Qarshi tumanida "Viloyat hokimi olimpiadasi" o'tkazildi
✅2024-yil 6-may kuni tumandagi 4-sonli umumtalim maktabida matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan "Viloyat hokimi olimpiadasi" ning tuman bosqichi o'tkazildi.
Mazkur olimpiadaning tuman bosqichida 1-bosqichda qatnashib, 1-o'rinni egallagan 140 nafar 11-sinf o'quvchilari ishtirok etdilar. Yakuniy natijalarga ko'ra:
✅Matematika fanidan :
1.Choriyev Elnur Elyor oʻgʻli-42-maktab 11-sinf oʻquvchisi,1-oʻrin
2. Jumayev Azizbek Sobir oʻgʻli- 60-maktab, 11-sinf oʻquvchisi, 2-oʻrin
3. Temirov Ahmadjon Iskandar oʻgʻli, 44-maktab, 11-sinf oʻquvchisi, 3-oʻrin
✅Informatika va axborot texnologiyalari fanidan:
1.Baxtiyorov Umidjon Bahodirovich-28-maktab, 11-sinf oʻquvchisi, 1-oʻrin
2. Ravshanov Otabek Sherali oʻgʻli-34-maktab, 11-sinf oʻquvchisi, 2-oʻrin
3.Hazratqulov Behruz Bekzod oʻgʻli- 22-maktab, 11-sinf oʻquvchisi, 3-oʻrinni egalladi.
Shahrisabz tumanida "Viloyat hokimi olimpiadasi" o'tkazildi
2024-yil 6-may kuni Shahrisabz tumanidagi 33-sonli umumtalim maktabida matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan "Viloyat hokimi olimpiadasi" ning tuman bosqichi o'tkazildi.
Mazkur olimpiadaning tuman bosqichida 1-bosqichda qatnashib, 1-o'rinni egallagan 172 nafar 11-sinf o'quvchilari ishtirok etdilar. Yakuniy natijalarga ko'ra,matematika
✅Matematika fanidan :
1. Yashinov Umar Uktam õgli-47-maktab 11-sinf oʻquvchisi,1-oʻrin
2. Misirtoshev Ozodbek Sadriddin o'g'li- 46-maktab, 11-sinf oʻquvchisi, 2-oʻrin
3. Turdiyev G'anisher Alisher o'g'li, 45-maktab, 11-sinf oʻquvchisi, 3-oʻrin
✅Informatika va axborot texnologiyalari fanidan:
1. Oripova E'zoza Orzimurod qizi-3-maktab, 11-sinf oʻquvchisi, 1-oʻrin
2. Tursunlulatov Sardor Sirojiddin oʻgʻli-36-maktab, 11-sinf oʻquvchisi, 2-oʻrin
3. Sattorov To'lqin Abdusamad oʻgʻli- 32-maktab, 11-sinf oʻquvchisi, 3-oʻrinni egalladi.
Umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari o'rtasida "viloyat hokimi olimpiadasi" o'tkazilmoqda— QASHQADARYO
Olimpiada 11-sinf o'quvchilari o'rtasida tashkil etilib, 2 ta bosqichda yakunlanadi. Olimpiadani birinchi ya'ni maktab bosqichi matematika, fizika, biologiya, kimyo, informatika va axborot texnologiya, tarix, ona tili va adabiyot, xorijiy tillari(ingliz tili, nemis tili, fransuz tili) dan fanlaridan joriy yilning 29-apreldan 3-may kunlariga qadar o'tkaziladi.
Olimpiadani tuman(shahar) bosqichlari (matematika, fizika, biologiya, kimyo, informatika va axborot texnologiya, tarix, ona tili va adabiyot, xorijiy tillari(ingliz tili, nemis tili, fransuz tili) 6-, 7-, 8-may kunlarida viloyat bosqichi esa 14-may kuni o'tkazilаdi.
🟢RASMIY BAYONOT
❗️Boshqarma o'rinbosari va Qarshi shahar bo'limi xati ijro nazoratidan olingan — SIRK TAQIQLANADI.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i murojaatlar botiga "Sirk uchun ruxsat bormi? Bu xatlar nega chiqarilgan" mazmunidagi murojaatlar yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi quyidagilarni ma'lum qiladi:
Pedagog xodimni lavozim majburiyati va kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilishni taqiqlash — bu esa Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son qarorida belgilangan.
Bundan tashqari dars jarayonlarida va undan tashqari vaqtlarda o'quvchilarni sirk hamda majburiy mehnat jarayonlariga jalb etish qat'iyan taqiqlanadi.
Tashviqot jarayonlari esa maktab faoliyatiga daxldor emas deb baholanadi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Mirishkorda “Viloyat hokimi olimpiadasi”ga start berildi
💬 Qashqadaryo viloyati hokimining 03.04.2024 yildagi “Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilari o’rtasida “Viloyat hokimi olimpiadasi”ni tashkil etish va o’tkazish to’g’risida”gi yig’ilish bayonining 1-ilovasiga muvofiq hududlarda olimpiada jarayonlari boshlab yuborildi.
O'zbekiston-Germaniya qo'shma loyihasi asosida maktabgacha ta‘lim muassasasi faoliyati yo'lga qo'yiladi — QASHQADARYO.
✅Yaqinda Qashqadaryo viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida Germaniyaning nufuzli Klett Group kompaniyasi delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv o'tkazildi.
✅Uchrashuvda ikki tomonlama O'zbekiston-Germaniya qo'shma loyihalarini amalga oshirish jumladan, viloyatda maktabgacha ta‘lim muassasasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o'tkazildi.
✅Delegatsiya a'zolari tashrifi davomida Qashqadaryo viloyatidagi ta‘lim muassasalari faoliyati, pedagog hamda o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdi.
————
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Boshqarma boshlig'i tashabbusi bilan "Yangi avlod" olimpiadasi o'tkazilmoqda — QASHQADARYO.
Viloyatda ta'lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini, pedagog xodimlar nufuzini oshirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shu bilan bir qatorda, boshlang'ich sinf o'quvchilarining fanlarga qiziqishini kuchaytirish hamda bilimli va ularga motivatsiya berish, ularni qo'llab-quvvatlash, o'tkazilayotgan asosiy va xalqaro fan olimpiadalariga ruhan tayyorlash maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining tashabbusi bilan "Yangi avlod" olimpiadasi umumiy o'rta ta'lim maktablarining 2-, 3- sinf o'quvchilari o'rtasida bir bosqichda maktab bosqichi, 4-sinf o'quvchilari o'rtasida uch bosqichda: maktab, tuman (shahar) hamda yakuniy viloyatda tashkil etiladi.
2-,3-4-sinflar uchun ingliz tili, ona tili o'qish savodxonligi hamda matematika fanlaridan tashkil etiladi. Fan olimpiadasini o'tkazish o'quvchilarga har tomonlama chuqur va puxta bilim berish, ona tili, o'qish, matematika va ingliz tili fanlaridan savodxonlikni oshirish va iqtidorli o'quvchilarni aniqlashni nazarda tutadi.
Eslatib o'tamiz, "Yangi avlod" olimpiadasi 3 bosqichda o'tkaziladi. I-bosqich 25-27-aprel kunlari maktablarda, II bosqich 3-4-may kunlarida tuman (shahar)larda, III bosqich 11-may kunida viloyatda o'tkaziladi.
❗️Hozirda olimpiadani 1-bosqichi barcha tumanlarda(shahar)gi umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'tkazilmoqda.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Sektor rahbari otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashdi — MIRISHKOR TUMANI
Huquq-tartibot va mudofaa organlariga yoshlarni biriktirib, ularni otaliqqa olish tizimi joriy etilgach, Mirishkor tumani IIBga 11 ta mahalladagi 2807 nafar yoshlar biriktirildi.
Shunga muvofiq, IIB – 3-sektor rahbari G’ayrat Haydarov sektor hududida joylashgan maktablarning 9-10-11-sinflari o’quvchilari davomadini va muammolari hamda ularning qiziqishlarini tegishli masʼullar bilan o’rgandi.
Shuningdek, yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish, kelgusida oliy ta’lim muassasalarida o’qishni davom ettirishlari, chet tillarini o’rganishlari xususida suhbatlashildi.
@Qashqadaryo_vxtb
Qashqadaryoda PISA 2025 tadqiqotlariga doir tajriba-sinov jarayonlariga start berildi
Qashqadaryo viloyatidandagi tanlab olingan 4 ta umumtaʼlim maktabida xalqaro PISA 2025 tadqiqotlariga doir tajriba-sinov jarayonlari boshlandi.
➖ Xalqaro PISA tadqiqotlari 15 yoshli oʻsmirlarning savodxonligi, kreativ va mantiqiy fikrlash qobiliyati, maktabda olgan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qoʻllay olishi, bir soʻz bilan aytganda mustaqil hayotga tayyorgarligini baholovchi jarayon hisoblanadi.
🟢Tajriba-sinov jarayonlari Qashqadaryo viloyatida joriy yilning 7-may kuniga qadar davom etadi.
Maʼlumot uchun: PISA 2025 tadqiqotida dunyo boʻylab 91 ta mamlakat ishtirok etmoqda.
Foto: Hududlarda oʻtkazilayotgan PISA 2025 jarayonlaridan.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Delegatsiya safari davom etmoqda— QASHQADARYO
Avval xabar berilganidek, Germaniya delegatsiyasi Qarshi shahridagi Prezident maktabi hamda A.Oripov nomidagi ijod maktabi faoliyati, pedagog xodimlar, o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta'lim sifatini yuqori darajaga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi bilan yaqindan tanishdi.
📷Jarayondan foto lavhalar
@Qashqadaryo_vxtb
Germaniya delegatsiyasi maktab faoliyati bilan tanishdi — QASHQADARYO.
Avval xabar berilganidek, Nemis kompaniya vakillari Qarshi tumanida joylashgan "Dreams of Kids" xususiy maktabgacha ta'lim muassasasi hamda 71-umumiy o'rta ta'lim maktab faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Ular maktabda tashkil etilgan o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va 2 ta xorijiy tillarni o'rganishi, IT sohasi, zamoniy sharoitlarga ega maktab laborotoriyasi va o'qituvchilar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davom etadi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
🟢|RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda "O‘qituvchilarning bir siqimgina maoshiga yopishishni qachon bas qilishadi" nomli murojaat bo'yicha dastlabki rasmiy munosabat:
Unda Koson tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'lim boshlig'i A. Tursunovni shanbalik uchun bir kunlik ish haqini o'tkazish hamda byudet tushumlari, soliq bo'yicha to'lovni amalga oshirish mazmunida berilgan topshiriq yuzasidan ta'lim tashkilotlariga yo'naltirilgan holat Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma mas’ullari nazoratiga olingan. O'rganishlar yakuni yuzasidan rasmiy munosabat berilishini ma'lum qilamiz.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Qashqadaryoda “Kasblar festivali” o'tkazilmoqda
Mirishkor tumani hokimligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi hamkorligida “Avvona” mahallasi hududidagi 20-sonli maktabda “Kasblar festivali” tadbiri o’tkazildi.
Tadbirni tuman hokimi o’rinbosari Ulash Cho’liyev va Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’i Bektosh Shodiyevlar kirish so’zi bilan ochib berishdi.
Mazkur tadbirga tumandagi barcha umumta’lim va kasb-hunar maktablaring 1,4 ming nafardan ortiq bitiruvchi yoshlari uchun jalb etilib, kelgusida o’qishni oliy ta’lim muassasalarida davom ettirishlari uchun malakali mutaxassislarning hayoti va ijodi xususidagi ma’lumotlar hamda Xalqaro innovatsion universiteti, Axborot texnologiyalari va menejment universiteti, Qarshi innovatsion ta’lim universiteti, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalari instituti va Beshkent qishloq xo’jaligi texnikumi, Qarsh davlat universiteti huzuridagi G’uzor sanoat texnikumlarining turli xil ko‘rgazmalari namoyish etildi.
🎥 Оммавий ахборот воситалар биз ҳақимизда...
🟢 "BU KUN"
✅ Қашқадарё вилоятида "КИТОБХОНЛИК ФЕСТИВАЛИ" ўтказилди.
Академиклар Чироқчида...
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик Палатаси Спекрининг биринчи ўринбосари, юридик фанлари доктори, профессор Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси Акмал Саидов ва Тошкент шаҳридаги Плеханов номидаги Россия иқтисодиёт университети ректори, Ўзбекистон Фанлар академиясининг академиги, профессор, Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси Қаландар Абдураҳмонов Чироқчи туманига ташриф буюришди.
🟢Батафсил ўқиш
@Qashqadaryo_vxtb
Қашқадарё вилоят ҳокими ташаббуси билан олимпиада ўтказилмоқда.
-Қашқадарё доим бир қадам олдинда😎
———
Рустамов_БЛОГ
@Rasmiykanal_uz
Ўзбекистондаги ягона “Ҳоким олимпиадаси”га старт берилди.
Қашқадарёда битирувчиларнинг иқтидорини қўллаб-қувватлаш мақсадида анъанага айланган “вилоят ҳокими олимпиадаси”га старт берилибди. Энг қизиғи, ММТ бошқармаси ахборот хизмати раҳбари Жавоҳир Рустамовга кўра, олимпиада ғолиблари тўғридан-тўғри Қарши давлат университетига ўқишга қабул қилинаркан.
Бундай олимпиада ҳозирча фақат Қашқадарёда бор. Буни эса, эътироф этмаслик иложсиз!
Қашқадарё вилоят ҳокими ташаббуси билан олимпиада ўтказилмоқда.
-Қашқадарё доим бир қадам олдинда😎
———
Рустамов_БЛОГ
@Rasmiykanal_uz
📣 Hurmatli pedagoglar!
✅ Ertaga — 7-may kuni soat 11:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari hamda xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimidagi sertifikatlarga ustama berish tartibiga bagʻishlangan jonli muloqot tashkil etiladi.
❗️Muloqot doirasida vazirlik masʼullari tomonidan ushbu mavzularga doir savollarga atroflicha javob berib oʻtiladi.
🖥 Savollaringizni mazkur havola izohida qoldirishingiz mumkin.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida profilaktik tadbirlar o'tkazilmoqda — QASHQADARYO.
Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida hamda malaka toifa sinovlarini ochiq va shaffof o‘tkazilishi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ul xodimlari ishtirokida turli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hozirda profilaktika jarayonlari G‘uzor, Chiroqchi, Qarshi tumanlarida o'tkazilmoqda. O'rnatilgan tartib asosida barcha hududlar mazkur jarayonlar amalga oshiriladi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Direktorlar_uchun_tanlov
Qashqadaryoda umumiy o'rta ta'lim maktab direktorlari o'rtasida "Yilning eng yaxshi maktab direktori" tanlovi o'tkaziladi
Tanlov maktab rahbarlari o'rtasida sog'lom raqobatni kuchaytirish, zamonaviy, bilimdon va tashabbuskor shuningdek, tegishli qonunlar, shaffoflik va ommaviylik tamoyiliga asoslangan ish yuritish tizimini joriy etib kelayotgan maktab direktorlarini aniqlash, boshqaruv jarayonida qo'llaniladigan yangi innovatsion texnalogiyalarni ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan.
❗️Tanlov jarayonlari haqida qo'shimcha axborot beriladi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
1 kunda 3 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari ochildi — CHIROQCHI TUMANI
Chiroqchi tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'lim boshlig'i F. Jumanov:
— Chiroqchi tumani "Olmazor" mahallasida bir kunda bir emas ikkita yangi oilaviy bog‘chalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.Tadbirkor Sojida Ne’matova tomonidan tashkil etilgan 50 o‘rinli hamda Shohista Yaxshiboyeva tashabbusi bilan 25 o‘ringa mo‘ljallangan yangi oilaviy bog‘chalarning ochilish marosimida Chiroqchi tuman hokimi Fayzulla Yusupov boshchiligida keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.Hozirda tumanda ONMTTlar soni 281 taga yetdi. Shuningdek, 22 ta Davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va 7 ta DXSH nafar 17 mingga yaqin bolarani qamrab olgan. 2023 yil yakunida qamrov darajasi 54.5 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2024 yilning may holatida 60 foizga oshdi. Shu kunning o‘zida tumanning "Dodiq" mahallasida ham tadbirkor Mavjuda Toshtemirova rahbarligida 50 o‘rinli yangi ONMTT ish boshladi. ONMTT xonalari o‘ziga xos tarzda bezatilgan. Ziyo maskanlarida bolalarning ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha shart-sharoitlar mujassam.
🎥
Qashqadaryoda “Kasblar festivali” o'tkazilmoqda — Muborak tumani
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi bilan hamkorligida tuman, shaharlarda "Kasblar festivali" ni o'tkazish yuzasidan grafik jadval shakllantirilgan bo'lib, hozirda barcha hududlarda mazkur festival bosqichma-bosqich o'tkazilmoqda.
|RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "O‘qituvchilarning bir siqimgina maoshiga yopishishni qachon bas qilishadi" nomli murojaat bo'yicha Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy munosabati:
Murojaatda keltirilishicha, Koson tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'lim boshlig'i A. Tursunovni shanbalik uchun bir kunlik ish haqini o'tkazish hamda byudet tushumlari, soliq bo'yicha to'lovni amalga oshirish mazmunida berilgan topshiriq yuzasidan ta'lim tashkilotlariga yo'naltirilganligi aks etgan.
Holat Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma mas’ullari ishtirokida atroflicha o'rganildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-martdagi 137-F-sonli Farmoyishi ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida Qashqadaryo viloyat hokimi tegishli qarori imzolangan.
Unda Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi ta'lim tashkilotlari xodimlarini bir kunlik ish haqidan majburiy o'tkazish bo'yicha biror-bir topshiriq berilmagan.
Bundan tashqari Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan ham bir kunlik ish haqidan majburiy to'latish bo'yicha ko'rsatma yoki topshiriq berilmagan.
Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i U.Oripov hamda Koson tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'lim boshlig'i A. Tursunov va mas'ul xodimlar ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, A. T. ni g'ayriqonuniy holatlarga aralashmasligi yuzasidan qat'iy tartibda ogohlantirildi.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Germaniya delegatsiyasini navbatdagi tashrifi Qarshi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida bo'ldi
📷Jarayondan foto lavhalar
@Qashqadaryo_vxtb
Klett Group kompaniyasi vakillari xususiy maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi
Nemis kompaniya vakillari Qarshi tumanida joylashgan "Dreams of Kids" xususiy maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mehmonlar muassasada bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o'quv dasturlari, tarbiyachilar faoliyati, ta'lim-tarbiya sifati bilan tanishtirildi.
Tashrif davom etadi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Qashqadaryoda seminar tashkil etildi
Qashqadaryodagi barcha tumanlar(shahar)da "Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusida seminarning birinchi kuni o'tkazilmoqda.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
TANQIDIY
Qarshi shahar 29-Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Sen nurli kelajaksan” deb nomlangan seminar o'tkazildi.
@Qashqadaryo_vxtb