizlar_olimpiadasi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablarda "Qizlar olimpiadasi"ning maktab bosqichi boʻlib oʻtmoqdaQASHQADARYO

Olimpiada jarayonlari matematika fanidan test va yozma ish shaklida tashkil etilgan boʻlib, maktab bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan (1-, 2-, 3-oʻrin) oʻquvchilar hududiy bosqichida ishtirok etmoqda.

📷Jarayonlardan suratlar.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Umumta'lim muassasalari iqtidorli o'quvchilari uchun "Ixtirochilikka qadam" tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi

O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2024-yil 30-avgustdagi "Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilari o'rtasida "Ixtirochilikka qadam" tanlovini tashkil etish va o'tkazish" to'g'risidagi 285-son buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida Yakkabog' tuman ta'lim muassasalari o'quvchilari o'rtasida 6 ta yo'nalishdan iborat "Ixtirochilikka qadam" tanlovining tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.Yakuniy natijalarga ko'ra tumandagi 8-maktab I-o'rinni, 2-maktab II-o'rinni hamda 75-maktab III-o'rinni egallashdi.



@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Chiroqchida Yangi yil shukuhi...

Chiroqchi tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida Yangi yil archasi yasatildi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Xorijiy_hamkorlik
#Инклюзив_таълим

Xalqaro tajriba: inklyuziv ta’limning dolzarb muammolari va zo‘ravonlikka qarshi kurashishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar

🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mas'ullaridan iborat delegatsiya ayni damda Finlyandiyaning Vantaa shahrida bo‘lib turishibdi.

Uchrashuvlar avvalida delegatasiya vakillari Ylästö maktabida
bo‘lishdi hamda inklyuziv ta’limning dolzarb muammolari va amaliyotlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, o‘quvchilarning ehtiyojlariga moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha ilg‘or tajribalar o‘rganildi.

📍 Shundan so'ng, mas'ullar “KiVa” dasturiga bag‘ishlangan seminarda ishtirok etishdi. O‘quv mashg‘ulotlarini Turku universiteti mutaxassisi Selin Kylenpää olib bordi.

Ma’lumot uchun, “KiVa” dasturi maktablarda zo‘ravonlikka qarshi kurashishga qaratilgan innovatsion yondashuv bo‘lib, uning samaradorligi Finlyandiya va xalqaro miqyosda yuqori baholangan.


➖ Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya Luovi kasb-hunar kollejida bo‘ldi. Ushbu kollej o‘zining alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan yoshlarning kasb-hunar egallashi va ijtimoiy integratsiyasini ta’minlashdagi yutuqlari bilan mashhurdir.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Mavsumga_shaylik

SHAHRISABZ TUMANIDAGI IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA PUXTA TAYYORGARLIK KO'RILGAN

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

🔤🔤🔤🔤🔤🔤❗️
#Tanlovga_start_berildi

“Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq, har yili umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovi o‘tkazilishidan xabardorsiz.

Joriy yilda ushbu tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan maktablar uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.

2025-yil 5-yanvarga qadar (shu kuni ham) vazirlikning axborot tizimi (https://ooo.uzedu.uz) orqali roʻyxatdan oʻtilishi hamda asosiy koʻrsatkichlari bo‘yicha maʼlumotlar toʻldirilishi lozim!

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

⭕️⭕️⭕️

📣 Maktablarda III chorak darslari 13-yanvardan boshlanadi


Ota-onalar, o‘quvchilar va pedagoglarga qulaylik yaratish hamda o‘quv jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash maqsadida qishki ta’til kunlari 2024-yil 29-dekabrdan boshlanib, 2025-yil 11-yanvarga qadar davom etadi.

Bunda maktablarda 2025-yil 11-yanvar (shanba) kuniga belgilangan darslar 2024-yil 28-dekabr (shanba) kuniga o‘tkaziladi hamda o‘quv yilining 3-choragi 2025-yil 13-yanvar (dushanba)dan boshlanadi.

___

Занятия третьей четверти в школах начнутся 13 января 2025 года

В целях создания удобств для родителей, учащихся и педагогов, обеспечения непрерывности образовательного процесса зимние каникулы в школах начнутся 29 декабря 2024 года и продолжатся до 11 января 2025 года.

Занятия в школах, запланированные на 11 января 2025 года (суббота), будут проведены 28 декабря 2024 года (суббота). Третья четверть учебного года начнется 13 января 2025 года (понедельник).

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryoda taʼlimga oid murojaatlar tinglanmoqdaOMMAVIY SAYYOR QABUL

(+video)


📍Koson tumani...

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#OCHIQ_MASHGʻULOT

Qashqadaryo viloyat Shahrisabz tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Hunarmandchilik va qoʻl mehnati" yoʻnalishidagi tarmoq "Liboslar dizayni" toʻgaragida
ochiq mashgʻulot oʻtkazildi

Ochiq mashgʻulot "Liboslarga bezaklar berish" mavzusida boʻldi.

Ochiq to'garak mashg'uloti rejalashtirilgan va amalga oshirilgan o'quv jarayonini qiyoslash orqali yutuq va kamchiliklarni aniqlash, to'garak rahbarining yutuqlarini ommalashtirish, tajriba almashish maqsadida o'tkazildi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

REPORTAJ|
Qarshi shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 10-son umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻtkazilgan “Ulugʻlardan ulugʻimsan Vatanim!” koʻrik-tanlovi tafsilotlari

#28jan #qashqadaryo_trk
📱Rasmiy telegram kanalimiz
👉
/channel/qashqadaryo_trk

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

MAKTABGACHA TAʼLIM MUASSASALARIDA SHAXMAT TO‘GARAKLARI FAOLIYATIDAN LAVHALAR...

Qashqadaryo viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktablari tomonidan tuman, shahar maktabgacha taʼlim tashkilotlarida "Shaxmat" to‘garaklarini tashkil etish, ularga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish belgilangan edi.

Topshiriq ijrosi bo‘yicha, olib borilayotgan ishlar yuzasidan Kitob tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi direktori Q.Qayumov tomonidan Kitob  tumanidagi
8-24-25-26-30 sonli DMTTda tashkil etilgan “Shaxmat” to‘garagi faoliyati o‘rganildi va bog‘cha bolalari uchun shaxmat doskalari topshirildi.

Bundan maqsad, shaxmatni bolalar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, qiziqishini oshirish va uni ommaviy sport turiga aylantirish hamda bolajonlar o‘rtasida iqtidorlilarini aniqlash va ularni aqliy kamol topishiga ko‘maklashishdan iborat.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#LIVE Косон туманидаги Маданият марказида республика ишчи гуруҳи вакиллари, тегишли ташкилотлар масъуллари иштирокида Косон, Кўкдала, Касби ва Муборак туманлари аҳолиси учун оммавий сайёр қабул бўлиб ўтмоқда.

Кеча вилоят ҳокими Муротжон Азимов бошчилигидаги раҳбарларнинг Шаҳрисабз шаҳрида ўтказилган сайёр қабули ҳақида хабар қилинган эди.


Маълумот учун, эртага Қарши шаҳрида ўтказилади.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Jarayon
#Sport

G'OLIBLAR E'TIROF ETILDI

Qarshi shahri 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida viloyat mavjud umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “5-Tashabbus” olimpiyadasi bo‘yicha Futbol musobaqasini viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Unda 1-o‘rin Koson tumani 9-maktab jamoasi;

2-o‘rinni Chiroqchi tumani 49-maktab jamoasi;

3-o‘rinni Qarshi shahri 15-maktab jamoasi egalladi.


Sport boshqarmasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar berildi.

Mazkur jarayonda Qarshi shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'lim boshlig'i B. Mo'minov va boshqarma mas'ul xodimlari ishtirok etdi.


Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i maktablar faoliyatini o‘rgandi — Mirishkor

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab  ta‘limi boshqarmasi boshlig'i U.Oripov tomonidan Mirishkorda hisobot  yig'ilishi o'tkazildi.

Unda umumta'lim maktablari bilan bir qatorda "Barkamol avlod" bolalar maktabi faoliyati, ommaviy va tashkiliy ishlar bo‘yicha olib borilgan ishlar tahlili, o'quvchilarni kasbga yo'naltirish, maktabdan tashqari ta‘lim yo'nalishida erishilgan natijalar bilan tanishdi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Xorijlik til egalari ishtirokida amaliy seminar-trening tashkil etildi QASHQADARYO

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan bir guruh chet tili o'qituvchilari uchun "Zamonaviy metodikalar va axborot texnologiyalari" mavzusida seminar-trening o'tkazildi.

Mazkur tadbirda ishtirokchilarga Qarshi shahridagi 42-sonli maktabda faoliyat yuritayotgan xorijlik mutaxassis David Paul tomonidan o'qitishning zamonaviy uslublari, ta'limda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, til ko'nikmalarini yaxshilashga qaratilgan bir qator mobil ilovalarni qo'llash kabi bilim va tajribalar yetkazildi.

Tadbir davomida o'qituvchilar interaktiv mashg‘ulotlarda qatnashib chet tillarini o'qitishdagi tajribalarini o'zaro almashdi.

Shuningdek xorijlik mutaxassislar tomonidan xalqaro dasturlar, o'qitishga oid ommabop ilovalar va metodikalar haqida batafsil tushunchalar berildi.

Seminar treningda joriy ta'lim islohotlari bo'yicha viloyat MMT boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Tojiyev o'z fikrlarini bildirib yoshlarga chet tillarini samarali o'qitish ularga kelajak uchun mustahkam poydevor ekanligini alohida ta'kidladi.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Qarshi_tumani
#10_maktab

Qarshi tumani 10-maktabda "Песни и пляски русских народов" deb nomlangan rus tili kechasi o'tkazildi.

Bunda maktab o'quvchilari faol qatnashdilar. Tadbirda o'quvchilar tomonidan rus kuy qo'shiqlariga coverlar qilindi.

Rus milliy madaniyati raqslarini o'quvchilar juda chiroyli ko'rsatib berishdi.

Rus tili faniga oid savol topshiriqlar orqali o'quvchilarning bilimlari sinovdan o'tkazildi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Kecha inklyuziya qanchalik muhimligiga yana bir bor ishonch hosil qildim. Jamiyat sifatida biz har bir insonni qo‘llab-quvvatlash va hammaga teng imkoniyatlarni ta’minlashga mas’ulmiz.

Ushbu unutilmas taassurot uchun bolajonlarga rahmat!

-

Вчера я убедилась ещё раз насколько важна инклюзия. Как общество мы обязаны поддерживать и предоставлять равные возможности для всех.

Спасибо деткам за этот незабываемый опыт!

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Jarayon

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga oʻqitish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 2-fevraldagi PQ-53-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarining xorijiy tillarga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida vazirlikning 2024-yil sentabrdagi 300-sonli buyrug‘i qabul qilingan.

Unga ko‘ra umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻqitiladigan ikkinchi xorijiy (ingliz, nemis, fransuz, koreys, yapon, xitoy) til oʻquv dasturlari 1-6-ilovalarga muvofiq; 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab 10-sinfdan ikkinchi xorijiy til oʻqitiladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari roʻyxati tasdiqlangan.

Shuningdek, mazkur buyruq bilan hududiy boshqarmalarga ikkinchi xorijiy tilni oʻqitish uchun malakali mutaxassislarni jalb etish; har chorakda ikkinchi xorijiy tilga oʻqitish amaliyoti borasida amalga oshirilgan amaliy ishlarni o‘rgani hamda toʻgʻrisida vazirlikka maʼlumot kiritib borish hamda amaliy uslubiy yordam ko‘rsatish vazifalari yuklatilgan.

Joriy yilning 13-dekabr kuni Kasbi tumanida mazkur yo‘nalish bo'yicha maktab direktorlarining o‘rinbosarlari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi hamda tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganilib, amaliy uslubiy yordam ko‘rsаtildi.


@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

PISA — 2025
(Qashqadaryo)

PISA-2025 tadqiqotida o‘quvchilarning munosib ishtirokini ta’minlash hamda seminar treninglar o‘tkazilishi O‘zbekiston respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024 yil 5-noyabrdagi 31-son yig‘ilish bayoniga asosan rejalashtirilgan edi.

Shu yuzasidan joriy yilning 3-4 dekabr kunlari Avloniy nomidagi milliy tadqiqot institutida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda pedagogik mahorat markazining yetakchi mutaxassislaridan iborat guruh Respublika miqyosida o‘tkazilgan seminar treninglarda ishtirok etib keldi. Shu munosabat bilan mazkur seminar-treningning davomi sifatida barcha tumanlarda tashkil etilmoqda.

Mazkur trening viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tashkil etildi.

Treninglar davomida ishtirokchilarga PISA-2025 tadqiqoti va o‘quvchilarning munosib ishtiroklarini ta’minlash yuzasidan zarur tavsiya va topshiriqlar berildi.

Lavhada: Koson, Muborak tumanlaridagi jarayon aks etgan.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Natija

Qarshi shahar 14-umumiy o'rta ta'lim maktabi 9-sinf o'quvchisi Mamadiyorova Nozima IELTS 7 qo'lga kiritdi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari ishtirokchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Abu Muin Nasafiy” spektakli namoyishi boʻlib oʻtdi.

Mazkur tarixiy asar dramaturg Nafas Shodmonov ijodiga mansub boʻlib, rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Valixon Umarov tomonidan sahnalashtirilgan. Barcha rollarni viloyat musiqali drama teatri aktyorlari mahorat bilan ijro etdilar.

Spektaklda kalom ilmining allomasi – mutakallim faqih olim Abu Muin Nasafiy yashagan davr – XI asr voqealari gavdalantirilgan.

Tomosha barcha yig‘ilganlarda oʻzgacha taassurot qoldirdi.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tomonidan “Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish hamda tarbiyalanuvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish” mavzusida o'quv-seminarlari tashkil etilmoqda.

Reja asosida 11-dekabr kuni tumandagi 8-9-Davlat Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida “Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish hamda tarbiyalanuvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish” mavzusida o'quv-seminar treninglar bo'lib o‘tdi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…
Подписаться на канал