qashqadaryo_mmtb | Неотсортированное

Telegram-канал qashqadaryo_mmtb - Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

68516

|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz

Подписаться на канал

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Xush_xabar

✅ Prezident sovrini uchun o'tkazilgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining respublika bosqichi yakuniga yetdi.

Unda viloyatimizning Koson tumanidagi 9-maktab o‘quvchisi Sanjana Shodmonova“The best reader” nominatsiyasi bo'yicha g'olib deb toplidi.


❗️Eslatib o'tamiz, Koson tumanidagi 9-maktab jamoasi Prezident sovrini uchun o'tkazilgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining viloyat bosqichida g'olib deb topilgan edi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |


#xorijiy_til_tanlovi

🔴 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Prezident sovrini uchun oʻtkazilayotgan “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining respublika bosqichi yopilish hamda sovrindorlarni taqdirlash marosimi boshlandi.

➖ Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova qatnashmoqda.

Tanlovda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan jami 14 ta maktab jamoasi (umumiy 70 nafar oʻquvchi) ishtirok etdi.

🔹 Jarayonlarda ishtirokchilarning milliy “Multilevel” testi vositasida tinglab tushunish (listening), yozish (writing), gapirish (speaking) va oʻqish (reading) koʻnikmalari sinovdan oʻtkazildi.

👉 Taqdirlash marosimi poytaxtimizdagi Simpoziumlar saroyida boʻlib oʻtmoqda.


🌐 JONLI EFIR

Press-reliz (o‘zbek tilida)
Press-reliz (rus tilida)

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#ustozlar_forumi

Ayni vaqtda qashqadaryolik pedagoglar "Mahoratli oʻqituvchi – millat tayanchi” shiori ostida o‘tkazilayotgan anʼanaviy toʻrtinchi “Ustozlar milliy forumi” respublika bosqichida faol ishtirok etishmoqda.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |


#ustozlar_forumi

🔴 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan "Mahoratli oʻqituvchi – millat tayanchi” shiori ostida o‘tkazilayotgan anʼanaviy toʻrtinchi “Ustozlar milliy forumi” boshlandi.

👉 Tadbir jarayonlari Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida oʻtkazilmoqda.


🌐 JONLI EFIR

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#xorijiy_til_tanlovi

➡️Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun tanlov ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Senatiga tashrif buyurdi. Ularga Senat binosi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi hamda senatorlar faoliyati haqida atroflicha maʼlumot berildi.


◀️Tashrif davomida tanlov ishtirokchilari Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi bilan uchrashib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedi

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Jarayon

Qashqadaryoda umumta'lim maktablarida yangi o'quv yiliga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.


Qisqa muddatdan so‘ng, Respublikamizda yangi 2025-2026 o‘quv yili boshlanadi.

Shu munosabat bilan, viloyatimizdagi barcha umumtaʼlim maktablari o‘quvchilarni kutib olishga shay holatga keltirilmoqda.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

TA'QIQLANADI!

QASHQADARYOLIK OTA-ONALAR VA PEDAGOGLAR DIQQATIGA!


➡️Maktablarda 1-sinflarga qabul qilish jarayonida pul taklif qilish yoki talab qilish qat'iyan ta'qiqlanadi.

Yuqorida qayd etilgan holat yuzasidan murojaatlar mavjud bo'lganda Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat sho'basiga murojaat qiling.

Shuningdek, fuqarolar taklif va murojaatlarini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan "@Kashkadaryakorrupsiya_bot" boti ishga tushirilgan.
❗️(Yetarli asoslar taqdim etilganda murojaatchi shaxsi sir tutiladi)

Hurmatli fuqarolar, aziz ota-onalar!

Ishonch telefonlari (75)-221-32-29 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.


Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat sho'basi

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Pedagogika sohasida ishlamoqchi bo'lganlar uchun vakant joylar e'lon qilinadi

Prezidentning “Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4940-sonli qaroriga ko'ra viloyatimizdagi olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlarida oliy ma’lumotli mutaxassisga bo‘lgan ehtiyoj bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari (vakant) bilan tanishing👉
https://api-portal.gov.uz/uploads/44/2025/07/23/e0eef9e6-e270-7946-8b71-1d159886b6a9_media_.xlsx

Batafsil ma'lumot uchun viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasiga murojaat qilish mumkin.

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#XUSHXABAR


🥉Mirishkorlik o'quvchi Behruz Elmurodovdan
xalqaro olimpiada (APMO 2025)dagi navbatdagi gʻalaba!

37-Osiyo–Tinch okeani matematika olimpiadasi
(APMO 2025)da joriy yilda dunyoning qariyb 40 mamlakatidan 335 nafar eng iqtidorli yosh matematiklar online tarzda o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi.

⚡️Ushbu mintaqaviy olimpiadada Oʻzbekiston Terma jamoasi a’zolari katta muvaffaqiyatga erishib, jami 6 ta medalni qo'lga kiritishdi:
🥇 1 ta oltin, 🥈 2 ta kumush, 🥉 3 ta bronza

Mirishkor tumani 21-maktab o'quvchisi Behruz Elmurodov
🥉3-o'rinni qo'lga kiritdi.

Gʻoliblarni tabriklaymiz!


@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qarshi tumanidagi 26-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida “Yoz - oʻtmoqda soz” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirda maktabgacha taʼlim tizimi mutaxassislari, tarbiyachilar ishtirok etib, yozgi davrda bolalarning sog‘lom turmush tarzini taʼminlash, taʼlim jarayoniga qiziqishni oshirish va bolalarning faol hordiq chiqarishi bo‘yicha tajriba almashdilar. Seminar davomida ochiq mashg‘ulotlar, jismoniy faollik mashqlari, ijodiy burchaklar faoliyati namoyish etildi.

Ushbu seminar bolalarning jismoniy va maʼnaviy kamolotiga xizmat qiladigan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryolik o‘quvchilar xalqaro iqtisod olimpiadasida yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi

Joriy yil iyul oyida Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro iqtisod olimpiadasi (IEO – 2025)da dunyoning 50 dan ortiq davlatidan 250 nafardan ziyod iqtidorli yosh iqtisodchilar ishtirok etdi.

Mazkur nufuzli musobaqada mamlakatimiz nomidan qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Natijalar quyidagicha:

🥈 Asliddin Boynazarovkumush medal sohibi

🥉 Xumoyunbek Ibrohimovbronza medal sohibi


Ushbu yutuqlar yoshlarning iqtisod sohasiga bo‘lgan qiziqishi va chuqur bilimga ega ekanligini namoyon etish barobarida, Qashqadaryo viloyatida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini ham ko‘rsatdi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

IEO 2025: Navbatdagi xalqaro olimpiadadagi gʻalaba!

📍Boku, Ozarbayjon

➡️Xalqaro Iqtisod Olimpiadasida (IEO 2025) dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan 250 dan ortiq eng iqtidorli yosh iqtisodchilar qatnashib, Terma jamoamiz a’zolari katta muvaffaqiyatga erishdi.

Umumiy hisobda:
🥈1 ta kumush, 🥉1 ta bronza - jami 2 ta medal

Gʻoliblarimiz bilan tanishing:
🥈Asliddin Boynazarov - Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi Prezident maktabining oʻquvchisi - Kumush medal
🥉Xumoyunbek Ibrohimov - Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi Prezident maktabining oʻquvchisi - Bronza medal
🔰 Sardor Anvarov - Farg'ona shahridagi Prezident maktabining oʻquvchisi - Honourable mention
🔰 Behruz Olimov - Toshkent shahridagi Prezident maktabining oʻquvchisi - Honourable mention

❗️Eslatma: O‘zbekiston terma jamoasi 2024-yilgi Xalqaro Iqtisod olimpiadasida 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

👏Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Dehqonobod tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlar bilan tizimli va samarali ishlar olib borilmoqda

Yozgi ta’til fasli yoshlar uchun eng maroqli va imkoniyatlarga boy davrlardan biridir. Aynan shu imkoniyatlarni to‘g‘ri yo‘naltirish, yoshlarga munosib sharoit yaratish maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan butun respublika bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi Dehqonobod tumanida ham keng ko‘lamda olib borilmoqda.

Tuman hududidagi barcha umumta’lim maktablarida mazkur loyiha doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladigan turli faoliyatlar yo‘lga qo‘yilgan.

/channel/DEH_MVMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#OAV

Maqola muallifi: Nishon tumani 46-maktab direktori Odilbek Choriyev.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

🎥 Оммавий ахборот воситалар биз ҳақимизда...    

🟢 "ҚАШҚАДАРЁ АХБОРОТИ" 

✅ Қашқадарё вилоят болалар кутубхонаси томонидан "Долзарб 90 кун"
доирасида "Воҳамиз ижодкорлари" мавзусида ижодий учрашув ташкил этилди.

🔵 Қашқадарё вилояти болалар кутубхонаси ахборот хизмати

🚀
Telegram🎬YouTube📒Facebook📷Instagram🔄Web Site

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Xorijiy_tillar

Prezident sovrini uchun o'tkazilgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining respublika bosqichida:

🥇1-o‘rin — Namangan viloyati, Yangiqo'rg'on tumanidagi 10-maktab jamoasiga;
🥈2-o‘rin — Navoiy viloyati, Zarafshon shahridagi 3-maktab jamoasiga;
🥉3-o‘rin — Sirdaryo viloyati, Shirin shahridagi 2-maktab jamoasiga nasib etdi.

Til ko‘nikmalari nominatsiyalari boyicha:

“The best writer” — Sirdaryo viloyati, Shirin shahri 2-maktab o‘quvchisi Lutfiya Mirzayeva;
“The best speaker” — Xorazm viloyati, Urganch shahar, 15-maktab o‘quvchisi Shahzodbek G‘anijonov;
“The best reader” — Qashqadaryo viloyati, Koson tumani, 9-maktab o‘quvchisi Sanjana Shodmonova;
“The best listener” — Buxoro viloyati, Buxoro tumani, 1-maktab o‘quvchisi Nozanin Achilova g'olib, deb topildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Jarayon

Qisqa muddatdan so‘ng Respublikamizdagi maktablarda yangi 2025-2026 o‘quv yili boshlanadi.

Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi 18-umumtaʼlim maktabi o‘quvchilarni kutib olishga shay holatga keltirildi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |


#ustozlar_forumi

✅ “Mahoratli oʻqituvchi – millat tayanchi” shiori ostida tashkil etilayotgan “Ustozlar milliy forumi” qizg‘in davom etmoqda.


➖ Bunda ishtirokchi pedagoglar fanlar doirasida turli shoʻbalarga bo‘lingan holda seminar mashg‘ulotlarida qatnashmoqda.

👉 Ma’lumot uchun: Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida oʻtkazilayotgan Forum tadbirlarida mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 210 nafar ilgʻor, tashabbuskor, yetakchi oʻqituvchi va tarbiyachilar qatnashmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#tinglovchi_fikri

Menejerlik o‘quv kursining yakuniy test savollari qanday tuzilgan?

Testda yuqori ball olish uchun nima qilish lozim?

Yakuniy sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarni suhbatga tortdik.

👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube🌐Instagram

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Jarayon

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan 6 815 805 dona darsliklar, mashq daftarlar va metodik qo‘llanmalarga buyurtma berilgan bo'lib, hozirgi kunda 4 097 336  dona (60 %) yetib keldi va umumta’lim maktablariga tarqatilmoqda.


@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#xorijiy_til_tanlovi

✅Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichiga start berildi
.

➖ Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov hamda mutasaddi xodimlar ishtirok etdi.

Tadbir doirasida ishtirokchilarning barcha savollariga mas’ullar tomonidan batafsil javob berildi.

Eslatib o’tamiz, tanlovning Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar:

🥇 1-o‘rin uchun – 500 mln so‘m;
🥈 2-o‘rin uchun – 400 mln so‘m;
🥉 3-o‘rin uchun – 300 mln so‘m miqdorida pul mukofotini qo’lga kiritadi.


👉 Shuningdek, Respublika bosqichi ishtirokchilari va ularning ustozlari xorijga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritishadi!

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Ўзбекистон Халқаро Иқтисодиёт Олимпиадасида тарихий натижа қайд этди

Ўзбекистон вакиллари 2025 йилги Халқаро Иқтисодиёт Олимпиадасида (International Economics Olympiad, IEO) муваффақиятли иштирок этиб, юртимиз тарихидаги энг юқори натижани қайд этди.

Батафсил: https://uza.uz/posts/745514

Телеграм каналларимиз

Facebook | Instagram | YouTubе

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Taʼlim tizimining barcha boʻgʻinlarini oʻzaro integratsiya qilishga doir muhim vazifalar muhokama qilindi

Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Hilola Umarova boshchiligida taʼlim tizimini integratsiya qilish va bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan masalalar ijrosiga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

➖ Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov, mazkur vazirliklar masʼullari, hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Davlatimiz rahbarining kuni kecha eʼlon qilingan tegishli Farmoniga muvofiq, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlangan Eʼzoza Karimova jamoaga tanishtirildi.


Yigʻilishda taʼlim tizimini barcha boʻgʻinini oʻzaro integratsiya qilgan holda yangi sifat bosqichiga olib chiqish va uni samarali tashkil qilishga doir aniq vazifalar muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, maktabgacha taʼlim standartlari xalqaro meʼyor talablariga muvofiqlashtirilib, maktabgacha va boshlangʻich taʼlim oʻquv dasturlarining oʻzaro uzviyligi taʼminlanadi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/2009

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan:

Karimova Eʼzozxon Gapirjonovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Taʼlim sohasida uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan E. Karimova 2021-yilda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi boʻlimi boshligʻi, 2021-2023-yillarda Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.

2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori vazifasida ish olib borgan.

Vazirlik jamoasi Eʼzozxon Karimovaga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Koson tumanidagi Tinchlik MFYda 150 o'ringa mo'ljallangan yangi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi.

Yangi 48-sonli DMTTning ochilish marosimida Koson tumani hokimi A.Boyqarayev, Maktabgacha va maktab ta’limi tuman bo‘limi rahbar va xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Bugun tumandagi Tinchlik MFYda joylashgan 48-sonli DMTTda 150 nafar, 3 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 100 nafar bolalar qamrab olinib, MFY hududida qamrov darajasi 48,0 foizga yetdi.

Foydalanishga topshirilgan bog‘chaning xonalari o‘ziga xos tarzda bezatilgan. Ziyo maskanida bolalarning ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

IEO 2025: Xalqaro olimpiadalardagi navbatdagi gʻalaba!

Boku, Ozarbayjon

Dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan 250 dan ortiq eng iqtidorli yosh iqtisodchilar qatnashgan Xalqaro Iqtisod Olimpiadasida (IEO 2025) Terma jamoamiz a’zolari katta muvaffaqiyatga erishdi.

Quvonarlisi g‘oliblarning ikkalasi ham qashqadaryolik o‘quvchilar!

Umumiy hisobda:
🥈1 ta kumush, 🥉1 ta bronza - jami 2 ta medal

Gʻoliblarimiz bilan tanishing:
🥈Asliddin Boynazarov  - Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi Prezident maktabining oʻquvchisi - Kumush medal
🥉Xumoyunbek Ibrohimov  - Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi Prezident maktabining oʻquvchisi - Bronza medal

Eslatma: O‘zbekiston terma jamoasi 2024-yilgi Xalqaro Iqtisod olimpiadasida 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

📢E'LON!!!

“Viloyat hokimi stipendiyasi“ tanloviga 2025-2026-o'quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda. QASHQADARO


Hujjatlar maktab direktorining tavsiyasi bilan tuman, shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limlarida 2025-yil 1-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.

📃"Viloyat hokimi stipendiyasi"ning qarori va nizomi;

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

📣 Hurmatli mutaxassislar!

⚡️Qarshi shahridagi Prezident maktabi quyidagi vakant lavozimlarga tanlov e’lon qiladi.

📌O‘qituvchilar:
✅ Tabiiy fanlar (Science) o‘qituvchisi
✅ Fizika fani o‘qituvchisi
✅ Ingliz tili fani o‘qituvchisi
✅ Rus tili fani o‘qituvchisi
✅ Kompyuter ta’limi o‘qituvchisi

📌O’quv yordamchi xodimlar:
✅Psixolog
✅Pedagog-tarbiyachi


📌Maxsus yo‘riqchi:
✅ Suzish bo‘yicha yo‘riqchi (erkak kishi bo’lishi kerak)

📌Xizmat va xo‘jalik xodimlari:
✅Hamshira
✅ Xo‘jalik bekasi
✅ Yotoqxona komendanti
✅ Santexnik
✅ Elektromontyor
✅Farrosh


Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Xalqaro konferensiya va treninglar;
🔸Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.

📆 Nomzodlarning arizalari joriy yilning
8-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.

❗️Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi: prmqdd@piima.uz

🔰Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱
Telegram | 📱Instagram |
📱
Facebook | 📱YouTube

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Jasorat_maktabi

📣 “Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilindi

✅ Xabaringiz bor, joriy yilning iyul oyida “Jasorat maktablari”ga kirish uchun ikki (test, jismoniy tayyorgarlik) bosqichli imtihonlar boʻlib oʻtgan edi.

➖ Mazkur sinovlar yakuniy natijalari bilan
ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Izoh: roʻyxatdagi alohida rang belgilari quyidagi maʼnoni anglatadi:

🟢 yashil rang — oʻqishga qabul qilingan;
🟡 sariq rang — nomzodning egallagan bali boshqa nomzodlar bilan teng kelganligi sababli qoʻshimcha ravishda jismoniy tayyorgarlik imtihoni topshirish talab etiladi;
⚪️ oq rang — oʻqishga kirishga tavsiya etilmagan.

👉 Maʼlumot uchun: imtihon yakuniy natijalariga koʻra, kvota doirasida ballari teng boʻlgan nomzodlar uchun jismoniy tayorgarlikdan qoʻshimcha sport sinovlari boʻlib oʻtadi.

✍️ Uning oʻtkazilish vaqti va joyi haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

"VOHAMIZ IJODKORLARI" bilan uchrashuv tashkil etildi...

📗📘Qashqadaryo viloyat bolalar kutubxonasi O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo'limi bilan hamkorlikda "Vohamiz ijodkorlari" mavzusida uchrashuv kecha va davra suhbati o'tkazildi.

📚📚Davra suhbatida yosh ijodkorlar, faol kitobxon o'quvchilar va ota-onalar ishtirok etdilar. Davra suhbatida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo'limi raisi G'ulom Abdiyev O'zbekistonda ijodkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, shart sharoitlar haqida so'zlab o'tdi.
Shuningdek, so'zga chiqqan ustoz yozuvchilar o'zlarini ijod yo'llari haqida gapirib, she'rlaridan na'munalar o'qidilar.

🤵‍♀🤵‍♂Barcha yosh ijodkor o'quvchilar ham o'z ijodlaridan na'munalar o'qib berdilar.
Davra suhbati savol-javoblarga boy tarzda mazmunli o'tdi.
Faol ishtirok etgan o'quvchilarga kitoblar sovg'a qilindi.

🔵 Qashqadaryo viloyat bolalar kutubxonasi axborot xizmati.

🚀Telegram🎬YouTube📒Facebook📷Instagram🔄Web Site

Читать полностью…
Подписаться на канал