|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz
Bag'rikеnglik shiorimiz!
Joriy yilning 16-noyabrdan O'zbekistonda bag'rikenglik anjumanlari barcha ta'lim muassasalarida hamda tashkilotlarda bo'lib o'tmoqda.
Shu munosabat bilan dunyoda tinchlik-totuvlik do'stona qadriyatlarimizni mustahkamlash yosh avlodga barcha millat qadriyatlarini singdirish, o'qtirish maqsadida Fayyoza Ismatova rahbarlik qilayotgan 7-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida tadbir bo'lib o'tdi.
Ma'lumki bugungi kunda O'zbekustonda 130 ga yaqin millat vakillari tinch va osuda, totuvlikda umrguzaronlik qilib kеlishmoqda. Mazkur tadbirda maktabning rus tili, tarix fanlari o'qituvchilari Nasiba Shokirova, Fotima Ochilova, maktab direktori Fayoza Ismatovalar mavzu yuzasidan o'z fikr mulohazalarini bildirishdi.
Qiziqarli va uyushqoqlik bilan tashkil etilgan anjumanda Shahrisabz shahridagi 25 ta maktabdan vakillar anjumanga ishtirok etishdi.
@Qashqadaryo_MMTB
#Hokim_tashabbusi
Qashqadaryo viloyat hokimining "Ibrat farzandlari" olimpiadasining viloyat bosqichi o'tkazildi
(+video)
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
❗️DIQQAT E'LON!
QASHQADARYO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZIGA VAKANSIYA
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 6-sentabrdagi 297-sonli buyrug'iga asosan Qashqadaryo viloyati PMM "vakant" bo'lib turgan quyidagi lavozim uchun tanlov e'lon qilаdi:
Metodik xizmat ko'rsatish bo'limi maktabgacha ta'lim metodisti.
✅Vakant lavozimga pedagogika (maktabgacha ta'lim) yo'nalishi bo'yicha oliy, bakalavr diplomiga ega bo'lishi (magistratura diplomiga egalik afzallik beradi
✅ Nomzodlardan nimalar talab etiladi.
➖zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida turli ish dasturlari bilan ishlashda yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi;
➖Davlat tilini bilishi (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik beradi);
➖ ta’limning zamonaviy metodikalarini bilishi;
➖kamida uch yildan kam bo'lmagan pedagogik ish stajiga ega bo'lishi talab etiladi.
📆Hujjatlar 25-dekabrgacha qabul qilinadi.
Murojaat uchun telefon:
📱+998 91 226 94 08 Abdiyev Jahongir Ro'zibayevich
#master_klass
Bugun, 29-noyabr kuni Osiyo texnologiyalar universitetida Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Davron Tojiyev ishtirokida o'tkazilgan master-klass jarayonlaridan lavhalar...
@Qashqadaryo_MMTB
Barcha ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari diqqatiga!
Ma'lumki, Respublikamiz hududiga g'ayriqonuniy yo'llar bilan pirotexnika vositalari kirib kelishi hamda ularni yashirin savdoga chiqishi natijasida har kuni minglab bolalar tan-jarohati olib sog'ligiga jiddiy ta'sir ko'rsatmoqda.
Ayni paytda tegishli tashkilotlar tomonidan tezkor tadbirlar o'tkazilib qonunbuzarlar ushlanmoqda.
Sizlardan aynan shu masalaga jiddiy e'tibor qaratgan holda farzandlaringizni bu kabi portlovchi vositalarga yaqin yo'lamasliklarini nazoratga olishingizni so'ramiz. Bu borada ta'lim muassasalarida qat'iy chora-tadbirlar ishlab chiqilib, salbiy oqibatlari bo'yicha o'quvchilarga tushuntirish targ'ibot ishlari boshlab yuborildi.
Unutmang, farzandlaringiz kelajagi, ma'naviy va jismoniy barkamolligi barchasidan muhim!
Yakkabog' tuman 75-umumiy o'rta talim maktab MMIBDO' S.Karimov barcha ota-onalarni ogohlikka chaqirmoqda.
@Qashqadaryo_MMTB
Qashqadaryo viloyati Koson tumani 9-maktab 11-sinf oʻquvchisi Sanoqulova Farzona Elbek qizidan ijobiy natija....
@Qashqadaryo_MMTB
Ижобий натижалар....
Шаҳрисабз туманидаги 30-мактаб ўқувчисидан ажойиб натижа. Мактабнинг 11-синф ўқувчиси Баратова Мунаввара чет тилини билиш даражаси B2 миллий сертификат ва она тили ва адабиёт фанидан B даражадаги сертификатни қўлга киритиб ОТМ га киришга имтиёзга эга бўлди, ОТМ га киришни деярли нақд қилиб қўйди.
#Jarayon
Muborak tumani Maktabgacha va maktab ta‘lim bo‘limiga qarashli 18-dmttda tashkilot direktorlariga Ilk qadam o'quv dasturi asosida mahorat soati o'quv seminari bo‘lib o‘tdi.
@Qashqadaryo_MMTB
Germaniyada kasbiy ta’limni (Ausbildung) boshlamoqchimisiz.. marhamat!
Siz nemis tilini o‘rganyapsiz va Germaniyada Ausbildungda o’qishni istaysizmi? Buni qanday amalga oshirilishini bilmoqchimisiz? Unda 28-noyabr kuni soat 16:00 da Germaniyalik hamkorlar tomonidan tashkil qilinadigan bepul onlayn axborot tadbirda ishtirok eting.
Tadbirda Germaniya hukumatining “Apal” loyihasi haqida ma’lumot beriladi va unda siz o‘qishning imkoniyatlari, kasblar haqida va zarur barcha ma'lumotlarni bilib olasiz.
Shunchaki o‘z elektron pochta manzilingiz bilan quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘ting. Ro‘yxatdan o‘tgach, sizga tadbirga kirish havolasi yuboriladi! Biz sizni onlayn uchrashuvda kutib qolamiz!
Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, siz ushbu tadbirda o‘z maktabingiz yoki o‘quv markazingizdan qatnashishingiz mumkin. Agar siz 18 yoshdan kichik bo‘lsangiz, ota-onangizning roziligi talab etiladi. Ota-onangiz ham tadbirga taklif etiladi. Tadbir nemis va o‘zbek tillarida olib boriladi.
Qo'shimcha ma'lumot uchun: 91-961-35-11
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
🔴🍵🍵🍵🍵🍵🍵🍵Olimpiada jarayonidan lavhalar
@Qashqadaryo_MMTB
#Live
Ayni damda asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichi o'tkazilmoqda
@Qashqadaryo_MMTB
Malakaviy attestatsiya sinovlaridan muvafaqqiyatli o‘tgan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik yo‘nalishida malaka attestatsiya imtihonlaridan muvafaqqiyatli o'tgan tinglovchilar ishtirokida taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda, viloyat MMT boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Tojiyev ishtirok etdi. ChQBT fani o‘qituvchilariga samimiy tilaklar yo‘llanib o‘quvchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda jonbozlik ko'rsatishlari muhimligi ta'kidlandi.
Ma'lumot uchun, 2023-yil 8-noyabrdagi VM-591-son qarori, Maktabgacha va maktab ta'limi, Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024-yil 19-yanvardagi tegishli qo‘shma qaroriga asosan o‘quv kursi jami 108 soat, 36 soati onlayn va 72 soati oflayn shaklda o'tkazilishi belgilangan.
@Qashqadaryo_vxtb
✍"Doʻrmon ijodkorlar klubi" a'zolarining navbatdagi uchrashuvi Qashqadaryo viloyatida bo‘lib o‘tdi.
- Uchrashuv davomida "Global Education" o‘quv markazi koordinatori Nurmatova Xusnora Sheraliyevna "Do‘rmon ijodkorlar klubi" a'zoligiga;
- Qarshi shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Akmalova Marjona "Turon yosh ijodkorlar" uyushmasi a'zoligiga;
- Qarshi shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Karimova Aziza "Turon yosh ijodkorlar" uyushmasi a'zoligiga qabul qilindilar.
📒 Guvohnomalarni Turon Fanlar Akademiyasining akademigi hamda vitse-prezidenti, "Turon xalq shoiri", Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining a'zosi Amir Xudoyberdiyev topshirdi.
Cho‘lpon: "Adabiyot - ko‘ngildagi kirlarni yuvguvchi o‘tkir ma'rifat suvidir".
ПСИХОЛОГЛАР КАСБ БАЙРАМИ НИШОНЛАНДИ
Бугун Чироқчи туман Мактабгача ва мактаб бўлимида умумий ўрта таълим мактабларнинг амалиётчи психологлари учун 22-ноябрь Халқаро психологлар куни муносабати билан байрам тадбири бўлиб ўтди.
Тадбирда иштирок этган Мактабгача ва мактаб таълими туман бўлими бошлиғи Фарҳод Жуманов психологларни касб байрами билан табриклаб уларга эсдалик совғаларини топширди.
@Qashqadaryo_MMTB
Вояга етмаган болалар иштирокида содир этилаётган йўл-транспорт ҳодисаларини бравақт олдини олиш мақсадида бошқармалар ўртасида танқидий муҳокама йиғилиши бўлиб ўтди.
Қашқадарё вилояти ҳудудида болалар иштирокида содир этилаётган йўл-транспорт ҳодисаларини олдини олиш ва ушбу йўналишдаги қарорлар ижросини таъминлашда йўл қўйилаётган камчиликлар юзасидан вилоят ИИБ ЖХХ ЙҲХБ ва Мактабгача ва мактаб таълим бошқармаси бошлиқлари ҳамда 1230 га яқин таълим муассасалари раҳбарлари иштирокида танқидий руҳдаги мухокама йиғилиши ўтказилди.
@Qashqadaryo_MMTB
Qashqadaryolik o'quvchidan tarannum etguvchi maqomlar
Shahrisabz shahar 7-umumta’lim maktabning 10-"B" sinf o'quvchisi Kamolova Shoxsanam Jamoliddin qizi ijodidan lavhalar...
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
#Hokim_tashabbusi
Qashqadaryo viloyat hokimining "Ibrat farzandlari" olimpiadasining viloyat bosqichi o'tkazildi
Bugun Qarshi shahar 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Qashqadaryo viloyat hokimining "Ibrat farzandlari" olimpiadasining viloyat bosqichi o'tkazildi.
Ma'lumot uchun: Mazkur olimpiada 3 ta bosqichdan iborat bo'lib, birinchi maktab bosqichi, ikkinchi tuman(shahar) bosqichi, uchinchi viloyat bosqichidir.
Tuman(shahar) bosqichida 6000 dan ziyod 9-,10-,11-sinf o‘quvchilari, hamda kasb-hunar maktablarining 1-2-kurs talabalari ishtirok etdi.
Viloyat bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchi yoshlarga 1-o'rin uchun noutbuk, 2-o'ringa 43 televizor, 3-o'ringa esa 32 televizorlari bilan taqdirlanadilar.
#Live
Ayni damda Qarshi shahar 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Qashqadaryo viloyat hokimining "Ibrat farzandlari" olimpiadasining viloyat bosqichi o'tkazilmoqda.
Jarayon boshlanish arafasida.
@Qashqadaryo_MMTB
O'zbekiston — umumiy uyimiz!
G'uzor tumanidagi 6-umumtaʼlim maktabi 1967-yildan beri faoliyat olib bormoqda.
Maktab direktori Pets Alena Yuryevna boshchiligida
" O'zbekiston-umumiy uyimiz!"shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi.
Ushbu tadbir oʻtkazilishidan asosiy maqsad oʻqituvchilarni yangi metodlarini tahlil qilish va tajriba almashish.
Dars jarayonlarini koʻzatish,tahlil qilish va metodik yordam koʻrsatish maqsadida Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazi metodik xizmat koʻrsatish boʻlimidan rus tili fani metodisti G.Sultonova, " Rossiyaning "Класс!" dasturi doirasida tashrif buyurgan rus tili metodisti Yekaterina Yuriyevna, nemis va fransuz tili fanlari metodisti S.Raxmatullayeva va koʻpgina mehmonlar tashrif buyurishdi.
#master_klass
⚡️ MAKTABGACHA TA'LIM RIVOJI UCHUN ENG ILG‘OR YONDASHUVLAR BO‘YICHA MASTER-KLASS TASHKIL ETILDI
👥 Joriy yilning 29-noyabr kuni Osiyo texnologiyalar universitetida Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Davron Tojiyev ishtirokida master-klass tashkil etilib, qiziqarli mavzular bo‘yicha suhbat o'tkazildi.
👥 Master-klass davomida ta'limda bolalarni ilm olishga qiziqtirish va ularning intellektual salohiyatlarini oshirish uchun innovatsion yondashuvlarning ahamiyati, bolalarning qiziqishlari va ijodiy salohiyatlarini uyg‘otish uchun o‘yinlar orqali o‘qitish, STEAM metodikasidan foydalanish va har bir bolaning ehtiyojlarini inobatga olgan holda individual yondashuvni qo‘llash zarurligi haqida ta'kidlab o'tildi.
➡️ Ushbu master-klass ishtirokchilar uchun nafaqat qimmatli bilim va tajriba berdi, balki ularni ta'lim jarayonida yangi g‘oyalarni qo‘llashga ko'mak beradi desak mubolag'a bo'lmaydi.
@Qashqadaryo_MMTB
#Mirishkor
Barkamol avlod bolalar maktabida mashg'ulotlar qizg'in davom etmoqda!
✔️ "Barkamol avlod bolalar maktablari yoshlarning intellektual va ijodiy rivojlanishi uchun yo'l ochib beruvchi maskan!
🫧Mirishkor tuman "Barkamol avlod " bolalar maktabi etti yo‘nalishda o‘quvchi yoshlarni bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazmoqda.
@Qashqadaryo_MMTB
Чироқчида “Муваффақият сари — йўл” шиори остида учрашув ўтказилди.
Тумандаги 31-сонли умумий ўрта таълим мактабида ўтказилган учрашувда мактабнинг собиқ битирувчиси Чироқчи туман Мактабгача ва мактаб таълими бўлими бошлиғи Жуманов Фарход Каримович ўзининг ҳаёт йўли ва эришган муваффақиятлари ҳақида йиғилганларга сўзлаб берди.
Учрашув давомида мактаб ўқувчилари ўзларини қизиқтирган саволлар билан юзланишди ва батафсил жавоблар олишди. Учрашувда фаол иштирок этган ўқувчиларга китоблар тақдим қилинди. Тадбир якунида Фарход Жуманов ўзи таҳсил олган мактаб кутубхонаси учун 200 дона бадиий ва илмий китоблар жамланмалари ҳамда 2 дона телевизор совға қилди.
Ёшларнинг она-Ватанга муҳаббат, илмга, китобга, ҳаётга бўлган қизиқишининг янада кучайишида бу каби учрашувларнинг ўрни беқиёсдир.
@Qashqadaryo_MMTB
Mirishkor tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli umumta'lim maktablari hamda DMTT larda “Yashil makon” umummilliy loyihasida doirasida 5000 ya yaqin daraxt va gul ko'chatlari ekildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda.
@Qashqadaryo_MMTB
“Jarayon” Qarshi shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamda Qashqadaryo viloyat pedagogik mahorat markazi hamkorligida tashkil etilgan oʻquv-amaliy seminarlar tafsilotlari
#23nov #qashqadaryo_trk
📱Rasmiy telegram kanalimiz
👉/channel/qashqadaryo_trk
#Olimpiada
Umumta'lim fanlari bo'yicha asosiy fan olimpiadaning uchinchi — viloyat bosqichi hamda xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan nomzodlarni saralash bosqichi o'tkazilmoqda — QASHQADARYO
Mazkur olimpiada jarayoni kunlar ketma-ketligida o'tkazilib, unga 15 mingdan ortiq o'quvchilar ishtirok etadi.
Olimpiada jarayonini ochilish marosimida Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i Ubaydulla Oripov ishtirok etib, o'quvchilarni kelgusidagi faoliyatiga omad tiladi.
Olimpiada jarayoni davom etmoqda.
Qayd etish lozimki, olimpiada jarayoni adolatli va shaffof o'tkazilishini inobatga olib, ota-onalar yoki pedagog ustozlar o'z o'quvchilarini olimpiada jarayonini onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan.@Qashqadaryo_MMTB Читать полностью…
Qarshi shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i B. Mo'minov ta'lim tashkilotlaridagi issiqlik tizimini o'rganmoqda.
@Qashqadaryo_MMTB
Аввал бошланғич мактаб сифатида фойдаланилиб келинган бино қайта таъмирланди
Чироқчи туманининг "Қахрамон" маҳалласида 14-сонли умумтаълим мактабнинг эски биноси капитал таъмирланиб, замонавий кўриниш касб этган ва мактаб учун қўшимча равишда давлат бюджети маблағлари ҳисобидан умумий қиймати 400 миллион сўмлик ҳамда ҳомийлар томонидан, 96 ўринга эга янги замонавий мактаб биноси қайта реконструкция қилиниб қўшимча бино сифатида ўқувчилар учун фойдаланишга топширилди.
@Qashqadaryo_MMTB
#Hashar_elga_yarashar
#Yashil_makon
Ta'lim tashkilotiga biriktirilgan hudud obodonlashtirilmoqda
Ma'lumki, xalqimiz ma'naviyatida, qadriyatlarida boshqa xalqlar o'rgansa va o'z tajribasida qo'llashga arziydigan ko'pgina ibratli tajribalari mavjud. Masalan, "hashar" deb atalgan tadbir barchani birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Hashar — bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam.
ЧИРОҚЧИ ТУМАНИДА ПСИХОЛОГЛАР КАСБ БАЙРАМИ НИШОНЛАНДИ
@Qashqadaryo_MMTB
#Mehrjon_bayrami
Kuz fasli – to‘kinlik, qut-baraka, pishiqchilik fasli hisoblanadi. Mehrjon esa — kuzgi teng kunlikda nishonlanadigan hosil bayramidir. Bu bayram o‘zida kuz faslining butun tarovati, ziynati, fazilatini namoyon etadi.
Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati Nishon tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida "Karving", "Munchoqli bezak", "Kompyuter dizayni va grafikasi" toʻgarak aʼzolari oʻrtasida “Mehrjon" bayrami keng nishonlandi.
Bunda toʻgarak aʼzolari jannatmakon yurtimiz, ona zaminimiz, mehnatkash xalqimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etish, mevalar, sabzavotlarning rasmlarini chizish, ulardan bejirim shakllar yaratish orqali Ona tabiatning moʻjizalari va Oltin kuz faslining fazilati haqida aniq tasavvur va bilimlarga ega bo‘ldilar.
@Qashqadaryo_MMTB