qashqadaryo_mmtb | Неотсортированное

Telegram-канал qashqadaryo_mmtb - Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

68516

|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz

Подписаться на канал

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qarshilik yoshlar xalqaro IT loyihasi doirasida imtihon topshirdi

Qarshi shahrida “IT Smart Kids in Kashkadarya” xalqaro loyihasi doirasida 180 nafar yoshlar imtihon topshirdi. Sinov natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plaganlar keyingi bosqich o‘quv jarayonlariga jalb etiladi.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida o‘quvchilar yoz davomida dolzarb 90 kunlik dastur asosida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Loyiha qiymati $180,000 bo‘lib, u AQSHning RoboticsWare kompaniyasi bilan hamkorlikda 2025-yil davomida 2000 nafar o‘quvchini Entry, NeoSoco, Python, NeoCircuit, Arduino va RPI Pico yo‘nalishlarida o‘qitishni ko‘zda tutadi.

Ushbu tashabbus yoshlarning zamonaviy IT va robototexnika sohalaridagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Boshqarma boshligʼi va prokuror oʼrinbosari A. Oripov nomidagi ijod maktabda tashkil etilgan "Soʼnggi qoʼngʼiroq" bayram tadbirida ishtirok etdi

(+video)

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish bo'yicha Prezident qarori e'lon qilindi

✅ Davlatimiz rahbarining 30.04.2025-yilgi PQ-160-son qarori imzolandi. Unga ko'ra urganch shahrida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etildi.

💥 Universitetga qabul tez orada e'lon qilinadi. Qo'shimcha yangiliklardan xabardor bo'lish uchun universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#PQ160 #qaror

👇 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларга табрик

Поздравление выпускникам школ нашей страны

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Soʼnggi qoʼngʼiroq bayram tadbirlarini oʼrnatilgan tartib asosida oʼtkazish yuzasidan masʼullarga topshiriq berildi

Bugun, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshligʼi U. Oripovning topshirigʼiga asosan boshqarma xodimlari ishtirokida "Soʼnggi qoʼngʼiroq" tadbirlarini betalofat oʼtkazish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Unda boshqarma boshligʼining birinchi oʼrinbosari M. Panjiyev "Soʼnggi qoʼngʼiroq" tadbirlarini betalofat oʼtkazish yuzasidan boshqarma tomonidan maxsus shtab tuzilganligi, hududlardagi bitiruvchi oqshomi bilan bogʼliq holatlar va salbiy holatlarni oldini olish yuzasidan masʼullarga boshqarma boshligʼi topshirigʼi yetkazildi.


@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Samara

Xorijlik pedagoglar va oʼquvchilar eʼtirof etildiQASHQADARYO

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar 1-umumiy o'rta ta'lim maktabida "O'zbekiston va Filippin davlatlari o'rtasida madaniy almashinuv" mavzusida tadbir tashkil etildi.

➡️Tadbir davomida 13 nafar xorijlik mutaxassislar taklif etilib, ularni oʼquvchilarga bergan ilmlari, erishilgan natijalari ijobiy targʼibot etildi.

➡️Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari Maqsud Panjiyev ishtirok etib, tadbirning yuqori saviyada tashkil etilganligini e'tirof etdi hamda xalqaro IELTS imtihonida 30 ga yaqin 7 va 7,5 ballni, SAT va milliy sertifikatga ega bo'lgan o'quvchilar va ularning ota-onalari boshqarma masʼullari tomonidan rag'batlantirildi.

➡️Mazkur tadbirda muddatidan oldin xorijiy nufuzli oliygohlariga talaba bo'lgan o'quvchilarga ham sertifikatlar topshirildi.

Eslatib oʼtamiz, mazkur maktab bitiruvchilarining 60 nafari xorijiy til bilish sertifikatiga ega hamda 2 nafar oʼquvchilar muddatidan oldin xorijiy OTM talabasi boʼlish baxtiga muyassar boʼlgan.


Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

⚡️ Bitiruvchilarning 65 nafari jami 103 ta xalqaro hamda milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritishdi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Qashqadaryo viloyati Kitob tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchilaridan TOP natijalar....


Bitiruvchilarning 65 nafari jami 103 ta xalqaro hamda milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritishdi.

Bu natijalari bilan oʻquvchilarimiz OTM ga kirish ballarining maʼlum qismini oldindan toʻplab qoʻydilar.

Shuningdek 8 nafar oʻquvchimiz asosiy fanlardan 100 foizlik ballarni qoʻlga kiritishgan. Natijalarning hali davomi bor...


Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

❗️ Қашқадарё вилояти ИИБ ЖХХ Йўл ҳаракати хавфсизлиги бошқармаси огоҳлантиради!!!

24 май “Сунгги қўнғироқ” тадбирлари давомида мактаб ўқувчилари томонидан ота-онасига тегишли автомашиналарини тегишли ҳужжатларсиз бошқариш ҳолатлари учрайди


👤 Хурматли ота-оналар вояга етмаган фарзандларингизни автомашина бошқаришига йўл қуйманг!

‼️ Ўзингиз ва ўзгалар ҳаётини хавф остига қўйманг!

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʼlayotgan murojaat Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan oʼrganilmoqda.

Hurmatli OAV xodimlari!

Tekshirilmagan, oʼz tasdigʼiga ega boʼlmagan maʼlumotlarni tarqatish qonunga zid hisoblanadi.

❗️DAVLAT TASHKILOTINI OBRO'SIZLANTIRISH – JAVOBGARLIKKA SABAB BO'LADI

Davlat tashkilotlari faoliyatiga asossiz daxl qilish, yolg‘on axborot tarqatish yoki tuhmat yo‘li bilan obro‘sini yerga urishga urinish – qonun oldida javobgarlikka olib keladi.

Bu kabi harakatlar:

tashkilot sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadi;

tizimda islohotlar va ijtimoiy ishonchga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;

davlat xizmatchilarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qiladi.


O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-moddasiga ko‘ra, tuhmat (ya’ni bila turib yolg‘on, shaxsni obro‘sizlantiradigan ma’lumotlarni tarqatish) uchun jarima yoki boshqa choralar ko‘riladi.

Agar bu harakatlar ommaviy axborot vositalari yoki internet orqali amalga oshirilsa, Jinoyat kodeksining 139-moddasi asosida jinoyat ishiga tortilishi ham mumkin.

Hurmatli fuqarolar! Asosli tanqid qilish mumkin, lekin tuhmat qilish emas! Har qanday e’tiroz va murojaat qonuniy yo‘l bilan va asosli bo‘lishi shart. Davlat tashkilotlarining sha’ni va obro‘sini himoya qilish – hammamizning burchimiz!

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Қашқадарё_тажрибаси
Қашқадарё вилояти ҳокими олимпиадаси ғолиблари имтиҳонсиз талаба бўлишди

Фан олимпиадасининг физика, кимё ва биология фанлари бўйича 1-2-3 ўринларни эгаллаган 9 нафар ёшлар эса Қарши давлат университетига имтиҳонсиз талабаликка қабул қилинди.

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Shahrisabz tumanida bitiruvchi qizlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Shahrisabz tumanidagi 42-, 43-, 47- va 68-maktablardan 47 nafar bitiruvchi qizlar ishtirokida viloyat “Oqila ayollar” harakati a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda qizlarga oliy ta’limning ahamiyati, davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlar, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berildi.

Uchrashuvda “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Sheralieva Jasmina Erkin qizi ham ishtirok etib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

“Гимнастикага илк қадам” – кичкинтойлар учун катта саҳна

Нишон тумани Спорт мактаби мажмуасида “Гимнастикага илк қадам” фестивали бўлиб ўтди.

Унда тумандаги 24 та Давлат мактабгача таълим ташкилотларидан 79 нафар тарбияланувчи иштирок этди.

Фахр билан таъкидлаймизки, якка тартибда 18-сонли Давлат мактабгача таълим тарбияланувчиси Боймуродова Мадина Суюн қизи 1-ўринни қўлга киритди.

Жамоавий баҳсларда ҳам 18-сонли ДМТТ тарбияланувчилари ғолиб бўлишди.


Тадбир якунида ғолибларга диплом ва медаллар тантанали равишда топширилди.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

‼️‼️‼️

“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”da faol ishtirok eting!

2025-yil 1- maydan 1-iyunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” o‘tkazilmoqda.

Oylik doirasida maktablar va MTTlarda:
➡️Profilaktik suhbatlar va o‘quv mashg‘ulotlari
➡️“Halollik qadriyatlari” kabi mavzularda targ‘ibotlar
➡️“Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida rasmlar tanlovi
➡️“Stop korrupsiya” chellenji
➡️"O‘quvchi yoshlar halollik tarafdori” 10 kunligi amalga oshiriladi.

Mazkur oylikni tashkil etilishidan maqsad — tizim xodimlarida va o‘quvchi-yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va huquqiy ongini oshirishdan iboratdir.


Hurmatli pedagoglar, aziz ota-onalar!

Barchangizni mazkur oylikda faol ishtirok etishga chaqiramiz!

Eslatib oʼtamiz, Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 30-apreldagi 143-sonli "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligini oʼtkazish" toʼgʼrisidagi buyrugʼiga asosan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshligʼining buyrugʼi ishlab chiqilgan hamda pedagog jamoaga yetkazilgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

TAʼLIM TIZIMIDA KORRUPSIYAGA JOY YO‘Q!

Shahrisabz shahar maktabgacha va ta’limi bo’limida shahar maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi xodimlari, Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari va maktab direktorlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.


Korrupsiya — bu nafaqat qonunbuzarlik, balki ta’lim tizimidagi islohotlarga, bolalar kelajagiga, o‘qituvchi sha’niga va jamiyat ishonchiga zarba!
U adolat, tenglik va halollik tamoyillarini buzadi.

Maktabgacha, umumiy o‘rta va oliy ta’limda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi qatʼiyan rad etiladi!


Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryodagi «Eng yaxshi maktab-internat direktori» ga ovoz bering!

So‘rovnoma 19-may, soat 23:59 gacha davom etadi.

Natijalarga ko‘ra eng ko‘p ovoz olgan 1 nafar maktab direktori boshqarma tomonidan g‘olib deb topiladi va yakunida eʼtirof etilishini maʼlum qilamiz.

📢 Taklif va savollar uchun:


@Javohir2954444
@ReytingKontrol

👉 Ovoz bering va o‘z fikringizni bildiring!

(Ovozlar admin tomonidan nazorat qilinadi soxtalashtirishga urinilsa avtomatik blokka kiritiladi)

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryo viloyatida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan o‘quvchilar taqdirlandi
🎬VIDEOROLIK

Mazkur tadbirlar davomida Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarining 13–17 yoshdagi maxsus talablarini namunali bajargan o‘quvchilar I,II, III darajali "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" ko‘krak nishonlari, sertifikat va sport formalari bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimlarida Sport vazirligi mas'ul xodimi F.Abdurahmonova hamda viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Tog‘ayevlar ishtirok etishdi.

Shuningdek, tadbirlar davomida maktab o‘quvchilaridan sport sinovlari qabul qilish jarayonlarini namunali tashkil etganligi uchun faollik korsatgan bir guruh masʼullar Sport vazirining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

21:00  24.05.2025

SO'NGI QO'NG'IROQ QALBLARDA MUHRLANDI

#Qashqadaryo

muxbir: Shavkat Aminov

/channel/zamon_lavhalar

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan "Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi — KOʼKDALA TUMANI " mazmunidagi murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy munosabati:

❗️❗️❗️❗️❗️MATN TAHRIRLANMOQDA.......

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Муротжон Азимов ўқувчиларнинг ёзги таътилини мароқли ва мазмунли ўтказишига алоҳида эътибор қаратмоқда

Қашқадарё вилояти ҳокими таътил даврида болалар ва ёшлар учун китобхонлик кечалари, интеллектуал танловлар, маданий тадбирлар ва спорт мусобақаларини юқори савияда ташкил этиш юзасидан масъулларга аниқ топшириқлар берди.

Таътил - фақат дам олиш эмас, балки, билим ва тарбия олиш, ижодий салоҳиятни ривожлантириш, мустақил фикрлаш ва жамоа билан ишлаш қобилиятини шакллантириш имкониятидир.


#ЁзгиТаътил2025 #КитобхонликКечалари
#СпортВаМаданият #МуротжонАзимов #ФаолЁшлар

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Bitta maktabning 36 nafar bitiruvchisi muddatidan oldin universitetlarga qabul qilindiQASHQADARYO

✅ Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahridagi 24-sonli maktabning 36 nafar bitiruvchisi mahalliy va xorijiy OTMlarga qabul qilindi.

Eslatib oʼtamiz, bitiruvchi o‘quvchilar umumta'lim fanlari va xorijiy tillardan milliy hamda xalqaro sertifikatlarga ega bo'lib ulgurishgan.


Qashqadaryo viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating

❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Xushxabar

Bitta maktabning 36 nafar bitiruvchisi muddatidan oldin xalqaro oliygohlarga qabul qilindiQASHQADARYO

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi 24-sonli maktabning 36 nafar bitiruvchisi muddatidan oldin xalqaro oliygohlarga qabul qilindi.

Eslatib oʼtamiz, mazkur maktabning bitiruvchilari milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan holda, bugungi kunlardanoq talaba bo‘lishga erishdilar.


@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Buyuk Britaniya safari: yangi kelishuv va hamkorliklar

Vazirlik delegatsiyasi bilan Buyuk Britaniyaga safar qilib, Londonda tashkil etilgan Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etdik.

Dunyodagi 130 dan ortiq ta’lim sohasi vakillari qatnashgan ushbu nufuzli xalqaro tadbir doirasida qator uchrashuvlar ham o‘tkazdik. Safar va undagi uchrashuv, natijalar haqida qisqacha ma’lumot bersam.

ICESCO tashkiloti bosh direktori Salim al Malik bilan uchrashib istiqboldagi hamkorlik, birgalikda ta’lim yo‘nalishiga doir xalqaro konferensiya o‘tkazishni muhokama qildik.

Cambridge University Press & Assessment tashkiloti bilan Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetini transformatsiya qilish va mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga oid kelishuv imzolandi.

Vazirlik va VSO (Volunteers Services Overseas) tashkiloti o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik kelishuvi imzolandi. Unga ko‘ra, yurtimizdagi umumta’lim maktablariga xorijdan malakali mutaxassis va volontyorlar, 500 nafardan ortiq britaniyalik o‘qituvchilar jalb qilinadi.

Buyuk Britaniya Parlamenti Davlat kotibi o‘rinbosari — Erta yoshdagi bolalar ta’limi vaziri Stiven Jeyms Morgan bilan bolalarni sog‘lom ovqatlantirish yo‘nalishidagi ishlar, istiqboldagi rejalar haqida ham fikr almashdik.

Safarimizning unutilmas uchrashuvlaridan biri O‘zbekistonning Londondagi elchixonasida Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi sovrindorlari bilan muloqotimiz bo‘ldi. Harakatchan, ilmga chanqoq qorako‘zlarimiz bilan uchrashuvda davlatimiz rahbari yaqinda imzolagan “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirishga oid farmon, unda yoshlar uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar haqida gaplashdik.

Bundan tashqari Kembrij shahrida “Maktab liderligini rivojlantirish” dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan maktabgacha va maktab ta’limi tizimi vakillari bilan ham uchrashishga ulgurdik.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Milliy libos – milliy g‘urur!

Haftaning har juma kuni yurtimizda Milliy liboslar kuni sifatida keng nishonlanmoqda. Bu ezgu tashabbus doirasida Dehqonobod tumani Nodira mahallasi xotin-qizlar faoli ham ish kunini o‘zbek xalqining qadimiy urf-odatlari, milliy an’analari ifodasi bo‘lgan milliy liboslarda boshladi.

Ishni oila bogʻi va 77-maktabidan boshlab.
Milliy libos nafaqat ko‘rkam kiyim, balki xalqimizning boy madaniy merosi, go‘zallik va tarbiya timsolidir. Bu kabi tashabbuslar milliy o‘zligimizni yanada chuqur anglash, yoshlarimizda vatanga, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zligimizni unutmaylik – milliy libosimiz bilan faxrlanaylik!

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Gimnastika

Gimnastikaga ilk qadam” bolalar sport musobaqasining viloyat bosqichiga g'oliblari taqdirlandiQASHQADARYO

Tanlovning viloyat bosqichi yakuniy natijalariga kora g'oliblar taqdirlandi. Tantanali taqdirlash marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Tojiyev, boshqarma va tuman (shahar) ma'sullari hamda Gimnastika sporti murabbiylari ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga koʼra:
o‘g‘il bolalar bo‘yicha Shahrisabz shahar 15-DMTT tarbiyalanuvchisi Xidirov Alibek 1- o‘rin,

Kitob tumani 2-DMTT tarbiyalanuvchisi Xayrullayev Ibroxim 2- o‘rin,
G‘uzor tumani 1-DMTT tarbiyalanuvchisi Po‘latov Avaz
3- o‘rinni egalladi.

Qiz bolalar bo‘yicha Nishon tumani 18-DMTT tarbiyalanuvchisi Boymurodova Madina 1- o‘rin,

Kasbi tumani 24 -DMTT tarbiyalanuvchisi Xasanova Shirina 2- o‘rin,

Qarshi shahar 50-DMTT tarbiyalanuvchisi Halimova Farzona 3- o‘rinni egalladilar.


Eslatib o'tamiz, birinchi o'rinni qo'lga kiritgan gʼoliblar respublika bosqichida ishtirok etishi belgilangan.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Bitiruvchilarning 65 nafari jami 103 ta xalqaro hamda milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritishdi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Qashqadaryo viloyati Kitob tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchilaridan TOP natijalar....


Bitiruvchilarning 65 nafari jami 103 ta xalqaro hamda milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritishdi.

Bu natijalari bilan oʻquvchilarimiz OTM ga kirish ballarining maʼlum qismini oldindan toʻplab qoʻydilar.

Shuningdek 8 nafar oʻquvchimiz asosiy fanlardan 100 foizlik ballarni qoʻlga kiritishgan. Natijalarning hali davomi bor...

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qamashi tumanida “Xayr bogʻcha – salom maktab” tadbiri boʻlib oʻtdi

Qamashi tumanidagi 1-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Xayr bogʻcha – salom maktab” nomli tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbir maktabgacha ta'limni tamomlayotgan tarbiyalanuvchilarni maktab bosqichiga kuzatish maqsadida tashkil etildi.

Tadbir davomida bolajonlar oʻzlarining she’rlar, qoʻshiqlar va sahna koʻrinishlari bilan yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

🔰BRIFING

Pedagoglarni malaka toifa sinovlari uchun o‘tkazilgan test natijalari

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmat rahbari Dilfuza Sobirova ishtirok etmoqda.

🔴 JONLI EFIR

📍 Brifing Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tmoqda.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Диққат_эълон

📣 Professor-oʻqituvchilar uchun yangi imkoniyat!

Prezidentimizning tegishli farmoni bilan Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etildi.

Universitetda 2025-2026-oʻquv yilida xorijiy taʼlim dasturlari asosida Aniq fanlar maktabi tashkil etilib, unda Matematika, Axborot texnologiyalari hamda Sunʼiy intellekt va robototexnika yoʻnalishlarida 400 nafar talaba qabul qilinishi koʻzda tutilgan.

🌐 Kurs yakuni boʻyicha Kembrij universitetining malaka sertifikatiga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar 2025-2026-oʻquv yilidan Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida ish faoliyatini boshlaydi.


Aniq fanlar maktabida hisob (calculus), dasturlash, fizika, chiziqli algebra, diskrit matematika, maʼlumotlar tuzilmalari va algoritmlar, sunʼiy intellekt va robototexnika, ingliz tili fanlaridan dars beruvchi professor-oʻqituvchilar tanlab olinib, Kembrij universitetida malaka oshirishlari maqsad qilingan.

Tanlovda ishtirok etuvchi professor-oʻqituvchilarga qoʻyiladigan birlamchi talablar:

➖fan nomzodi (PhD) yoki fan doktori (DSc) ga ega boʻlishi;
➖5 yil va undan ortiq pedagogik ish stajiga egaligi;
➖ingliz tilini B2 darajada bilishi (til bilish sertifikati);
➖ Scopus, web of science xalqaro ilmiy jurnallari hamda yuqori indeksga ega ilmiy jurnallarda maqolalar chop etganligi;
➖oʻz fani yoʻnalishida turli grant va loyihalardagi ishtiroki.

❗️Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ishtirok etish uchun talab etiladigan hujjat va maʼlumotlarni
tanlov.uzedu.uz havola orqali yuborishingiz mumkin.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqdaryolik oʼquvchilarning maqolasi xorij nashrlarida chop etildi

Qarshi shahridagi "Avitsenna" tibbiyot maktabining 8-B sinf oʼquvchisi Negmatova Nodirabegim Nurbekovnaning "KIMYOVIY BOG'LANISHLAR" mavzusidagi maqolasi Germaniya mamlakati Berlin shahrida oʼtkazilgan "MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFECIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH" nomli xalqaro ilmiy-online konferensiyada nashr etildi.


@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Bugun o‘tkazilgan KHISO olimpiadasi berilgan topshiriqlarning video yechimlarini e’lon qilamiz


🚀 Olimpiada ishtirokchilarining eng katta yutug‘i - olimpiadada yecha olmagan savollarining yechimlarini o‘rganishi!

Bugun 1-8 sinf o‘quvchilar uchun butun Respublika miqiyosida o‘tkazilgan #khiso_olimpiadasi da berilgan testlarning yechimlari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin

🎞 1-2 sinf topshiriqlarining video yechimlari: ➡️ https://youtu.be/nc7hQ7pu7tI

🎞 3-4 sinf topshiriqlarining video yechimlari: ➡️ https://youtu.be/GHJ3AUqBvUU

🎞 5-6 sinf topshiriqlarining video yechimlari: ➡️ https://youtu.be/P8Y_zoXVOVQ

🎞 7-8 sinf topshiriqlarining video yechimlari: ➡️ https://youtu.be/7Z37n2HNUC0

ℹ️ #khiso_olimpiadasi natijalar 2 kun ichida e’lon qilinadi.

ℹ️ COPERNICUS xalqaro olimpiadasining natijalari va video yechimlari ertaga e’lon qilinadi.

Читать полностью…
Подписаться на канал