|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz
#Samara
Xorijlik pedagoglar va oʼquvchilar eʼtirof etildi — QASHQADARYO
➖Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar 1-umumiy o'rta ta'lim maktabida "O'zbekiston va Filippin davlatlari o'rtasida madaniy almashinuv" mavzusida tadbir tashkil etildi.
➡️Tadbir davomida 13 nafar xorijlik mutaxassislar taklif etilib, ularni oʼquvchilarga bergan ilmlari, erishilgan natijalari ijobiy targʼibot etildi.
➡️Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari Maqsud Panjiyev ishtirok etib, tadbirning yuqori saviyada tashkil etilganligini e'tirof etdi hamda xalqaro IELTS imtihonida 30 ga yaqin 7 va 7,5 ballni, SAT va milliy sertifikatga ega bo'lgan o'quvchilar va ularning ota-onalari boshqarma masʼullari tomonidan rag'batlantirildi.
➡️Mazkur tadbirda muddatidan oldin xorijiy nufuzli oliygohlariga talaba bo'lgan o'quvchilarga ham sertifikatlar topshirildi.
Eslatib oʼtamiz, mazkur maktab bitiruvchilarining 60 nafari xorijiy til bilish sertifikatiga ega hamda 2 nafar oʼquvchilar muddatidan oldin xorijiy OTM talabasi boʼlish baxtiga muyassar boʼlgan.
⚡️ Bitiruvchilarning 65 nafari jami 103 ta xalqaro hamda milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritishdi
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Qashqadaryo viloyati Kitob tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchilaridan TOP natijalar....
Bitiruvchilarning 65 nafari jami 103 ta xalqaro hamda milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritishdi.
Bu natijalari bilan oʻquvchilarimiz OTM ga kirish ballarining maʼlum qismini oldindan toʻplab qoʻydilar.
Shuningdek 8 nafar oʻquvchimiz asosiy fanlardan 100 foizlik ballarni qoʻlga kiritishgan. Natijalarning hali davomi bor...
❗️ Қашқадарё вилояти ИИБ ЖХХ Йўл ҳаракати хавфсизлиги бошқармаси огоҳлантиради!!!
24 май “Сунгги қўнғироқ” тадбирлари давомида мактаб ўқувчилари томонидан ота-онасига тегишли автомашиналарини тегишли ҳужжатларсиз бошқариш ҳолатлари учрайди
#Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʼlayotgan murojaat Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan oʼrganilmoqda.
Hurmatli OAV xodimlari!
Tekshirilmagan, oʼz tasdigʼiga ega boʼlmagan maʼlumotlarni tarqatish qonunga zid hisoblanadi.
❗️DAVLAT TASHKILOTINI OBRO'SIZLANTIRISH – JAVOBGARLIKKA SABAB BO'LADI
Davlat tashkilotlari faoliyatiga asossiz daxl qilish, yolg‘on axborot tarqatish yoki tuhmat yo‘li bilan obro‘sini yerga urishga urinish – qonun oldida javobgarlikka olib keladi.
Bu kabi harakatlar:
tashkilot sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadi;
tizimda islohotlar va ijtimoiy ishonchga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
davlat xizmatchilarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-moddasiga ko‘ra, tuhmat (ya’ni bila turib yolg‘on, shaxsni obro‘sizlantiradigan ma’lumotlarni tarqatish) uchun jarima yoki boshqa choralar ko‘riladi.
Agar bu harakatlar ommaviy axborot vositalari yoki internet orqali amalga oshirilsa, Jinoyat kodeksining 139-moddasi asosida jinoyat ishiga tortilishi ham mumkin.
Hurmatli fuqarolar! Asosli tanqid qilish mumkin, lekin tuhmat qilish emas! Har qanday e’tiroz va murojaat qonuniy yo‘l bilan va asosli bo‘lishi shart. Davlat tashkilotlarining sha’ni va obro‘sini himoya qilish – hammamizning burchimiz!
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
#Қашқадарё_тажрибаси
Қашқадарё вилояти ҳокими олимпиадаси ғолиблари имтиҳонсиз талаба бўлишди
Фан олимпиадасининг физика, кимё ва биология фанлари бўйича 1-2-3 ўринларни эгаллаган 9 нафар ёшлар эса Қарши давлат университетига имтиҳонсиз талабаликка қабул қилинди.Читать полностью…
Shahrisabz tumanida bitiruvchi qizlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Shahrisabz tumanidagi 42-, 43-, 47- va 68-maktablardan 47 nafar bitiruvchi qizlar ishtirokida viloyat “Oqila ayollar” harakati a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda qizlarga oliy ta’limning ahamiyati, davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlar, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berildi.
Uchrashuvda “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Sheralieva Jasmina Erkin qizi ham ishtirok etib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
@Qashqadaryo_MMTB
“Гимнастикага илк қадам” – кичкинтойлар учун катта саҳна
Нишон тумани Спорт мактаби мажмуасида “Гимнастикага илк қадам” фестивали бўлиб ўтди.
Унда тумандаги 24 та Давлат мактабгача таълим ташкилотларидан 79 нафар тарбияланувчи иштирок этди.
Жамоавий баҳсларда ҳам 18-сонли ДМТТ тарбияланувчилари ғолиб бўлишди.
‼️‼️‼️
“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”da faol ishtirok eting!
2025-yil 1- maydan 1-iyunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” o‘tkazilmoqda.
Oylik doirasida maktablar va MTTlarda:
➡️Profilaktik suhbatlar va o‘quv mashg‘ulotlari
➡️“Halollik qadriyatlari” kabi mavzularda targ‘ibotlar
➡️“Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida rasmlar tanlovi
➡️“Stop korrupsiya” chellenji
➡️"O‘quvchi yoshlar halollik tarafdori” 10 kunligi amalga oshiriladi.
➖ Mazkur oylikni tashkil etilishidan maqsad — tizim xodimlarida va o‘quvchi-yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va huquqiy ongini oshirishdan iboratdir.
Eslatib oʼtamiz, Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 30-apreldagi 143-sonli "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligini oʼtkazish" toʼgʼrisidagi buyrugʼiga asosan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshligʼining buyrugʼi ishlab chiqilgan hamda pedagog jamoaga yetkazilgan.
TAʼLIM TIZIMIDA KORRUPSIYAGA JOY YO‘Q!
Shahrisabz shahar maktabgacha va ta’limi bo’limida shahar maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi xodimlari, Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari va maktab direktorlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Korrupsiya — bu nafaqat qonunbuzarlik, balki ta’lim tizimidagi islohotlarga, bolalar kelajagiga, o‘qituvchi sha’niga va jamiyat ishonchiga zarba!
U adolat, tenglik va halollik tamoyillarini buzadi.
Maktabgacha, umumiy o‘rta va oliy ta’limda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi qatʼiyan rad etiladi!
Qashqadaryodagi «Eng yaxshi maktab-internat direktori» ga ovoz bering!
So‘rovnoma 19-may, soat 23:59 gacha davom etadi.
Natijalarga ko‘ra eng ko‘p ovoz olgan 1 nafar maktab direktori boshqarma tomonidan g‘olib deb topiladi va yakunida eʼtirof etilishini maʼlum qilamiz.
📢 Taklif va savollar uchun:
@Javohir2954444
@ReytingKontrol
👉 Ovoz bering va o‘z fikringizni bildiring!
(Ovozlar admin tomonidan nazorat qilinadi soxtalashtirishga urinilsa avtomatik blokka kiritiladi)
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
✅ Davlatimiz rahbari boshchiligida sohaga doir kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tizimni yanada isloh qilish bo‘yicha kelgusi vazifalar belgilab olindi.
➖ Mazkur yig‘ilish yuzasidan soha vakillari o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi.
Bizni kuzating
#tashabbus #ulashing
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Tashabbus 3 asosiy yoʻnalishda amalga oshiriladi:
Al-Beruniy xalqaro maktabi – unga yurtimiz boʻylab eng iqtidorli oʻquvchilar saralab olinadi. Ular uchun dunyoning ilgʻor tajribalari asosida yuqori darajada taʼlim beriladi. Darslarni xorijdan jalb qilingan malakali ustozlar olib boradi.
“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi – unga Oʻzbekiston boʻylab 3 000 nafar iqtidorli oʻquvchi tanlab olinadi va oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalar bilan qurollantiriladi. Har yili “Renessans” oromgohida xorijiy ustozlar bilan 3 haftalik intensiv sessiyalar tashkil etiladi. Ushbu ikki yoʻnalishdagi oʻquvchilar Harvard, Yale, Princeton, UPenn, Cornell kabi yetakchi universitetlarga qisqa muddatli kurslarga yuboriladi. Agar ular shu universitetlarga oʻqishga qabul qilinsa, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi oʻqish xarajatlarini moliyalashtiradi.
Prezident iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamjamiyati – u mamlakatning eng salohiyatli intellektuallarini bir joyga jamlaydi. Ularga Oʻzbekistondagi islohotlarda bevosita ishtirok etish, oʻz gʻoyalari va tashabbuslarini ilgari surish imkoniyati yaratiladi. Hamjamiyat aʼzolari vazirliklar, idoralar va yirik kompaniyalar bilan bevosita muloqotda boʻladi.
Aziz yoshlar, aziz vatandoshlar, endi siz kuzatuvchi emas, bu tarixiy jarayonning faol ishtirokchisi boʻlishingiz mumkin.
Agar siz tajribali IT yoki xalqaro aloqalar mutaxassisi boʻlsangiz yoki “TOP-100” universitetda tahsil olib, ushbu oliygohlarga kirish borasida bilim va tajribangiz bilan boshqalarga yoʻl koʻrsata olsangiz Biz aynan sizni qidiryapmiz!
Safimizga qoʻshilishni istasangiz oʻzingiz haqingizdagi maʼlumotlarni ilova qilgan holda @uzedu_vazirbot manziliga yuboring, takliflaringizni ham yoʻllashingiz mumkin.
Iqtidorli, gʻoyalarga boy yoshlar, keling, safimizda qoʻshiling!
@hilola_umarova
TOMOSHA KO'RSATGAN O'QUVCHILAR
Читать полностью…#Диққат_эълон
📣 Professor-oʻqituvchilar uchun yangi imkoniyat!
✅ Prezidentimizning tegishli farmoni bilan Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etildi.
✅Universitetda 2025-2026-oʻquv yilida xorijiy taʼlim dasturlari asosida Aniq fanlar maktabi tashkil etilib, unda Matematika, Axborot texnologiyalari hamda Sunʼiy intellekt va robototexnika yoʻnalishlarida 400 nafar talaba qabul qilinishi koʻzda tutilgan.
🌐 Kurs yakuni boʻyicha Kembrij universitetining malaka sertifikatiga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar 2025-2026-oʻquv yilidan Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida ish faoliyatini boshlaydi.
Bizni kuzating
👍 18-may kuni bo'lib o'tadigan KHISO olimpiadasiga hozirgacha ro'yxatdan o'tgan ishtirokchilar!
Soat 01:35 holatiga ko‘ra 167 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tdi.
⏳ Shoshiling: ➡️ t.me/khiso_karshi/82
Eslatib o'tamiz shu kuni KHISO olimpiadasidan keyin COPERNICUS xalqaro olimpiadasiham bo'lib o'tadi, bunga ro'yxatdan o'tgan o'quvchilar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin /channel/khiso/4878
#Xushxabar
Bitta maktabning 36 nafar bitiruvchisi muddatidan oldin xalqaro oliygohlarga qabul qilindi — QASHQADARYO
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi 24-sonli maktabning 36 nafar bitiruvchisi muddatidan oldin xalqaro oliygohlarga qabul qilindi.
Eslatib oʼtamiz, mazkur maktabning bitiruvchilari milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan holda, bugungi kunlardanoq talaba bo‘lishga erishdilar.
Buyuk Britaniya safari: yangi kelishuv va hamkorliklar
Vazirlik delegatsiyasi bilan Buyuk Britaniyaga safar qilib, Londonda tashkil etilgan Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etdik.
Dunyodagi 130 dan ortiq ta’lim sohasi vakillari qatnashgan ushbu nufuzli xalqaro tadbir doirasida qator uchrashuvlar ham o‘tkazdik. Safar va undagi uchrashuv, natijalar haqida qisqacha ma’lumot bersam.
ICESCO tashkiloti bosh direktori Salim al Malik bilan uchrashib istiqboldagi hamkorlik, birgalikda ta’lim yo‘nalishiga doir xalqaro konferensiya o‘tkazishni muhokama qildik.
Cambridge University Press & Assessment tashkiloti bilan Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetini transformatsiya qilish va mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga oid kelishuv imzolandi.
Vazirlik va VSO (Volunteers Services Overseas) tashkiloti o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik kelishuvi imzolandi. Unga ko‘ra, yurtimizdagi umumta’lim maktablariga xorijdan malakali mutaxassis va volontyorlar, 500 nafardan ortiq britaniyalik o‘qituvchilar jalb qilinadi.
Buyuk Britaniya Parlamenti Davlat kotibi o‘rinbosari — Erta yoshdagi bolalar ta’limi vaziri Stiven Jeyms Morgan bilan bolalarni sog‘lom ovqatlantirish yo‘nalishidagi ishlar, istiqboldagi rejalar haqida ham fikr almashdik.
Safarimizning unutilmas uchrashuvlaridan biri O‘zbekistonning Londondagi elchixonasida Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi sovrindorlari bilan muloqotimiz bo‘ldi. Harakatchan, ilmga chanqoq qorako‘zlarimiz bilan uchrashuvda davlatimiz rahbari yaqinda imzolagan “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirishga oid farmon, unda yoshlar uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar haqida gaplashdik.
Bundan tashqari Kembrij shahrida “Maktab liderligini rivojlantirish” dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan maktabgacha va maktab ta’limi tizimi vakillari bilan ham uchrashishga ulgurdik.
@hilola_umarova
Milliy libos – milliy g‘urur!
Haftaning har juma kuni yurtimizda Milliy liboslar kuni sifatida keng nishonlanmoqda. Bu ezgu tashabbus doirasida Dehqonobod tumani Nodira mahallasi xotin-qizlar faoli ham ish kunini o‘zbek xalqining qadimiy urf-odatlari, milliy an’analari ifodasi bo‘lgan milliy liboslarda boshladi.
Ishni oila bogʻi va 77-maktabidan boshlab.
Milliy libos nafaqat ko‘rkam kiyim, balki xalqimizning boy madaniy merosi, go‘zallik va tarbiya timsolidir. Bu kabi tashabbuslar milliy o‘zligimizni yanada chuqur anglash, yoshlarimizda vatanga, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zligimizni unutmaylik – milliy libosimiz bilan faxrlanaylik!
@Qashqadaryo_MMTB
#Gimnastika
“Gimnastikaga ilk qadam” bolalar sport musobaqasining viloyat bosqichiga g'oliblari taqdirlandi — QASHQADARYO
Tanlovning viloyat bosqichi yakuniy natijalariga kora g'oliblar taqdirlandi. Tantanali taqdirlash marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Tojiyev, boshqarma va tuman (shahar) ma'sullari hamda Gimnastika sporti murabbiylari ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga koʼra:
o‘g‘il bolalar bo‘yicha Shahrisabz shahar 15-DMTT tarbiyalanuvchisi Xidirov Alibek 1- o‘rin,
Kitob tumani 2-DMTT tarbiyalanuvchisi Xayrullayev Ibroxim 2- o‘rin,
G‘uzor tumani 1-DMTT tarbiyalanuvchisi Po‘latov Avaz
3- o‘rinni egalladi.
Qiz bolalar bo‘yicha Nishon tumani 18-DMTT tarbiyalanuvchisi Boymurodova Madina 1- o‘rin,
Kasbi tumani 24 -DMTT tarbiyalanuvchisi Xasanova Shirina 2- o‘rin,
Qarshi shahar 50-DMTT tarbiyalanuvchisi Halimova Farzona 3- o‘rinni egalladilar.
Bitiruvchilarning 65 nafari jami 103 ta xalqaro hamda milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritishdi
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Qashqadaryo viloyati Kitob tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchilaridan TOP natijalar....
Bitiruvchilarning 65 nafari jami 103 ta xalqaro hamda milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritishdi.
Bu natijalari bilan oʻquvchilarimiz OTM ga kirish ballarining maʼlum qismini oldindan toʻplab qoʻydilar.
Shuningdek 8 nafar oʻquvchimiz asosiy fanlardan 100 foizlik ballarni qoʻlga kiritishgan. Natijalarning hali davomi bor...
Qamashi tumanida “Xayr bogʻcha – salom maktab” tadbiri boʻlib oʻtdi
Qamashi tumanidagi 1-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Xayr bogʻcha – salom maktab” nomli tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbir maktabgacha ta'limni tamomlayotgan tarbiyalanuvchilarni maktab bosqichiga kuzatish maqsadida tashkil etildi.
Tadbir davomida bolajonlar oʻzlarining she’rlar, qoʻshiqlar va sahna koʻrinishlari bilan yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.
@Qashqadaryo_MMTB
🔰BRIFING
✅ Pedagoglarni malaka toifa sinovlari uchun o‘tkazilgan test natijalari
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmat rahbari Dilfuza Sobirova ishtirok etmoqda.
🔴 JONLI EFIR
📍 Brifing Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tmoqda.
Bizni kuzating
#Диққат_эълон
📣 Professor-oʻqituvchilar uchun yangi imkoniyat!
✅ Prezidentimizning tegishli farmoni bilan Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etildi.
✅Universitetda 2025-2026-oʻquv yilida xorijiy taʼlim dasturlari asosida Aniq fanlar maktabi tashkil etilib, unda Matematika, Axborot texnologiyalari hamda Sunʼiy intellekt va robototexnika yoʻnalishlarida 400 nafar talaba qabul qilinishi koʻzda tutilgan.
🌐 Kurs yakuni boʻyicha Kembrij universitetining malaka sertifikatiga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar 2025-2026-oʻquv yilidan Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida ish faoliyatini boshlaydi.
Bizni kuzating
Qashqdaryolik oʼquvchilarning maqolasi xorij nashrlarida chop etildi
Qarshi shahridagi "Avitsenna" tibbiyot maktabining 8-B sinf oʼquvchisi Negmatova Nodirabegim Nurbekovnaning "KIMYOVIY BOG'LANISHLAR" mavzusidagi maqolasi Germaniya mamlakati Berlin shahrida oʼtkazilgan "MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFECIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH" nomli xalqaro ilmiy-online konferensiyada nashr etildi.
Bugun o‘tkazilgan KHISO olimpiadasi berilgan topshiriqlarning video yechimlarini e’lon qilamiz
MUNOSABAT
Boshlanayotgan haftada yurtimiz maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq jaranglaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tadbir oʻtkazilishi taqiqlangani, cheklovlar oʻrnatilgani haqida turli notoʻgʻri xabarlar tarqalmoqda.
Joriy o‘quv yilining oxirgi kuni 25-may, yakshanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari 24-may – shanba kuni o‘tkazilishi belgilangan.
So‘nggi qo‘ng‘iroq har bir inson hayotida unutilmas taassurotlarga boy bo‘ladi. Ayniqsa, katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan 11-sinf bitiruvchilari uchun bu kunning ahamiyati va qadri o‘zgacha. Bir tomondan, ko‘p yillik qadrdon sinfdoshlar, mehribon ustozlar, jonajon maktab bilan umrbod xayrlashish oson emas. Ikkinchi tomondan, mustaqil hayotga qadam qo‘yish zavqi, yangi marralar chorlovi, talabalik sururi. Bu endi chinakam bayram!
Vazirlik shuni ma’lum qiladiki, maktablarimizda so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlarini ko‘tarinki kayfiyatda, tantanalar bilan o‘tkazish an’anasi bu yil ham davom etadi.
Faqat maktablarimiz jamoalarini, bitiruvchilarimizni, hurmatli ota-onalarimizni tadbirlar jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etishlarini so‘raymiz!
😀 Qarshida bo‘ladigan ertangi olimpiada uchun jami 201 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tdi!
😀 Super finalchilar soni 87* taga yetdi!
😇 Hozircha olimpiadalarimiz rasman Toshkent shahar, Samarqand, Buxoro, Xoraz, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilmoqda. 2025-yildagi dastlabki 9 ta olimpiadadan keyin jami 87* ta "super finalchi" aniqlandi. Bulardan 42 tasi Xorazm, 23 tasi Toshkent shahar, 7 tasi Buxoro, 6 tasi Farg‘ona, 3 tasi Jizzax, 3 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 1 tasi Samarqand va 1 tasi Andijon viloyatidan. Hozircha Sirdaryo, Namangan va Qashqadaryodan "super finalchi" aniqlanmadi.
🚛 Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida bu safardan olimpiadalarimiz yo‘lga qo‘yilmoqda.
📰📰📰📰📰📰📰
O‘zbekistonda “SmartED” loyihasi doirasida sifatli va inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo‘yicha yangi bosqich boshlandi
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi.
Ushbu tashabbus Islom taraqqiyot banki (IsDB), Islom birdamlik jamg‘armasi (ISFD) va Global ta’lim hamkorligi (GPE) tomonidan moliyalashtirilayotgan “SmartED” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
Bizni kuzating
🏆 4-may kuni o‘tkazilgan #khiso_olimpiadasi g‘oliblari ertaga Qarshi shahar 10-maktab binosida taqdirlanadi!
Eslatib o‘tamiz, Qashqaryo viloyatida keyingi olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda: ➡️ t.me/khiso_karshi/82Читать полностью…