Ta'lim tashkilotlarida psixologik aksiyalar o'tkazilmoqda— QARSHI SHAHAR
Qarshi shahar 4- umumiy o’rta ta’lim maktabida “Hayot go'zal yashash uchun 1001 sabab” aksiyasi o'quvchilar ishtirokida tashkil etildi. Aksiya doirasida maktab o’quvchilari bilan “Salom do'st” trening mashg’ulotlari ham olib borildi.
Aksiya, treningdan ko'zlangan asosiy maqsad o'quvchilar psixologiyasini keng shakllantirish, ularni komil inson bo'lishiga zamin yaratishdan iboratdir.
❗️Qashqadaryo viloyatidagi barcha ta'lim tashkilotlarida bu kabi aksiyalar o'tkazilib kelinmoqda.
Psixolog: M. Sanaqulova
@Qashqadaryo_vxtb
Malakaviy attestatsiya sinovlaridan muvafaqqiyatli o‘tgan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi hamkorligida chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik yo‘nalishida malaka attestatsiya imtihonlaridan muvafaqqiyatli o'tgan tinglovchilar ishtirokida tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda, viloyat MMT boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Tojiyev, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari F.Husenov hamda faxriy harbiylar ishtirok etdi. ChQBT o‘qituvchilariga samimiy tilaklar yo‘llanib o‘quvchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda jonbozlik ko'rsatishlari muhimligi ta'kidlandi.
Ma'lumot uchun, 2023-yil 8-noyabrdagi VM-591-son qarori, Maktabgacha va maktab ta'limi, Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024-yil 19-yanvardagi tegishli qo‘shma qaroriga asosan o‘quv kursi jami 108 soat, 36 soati onlayn va 72 soati oflayn shaklda o'tkazilishi belgilangan.
@Qashqadaryo_vxtb
Hududlarda "Turon maktab tеatri" tanlovi o'tkazilmoqda — QASHQADARYO
Bugun Shahrisabz shahar madaniyat markazida "Turon maktab tеatri" tanlovining shahar bosqichi bo'lib o'tdi. Tanlovda 13-18 o'rta umumiy ta'lim maktabi o'quvchilari bеllashishdi. Tanlov talablari va shartlarini bajarib eng ko'p natijaga erishgan 18-o'rta umumiy ta'lim maktabi o'quvchilari g'olib dеb topildi.
Tadbirda viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i U.Oripov, shahar hokimi o'rinbosari A.Sultonov, shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Sh.Islamov va taklif etilgan vakillar ishtirok etishdi.
G'olib jamoa diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#kutubxonaga_kitob_ulashildi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyat bo‘limi tomonidan Ko‘kdala tumanidagi kutubxonaga 500 ga yaqin ilmiy va badiiy kitoblar sovg’a qilindi.
Ko'kdala. tumanining Sho‘rbozor mahallasida joylashgan mazkur 3 xonali kutubxona 2021 yilda tuman hokimi X.Djurayev tashabbusi bilan tashkil etilib, hokimlik tomonidan ham 10 mln so’mlik kitoblar sovg’a qilingan.
@Qashqadaryo_vxtb
❗️KO'RSATMA
Mavzuga oid:(murojaat)
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#jarayon
#master_klass
Bugun finlyandiyalik mutaxassis Petri Lounaskorpi Qashqadaryo viloyat PYMO‘MM professor-o‘qituvchilari, metodistlari hamda tinglovchilari uchun “Formation of teaching skills of school teachers based on the 4K model (collaboration, communication, critical and creative thinking)” mavzusida master-klass tashkil etdi.
Ma'lumot uchun: Petri Lounaskorpi xalqaro toifadagi mutaxassis, tadqiqotchi. U 35 yillik o‘qituvchilik mehnat tajribasiga ega. Dunyoning 40 dan ortiq davlatlarida ta’limni rivojlantirishga o‘zining katta hissasini qo‘shgan.
@Qashqadaryo_vxtb
QASHQADARYODA “TURON” MAKTAB TEATRI TANLOVI O'TKAZILMOQDA
Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali hududlarda teatr madaniyati va san’atini rivojlantirish maqsadida 7-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Turon” maktab teatri” respublika tanlovi e’lon qilingan edi.
Shunga asosan, Qashqadaryo viloyatida ham mazkur tanlovning tuman(shahar) bosqichlari o'tkazilmoqda.
➖Tuman (shahar) bosqichi — 1-6-aprel kunlari;
➖Hududiy bosqichi — 22-apreldan 4-may kunlari;
➖Respublika bosqichi — 2-5-iyun kunlari o'tkazilishi belgilangan.
Bayram shukuhi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida davom etmoqda
Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani Xalqobod mahallasidagi 11-maktabgacha ta'lim tashkilotida Navro'zi olamga bag'ishlangan teatrlashtirilgan tomoshada turli ko'ngilochar dasturlar namoyish qilindi.
@Qashqadaryo_vxtb
Maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Turon" maktab teatri respublika tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tmoqda — QASHQADARYO
Mamlakatimizda ilk marotaba maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Turon" maktab teatri respublika tanlovi bo‘lib o‘tmoqda. Qarshi shahar 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tanlovning 1-sektor hududidagi 12 ta maktab o‘quvchilari o‘rtasida 1-bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda maktab o‘quvchilaridan tashkil topgan jamoalar 3 ta shart asosida bellashdi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Qashqadaryo viloyati "Yulduzcha " MTMda Navro’z bayrami munosabati bilan tadbir o`tkazildi
@Qashqadaryo_vxtb
#Свидетельство
#Благодарность
#Карши
#1школа
Получена Благодарность "За вклад в развитие и методическое обеспечение образовательного процесса по преподаваемой дисциплине.." и Свидетельство о создании официального персонального учительского сайта на образовательном портале "Знанио" официального Российского сайта.
Учитель начальных классов:
Кузнецова Т.К.
@Qashqadaryo_vxtb
🔴🔴LIVE
Qashqadaryo viloyatida Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar yo'nalishidagi olimpiadaning IV(respublika) bosqichi o'tkazilmoqda.
@Qashqadaryo_vxtb
🎥
Qashqadaryo viloyatida Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar yo'nalishidagi olimpiadaning IV(respublika) bosqichiga start berildi.
@Qashqadaryo_vxtb
Qashqadaryo viloyati asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichiga mezbonlik qildi
Avval xabar berganimizdek, vohamiz asosiy fan olimpiadasining IV respublika bosqichiga mezbonlik qildi. Unda yurtimizni barcha hududlaridan final bosqichiga yo'llanma olgan o'quvchilar ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko'ra, bilogiya fanidan Buxoro, Jizzax va Toshkent viloyatlari, kimyo fanidan Toshkent shahri va Navoiy viloyati, fizika fanidan Toshkent shahri, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari nomidan ishtirok etgan o'quvchilar g'oliblikni qo'lga kiritishdi.
Ma'lumot uchun, fizika fani bo'yicha 1-o'rinni G'uzor tumanidagi 68-maktab o'quvchisi Eshonqulov Sayfiddin Dustqobil o'g'li egalladi.
Tantanali taqdirlash marosimi davomida musiqiy chiqishlar ham namoyish etildi. O'zbekiston yoshlari yurtimizning diqqatga sazovor va tarixiy ziyoratgohlariga ham sayohat qilishdi.
Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda "Biz qanchalar to'g'ri qilganimizni, shu kabi ishlarimizdan bilsak bo'ladi" sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan rasmiy munosabat:
Koson tumanidagi 32-maktab "Etak" MFYda joylashgan. Mazkur maktab 620 o'rinli, 923 nafar o'quvchi 2 navbatlilikda ta'lim oladi. Maktabni 3 ta o'quv binosi mavjud bo'lib, yetarli moddiy texnik bazaga ega maskandir. Shuningdek, o'quvchilarni ta'lim olishlari uchun sharoitlar yaratilgan.
2023-yil openbudjet doirasida 1973-yilda qurilgan maktabni 1 qavatli binosini kapital ta'mirlash maqsadida 1 milliard 200 million so'mlik loyiha yutib olingan.Shunga asosan, joriy yil fevral oylarida qurilish, ta'mirlash ishlari boshlangan bo'lib, mahalliy aholi tomonidan qurilish ishlarini sifatsiz bajarilayotganligi yuzasidan tasvirga olib ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan.Hozirda tegishli soha mas'ullari tomonidan o'rganish ishlari amalga oshirilmoqda.
🔰AMIR TEMUR IZDOSHLARI🔰
🔹 Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi hamda “Mardlik va vatanparvarlik oyligi” doirasida Qarshi shahridagi Temiryoʻlchi yoshlar markazida Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi viloyat boʻlimi, Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi viloyat Kengashi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi hamda Qarshi mintaqaviy temir yoʻl uzeli filiali hamkorligida “Amir Temur izdoshlari” loyihasi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Amir Temur va Temuriylar tarixining boy merosi haqida yigʻilganlarga tushunchalr berildi.
Shuningdek, loyiha doirasida “Amir Temur tarixi bilimdoni” tanlovi ogʻzaki savol javob shaklida tashkil etildi. Loyiha doirasida bir guruh faol yoshlarga ham tashakkurnomalar topshirildi.
/channel/qashqadaryo_vxtb
Besh blokli test natijalari tahlil qilindi —QASHQADARYO
Kasbi tumanidagi 16-maktabda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tumanning bitiruvchi-o'quvchilar uchun o'tkazilgan oliygohlarga kirish davlat imtihonlari formatida besh blokli test sinovlarining natijalari yuzasidan tanqidiy-tahliliy yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilish davomida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari D.Tojiyev tomonidan sinovlarda past natija qayd etgan maktab direktorlariga qat'iy ko'rsatma va tanbehlar berildi. Test natijalariga ko'ra fanlar kesimida tayyorgarlikni kuchaytirish, malakali o'qituvchilarga o'zlashtirishi past bo'lgan o'quvchilarni biriktirish hamda muntazam tartibda repetitsion testlarni tashkil etish zarurligi ta'kidlandi.
Shuningdek, kun tartibidagi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Deputatlar, mas’ul rahbarlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida viloyat kengashining navbatdagi 72-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda vohamizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga doir muhim masalalar o‘rtaga tashlanib, tanqidiy ruhda muhokama qilindi va qarorlar qabul qilindi.
Barcha qarorlar "e-qaror.gov.uz" saytida e’lon qilib borilmoqda.
Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
"Kitobsevar millat" shiori ostidagi kitoblar yarmarkasi o'tkazildi — KITOB TUMANI.
@Qashqadaryo_vxtb
Pedagoglarning malaka toifasini oshirish tizimi
#2apr #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Qarshi shahridagi 1-3-5-9-10-14-22-27-28-41-30-46-maktablarda "Turon" maktab teatri respublika tanlovining hududiy shahar bosqichi o'tkazildi.
Xabaringiz bor, umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali hududlarda teatr madaniyati va san’atini rivojlantirish maqsadida “Turon”maktab teatri respublika tanlovi tashkil etilishi belgilangan. Ushbu tanlovning mazmun-mohiyatini ta'lim muassasalarida keng targ‘ib qilish maqsadida bugun Qarshi shahridagi 1-maktab binosida 12 ta maktab teatr studiyasi jamoalari nizom asosida belgilangan 3 ta shart bo'yicha bellashdilar.
⚡️Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги фаолияти очиқлик индексида юқори баҳоланди.
Читать полностью…📣📣📣📣📣
Qashqadaryo viloyatida Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasining IV(respublika) bosqichiga start berildi
Olimpiadada Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasining hududiy bosqichida 7- va 8-sinf o‘quvchilar orasidan sinflar kesimida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan iqtidorli yoshlar ishtirok etmoqda . Olimpiadada har bir sinfdan 42 nafardan, jami 84 nafar o'quvchilar tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya-science) bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishadi.
Olimpiadaning respublika bosqichi tabiiy fanlar yo‘nalishi ikkita turda tashkil qilinadi.
Birinchi kun ishtirokchilarga kimyo, biologiya, fizika fanlaridan kompleks tarzda yozma ish topshiriqlari taqdim qilinadi, barcha topshiriqlar umumiy 40 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 3 soat vaqt beriladi.
Ikkinchi kun ishtirokchilarga kimyo, biologiya, fizika fanlarining har biridan turli qiyinlik darajasidagi 12 tadan, jami 36 ta test savollari taqdim qilinib, ularni bajarish uchun 120 daqiqa vaqt beriladi.
Har bir fandagi test topshiriqlarining dastlabki 4 tasi (jami 12 tasi) sodda darajadagi yopiq test (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 0,9 ball bilan baholanadi, keyingi 4 tasi (jami 12 tasi) o‘rta qiyinlik darajadagi yopiq test (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball bilan baholanadi, qolgan 4 tasi (jami 12 tasi) qiyin darajadagi yopiq test (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 2,6 ball bilan baholanadi, jami 60 ball (12*0,9+12*1,5+12*2,6=60).
Eslatib o'tamiz, olimpiada g'oliblariga vazirlik hamda viloyat hokimligi maxsus sovg'alari berilishi nazarda tutilgan.
⏺ olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
#Свидетельство
#АвторскаяПубликация
#Карши
#1школа
Получены Свидетельства о публикациях в СМИ на образовательном портале "Знанио" за методические авторские разработки на официальном Российском сайте.
Учитель начальных классов:
Кузнецова Т.К.
@Qashqadaryo_vxtb
Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar yo'nalishidagi olimpiadaning IV(respublika) bosqichiga o'tkazilmoqda — QASHQADARYO
Unda respublikamizni barcha hududlaridan 7-8 sinf o'quvchilari viloyat bosqichi g'oliblari ishtirok etmoqda. Olimpiadada umumiy hisobda 84 nafar o'quvchilar 3 ta fandan bellashadilar.
Shuningdek, olimpiada A.Oripov nomidagi ijod maktabida o'tkazilmoqda. Davomiyligi 1-2 aprel kunlarigacha o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Ma'lumot uchun: Ushbu olimpiadaga Qashqadaryo viloyatidan 6 nafar o'quvchilar ishtirok etmoqda.
Eslatib o'tamiz, olimpiada g'oliblariga vazirlik hamda viloyat hokimligi maxsus sovg'alari berilishi nazarda tutilgan.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Maktab ta`limidagi islohotlar samarasi
#31mar #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Қашқадарё — «Энг китобхон ҳудуд»
«𝐌𝐮𝐭𝐨𝐥𝐚𝐚» платформасининг маълум қилишича, бу иловадан фойдаланаётган китобхонлар сонини вилоят, туман ва маҳаллалар кесимида 29 март ҳолатига кўра таҳлил этишганда қашқадарёликлар бу борада етакчилик қилмоқда.
@Qashqadaryo_vxtb
🟢Qashqadaryo viloyatida o'tkazilgan Direktorlar kengashi seminar treningdan lavha...
@Qashqadaryo_vxtb