YANGI O'QUV BINOSI TOPSHIRILADI—CHIROQCHI
Chiroqchi tumani Dam mahallasidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4 qavatli yangi o‘quv binosi tez kunlarda foydalanishga topshiriladi.
Bugungi kunda maktabning ichki pardozlash ishlari yakunlanib bormoqda. Eng muhimi 330 o‘rinli maktab binosi bilan yondosh tarzda 12 milliarddan ziyod mablag‘ evaziga qo‘shimcha 4 qavatli 560 o‘rinli zamonaviy yangi o‘quv binosida barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Bugun Chiroqchi tuman hokimi Fayzulla Yusupov maktabda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishib usta quruvchilarga o‘zining tavsiyalarni berdi.Zamonaviy 560 o‘rinli ushbu maktab binosining sinfxonalarini fan yo‘nalishlariga ko‘ra, pardozlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.Bunyodkorlik ishlari yakunlangach, maktabda o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun keng imkoniyat va qulayliklar yaratilishi bilan birga, ko‘rkam ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Shuningdek, tuman hokimi kunning ikkinchi yarmida tuman maarkazidan olis Quruqsoy mahallasidagi 125-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.
Qishloq o'quvchisi tanlovda g'olib bo'ldi va avtomashina sovriniga ega bo'ldi—QASHQADARYO
Ijtimoiy tarmoqlarda ko'plab muhokamaga sabab bo'lgan qashqadaryolik maktab o'quvchisi “Yosh kitobxon” tanlovning respublika final bosqichida 15-19 yosh toifasi bo’yicha qashqadaryolik Nurmatov Mironshoh 312,4 ball bilan g’oliblikni qo’lga kiritib, Prezident sovg’asi “Cobalt” avtomobili sohibiga aylandi.
Ushbu video lavhada Mironshohni tanlov g'olibi bo'lishigacha erishgan natijalari, mashaqqatlari hamda otasining taassurotlari aks etgan.
Hurmatli o'quvchilar!
Siz ham kitob o'qing va avtomashina sohibi bo'ling!
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Qashqadaryoda yangi ochilgan MTMda gimnastika bo‘yicha mahorat to‘garagi o'tkazildi
Joriy yilning 5-mart kuni Prezidentimizning Oksana Chusovitina sport mahorati maktabiga tashriflari davomida, hududlardagi maktabgacha ta’lim muassasasalarida 1 tadan xona ajratib, bolalarni erta yoshdan gimnastika bilan shug‘ullantirish bo‘yicha topshiriq berilgan edi. Bu bo‘yicha viloyatda bir qator tizimli ishlar boshlandi.
Bugun Murotjon Azimov Qarshi tumani "Chaman" MFYdagi bolalar bog‘chasida ochilgan gimnastika bo‘yicha mahorat to‘garagi faoliyati bilan tanishdi.
Ma’lumot o‘rnida, viloyatimizdagi 466 ta davlat va 156 ta davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan maktabgacha ta’lim muassasalarida 1 tadan xona ajratilib, bolalarning gimnastika bilan shug‘ullanishlari uchun sharoitlar yaratiladi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Ta'lim muassasalarida "Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro'z!" g'oyasi ostida bayram tadbirlari o'tkazildi
Yakkabog‘ tumani 75-umumiy o‘rta ta'lim maktabida Davlatimiz rahbarining tegishli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, "Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro'z!" g'oyasi asosida ostida bayram tadbirlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda.
—Joriy yilning 20-mart kuni maktabning "Yosh havaskorlar" jamoasi rahbari Sh.Rahmonov tomonidan maktab miqyosida katta bayram tadbiri tashkil etildi. Maktabning iqtidorli o'quvchilar jamoasi tomonidan ijro etilgan milliy kuy-qo'shiqlar va raqslar tadbirda ishtirok etgan keng jamoatchilik faollari, ota-onalar hamda maktab jamoasida katta taassurot qoldirdi,-deyiladi Yakkabog‘ tumani 75- umumiy o‘rta ta'lim maktab mas'ullari.
@Qashqadaryo_vxtb
#Infografika
✅ "Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovi uchun ro'yxatdan o'tgan nomzodlar statistikasi.
❗️Statistika 21-mart soat 12:00 holatiga ko’ra taqdim etilmoqda.
________
⚡️ Shoshiling, arizalar https://qizlar.raqamliavlod.uz/ platformasi orqali qabul qilinmoqda!
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z! — QASHQADARYO
Qarshi shahridagi Amfiteatrda “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida Navro‘z bayrami keng nishonlandi.
Tadbirni viloyat hokimi Murotjon Azimov tabrik so‘zi bilan ochib, barcha vohadoshlarimizni bayram bilan tabrikladi.Bahoriy kuy-qo‘shiqlar hamda teatrlashtirilgan tomoshalar barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi.
Bayram dasturi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida tashkil etilgan xalq sayliga ulanib ketdi.
Bayram tadbirida pedagog kadrlar, yuqori natijaga erishgan o'quvchilar, faxriy ustoz, murabbiylar ishtirok etdi.
Viloyat hokimining tabrigi 👇
https://qashqadaryo.uz/oz/nview/2nbmbvhambvabt1710927853
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Диққат_эълон!
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari natijasi eʼlon qilinganligidan xabaringiz bor.
☝️ Mazkur test natijalaridan norozi boʻlgan pedagoglar Bilim va malakalarni baholash agentligiga ushbu havola orqali oʻz shikoyatlarini yuborishlari mumkin.
https://my.uzbmb.uz/xtv/result
🖥 Buning uchun pedagoglar mazkur manzilga kirib "Roʻyxatdan oʻtish" tugmasini bosadi va quyidagi so’ralgan maʼlumotlarni kiritish orqali "Shaxsiy kabinet" yaratadi:
➖nomzodning pasport (ID karta) maʻlumotlari (seriya va raqami);
➖jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (14 ta raqamdan iborat);
➖nomzodning shaxsiy telefon raqami;
➖soʻralayotgan matematik amaliyot javobi (masalan: 9+8=17).
🔹Shundan soʻng shaxsiy kabinetga kirib “Vazir jamgʻarmasi uchun test sinovlari (MMTV) 2024” boʻlimi orqali “Apellyatsiya” tugmasini bosadi va ochilgan maydonda oʻz shikoyatini qoldiradi.
❗️Eslatma: Pedagoglar tomonidan yuborilgan mazkur shikoyatlar 3 (uch) kun davomida (2024-yil 23-mart kuni soat 17:00 ga qadar) qabul qilinadi.
🖥 Yuborilgan shikoyatlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi hamda natijasi nomzodning o‘z shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
@Qashqadaryo_vxtb
“Navro’z” ayyomi arafasida 3 ta uy bog’cha foydalanishga topshirildi
Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G’ulomov, prokuror Sardor Nazarov va MMTB boshlig’i Bektosh Shodiyevlar ishtirokida “Navro’z” ayyomi arafasida 3 ta yangi uy bog’chalari foydalanishga topshirildi.
Xususan, “Yangi Mirishkor”, “Obodon” va “Avvona” mahallalarida keng jamoatchilik ishtirokida bo’lib o’tgan tadbirda so’zga chiqqanlar mahalladagi bolalarga maʼnaviyat va axloq asoslarini singdirish hamda shakllantirish, ularni maktabgacha taʼlimga jalb qilish haqida so’z yuritishdi.
@Qashqadaryo_vxtb
KITOBDA YANGI DMTT OCHILDI
Kitob tumanidagi Hoji MFYda 2024 yil 20 mart kuni PQ-465 sonli qarorga asosan qayta ta`mirlangan 120 o'rinli16-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi xodimlari, mahalla faollari va ota-onalar ishtirok etishdi.
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
Televizor, planshet va 6 ta smartfondan biriga ega bo‘ling!
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Oyina.uz portali “Navro‘z” milliy qadriyatlar viktorinasi” onlayn intellektual tanlovini e’lon qildi!
G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
♦️1-o‘rin – Artel Smart TV 43;
♦️2-o‘rin – Samsung planshet;
♦️3-o‘rin – Samsung smartfon;
♦️4–10-o‘rinlar – kitoblar to‘plami;
🔹“Tanlovning eng faol targ‘ibotchisi” nominatsiyasi 5 nafar g‘olibi – Samsung smartfon.
✅Qarshi shahar hokimining 2024 yil 19 mart kunidagi 19-4-69-F/24-sonli farmoishiga asosan Qarshi shahrida “Navro‘z” umumxalq bayrami tantanalarini o‘tkazish jarayonida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida Qarshi shahrining ayrim ko‘chalarida transport vositalari qatnovi vaqtincha cheklanadi.
Қарши шаҳар ҳокимининг 2024 йил 19 март кунидаги 19-4-69-Ф/24-сонли фармоишига асосан Қарши шаҳрида “Наврўз” умумхалқ байрами тантаналарини ўтказиш жараёнида йўл ҳаракати хавфсизлигини таъминлаш мақсадида Қарши шаҳрининг айрим кўчаларида транспорт воситалари қатнови вақтинча чекланади.
Qashqadaryoda xalqaro, milliy sertifikatlarga ega bo'lish uchun imkoniyatlar yaratilmoqda
✔️Davlat rahbarimizning 23-fevral kuni yoshlar bandligini ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha o'tkazgan yig'ilishlari ijrosini ta'minlash maqsadida, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi va Global Education in Karshi o'quv markazi hamkorlikda maktablarda xorijiy tillar bo'yicha o'quv kurslarni ochish va maktabdagi ingliz tili ustozlarning ham malakasi oshirishga qaratilgan treninglar o'z faoliyatini boshladi.
✔️Hamkorlik doirasi Global Education o’quv markazi bir nechta maktablarda darsdan tashqari vaqtlarda o’quv kurslar orqali maktab o’quvchilarini xorijiy til xalqaro sertifikatlariga tayyorlaydi va shu maktablarning ingliz tili o’qituvchilarining pedagogik mahoratlarini oshirishga va xalqaro tan olingan sertifikatlarni qo’lga kiritishga yordamlashadi.
❗️Eslatib o'tamiz, ushbu jarayon Qashqadaryo viloyatidagi 1225 ta maktablarda viloyatda faoliyat yurituvchi hamkor o'quv markazlari ishtirokida bosqichma-bosqich darsdan tashqari vaqtda tashkil etiladi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Qarshi shahrida bir kunda 4 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ochildi
Navro‘z bayrami arafasida Qarshi shahrining "Mahallot" mahallasida tadbirkor Panjiyeva Nilufar Ochilovna tomonidan davlat-xususiy sherikchilik asosida 25 o‘ringa mo‘ljallangan barcha shart-sharoitlar va qulayliklarga ega bo‘lgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ochildi.
Bundan tashqari davlat-xususiy sherikchilik asosida "Aralovul" mahallasida tadbirkor Eshmurodova Dildor Xushmurod qizi tomonidan 23 o‘rinli, "Bo‘ston" mahallasida tadbirkor Jo‘rayeva Nargiza tomonidan 25 o‘rinli, "Shayxali" mahallasida tadbirkor Usmonova Hulkar Bahromovna tomonidan 25 o‘ringa mo‘ljallangan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tantanali ochilish tadbirlarida Qarshi shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i B.Mo‘minov, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘i N.Xonqulova, mahalla fuqarolar yig‘inlari mas’ullari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
@Qashqadaryo_vxtb
Daraxt ko'chatlarini sotib, qo'shimcha daromad topayotgan maktab
muxbir: G'olib Amirov
#Qashqadaryo viloyati
@hududtv
Bugun “Menejerlik o‘quv kurslari”ning ilk 64 nafar bitiruvchilariga sertifikat topshirdik.
Bilasiz, bu yildan umumta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish amaliyotini yo‘lga qo‘ydik.
1 oy davomida nomzodlar amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etib, liderlik va o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish ko‘nikmalarini o‘zlashtirishdi.
Mazkur o'quv kursida jami 105 nafar nomzodlar o'qishdi. Shundan mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli tamomlagan 64 nafar
"ilk qaldirg‘ochlar" sertifikatga ega bo‘lishdi.
Shuni alohida ta'kidlashni istardim, har qanday sohada bo'lgani kabi ta'limda ham samarali boshqaruv tizimning rivoji uchun juda muhim.
Chunki, direktorning o'zi ijodkor, zamonaviy ko‘nikmalardan xabardor va yangiliklarni qo'llab-quvvatlaydigan bo'lsagina, jamoaning tashabbuslari qo'llab-quvvatlanadi. Yangiliklar yaratiladi.
Umid qilamanki, bu tizim ko‘plab iqtidorli rahbarlarni, ta'lim tizimiga katta hissa qo‘shuvchi chinakam fidoyi kadrlarni yetishtirib chiqaradi. Biz esa ularni butun faoliyatlari davomida qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.
CHIROQCHINI OLIS HUDUDIDA MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI OCHILADI
Chiroqchi tumani Dursun mahallasida istiqomat qilayotgan aholi farzandlari uzoq yillardan buyon maktabgacha ta’limdan bebahra edi.
Davlatimiz rahbarining 2021 yil 10 iyundagi “Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori va ushbu qaror ijrosi doirasidagi sa’y-harakatlar dursunlik bolajonlarning ham ko‘p yillik istaklarining ro‘yobga chiqishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Mazkur qarorga asosan, Dursun mahallasida umumiy qiymati qariyb 5 milliardan ziyod mablag‘ evaziga zamonaviy tipdagi 150 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tez kunlarda foydalanishga topshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan yakuniy pardozlash ishlari bilan tanishgan tuman hokimi Fayzulla Yusupov mas’ullar va qurilish tashkiloti vakillariga qisqa vaqt ichida ishlarni yakunlash xususida tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.
@Qashqadaryo_vxtb
Qashqadaryoda 3 oy davomida 185 ta MTM foydalanishga topshirildi
Bugun Qarshi tumani "Chaman" MFYda 150 o‘rinli "Shumtakalar" bolalar bog‘chasi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov, Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ul xodimlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Mazkur bog‘chada bolajonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, qo‘shimcha ravishda xorijiy tillar to‘garaklari, futbol, karate, mental arifmetika, xoreografiya va rasm hamda mohir qo‘llar, boks va badiiy gimnastika bo‘yicha ham to‘garaklar tashkil etilgan.Pedagoglar kasting asosida tanlab olinib, yetuk ta’lim fidoyilari jalb etilgan. Bundan tashqari tadbirkor Samandar Narzullayevning aytishicha, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari ham ushbu bog‘chada imtiyozli tarbiyalanishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i Ubaydulla ORIPOV:
Joriy yilning 3 oyi davomida viloyatda 185 ta maktabgacha ta’lim muassasalari ochilib, 9438 nafar bolalar qamrab olindi. Qamrov darajasi 2023 yil yakunidagi 60,2 foizdan 63 foizga yetdi.Qashqadaryoda maktabgacha ta'lim sohasida yangi islohotlarni joriy qilish borasida bir qator amaliy tashviqotlar amalga oshirilmoqda.
Navro‘z—mehr-oqibat ayyomi, bag‘rikenglik keng namoyon bo‘ladigan muqaddas oy esa Ramazondir
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bu muborak oyda, imkoniyati cheklangan, ayniqsa ehtiyojmand oilalarning nogironligi bo’lgan farzandlari holidan xabar olish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash muhimligini ta'kidlagan edi.
Shahrisabz tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Sh.Botirov, Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash va inkluziv ta’lim bo‘limi metodist-psixologi Z.Ismatova hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlari 21-mart “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan Shahrisabz tumanidagi 84 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jami 149 nafar uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar holidan xabar olishdi.
@Qashqadaryo_vxtb
KASBIDA OILAVIY NODAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI SONI ORTMOQDA
Kasbi tumanida Fazli mahalla fuqarolar yig'inida 50-o'rinli YTT Ismatova Nigora Shosuvor qizi ONMTT, Xo'jaqarliq MFYda YTT Avezov Ibroxim Hakimovich oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilari o'z faoliyatini boshladi tadbirga Maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi xodimi , mahalla faollari hokim yordamchisi va ota-onalar ishtirok etishdi.
@Qashqadaryo_vxtb
Баҳор айёми – Наврўзи олам муборак бўлсин!
“Сен баҳорни соғинмадингми...”
Абдулла ОРИПОВ шеъри.
Фарҳод МАҲМУДХОН ўқиди.
@Qashqadaryo_vxtb
Qadrli ustoz, murabbiylar va aziz pedagoglar!
Sizlarni yangilanish, mehr-muruvvat, tinchlik va ezgulik ramzi – Navro‘z ayyomi bilan chin qalbdan muborakbod etaman. Azaliy va abadiy bayramimiz – Navro‘z katta tantana bilan muntazam ravishda nishonlanmoqda.Navro‘z bayrami biz uchun hayot abadiyligi, tabiatning ustuvor qudrati va ko‘p ming yillik milliy qiyofamiz, urf-odatlarimizning betakror ifodasidir. Yana bir bora barchangizni kirib kelayotgan Navro'z ayyomi bilan muborakbod etaman.
Butunjahon suv kuni nima?
1993- yildan beri Butunjahon suv kuni 22-mart kuni nishonlanib, dunyo suv inqirozi to'g'risida xabardorlikni shakllantirishga imkon yaratdi. 2021- yilgacha suv va sanitariya-gigienani hammaga taqdim etish maqsadida 2030 -yilgi Butunjahon suv kunining mavzusi "Suvni qadrlash"ga atalgan.
Ushbu video Butunjahon
suv kuniga bagʻishlanadi.
Maqsad: oʻquvchilar ongida suvdan oqilona foydalanish tuygʻularini shakllantirish.
Nishonda Navro‘z bayrami arafasida Davlat xususiy sherikchilik asosida oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ish boshladi
Navro‘z bayrami arafasida Nishon tumani "Istiqbol" mahallasida YATT "Xabibullayev Kamolxon Xabibullayevich" nomli Davlat xususiy sherikchilik asosida 50 o‘rinli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z ishini boshladi.
Ta’lim tashkilotining ochilishida Maktagacha va maktab bo‘limi boshlig'i B.Davlanov, mahalla raisi, hokim yordamchisi hamda mahalla ahli va ota-onalar ishtirok etib, bolajonlar quvonchiga sherik bo‘lishdi.
"Yurtimizda biz kabi tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatdan foydalangan holda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etdim. Buning uchun eng avvalo yurtboshimizga katta rahmat aytaman". —deydi tadbirkor Xabibullayev Kamolxon
@Qashqadaryo_vxtb
Shiramonlik bolajonlarga bayram tuhfasi
✔️“Shiramon” MFYning 3-7 yoshli bolalari eski, 60 yillar avval dala shiyponi sifatida qurilib, keyinchalik moslashtirilgan binoda joylashgan 30-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya olayotgan edi.
Prezidentimizning izchillik bilan olib borayotgan islohotlari natijasida ushbu bog‘chaning yangi uch qavatli, 120 o‘rinli zamonaviy shart-sharoitlarga ega binosi qurildi.
Mazkur qurilish ishlari uchun davlat budjetidan 5 milliard 170 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
Bugun Navro‘z umumxalq bayrami arafasida ushbu muassasaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Samad Hasanov mahalla nuroniylari bilan birga ishtirok etdi.
Shahrisabz tuman hokimi ochilish marosimida ta'lim-tarbiyaga mas'uliyat bilan yondashish, bolajonlarga zamonaviy ta'lim uslublaridan keng foydalanib, voyaga yetkazish muhimligi xususida o‘z taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.
Sho‘rquduqda maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi — BAYRAM TUHFASI
Ko‘kdala tumani "Sho‘rquduq" mahallasida YATT "Xayitmurodova Madina Rashid qizi" nomli Davlat-xususiy sherikchilik asosida 50 o‘ringa mo‘ljallangan va bolajonlar uchun barcha shart-sharoitlar va qulayliklarga ega bo‘lgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z ish faoliyatini boshladi. Shu bilan birgalikda mahalladagi to‘rtta fuqaro ish bilan ta’minlandi.
Tadbirda Ko‘kdala tumani MMTB xodimlari, mahalla faollari, bolajonlar va ularning ota onalari qatnashdi. Mahalla faollari bog‘chaning kelajakdagi foliyati uchun yaxshi tilaklar bildirishdi va duo qilishdi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Қўриқлаш кўшинлари қўмондонлиги таркибидаги харбий қисм ва таълимдаги ҳамкорлик
—Чироқчи туманидаги 19-сонли махсус интернат-мактабига Қарши шаҳридаги тоифаланган объектларни қўриқлаш кўшинлари қўмондонлиги таркибидаги 99150 харбий қисм ходимлари мактабда ободонлаштириш ишлари олиб борди,- Эшонкулов Жасурбек ўқув ишлар буйича директор ўринбосари.
Давлатимиз раҳбари Шавкат Мирзиёев ногиронлиги бўлган болалар учун 1-сонли “Мурувват” интернат уйини бориб кўрди.
—
Глава нашего государства Шавкат Мирзиёев посетил дом-интернет для детей с инвалидностью "Мурувват" №1.
#Mirziyoyev #tanishiv #Muruvvat #bolalar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi...
2024-yil 3-martdan 12-martga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
❕ Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (20-22-mart) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
———
Рустамов_БЛОГ
@Rasmiykanal_uz
“Turon” maktab teatri respublika tanlovini o‘tkazish yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi
Xabaringiz bor, umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali hududlarda teatr madaniyati va san’atini rivojlantirish maqsadida “Turon” maktab teatri respublika tanlovi tashkil etilishi belgilangan. Ushbu tanlovning mazmun-mohiyatini ta'lim muassasalarida keng targ‘ib qilish maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan Qarshi tumanidagi barcha maktab MMIBDO'lari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminarlar davomida umumta'lim maktablarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlariga “Turon” maktab teatri respublika tanlovining mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma'lumot berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas'ullardan javob olishdi.
/channel/qashqadaryo_vxtb
Орипов давоматни яширишга уринган директорни ишдан олди
Қашқадарё вилояти Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси бошлиғи У.Орипов раҳбарлигида Чироқчи туманидаги мактаб директорлари, ўринбосарлари, психологлари иштирокида танқидий ҳамда таҳлилий йиғилиш ўтказилган. Бу ҳақда бошқарма матбуот хизмати хабар бермоқда.
👉 nasafnews.uz/1684-.html
👍 Nasafnews расмий саҳифаси