|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz
✅✅✅✅
🔴 Umumta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi "Turon" maktab teatri tanlovi davom etmoqda.
Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan jarayonlarda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Farhod Boqiyev ishtirok etdi.
🎵 Batafsil videolavhada
Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Olis hududga borib ta'lim berayotgan o'qituvchi
muxbir: G'olib Amirov
#Qashqadaryo viloyati
16:00 27.02.2025
@hududtv
Endi taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 65-sonli buyrugʻi bilan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish tartibi belgilandi. Mazkur hujjatga asosan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari, umumtaʼlim fanlari hamda xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi.
Unga koʻra, 9-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:
➖Ona tili va adabiyoti (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma;
➖Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan – yozma;
➖Matematika fanidan – yozma;
➖Oʻzbekiston tarixi fanidan – yozma/ogʻzaki;
➖Jismoniy tarbiya fanidan – amaliy shaklda oʻtkaziladi.
11-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:
➖Ona tili va adabiyoti (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma;
➖Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan – yozma;
➖Matematika (Asosiy) / Matematika (Chuqurlashtirilgan) fanidan – yozma;
➖Tarixi fanidan – yozma;
Oʻquvchining tanlovi boʻyicha:
➖ Ona tili va adabiyoti (qoraqalpoq, rus, qozoq, turkman, tojik, qirgʻiz tilida taʼlim boʻlgan sinflar uchun), Biologiya, Fizika, Kimyo, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan – yozma;
➖ Chet tili fanidan yozma/ogʻzaki shaklda oʻtkaziladi.
Ma’lumot uchun, 2025-yilidan boshlab taʼlim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun ham Davlat tilidan yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish majburiy bo‘lishi belgilanmoqda.
Oʻzgarishlar haqida batafsil maʼlumotlar vazirlikning ijtimoiy tarmoqlari orqali beriladi.
@hilola_umarova
Ахборот хизмати раҳбарлари иштирокида семинар ўтказилди
Қашқадарё вилояти ҳокимлиги ҳамда Ахборот ва оммавий коммуникациялар вилоят бошқармаси ҳамкорлигида маҳаллий ҳокимликлар ҳамда вилоят ташкилотлари Ахборот хизмати раҳбарлари учун семинар ташкил этилди.
Унда соҳага доир масалалар, шунингдек, бугунги кунда Президентимизнинг катта ислоҳотлари сабабли шиддат билан ривожланиб бораётган юртимиздаги ўзгаришларни, миллий қадрият ва анъаналарни кенг тарғиб қилиш борасидаги келажак режалар ўртага ташланди.
Шунингдек, мазкур семинар давомида Матбуот котибларининг 2024 йилдаги фаолияти ҳамда 2025 йилги режалари тўғрисида ҳам сўз юритилди. Ҳар 3 ойда тасдиқланадиган медиа-режаларни ўз вақтида таъминлаш кераклиги таъкидланиб, аҳолига қизиқ ва фойдали бўлган мавзуларни ўртага ташлаш муҳимлиги қайд этилди.
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan "Chiroqchi tumani 34-umumiy o’rta ta’lim maktabda o’quvchi ustoziga hurmatsizlik qildi? " mazmunidagi tanqidiy lavha yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy munosabati:
📃Holat Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati tomonidan oʼrnatilgan tartib asosida oʼrganildi.
Aniqlanishicha, 2025 yil 8-fevral kuni Chiroqchi tumani 34-umumiy o’rta ta’lim maktabning 8-sinf o’quvchilari B. N. sinfdoshi E.S. bilan dars jarayonida o‘zaro tortishayotgan vaqtda rus tili fani o‘qituvchisi E. F. o‘quvchilarni tinchlik saqlashini, dars jarayoniga halaqit bermasligini, o‘quvchilar tinchlanmaganidan so‘ng, tashqariga chiqib ketishini talab qilgan vaqtda o‘quvchi B. N tomonidan rus tili fani o‘qituvchiga qarshilik qilib, oʼqituvchi va oʼquvchi oʼrtasida xaqorat qilish holatlari yuzaga kelgan.
📃Mazkur holat oʼsha paytni oʼzida maktab direktori huzurida muhokama qilingan hamda 8-sinf o‘quvchilari chaqirtirilib, maktabning ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha direktori o‘rinbosari A.Maxmudov, amaliyotchi-psixologi O.Jovliyeva, 8-sinf rahbari F.Oqmirzayevalar ishtirokida tushuntirish ishlari olib borilgan.
Yuqorida tanqidiy holatlarini keltirib chiqargan 8-sinf o‘quvchisi N.B. qilgan ishidan pushaymonligi qilgan xatolarini tan olib rus tili fani o‘qituvchisi F.Ergashevadan uzr so‘raganligi maʼlum boʼldi.
Qoʼshimcha tartibda hozirgi kunda Chiroqchi tuman IIB, tuman Milliy Gvardiya xodimlari tomonidan mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda o’rganish olib borilmoqda.
ESLATMA!
❗️Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan kelgusida yakuniy qaror qabul qilinib, mazkur holatlarni keltirib chiqargan xodimlarga nisbatan hamda farzand tarbiyasiga nisbatan oʼz zimmasidagi majburiyatlarni bajarmagan ota-onalarga nisbatan taʼsir choralari qoʼllaniladi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
#Tashabbus
Qarshi tumani Maktabgacha va maktab ta'limi boʼlimiga qarashli 55-umumiy oʼrta ta'lim maktabida tashkil etilgan milliy burchakdan lavhalar.
2025-yilda PISA tadqiqotlarida Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta’lim maktablaridan 19 ta va Prezident maktabining 15 yoshli o‘quvchilari ishtirok qilish uchun tanlab olingan.
PISA xalqaro baholash tizimidan foydalanishning asosiy muhim jihatlaridan biri bu o‘quvchilarning savodxonligi hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobilyatini rivojlantirish hisoblanadi.
Bugun, 18-fevral kuni ushbu jarayonda ishtirok qiluvchi maktablarning yetakchi o‘qituvchilari uchun PISA xalqaro o‘quvchilarning savodxonligini baholash tadqiqotining rivojlanish bosqichlari, maqsad va vazifalari to‘g‘risida seminar-trening jarayonlari boshlandi.
@Qashqadaryo_MMTB
"Kitoblar o'lkasiga sayohat"....
Boshlang'ich sinf o'quvchilari barchani kitob mutolaasiga chorlamoqda....
"Kitoblar o'lkasiga sayohat"
Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 75- umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi oliy toifali pedagog Nafisa Rahmonova o'zi rahbarlik qilayotgan 2-A sinf o'quvchilari bilan hamkorlikda ta'lim muassasasi o'quvchilar, pedagog xodimlar hamda ota-onalar uchun kitob mutolaasi targ'iboti bo'yicha "Kitoblar o'lkasiga sayohat" nomli ajoyib tadbir dasturini tashkil etdi.Maktab rahbari F.Sattorova, maktabning O'IBDO' S.Sultonova, maktabning MMIBDO' Sh.Shavriqova, fan o'qituvchilari, o'quvchi yoshlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda 2-A sinf iqtidorli o'quvchilari tomonidan kuy- qo'shiqlar, sahna ko'rinishlari, raqslar ijro etilib barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
#Yashil_makon
Tarnov orqali maktab bogʼini gulzor qilsa boʼladi!
Dehqonobod tumanidagi 97-maktab direktoridan tashabbus.
‼️‼️‼️🚨🚨🚨
#Чироқчи_тажрибаси
#Яшил_макон
“Яшил макон” умуммиллий ҳаракати доирасида Чироқчи мактабларида янги боғлар ташкил этилади. Чироқчи тумани Олмазор маҳалласидаги 105-сонли умумий ўрта таълим мактабида ўтказилган семинарда мактаб ҳудудидаги бўш турган майдонларда янги боғлар ташкил этиш хусусида сўз борди.
Чироқчи туман ҳокими Файзулла Юсупов раҳбарилигида ўтказилган семинарда тумандаги таълим муассасалари директорлари 105-сонли умумий ўрта таълим мактаби ҳудудида олиб борилган ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ҳамда янги ташкил этилган боғлар ва дарахт, гул кўчатларини экиш ҳамда парваришлаш борасида олиб борилаётган ишлар билан яқиндан танишишди. Семинар якунида тумандаги барча таълим муассасаларида ҳам янги боғлар ташкил этиш юзасидан туман ҳокими йиғилганларга тегишли тавсиялар берди.
200 миллион сўм даромад топишга босилган «биринчи қадам» ҳамда 30 миллион сўмдан ортиқ мавсумий даромадга эга ва 2000 мингдан ортиқ экомуҳит(яшил макон) ни яратишга сабабчи мактаблар ҳақида эшитганмисиз?
Ҳа, Қашқадарё вилоятида ўз фаолиятларини тажриба сифатида оммалаштиришга лойиқ таълим масканлари ҳам бор😁.
—Юқоридаги жараёнлар ҳақида тез орада ахборот берилади, кутинг❗️
———
Каналга уланиш: @Rasmiykanal_uz
#Biz_milliy_burchak_tashkil_etdik_Sizchi?
▶️(+video)
#Ustozlarni_qadrlaylik
📢Pedagoglarga qoʼl koʼtarmang!
◀️(ijtimoiy rolik)
📃❗️Mazkur jarayonda: OAV xodimlari, jurnalist blogerlar ham ishtirok etdi.
Читать полностью…Qashqadaryoda taʼlimga oid murojaatlar tinglanmoqda — OMMAVIY SAYYOR QABUL
(+video)
📍Qarshi shahri...
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
✍"Doʻrmon ijodkorlar klubi" a'zolarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
✨Uchrashuv davomida Qarshi shahridagi "Avetsenna" tibbiyot maktabi o‘quvchisi Negmatova Nodirabegim Nurbekovna "Turon yosh ijodkorlar" uyushmasi a'zoligiga qabul qilindi.
Cho‘lpon: "Adabiyot - ko‘ngildagi kirlarni yuvguvchi o‘tkir ma'rifat suvidir".
#Turon_maktab_teatri
YAKUNIY JARAYONLAR
2025-yil 27-fevral
Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali hududlarda teatr madaniyati va san’atini rivojlantirish maqsadida “Turon” maktab teatri” Respublika tanlovi tashkil etish belgilangan edi.
Shu munosabat bilan Shahrisabz shahar Madanyat markazida "Turon maktab teatri" tanlovini yakuniy bosqichi bo'lib o'tdi.
Tanlov natijalariga ko'ra:
🥇-oʼrin13-maktab "Shijoat"
🥈-oʼrin 1-maktab "Istedodli yoshlar"
🥉-o'rin 20-7 maktab "Jadidlar izdoshi" "Renessans" jamoa o'quvchilari egallashdi.
@Qashqadaryo_MMTB
#Live
#Qashqadaryo_tajribasi
Ayni damda Qarshi tumanidagi 71-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabida "Xorijiy tillarni oʼqitishdagi samarali yondashuv" nomli respublika doirasidagi seminar oʼtkazilmoqda.
Mazkur jarayonga vazirlik hamda barcha viloyatdagi sohaviy masʼullar ishtirok etmoqda.
@Qashqadaryo_MMTB
#challenge
"Milliy libos-millat iftixori "
Koson tuman 6-maktab.
@Qashqadaryo_MMTB
#Xalqaro_hamkorlik
Delegatsiya a'zolari nemis bog'chalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi
Avval xabar qilinganidek, Qashqadaryo viloyati delegatsiyasining Germaniya davlatidagi tashrifi doirasida Shtutgart shahrida joylashgan Ernest Klett xususiy bog'chalar tarmog'i faoliyati o'rganildi.
Delegatsiya tarkibida Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Tojiyev va Shahrisabz shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig‘i Sh.Islomovlar hududlardagi bir qancha bog'chalarga tashrif buyurib nemis ta'lim dasturi, pedagog-tarbiyachilarning ish uslublari, tashkilotlarda yaratilgan imkoniyatlar, bolalar bilan ishlash amaliyotlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida pedagogik konsepsiya va o'quv dasturlar uyg'unligi hamda ta'lim sifati masalalariga oid tushunchalar olindi.
Eslatib o'tamiz, tez orada viloyatda O'zbekiston-Germaniya xalqaro qo'shma bog'chalar faoliyati yo'lga qo'yilishi belgilangan.
Tashrif davom etadi.
@Qashqadaryo_MMTB
Maktabda milliy burchaklar tashkil etilmoqda:
Shahrisabz shahar 6-sonli maktabda bugungi kunda 12 millat va elat vakillari tahsil olmoqda. Ta'lim tili rus tilida olib boriladigan maktabda milliy burchaklar tashkil etilishi quvonarli albatta, bu esa o‘quvchilarga Vatanimizning boy tarixi, madaniyati va an'analari bilan yaqindan tanishish imkonini bermoqda.
Ushbu burchaklarda milliy qadriyatlar, davlat ramzlari, mashhur tarixiy shaxslar hamda xalq og‘zaki ijodi namunalariga oid materiallar joylashtirilgan.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining tashabbusi, yosh avlodning vatanparvarlik ruhini oshirishga va ularni milliy g‘urur bilan tarbiyalashga xizmat qiladi.
@Qashqadaryo_MMTB
Viloyat ijtimoiy soha vakillaridan iborat delegatsiya Germaniyada
Ayni damda Germaniya davlatida Qashqadaryo viloyati delegatsiyasining xalqaro hamkorlik doirasida bir qator uchrashuvlari o'tkazilmoqa.
Dastlab, delegatsiya a'zolari Halle shahrida joylashgan "Papenburg" kompaniyasi rahbari Angela Papenburg xonim bilan uchrashib, mazkur yirik kompaniya faoliyatiga oid taqdimotda ishtirok etdi.
Taqdimot davomida kompaniya imkoniyatlari, asosiy faoliyati, Ausbildung dasturi, xorijliklar uchun qonuniy mehnat qilish, qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda investitsiya loyihalari kabi masalalar o'rganildi.
Ma'lumot uchun: Mazkur kompaniyada 4000 ortiq ishchi kuchi mavjud bo'lib, asosiy faoliyati yo'l qurilishi va qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish hisoblanadi. Germaniya bo'yicha 125 dan ortiq zavod va korxonalari mavjud.
Shu kunning o‘zida delegatsiya a'zolariga kompaniya huzuridagi kasbiy ta'lim markazi va g'isht ishlab chiqarish zavodi faoliyati tanishtirilib, mavjud texnologiya va quvvatlar haqida ma'lumotlar berildi.
Tashrif davom etmoqda.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
‼️‼️‼️🚨🚨🚨
Кибержиноят(ҳужум), ҳакерларга қарши курашишда янгича тизим жорий этилади — ММТБ
👔▪️▪️Кибержиноятлар ва уларга қарши курашиш, профилактик жараёнларга огоҳ бўлиш, педагоглар ўртасида «онлайн ҳужум қурбонлари» сонини кескин камайтириш юзасидан галдаги вазифалар белгилаб олинмоқда▪️▪️▪️👔.
📷Суратда: Қашқадарё вилояти ИИБ ТҚХ Киберхавфсизлик бўлими бошлиғи У.А., Вилоят ММТБ Ахборот хизмати раҳбари Ж.Р. ҳамда бошқарма АКТ мутахассислари.
———
Каналга уланиш: @Rasmiykanal_uz
#Chellenj
"Milliy libos-millat g‘ururi!"
Chiroqchi tuman Maktabgacha va maktab bo‘limi tasarrufidagi 37-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktab direktori bilan birgalikda o‘qituvchi pedagog-xodimlari, o‘quvchilar ham "Milliy libos-millat g‘ururi!" shiori ostida o‘zbek milliy liboslari va bosh kiyimlarini yosh avlodga targ‘ib qilishda o‘zlari faollik ko‘rsatib namuna bo‘ldilar.
Shu o‘rinda milliy qadriyatlarimizni asrab avaylash, kelajak avlodga yetkazish va milliy liboslarimizni keng targ‘ib qilish har birimizni asosiy vazifamiz bo‘lishi lozim.
@Qashqadaryo_MMTB
“Yashil makon” umummilliy harakati doirasida Chiroqchi maktablarida yangi bog‘lar tashkil etiladi
Chiroqchi tumani Olmazor mahallasidagi 105-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan seminarda maktab hududidagi bo‘sh turgan maydonlarda yangi bog‘lar tashkil etish xususida so‘z bordi.
Chiroqchi tuman hokimi Fayzulla Yusupov rahbariligida o‘tkazilgan seminarda tumandagi ta’lim muassasalari direktorlari 105-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida olib borilgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari hamda yangi tashkil etilgan bog‘lar va daraxt, gul ko‘chatlarini ekish hamda parvarishlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi. Seminar yakunida tumandagi barcha ta’lim muassasalarida ham yangi bog‘lar tashkil etish yuzasidan tuman hokimi yig‘ilganlarga tegishli tavsiyalar berdi.
@Qashqadaryo_MMTB
Ёмғир сувидан мўмай даромад топаётган мактаб
Мазкур мақолада Деҳқонобод туманидаги 97-мактаб ҳовлисига экилган мевали дарахтлар ва коврак ўсимлиги ҳосилидан юқори даромад топаётгани ҳақида сўз боради.
Хўш, ҳосилдан олинган даромад қандай сарфланади?
Батафсил “Янги Ўзбекистон” газетасининг 31-сонида ўқишингиз мумкин.
@Qashqadaryo_MMTB
Yakkabog' tumanida boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun "Kasbiy rivojlanish kuni" o'z ishini boshladi
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2025-yil 14- fevraldagi 03-33-431- son xati ijrosini taʼminlash maqsadida Yakkabog' tuman ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan boshlangʻich sinf o'qituvchilari uchun ilk bor "Kasbiy rivojlanish kuni" o'z ishini boshladi. Ushbu o'quv kunlarini tashkil etish uchun tuman miqyosida 4 nafar ilg'or tarjibali pedagoglar saralab olinib mentorlik maxsus o'quv dasturlari asosida o'qitildi.Ayni paytda tumandagi 75-umumiy o'rta ta'lim maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi Nafisa Rahmonova mentor vazifasida tumandagi 83-umumiy o'rta ta'lim maktabida dastlabki o'quv jarayonlarini yuqori saviyada boshladi.
@Qashqadaryo_MMTB
Kitob tumanidagi 96-maktab oʼquvchilaridan natijalar...
@Qashqadaryo_MMTB
Qashqadaryoda taʼlimga oid murojaatlar oʼrganilmoqda — OMMAVIY SAYYOR QABUL
Qashqadaryo viloyat hokimligi, sektor rahbarlari boshchiligida hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi masʼul xodimlari ishtirokida fuqarolarning murojaatlari bo’yicha ommaviy sayyor qabul o’tkazildi.
Qabulda tuman(shahar) tashkilot rahbarlari, hokim o’rinbosarlari hamda xalq qabulxonasi mas’ullari ishtirok etdi.
Tadbirda 14 dan ortiq fuqarolar o‘zlarini qiynab tugan muammolarga yechim topdi. Ayrim murojaatlar esa tegishli tartibda oʼrganish uchun qatʼiy nazoratga olindi.
➖Maʼlumot uchun: Respublika ishchi guruhi ishtirok etayotgan mazkur ommaviy sayyor qabul kuni yaqinda Gʼuzor, Koson tumanlari, shahrisabz shahrida ham tashkil etilib, fuqarolar murojaati nazoratga olingan edi.
👋😊 Barchaga salom!
🇺🇿 Nukusda ekologiya va iqlim o‘zgarishiga bag‘ishlangan qiziqarli tadbir — Klimaton’25 bo‘lib o‘tdi! Ushbu tadbir 5 nafar ekochempion va 60 nafar befarq bo‘lmagan ishtirokchilarni bir maqsad: atrof-muhit muhofazasi uchun samarali yechimlarni ishlab chiqish uchun birlashtirdi.
🤔 Ishtirokchilar iqlim muammolarini uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha tahlil qildilar:
🔹 Ekoprototiplar — bunda ishtirokchilar resurslardan foydalanishga yondashuvni o‘zgartirishi va atrof-muhitga ta’sirini kamaytirishi mumkin bo‘lgan g‘oyalarni taqdim etdilar.
🔹 Raqamli texnologiyalar — ekologik toza IT yechimlar allaqachon iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda kuchli vositadir.
🔹 Xabardorlik va axborot kampaniyalari: xabardor qilish va ta’lim — barqaror kelajakni yaratishning asosiy omillari.
💡 Klimaton’25 g‘oyalar almashish, ilhom olish va zamonamizning eng muhim masalalari ustida birgalikda ishlash maydoniga aylandi. Ishonchimiz komilki, birgalikdagi sa’y-harakatlar va kreativ yondashuv dunyoni yaxshilash va kelajak avlodlar uchun tabiatni asrab-avaylashga yordam beradi.
~~~
👋😊 Всем привет!
🇺🇿 В Нукусе состоялось интересное событие — Климатон’25, посвящённое экологии и изменениям климата! Это мероприятие объединило 5 экочемпионов и 60 неравнодушных участников, которые собрались вместе с одной целью: разработать эффективные решения для защиты нашей окружающей среды.
🤔 Участники анализировали климатические проблемы по трём ключевым направлениям:
🔹 Экопрототипы — здесь участники представили идеи, которые могут изменить подход к использованию ресурсов и минимизировать воздействие на экологию.
🔹 Цифровые технологии — экологичные IT-решения уже становятся мощным инструментом в борьбе с климатическими изменениями.
🔹 Осведомлённость и информационные кампании: информирование и образование — ключевые факторы для создания устойчивого будущего.
💡 Климатон’25 стал площадкой для обмена идеями, вдохновения и совместной работы над важнейшими вопросами нашего времени. Уверены, что совместные усилия и креативный подход помогут нам сделать мир лучше и сохранить природу для будущих поколений.
#Экочемпионы #Климатон25 #УстойчивоеРазвитие
😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook