#қонунчиликдаги_ўзгаришлар
✅ Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi.
➖ Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining qator Kodeks hamda Qonunlari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
👉 Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni 43-moddasiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha orqali nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini tekshirish Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor qilgan holda amalga oshirilishini belgilandi.
👉 Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 53-moddasi uchinchi qismiga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, endilikda maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tegishli maqsadlar uchun berilgan yerlar hamda suv fondi yerlari fermer xoʻjaliklariga berilmasligi belgilandi.
Shuningdek, qabul qilingan yangi Qonunga koʻra:
➖ taʼlim tashkilotlarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasi, shuningdek kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishning yangi mexanizmi joriy etildi;
➖ davlat taʼlim standartining nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tomonidan majburiy bajarilishi belgilandi.
👉 Qonunning to‘liq matni: https://lex.uz/pdfs/7093724
Qarshi shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari xalqaro olimpiada sovrindori bo‘lishdi
Joriy yilning 1-4-sentabr kunlari Gretsiyada “EFI-2024” xalqaro olimpiadasining yakuniy bosqichi boʻlib oʻtdi. Hamyurtlarimiz ushbu nufuzli olimpiadada ilk bor va muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Olimpiadaning final bosqichida O‘zbekistondan 5 nafar o‘quvchi qatnashishdi va ulardan 4 nafari (Humoyunbek Ibrohimov, Jasurbek Rizoqulov, Samandar Norboyev, Behruz Olimov) Qarshi shahridagi Prezident maktabining iqtidorli o‘quvchilari sanaladi.
Gruziya, O‘zbekiston, Ukraina, Xitoy, Niderlandiya, Gretsiya, Chexiya kabi 18 davlatdan kelgan o‘quvchilar o‘rtasida o‘tgan qizg‘in bellashuvlarda hamyurtlarimiz 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarni qo‘lga kiritishdi.
#Xushxabar
Qashqadaryolik o'qituvchi va uning 6 nafar o'quvchisi Koreya loyihasida ishtirok etmoqda
📃Batafsil
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan " Qamashi tumanidagi 78-sonli maktab hojatxonasi ta'mirlanmoqdami? " mazmunidagi murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi dastlabki rasmiy munosabati:
Holat Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati tomonidan o'rnatilgan tartib asosida o'rganilmoqda.
🎥Qashqadaryolik 7- sinf o'quvchisidan "IELTS" 8
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahridagi nodavlat ta'lim muassasasining 7-sinf o'quvchisi Lola Karimova Xalqaro "IELTS" imtihonidan "OVERALL" 8 ball natijaga erishib, u maktab tomonidan "Dubayga sayohat" yo'llanmasini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Biz ham hamshaharlarimiz nomidan sovrindor o'quvchi L. Karimovani chin dildan samimiy tabriklab, uning kеlgusidagi o'qishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz!
Yakkabog'lik o'quvchi yoshlar viloyat hokimi kubogi uchun Shaxmat turniri start olganidan juda mamnun bo'ldilar...
Qashqadaryo viloyati hokimining 2024-yil 24-avgustdagi "Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va professional hamda oliy taʼlim muassasalarining oʻquvchi-talabalari va professor oʻqituvchilari oʻrtasida viloyat hokimi kubogi uchun “Shaxmat turniri”ni tashkil etish toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq Yakkabog' tuman 75-umumiy o'rta ta'lim maktabida 3 bosqichli "Shaxmat turniri"ning maktab bosqichiga start berildi. Unda maktabning 1-sinfdan 11-sinfgacha bo'lgan o'quvchilar o'zaro bellashadilar.G'oliblar esa tuman, shahar hamda viloyat bosqichiga yo'l oladilar.
🌍💙 Barchamizning boshimiz uzra musaffo osmon bo‘lsin! 7-sentyabr muhim ekologik sanalardan biri — Xalqaro moviy osmon uchun toza havo kuni. Bu kun bizga havoning salomatligimiz va sayyoramiz farovonligi uchun ahamiyatini eslatadi.
😮💨 Dunyoga kelgach birinchi navbatda hiz qiladiganimiz bir daqiqada 12 marta nafas olishimizdir. Havo hayotimizni qo‘llab-quvvatlaydi yoki zaharlab boradi.
🥵 Shunday bo‘lsa-da, insonlarning 99 foizi ifloslangan havodan nafas oladi. Havoning ifloslanishi atrof-muhit uchun eng jiddiy xavflardan biridir. U iqlim o‘zgarishlarini kuchaytiradi, iqtisodiy yo‘qotishlarga olib keladi va qishloq xo‘jaligi unumdorligini pasaytiradi.
⛅️ Toza havo shunchaki imtiyoz emas, balki har birimizning huquqimizdir.
~~~
🌍💙 Всем чистого неба над головой! 7 сентября — одна из важных экологических дат — Международный день чистого воздуха для голубого неба. День, который напоминает нам о значении воздуха для нашего здоровья и благополучия планеты.
😮💨 Наш первый контакт с миром — это то, что мы вдыхаем 12 раз в минуту. Воздух поддерживает нашу жизнь или отравляет нас.
🥵 Несмотря на это 99 % людей дышат загрязнённым воздухом. Загрязнение воздуха — одна из самых серьёзных угроз для окружающей среды. Оно усугубляет изменение климата, приводит к экономическим потерям и снижает продуктивность сельского хозяйства.
⛅️ Чистый воздух — это не просто привилегия, а право каждого из нас.
#InternationalDayOfCleanAirForBlueSkies2024 #CleanAirNow
🌐 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Viloyat hokimi kubogi uchun turnirga start berildi —QASHQADARYO
Avval xabar berilganidek, Qashqadaryo viloyati hokimining 2024-yil 24-favgustdagi "Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va professional hamda oliy taʼlim muassasalarining oʻquvchi-talabalari va professor oʻqituvchilari oʻrtasida viloyat hokimi kubogi uchun “Shaxmat turniri”ni tashkil etish toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq viloyatimizning barcha umumta'lim maktablarida 3 bosqichli "Shaxmat turniri"ning maktab bosqichiga start berildi.
Ma'lumot uchun: Unda umumta'lim maktablarining 1-sinfdan 11-sinfgacha bo'lgan o'quvchilar o'zaro bellashadilar. G'oliblar esa tuman, shahar hamda viloyat bosqichiga yo'l oladilar.
#Barkamol_avlod_bolalari
📍NAVBATDAGI MANZIL — TOSHKENT VILOYATI!
📌Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan "Barkamol avlod bolalari” festivali tashkil etilmoqda.
📍Mazkur festivalning navbatdagi manzili TOSHKENT VILOYATI!
⚡️Festival quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:
✅“Madaniyat va san’at” yo‘nalishi (Tasviriy san’at va libos);
✅“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
✅“Jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
✅“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishi (Milliy kashtachilik);
✅“Turizm va ekologiya” yo‘nalishi (Landshaft);
✅“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishi (Mental arifmetika);
✅“Xorijiy tillar” yo‘nalishi (Ingliz tili).
⚠️ ESLATIB O‘TAMIZ!
Festivalda 7 dan 18 yoshgacha bo‘lgan “Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘garak a’zolari ishtirok etadi!
🎁Festival g‘oliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovg‘alari topshiriladi.
© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati
🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
"Янги Ўзбекистон" боғида Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг 33 йиллигига бағишланган байрам тадбири бўлиб ўтди. Унда Президент Шавкат Мирзиёев иштирок этиб, халқимизни табриклади.
—
В парке "Янги Узбекистон" состоялись праздничные торжества, посвященные 33-й годовщине государственной независимости Республики Узбекистан. В них принял участие и поздравил наш народ Президент Шавкат Мирзиёев.
#Mirziyoyev #bayram #Mustaqillik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#iqtibos
“Muammolarimizning yechimi, savollarimizning javobi faqat va faqat ta’limda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta’lim va tarbiyadir”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Qadrli ustozlar, aziz vohadoshlar!
Mamkakalatimizda har bir islohotning bosh mezoni “inson qadri uchun” tamoyili asosida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Vatanga obodlik, taraqqiyot va jamiyatga qadr bergan mustaqilligimizning 33 yilligini nishonlamoqdamiz. Mustaqillik - mamlakatni, millatni birlashtiradigan yagona kuch, ko‘p millatli xalqimizning irodasidir.
Yaqin yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan pedagog kadrlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash borasida qator hujjatlar qabul qilindi va pedagog o‘qituvchilarga ko‘pgina imtiyozlar berildi, ularning ish haqlari oshirildi. Bu kabi rag‘bat va o‘qituvchiga e'tiborni oshirilishi ularning faoliyatidagi ko‘nikma, malaka, bilimlarini oshirishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish barobarida ta’lim mazmuni, sifatini boyitishga ham xizmat qilmoqda.
Qashqadaryolik pedagoglar "Xalq ta'limi a'lochisi" ko‘krak nishoni
mukofotiga loyiq ko‘rildi
Mustaqillik ayyomi munosabati bilan Qarshi shahridagi 15-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchisi Beknazarova Luiza Ergashevna, G'uzor tumanidagi 68-umumiy o'rta ta'lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Fayziyeva Durdona Hamrayevnalar "Xalq ta'limi a'lochisi" ko‘krak nishoni mukofotiga loyiq ko‘rildi.
Mukofotni egalariga Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i Ubaydulla Oripov tantanali ravishda taqdim etdi.
Eslatib o'tamiz, mazkur mukofot egalari ta'lim tizimida uzoq yillar jonkuyarlik bilan faoliyat yuritib kelmoqda hamda o'quvchilari bir qancha yutuqlarga erishgan.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз уч йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи
—
Выступление Президента Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 33-й годовщине независимости Республики Узбекистан
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
12:00 02.09.2024
QASHQADARYODA YANGI TA'LIM TASHKILOTLARI O'Z FAOLIYATINI BOSHLADI
#Qashqadaryo
muxbir: Shavkat Aminov
/channel/zamon_lavhalar
Чим маҳалласи ҳудудида 100 ўринга мўлжалланган Давлат хусусий шерикчилик асосидаги мактабгача таълим ташкилоти фойдаланишга топширилди.
Ушбу боғчада 8 нафар хотин-қизлар бандлиги таъминланди.
@Qashqadaryo_MMTB
✅✅✅ ✅✅✅
Xorijiy til sertifikatiga ega o’qituvchilar diqqatiga!
Siz ingliz, nemis yoki rus tillaridan birini mukammal bilasiz hamda Sizning 2 yildan ortiq ish tajribangiz bor. Unda bu taklifimiz aynan Siz uchun.
Vohamizda yoshlarni xorijiy tillarga o’qitish va xorijda kafolatlangan ishga yuborish maqsadida viloyatimizning barcha tuman-shaharlarida intensiv xorijiy til kurslari tashkil etiladi.Mazkur kurslarda dars jarayonlari olib borish uchun malakali ustozlarni hamkorlikka chorlaymiz.
#OAV
Viloyat hokimi kubogi uchun umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkaziladigan "Shaxmat" turniriga start berildi —QASHQADARYO
(+video)
https://uza.uz/uz/posts/sektor-rahbarlari-birinchi-qongiroq-tadbirida-qatnashdi_631892
Читать полностью…Dehqonobodda yana bir yangi bogʻcha ish boshladi
Dehqonobod tumanining "Boshchorbogʻ MFY"da 150 oʻringa moʻljallangan yangi bogʻcha qurib bitkazilib, oʻz faoliyatini boshladi.Ochilish marosimida tuman hokimi Sherzod Shokirov,tuman prokurori Otabek Usanov,tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Risolat Eshqobilova va mahalla faollari ishtirok etishdi
Maʼlumot oʻrnida, ushbu bogʻcha 2023 yilda qurilishi boshlanib, bugun tayyor boʻlib foydalanishga topshirildi. Mazkur bogʻcha 150 oʻrinli boʻlib, 150 nafar bolani qamrab olish imkoniyatiga ega
Eslatib oʻtamiz, bundan avval tumanda 14 ta bogʻcha mavjud edi. Ayni kunda bu koʻrsatkich 15 taga yetdi
@Qashqadaryo_MMTB
#Jarayon_tashabbus
Viloyat hokimi kubogi uchun turnirga start berildi
Qashqadaryo viloyati hokimining 2024-yil 24-favgustdagi "Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va professional hamda oliy taʼlim muassasalarining oʻquvchi-talabalari va professor oʻqituvchilari oʻrtasida viloyat hokimi kubogi uchun “Shaxmat turniri”ni tashkil etish toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq viloyatimizning barcha umumta'lim maktablarida 3 bosqichli "Shaxmat turniri"ning maktab bosqichiga start berildi.
Unda umumta'lim maktablarining 1-sinfdan 11-sinfgacha bo'lgan o'quvchilar o'zaro bellashadilar.G'oliblar esa tuman, shahar hamda viloyat bosqichiga yo'l oladilar.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
🎞"YANGILIKLAR" Chiroqchi tumanidagi umumiy o'rta ta'lim maktablarida yangi o'quv yili boshlandi.
/channel/chiroqchi_tuman_mmtb
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev:
"Men hurmatli ota-onalarga qarata aytmoqchiman: qizlaringizni o‘qiting, orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishlarida ularga ko‘makchi bo‘ling!
Ulug‘larimiz aytganlaridek, o‘g‘il bolani o‘qitsak, bir kishi savodli bo‘ladi. Qiz bolani o‘qitsak, butun oila, butun jamiyat bilimli bo‘ladi!”
#bizning_jamoa
Istiqlolning 33 yilligi muborak! Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin 🇺🇿♾️
Ахборот 24 | В Чиракчинском районе Кашкадарьинской области сданы в эксплуатацию новые объекты
Читать полностью…Yangi O‘zbekistonni barpo etishda asosiy e’tibor qaratilayotgan 5 ta yo‘nalish aytildi
Prezident maktab ta’limini isloh qilish bo‘yicha katta dastur qabul qilinganini ta’kidladi.
Batafsil — https://daryo.uz/PL98yN4H
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Xorijiy mutaxassislar ta'lim tashkilotiga jalb qilinmoqda —QASHQADARYO
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 28-avgust kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 28-sonli bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida, 2024-2025 o‘quv yilining sentyabr oyidan boshlab Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga qarashli umumta’lim maktablariga 20 nafar (ingliz, nemis, fransuz) xorijiy mutaxassislarni jalb qilish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun: Filippin davlatidan jalb etilgan xorijiy mutaxassislardan biri
Melody Rose Maguad Qarshi shahar 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2024-2025 o‘quv yili davomida faoliyat olib borishi rejalashtirgan.