#Tasviriy_madaniyat
❗️Qarshi shahar 34-umumiy o‘rta ta'lim maktab o‘quvchilari ijodidan lavhalar.
@Qashqadaryo_vxtb
Қашқадарё вилояти ҳокими кубоги учун «Мактаблар лигаси» спорт мусобақасининг сектор босқичи ўтказилмоқда
Вилоят ҳокими Муротжон Азимовнинг 2024-йил 10-январдаги қарорига асосан, бугундан умумтаълим мактаб ўқувчилари ўртасида илк бора ҳоким кубоги учун «Мактаблар лигаси» спорт мусобақасини ўтказишга старт берилган эди.
❗️Эслатиб ўтамиз, ҳозирда Қашқадарё вилоятидаги барча ҳудудларда “мактаблар лигаси“ни сектор босқичи ўтказилмоқда.
(Бунда иштирокчилар спортни баскетбол, шахмат, шашка турлари доирасида беллашади).
Фото: Қарши шаҳридаги 9-, 12-, 34-, 21-сонли умумий ўрта таълим мактабларидан.
❗️Мусобақа барча ҳудудларлар уюшқоқлик билан ташкил этилган.
/channel/qarshiliklar
#Hokim_tashabbusi
Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi uchun “Maktablar ligasi” sport musobaqasining sektor bosqichi o'tkazilmoqda
Avval xabar berilganidek, viloyat hokimi Murotjon Azimovning 2024-yil 10-yanvardagi qaroriga asosan, bugundan umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida ilk bora hokim kubogi uchun “Maktablar ligasi” sport musobaqasini o‘tkazishga start berilgan edi.
❗️Eslatib o'tamiz, hozirda Qashqadaryo viloyatidagi barcha hududlarda "maktablar ligasi"ni sektor bosqichi o'tkazilmoqda.
(Bunda ishtirokchilar sportni basketbol, shaxmat, shashka turlari doirasida bellashadi).
Foto: Qarshi shahridagi 9-, 12-, 34-, 21-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablaridan.
Qarshi shahar 28-umumiy oʻrta taʼlim maktabi jamoasi tomonidan tayyorlangan lavha Alisher Navoiy tavalludiga bag'ishlanadi
@Qashqadaryo_vxtb
#Topshiriqlar_ijrosi
TA'LIM MUASSALARIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIGA DOIR TARG'IBOT TADBIRLAR O'TKAZILMOQDA—KASBI TUMANI
Kasbi tumanidagi maktablarda oʻquvchi yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik holatlarni oldini olish va odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan Kasbi tuman ichki ishlar boʻlimi va milliy gvardiya xodimlari hamkorlikda profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda.
❗️Tadbir davomida oʻquvchilarni odob ahloq qoidalariga rioya qilishi, davomat kiyinish madaniyati talablariga amal qilishi boʻyicha koʻrsatmalar berilmoqda
🟢Kasbi tuman MMTB
@Qashqadaryo_vxtb
Muborak tumanidagi 22-umumiy o'rta ta'lim maktabining Ingliz tili fani o'qituvchisi Venera Sultonova MDH davlatlari o‘rtasida tashkil etilgan "Eng yaxshi xizmatlari uchun" nomli xalqaro tanlovda faol ishtirok etgani uchun, "Eng yaxshi xizmatlari uchun" nomli esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Ma'lumot o‘rnida, Venera Sultonova 2020-yildan buyon ilmiy maqolalar yozib keladi. Shu bois, "Faol tadqiqotchi" ko‘krak nishoniga ham sazovor bo‘lgan.
@Qashqadaryo_vxtb
Viloyatda yoshlar bilan ishlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
Prezidentimiz rahbarliklarida joriy yil o‘tkazilgan Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha berilgan qator vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligida tanqidiy-tahliliy muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Kun tartibiga ko‘ra, huquq tartibot va mudofaa organlariga yoshlarni biriktirib, ularni otaliqqa olish bo‘yicha viloyatning 823 ta mahallalari sektorlar bo‘yicha 6 ta huquq-tartibot va mudofaa organlariga biriktirilishi, ishsiz yoshlarni kasb-hunarga o‘qitgan holda bandligini taʼminlash va ularni xorijiy tillar, ayniqsa, axborot texnologiyalariga o‘qitish choralarini ko‘rish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida muddatli harbiy xizmatga jalb qilish va qator boshqa masalalar bo‘yicha ma'lumotlar berilib, masʼullarning chora-tadbirlar rejasi eshitildi.
Shuningdek, viloyat hokimi tomonidan vohamizda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha ham aniq topshiriq va takliflar berildi.
Yig‘ilish so‘ngida barcha masalalar yuzasidan sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan masʼullar ogohlantirilib, yoshlar masalasi hayot-mamot masalasi ekanligi alohida taʼkidlab o'tildi.
Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
O'QUVCHILAR KASB-HUNARGA O'RGATILMOQDA—QASHQADARYO
Qashqadaryo viloyatida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta'lim jarayoni sifatini yanada rivojlantirish, o'quvchilarni kasb-hunar, chet tillarini o'rganishga doir amalga oshirilayotgan maqsadli ishlarni qo'llab-quvvatlash, ta'lim mazmunini ishlab chiqishda umuminsoniy qadriyatlarga asoslanish, yosh avlodni intellektual, ma’naviy salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida maqsadli ishlar bajarilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Qashqadaryo viloyatidagi ta'lim muassasalarida 1097 ta to'garaklar tashkil etilgan. Shundan 3238 ta guruhlar mavjud bo'lib, jami 32105 nafar o'quvchilar to'garaklarga jalb etilgan. Ushbu statistika maktabdan tashqari fan, sport, IT, chet tillari va boshqa to'garaklarini ham o'z ichiga oladi.
#Topshiriqlar_ijrosi
Qashqadaryodagi maktablar faoliyati o‘rganildi
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshlig'i o'rinbosari Davron Tojiyev Shahrisabz tumanidagi 26-27, Shahrisabz shahridagi 1-, 7-, 13-sonli umumta’lim maktablarida bo'lib, ta’lim maskanlarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
O'rganish davomida ta’lim sifatini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini mahalla va keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda uzviy tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Bundan tashqari maktablarda o'quvchilarni kasb-hunar, xorijiy tillarni o'rganishi, davomat, mobil telefonlardan foydalanish tartibi, ta'lim muassasalarida Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan islohotlar ijrosi muhokama etildi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
"ҚАШҚАДАРЁ АХБОРОТИ" Таълим-тарбия жараёнларига эътибор қаратилаяпти.
#13feb #qashqadaryo_trk
📱Расмий телеграм каналимиз
👉/channel/qashqadaryo_trk
🟢ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUD TOPGAN KUN
Tole yo‘qi jonimg'a balolig' bo‘ldi, Har ishniki ayladim, xatolig‘ bo‘ldi. O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim, Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig' bo‘ldi.
Z. M. Bobur 1483-yili 14-fevralda Andijon shahrida, Farg‘ona ulusining hokimi Umarshayx Mirzo va asli chingiziylardan bo‘lgan malika Qutlug‘ Nigor Xonim oilasida dunyoga keladi. “Bobur” so‘zi forsiy tilidan “babr”, ya’ni “bars”,“yo‘lbars” degan ma’noni bildiradi. Boburning otasi Umarshayx Mirzo Sohibqiron Amir Temur avlodidan. Amir Temurning uchinchi o‘g‘li Mironshoh Mirzoning evarasi bo‘lgan. Boburning onasi Qutlug‘ Nigor-Xonim mo‘g‘ul xonlaridan biri Yunusxonning qizi bo‘lgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) Oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga, yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan mustahkam oʻrin oldi. Uning nafis gʻazal va ruboiylari turkiy sheʼriyatining eng nodir durdonalari boʻlib, “Mubayyin” (“Bayon etilgan”), «Xatgi Boburiy», “Harb ishi”, Aruz haqidagi risolalari islom qonunshunosligi, sheʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa boʻlib qoʻshildi.
🟢QASHQADARYODA TA'LIM POG'ONASINI BOSHLANG'ICH BOSQICHINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR BILAN...
Ta’lim pog‘onasining boshlang‘ich bosqichida o‘quvchilarga raqamli texnologiyalarni taqdim etish orqali raqamli ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun imkoniyatlar yaratish, kelajakda zarur bo‘ladigan keng ko‘lamli raqamli transformatsiya sharoitida yoshlarga bilim va ko‘nikmalar berish maqsadida xozirgi kunda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimidagi ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan informatika fani o‘qituvchilarining “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish samaradorligini oshirish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazilmoqda. Jumladan, ushbu o‘quv-seminar Koson, Qamashi, Qarshi, Shahrisabz tumanlari, Shahrisabz, Qarshi shahri o‘tkazildi va qolgan hududlarda ham bosqichma-bosqich o'tkaziladi.
Qashqadaryodagi barcha maktab 16 turdagi 3572 dona,10 tomdagi 21200 dona badiiy, ijtimoiy va ilmiy kitoblar bilan ta'minlandi
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi mavjud 1225 ta umumta'lim maktablari kutubxonalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (ingliz tilida), Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik islohotlar yo‘lini qat'iy davom ettiramiz (o‘zbek va rus tilida), Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik (o‘zbek va rus tilida), o‘zbek tilining o‘quv imlo lug‘ati, o‘zbek tilining imlo lug‘ati, O‘zbekiston tarixi kabi jami 16 turdagi kitoblardan 3572 dona,
10 tomdagi kitoblardan 21200 dona badiiy, siyosiy va ilmiy kitoblar ajratildi.
❗️Qashqadaryolik maktab direktoridan natija...
Abbos Turayev — Qarshi tumanidagi 3-umumiy o'rta ta'lim maktab direktori lavozimida faoliyat yuritib keladi.
TARBIYA MASKANLARIDA PSIXOLOGIK TRENING O'TKAZILDI
Xalqaro Innovatsion Universiteti Pedagogika va jismoniy madaniyat kafedrasi o'qituvchilari dotsent M.Maqsadova, O.Qahhorova, D.Ochilova, Z.Tirkashevalar boshchiligida Maktabgacha ta'lim 22-01, 23-01 guruh talabalari va Pedagogika Psixologiya yo'nalishi talabalari bilan 2-Ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga tashrif buyurishdi.
Talabalar "Maktabgacha ta'limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish" va "Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o'rgatish" fanlaridan yil davomida olgan bilimlarini ochiq mashg'ulot tarzida o'tib berishdi.
Masg'ulotlar faoliyat markazlarida olib borildi.Tadbir didaktik o'yinlar, sahna ko'rinishlari hamda interfaol metodlar asosida o'tkazildi.
Tadbirning 2-qismida Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti M.Maqsadova va SH.Eshpo'latova tarbiyachilar bilan alohida shug'ullanib psixologik trening o'tkazishdi.
#Uzb_24_TV
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida joylashgan 22-umumiy o'rta ta'lim maktabida boshlang'ich harbiy saboq haqida lavha.
Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️Telegram:/channel/janubi_mudofaa
#Topshiriqlar_ijrosi
❗️Qamashi tumanidagi maktablar faoliyati o‘rganildi—TANQIDIY
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshlig'i o'rinbosari Davron Tojiyev Qamashi tumanidagi 4,24,52,61,72 va 84-umumta'lim maktablari 4 va 5-sonli maktabgacha ta'lim muassasalarining tarbiyaviy-ma‘naviy ishlar holati bilan yaqindan tanishdi.
O'rganish davomida ta’lim-tarbiya jarayonlari, ta'lim ishtirokchilarining ta‘lim muassasalarida ichki odob-axloq qoidalariga amal qilinishi, davlat ramzlarining belgilangan tartibda o‘rnatilishi, devoriy stend-plakatlar va ko'rgazmali burchaklarning namunaviy ko‘rinishlari holatlari ko‘zdan kechirilib ma'sullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari ta‘lim maskanlarida davomat, mobil telefonlardan foydalanish tartibi, ta'lim muassasalarida Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlarning ijrosi o‘rganildi.
“YUZ G‘AZAL – YUZ JAVOHIR” TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI O‘TKAZILDI.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi tomonidan g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan e’lon qilingan “Yuz g‘azal – yuz javohir” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Unda Shahrisabz tumanidagi 26-maktab o‘quvchisi Zahro No‘monjonova 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Tanlov g‘oliblari kitoblar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
@Qashqadaryo_vxtb
#Фотo
Заҳириддин Муҳаммад Бобур таваллудининг 541 йиллиги
Қамаши туманидаги таълим муассасаларида ушбу сана муносабати билан тадбирлар ўтказилди.
@Qashqadaryo_vxtb
Shahrisabz shahar 14- umumtaʼlim maktabda Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.
Tadbirda ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari Y.Sharopova, G. Ne'matova, A. Jo'rayeva, D. Safarova, N. Yodgorova boshchiligida o'quvchilar ulug' shoirning hayoti va ijodiga oid ma'lumotlar berishdi, g'azal va ruboiylaridan namunalar ijro etishdi.
Tadbirni maktab maʼnaviy maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari F.Xudaynazarov va Z.Umarovalar ochib berishdi.
Sahna ko'rinishlari va raqslar yig'ilganlarning ko'ngliga zavq bag'ishladi.
Qashqadaryodagi ta'lim maskanlarida "Boburxonlik" kechalari o'tkazilmoqda
Bugun shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan barcha taʼlim muassasalarida Boburxonlik kechalari tashkil etilyapti.
Huddi shunday tadbirlardan biri bugun Qarshi shahar 28- umumiy oʻrta taʼlim maktabida ham "Shoh va shoir" nomi bilan boʻlib oʻtdi.
Tadbirda 8-"B" sinf oʻquvchilari faol ishtirok etishdi. Gʻazallar, ruboiylar, raqslar ijro etishdi.
Tadbirda oʻquvchilar tomonidan sahna koʻrinishi yigʻilganlarga katta qiziqish uygʻotdi.
@Qashqadaryo_vxtb
#Topshiriqlar_ijrosi
SHAHRISABZLIK DIREKTOR O'RINBOSARLARI OGOHLANTIRILDI
❗️(MAS'ULIYATLILIK BARCHANI ZIMMASIDA)
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig‘i o'rinbosari D.Tojiyev ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar samaradorligiga bag'ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Qashqadaryoda ta‘lim sohasini isloh qilish, yetishib chiqayotgan yosh avlodga ta‘lim-tarbiya, ma'rifat hamda ularning dunyoqarashida vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish maqsadida boshqarma boshlig‘i o'rinbosari ishtirokida Shahrisabz tuman va shahridagi umumta'lim maktablarining MMIBDO' o‘rinbosarlari hamda mas'ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda:
- o‘quvchilar davomati;
- jinoyatchlik va huquqbuzarliklarni oldini olish;
- belgilangan dress-kodga amal qilishi;
- dars jarayonida mobil telefondan foydalanish tartibi;
- sinf rahbarlari faoliyatini tahlil qilish;
- tarbiyaviy ishlarning istiqbolli rejalarini belgilash va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Ajdodlar merosi-kelajak poydevori — QASHQADARYO
Qarshi Shahar 1-umumiy o’rta ta’lim maktabida joriy yilning 14-fevral kuni Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag’ishlab “Ajdodlar merosi-kelajak poydevori” mavzusida adabiy badiiy kecha tashkil etildi. Tadbirni maktab direktori Q.Muratov kirish so’zi bilan ochib berdi.
Maktab o’quvchilari tomonidan Z. M. Bobur g’azallari, ruboiylari ifodali yod aytildi. “Moziydagi cheksiz xazina durdonasi-Boburshoh” mavzusida tayyorlangan badiiy kompozitsiya o’quvchilar tomonidan mahorat bilan ijro etilib, Bobur siymosi sahnada gavdalantirildi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
❗️Мактабларда юқори синф ўқувчиларига иккинчи хорижий тил ўргатилади
Boshqarma boshlig'i ta'lim maskanlariga tashrif buyurdi
Bugun Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo'yicha boshqarmasi boshlig’i polkovnik U.Azimov Qarshi shahrida joylashgan 4-sonli o‘rta maktab o‘qituvchi va murabbiylari, hamda hududiy mahalla raisi bilan uchrashuv o'tkazildi.
Unda maktab o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash orqali ularda “huquqbuzarlikka qarshi immunitet” hosil qilish borasidagi masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo'yicha boshqarmasi rahbaryati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
@Qashqadaryo_vxtb
Ochiq dars jarayonidan lavhalar
Qarshi tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 71-umumiy o'rta ta'lim maktabning 7-"A" sinfda oliy toifali fizika fani o'qituvchisi Saygul Zokirova "Jismlarning elektrlanishi" mavzusida ochiq darsi bo'lib o'tdi.
Dars jarayonida fizika fanini boshqa bir qancha fanlar bilan uzviy bog'lagan holda hayotiy-amaliy tajribalar kuzatildi.
@Qashqadaryo_vxtb
Milliy gvardiya, ota-onalar, maktab va mahalla hamkorligida yig'ilish o'tkazildi
Qarshi shahar 7-umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Beglar" MFY faollari va Qarshi shahar IIB bilan hamkorlikda "Farzand ta'lim-tarbiyasida ota-ona hamda mahallaning o'rni" mavzusida ota-onalar yig'ilishi tashkil etildi.
O'tkazilgan yig'ilishda farzand tarbiyasi barcha jihatdan muhim ekanligi, o'quvchilar maktabda belgilangan qoidalarga rioya etishi zarur ekanligi muhokama qilindi.
Boshqarma boshliqlari ta'lim maskanlarida...
Maktablardagi tarbiya va maʼnaviyat hamda o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan masalalar yuzasidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarning amaliy ijrosi taʼminlanmoqda