|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz
✅✅✅✅
#ustozlar_forumi
✅ “Mahoratli oʻqituvchi – millat tayanchi” shiori ostida tashkil etilayotgan “Ustozlar milliy forumi” qizg‘in davom etmoqda.
➖ Bunda ishtirokchi pedagoglar fanlar doirasida turli shoʻbalarga bo‘lingan holda seminar mashg‘ulotlarida qatnashmoqda.
👉 Ma’lumot uchun: Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida oʻtkazilayotgan Forum tadbirlarida mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 210 nafar ilgʻor, tashabbuskor, yetakchi oʻqituvchi va tarbiyachilar qatnashmoqda.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
#tinglovchi_fikri
❓Menejerlik o‘quv kursining yakuniy test savollari qanday tuzilgan?
❓Testda yuqori ball olish uchun nima qilish lozim?
✅Yakuniy sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarni suhbatga tortdik.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
#Jarayon
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan 6 815 805 dona darsliklar, mashq daftarlar va metodik qo‘llanmalarga buyurtma berilgan bo'lib, hozirgi kunda 4 097 336 dona (60 %) yetib keldi va umumta’lim maktablariga tarqatilmoqda.
#xorijiy_til_tanlovi
✅Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichiga start berildi.
➖ Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov hamda mutasaddi xodimlar ishtirok etdi.
➖ Tadbir doirasida ishtirokchilarning barcha savollariga mas’ullar tomonidan batafsil javob berildi.
✅ Eslatib o’tamiz, tanlovning Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar:
🥇 1-o‘rin uchun – 500 mln so‘m;
🥈 2-o‘rin uchun – 400 mln so‘m;
🥉 3-o‘rin uchun – 300 mln so‘m miqdorida pul mukofotini qo’lga kiritadi.
👉 Shuningdek, Respublika bosqichi ishtirokchilari va ularning ustozlari xorijga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritishadi!
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Ўзбекистон Халқаро Иқтисодиёт Олимпиадасида тарихий натижа қайд этди
Ўзбекистон вакиллари 2025 йилги Халқаро Иқтисодиёт Олимпиадасида (International Economics Olympiad, IEO) муваффақиятли иштирок этиб, юртимиз тарихидаги энг юқори натижани қайд этди.
Батафсил: https://uza.uz/posts/745514
Телеграм каналларимиз
Facebook | Instagram | YouTubе
Taʼlim tizimining barcha boʻgʻinlarini oʻzaro integratsiya qilishga doir muhim vazifalar muhokama qilindi
✅ Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Hilola Umarova boshchiligida taʼlim tizimini integratsiya qilish va bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan masalalar ijrosiga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
➖ Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov, mazkur vazirliklar masʼullari, hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida Davlatimiz rahbarining kuni kecha eʼlon qilingan tegishli Farmoniga muvofiq, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlangan Eʼzoza Karimova jamoaga tanishtirildi.
Bizni kuzating
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan:
✅ Karimova Eʼzozxon Gapirjonovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Taʼlim sohasida uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan E. Karimova 2021-yilda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi boʻlimi boshligʻi, 2021-2023-yillarda Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.
2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori vazifasida ish olib borgan.
Vazirlik jamoasi Eʼzozxon Karimovaga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Bizni kuzating
Koson tumanidagi Tinchlik MFYda 150 o'ringa mo'ljallangan yangi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi.
Yangi 48-sonli DMTTning ochilish marosimida Koson tumani hokimi A.Boyqarayev, Maktabgacha va maktab ta’limi tuman bo‘limi rahbar va xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Bugun tumandagi Tinchlik MFYda joylashgan 48-sonli DMTTda 150 nafar, 3 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 100 nafar bolalar qamrab olinib, MFY hududida qamrov darajasi 48,0 foizga yetdi.
IEO 2025: Xalqaro olimpiadalardagi navbatdagi gʻalaba!
Boku, Ozarbayjon
Dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan 250 dan ortiq eng iqtidorli yosh iqtisodchilar qatnashgan Xalqaro Iqtisod Olimpiadasida (IEO 2025) Terma jamoamiz a’zolari katta muvaffaqiyatga erishdi.
Quvonarlisi g‘oliblarning ikkalasi ham qashqadaryolik o‘quvchilar!
Umumiy hisobda:
🥈1 ta kumush, 🥉1 ta bronza - jami 2 ta medal
Gʻoliblarimiz bilan tanishing:
🥈Asliddin Boynazarov - Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi Prezident maktabining oʻquvchisi - Kumush medal
🥉Xumoyunbek Ibrohimov - Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi Prezident maktabining oʻquvchisi - Bronza medal
Eslatma: O‘zbekiston terma jamoasi 2024-yilgi Xalqaro Iqtisod olimpiadasida 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
📢E'LON!!!
“Viloyat hokimi stipendiyasi“ tanloviga 2025-2026-o'quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda. — QASHQADARO
📣 Hurmatli mutaxassislar!
⚡️Qarshi shahridagi Prezident maktabi quyidagi vakant lavozimlarga tanlov e’lon qiladi.
📌O‘qituvchilar:
✅ Tabiiy fanlar (Science) o‘qituvchisi
✅ Fizika fani o‘qituvchisi
✅ Ingliz tili fani o‘qituvchisi
✅ Rus tili fani o‘qituvchisi
✅ Kompyuter ta’limi o‘qituvchisi
📌O’quv yordamchi xodimlar:
✅Psixolog
✅Pedagog-tarbiyachi
📌Maxsus yo‘riqchi:
✅ Suzish bo‘yicha yo‘riqchi (erkak kishi bo’lishi kerak)
📌Xizmat va xo‘jalik xodimlari:
✅Hamshira
✅ Xo‘jalik bekasi
✅ Yotoqxona komendanti
✅ Santexnik
✅ Elektromontyor
✅Farrosh
Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Xalqaro konferensiya va treninglar;
🔸Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.
📆 Nomzodlarning arizalari joriy yilning
8-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.
❗️Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi: prmqdd@piima.uz
🔰Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱Telegram | 📱Instagram |
📱Facebook | 📱YouTube
#Jasorat_maktabi
📣 “Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilindi
✅ Xabaringiz bor, joriy yilning iyul oyida “Jasorat maktablari”ga kirish uchun ikki (test, jismoniy tayyorgarlik) bosqichli imtihonlar boʻlib oʻtgan edi.
➖ Mazkur sinovlar yakuniy natijalari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
✅ Izoh: roʻyxatdagi alohida rang belgilari quyidagi maʼnoni anglatadi:
🟢 yashil rang — oʻqishga qabul qilingan;
🟡 sariq rang — nomzodning egallagan bali boshqa nomzodlar bilan teng kelganligi sababli qoʻshimcha ravishda jismoniy tayyorgarlik imtihoni topshirish talab etiladi;
⚪️ oq rang — oʻqishga kirishga tavsiya etilmagan.
👉 Maʼlumot uchun: imtihon yakuniy natijalariga koʻra, kvota doirasida ballari teng boʻlgan nomzodlar uchun jismoniy tayorgarlikdan qoʻshimcha sport sinovlari boʻlib oʻtadi.
✍️ Uning oʻtkazilish vaqti va joyi haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
✅ "VOHAMIZ IJODKORLARI" bilan uchrashuv tashkil etildi...
📗📘Qashqadaryo viloyat bolalar kutubxonasi O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo'limi bilan hamkorlikda "Vohamiz ijodkorlari" mavzusida uchrashuv kecha va davra suhbati o'tkazildi.
📚📚Davra suhbatida yosh ijodkorlar, faol kitobxon o'quvchilar va ota-onalar ishtirok etdilar. Davra suhbatida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo'limi raisi G'ulom Abdiyev O'zbekistonda ijodkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, shart sharoitlar haqida so'zlab o'tdi.
Shuningdek, so'zga chiqqan ustoz yozuvchilar o'zlarini ijod yo'llari haqida gapirib, she'rlaridan na'munalar o'qidilar.
🤵♀🤵♂Barcha yosh ijodkor o'quvchilar ham o'z ijodlaridan na'munalar o'qib berdilar.
Davra suhbati savol-javoblarga boy tarzda mazmunli o'tdi.
Faol ishtirok etgan o'quvchilarga kitoblar sovg'a qilindi.
🔵 Qashqadaryo viloyat bolalar kutubxonasi axborot xizmati.
🚀Telegram🎬YouTube📒Facebook📷Instagram🔄Web Site
#Tayinlov
QAMBAROV Zahriddin Zayniddinovich Chiroqchi tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasida Sho‘ba boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Z.Qambarov boshqarma boshlig'i hamda mehnat jamoasi tomonidan munosib kuzatib qo'yildi.
@Qashqadaryo_MMTB
📢 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!
📅 2025-yil 12-iyul kuni o‘tkazilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga 1-bosqich saralash imtihon natijalari e’lon qilindi.
📌 Natijalar bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.
✅ 1-bosqichda eng yuqori ball to‘plagan 300 nafar nomzod 2-bosqich imtihoniga tavsiya etiladi.
🎯 2-bosqich natijalariga ko'ra 60 nafar eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar maktabga o‘qishga qabul qilinadi.
Bizni kuzating
✅✅
#ustozlar_forumi
🔴 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan "Mahoratli oʻqituvchi – millat tayanchi” shiori ostida o‘tkazilayotgan anʼanaviy toʻrtinchi “Ustozlar milliy forumi” boshlandi.
👉 Tadbir jarayonlari Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida oʻtkazilmoqda.
🌐 JONLI EFIR
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
#xorijiy_til_tanlovi
➡️Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
➖Bugun tanlov ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Senatiga tashrif buyurdi. Ularga Senat binosi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi hamda senatorlar faoliyati haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Bizni kuzating
#Jarayon
Qashqadaryoda umumta'lim maktablarida yangi o'quv yiliga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Qisqa muddatdan so‘ng, Respublikamizda yangi 2025-2026 o‘quv yili boshlanadi.
Shu munosabat bilan, viloyatimizdagi barcha umumtaʼlim maktablari o‘quvchilarni kutib olishga shay holatga keltirilmoqda.
@Qashqadaryo_MMTB
TA'QIQLANADI!
QASHQADARYOLIK OTA-ONALAR VA PEDAGOGLAR DIQQATIGA!
➡️Maktablarda 1-sinflarga qabul qilish jarayonida pul taklif qilish yoki talab qilish qat'iyan ta'qiqlanadi.
Yuqorida qayd etilgan holat yuzasidan murojaatlar mavjud bo'lganda Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat sho'basiga murojaat qiling.
Shuningdek, fuqarolar taklif va murojaatlarini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan "@Kashkadaryakorrupsiya_bot" boti ishga tushirilgan.
❗️(Yetarli asoslar taqdim etilganda murojaatchi shaxsi sir tutiladi)
Hurmatli fuqarolar, aziz ota-onalar!
Ishonch telefonlari (75)-221-32-29 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Pedagogika sohasida ishlamoqchi bo'lganlar uchun vakant joylar e'lon qilinadi
Prezidentning “Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4940-sonli qaroriga ko'ra viloyatimizdagi olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlarida oliy ma’lumotli mutaxassisga bo‘lgan ehtiyoj bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari (vakant) bilan tanishing👉
https://api-portal.gov.uz/uploads/44/2025/07/23/e0eef9e6-e270-7946-8b71-1d159886b6a9_media_.xlsx
Batafsil ma'lumot uchun viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasiga murojaat qilish mumkin.
#XUSHXABAR
Qarshi tumanidagi 26-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida “Yoz - oʻtmoqda soz” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbirda maktabgacha taʼlim tizimi mutaxassislari, tarbiyachilar ishtirok etib, yozgi davrda bolalarning sog‘lom turmush tarzini taʼminlash, taʼlim jarayoniga qiziqishni oshirish va bolalarning faol hordiq chiqarishi bo‘yicha tajriba almashdilar. Seminar davomida ochiq mashg‘ulotlar, jismoniy faollik mashqlari, ijodiy burchaklar faoliyati namoyish etildi.
Ushbu seminar bolalarning jismoniy va maʼnaviy kamolotiga xizmat qiladigan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.
@Qashqadaryo_MMTB
Qashqadaryolik o‘quvchilar xalqaro iqtisod olimpiadasida yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi
Joriy yil iyul oyida Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro iqtisod olimpiadasi (IEO – 2025)da dunyoning 50 dan ortiq davlatidan 250 nafardan ziyod iqtidorli yosh iqtisodchilar ishtirok etdi.
Mazkur nufuzli musobaqada mamlakatimiz nomidan qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Natijalar quyidagicha:
🥈 Asliddin Boynazarov – kumush medal sohibi
🥉 Xumoyunbek Ibrohimov – bronza medal sohibi
IEO 2025: Navbatdagi xalqaro olimpiadadagi gʻalaba!
📍Boku, Ozarbayjon
➡️Xalqaro Iqtisod Olimpiadasida (IEO 2025) dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan 250 dan ortiq eng iqtidorli yosh iqtisodchilar qatnashib, Terma jamoamiz a’zolari katta muvaffaqiyatga erishdi.
Umumiy hisobda:
🥈1 ta kumush, 🥉1 ta bronza - jami 2 ta medal
Gʻoliblarimiz bilan tanishing:
🥈Asliddin Boynazarov - Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi Prezident maktabining oʻquvchisi - Kumush medal
🥉Xumoyunbek Ibrohimov - Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi Prezident maktabining oʻquvchisi - Bronza medal
🔰 Sardor Anvarov - Farg'ona shahridagi Prezident maktabining oʻquvchisi - Honourable mention
🔰 Behruz Olimov - Toshkent shahridagi Prezident maktabining oʻquvchisi - Honourable mention
❗️Eslatma: O‘zbekiston terma jamoasi 2024-yilgi Xalqaro Iqtisod olimpiadasida 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
👏Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Dehqonobod tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlar bilan tizimli va samarali ishlar olib borilmoqda
Yozgi ta’til fasli yoshlar uchun eng maroqli va imkoniyatlarga boy davrlardan biridir. Aynan shu imkoniyatlarni to‘g‘ri yo‘naltirish, yoshlarga munosib sharoit yaratish maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan butun respublika bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi Dehqonobod tumanida ham keng ko‘lamda olib borilmoqda.
Tuman hududidagi barcha umumta’lim maktablarida mazkur loyiha doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladigan turli faoliyatlar yo‘lga qo‘yilgan.
/channel/DEH_MVMTB
#OAV
Maqola muallifi: Nishon tumani 46-maktab direktori Odilbek Choriyev.
@Qashqadaryo_MMTB
🎥 Оммавий ахборот воситалар биз ҳақимизда...
🟢 "ҚАШҚАДАРЁ АХБОРОТИ"
✅ Қашқадарё вилоят болалар кутубхонаси томонидан "Долзарб 90 кун" доирасида "Воҳамиз ижодкорлари" мавзусида ижодий учрашув ташкил этилди.
🔵 Қашқадарё вилояти болалар кутубхонаси ахборот хизмати
🚀Telegram🎬YouTube📒Facebook📷Instagram🔄Web Site
🔹 Bugun — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun.
Mazkur videolavhada Yangi Oʻzbekiston bunyodkori rahbarligida soʻnggi 8 yilda amalga oshirilgan eng muhim islohotlar aks ettirilgan.
Bizni kuzating:
📢E'LON!!!
“Viloyat hokimi stipendiyasi“ tanloviga 2025-2026-o'quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda. — QASHQADARO
Yoshlar uchun mazmunli ta’til: “Dolzarb 90 kun” loyihasi Chiroqchida faol amalga oshirilmoqda
Yozgi ta’til — yoshlar uchun dam olish, qobiliyat va iqtidorini rivojlantirish, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash uchun muhim davr. Prezidentimiz tashabbusi bilan 1 iyundan 30 avgustgacha amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi aynan shu maqsadlarga xizmat qilmoqda.
Bu loyiha doirasida Chiroqchi tumanida yoshlarning ta’til paytida samarali bandligini ta’minlash, ularning jismoniy va ma’naviy rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Xususan, 37-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi Fayzulla Yusupov ishtirok etib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ajratilgan elektron doska ham sovg‘a qildindi.
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/chiroqchi_press