#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Қашқадарёда вазир жамғармаси ҳисобидан ҳар ойлик устама тўланадиган номзодлар суҳбати ўтказилади
Мактабгача ва мактаб таълими вазири жамғармаси ҳисобидан ҳар ойлик устама тўланадиган номзодларнинг 2-босқич касбий маҳоратини баҳолаш
бўйича ҳудудларда суҳбат ўтказилади.
—Суҳбат, Қашқадарё вилоятида 23-27 апрель кунларида ўтказилади. Бу орқали синовлардан муваффақиятли ўтган педагогларни маошига қўшимча ҳақ тўланади.
#Педагогларга_эътибор👍
———
Рустамов_БЛОГ
@Rasmiykanal_uz
Oʻqituvchi navbatdagi majburiy attestatsiyada ishtirok etmasa nima boʻladi?
Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomda attestatsiyada uzrli yoki uzrsiz sabablarga asosan ishtirok etmaganlik uchun koʻriladigan choralar belgilab qoʻyilgan.
Pedagoglar attestatsiyada uzrli sababga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslarga) koʻra kelmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchiriladi.
Pedagog kadr uzrsiz sababga koʻra navbatdagi majburiy attestatsiyada ishtirok etmagan boʻlsa, u attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi hamda uning tegishli malaka toifasi (lavozimi) bir pogʻona tushiriladi.
❗️Uzrsiz sababga koʻra attestatsiyada ishtirok etmagan mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimidagi pedagog kadr attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi hamda ish beruvchi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega.
✅ O‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan o‘ta olmagan pedagog kadrlarning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda ularga navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashishdan oldin amalda bo‘lgan malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanadi.
———
Рустамов_БЛОГ
@Rasmiykanal_uz
XORIJIY TILLARNI OʻQITISH BOʻYICHA ENG YAXSHI MAKTAB TANLOVINING TUMAN BOSQICHI GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab tanlovi” ning tuman bosqichi natijalariga koʻra,
1️⃣-oʻrin 124-maktab oʻquvchilari jamoasi.
2️⃣-oʻrin 24-maktab oʻquvchilari jamoasi
3️⃣-oʻrin 7-maktab oʻquvchilari jamoasiga nasib etdi.
#Удостоверение
Получено:
- Удостоверение "Почётного автора педагогического издания"
Dual ta'limi shaklida o'qishga jalb qilish bo’yicha seminar o'tkazildi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 7 dekabrdagi 647-sonli qarori ijrosini bajarish maqsadida Shahrisabz pedagogika kollejida ish beruvchi tashkilotlar va ta’lim muassasasi hamkorligida ishsiz xotin-qizlarni dual ta'limi shaklida o'qishga jalb qilish bo’yicha seminar o’tkazildi.
Seminarda Qashqadaryo vilayati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi maktabgacha taʼlim boʼlimi boshligʼi Mavlonov Oʼ. Shahrisabz shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’i Islomov Sh, Shahrisabz shahar moliya bo’limi mutaxassisi , Shahrisabz tuman va shahar Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va boshqa ish beruvchi tashkilotlar ishtirok etdilar.
Qashqadaryolik o'quvchi IELTS imtihonida "overall 8" natijaga erishdi
Mahmudov Ruslan:
— Men Muborak tumanidagi 1-maktab 10-variativ sinf o'quvchisiman. Joriy yil 6-aprel sanasida bo’lib o’tgan IELTS imtihonida ishtirok etib, “Overall 8” natijasiga erishdim. Ta'lim tizimida erishayotgan barcha natijalar uchun ustoz, murabbiylarimdan minnatdorman. O'quvchilarga berilayotgan keng imkoniyatlardan foydalana olayotganimdan faxrlanaman.
#Xon_atlas
#DMTT_Qashqadaryo
"Xon atlas" ta'lim sohasi vakillarini ham chetlab o'tmadi...
📷Foto: Muborak tumani 2-DMTT xodimlari.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Qashqadaryoda “Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi o’tkazildi
Viloyatimizning chegara oldi hududlarida joylashgan umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchi yoshlari o‘rtasida "Yosh chegarachilar" harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasining Qashqadaryo viloyati bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqa viloyat Maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida tashkil etildi.
Yakuniy natijalarga ko’ra:
1-o‘rinni Kitob tumani 45-umumta’lim maktabining “Sarhad lochinlari” jamoasi;
2-o‘rinni Nishon tumani 34-umumta’lim maktabining “Sohibqironning” jamoasi
3-o‘rinni Mirishkor tumani 16-umumta’lim maktabining “Tezkorlar” jamoasi qo‘lga kiritdi.
G’olib bo’lgan va faol ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Malaka_toifa_sinovlari
Kosonlik o'qituvchilardan biri 94 ball hamda ikkinchisi 90 ball natijaga erishdi— MALAKA TOIFA SINOVLARI
Avval xabar berilganidek, boshqa viloyatlar singari Qashqadaryo viloyatida ham o‘qituvchilar uchun malaka toifa sinovlari Qarshi shahridagi Pedagoglar markazida o'tkazilmoqda.
Koson tumanidagi 9-maktab o'qituvchisi Aziza Qo'shmurodova va 90-maktab o'qituvchisi Maqsuda Amirovalar:
— Malaka (test) sinovlari o'tkazilayotgan bino zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan iborat ekan. Kompyuter stollarini atrofi o‘ralganligi, kuzatuv kameralari mavjudligi va onlayn translatsiya yo‘lga qo‘yilganligi, ishtirokchilar va ularning yaqinlariga kutish joylari hamda buyum, kiyimlarini saqlash, yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta’minlanganligi barcha pedagoglarga ma'qul kelmoqda. Albatta, natijalardan hayajondamiz. Erishilgan natija orqali o'quvchilarga zamonaviy ta'lim berishga tayyormiz!
https://daryo.uz/2024/04/18/qashqadaryoda-19-ming-nafarga-yaqin-oqituvchi-attestatsiyadan-otadi
Читать полностью…Qarshi shahrida “Yoshlar sayli” tashkil etildi
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda bir qator huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar hamkorligida yoshlarni vatanga sadoqat, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Vatanparvarlar” bog’ida “Yoshlar sayli” tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar harbiy xizmatchilarning xizmat faoliyati hamda amaliy mashg‘ulot jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, respublikamizdan tashrif buyurgan aktyor va xonandalar ishtirokidagi gala-konsert dasturlari 3000 nafardan ortiq yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishga xizmat qildi.
Qashqadaryo viloyatidagi yosh rahbarlar TOP-30 reytingi
Bugungi kunda yosh, progressiv fikrlaydigan va salohiyatli kadrlarga katta e’tibor qaratilib, mas’uliyatli lavozimlarga yosh istiqbolli boshqaruv kadrlar tayinlanmoqda.
“Yuksalish” harakati Qashqadaryo bo‘limi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali bilan hamkorlikda viloyatning 40 yoshgacha bo‘lgan istiqbolli yosh rahbarlari TOP-30 reytingini shakllantirdi.
Ular yosh bo‘lishsada salmoqli tajriba orttirib, ko‘plab sohalarda o‘z salohiyatlarini namoyon etishga, ilg‘or g‘oya va nuqtai nazarlarini ilgari surib kelishmoqda.
Reytingga kiritilganlarning 4 nafari hokimlikda, 15 nafari idora va tashkilotlarda, 4 nafari nodavlat sektorda, 4 nafari bank sohasida hamda 3 nafari ishlab chiqarish korxonalarida faoliyat yuritadi.
Reytingni shakllantirishda rahbarlarning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlar rivojiga salmoqli hissa qo‘shayotgani inobatga olindi.
"ENG KITOBXON MAKTAB" ko'rik-tanlovi o'tkazildi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining 2024-yil 6-fevraldagi 21-sonli buyrug'iga asosan Viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan umumta'lim maktablari o'rtasida "Eng kitobxon maktab" ko'rik-tanlovining viloyat bosqichi o'tkazildi.
Tanlov natijalariga ko'ra
Kasbi tumani 13-maktab jamoasi I-o'rinni, Qarshi shahri 36-maktab jamoasi II-o'rinni,
Koson tumani 15-maktab jamoasi III-o'rinni egalladi.
Muborakda "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri o‘tdi
Muborak tuman hokimligi, Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Muborak tuman boʻlinmasi, tuman "Nuroniy"lar jamgʻarmasi va madaniyat markazi hamda hamkor tashkilotlar hamkorligida tumani madaniyat saroyida "Uch avlod uchrashuvi" madaniy-ma'rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda mahalla nuroniylari, "Buvijonlar maktabi" aʼzolari, yoshlar hamda madaniyat xodimlari ishtirokida etdi.
Shuningdek, tadbir davomida yosh ijodkorlar tomonidan kuylangan vatanparvarlik ruhidagi qoʻshiq va sheʼrlar tadbirga oʻzgacha joziba bagʻishladi.
Jarayonda ta'lim muassasalari o'quvchilari ham ishtirok etdi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Respublikamizdagi barcha umumta’lim maktablari o‘quvchi yoshlari diqqatiga!
(+VIDEO)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 apreldagi 212-son qaroriga asosan har yili "Yashil chiroq" musobaqasi 4 bosqichda bo‘lib o‘tadi.
1-bosqich ta’lim muassasalarida har yili fevral-mart oylarida o‘tkaziladi. Mazkur bosqichda musobaqa sinflararo yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha o‘tkaziladi va yo‘l harakati qoidalarini yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchilardan «yashil chiroq» guruhlari tuziladi. Bu guruhga 11 — 14 yoshli 5 — 8-sinf o‘quvchilari qabul qilinadi;
2-bosqich (mahalliy bosqich) har yili mart-aprel oylarida tuman (shahar) doirasida o‘tkaziladi;
3-bosqich (hududiy bosqich) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri doirasida tuman (shahar) g‘oliblari ishtirokida har yili may oyida o‘tkaziladi;
4-bosqich (respublika bosqichi) har yili iyun-iyul oylarida uchinchi bosqichda 1-o‘rinni egallagan guruhlar ishtirokida o‘tkaziladi.
Ta'lim maskanlarida "balli qizlar" tadbiri tashkil etilmoqda
Qarshi shahar 47-umumiy o'rta ta'lim maktabining yuqori 8-"A" sinf o'quvchilari o'rtasida "Balli qizlar" tadbiri tashkil qilindi.
Tadbirda o'quvchilar kuy qo'shiqlar kuylashdi raqslar ijro etishdi va pazandachilik mahoratlarini namoyish etishdi.
@Qashqadaryo_vxtb
#ЗолотаяГрамота
Получена:
- Золотая грамота "За личный вклад в развитие образования, просвещения и науки"
"Moderne Lehrmethoden - Forderung der Zeit" (zamonaviy o‘qitish usullari - davr talabi) nomli mahorat darsi o‘tkazildi
🔰Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti qoshidagi akademik litseyi ko‘magida umumta'lim maktablarining nemis tili o'qituvchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi.
Darslar ikki smenada akademik litseyda amaliyot o'tayotgan o‘qituvchi Shvetsariyalik Solveig Wagenbach hamda litseyning nemis tili o'qituvchisi Shohida Nazarova tomonidan olib borildi.
Qiziqarli uslublarda o‘tkazilgan mazkur darsda zamonaviy xalqaro o‘qitish usullari va intensiv mashqlar bo'yicha amaliy mashg'ulotlar o‘tkazildi. Dars davomida nemis tili bo'yicha xalqaro grantlar va imtihonlar haqidagi batafsil ma'lumotlar ham o‘rin oldi.
Mahorat darsida barcha tuman va shaharlardan kelgan uch nafardan pedagoglar ishtirok etishdi.
Қашқадарё вилояти педагоглари учун эълон!
Малака (тест) синовлар ўтказиладиган жойи - Педагогларни янги методикаларга ўргатиш миллий маркази (манзил: Қарши шаҳар Олимлар кўчаси 2-уй, мўлжал: Қарши давлат университети);
📅 Малака (тест) синовлари ўтказиладиган санаси - 2024 йил 23-25 апрель кунлари;
🧑🎓Малака (тест) синовларида иштирок этадилар - Ўзбек тили (Давлат тили) ҳамда Она тили ва адабиёт ўқитувчилари;
‼️ Малака (тест) синовларида иштирок этиш учун талаб қилинади - Шахсни тасдиқловчи ҳужжат ва мурожаат юборишда тўлдирилган СЎРОВНОМА
———
Рустамов_БЛОГ
@Rasmiykanal_uz
Maktabgacha ta'lim tizimidagi islohotlar
Erta yoshdagi bolalar taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO baholash tizimi asosida Muborak tumanidagi 8-sonli davlat maktabgacha taʻlim tashkilotida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash ishlari amalga oshirila boshlandi.
Ma'lumot uchun: MELQO xalqaro baholash vositasi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari va “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturiga muvofiqlashtirilgan.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
QASHQADARYODA ILK BORA START BERILGAN "MAKTABLAR LIGASI" SPORT MUSOBAQASINI 2-BOSQICHIGA START BERILDI
Avvalroq, Qashqadaryo viloyat hokimi M. Azimovning 2024-yil 10-yanvardagi 8-4-0Q/24-sonli qaroriga asosan umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida ilk bora Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi uchun “Maktablar ligasi” sport musobaqasini o‘tkazishga start berilgan edi. Shunga asosan joriy yilning fevral oyidan boshlab hududlarda "maktablar ligasi" birinchi bosqichi o'tkazilgan edi.
Besh blokli test natijalari tahlil qilindi
G‘uzor tumanidagi 1-maktabda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tumanning bitiruvchi-o'quvchilar uchun o'tkazilgan oliygohlarga kirish davlat imtihonlari formatida besh blokli test sinovlarining natijalari yuzasidan tanqidiy-tahliliy yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilish davomida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari D.Tojiyev tomonidan sinovlarda past natija qayd etgan maktab direktorlariga qat'iy ko'rsatma va tanbehlar berildi. Test natijalariga ko'ra fanlar kesimida tayyorgarlikni kuchaytirish, malakali o'qituvchilarga o'zlashtirishi past bo'lgan o'quvchilarni biriktirish hamda muntazam tartibda repetitsion testlarni tashkil etish zarurligi ta'kidlandi.
Shuningdek, kun tartibidagi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Qashqadaryo
Koson tumanidagi 38-maktab o'quvchilari sport va musiqa yo'nalishlarida katta muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritishmoqda. Maskan hududidagi "Yashil makon" loyihasi doirasidagi ishlarga esa havas qilsa arziydi
MUXBIR: Akbarali XUDOYBERDIYEV
#Attestatsiya
#Bayonot_2
✅ VIDEOBAYONOT: Maktabgacha, umumiy oʻrta, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka toifa sinovlaridan oʻtkazish jarayonlari davom etmoqda.
17-apreldan boshlab Boshlangʻich taʼlim fani oʻqituvchilari attestatsiyadan oʻtkaziladi va mazkur fan pedagoglarini malaka test sinovlaridan oʻtkazish joriy yilning 22-apreliga qadar davom etadi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Vazir o‘rinbosari Qashqadaryo viloyatidagi maktablar faoliyati bilan tanishdi
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Sardor Rajabov Qashqadaryo viloyatidagi ta'lim muassasalari faoliyati bilan tanishmoqda.
Unda ta'lim muassasalarida tashkil etilgan o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish, formativ-summativ baholash tizimiga o’tgan tajriba-sinov maktablarida baholash jarayonlari, ta'lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni quyi bosqichlardagi mexanizmi, kasbi orqali qo'shimcha daromad topayotgan pedagoglar faoliyati ham o'rganilib, tegishli ko'rsatma va tavsiyalar berildi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Fransuz tili bo‘yicha treninglar o'z ishini boshladi
🔰O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini amalga oshirish maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan fransuz tili o'qituvchilari uchun o‘quv-amaliy trening tashkil etildi.
Trening kun tartibidan fransuz tilini o‘qitishning ommabop dastur va metodikalaridan samarali foydalanish, til ko‘nikmalarini qiziqarli mashqlar asosida ustirish, qolaversa fransuz tiliga oid xalqaro imtihonlar va grant dasturlari haqida ma‘lumotlarni yetkazish kabi mavzular o‘rin oldi. Trening davomida o‘qituvchilar tomonidan o'zaro savol-javoblar va muhokamalar o‘tkazildi.
Ushbu o‘quvni mentori sifatida Qarshi davlat universitetining xorijiy tillar fakulteti Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi F.Yarmanov olib bordi.
📍Treningda Qamashi, Qarshi, G‘uzor, Dehqonobod, Ko‘kdala Chiroqchi va Qarshi shaharlarida faoliyat yurituvchi o'qituvchilar ishtirok etmoqda.
@Qashqadaryo_vxtb
Hududlarda AKTga oid ilg'or o'qitish metodikalarini ommalashtirish bo‘yicha o'quv-amaliy treninglar o'tkazilmoqda — QASHQADARYO
Avval xabar berilganidek, Qashqadaryo viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va hududiy IT markazlari hamkorligida AKT savodxonligining o'qitish metodikalarini ommalashtirishga oid treninglar o'tkazilayotgan edi.
Foto: Ko'kdala tumani
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb