|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz
#Rekord_natija
Birinchi toifaga 100 ball bilan
Kitob tumani 1-umumiy o'rta ta'lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi Jovliyeva Zarifa Rahimovna 2025 yil 19-aprel kuni bo‘lib o‘tgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish malaka test sinovida 50 ta savollarning barchasiga to‘liq javob berib, 100 ballni qo‘lga kiritdi, hamda birinchi toifaga ega bo‘ldi.
@Qashqadaryo_MMTB
Zakovatda tengi yo'q bilimdon, kamtar, olijanob, samimiy o'g'lonlarimiz, hammaga ibrat bo'la oladigan oqillarimiz - o'quvchilarimiz!!!
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida o'tkazilgan "Zakovat" intellektual o'yini Respublika bosqichida 2-o'rinni zabt etdilar! Qashqadaryo viloyati sha'nini himoya qildilar.
#zakovat
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Zakovat” musobaqasi respublika bosqichining yakuniy natijalari.
@Qashqadaryo_MMTB
Xayrli tong aziz o‘quvchilar!
Bugun siz bilimlar jangida nafaqat o‘z hududingiz bo‘yicha, balki deyarli Respublika bo‘ylab kurashasiz. Shunday ekan yuzingiz yorug‘ bo‘lsin.
🏅 G‘oliblar medallar va diplomlar bilan taqdirlanadi.
📍 Olimpiada Qarshi shahar 34-maktabda o‘tkaziladi. Lokatsiya: ➡️ JOYLASHUV
😀 O‘z sinfi bo‘yicha respublikadagi eng yaxshi o‘quvchi "SUPER FINAL" yo‘llanmasini oladi!
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va xodimlar huquqiy savodxonligini oshirish, soha faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni toʻgʻri taʼminlash, davlat va jamoatchilik nazoratini oʻrnatishga qaratilgan navbatdagi oʻquv-seminari tashkil etildi.
📍 Unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning hududiy boʻlinmalari masʼul xodimlari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari ishtirok etdi.
➖ Seminar doirasida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi “Maktabgacha hamda umumtaʼlim tashkilotlari faoliyatini tekshirish ishlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori mazmun-mohiyati, undagi huquqiy normalarni amalda qoʻllay olish boʻyicha mutaxassislar fikr-mulohazalari bildirib oʻtildi.
👉 Shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatida korrupsion holatlarni oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni toʻgʻri taʼminlash boʻyicha mutaxassislarning tavsiyalari eshitildi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Shashka musobaqasining Qashqadaryo viloyati bosqichi yakunlandi
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan shashka musobaqasida viloyat bo‘ylab 53 mingdan ortiq yoshlarni ishtirok etishdi.
Qarshi shahri mezbonlik qilgan musobaqada har bir hududdan 6-21, 22-26 va 27-30 yosh toifasida 6 nafardan jami 96 nafar yoshlar g‘oliblik uchun o'zaro bahslashishdi.
Musobaqa yakuniga ko'ra g'oliblar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi hamda 18 nafar shashkachilar respublika final bosqichida ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
@Qashqadaryo_MMTB
ENG YAXSHI HUQUQ O'QITUVCHILARI ANIQLANDI
“Eng yaxshi huquq oʻqituvchisi” tanlovi Adliya vazirligi hamda maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oʻrtasidagi qoʻshma qarorga asosan umumtaʼlim maktablarining huquq fani oʻqituvchilari o'rtasida bu yil ilk marotaba oʻtkazilmoqda.
1 - O'RIN: Qamashi tuman 65 - sonli maktab huquq fani o'qituvchisi Tilovov Suhrob To'lqin o'g'li
2 - O'RIN: G'uzor tumani 74 - sonli maktab huquq fani o'qituvchisi Raxmonov Shavkat Shokir o'g'li
3 - O'RIN: Qarshi shahar 44 - maktab huquq fani o'qituvchisi Adilova Shaxnoza Asadullayevnaga nasib etdi.
@Qashqadaryo_MMTB
MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA YANGI ISLOHOT
— Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarini rivojlantirish, ayniqsa, maktabgacha ta’limga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunki bola tarbiyasi va uning kelajakdagi muvaffaqiyati aynan ilk bosqichda – maktabgacha yoshda qo‘yiladigan poydevorga bog‘liq. Shu sababli davlatimiz tomonidan bu sohaga yildan-yilga ko‘proq investitsiyalar jalb qilinmoqda, yangi muassasalar barpo etilmoqda va zamonaviy ta’lim dasturlari joriy etilmoqda.
So‘nggi yillarda qabul qilingan qonun hujjatlari, Prezident farmon va qarorlari maktabgacha ta’limning sifat va qamrovini oshirishga xizmat qilmoqda. Jumladan, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga berilayotgan imtiyozlar, xususiy sektor ishtirokining rag‘batlantirilishi tizimda raqobat muhitini shakllantirish bilan birga, xizmatlar sifatining oshishiga ham olib keldi.
Hududlarda bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish maqsadida ko‘plab yangi bog‘chalar qurilmoqda, mavjudlari esa kapital ta’mirlanmoqda. Pedagoglar malakasi doimiy oshirib borilayotgani, o‘quv-metodik ta’minot yangilanayotgani esa tarbiyalanuvchilar uchun qulay muhit yaratishga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish, shaffoflikni ta’minlash va innovatsion texnologiyalarni joriy etish borasida ham qator chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta’lim tizimiga berilayotgan e’tibor – kelajak avlodning intellektual, ma’naviy va jismoniy rivojini ta’minlashga, ularning barkamol shaxs bo‘lib shakllanishiga mustahkam zamin yaratmoqda. Bu esa Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy omillaridan biridir, — deydi Isamova Malika Qarshi shahar 18-DMTT direktori.
📰📰📰📰📰📰📰
O‘zbekiston ta’limida yangi ufqlar sari — “JAD AL-ALMIA” bilan strategik hamkorlik
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Saudiya Arabistonining “JAD AL-ALMIA” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
➖ Muloqot davomida O‘zbekiston maktabgacha va maktab ta’limini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan strategik yo‘nalishlar belgilab olindi.
Bizni kuzating
ОАВга расмий муносабат берилди
Қашқадарёда тарбиячи бехосдан қайнаган сувни тарбияланувчи боланинг пешонасига тўкиб қўйди Читать полностью…
Бола шошилинч тез тиббиёт бирлашмасига олиб борилган. Прокуратура ҳолат юзасидан текширув ўтказмоқда.
https://uza.uz/uz/posts/yangi-farmonlar-boshqaruvda-tub-ozgarishlarga-olib-keladi_708389
Читать полностью…Boshqarma boshligʼi attestatiya oʼtadigan manzil sharoiti bilan tanishdi — QASHQADARYO
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024 yil 27-dekabrdagi 417-sonli buyrug‘iga asosan maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining attestatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha belgilangan ishlar tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 1-yanvardan boshlab pedagoglar tomonidan platforma orqali yo‘llagan murojaatlarni o‘rganib arizalarni qabul qilish bo‘yicha mas’ul xodimlar biriktirilib, boshqarmada shtab tashkil etilgan holda arizalar ko‘rib chiqildi. Hozirgi kunda platforma orqali 21 332 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, 16 880 tasi qabul qilingan, shundan 2 102 (12,4%) tasi navbatdagi majburiy va 14778 (87,6%) tasi navbatdan tashqari turida ariza topshirgan. Ushbu 16 880 nafar pedagoglar test sinovlarida ishtirok etadi.
Shuningdek, malaka (test) sinovlari pedagogik mahorat markazining sport zali hamda faollar zalida o‘tkazish belgilangan bo‘lib, test sinovlari o‘tkaziladigan binolarni zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda o‘tkazilishini inobatga olib quyidagi jihozlash ishlari amalga oshirilgan:
8 ta kuzatuv kameralari o‘rnatilgan;
200 ta kompyuterlar tayyor holatda;
ishtirokchilar va ularning yaqinlariga kutish uchun joy tayyorlangan;
buyum va kiyimlarini saqlash bo‘yicha xona tayyorlangan;
yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta’minlangan;
birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish xonasi tayyor holatda.
Milliy gvardiya, Sog‘liqni saqlash, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, O‘ztelekom AK, Yo‘l harakati xavfsizligi, Teleradiokompaniyasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari hamda Elektr tarmoqlari AJ hududiy bo‘limi test o‘tkazish jarayonida hamkorlik bo‘yicha rasmiy xat bilan xabardor etilgan.
Malaka toifasini berish bo‘yicha test sinovlarini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilgan.
#direktorlar_kengashi
✅Direktorlar kengashi aʼzolari uchun tashkil etilgan seminar-trening qatnashchilariga sertifikatlar topshirildi.
💬8-10-aprel kunlari olib borilgan kurslarda 127 nafar ishtirokchilar menejerlik kurslari, maktab rahbarlarining zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni joriy etish, inson resurslarini boshqarish, shuningdek, zamonaviy rahbarning psixologik ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.
💬Institut rasmiy sahifalari:
📱Telegram | 📱Facebook
▶️YouTube | 📱Instagram
Мактабгача ва мактаб таълими тизимида коррупцияни олдини олиш ва коррупциявий хавфларни камайтириш юзасидан жамоатчилик эшитуви ўтказилди.
Эшитувда, таълим тизимида коррупцияни олдини олиш борасида амалга оширилаётган ишлар ва коррупциявий хавфларни камайтириш бўйича бажарилиши лозим бўлган муҳим вазифалар ижроси ҳақида соҳа мутасаддиларининг ахбороти эшитилди.
Тадбирда, жамоатчилик вакиллари томонидан соҳадаги коррупция ҳолатларини таҳлил қилиш, профилактика ишларини кучайтириш ва коррупциянинг жамият ҳаётига салбий оқибатларини тушунтириш бўйича тарғибот тадбирларини жадаллаштириш кераклиги айтилди.
Шунингдек, бошқарма фаолиятида очиқлик ва ошкораликни таъминлаш, аҳоли билан доимий мулоқотда бўлиш, уларнинг таклиф ва тавсияларини инобатга олиш муҳимлиги таъкидланди.
Тадбир “Юксалиш” ҳаракати вилоят бўлими, вилоят ҳокимлиги ҳузуридаги жамоатчилик Кенгаши ва коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенгаши ҳамкорлигида ўтказилди.
📰📰📰📰📰📰📰
#Raqamli_avlod_qizlari
"Raqamli avlod qizlari" ning xitoylik ishtirokchilari: "O‘zbekistonga safarimizni intizorlik bilan kutyapmiz"
✅ "Raqamli avlod qizlari-2025" tadbirida malakali mentorlar va spikerlar bilan birgalikda xorijiy mamlakatlardan ham ishtirokchilar qatnashadi.
Xitoyning “Yinghua Academy” o‘quvchilari va ustozlaridan iborat jamoa mazkur IT tadbirda o‘zbekistonlik o'quvchilar bilan birgalikda tajriba almashishlari kutilmoqda:
➖ Qadimgi Ipak yo‘lidan tortib to bugungi raqamli davrgacha Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida mustahkam do‘stlik mavjud bo‘lib kelgan.
Mazkur sayohatimiz orqali biz nafaqat texnologiyalar va yangi bilimlarni egallash niyatidamiz, balki o‘zbek yoshlari bilan yanada yaqin do‘stlik aloqalarini o‘rnatamiz, deb umid qilaman.
➖ "Raqamli avlod qizlari" loyihasi orqali o‘z g‘oyalarimizni o‘rtoqlashish, turli davlatlardan do‘stlar orttirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. O‘zbekistonga safarimizni intizorlik bilan kutyapmiz.
➖ Maktabimizda o‘zbekistonlik ko‘plab sinfdoshlarimiz ham bor. Biz ular bilan ko‘pincha birga shug‘ullanamiz. Oramizda samimiy do‘stlik aloqalari shakllanib ulgurgan.
Qamashi tumanida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari va “Sogʻlom tanda — sifatli taʼlim” musobaqalariga start berildi
Maktab oʻquvchilari jismoniy tayyorgarlik darajasini namoyon etmoqda.
Qamashi tumanida umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari hamda “Sogʻlom tanda — sifatli taʼlim” musobaqalariga tantanali ravishda start berildi.
@Qashqadaryo_MMTB
🏆 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqasida g‘oliblar aniqlandi!
🔥 Shiddatli raqobat ostida o‘tgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
🥇1-o‘rin: Namangan shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internat jamoasi
🥈2-o‘rin: Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi jamoasi
🥉3-o‘rin: Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi
💵 Mazkur jamoalar diplom, medallar hamda quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi:
🥇1-o‘rin: 100 mln so‘m
🥈2-o‘rin: 60 mln so‘m
🥉3-o‘rin: 40 mln so‘m
🎁 Shuningdek, respublika bosqichida qatnashgan barcha jamoalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
@Qashqadaryo_MMTB
#Õzbekiston_tarixi
#42_dars
📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.
✅ Navbatdagi videodars "Amir Temurning tashqi siyosati" mavzusiga bagʻishlanadi.
❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda Amir Temurning tashqi siyosati aks ettiriladi.
➖ Davomi bor...
📰📰📰📰📰📰📰
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Italiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Piergabriele Papadia de Bottini bilan uchrashdi.
➖ Unda ta’lim sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Muloqot avvalida elchi O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanayotganini alohida qayd etdi hamda ta’lim ikki tomonlama hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.
Bizni kuzating
Нишон туманида янги мактабгача таълим ташкилоти фаолият бошлади
Нишон туманида давлат-хусусий шерикчилик асосида ташкил этилган янги мактабгача таълим муассасаси ўз фаолиятини бошлади.
Ушбу таълим маскани Навбаҳор маҳалласида жойлашган бўлиб, 75 ўринга эга ва инглиз ҳамда рус тиллари йўналишига ихтисослаштирилган.
Муассасанинг очилиш маросимида Нишон тумани ҳокими Ботир Тоғаев иштирок этиб, болажонлар учун яратилган замонавий шарт-шароитлар, ўқув-тарбиявий муҳит ва инфратузилмалар билан яқиндан танишди.
Ушбу мактабгача таълим ташкилоти болаларнинг эрта ёшдан чет тилларига бўлган қизиқишини ошириш, интеллектуал салоҳиятини ривожлантириш ҳамда сифатли таълим-тарбия беришга қаратилгани билан аҳамиятлидир.
@Qashqadaryo_MMTB
#инклюзив_таълим
Maktab va bog'chalardagi inklyuziv sinflar faoliyati oʻrganilmoqda
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda vazirlik huzuridagi tashkilot va hududiy bo'linmalar masʼul xodimlaridan iborat Ishchi guruh aʼzolari qator ta'lim muassasalari faoliyatini oʻrgandi.
➖ Xususan, muassasalarda tashkil etilgan inklyuziv sinflarga qabul qilingan alohida taʼlim ehtiyoji boʻlgan o‘quvchilar bilan olib borilayotgan ishlar, korreksion xonalar hamda “toʻsiqsiz muhit” talablari asosida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.
👉 Oʻrganishlar natijasi boʻyicha taʼlim muassasalari masʼullariga zarur koʻrsatma va tavsiyalar berib oʻtildi.
_____
📍 Fotolavhalarda Qashqadaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahridagi jarayonlar aks etgan.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
#Chempionat_xalqaro_natija
Qashqadaryolik o‘quvchi xalqaro chempionatda oltin medalni qo‘lga kiritdi
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi 9-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Vazira Nurullayeva 47 kg vazn toifasida o‘smir qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo-Okeaniya chempionatida munosib ishtirok etib, oltin medal sohibasi bo‘ldi.
Vaziraning ushbu yutug‘i nafaqat maktabi va tumani, balki butun viloyatimiz faxriga aylandi. U sportda erishgan g‘alabasi bilan yosh avlodga ijobiy namuna bo‘lib xizmat qilmoqda.
Viloyat ta'lim tizimi vakillari bu yutuqni katta e’tirof sifatida baholab, Vazira Nurullayevaning kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilab qoladi.
#Inklyuziv
Boshqarma boshligʼi inklyuziv sinflarda taʼlim olayotgan oʼquvchilar faoliyati bilan tanishdi — QASHQADARYO
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshligʼi U. Oripov Qarshi shahridagi 4-sonli umumtaʼlim makrabida boʼlib, u yerda tashkil etilgan inklyuziv sinflarda taʼlim olayotgan oʼquvchilar faoliyati, toʼgaraklar jarayoni bilan tanishib, ular uchun yanada sharoitlar yaratish uchun mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʼrsatmalar berildi.
Maʼlumot uchun: Hozirgi kunda viloyatmizda 46 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida inklyuziv sinflar ochilgan. Tashkil etilgan inklyuziv sinflarga alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan 101 nafar o‘quvchilar qamrab olingan. Ushbu inklyuziv sinflar ochilgan maktablar faoliyati viloyat maktabagcha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan shaxsan nazoratga olingan bo‘lib, alohida reja asosida ushbu maktablar faoliyati o‘rganilib borilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 152-sonli Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan boshlab har bir tuman(shahar)larda bittadan umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida inklyuziv guruhlar tashkil etish haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024 yil 10 dekabrdagi 392- sonli va boshqarma boshlig‘ining 2024 yil 14 dekabrdagi 259-sonli buyruqlari qabul qilingan.Unga ko‘ra viloyatda har bir tuman(shahar)da bittadan, jami 16 ta DMTTlarida inklyuziv guruhlar tashkil etilgan.
QOʼSHIMCHA AXBOROT
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Qarshi shahridagi 9-maktabda noqonuniy holatlar kuzatilmoqda" mazmunidagi murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining dastlabki rasmiy munosabat berilgan edi.
Holat Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi nazoratiga olingan boʼlib, oʼrnatilgan tartib asosida oʼrganilmoqda.
Holat yuzasidan umumiy tartibda oʼrganish ishlari amalga oshirilib, mazkur tanqidiy xabarlarni tarqatayotgan shaxslar va murojaatdagi vajlar toʼgʼri yoki notoʼgʼri ekanligiga aniqlik kiritish yuzasidan boshqarma axborot xizmati va tegishli masʼul mutasaddilar tomonidan oʼrganilmoqda.
Oʼrganishlar davomida umumiy tartibda taʼlim tashkiloti, pedagoglar faoliyati qonuniy tartibda oʼrganilib, yakuniy qaror qabul qilinadi.
❗️Pedagoglar va ota-onalarga eslatma!
Maktablarda noqonuniy pul yig‘imlarini taqiqlovchi huquqiy asoslar O‘zbekiston Respublikasining bir qancha qonun va normativ hujjatlarida aniq belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 55-son qarorida “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pul yig‘imlariga yo‘l qo‘ymaslik tartibi to‘g‘risida” maktablarda o‘qituvchilardan, o‘quvchilardan yoki ularning ota-onalaridan har qanday majburiy pul yig‘imlari qattiq taqiqlanadi.
Shuningek, Jinoyat kodeksida mansab vakolatini suiiste’mol qilish orqali pul yig‘imlariga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar javobgarlikka tortilishi qonunan belgilangan.
❗️Mazkur murojaatda keltirilgan vajlarga doir oʼrganishlar yakunidan soʼng qoʼshimcha axborot beriladi.
Qoʼshimcha: Mazkur taʼlim tashkilotining ayrim pedagoglari tomonidan boshqarmani masʼul xodimini ishchanlik faoliyatiga taʼsir qiluvchi hamda shaʼni qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi harakatlari yuzasidan qoʼshimcha oʼrganish ishlari olib borilib, kelgusida toʼplangan hujjatlar yetarli asoslarga koʼra huquq tartibot organlariga yoʼnaltirilishini maʼlum qilamiz.
#Tanlov
Qashqadaryoda "Yil tarbiyachisi – 2025" respublika koʼrik tanlovining viloyat bosqichini saralash jarayoni oʼtkazilmoqda
(+video)
‼️‼️‼️
#yakuniy_davlat_attestatsiyasi
📣 Bitiruvchi sinf oʻquvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazishga doir metodik tavsiya va materiallar tasdiqlandi
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan bitiruvchi sinf oʻquvchilari ishtirokida oʻtkaziladigan yakuniy attestatsiya fanlari spetsifikatsiyalari hamda yakuniy davlat attestatsiyasi (ogʻzaki va yozma) topshiriqlari ishlab chiqildi.
❗️Unda umumtaʼlim maktablarining 9- va 11-sinf oʻquvchilarini tegishli fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish boʻyicha (taʼlim tili oʻzbek, rus, qoraqalpoq, qirg‘iz, qozoq va tojik tillarida boʻlgan maktablar uchun) zarur materiallar oʻrin olgan.
👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/uzedu/news/view/44886
Bizni kuzating
Bilim olish yosh va joy tanlamaydi.
Qarshi tumanidagi 25-maktab o‘quvchisi Safina To‘rayeva.
Мактабгача ва мактаб таълими тизимида коррупцияни олдини олиш ва коррупциявий хавфларни камайтириш юзасидан жамоатчилик эшитуви ўтказилди.
Эшитувда, таълим тизимида коррупцияни олдини олиш борасида амалга оширилаётган ишлар ва коррупциявий хавфларни камайтириш бўйича бажарилиши лозим бўлган муҳим вазифалар ижроси ҳақида соҳа мутасаддиларининг ахбороти эшитилди.
Тадбирда, жамоатчилик вакиллари томонидан соҳадаги коррупция ҳолатларини таҳлил қилиш, профилактика ишларини кучайтириш ва коррупциянинг жамият ҳаётига салбий оқибатларини тушунтириш бўйича тарғибот тадбирларини жадаллаштириш кераклиги айтилди.
Шунингдек, бошқарма фаолиятида очиқлик ва ошкораликни таъминлаш, аҳоли билан доимий мулоқотда бўлиш, уларнинг таклиф ва тавсияларини инобатга олиш муҳимлиги таъкидланди.
Тадбир “Юксалиш” ҳаракати вилоят бўлими, вилоят ҳокимлиги ҳузуридаги жамоатчилик Кенгаши ва коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенгаши ҳамкорлигида ўтказилди.
#mehnat_yarmarkasi
Joriy yilning 10-mart kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida Qashqadaryo viloyatidagi mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda “Mehnat yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida viloyatdagi 16 ta maktabgacha ta’lim muassasasi va 50 dan ortiq umumta’lim maktab mas'ullari tashrif buyurdi.
Tadbirni institut rektori Sherzod Nematov ochib berdi. U o‘z nutqida yosh mutaxassislarning jamiyatda munosib o‘rin egallashi va ta’limdagi islohotlarda faol ishtirok etishi muhimligini alohida ta’kidladi. Mazkur mehnat yarmarkasi talaba-yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ayniqsa, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Tadbirda yetakchi ish beruvchi tashkilotlar, muassasa va idoralar ishtirok etib, bitiruvchi talabalar bilan bevosita suhbatlar olib bordi.
@Qashqadaryo_MMTB
Yakkabog'da umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilari o'rtasida "Viloyat hokimi olimpiadasi"ga start berildi.
@Qashqadaryo_MMTB