|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz
"Iqtidor maktab ansambli"
Kitob tuman bosqichi oʼtkazildi
Kitob tumani Madaniyat saroyida, umumiy o'rta taʼlim maktablarining iqtidorli o'quvchi yoshlari o'rtasida o‘tkazilayotgan "Iqtidor maktab ansambli" respublika tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.
📍Tanlov natijasiga ko'ra:
🥇-o‘rinni 81-maktab "Yosh isteʼdodlar jamoasi,
🥈-o‘rinni 4-maktab "Sulola" jamoasi,
🥉-o‘rinni 62-maktab "Binafsha" jamoalari qo‘lga kiritdi.
Tanlov Nizom asosida 6-10 sinf oʻquvchilaridan iborat bo'lgan jamoalar oʻrtasida o'tkazildi. Tanlovda 10 ta maktabdan 172 nafar iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etishdi.
@Qashqadaryo_MMTB
#Bizning_faxrimiz
#Gravitatsion_idrok
#intellektual_shou
✔️ “Gravitatsion idrok” intellektual shou
Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi to'garak a'zosi 68-maktab o'quvchisi Temirova Dilnoza Farhod qizi “Mening Yurtim” telekanalidagi “Gravitatsion idrok” ko‘rsatuvida ishtirok etib “Alfraganus” universitetida shartnoma asosida o‘qish uchun sertifikat qo‘lga kiritdi. “Alfraganus” universitetida grant asosida bepul ta’lim olish imkoniyati ega bo'ldi.
@Qashqadaryo_MMTB
#Farmon_sharhi
#Pedagoglar_fikri
✅Davlatimiz rahbarining “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni tizim vakillari uchun chinakam xushxabarga aylandi.
➖ Bu haqda hududlarda pedagoglar o‘z fikr va mulohazalarini bo‘lishmoqda.
Bizni kuzating
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги
—
Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Natija
Qarshi tumanidagi maktab oʼquvchisi Safina To`rayeva matematika va ingliz tili fanlaridan yuqori natijalarni zabt etmoqda
(+video)
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
Mirishkor tumanida “Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt” shiori ostida keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazildi
(+video)
O‘zbekistonda millatlararo totuvlikni mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda Mirishkor tumanining chegara oldi hududi hisoblangan “Gulshanbog‘” qishlog‘ida “Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt” shiori ostida qator madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirni Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G‘ulomov ochib berib, O‘zbekistonda turli millat vakillari o‘rtasida do‘stlik va totuvlikni mustahkamlash yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlar, yoshlar tarbiyasida bag‘rikenglik va hamjihatlikning o‘rni haqida so‘z yuritdi.
Tadbir doirasida turli millat vakillari o‘z madaniyati, urf-odatlari va an’analarini namoyish etgan ko‘rgazmalar tashkil etildi. Shuningdek, nuroniylar yoshlarga milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ahillik va birdamlikni mustahkamlash borasida o‘z maslahatlarini berdilar. Sportchi yoshlar esa musobaqalar orqali o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
Tadbirda keng jamoatchilik, nuroniylar, sportchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etib, bag‘rikenglik va do‘stlik muhitining mustahkamlanishi bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ular bu kabi tadbirlar yoshlarni hamjihatlik ruhida tarbiyalash, turli millat vakillari o‘rtasidagi do‘stlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.
Yangi iqtidorlilar saralanmoqda.
Shahrisabz shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabida bo'lib o'tayotgan "Ijodkor bolalar 2025" tanlovida yangi g'oya va innovatsiyalar bilan ishtirok etayotgan iqtidorli o'quvchilar saralab olinmoqda.
Ushu tanlovda iqtidorli va qobilyatli o'quvchilar o'z kashfiyotlarini namoyish etish va bir-birlari bilan tajriba almashish maqsadida tashkil etilgan.
@Qashqadaryo_MMTB
Mahallalarda targ‘ibot
Mirishkor tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi to‘garak rahbarlari mahallalarda bo‘lib maʼnaviy va madaniy tadbir tashkil etish, mahallalarda to‘garaklar ochish boʻyicha targ‘ibot ishlari olib bordi.
Targ‘ibotda maktabning mahoratli to‘garak rahbarlari tomonidan ko‘rgazmalar va master klass namoyish etildi.
@Qashqadaryo_MMTB
#Ochiq_muloqot
#Vazir_va_yoshlar
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova bugun poytaxtimizning Chilonzor tumanida yashovchi bir guruh yoshlar bilan uchrashdi.
➖ Vazir ochiq muloqot tarzida davom etgan tadbirda yoshlarning ijtimoiy holati, kelajak rejalari hamda muammolari bilan tanishdi. Har bir ishtirokchi yosh bilan individual suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalariga quloq tutdi.
Uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan:
➖axborot texnologiyalari sohasida dars berish,
➖ dizayn va SMM sohasida faoliyatni boshlash,
➖ kasb-hunar o‘rganishda amaliy yordam berish kabi masalalar joyida hal qilindi.
#Xushxabar
Muboraklik o‘qituvchi yuksak mukofotga sazovor bo‘ldi
Muborak tumanidagi eng yaxshi maktablardan biri – 34-umumtaʼlim maktabi jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi G‘oyipov Sobir Amirqulovich katta e’tirofga sazovor bo‘ldi!
Mavzuga oid: 34-umumtaʼlim maktabining 11-sinf o‘quvchilari Xaydarov Shoxruh va Sherzodov Behruzjonlar muddatidan avval oliy o‘quv yurti talabasi bo‘ldi.
#videorolik
#Zulfiyaxonim_110_yoshda
SADOQAT KUYCHISI
Koson tumani MMTBga qarashli 93-maktabning 4- "A" sinf o'quvchilari tomonidan sadoqat va vafo kuychisi, taniqli o'zbek shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligiga bag'ishlanadi
Sinf rahbari: D. Karimova
@Qashqadaryo_MMTB
#Turon_maktab_teatri
Dehqonobod tumanida umumtaʼlim maktablari o'rtasida "TURON" maktab teatri tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.
Tanlov natijasiga ko'ra:
🥇70-maktab "Nihol" jamoasi
g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Tanlovdan ko'zlangan maqsad, o'quvchilar o'rtasida teatr san'ati va madaniyatini keng targ'ib qilish hamda maktablarda teatr studiyalari faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Shuningdek, tanlovda 20-sonli umumta’lim maktabi jamoasi,
97-sonli umumta’lim maktabi, 89- maktab, 41-maktab va 9-maktab jamoalari ham Dehqonobod tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limining diplomlari bilan taqdirlandi.
@Qashqadaryo_MMTB
"Давлат тили имтиҳонлари олдин ҳам бор эди-ку, бунинг нимаси янгилик?.."
Бугунги кунда кўп сўралаётган саволга матбуот анжуманида жавоб берилди.Читать полностью…
@D_Sobirova_MMTV
Sinovlarda sinmagan hunarmand
muxbir: G'olib Amirov
#Qashqadaryo viloyati
16:00 28.02.2025
@hududtv
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_results
Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining
10-sinf oʻquvchisi Maxkamova Shabnam IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritdi.
@Qashqadaryo_MMTB
🌍🌍🌍🌍🌍
Aprel-may oylarida 30 ta maktabda PIRLS 2026 tadqiqotining tajriba-sinov jarayonlari oʻtkaziladi
✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida joriy yil oʻtkaziladigan malaka sinovlarini tashkil etish, inklyuziv sinflari mavjud taʼlim maskanlari hamda “Jasorat maktab”lari faoliyati, “Iqtidor maktab ansambli” va “Turon” maktab teatri tanlovlarini oʻtkazish masalalariga doir “Vazir soati” boʻlib oʻtdi.
Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼullari, hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
➖ Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha toʻxtalib oʻtar ekan, oʻtgan haftada Sirdaryo, Jizzax, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida olib borilgan oʻrganish natijalariga toʻxtalib oʻtdi.
Bizni kuzating
Dehqonobod tumanidagi 92-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi 420 o‘ringa mo‘ljallangan qo‘shimcha o‘quv binosi foydalanishga topshirildi
Dehqonobod tumanining “Yangiobod” mahallasidagi 92-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi qo‘shimcha o‘quv binosi va sport zalidagi qurilish ishlari to‘liq yakunlanib, o‘qituvchi-o‘quvchilar, mahalla faollari, nuroniylar va soha faxriylari ishtirokida ochilish marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, shuningdek, nuroniylar va soha faxriylari ishtirok etib, o‘qituvchi va o‘quvchilarni, farzandlari ushbu maskanda tahsil oluvchi ota-onalarni yangi, zamonaviy maktab binosining ochilishi bilan tabriklashdi.
Ochilish marosimida ushbu bunyodkorlik ishlari Prezidentimizning xalq farovonligini ta’minlash yo‘lida olib borayotgan mehnatlari va sa’y-harakatlarining mevasi ekanligiga alohida urg‘u berildi. Yangi maktab binosi o‘quvchilarga zamonaviy ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish, ularning bilimlarini yanada rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Tadbirda ishtirok etgan nuroniylar, mazkur bunyodkorlik ishlaridan mamnun bo‘lib, yurtimiz tinchligi va yurtboshimiz omonligini tilab, duolar qildilar.
@Qashqadaryo_MMTB
Hurmatli hamkasblar, ustoz-murabbiylar va aziz yurtdoshlar!
Sizlarni eng ulug‘ va muborak bayramlardan biri – Ramazon hayiti munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Bu qutlug‘ kunlarda mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik tuyg‘ulari yanada mustahkamlanib, qalblarimiz nurga to‘lsin. Ramazon oyida qilgan ibodat va ezgu amallarimiz qabul bo‘lib, hayit kunlari barchamizga xursandchilik, oilalarimizga fayzu baraka olib kelsin!
Ta’lim-tarbiya sohasida mehnat qilayotgan ustoz va murabbiylarimizga sabr-toqat, bardavom muvaffaqiyatlar tilayman. Ularning mehnati tufayli yosh avlod kamol topib, Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shmoqda.
Tinchlik va farovonlik, do‘stlik va hamjihatlik yurtimizdan arimasin! Yurtimiz obod, xalqimiz omon bo‘lsin!
Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,Читать полностью…
Ubaydulla Oripov Suxrobovich,
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshligʼi.
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi
Qashqadaryolik oʼquvchi Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasining Respublika bosqichida 1-oʼrinni egalladi
Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasining Respublika bosqichi oʼtkazildi.
Qoraqalpog’iston Respublikasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasining yakuniy — Respublika bosqichi 2 tur asosida, yozma ish va test topshiriqlari tarzida tashkil etildi.
Unda hududiy bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 84 nafar 7-8-sinf o‘quvchilari kuch sinashishdi.
Yakuniy natijalar koʼra, Qarshi shahar 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 7-sinf oʼquvchisi Arziyev Zarifjon Kimyo fanidan 1-oʼrinni egalladi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi jamoasi Zarifjon Arziyevni ilm olishdagi kelgusidagi faoliyatiga omad va zafarlar tilaydi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
#tanlov
📢Diqqat, tanlov!
🏆“Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.
Mazkur ko‘rik-tanlov Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning mart–may oylarida tashkil etilmoqda.
‼️Ko‘rik-tanlov quyidagi 3 bosqichda o‘tkaziladi:
1️⃣ tuman (shahar) bosqichi – mart oyida;
2️⃣ hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar) bosqichi – aprel oyida;
3️⃣ respublika bosqichi – may oyida.
Ko'rik-tanlov g'oliblari:Muhim‼️
🥇o‘rin uchun 30 million;
🥈o‘rin uchun 20-million;
🥉o‘rin uchun 10 million pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
Hurmatli o'qituvchilar!
📥Tanlovda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining barcha “Davlat va huquq asoslari” fani o‘qituvchilari hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga murojaat qilish orqali ishtirok etishlari mumkin.
Viloyat hokimi aholi muammolariga quloq tutdi
Fuqarolar dardi va tashvishi bilan yashash, ularni muammolariga yechim topishda mas'ul davlat tashkilotlari rahbarlari tomonidan o'tkaziladigan qabullarning o'rni muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayni shu omillarni e'tiborga olgan holda viloyat hokimi Murotjon Azimov vohamizning bir qancha fuqarolarini qabul qildi. Mazkur navbatdagi qabulda ham aholini qiynayotgan muammo va masalalarga quloq tutildi, tegishli soha mutasaddilari ishtirokida ijobiy hal etish choralari ko'rildi.
Shuningdek, o'z o'rnida masalasi ijobiy hal etilayotgan fuqarolarimiz prezident boshchiligidagi rahbarlarga minnatdorchilik bildirishdi.
@Qashqadaryo_MMTB
ZEHN KURASHCHILARI SHAXMAT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI.
Qashqadaryo viloyati "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan bahorgi ta'til kunlarida o‘quvchi - yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni shaxmat sportiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida o‘g‘il bolalar o‘rtasida "Zehn kurashchilari" shaxmat musobaqasi o‘tkazilishi belgilangan edi.
Ushbu musobaqaning viloyat bosqichi Muborak tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida o‘tkazildi.
Tanlov natijalariga ko'ra;
🥇-o'rin Qarshi tuman
Rustamov Asilbek,
🥈-o'rin Yakkabogʻ tuman
Shermatov Mirjalol,
🥉-o'rin Dehqonobod tuman
Namozov Lazizbeklar qo‘lga kiritdi.
G‘olib o‘quvchilar Muborak tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi ma'muriyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
@Qashqadaryo_MMTB
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонига шарҳ
—
Комментарий к Указу Президента Республики Узбекистан «О помиловании группы лиц, отбывающих срок наказания, чистосердечно раскаявшихся в содеянном и твердо вставших на путь исправления»
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan "Qarshi tumanidagi 11-maktabda pul yigʼimlari tashkil etilmoqda.Maktab direktori majburiyat yuklamoqda!" mazmunidagi murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy munosabati:
Holat Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan oʼrnatilgan tartib asosida oʼrganildi.
Maʼlum boʼlishicha, joriy yil 14-mart kuni maktab direktori tomonidan sinf rahbarlari ishtirokida davomat hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi va taʼlim tashkiloti moddiy texnik bazasi(kameralashtirish)ni yangilashda homiylik masalalari yuzasidan yigʼilish tashkil etilgan.
Aniqlanishicha, taʼlim tashkiloti direktori tomonidan ta’lim sohasi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kafolatlanganligi, xususiy sektor va jamoatchilikning ta’limni rivojlantirishdagi ishtiroki cheklanmaganligi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun (2020-yil 23-sentabr, yangi tahrir) 42-moddasida davlat va nodavlat tashkilotlarining ta’limga ko‘maklashish huquqi belgilanganligi, homiylar tomonidan ta’lim muassasalariga beg‘araz yordam berish imkoniyati mavjud ekanligi va boshqa masalalar muhokama etilgan.
Shuningdek, sinf oʼquvchilarini ota-onalari orasida homiylik istagida boʼlganlarni jalb etilishi qonunan amalga oshirilishi yuzasidan taklifini bildirib oʼtgan.
Mazkur holatga huquqiy baho berish yuzasidan huquq tartibot organlari tomonidan oʼrganish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Qarshi tumanidagi 11-maktab direktori targʼibot jarayonlarida eʼtiborsizligi hamda notoʼgʼri talqin etilganligi bois, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan unga intizomiy jazo chorasi qoʼllanilishi belgilangan.
Eslatib oʼtamiz, PQ-81-sonli qaror (2022-yil 17-yanvar) – Xususiy sektor va homiylar ishtirokida maktab infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rsatilganligini inobatga olib, maktab maʼmuriyati tomonidan pedagoglarni kasbiy faoliyati bilan bogʼliq boʼlmagan ishlarga jalb etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Maktab direktorining maʼlum qilishicha, ish faoliyatiga aralashayotgan fuqaro(ayrim pedagog) lar faoliyatiga huquqiy baho berish yuzasidan huquq tartibot organlariga murojaat qilishini bildirib, OAVda yoritilayotgan lavhalarni haqiqatga yaqin emasligini, maktab sinfxonalarini kamerashtirish majburiyat emas balki fuqarolar istak bildirsa, qonuniy tartibda qoʼllab-quvvatlash lozimligini bildirib oʼtganligini maʼlum qilgan.
❗️Maʼlumot uchun: Maktab direktorining ish faoliyatiga noqonuniy aralashish qonuniy javobgarliklarni keltirib chiqarishini va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasida- Har bir fuqaro o‘z huquq va erkinliklarini qonuniy himoya qilish huquqiga ega ekanligi, 19-modda – Hech kim qonun bilan belgilangan vakolatlarsiz boshqa shaxslarning faoliyatiga noqonuniy aralashishga haqli emasligi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 4-modda – Har bir ish beruvchi (shu jumladan, maktab direktori) o‘z xizmat vazifalarini bajarishda mustaqil bo‘lishi kerakligi,81-modda – Mehnatga noqonuniy aralashish yoki to‘sqinlik qilish mehnat huquqlarining buzilishi hisoblanishi, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi
41-modda – Xodimning ish faoliyatiga noqonuniy aralashganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanganligi, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni 33-modda – Ta’lim muassasalarining mustaqilligi ta’minlanadi, davlat organlari va boshqa shaxslarning aralashuvi cheklanganligi, 42-modda – Maktab direktori faqat qonuniy tartibda belgilangan vakolat doirasida boshqarilishi mumkin.
📖FAOL KITOBXONLAR O'RTASIDA BADIIY ASARLARNI KENG TARG'IB QILISH MAQSADIDA "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL O'YINI TASHKIL ETILDI.
Qashqadaryo viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan Qarshi shahridagi 9-umumta'lim maktabining "EVEREST" hamda 10-umumta'lim maktabning "JASORAT" jamoalari o'rtasida, badiiy asarlarni mutolaa qilishni keng targ'ib qilish maqsadida o'zbek va jahon badiiy asarlari yuzasidan "ZAKOVAT" intellektual o'yini tashkil etildi.
"ZAKOVAT" intellektual o'yinida o'quvchilar mutaxassislar tomonidan tuzilgan savollarga zukkolik bilan javob berishdi.
Tanlov natijalariga ko'ra 9-maktabning "EVEREST" jamoasi 1-o'rinni, 10-maktabning "JASORAT" jamoasi II-o'rinni qo'lga kiritishdi.
G'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilar viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan faxriy yorliq va badiiy kitoblar bilan taqdirlandi.
@Qashqadaryo_MMTB
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasiga o‘qishga taklif etamiz!
Akademiyaga o‘qishga kirish uchun arizalar va bildirgilar 1-fevral kunidan 31-mart kunigacha qabul qilinadi.🧍♂️Akademiyaga o‘qishga — o‘n yetti yoshdan yigirma uch yoshgacha bo‘lgan shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili o‘n yetti yoshga to‘ladigan fuqarolar shuningdek o‘qishga qabul qilingan yili o‘n sakkiz yoshga to‘ladigan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar shuningdek yigirma olti yoshgacha bo‘lgan talabalari qabul qilinadi.
#Миллий_либос_миллий_ифтихор
@D_Sobirova_MMTV
#Матбуот_анжумани
Аттестацияда 86 ва ундан юқори балл олган педагогларга базавий тариф ставкасининг 70 фоиз миқдорида устама белгиланади
Жорий йилдан бошлаб давлат мактабгача ва умумтаълим ташкилотларининг психолог кадрлари ҳам аттестациядан ўтказилади.
Навбатдаги мажбурий аттестацияга жалб этилмаган, аттестациядан ўтганлик муддати тугаган ва амалдаги малака тоифаси сақланиб қолган қуйидаги педагоглар 2025 йил 1 сентябрга қадар мажбурий аттестацияга жалб этилмайди ҳамда уларга амалдаги малака тоифаси бўйича ҳақ тўланади:
олий малака тоифасига эга бўлганидан сўнг ушбу тоифани 15 йил давомида сақлаб келган ва узлуксиз иш стажига эга бўлган;
педагогик фаолият бўйича 25 йил ва ундан кўп иш стажига эга бўлган;
ёшга доир пенсияга чиқиши учун 5 йилдан кўп бўлмаган вақт қолган;
педагогик фаолият билан шуғулланаётган пенсия ёшига тўлган.
Пресс релиз
MILLIY QADRIYATLARIMIZ- MILLIY LIBOSLARIMIZDA
Koson tumanidagi 2-Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida ham jajji kichkintoylarda milliy qadriyatlar, milliy liboslarga mehr uyg‘otish maqsadida ko‘plab tadbirlar tashkil etilmoqda.
"Shu kunlarda yurtimizda milliy liboslar-maʼnaviyat ko‘zgusi shiori ostida chellenj tashkil etilayotgani ayni muddao. Biz ham pedagogik jamoa bilan tegishli reja-dastur ishlab chiqdik. Kelgusida ushbu reja asosida bu boradagi ishlarimizni yanada rivojlantiramiz. Zero, sog‘lom fikrlaydigan, ona Vatanga sadoqatli, umuminsoniy va milliy qadriyatlari ega yoshlarni tarbiyalash asosiy vazifamiz hisoblanadi. Bunday tadbirlar orqali oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizga erishamiz",-deydi Koson tumanidagi 2-DMTT direktori F.Otabekova.
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_results
Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-sinf oʻquvchisi Jahongir Mirzo Mamanazarov IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritdi.
Dear JAHONGIR MIRZO MAMANAZAROV,
Thank you for taking IELTS with British Council
Here are your preliminary results of the IELTS test you sat on 13.02.2025:
Speaking: 7
Listening: 9
Reading: 8
Writing: 7
Overall: 8