"Спарк" кимга берилади?
(+Видео)
"Qashqadaryolik" loyihasi: xorijdagi yosh vatandoshlar bilan onlayn uchrashuv!
🔥 Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov xorijdagi qashqadaryolik yosh vatandoshlarimiz bilan navbatdagi onlayn uchrashuvni o'tkazadi.
🗓 Uchrashuv sanasi: 13-iyul, shanba;
⏰ Vaqt: 15:00 (Toshkent vaqti bilan);
💻 Format: Onlayn.
Uchrashuvdan maqsad:
➖ Xorijda istiqomat qilayotgan qashqadaryolik yoshlar bilan viloyat rivoji haqida davra suhbatini tashkil etish;
➖ Xorijiy tajribalarga asoslangan takliflarni eshitish;
➖ Vatan taraqqiyoti yo‘lida hamjihatlikda qadam bosishdir!
🔔 Kimlar ishtirok etishi mumkin: Xorijda ta'lim olayotgan hamda mehnat qilayotgan barcha qashqadaryolik yoshlar!
🔗 Uchrashuvda ishtirok etish uchun @MustafayevSuhrob ga murojaat qiling!
✅ Bizga qo‘shiling va kelajak uchun yangi takliflarni birgalikda ishlab chiqaylik! Sizni onlayn suhbatda kutib qolamiz!
✅ Telegram |✅|Facebook | 🌐 Instagram
"QASHQADARYO AXBOROTI" Xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashining 6-chaqiriq 63-sessiyasi bo'lib o'tdi.
#10july #qashqadaryo_trk
📱Rasmiy telegram kanalimiz
👉/channel/qashqadaryo_trk
⚡️Ta'limga homiylik
Qashqadaryo viloyatida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati tanqidiy ko‘rib chiqildi
Viloyat Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida viloyatda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilishda viloyat hokimi, korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi raisi Murotjon Azimov, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov ishtirok etdi.
Agentlik direktori Ishchi guruh tomonidan viloyatda o‘tkazilgan o‘rganish yakunlari, shuningdek, korrupsion jinoyatlarning oldini olish, davlat xaridlarini amalga oshirish kabi muhim yo‘nalishlarda saqlanib qolayotgan muammolar, bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchilik va sustkashliklarga to‘xtalib o‘tdi.
Muhokamalar yakuni bo‘yicha viloyatda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish, bu borada ayniqsa, hududiy Kengash faolligini oshirish, uning aʼzolari masʼuliyatini kuchaytirish yuzasidan bir qator takliflar ilgari surildi.
—————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz!
Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
#SAYYOR_QABUL
Boshqarma boshlig'i Qamashi tumanidagi fuqarolar murojaatini tingladi
◾️Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i Ubaydulla Oripov Qamashi tumanidagi 63-umumiy o'rta ta'lim maktabida navbatdagi "sayyor qabuli" o'tkazildi.
▪️Unda fuqarolar hamda ta'lim tashkiloti xodimlari tomonidan tizimga oid murojaatlar tinglanib, ularni bartaraf etish masalalari muhokama etildi.
📃Qabul jarayonida 25 ga yaqin murojaat joyida bartaraf etildi. Ayrim murojaalar yuzasidan tegishli tavsiyaviy ko'rsatmalar berildi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги
—
Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
91 nafar maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallar topshirildi — CHIROQCHI TUMANI
Chiroqchi tumanidagi 125 ta umumta’lim maktablarining 11-sinflarini 3575 nafar o‘g‘il-qiz tamomladi. Ular orasida iqtidor va iste’dodlar bisyor. Buni bitiruvchilarning 72 nafari a’lo o‘qishi va namunali xulqi uchun oltin medal, 19 nafari esa kumush medalga sazovor bo‘lganida ko‘rish mumkin.
Chiroqchi tuman hokimligi majlislar zalida tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi Fayzulla Yusupov boshchiligida sektor rahbarlari prokuror Jasur Tursunov, IIB boshlig‘i Shuhrat Iskandarovlar ozod va obod yurtning ertangi kuni egalari sifatida qanot yozib, kelajak sari dadil parvozga chog‘langan bitiruvchilarga medallarni topshirishdi.Tadbirda bitiruvchilarning ota-onalari hamda o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirkorlar bolajonlarga sovg'a ulashdi
2024-yil 15-iyun kuni Ko'kdala tumanidagi 3-DMTT tarbiyalanuvchilariga Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan bolalar o‘yinchoqlarini ishlab chiqarish korxonasining direktori Xushvaqtov Orzimurod hamda korxona xodimlari Qurbon hayiti munosabati bilan o'zlari ishlab chiqargan o'yinchoqlaridan bolajonlarga ulashdi.
Ta'lim tashkilotlaridagi yozgi sog'lomlashtirish maydonchalari faoliyati o'rganilmoqda
Qashqadaryo viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i ko'rsatmasiga binoan ta'lim muassasalarida tashkil etilgan Yozgi sog'lomlashtirish maydonchalari faoliyati mazmunli tashkil etish bo'yicha ishchi guruh Yakkabog' tumanidagi 75-, 2-, 77-umumiy o'rta ta'lim maktablar faoliyatini o'rgandi.
Ko'kdalada maktabni oltin medal bilan tamomlagan bitiruvchilar taqdirlandi
Taqdirlash jarayonida Ko'kdala tuman hokimi X.Jo'rayev hamda soha mas'ullari ishtirok etib, bitiruvchi o'quvchilarni kelgusidagi faoliyatiga omad va zafarlar tiladi.
Maʼlumot oʻrnida: Ko'kdala tumanida joriy yil 3256 nafar oʻquvchilar bitirgan boʻlib, shundan 15 nafari oltin, 3 nafari esa kumush medal sohib va sohibalari boʻlishdi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
Boshqarma boshlig'i yangi o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi
🟡Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i Ubaydulla Oripov viloyatdagi ta'lim tashkilotlarini yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari hamda maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan tumanlardagi jarayonlarni ko'zdan kechirdi.
✅O'rganish davomida maktablarni yangi o'quv yiliga tayyorgarlik ishlari, moddiy texnik bazalarni sifati, sinf xonalar, sport zallar, faollar zali va hojatxonalarini ta’mirlanishi hamda obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratildi.
✅O‘rganish davomida mutasaddilarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalarni oʻz muddatida sifatli bajarilishi yuzasidan qator topshiriqlar berildi.
❗️Hududdagi ta'lim tashkilotlari boshqarma mas'ul xodimlari ishtirokida ham qo'shimcha tartibda o'rganilmoqda va ta'lim tashkilotlariga zaruriy yordam choralari ko'rilmoqda.
@Qashqadaryo_MMTB
O'qituvchilari top natijaga erishayotgan maktab — QASHQADARYO.
Bugungi suhbatdoshlarimiz G'uzor tumanidagi 1-umumiy o'rta ta'lim maktab o'qituvchilaridir. Ular o'zlari erishayotgan natijalar orqali o'quvchilarni sifatli ta'lim hamda nufuzli natijalarga erishishiga zamin yaratmoqda.
👉Batafsil
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
#Qabul_2024
#Professional_taʼlim
⚡️Kasb-hunar maktablari uchun qabul kvotalar tasdiqlandi
#qonuniy_chora_korish_jarayonidan
#bola_manfaatlari_qonun_himoyasida
⚡Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumanida yashovchi ayol N.A. o‘zining uyida voyaga yetmagan Ch.T. ni 7 oy davomida majburan saqlab kelib, zo‘rlik va tahdid orqali uni turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.
❕Bolalar ombudsmani so‘roviga ko‘ra, Bosh prokuratura mazkur holatni nazoratga olgan bo‘lib, viloyat prokuraturasi tomonidan tuzilgan tergov guruhi jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergovni olib borgan.
🖇 Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudida voyaga yetmagan (2009-yilda tug‘ilgan qiz) ga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar yuzasidan yopiq tarzdagi sud muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
📍Joriy yil 8-aprel kuni sud ishni har tomonlama, xolisona o‘rgangan ravishda, mavjud dalillardan va ish uchun ahamiyatli boshqa holatlardan kelib chiqib, sudlanuvchilarni aybli deb topdi.
❗️Jumladan, sudlanuvchi N.A. (ayol) JKning 135-moddasi 3-qismining “a,g” bandlari (Odam savdosi) hamda 127- moddasining 3-qismi (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
❗️Sudlanuvchilar A.F. (erkak) va Sh.U. (erkak) JKning 118-moddasi 3-qismining “a” bandi (Nomusga tegish), 135-moddasi 3-qismining “a,g” bandlari (Odam savdosi), 127-moddasining 3-qismi (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan aybli deb topilib, ularga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi berildi.
📌 Mazkur hukm yuzasidan sudlanuvchilar tomonidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilgan bo‘lib, Qashqadaryo viloyati sudi apellyatsiya tartibida mazkur shikoyatlarni ko‘rib chiqdi va birinchi instansiya sudi hukmini o‘zgarishsiz qoldirdi.
🔸Ta’kidlash joizki, bu toifadagi jinoyatlar uchun javobgarlikning yangi tartibiga binoan, mazkur hukm bo‘yicha mahkumlarga nisbatan jazoni yumshatish hech bir chorasi qo‘llanilmaydi va jazo to‘liq o‘taladi.
Voyaga yetmagan jabrlanuvchi Ch.T. ga jinoyat ishi yurituvi davomida va hozirda Bolalar ombudsmani va tegishli tashkilotlar tomonidan zarur bo‘lgan barcha ijtimoiy huquqiy va psixologik ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
Telegram|Facebook|Instagram|X
⭕️⭕️⭕️
⭕️⭕️⭕️⭕️
✅ Birozdan so’ng Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan jonli muloqot boshlanadi!
Unda:
➖ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga qabul imtihonlari yakuniy natijalari;
➖ 2024-2025-oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari haqida so’z yuritiladi.
✔️ Savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob beriladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Sayyor_qabul
QARSHI TUMANIDA MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BOSHQARMA BOSHLIG'INING SAYYOR QABULI O'TKAZILADI
❗️Qabul o'tkazilish manzili: Qarshi tumani Yertepa MFY 19-maktab ma'muriy binosida.
Boshlanish vaqti soat: Joriy yil 12-iyul, 10:00 da.
📍lokatsiya: https://maps.google.com/maps?q=38.836677,65.702100&ll=38.836677,65.702100&z=16
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
⭕️⭕️⭕️
⭕️⭕️⭕️⭕️
📣 BUGUN soat 16:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan quyidagi mavzularda jonli muloqot tashkil etiladi:
➖ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga qabul imtihonlari yakuniy natijalari;
➖ 2024-2025-oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari.
✔️ Muloqot vazirlikning rasmiy telegram kanalida boʻlib oʻtadi.
EKSPERTLAR:
➡️Qahramon Almardonov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari;
➡️Inom Xoʻjamov, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
⚠️ Диққат, янги фирибгарлик
⛔️ Картангизда пул бўлмаса ҳам картангиз маълумотлари ва бир марталик SMS-кодни бегона шахсларга айтманг!
💻Фирибгарлар сизнинг номингизга кредит расмийлаштиришга уринишади.
📹 Буни қандай уддалашмоқда? Батафсил ушбу видеода.
@Qashqadaryo_MMTB
#Live
Қамаши туманида Мактабгача ва мактаб таълими бошқарма бошлиғининг сайёр қабули ўтказилмоқда
Тумандаги 63-умумий ўрта таълим мактабида Қашқадарё вилоят мактабгача ва мактаб таълими бошқарма бошлиғи Убайдулла Орипов, Қамаши тумани ҳокимининг ўринбосари Бекмурод Ҳайдаров, туман масъуллари ва мактаб, мактабгача таълим ташкилоти раҳбарлари иштирокида фуқаролар мурожаатлари ўрганилмоқда.
Qamashi24.uz |Facebook | Telegram |Instagram
"Prezidentimizga rahmat" — o'n minglab yoshlar qatnashgan Qashqadaryo Yoshlar festivalida mamlakatimizdagi yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida xalqimizga ma'lumot berdik, - Qarshi shahridagi 4-maktab o'quvchisi Mirfayzbek Abdullayev.
@Qashqadaryo_MMTB
Ўқитувчида касбий Сертификат бўлмаса ишдан бўшатиладими?
Вазирлар Маҳкамасининг тегишли (12.02.2024-йилдаги 87-сон) қарори билан тасдиқланган низомга кўра, ўқитувчига яна бир марта имконият берилади.
Унда ҳам 56 балдан паст натижа қайд этса, у ҳолда педагог билан тузилган меҳнат шартномаси бекор қилинади.
Шунингдек, назорат синови натижаси бўйича 56 баллдан кам кўрсаткичга эга талабгор назорат синовидан ўтмаган ҳисобланади.
❗️Узрли сабабларга кўра назорат синовида иштирок эта олмаган ҳамда биринчи маротаба назорат синовида иштирок этиб, ундан ўта олмаган талабгор учун навбатдан ташқари назорат синови ҳар йили янги ўқув йили бошлангунга қадар ташкил этилади.
Навбатдан ташқари назорат синовида иштирок этиш учун рўйхатдан ўтиш санаси ва назорат синовини ўтказиш муддати Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг расмий веб-сайти орқали эълон қилинади.
Навбатдан ташқари назорат синовида иштирок этиш учун рўйхатдан ўтиш ва уни ўтказиш тартиби мазкур Регламентга мувофиқ тартибда белгиланади.
Навбатдан ташқари назорат синовида иштирок этиб, етарли балл тўплай олмаган талабгор билан тузилган меҳнат шартномаси меҳнат қонунчилигида белгиланган тартибда бекор қилинади.
❗️Назорат синовида қайта иштирок этиш учун талабгор томонидан базавий ҳисоблаш миқдорининг бир баравари миқдорида тўлов тўланади.
———
Рустамов_БЛОГ
@Rasmiykanal_uz
Qashqadaryolik o'quvchi bronza medalini qo'lga kiritdi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 9-14-iyun kunlari ilk marotaba Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi o'tkazildi.
Unda Qarshi shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktabni 11-sinf o‘quvchisi Rasul Nekkulov bronza medaliga loyiq ko'rildi.
Ma'lumot uchun: Mazkur olimpiadada Finlyandiya, Turkiya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Mongoliya, Ozarbayjon, Hindiston, Quvayt, Belorus, Qatar, Gruziya, Tailand, Vyetnam va Oʻzbekiston jamoalari ishtirok etgan. Nufuzli xalqaro tadbirda ushbu davlatlarning 30 ta jamoa (120 nafar ishtirokchi)si oʻzaro bahs yuritgan. Sinov jarayonlarini qator xorijiy davlatlardan jalb qilingan malakali ekspert, yetuk olim va professor-oʻqituvchilar tomonidan baholangan.
"Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tuman bosqichi g'oliblari taqdirlandi — KO'KDALA TUMANI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovida g‘olib bo'lgan maktab jamoalarini taqdirlash marosimi o'tkazildi.
Taqdirlash marosimida oltin, kumush medallarga munosib ko'rilgan bitiruvchilar ham taqdirlanib, ularni kelgusidagi faoliyatiga soha mutasaddilari omad, zafarlar tiladi.
Ma'lumot uchun: “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovida tuman bosqichi g‘oliblari:
1-o‘rinni 6-maktab jamoasi (100 million mukofotlanadi);
2-o‘rinni 5-maktab jamoasi (75 million mukofotlanadi);
3-o‘rinni 55-maktab jamoasi (50 million mukofotlanadi).
"Eng yosh ma'naviyatchi-2024" Respublika ko'rik-tanlovining tuman bosqich g'oliblari aniqlandi — YAKKABOG' TUMANI
Maktabgacha va maktab ta'limi hamkorligida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan tashkil etilgan "Eng yosh ma'naviyatchi-2024" Respublika ko'rik- tanlovining Yakkabog' tuman bosqichida
I-o'rin Nurmatov Dilmurod tumandagi 2-maktab ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari;
II-o'rin Karimov Suyunjon tumandagi 75-maktab ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari;
III-o'rin Aripova Dildora tumandagi 97-maktab ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari
5 shart bo'yicha yakuniy natijalarga ko'ra yuqori o'rinlarni egalladilar.
Jajji sportchilar shaxmat bo’yicha bellashib, viloyat bosqichiga yo’l oldi
🇺🇿 Yurt va millat kelajagi, istiqboli boʼlgan yosh avlodning nafaqat hayot darajasi, eng avvalo, intellektual salohiyatini oshirish maqsadida mamlakatimiz bo’ylab keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Qashqadaryolik maktab o'quvchisi 5 million so'm daromad topyapti
Bugungi suhbatdoshimiz Shahrisabz tumanidagi 26-maktab o'quvchisi Farangiz Norboyevadir. U qo‘l mehnati bilan kashtachilik, dur munchoqlardan sumka yasash, turli gullar yaratish orqali har oyda 5 million so'mga yaqin daromad topyapti. Shuningdek, uni 20 nafarga yaqin o'quvchi, shogirdlari ham bor.
👉Batafsil
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
"Yangi O'zbekistonning baxtiyor bolalari" nomli bayram tadbirlari o'tkazilmoqda — QARSHI TUMANI
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Qarshi tumanidagi 26-Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bayram tadbirlari o'tkazilmoqda.
Tadbirida Qarshi tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ullari, OAV xodimlari ishtirok etishdi.
— Men faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta'lim tashkilotida ham bayram tadbirlari ko'zni quvontiradigan darajada tashkil etildi. Bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg’ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola bu dunyo, bu hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar o’z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo’lgan qiziqishni uyg’otadilar. Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida kelajagimiz egalari uchun turli konsertlar, ko’rgazmalar, sayillar, sport musobaqalari va turli xil tadbirlar o’tkaziladi. Istirohat bog’lari esa bolalarning tabassumlari bilan go’yoki mo’jizalar dunyosiga aylanadi,— deydi Qarshi tuman 26-DMTT direktori Zufiya ESHBOBOYEVA.