MAKTAB O'QUVCHISIGA NOUTBUK JAMLANMASI SOVG'A QILINDI
Qarshi tumanidagi 45-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 8-"B"sinf o'quvchisi Xo‘jaqulova Sagdiana Ulug‘bek qizii "Anor bank" AJ va e-maktab(kundalik.com) ning maxsus loyihasi1- bosqichida faol ishtirok etganligi uchun "NОUTBOOK" bilan taqdirlandi.
—Sagdiana bu yutuqqa a'lo baholarda o'qiganligi uchun erishdi. "Аnor bank " xodimlari ushbu sovg‘ani g'olib o'quvchiga topshirib, barcha o'quvchilarni a‘lo baholarga o'qishga chorladi va uning ota-onasi tashakkurnoma bilan taqdirlandi,-deydi maktab direktori.
@Qashqadaryo_vxtb
XUSH KELIBSAN YURTIMGA BAHOR!
Bahor - go'zallik va latofatga boy fasldir. Ana shu faslning kirib kelishi bilan yurtimizda bayram va tadbirlar boshlandi. Shunday tadbirlardan biri Muborak tumani 2-DMTTda "Xush kelibsan yurtimga bahor" mavzusida bahoriy bayram tadbiri o'tkazildi.
Tadbirda fasllar kelinchagi bo'lmish bahoroyning tarovati, jozibaligi kuy-qo'shiqlarda, nazm va navoda bolajonlar ishtirokida aks etdi hamda yurtimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta'minlash, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini yanada yuksaltirishga alohida e'tibor berilgan.
Bugun ta'lim tizimida samarali mehnat qilayotgan bir guruh soha xodimlariga 8-mart "Xalqaro xotin qizlar kuni" munosabati bilan ehtirom ko‘rsatildi.
"ENG FAOL KITOBXON O'QUVCHI" ko'rik-tanlovi o'tkazildi
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining 2024-yil 6-fevraldagi 21-sonli buyrug'iga asosan Viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan umumta'lim maktab o'quvchilari o'rtasida "Eng faol kitobxon o'quvchi" ko'rik-tanlovining viloyat bosqichi o'tkazildi.
Tanlov natijalariga ko'ra G'uzor tumani 79-maktab o'quvchisi I-o'rinni, Koson tumani 15-maktab o'quvchisi II-o'rinni, Ko'kdala tumani 6-maktab o'quvchisi III-o'rinni egalladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi.
⚡️Unga koʻra, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yoʻlida tashabbus va ibrat koʻrsatib kelayotgan, yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qoʻshayotgan bir guruh xotin-qizlar davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanishdi.
@Qashqadaryo_vxtb
"TA'LIM VA ISLOHOT" Qarshi shahridagi 9-umumiy o'rta ta'lim maktablarida ta'lim sifatini oshirish, o'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishga qaratilgan tadbirlardan tayyorlangan ko'rsatuv.
#2mar #qashqadaryo_trk
📱Расмий телеграм каналимиз
👉/channel/qashqadaryo_trk
#mahalla_yangiliklari
Maktablarda "Besh tashabbus olimpiadasi".
🗓 04.03.2024
✅ @mahalla_yangiliklari_tv
📺 Bizning mahalla:
Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Uztv.tv
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрида гимнастика бўйича Оксана Чусовитина спорт маҳорати мактабидаги шароитлар билан танишди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с условиями, созданными в школе спортивного мастерства по гимнастике Оксаны Чусовитиной в городе Ташкенте.
#Mirziyoyev #tanishiv #maktab #gimnastika
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Ijodiy_ishlar_tanlovi
🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi O'zbeksiton Qahramoni, xalq shori va davlatimiz madhiyasi muallifi Abdulla Oripov tavalludining 83 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida “Ona xalqim, jon tanim manim, Oʻzbekiston - Vatanim manim” mavzusidagi respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.
⏩ Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:
1️⃣-yo‘nalish: Badia (Abdulla Oripov ijodiga mansub she'rni tahlil qilish, yoritish, fikrni asoslash);
2️⃣-yo‘nalish: videorolik (Abdulla Oripov qalamiga mansub she’rlaridan birini ifodali o'qigan holda obrazli tarzda videoga olish. Video davomiyligi ikki daqiqadan, hajmi 200 mbdan oshmasligi kerak).
📅 Ijodiy ishlar telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali 20-mart sanasiga qadar (@abdullaoripovyoshijodkorlar)ga taqdim etiladi.
🏆 G‘oliblar diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar.
@Qashqadaryo_vxtb
Qamashi tumanida "Maktablar ligasi" sport musobaqasining tuman bosqichiga start berildi
QAMASHI_TV
@Qashqadaryo_vxtb
"TA'LIM VA ISLOHOT" KOSON TUMANIDAGI 33-MAKTAB FAOLIYATIGA NAZAR
#2mart #qashqadaryo_trk
📱Расмий телеграм каналимиз
👉/channel/qashqadaryo_trk
«Yoshlar va biznesni qo'llab - quvvatlash yili» davlat dasturi
#4mar #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
🟢|RASMIY MUNOSABAT
Zo'r TV kanali "Bu kun" dasturida “Kasbi tumani "Maymanoq" mahallasining maktab o'quvchilari uzoq manzilga qatnab o'qiydi" mazmunidagi tanqidiy murojaat yuzasidan rasmiy munosabat:
Kasbi tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi:
Kasbi tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 4-sonli maktabning filiali 2001 yil Maymanoq jamoa shirkat xo’jaligi hisobidan bino maktab hisobida 1-4 sinflar o’qishi uchun berilgan. Dars mashg’ulotlari 2011-yilgacha davom etgan. Resha tog’ mahallasidan aholi farzandlari sinf koeffisenti chiqmaganligi sababli filialda faoliyat to’xtatilgan va bino ta’mir talab bolib qolgan. 2022 yilda 690 o’rinli bino qayta ta'mirlandi va 660 o’rinli yangi bino qurib foydalalanishga topshirildi.
Maktab 1,3 koeffisentda. Maktab 1350 o’rinli bo’lib hozirda 115 nafar o’qituvchi 1704 nafar o’quvchiga dars o’tib kelmoqda. Kasbi tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limining manzilli dasturiga Resha tog’ mahallasidagi bino 2025 yil dasturiga kiritilganligini ma'lum qilamiz.
🟢|RASMIY MUNOSABAT
Joriy yil 23-fevral kuni soat 21:08da Mening yurtim kanali "Markaziy studiya" dasturida “Qarshi tumani "Qozikent" mahallasida maktab yo'qligi, bolalar uzoq yo'l bosib boshqa qishloqdagi maktabga qatnab o'qiydi” mazmunidagi tanqidiy murojaat yuzasidan rasmiy munosabat:
Qarshi tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimi:
Qarshi tuman Gʼubdin maxallasi Yangi Qozikenti qishlogʼidan qilingan maktab qurish toʼgʼrisidagi murojaatga javoban:
Gʼubdin MFYda jami 910 nafar maktab yoshidagi bolalar mavjud boʼlib, shundan 784 nafari mahalladagi 1-sonli maktabga qamrab olingan.Ushbu mahalla hududiga kiruvchi yangi Qozikenti qishlogʼidagi 126 nafar bolalar Qarshi shahar 27-sonli maktabda tahsil olib kelmoqda.Hozirda mazkur qishloqdagi fuqarolarning murojaatini inobatga olib, Qashqadaryo viloyat hokimining 2024-yil 16-yanvardagi 41-4-0-Q/24-sonli qarori bilan Yangi Qozikenti qishlogʼida 1 gektar yer maydoni ajratildi hamda 2024-yilda 330 oʼrinli bino qurilishi rejalashtirilgan.
Qarshi shahar 8-umumiy o'rta ta'lim maktabining 1-D sinf rahbari Zilola Karamatova tomonidan "Ma'naviyat soati" darsi shoira Zulfiyaxonim tavalludining 109 yilligiga bag'ishlanib, noananaviy, badiiy, tarbiyaviy dars sifatida tashkil etildi.
Dars jarayonida o'quvchilar shoira hayot yo'li haqida ma'lumotlar berib, she'rlaridan yod aytishdi. Kitob haqidagi qiziqarli o'yinlar va badiiy sahna ko'rinishi o'quvchilarda yanada ko'proq bilim olishga ishtiyoq uyg'otdi.
@Qashqadaryo_vxtb
⚡️⚡️Xalqaro ÖSD imtihoni ilk bora rasman Qarshi shahrida o'tkaziladi!
Tashkilotchi: International Bridge o'quv markazi
🗓Sana: 27-aprel (shanba)
Vaqti: 09.00
🔻Ro‘yxatdan o‘tish uchun
- passport nusxa
- elektron pochta
- telefon raqam hamda
imtihon to‘lovlari invoysini telegram orqali @bridge_exams ga tashlab berishlari talab etiladi.
(08.00-19.00) 6/1
🔻Imtihon to‘lovlari
A1 uchun 1.320.000 so'm
A2 uchun 1.510.000 so'm
B1 uchun 1.800.000 so'm
B2 uchun 1.850.000 so'm
❗️C1 uchun imtihon keyingi sessiyalarda o'tkaziladi.
‼️Imtihon to'lovlari turi naqd yoki Click orqali *880*022940*summa# ga amalga oshiriladi
📍Imtihon o‘tish joyi: Qarshi shahri Global Education o‘quv markazi (Malaka oshirish instituti filiali)
‼️Ro‘yxatdan o'tishning so'ngi kuni 22-aprel 15.00
Eslatib o'tamiz ÖSD imtihoni sertifikati asosan Germaniya, Avstriya, Shveytsariya, Italiya va boshqa davlatlarda tan olinadi.
🔻Bizni telegramda kuzatib boring
@internationalbridgekarshi
Қашқадарёда таълим мазмунига эътибор берилмоқдами?
Бугун сафаримизни иккинчи куни Қашқадарё вилояти Шаҳрисабз туманида(шаҳар)ги умумий ўрта таълим мактаблари бўлди.
Унда Қашқадарё ММТБ бошқарма бошлиғи ўринбосари Даврон Тожиев ҳамда соҳа масъуллари иштирок этишди.
Шаҳрисабз шаҳридаги 7-умумий ўрта таълим мактаби:
Ижтимоий тармоқларда кўплаб муҳокамаларга сабаб бўлган ушбу мактаб фаолиятини кўздан кечирдим. Мактабда "бонг уриб кўтарадиган" муаммолар йўқ. Мен келишимдан илгари эса иситиш тизими билан боғлиқ масалалар бўлим ходимларини назоратига олинган экан(ижобий якун кутаман албатта).
Шаҳрисабз туманидаги 26-умумий ўрта таълим мактаби:
Мени энг қизиқтирган мактаблардан бири бўлди. Бу ерда ўқувчиларни касб-ҳунар ўрганиши борасида бажарилаётган ишлар амалий тартибда йўлга қўйилган.
❗️Айниқса мактаб ўқувчисини 30 нафар шогирди ундан касб ўрганаётганлиги ва қўшимча даромад топаётганлигини кўриб жуда хурсанд бўлдим. Бундан ташқари мактаб ҳудудини кўкаламзорлаштириш борасида салмоғли ишлар қилинаётганини кўриш мумкин. Шунингдек, юқорида номлари зикр этилган таълим масканидаги педагог устозларимиз билан суҳбатлашиб, уларни таклиф мулоҳазаларига қулоқ тутдим.
П/С: Қашқадарёга Германия давлатидан ўқитувчиларни жалб этиш, халқаро таълим ҳамкорлигини йўлга қўйиш, таълим сифатини кўтариш, ўқувчиларни касб-ҳунарга ўргатиш, хорижий тил ҳамда умумий сифат кўрсаткичини юқори даражага олиб чиқиш борасида анча ижобий ишлар қилинаётганини кўриш мумкин.
Эътиборли томони вилоятда 2021-йил чет тили ўқитувчилари 4302 нафарни ташкил этган бўлса, миллий ва халқаро сертификатлар улуши атиги 1.8% ташкил этган.Тизимли ислоҳотлар доирасида яъни ҳозирги кунга келиб, ўқитувчилар сони 5006 нафарга етган бўлиб, бу борада сертификат кўрсаткичлари 52%(ўсиш) ни ташкил этмоқда.
Бошқарма бошлиғи Убайдулла Орипов, барча ўринбосарлари қаторида Даврон Тожиевлар фаолиятларига омад тилайман. Қашқадарё яқин йиллар мобайнида бунданда катта натижаларга эришиши истагидаман.
Кобул Дусов
Миллий гвардиянинг малакали психологлари томонидан, Қашқадарё вилояти умумтаълим муассасаларининг мутахассис-психологлари билан, мактаблар ва оилаларда психологик муҳитни соғломлаштиришга қаратилган ўқув-амалий семинар ўтказилди
— — — —
Квалифицированные психологи Национальной гвардии совместно со специалистами-психологами образовательных учреждений Кашкадарьинской области провели учебно-практический семинар, направленный на улучшение психологической среды в школах и семьях
— — — —
Qualified psychologists of the National Guard, together with psychologists from educational institutions of Kashkadarya region, conducted an educational and practical seminar aimed at improving the psychological environment in schools and families
——————
@Qashqadaryo_vxtb
⚡️⚡️IT кластер академияси ҳамкор ташкилотлар билан биргаликда "дастурчи бўл" лойиҳасини бошлади. Лойиҳада 10 нафар ёшлар саралаб олинади. Ва 10 ой давомида текин ўқитилади. 10 нафар талабалар ётоқхона, 3 маҳал овқат билан таъминланади.
Рўйҳатдан ўтинг👇
https://forms.gle/fHoj3TwSyzR3M2Qt9
Батафсил маълумот учун +998996881199 рақамига қўнғироқ қилинг ёки ❗️Instagram саҳифамизга ўтиб изоҳларда + белгисини қолдиринг.👇
https://www.instagram.com/reel/C4Kv5ussAXz/?igsh=aXZ2ZXNoNXVnemtx
"Onajonim-quyoshim" bayram tadbiri bo'lib o'tdi
Muborak tumani Maktabgacha va maktab ta'lim bo'limiga qarashli 3-Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotida bahor faslining ilk bayramlaridan biri "8-mart Xalqaro xotin-qizlar" bayramiga bag'ishlangan katta guruh tarbiyalanuvchilari o'rtasida "Onajonim-quyoshim" bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbir davomida go'zal kuy qo'shiqlar ila turli raqslar, sahna ko'rinishlari bolajonlar tomonidan ko'rsatib o'tildi.
@Qashqadaryo_vxtb
"TA'LIM VA ISLOHOT" Kasbi tumanidagi 58-umumiy o'rta ta'lim maktabi
#2mar #qashqadaryo_trk
📱Расмий телеграм каналимиз
👉/channel/qashqadaryo_trk
Қашқадарёда университетларга ўхшаган мактаб...
Бугун хизмат сафари юзасидан Қашқадарё вилояти Қарши туманидаги 71-сонли умумий ўрта таълим мактаби фаолияти билан танишдим.
У ерда ўқувчиларни касб-ҳунарга йўналтириш(шу орқали даромад топиш), қўшимча 2 та хорижий тилларни ўрганиш, мактаб кутубхонаси, АКТ, шинам лаборотория хоналарини кўрдим. Албатта, таълим тизимида олиб борилаётган ислоҳотлар самарасидан бири десам муболаға бўлмайди.
❗️(Ушбу мактаб ўқувчиларини эришилган натижалари ҳақида кейинроқ алоҳида пост қўяман).
Маълумот учун: Қарши туманидаги 71-сонли умумий ўрта таълим мактаби 660 ўринли.Туманда мактаблар доирасида мактабгача таълим қамрови 2017-йил 11 фоизни, 2024 йил эса 78 фоизни ташкил қилади. Ушбу мактабда касбий таълим йўлга қўйилган бўлиб, моддий техника базаси юқори даража. Мактабга 1700(туп)га яқин турли хил мевали ва манзарали дарахтлар экилган. Мактабнинг иситиш тизими эса 100 фоиз кўмирга ўтказилган.
Сафар чоғида Қарши шаҳридаги таълим масканларидан бири А. Орипов номидаги ижод мактабида бўлиб, у ерда қад ростлаган музей фаолиятини кўздан кечиришга ҳам улгурдим. Мўжазгина музейда бир қатор тарихий аҳамиятга эга А.Орипов ижод намуналарини кўриш мумкин.Ижод мактаби директори ҳам анча тажрибали кадр эканлигига шубҳа қилмаса бўлади.
Кўп мақтов ёзишдан қочиб, Қарши туман мактабгача ва мактаб таълими бўлим бошлиғи Анвар Эшонқулов, Қарши шаҳар бўлим бошлиғи Баҳодир Мўминовга миннатдорчилик билдирса арзийди(Лекин ҳали кўп тер тўкиш керак).
❗️Қашқадарёдаги сафаримиз давом этмоқда...
Imkoniyati cheklangan bolalardan xabar olinmoqda!
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Sardorlar Kengashi tomonidan Qarshi shahridagi inklyuziv ta'lim yo'nalishi tahsil oluvchi imkoniyati cheklangan bolalar holidan xabar olindi. Ularga "Kamalak" bolalar tashkilotining maxsus xatlari yetkazildi.
Loyiha davomida viloyat Sardorlari tengdoshlari bilan suhbatlashib, ularning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda loyihalar tashkil etilishiga kelishib olindi.
Vatan, do'stlik va baxtli bolalik uchun!
@Qashqadaryo_vxtb
"TAHLILNOMA"
#3mar #qashqadaryo_trk
📱Rasmiy telegram kanalimiz
👉/channel/qashqadaryo_trk
#Yangi_loyiha
QASHQADARYODA ILK BORA START BERILGAN "MAKTABLAR LIGASI" SPORT MUSOBAQASINI TUMAN(shahar) BOSQICHI O'TKAZILMOQDA
Avvalroq, Qashqadaryo viloyat hokimi M. Azimovning 2024-yil 10-yanvardagi 8-4-0Q/24-sonli qaroriga asosan umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida ilk bora Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi uchun “Maktablar ligasi” sport musobaqasini o‘tkazishga start berilgan edi. Shunga asosan joriy yilning fevral oyidan boshlab hududlarda "maktablar ligasi" birinchi bosqichi o'tkazilgan edi.
Bugun Qashqadaryo viloyatida "Maktablar ligasi" tuman(shahar) bosqichi katta hayajon bilan o'tkazilmoqda.
❗️(Natijalar bo'yicha qo'shimcha axborot beriladi)
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
"TA'LIM VA ISLOHOT" Qarshi sahar 16 DMTT da ingliz tili fanidan ochiq mashg‘ulot o‘tkazildi.
#2mar #qashqadaryo_trk
📱Расмий телеграм каналимиз
👉/channel/qashqadaryo_trk
🟢|RASMIY MUNOSABAT
❗️DIREKTOR VA XODIMLARIGA TA'SIR CHORASI QO'LLANILDI, DMTT FAOLIYATI QO'SHIMCHA O'RGANILADI
Ijtimoiy tarmoqlarda 1-tanqid: "Qarshi tumanidagi 18-DMTT menyu, ovqatlanish tartibi va sharoiti talabga javob beradimi?", 2-tanqid: "18-DMTT tug'ilgan kun qilsa bo'ladimi? ", 3-tanqid:"Ishdan bo'shamaganmi?" nomli murojaat bo'yicha dastlabki rasmiy munosabat:
Murojaatda Qarshi tumani 18-DMTT tarbiyalanuvchilarini yerda ovqatlanishi, menyu talab darajasida emasligi iddao qilingan.
❗️Qayd etish lozimki:
Birinchidan, tarbiyalanuvchilar uchun 240 dona stul, 40 juft stol, 48 dona shkaf va boshqa qo'shimcha zaruriy jihozlar mavjud.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 25.07.2019 yildagi “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 626-son qarori qabul qilingan bo'lib, unda Maktabgacha ta’lim muassasalarida autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etish amalga oshirilishi ko'rsatilib o'tilgan.
2-tanqidiy murojaatga javoban:
Haqiqatdan ham 2024-yil 9-fevral kuni 18-DMTT xodimi P. R. ni tug'ilgan kuni DMTT ma'muriy binosida o'tkazilgan. Holat boshqarma va soha mas'ullari nazoratiga olingan bo'lib, Qarshi tumani 18-DMTT direktoriga ta'sir chorasi qo'llanishi nazarda tutilgan.
DMTT direktori esa vakolati doirasida odob-axloq qoidalariga rioya qilmagan xodimlariga ta'sir chorasi qo'llanishi yuzasidan boshqarmaga axborot bergan(qo'shimcha axborot beriladi).
3-tanqidiy murojaatga javoban: 18-DMTT xo‘jalik mudirasi R. D. bilan 2024-yil 22-yanvar kuni 57-4-59-XT/2024-sonli buyruqqa asosan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan hamda 2024-yilning 23-yanvaridan shu DMTTga 0.25 kirchi vazifasiga ishga qabul qilingan.
❗️Ushbu DMTT faoliyati alohida tartibda mehnat qonunchiligiga asosan kelgusida o'rganilishini va o'rganishlar yakuni yuzasidan batafsil rasmiy axborot berilishini ma'lum qilamiz.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
🟢|RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda “Kasbi tumani "Talishbe" MFYga qarashli O'qotar qishlog'idagi 47-sonli maktab ta'mirga muhtoj” mazmunidagi tanqidiy murojaat yuzasidan rasmiy munosabat:
Kasbi tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 47-sonli maktab 1992 yil Talishbe MFYga qarashli O’qotar qishlo’gida qurilgan. Maktab 100 o’rinli bolib, koeffisenti 1,8. Maktabda 28 nafar o’qituvchi 189 nafar o’quvchiga dars o’tib kelmoqda. Maktabda dars 2 navbatlilikda olib boriladi.
Kasbi tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limining manzilli dasturiga O’qotar mahallasidagi 47-sonli maktabda qo’shimcha bino qurilishi manzilli dasturga kiritilgan va taklif berilganligini ma'lum qilamiz.
Bundan tashqari maktabda ko'rsatilgan tanqidiy holatlarni bartaraf etish maqsadida Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan o'rganish ishlari amalga oshirmoqda.
❗️Shuningdek, qo'shimcha qurilish binolari bilan bog'liq axborotni mahalliy hokimlik mas'ullaridan izoh so'rash mumkinligini bildirib o'tamiz.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
❗️Қамашилик 2 нафар ўқувчи "Gold ligasi"да совриндор бўлди
Тошкент шаҳрида ўтказилган танловда 1000 дан ошиқ ёшлар иштирок этди.
Ушбу танловда тумандошларимиз Севинч Жуманова 2-ўрин ва Севинч Эшимова 3-ўринни эгаллади.
Ўқувчилар Қамаши туманидаги 89-мактабда таҳсил олади.
———
Рустамов_БЛОГ
@Rasmiykanal_uz
#Ijtimoiy_rolik
Qarindoshlar o'rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari
@Qashqadaryo_vxtb
Қашқадарё вилояти ҳокими Чироқчи туманида тадбиркорлар билан учрашиб, саноат зонаси ва хусусий мактаб фаолияти билан танишди.
Тадбирда вилоят сектор раҳбарлари, кенг жамоатчилик ва ОАВ вакиллари иштирок этишди.