qashqadaryo_mmtb | Неотсортированное

Telegram-канал qashqadaryo_mmtb - Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

68516

|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz

Подписаться на канал

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Maktab o‘quvchisi xalqaro olimpiadada 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi

Chiroqchi tumani 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quvchisi xalqaro olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Maktabning 1-sinf o‘quvchisi Bibisora Xudoyberdiyeva BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro "Mental arifmetika" olimpiadada ishtirok etib ajoyib natijaga erishdi.

Bibisora Xudoyberdiyevani ushbu g‘alaba bilan tabriklaymiz.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Hashar_elga_yarashar
#Yashil_makon

Ta'lim tashkilotlari hududi obodonlashtirilmoqda

Ma'lumki, xalqimiz ma'naviyatida, qadriyatlarida boshqa xalqlar o'rgansa va o'z tajribasida qo'llashga arziydigan ko'pgina ibratli tajribalari mavjud. Masalan, "hashar" deb atalgan tadbir barchani birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Hashar — bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam.


Bugun Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hududida hashar tashkil etildi.

Boshqarma boshlig'i boshchiligida hashar davomida boshqarmaning ichki va tashqi hududlarida obodonlashtirilib, chiqindilardan tozalash bilan bir qatorda, gul ko'chatlari ekildi va daraxtzorlar ko'paytirildi.

Shuningdek, viloyatdagi barcha ta'lim tashkilotlarida hashar tashkil etilib, ta'lim tashkilotlari obodonlashtirilmoqda.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Maktab o‘quvchilari xalqaro olimpiadada 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi

Qarshi shahar 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quvchilari xalqaro olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritishlari bilan barchani quvontirishdi.

Maktabning ingliz tili o‘qituvchisi Malika Boltayevaning rahbarligida, 4-sinf o‘quvchisi M.Xudoyberdiyev va 9-sinf o‘quvchilari L.Qo‘ldosheva hamda F.Boltayeva BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan olimpiadada ajoyib natijalarga erishdilar. Bu g'alaba o'quvchilarning bilimlari, mehnati va o'qituvchilarining fidokorligi natijasidir.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

II Qashqadaryo Bolalar forumi o'tkazildiQASHQADARYO

Qashqadaryo viloyati Yoshlar ishlari agentligi, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Bolalar tashkiloti hududiy bo’limi hamkorligida maktab o’quvchilarini kuzgi ta’til davrida bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “II Qashqadaryo Bolalar forumi” tashkil etildi.

📑Mazkur forumda Qarshi shahri va shahar markaziga hududlardagi ta’lim muassasalardan 400 dan ortiq o’quvchi yoshlari ishtirok etishdi.

🌎Ushbu forum doirasida yoshlar “Bolalar quiz”, ingliz tili bo’yicha “Ibrat olimpiadasi”, “Kibersport” musobaqasi va “Raqslar tanlov”lari bo’yicha o’z iste’dod va qobilyatlarini namoyish etishdi.

➡️Forum doirasida tashkil etilgan loyihalarda g’olib bo’lgan yoshlar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar!


Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryoda ilk bora “NextGen Olympic” olimpiadasi o'tkazildi

7-8-noyabr kunlari IT Klasterda “NextGen Olympic” olimpiadasi boʻlib oʻtdi. Unda jami 148 nafar oʻquvchilar qatnashib, oʻz bilimlarini sinab koʻrishdi.

Taqdirlash jarayonida Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i o'rinbosari D. Tojiyev hamda sohaviy mas'ul xodimlar ishtirok etishdi.

Quyida gʻoliblar roʻyxati bilan tanishishingiz mumkin:

5-sinflar
1-oʻrin: Sheraliyev Rishodbek - Qarshi tumani
2-oʻrin: Yoʻldoshev Behruz - Gʻuzor tumani
3-oʻrin: Sirojiddinov Xayriddin - Qarshi shahar

6-sinflar
1-oʻrin: Toʻlinova Zahro - Gʻuzor tumani
2-oʻrin: Yoqubov Odiljon - Kasbi tumani
3-oʻrin: Qudratova Sabrina - Shahrisabz tumani

7-sinflar
1-oʻrin: Soliyev Nurshodxon - Yakkabogʻ tumani
2-oʻrin: Maxmadustov Ibrohim - Qarshi shahar
3-oʻrin: Sirojov Axmadxon - Kasbi tumani


Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

U uddaladi!

Bugungi kunning qahramonlaridan biri Mohira Boltayeva.

U bugun 23 yosh va chin maʼnoda Kimyo fani yulduziga aylandi.

U tayyorlagan oʻquvchilarning 10 ga yaqini mintaqaviy olimpiadalarda, 3 nafari esa nufuzli xalqaro olimpiadalarda gʻalabalarga erishdi va u bugun uyiga 400 million soʻmga yaqin mablagʻ bilan qaytadi.

Unga nafaqat qizlar, oʻqituvchilar, balki ota-onalar ham havas qilmoqda.

Barakalla, Mohira, jamoamizda siz kabi oʻqituvchilar borligidan gʻururlanaman.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Mintaqaviy olimpiadalar: umumiy 78 ta medal, ustozlarga qariyb 1 milliard soʻm mukofot

✅ Joriy yilda oʻtkazilgan 11 ta mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda oʻzbekistonlik oʻquvchilar umumiy hisobda 78 ta medal (9 ta oltin, 20 ta kumush, 49 ta bronza)ni qoʻlga kiritdi.

Bugungi taqdirlash marosimida:

oltin medalni qoʻlga kiritgan 9 nafar oʻquvchi umumiy hisobda — 40 million 500 ming soʻm va ularning ustozlari umumiy hisobda — 168 million 750 ming soʻm;

kumush medalni qoʻlga kiritgan 20 nafar oʻquvchi umumiy hisobda — 60 million soʻm va ularning ustozlari umumiy hisobda — 262 million 500 ming soʻm;

bronza medalini qoʻlga kiritgan 49 nafar oʻquvchi umumiy hisobda — 110 million 250 ming soʻm va ularning ustozlari umumiy hisobda — 551 million 250 ming soʻm pul mukofotiga ega boʻldi.

👏 Quvonarlisi, mazkur mintaqaviy xalqaro olimpiada sovrindorlari ustozlarining umumiy mukofot jamgʻarmasi qariyb 1 milliard soʻmni tashkil etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

📣 9 milliard soʻm: mukofot jamgʻarmasi 5 yilda 11,5 barobarga koʻpaydi

🔹 2023-2024-oʻquv yili davomida xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlari hamda asosiy olimpiadalarning viloyat va respublika bosqichlari gʻoliblarini taqdirlash uchun davlat byudjetidan jami 9 mlrd. soʻm yoʻnaltirildi.

👉 Bu koʻrsatkich 2019-yilgi 780 mln soʻmdan qariyb 11,5 barobarga koʻpdir.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Jarayon
#Tashviqot_MMTB_BOSHQARMA

"Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida profilaktik targ‘ibot tadbirlari o'tkazilmoqda

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida viloyat IIB terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi bo'lim boshlig'i F. Muhammadiyev, O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitasining viloyat hududiy boshqarmasi mas'ul xodimi M.Ravshanovalar hamda soha mutasaddilari ishtirokida targ'ibot tadbir o'tkazildi.

📃Profilaktik tadbir davomida ta'lim tashkilotlarida kuzatilayotgan tanqidiy jarayonlar va ularning salbiy oqibati, din niqobi ostida mafkuraviy harakatlarni kuchayib borishini kamaytirish, axborot xavfsizligi, ma'lumotlarni saqlash,tarqatish, har xil tandiy ahamiyat(taqiqlangan) ga ega internet tarmog'idan foydalanmaslik, yoshlarga oid davlat siyosatini qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targ'ib qilish masalalari va boshqa galdagi vazifalar muhokama etildi.


Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar, maktab rahbarlari oldida turgan dolzarb vazifalar ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

Chiroqchi tumani Madaniyat markazi binosida Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig'i Farxod Jumanov boshchiligida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlari bilan bugungi kunda taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar, maktab rahbarlari oldida turgan dolzarb vazifalar ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

Tanqidiy yig'ilishni kun tartibidagi: pedagog xodimlar malaka oshirishga o‘z vaqtida borishini ta‘minlash, 2024-2025 o‘quv yili bitiruvchilari uchun shahodatnomaga buyurtmalarni shakllantirish, xorijiy til o‘qituvchilarning milliy va xalqaro sertifikatlarini ERP bazasiga kiritib borilishini nazorat qilish, ta‘lim muassasalarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, isitish qozonlarini yoqib sinovdan o‘tkazish, emaktab.uz elektron saytga o‘quvchlarni kunlik baholab borilishini nazorat qilish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

MAHORAT MASHG’ULOTI

Shahrisabz tuman
"Barkamol avlod” bolalar maktabi
ning “Turizm va ekologiya" yo’nalishidagi “Yosh ekolog va tabiatshunos“ to’garagida
mahorat mashg‘uloti oʻtkazildi.

☝Mashg‘ulotda yangi pedagogik texnologiyalar va noan’anaviy usullardan  foydalanildi.

To’garak rahbari: Zamira Shodmonova.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryoda maktablar ligasi sport musobaqasini viloyat bosqichi o'tkazilmoqda

Ayni damda umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat sporti turi bo‘yicha maktablar ligasi sport musobaqasini viloyat bosqichi o'tkazilmoqda.

Yakuniy natijalar bo'yicha qo'shimcha axborot beriladi.


Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Live
#Matbuot_anjumani

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Jadidlar izidan” Respublika tanlovini tashkil etish va oʻtkazish jarayonlari tafsilotiga bag‘ishlangan matbuot anjumani boshlandi.

👉 Tadbirni jonli efirda kuzating.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Natijalar_gapirsin

Qashqadaryolik o'quvchi yuqori natijaga erishdi

Qarshi shahar 10-o'rta ta'lim maktabi 10-sinf o'quvchisi Qahramonov Alisher IELTS dan 7.0 natijani qo'lga kiritdi.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

SIFATLI TA'LIM - SAMARALI NATIJA...


Muborak tuman “Barkamol avlod" bolalar maktabi “Xorijiy tillar” yo'nalishidagi to‘garaklar haqida.

Xususan, Muborak tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida ushbu yo‘nalish bo'yicha tashkil etilgan "Rus tili" to'garagida 44  nafar o‘quvchi-yoshlar yoʻnalish sirlarini o‘rganib kelmoqdalar.

Maktabimizda "Xorijiy tillar" yo'nalishida faoliyat olib borayotgan "Rus tili" to'garak rahbari Xalimova Zarnigor tomonidan jadval asosida to'garak mashg‘ulotlari o‘tib kelinmoqda va mashg'ulot jarayoni uslubchilar Fayziyeva Shohista va Ibragimova Mohidil tomonidan tahlil qilindi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Ota_onalar_fikri

Farzandlari nufuzli xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan ota-onalarning faxrga to‘la so‘zlariga quloq tutdik.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Xalqaro_hamkorlik

G'uzorlik o'qituvchining ish tajribasi Koreyadagi nufuzli kompaniya tomonidan e'tirof etildi

O'zbekistondagi RoboticsWare kompaniyasi direktori Hu Minsoo va yetakchi mutaxassisi  Lee Jeong Jun G'uzor tumanidagi U.Uvatov nomli 1-umumiy o’rta ta’lim maktabiga tashrif buyurishdi.

Mutaxassislar tashrif davomida maktab direktori Lola Usmonova, informatika va AT fani o’qituvchisi Mavlanov Azamat va informatika fanidan tashkil etilgan “ENTRY ijodkorlar” to'garak mashg’uloti a'zolari bo’lgan o’quvchi yoshlar bilan uchrashdilar.

O'zbekistondagi RoboticsWare kompaniyasi direktori Hu Minsoo va maktab ma'muriyati o'rtasidagi muzokarada o'qituvchi A.Mavlanov faoliyati muhokama qilindi.

Mazkur maktabda tashkil qilingan “ENTRY ijodkorlar” to'garak mashg’ulotlari uchun "NEO SoCo" robototexnika jamlanmalari topshirildi.

Quvonarlisi shundaki, Koreyaning Neopia ixtisoslashgan kompaniyasi va O'zbekistondagi RoboticsWare kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan “6-NEOBOT ” tanlovida qatnashib yuqori o'rinlarni qo'lga kiritgan Haydarov Javohir “Grand mukofot”, Husanov Ozodbek “Bosh mukofat” bo’lgan diplom va esdalik sovg'alarini qabul qilib oldilar.


Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

♟"YOSH CHEMPION" shaxmat musobaqasinig tuman bosqichi
o‘tkazildi

Nishon  tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida "Yosh chempion'' musobaqasining 12 yoshdan 14 yosh doirasida o'g'il va qiz  bolalar o'rtasida "SHAXMAT" musobaqasi saralash bosqichi o‘tkazildi.

♟Musobaqada "Barkamol avlod" bolalar maktabning "Shaxmat" to'garak a'zolaridan 22 nafar o‘quvchilar  ishtirok etdi.

Tadbir natijasiga ko‘ra,

O'g'il bolalar o‘rtasida;
🥇  Xurramov Javohir
🥈  Oromov Elbek
🥉  Uralov Javohir.

Qizlar o‘rtasida;
🥇 Oromova Laylo
🥈Dulabova Durdona
🥉 Abdunazarova Zarina.

Musobaqa g‘oliblari  viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Тиббиёт ходимлари куни муносабати билан соҳа ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы работников сферы здравоохранения в связи с Днем медицинских работников"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Daler Rahimov

Bugungi taqdirlashda bu ism-sharif qayta-qayta jarangladi.

56-Xalqaro kimyo olimpiadasida oltin medalni qo’lga kiritib, ilm-fan tarixiga kirgan Daler bugun hammamizning gʻururimiz.

Bugun u 16 yosh va bilimi orqali 200 million soʻmdan ortiq mablagʻni qoʻlga kiritdi.

Men ishonaman, butun Respublikamiz boʻylab Daler kabi qobiliyatli oʻquvchilar koʻp va ularning har biri katta qahramonlik qilishga qodir.

Aziz oʻquvchilarim, sizlar ham tarix sahifalariga oʻz ism-sharifingizni yozib qoldiring. Men sizlarga ishonaman.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Президент Шавкат Мирзиёев мактабларда мусиқа, жисмоний тарбия ва ҳарбий ватанпарварлик фанлари сифатини ошириш бўйича тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о повышении качества преподавания музыки, физической культуры и военно-патриотического воспитания в школах.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Axborot 24 | Fan olimpiadasi g`oliblarini taqdirlash marosimi
#8nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

📣 Tarixiy yutuq: xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda 80 ta medal

🔹 Oʻquvchilarimizning joriy yilda xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda, jumladan:

➖ Tailandning Bangkok shahrida oʻtkazilgan 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 5 ta (3 ta kumush va 2 ta bronza);

➖ Qozogʻistonning Olmaota shahrida oʻtkazilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida 14 ta (2 ta oltin, 3 ta kumush va 9 ta bronza);

➖ Rossiyaning Adigeya shahrida oʻtkazilgan 9-Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida 4 ta (1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza);

➖ Xitoyning Shenjen shahrida oʻtkazilgan 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida 5 ta (1 ta kumush va 4 ta bronza);

➖ Bolgariyaning Varna shahrida oʻtkazilgan 41-Bolqon Matematika olimpiadasida 5 ta (2 ta kumush va 3 ta bronza);

➖ Xitoyning Xanchjou shahrida oʻtkazilgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi (APIO)da 1 ta bronza;

➖ Braziliyada oʻtkazilgan (onlayn) Osiyo-Tinch okeani mintaqasi matematika olimpiadasi (APMO)da 7 ta bronza;

➖ Buxoro shahrida oʻtkazilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasida 12 ta (3 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza);

➖ Turkiyaning Antaliya shahrida oʻtkazilgan 28-Oʻsmirlar oʻrtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi (JBMO)da 6 ta (3 ta kumush va 3 ta bronza);

➖ Hindistonda oʻtkazilgan Xalqaro matematika musobaqasi (IMC)da 18 ta (3 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza);

➖ Germaniyada oʻtkazilgan Xalqaro nemis tili olimpiadasida 1 ta oltin;

➖ Xitoyda oʻtkazilgan Xalqaro iqtisod olimpiadasida 1 ta bronza;

➖ Eronda oʻtkazilgan Yevropa qizlar xalqaro IT olimpiadasi (EGOI)da 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Natija

Qashqadaryolik o'quvchidan xalqaro darajadagi TOP natija...

Qarshi shahar 1-o'rta ta'lim maktabi 11-sinf o'quvchisi Alimova E’zoza IELTS dan 7.0 natijani qo'lga kiritdi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Нишон туманида болажонлар учун қулай шароитларга эга боғча фаолиятини бошлаганидан хабардормисиз?

Мазкур таълим ташкилотида болажонларингиз учун энг сўнги методик ўқув жараёнлар, ментал арифметика, логопед, хорограф хизматлари ва қулай тўгарак(спорт, мусиқа ва ҳ. к) лар интерфаол усулларда олиб борилади.


❗️Барча Нишон туманилик ота-оналар диққатига!

Фарзандларингизни Стар Кидс(Нуристон олмосчалари) мактабгача таълим ташкилотида тарбияланиши учун қулай вақтни қўлдан бой берманг!

—Зеро, «фарзанд тарбияси — келажак мевасидир».

📃Мурожаат учун:
📞
+998(97)-291-9199
🔍телеграм: @Samadova_Maxbuba

———
Каналга уланиш: @Rasmiykanal_uz

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Live
#Attestatsiya

Qashqadaryoda malaka (test) sinovlariga start berildi
(+video)

Eslatib o'tamiz, mazkur sinovlarda 14 mingga yaqin pedagoglar ishtirok etishi rejalashtirilgan.


Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadarvo viloyati Maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasi tizimida faoliyat ko'rsatayotgan barcha darajadagi xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalarini o'rganish maqsadida anonim so'rovnoma tashkil etildi.

✔️Bundan ko'zlangan maqsad tizim tashkilotlar va muassasalar uchun tavsiyalar ishlab chiqish va korrupsiyaning olini olish bo'yicha yanada samarali chora-tadbirlarni tashkil etishga qaratilgan.

❗️ Faol bo'ling! Sizning javobingiz biz uchun muhim!

👉 https://forms.gle/QhbaSeUor2VKv3xg9

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan imkoniyati cheklangan bolalar o‘rtasida "Davlat ramzlari mening nigohimda" mavzusida rasmlar tanlovi e’lon qilinadi.

🔰Ishtirok etish mezonlari: Tanlovda 7-18 yoshdagi barcha imkoniyati cheklangan bolalar ishtirok etishi mumkin.

Tanlov shartlari:
✅Rasmda davlatimiz mustaqilligi, davlat ramzlari, baxtli bolalik tasvirlanishi lozim.
✅Rasmlar muallif tomonidan ushlab turgan holda suratga olinib, ism, familiya, ota ismi, tuman, maktab soni va telefon raqamini yozgan holda @adliya_onlayn_tanlov_bot orqali yuborilishi lozim.


❗️Baholash shartlari:
Tasvir mazmuni, ranglar tanlanishi va ijodiy yondashuv.

💥G‘oliblar komissiya a’zolari tomonidan baholanadi va 7-12 yosh hamda 13-18 yosh oralig‘ida ikki toifada g‘oliblar aniqlanadi.

⏳Tanlov 2024-yil 3-noyabrgacha davom etadi va natijasi 4-noyabr kuni viloyat adliya boshqarmasining @qashqadaryoviloyatadliya telegram kanali orqali e’lon qilinadi.

🏆Tanlov g‘oliblari esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Survey

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimida faoliyat ko'rsatayotgan barcha darajadagi xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalarini o'rganish maqsadida anonim so'rovnoma tashkil etildi.

✔️Bundan ko'zlangan maqsad tizim tashkilotlar va muassasalar uchun tavsiyalar ishlab chiqish va korrupsiyaning olini olish bo'yicha yanada samarali chora-tadbirlarni tashkil etishga qaratilgan.

❗️ Faol bo'ling! Sizning javobingiz biz uchun muhim!

👉 https://forms.gle/UfkpBGXDxT1JNPCz6

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Bugun maktabgacha, umumtaʻlim va maktabdan tashqari taʻlim muassasalari pedagoglari uchun malaka toifa sinovlari boshlandi. Bu jarayonda 150 mingdan ortiq hamkasblarimiz ishtirok etadi.

Eʼtiborli jihati, mazkur toifa sinovlarida 136 ming pedagog navbatdan tashqari qatnashish istagini bildirgan. Shundan ham bilish mumkinki, toifa sinovlarini oʼtkazishning shaffof tizimi yaratilgani o‘qituvchilarimizda ishonch va katta qizish uyg‘otgan.

O‘tgan malaka sinovlarida yetarli natijaga ko‘rsata olmagan pedagoglarimiz yana o‘z ustilarida ishlab, bu galgi test savollariga puxta tayyorgarlik ko‘rganlariga ishonaman. Chunki kerakli toifaga ega bo‘lish uchun bilim va mahoratdan boshqa yo‘l yo‘qligini hamma ko‘rdi, bildi.

9-25-oktabr kunlari pedagoglarimiz test sinovlari topshiriladigan maxsus platformadan foydalanish tartibi hamda namunaviy test savollari bilan atroflicha tanishdilar. Bu ham ularning yaxshi natijalar ko‘rsatishlariga yordam beradi albatta.

Aziz hamkasblar, 16-noyabrga qadar o‘tkazilishi belgilangan malaka sinovlarida barchangiz muvaffaqiyatli ishtirok etasiz degan umiddaman.

@hilola_umarova

Читать полностью…
Подписаться на канал