Ta'limda yuqori natijalarga erishish hamda ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda xorijiy tajriba hamda hamkorlikning ahamiyati katta.
O‘qituvchilar va o‘quvchilarimiz uchun yangi imkoniyatlarni yaratish, ularga jahon standarti asosida ta'lim berish yo‘lida tizimli ravishda xalqaro darajada muzokaralar olib bormoqdamiz.
Xususan, shu kunlarda vazirligimiz mas'ullari bilan birga Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etdik.
Ushbu forum doirasida bir qator manfaatli kelishuvlar imzoladik. Xususan:
➖ Dunyo oliygohlari xalqaro reyting agentligi — Times Higher Education bilan "Yangi O‘zbekiston” universiteti hamkorligida mintaqada ilk marotaba Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo universitetlari forumi”ni o‘tkazishga kelishdik.
Mazkur forum ta'lim va ilm-fan borasidagi dolzarb masalalar yechimini topishda global muloqot platformasi bo‘ladi.
➖ Portsmouth universiteti rahbariyati bilan shartnoma imzoladik.
Endilikda vazirligimiz tizimidagi oliy ta'lim muassasalarida pedagogik ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha Portsmouth bilan hamkorlikda double degree (ikki diplom) loyihasi joriy etiladi.
Ushbu loyiha talabalarimiz uchun ustoz kasbini chuqurroq o‘rganishlariga turtki bo‘ladi, deb umid qilaman.
➖ Bundan tashqari, Norvich til instituti bilan ham hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu tashkilot bilan "School champions" — uzluksiz malaka oshirish loyihasi doirasida hamkorlik aloqalarini kuchaytirishga kelishib oldik.
Endilikda 65 ta maktabda nafaqat ingliz tili, balki boshqa fan ustozlari hamda maktab direktorlarining ham malakasi oshiriladi.
➖ Forum davomida “Quality Assurance Agency for Higher Education” bilan shartnoma imzolandi.
Unga ko‘ra, “Yangi O‘zbekiston” universiteti QAA tomonidan 1 yil davomida o‘rganilib, akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Natijada, ta’lim sifati va bitiruvchilarimizga topshiriladigan diplom dunyoning eng ilg‘or universitetlari bilan mos tarzda bo‘lib, oliygoh diplomi butun dunyoda tan olinadi.
#Ombudsman_sovrini
#8_sinf
"Ombudsman sovrini uchun" respublika musobaqasining 8-sinflar bo‘yicha g‘oliblari bilan tanishing!
@Qashqadaryo_MMTB
Qashqadaryoda ilk bora ingliz tilida "Zakovat" o'yini tashkil etildi
▶️(+VIDEO)
@Qashqadaryo_MMTB
⭕️⭕️⭕️⭕️
🔴 Birozdan so'ng 2023-2024-oʻquv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar uchun navbatdagi qurʼa tashlash tadbiri boʻlib oʻtadi.
❗️Bunda ona tili va adabiyot fanidan 9-sinflar uchun qurʼa tashlash jarayonlari oʻtkaziladi.
✔️Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan oldindan qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.
👉 Jonli efir: https://www.youtube.com/live/NzyyEy4JY_c?si=EololwEOBCvUGAnx
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Жараён
Карши шаҳридаги 9-мактабда "Касблар фестивали" тадбири ўтказилди. Тадбирда жами 3650 нафар 11-синф битирувчилари иштирок этишди.
@Qashqadaryo_MMTB
Туман прокурори мактаб битирувчилари билан учрашди
Бугун, Қамаши туман прокурори Б.Баҳодиров “Қорабоғ” МФЙ ҳудудида жойлашган 3-мактабнинг 11-синф ўқувчи ёшлари билан учрашди.
Ёшлар билан учрашув самимий ва очиқ мулоқот тарзида ўтказилиб, ёшларнинг қизиқишлари, келажакда қайси касб эгаси бўлмоқчиликлари юзасидан фикр алмашилди.
Hududlarda sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha o‘quv seminarlar o'tkazilmoqda
Qashqadaryo viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari J.Bo‘riyev, N.Boyturdiyevlar tashabbusi va hamkor tashkilotlar ishtirokida Shahrisabz shahar va G‘uzor tuman hududidagi Davlat, davlat-xususiy sheriklik shaklidagi hamda oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida "Yagona mavsumiy taomnoma"ga amal qilgan holda sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha o‘quv seminar tashkil etildi. Seminarda tarbiyalanuvchilarning ovqatlanishiga mas’ul hisoblangan tashkilot rahbarlari, hamshiralar va xo‘jalik ishlari mudirlari ishtirok etdilar. Shuningdek, kun tartibida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan 0016-21 son San Q va N haqida keng va batafsil tushunchalar berildi. MTTlarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berayotgan ta’minotchi korxonalar uz mahsulotlari bilan qatnashib, kerakli tavsiyalarni olishdi. Bundan tashqari tarbiyalanuvchilarning bir kunlik ovqatlanish ratsioni, ovqat tayyorlash texnologiyalari, taomnoma tayyorlash, ovqatni iste’molga berish jarayonida amalga oshirilishi shart bo‘lgan tartib va qoidalar to‘liq amalda ko‘rsatilib tushuntirib berildi.
Chiroqchida 64 nafar maktab bitiruvchilari muddatidan oldin talaba bo‘lishdi
Chiroqchi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Farhod Jumanovning ma’lum qilishicha, tumandagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 36 nafar, 4 -, 5 -, 40 - va 43-maktablarning 3 nafar, 86-maktabning 4 nafar, 7-maktabning 6 nafar, 8-maktabning 2 nafar, 10-,49- va 99- maktablarning 1 nafar 11-sinf bitiruvchi o‘quvchilari muddatidan oldin talaba bo‘lishgan.
Quvonarlisi, 64 nafar bitiruvchi yoshlar Rossiya davlatining nufuzli oliygohlari talabalariga aylanishgan. 36 nafar yoshlar davlat garandi asosida ta’lim olishsa, 28 nafar yoshlar to‘lov shartnoma asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
41 sonli maktab o‘quvchisi Mahbuba Nusratovaning ijodiga bir nazar
#18may #qashqadaryo_trk
📱Rasmiy telegram kanalimiz
👉/channel/qashqadaryo_trk
#qabul_2024
#1_iyundan_20_iyungacha
✅QARSHI SHAHAR 1-SON IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!
🌐2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
❓Maktab-internatiga qanday hujjatlar talab etiladi?
▶️Talabgorning:
➖ tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.
❓Maktab-internatiga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
▶️ Maktab-internatining:
➖ aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-sinfga;
➖ tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfga qabul qilinadi.
@Qashqadaryo_MMTB
BOSHQARMA OGOHLANTIRADI...
QASHQADARYOLIK OTA-ONALAR VA PEDAGOGLAR DIQQATIGA!
TAQIQLANADI
➡️Maktab, sinf ta'miri uchun ota-onalar(pedagog) dan pul yig'imi tashkil etish;
➡️So'nggi qo'ng'iroq tadbirlari, yakuniy imtihonlar uchun ota-onalardan pul yig'imi tashkil etish qat'iyan taqiqlanadi.
Yuqorida qayd etilgan holat yuzasidan murojaatlar mavjud bo'lganda Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga murojaat qiling.
Shuningdek, fuqaro taklif va murojaatlarini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan "boshqarma boshligi' murojaat" boti ishga tushirilgan.
❗️(Yetarli asoslar taqdim etilganda murojaatchi shaxsi sir tutiladi)
Boshqa viloyatlar singari Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig‘ini fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti @QashVMMTBbot ishlab turibdi.
Hurmatli fuqarolar, aziz ota-onalar!
Ishonch telefonlari (75)-221-33-14 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tinglab, Qashqadaryo viloyatidagi (shahar, tuman) maktab hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlariga oid murojaatlarni bartaraf etish maqsadimizdir.Sizni taklif va murojaatingiz biz uchun muhim!
❗️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining tegishli xatiga asosan maktablardagi turli xil tadbirlar uchun ota-onalar yoki o'quvchilardan pul yig'imi tashkil etish qonunan taqiqlanganligini ma'lum qilamiz.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Эътироф
#Attestatsiya
➖ Bekzod Yarbulov,
Qashqadaryo viloyati, Ko‘kdala tumanidagi 25-umumta'lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi:
Bu yilgi attestatsiya sinovlarini adolatli va shaffof tarzda tashkil etib, o‘qituvchilarga katta imkoniyat yaratib berilgani uchun minnatdorchilik bildiraman.
Men 80 ball bilan oliy toifani olishga erishdim.
__________
➖ Shohida Temirova
Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani, 9- DMTT tarbiyachisi:
Yaqinda malaka toifasi uchun testda ishtirok etib, birinchi toifani qo‘lga kiritdim.
Fursatdan foydalanib, attestatsiya jarayonidan xizmat qilgan barcha pedagog ustozlarga rahmat aytmoqchiman.
Savollar, test jarayoni adolatli tashkil etilgani, maktabgacha ta'lim sohasiga ham alohida e'tibor berilganligi tufayli alohida minnatdorlik bildiraman.
Attestatsiya savollari malakali,bilimli pedagoglarni tanlashga, oʻz ustida ishlashlariga qaratilgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Alohida ta'lim extiyojlari bo'lgan (kar) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan Qarshi shahar 17-sonli maktab-internatning ustozlari tomonidan "Xotira va qadrlash kuni"ga bag'ishlab tayyorlagan video lavhasi.
Qashqadaryoda viloyat hokimi tashabbusi bilan tashkil etilgan fan olimpiadasining viloyat bosqichi o'tkazildi
————
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Челленж #Китоб_улаш
25 май - Сўнгги қўнғироқ куни!
Жорий йилги сўнгги қўнғироқ тадбирлари дабдабадан ҳоли, самимий руҳда ўтказилиши белгиланди.
Шу мақсадда, кўплаб воҳадошларимиз ўзлари таҳсил олган мактабига китоблар совға қилиш орқали маърифат улашишни режа қилган.
Сиз ҳам челленждан четда қолманг!
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Qabul_2024
Agentlik tizimidagi ijod maktablari hamda barcha ixtisoslashtirilgan maktablarida boʻlib oʻtayotgan "Ochiq eshiklar" kunidan VIDEOREPORTAJ
@Qashqadaryo_MMTB
#Info
Maktabgacha ta'lim tizimidagi islohotlar — QARSHI SHAHAR
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
⚡️Qarshi shahar 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari "Kasblar festivali"da faol ishtirok etdi
@Qashqadaryo_MMTB
G'uzordagi ta'lim maskanida kitob taqdimoti o'tkazildi
Qashqadaryo viloyati G'uzor
tumani Maktabgacha va makrab ta'limi bo'limiga qarashli 34-umumiy o'rta ta'lim maktabida bugun ijodkor, yozuvchi Xoliyor Ro'ziyev qalamiga mansub "HAQIQIY SEVGI IZLAB" asari Kitob taqdimoti bo'lib o'tdi.
Kitob taqdimotiga yozuvchi, ijodkor Xoliyor Ro'ziyev, yozuvchining ustozlari N.Xo'janiyozov , viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma xodimi Dilafruz . Poyonova, Koson tumani metodisti G'olib O'rinov , G'uzor tumani Maktabgacha va makrab talimi bo' limining metodisti Farog'at Xolto'rayevalar tashrif buyurishdi.
⚡️Чироқчида 64 нафар мактаб битирувчилари муддатидан олдин талаба бўлди
Чироқчи тумани Мактабгача ва мактаб таълими бўлими бошлиғи Фарҳод Жуманов "Nasafnews''га маълум қилишича, тумандаги 2-сонли умумий ўрта таълим мактабининг 36 нафар, 4 -, 5 -, 40 - ва 43-мактабларнинг 3 нафар, 86-мактабнинг 4 нафар, 7-мактабнинг 6 нафар, 8-мактабнинг 2 нафар, 10-,49- ва 99- мактабларнинг 1 нафар 11-синф битирувчи ўқувчилари муддатидан олдин талаба бўлишган.
Nasafnews расмий саҳифаси
TAVSIYANOMALAR O’Z EGALARIGA TOPSHIRILDI
"Reportaj"
G‘uzor tumani Jarariq MFY dagi 20 DMTT da "Siz doimo yodimizdasiz" deb nomlangan ma’naviy ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
#17may #qashqadaryo_trk
📱Rasmiy telegram kanalimiz
👉/channel/qashqadaryo_trk
#Ochiq_eshiklar_kuni
✅Joriy yilning 23-may kuni Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Ochiq eshiklar" kuni boʻlib oʻtadi.
▶️Ochiq eshiklar kunida:
➖ 2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot beriladi;
➖ Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;
➖ O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
➖ Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkaziladi;
➖ Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya uyushtiriladi.
📆 23-may
⏳ Soat 10:00 dan 15:00 gacha
💫Barchangizni ochiq eshiklar kunida kutib qolamiz!
@Qashqadaryo_MMTB
Ta'lim maskanlarida "Zakovat" kubogi tashkil etilmoqda
Kasbi tuman 26-maktab 2- "A" sinf o'quvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, bilim olishga bo'lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida "Zakovat" kubogi tashkil qilindi. Bellashuvda "Bilimdonlar" va "Zukkolar" jamoalari ishtirok etishdi. Bellashuvda "Bilimdonlar" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritishdi .Bellashuvni maktab rahbariyati va o'qituvchilaridan iborat hakamlar hay'ati kuzatib borishdi. G'olib jamoa maktab rahbariyati tomonidan "Zakovat" kubogi, diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.
Yakkabog‘ tumani 21-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha keng qamrovli amaliy ishlar olib borilmoqda.
@Qashqadaryo_MMTB
#ustoz
Najot ta'limda, najot bilimda, najot muallimda.
Ajdodlarimiz boshidan o‘tkazgan birinchi, ikkinchi renessansning davomchilari bo‘lishimiz kerak.
Boshqarma boshlig'i tashabbusi bilan "Yangi avlod" olimpiadasi o'tkazildi — QASHQADARYO.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
Viloyat hokimi tashabbusi bilan tashkil etilgan fan olimpiadasining viloyat bosqichi yakuniga yetdi — QASHQADARYO.
Avval xabar berilganidek, olimpiada 11-sinf o'quvchilari o'rtasida tashkil etilib, 3 ta bosqichda yakunlanadi. Bugun olimpiadaning viloyat bosqichi matematika, fizika, biologiya, kimyo, informatika va axborot texnologiya, tarix, ona tili va adabiyot, xorijiy tillari(ingliz tili, nemis tili, fransuz tili) fanlaridan o'tkazildi.