qashqadaryo_mmtb | Неотсортированное

Telegram-канал qashqadaryo_mmtb - Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

68516

|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz

Подписаться на канал

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Dolzarb_90_kun

DEHQONOBODDAGI UMUMTAʼLIM MAKTABLARDA "DOLZARB 90 KUN" LOYIHASI DAVOM ETMOQDA

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida hududlarda amaliy ishlar boshlangan. Loyiha doirasida 31-maydan 30-avgustgacha maktab oʻquvchilari va uyushmagan yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, ularni sogʻlomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.

Bugun, 4-iyun sanasida Dehqonobod tumani MMTBga qarashli 59,-68-oʻrta taʼlim maktablarida " “Dolzarb 90 kun” tadbiri doirasida   maktab-mahalla hamkorligida maʼnaviy va madaniy tadbirlar borishini tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bosh mutaxassisi Oʻktam Toshboyev boshchiligidagi masʼullar tomonidan oʻrganildi.

Shu bilan birga tumandagi 1,-69,-89-umumiy oʻrta taʼlim maktablari qayta oʻrganildi hamda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#диққат_эълон

📣 Yakuniy imtihon sanasiga oʻzgartirish kiritildi


✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi tegishli qarori bilan joriy yil 7-iyun — qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilanganligi munosabati bilan:


➡️ 2025-yil 7-iyun kuni 11-sinf bitiruvchilari uchun belgilangan tanlov fanlaridan yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishi sanasi 2025-yil 12-iyunga koʻchirilganligini maʼlum qilamiz.

👉 Shu oʻrinda barcha 11-sinf bitiruvchi oʻquvchilari, ota-onalar va maktab jamoalaridan yangilangan imtihon sanasini inobatga olishlarini soʻraymiz.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

IT Klasterda “IT Summer” loyihasi!

“Dolzarb 90 kunlik” doirasida
7 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan maktab oʻquvchilarini boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularni axborot texnologiyalari va chet tillariga samarali oʻrgatish maqsadida;
- Kompyuter savodxonligi;
- Frontend kids;
- Python kids;
- Robototexnika;
- Grafik dizayn;
- Ingliz tili;
- Matematika

kurslariga oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi. Yuqoridagi kurslardan ixtiyoriy ikkitasiga qatnashganda, uchinchi yoʻnalishdagi kurs bepul boʻladi.

Darslar 9-iyundan boshlanadi. Roʻyxatdan oʻtishga ulgurib qoling, joylar soni cheklangan.
Yozni mazmunli oʻtkazish, oʻz qoʻlingizda!


👇
Roʻyxatdan oʻtish

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Bitta maktabning 12 nafar bitiruvchisi va 26 ta milliy sertifikatKASBI TUMANI

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi bitta maktabning 12 nafar bitiruvchisi 26 ta milliy sertifikatga ega bo'lib muddatidan oldin davlat oliygohlarga qabul qilindi.

Kasbi tumanida joylashgan 16-umumta’lim maktabining ushbu bitiruvchilari milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan holda, bugungi kunlardanoq talaba bo‘lishga erishdilar.


@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryodagi bir maktabning 32 nafar bitiruvchisi 42 ta xalqaro va milliy sertifikat ega boʼldi

Muborak tumanidagi 5-umumta’lim maktabining bitiruvchilari 32 nafari 42 ta milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan holda, bugungi kunlardanoq talaba bo‘lishga erishdilar.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Muborakdagi maktabning 28 nafar bitiruvchisi muddatidan oldin xalqaro oliygohlarga qabul qilindi

Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi bitta maktabning 28 nafar bitiruvchisi muddatidan oldin xalqaro oliygohlarga qabul qilindi.

Muborak tumanida joylashgan 1-umumta’lim maktabining ushbu bitiruvchilari milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan holda, bugungi kunlardanoq talaba bo‘lishga erishdilar.


@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Shu_kunlarda
#Мактабгача_таълим

Qashqadaryo viloyatida shu kunlarda qator ta'lim muassasalarida qurilish-ta'mirlash ishlari yakuniga yetib, foydalanishga topshirildi.


Xususan, G‘uzor tumanida ikkita yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi.

Paxtazor” mahallasida 150 o‘rinli 3-sonli DMTT va “Eshonquduq” mahallasida "Shirintoy" nomli 50 o‘rinli oilaviy nodavlat MTTning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Chiroqchida ham ikkita yangi oilaviy bog‘chalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur bog‘chalarning har biri 50 o‘rinli bo‘lib, ochilish marosimida mas'ullar, mahalla faollari hamda ota-onalar ishtirok etishdi.

Qashqadaryo viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Muloqot: Korrupsiya taraqqiyot kushandasi!
#2jun

|
📷INSTAGRAM | 📒FACEBOOK
|
✈️TELEGRAM | 🖤QashqadaryoTeleradiokanali">YOUTUBE
|
🔹 JONLI EFIR TV ⭕️⭕️⭕️⭕️
|
✈️RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|📷RADIO FM 102.3 INSTAGRAM

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

QASHQADARYOLIK USTOZ JANUBIY KOREYADA TAJRIBA ORTTIRDI

2024-yilda har bir viloyatdan yuqori natijalar bilan oliy malaka toifasiga ega bo‘lgan informatika fani o‘qituvchilari orasidan saralab olingan 14 nafar ustoz va 1 nafar koordinatordan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Janubiy Koreyada o‘tkazilgan "KLIC Training Program" xalqaro loyihasida ishtirok etdi.

Mazkur tashabbus Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan oliy malakali ustozlarni rag‘batlantirish, raqamli ta’limda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, AI va robototexnika sohasida bilim almashinuvini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

Mazkur loyiha doirasida Qashqadaryo viloyati G'uzor tumanidagi U.Uvatov nomli 1-umumta'lim maktabi oliy toifali informatika fani o‘qituvchisi  Mavlanov Azamat ham ishtirok etib, Seuldagi umumta’lim maktablari faoliyati, dars metodikalari hamda zamonaviy texnologiyalarni o‘rganib qaytdi.

Bu kabi dasturlar – zamonaviy o‘qituvchini shakllantirish, o‘quvchilar salohiyatini oshirish va ta’limda raqamli transformatsiyani chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

"Dolzarb 90 kun" shiori ostida toʼgarak mashgʻulotlariga start berildi

Yakkabogʻ tumani 37- umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻquvchilarning yozgi taʼtil davomida boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida "Dolzarb 90 kun" shiori ostida toʼgarak mashgʻulotlariga start berildi. Bu esa oʼz navbatida oʻquvchilarimizni taʼtil davomida bilim olishlari uchun xizmat qiladi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

❗️Hozirda shunga o'xshash holatlar ko'paymoqda.
Hurmatli fuqarolar e'tiborli bo'ling !!! ✅

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Maktab_maslahatchilari

Onasi bilan oʻqiyotgan bolajonlar

Maktab maslahatchilari uchun "Renessans" bolalar oromgohida oʻquv jarayonlari boʻlib oʻtayotganidan xabaringiz bor.

🌐 Ular orasida yosh bolalari bilan kelib, treninglarda qatnashayotgan maslahatchilar ham bor. Ularga onalari va qaynonalari hamrohlik qilib mashg'ulot vaqtida farzandlariga qarab turishga koʻmak berishmoqda.
..


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Pedagoglar 3+1 tizimida malaka oshirmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi PF–5368-son, 2020 yil 24 yanvardagi PF–5924-son Farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 iyuldagi “Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qaytatayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 355-sonli qarori va Jismoniy tarbiya va sport buyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining 2025-yildagi rejasiga asosan 250 nafar jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari va 44 nafar maktabgacha ta’lim tashkiloti yo‘riqchilari may oyida 3+1 tizimida malaka oshirishdi.

Bugun 294 nafar jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari va 44 nafar maktabgacha ta’lim tashkiloti yo‘riqchilari Qarshi shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida test jarayonlarida ishtirok etmoqda.


Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#PF_51
#Muallim_munosabati


Prezident farmonidan ilhomlangan muallimQASHQADARYO
(+video)

Bugun mamlakatimizda ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, xususan Prezidentimizning muallim sha'nini ulug‘lovchi farmonlari minglab ustozlarga yangi ruh, yangi maqsad bag‘ishlamoqda.

Ana shunday fidoyi muallimlardan biri — Elmira Xasanova. U Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 10-sonli umumtaʼlim maktab direktori lavozimida faoliyat yuritadi.

“... Prezidentimizning muallim — jamiyat tayanchi degan so‘zlari meni yanada mas’uliyatli, intiluvchan va yangilikka ochiq bo‘lishga undaydi. Endi so‘z emas, amaliy qo‘llab-quvvatlash davri boshlandi. Ta’lim tizimidagi islohotlar yanada jadallashmoqda. Har bir fidoyi o‘qituvchi bu farmondan kuch olib, bilim va tarbiya bilan kelajak poydevorini yaratishda davom etsa maqsadga muvofiq boʼlar edi. Bundan keyin yanada rahbarligim ostidagi taʼlim tashkilotida faoliyat yurituvchi pedagoglarni har bir darslarida bolalarga bilim berish bilan birga, ularning orzularini ham qanotlantirishga harakat qilishlarida sharoitlar yaratishga zamin yarataman. ”, — deydi u.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |


#Universitetlar_faoliyati

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Qashqadaryo viloyatida joylashgan Shahrisabz davlat pedagogika institutida bo‘ldi.

Unda vazir o‘quv binosining holati, auditoriyalar, mashg’ulot jarayonlari, Talabalar turar joyi hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

🔰 Shuningdek, institut professor-o‘qituvchilari bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tashabbus va takliflarga quloq tutildi hamda talabalarning kasbiy tayyorgarligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

📍 Vazir Hilola Umarova kun davomida Shahrisabz davlat pedagogika instituti qoshidagi Yoshlar markazida ham bo‘lib, talabalar hamda mas'ullar bilan suhbatlashdi.

📊 Ma'lumot o‘rnida: ayni paytda markazda Institutning Tasviriy san’at, Texnologik ta’lim va Musiqiy ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan jami 317 nafar talabaga ikki smenada o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilgan.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Bolajonlar o‘rtasida "Tabiat bolalar nigohida" rasmlar tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqdaQASHQADARYO
(+video)

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida ko‘zlangan ijodiy ko’rik tanlovlar davom etmoqda.

Mazkur oylik doirasida bolajonlar o‘rtasida “Yashil sayyora” hamda “Tabiat-bolalar nigohida” mavzusidagi rasmlar tanlovi tashkil etildi. Unda o'quvchilar o‘z qo‘llari bilan yashil sayyoramizni aks ettirishdi.


Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

"Eng yaxshi Axborot xizmati" tanlovida ishtirok etayotgan Qashqadaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmatiga OVOZ BERING! 👇

/channel/Rasmiy_xabarlar_Official/52190

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Bizning_faxrimiz

To'garak a'zolarimizdan navbatdagi
XALQARO G‘ALABA


🇰🇿Qozog‘istonning Almata shahrida o‘tkazilgan Kiokushinkay - kan karate bo'yicha  MT BATYR BALA - 2025 Yevro Osiyo chempionatida to‘garak aʼzolarimiz ishtirok etishdi.

O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya va mezbon Qozog‘iston jamoalari o‘rtasida o‘tgan bellashuvda Qashqadaryo viloyat Nishon tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabining karate to'garak a'zolari:

🥉-o‘rinni Qurbonsaidov Asadbek (12-13 yosh toifasida),

🥉-o‘rinni Jo'ramurodov Bunyodbek (10-11 yosh toifasida),

🥉-o‘rinni Xolmurodov Xurshid (30 kg vazn toifasida) g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

🏆G'oliblikni qo'lga kiritgan to'garak rahbarimizni erishgan yutug'i va xalqaro musobaqalarda Vatanimiz sharafini yuksak pog'anaga olib chiqqani munosabati bilan muborakbod etamiz!

Barkamol avlodkelajak sari!


@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

📰📰📰📰📰📰📰
#Seminar_trening

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Gyote institutining Oʻzbekistondagi filiali bilan hamkorlikda boshlangʻich sinflarda nemis tilidan dars beradigan oʻqituvchilar uchun metodik oʻquv seminari tashkil etildi.


Tadbir Gyote instituti mutaxassislari tomonidan yaratilgan “Hans Hase” oʻquv-metodik materiallari bilan tanishtirish va ular asosida nemis tilini kichik yoshdagi oʻquvchilarga oʻrgatishda ilgʻor pedagogik texnologiyalardan foydalanish boʻyicha mahorat darsi formatida boʻlib oʻtdi.


📊 Unda Respublikamiz bo'ylab 24 nafar nemis tili oʻqituvchilari qamrab olindi. Treninglar soʻnggida ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryolik Osiyo chempionlari munosib e'tirof etildi!

Joriy yilning 27-31-may kunlari Koreya Respublikasining Gumi shahrida yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi safida yurtimiz sharafini himoya qilgan Qashqadaryolik sportchilar orasida Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi Jonbibi Hukumova ham munosib ishtirok etib, musobaqa shohsupasining yuqori o‘rinlarini band etdi.

Shu munosabat bilan viloyat sport boshqarmasida viloyat sport boshqarmasida chempionlar bilan uchrashuv marosimi tashkil etildi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Иш ҳақи, пенсиялар, стипендиялар ва нафақалар миқдорини ошириш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О повышении размеров заработной платы, пенсий, стипендий и пособий"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

📢Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga 2025–2026-o‘quv yili uchun qabul boshlandi!


🏫 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 2025–2026-o‘quv yili uchun 7,9,10-sinflarga o‘quvchilarni qabul qiladi!

🗓 Hujjatlar topshirish muddati:
2025-yil 1–20-iyun
📲 Onlayn ariza topshirish manzili: ariza.piima.uz

🗂 Kerakli hujjatlar:
1. O'quvchining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti ma'lumotlari;
2. O'quvchining fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
3. Baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).


📝 Kirish imtihonlari 3 bosqichda quyidagi fanlardan tashkil etiladi:

I – Ijodiy matn yaratish
✅ II – Ijodiy suhbat
✅ III – 50 ta test:
 ▪️ 20 ta – Ona tili va adabiyot
 ▪️ 15 ta – Ingliz tili
 ▪️ 15 ta – IQ (intellektual qobiliyat) testi


📌 Eslatma: Taqdim etilgan ijodiy ishlar (portfolio) ham baholash mezoniga kiradi.

📞 Call-markaz: 1206
☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar:
+998 75 221 75 27
+998 90 638 79 11
+998 90 867 45 84

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Bir kunda ikkita oilaviy bog‘chalar ochildi

Chiroqchida
bir kunda bir emas ikkita yangi oilaviy bog‘chalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Tadbirkor Otamurod Xolmirzayev tomonidan tashkil etilgan 50 o‘rinli hamda Nazira Cho‘lponova tashabbusi bilan 50 o‘ringa mo‘ljallangan yangi oilaviy bog‘chalarning ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi tuman bo‘limi boshlig‘i Bahodir Sherdonov boshchiligida keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Bugun tumanda Oilaviy bog‘chalar soni 274 taga yetdi. Shuningdek, 23 ta Davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va 7 ta DXSH nafar 17635 mingga yaqin bolalarni qamrab olgan. 2024 yil yakunida qamrov darajasi 57,6 foiz (16740) bo‘lgan bo‘lsa, 2025 yilning iyun holatida 60,7 foizga (17635) oshdi.
Foydalanishga topshirilgan bog‘chalarning xonalari o‘ziga xos tarzda bezatilgan. Ziyo maskanlarida bolalarning ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha shart-sharoitlar mujassam.

/channel/chiroqchi_tuman_mmtb

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qarshi tumanidagi 55-umumiy oʼrta ta'lim maktabida "Dolzarb 90 kun" oʼquvchi va uyushmagan yoshlarni boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "YOZ -2025" mavsumi boshlandi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#BolalarniHimoyaQilishKuni
#ДеньЗащитыДетей
#OrzugaHayotBaxshEtaylik
#GiveLifeToADream
#ДаримЖизньМечте

Zamin | Facebook | Instagram zaminfoundation">| YouTube

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

"YANGILIKLAR" 29.05.2025
#29may

Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi doirasida yig'ilish o'tkazildi — QASHQADARYO


|
📷INSTAGRAM | 📒FACEBOOK
|
✈️TELEGRAM | 🖤QashqadaryoTeleradiokanali">YOUTUBE
|
🔹 JONLI EFIR TV ⭕️⭕️⭕️⭕️
|
✈️RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|📷RADIO FM 102.3 INSTAGRAM

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryolik oʼqituvchidan ajoyib natija....

Ommalashtirish ishlarining sertifikatlari chiqdi)


Qarshi tumani 65-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 1,5 yil davomida birinchi toifali ingliz tili fani o‘qituvchisi bo‘lib faoliyat yuritgan Haydarov Asror Abdushukur o‘g‘li tomonidan ishlab chiqilgan metodik qo‘llanma tuman (shahar) bosqichida ommalashtirishga tavsiya etildi.

Mavzu:
“11-sinf o‘quvchilari uchun ‘My life online’ mavzusiga asoslangan holda ijtimoiy tarmoq va zamonaviy raqamli qurilmalar yordamida gibrid ta’limni tashkil qilish”.


Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Taʼlim tashkilotida sport musobaqasi tashkil etildi — GIMNASTIKA

2025-yil 27-may kuni Muborak tumanidagi 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida "Gimnastikaga ilk qadam" shiori ostida bog‘chalararo sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tumandagi 4 ta MTT ishtirok etdi. Musobaqa bolalarda sog‘lom turmush tarziga qiziqishni oshirish, jismoniy faollikni rag‘batlantirish va gimnastika elementlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.

Tashkiliy ishlar doirasida sport maktabidan tajribali gimnastika murabbiylari taklif qilindi.

Musobaqa davomida tarbiyalanuvchilar faol ishtirok etishdi va sportga bo‘lgan mehrlarini namoyon qilishdi. Bu kabi tadbirlar orqali bolalarni viloyat darajasidagi tanlovlarga tayyorlash rejalashtirilmoqda,- deydi taʼlim tashkiloti masʼullari.
@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Koson tumanida umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh huquqshunos” tanlovining tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quvchilar huquqiy bilimlarini mustahkamlash, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash va ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir. Tanlov davomida ishtirokchilar huquqiy savodxonlik, mantiqiy fikrlash va dolzarb masalalarni hal qilishdagi bilim va ko‘nikmalari asosida baholandi. Tanlov yakunida g‘olib deb topilgan ishtirokchi faxriy diplom va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlanib, viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan barcha o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir ishtirokchilari bu kabi tanlovlar yoshlarda huquqiy bilimlarni mustahkamlash va ularni ongli fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishga undashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar.


@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Natija

Maktab direktoridan ajoyib natija

Chiroqchi tumani 10-umumiy o‘rta taʼlim maktabi direktori Ilyos Rajabov umumtaʼlim fanini bilish darajasi to‘g‘risida sertifikat uchun O‘zbek tili va adabiyot fanidan test topshirib C+ darajali sertifikatni qo‘lga kiritdi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…
Подписаться на канал