"ҚАШҚАДАРЁ АХБОРОТИ" Сўз мулкининг султони Алишер Навоий таваллудининг 583 йиллигига бағишланган тадбирлар ўтказилмоқда
#10feb #qashqadaryo_trk
📱Расмий телеграм каналимиз
👉/channel/qashqadaryo_trk
Qashqadaryoda 2 ta zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti qad rostladi
(+VIDEO)
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatidagi ta'lim maskanlarini zamon talablari asosida obod qilish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, taʼlim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari esa dolzarbligi bilan muhimdir.
Qayd etish lozimki, Qarshi shahrida 23-, 28-DMTT ilgari faoliyat yuritib, yillar davomida esa ta'mirtalab holatga kelib qolgan edi. Ushbu davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari ham zamonaviy qiyofaga keltirildi.
Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov 23-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotini ochilish marosimida ishtirok etdi va soha mas'ullari yaratilgan sharoit bilan tanishildi.
MA'LUMOT UCHUN:
Qarshi shahar “Xo‘jaxiyol” MFYda joylashgan 110 o‘ringa mo‘ljallangan 23-DMTT 1956-yilda qurilgan bo‘lib, 2021-yilda “Obod mahalla” davlat dasturi asosida mavjud binosi buzilib, yangi zamonaviy 3 qavatli 120 o‘ringa mo‘ljallangan 4 guruhlik davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurildi.Ta’mirlash ishlari qiymati 4.7 mlrd. so‘mni tashkil etadi.
Bundan tashqari Qarshi shahar Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi tasarrufidagi “Shodlik” MFYda joylashgan 360 o‘ringa mo‘ljallangan 12 guruhlik 28-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti 1974-yilda qurilgan bo‘lib, 28-sonli DMTT binosi ta’mirtalab holatga kelib qolganligi sababli DMTT faoliyati 2022-yilda tashkilot faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan edi.
Qarshi shahar 28-sonli DMTT 2023-yil “Investitsiya” davlat dasturi asosida rekonsturksiya ishlari 2023 yil 15-iyul kunidan boshlangan, qurilish ta’mirlash ishlari qiymati 8.7 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Инвестиция давлат дастури доирасида Қарши шаҳрида яна бир таъмирталаб боғча замонавий қиёфага келтирилди
Қарши шаҳрининг, "Шодлик" маҳалласидаги 1974 йилда қурилган 28-сонли ДМТТ инвестиция дастури асосида қайта таъмирдан чиқарилди.
Муассасанинг қуввати 360 ўринли бўлиб, таъмирдан сўнг барча замонавий ва қулай шароитларни ўз ичига олади.
/channel/qarshiliklar
🟢RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqalarda "9-fevral kuni Ko‘kdala tumani 89-maktab o'qituvchisi kaltaklandimi?" mazmunidagi murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy munosabati:
———
Video tasvirlarda Ko‘kdala tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 89-umumta’lim maktab direktor o'rinbosari A. S. va ingliz tili fani o‘qituvchisi B. M. lar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik oqibatida janjal kelib chiqqan.
Qashqadaryo Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i Ubaydulla Oripov:
—Ko'kdala tumanidagi 89-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab faoliyati 2023-yilda ham bir necha marotaba o'rganilgan.Ta'lim tizimida islohotlarni o'rnatilgan tartib asosida amalga oshirilishi nazoratga olingan. Pedagog xodimlar faoliyatiga esa huquqiy baho beriladi.
—Sobiq o‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Azizova Sayyora 2023 yil 14 noyabrda o‘z arizasiga asosan ishdan bo‘shatilgan. 2024 yil 31-yanvarda Chiroqchi tumanlararo sudi qaroriga asosan Azizova Sayyora vazifasiga qayta tiklangan. Ammo maktab direktorining buyrug‘i chiqmagan bo‘lsa-da, maktab faoliyatiga aralashib kelgan.Kelishmovchilik oqibatida ingliz tili fani o'qituvchisi B. M. xushidan ketib yiqilgan.Maktab ma'muriyati tomonidan zaruriy yordam ko'rsatilgan va B.M. turmush o‘rtog‘i, o‘qituvchilar yordamida shaxsiy avtomobili bilan Qarshi shahriga tez yordamga olib ketgan.
—Ushbu video lavha qat'iy nazorat ostiga olingan.Noqonuniy jarayon mas'ul tashkilotlar tomonidan o'rganilmoqda. Yakuniy jarayon bo'yicha axborot beriladi.
Umumta'lim maktab kutubxonachilari uchun seminar o'tkazildi
Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan Qamashi tumanidagi umumta'lim maktab kutubxonachilari uchun "Maktab kutubxonalari ishini namunali tashkil etishdagi ustuvor vazifalar" mavzusida seminari o'tkazildi.
Seminarda viloyat MMTB darsliklar bo'yicha mutaxassisi D. Poyonova, viloyat bolalar kutubxonasi direktori N. Mahmudova va VBK bosh kutubxonachisi G.Ishonqulovalar ishtirok etib soha yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar haqida amaliy va uslubiy tarzda tushuntirib o'tildi.
@Qashqadaryo_vxtb
❗️Барча педагоглар учун қизиқ
Ўқитувчи иш тажрибасини мактаб миқёсида оммалаштириш қай тартибда амалга оширилади?
Жорий йил 7-феврал куни Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг "Ўқитувчиларнинг илғор тажрибасини оммалаштириш тартиби" тўғрисидаги буйруғи имзоланди.
Янги тартибга кўра ўқитувчи иш тажрибасини мактаб миқёсида оммалаштириш қуйидаги тартибда амалга оширилади:
⚡️Умумтаълим муассасасининг фан ўқитувчиси томонидан илғор тажрибалар асосида ишлаб чиқилган методик иш йўналишлар бўйича мактабнинг Методбирлашмаси томонидан муҳокама қилинади.
⚡️Методик иш илғор иш тажрибага эга деб топилган тақдирда мактаб миқёсида оммалаштириш учун мактабнинг Педагогик кенгашига тавсия этилади.
▶️Методбирлашма тавсияси асосида Педагогик кенгашда талабгорнинг методик иши мазкур буйруқ билан тасдиқланган методик ишга қўйилган талаблар ҳамда баҳолаш мезонига мувофиқ ишлаб чиқилганлиги ўрганиб чиқилади.
Шундан сўнг, мактаб миқёсида оммалаштириш ёки оммалаштирмаслик бўйича Педагогик кенгаш қарор қабул қилади.
❗️Агар талабгорнинг методик ишига ижобий хулоса берилиб, оммалаштиришга лойиқ деб ҳисобланса, Педагогик кенгаш қарори билан мактаб миқёсида оммалаштирилади ва ommalashtirish.uz платформасига жойлаштирилиб кейинги босқичларга юборилади.
😀Бунда, қуйидаги ҳужжатлар талабгор томонидан ommalashtirish.uz платформасига жойлаштирилади:
➖ методик ишига ижобий хулоса берилиб, таълим муассасаси миқёсида оммалаштирилганлиги тўғрисида Педагогик кенгаш қарорининг электрон (пдф) нусхаси;
➖ оммалаштириш учун тавсия этиладиган методик иши (методик қўлланма ёки методик тавсия)нинг электрон (пдф) нусхаси;
➖ ўзи тўғрисида маълумотнома (объективка) ва мутахассислиги бўйича диплом нусхаси.
———
Рустамов_БЛОГ
@Rasmiykanal_uz
Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag'ishlab Qarshi tumani 45-maktab o'quvchilari ijodidan lavha(tahrirsiz).
@Qashqadaryo_vxtb
G'azal mulki sultoni, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag'ishlab, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchilari ishtirokida lavha tayyorladi
(+VIDEO)
@Qashqadaryo_vxtb
❗️Бугун Қарши шаҳрида 2 та янги, замонавий ва барча қулайликларга эга бўлган боғчалар фойдаланишга топширилди.
▪️Биринчиси, «Хўжахиёл» маҳалласида жойлашган 1956 йилда қурилган 23-сонли ДМТТ биноси бузилиб, ўрнига замонавий 3 қаватли 120 ўринга мўлжалланган янги бино қурилиб, болажонларнинг бир олам қувончига cабаб бўлди.
▪️Иккинчиси, «Шодлик» маҳалласидаги 1974 йилда қурилган 28-сонли ДМТТ инвестиция дастури асосида қайта таъмирдан чиқарилди. Муассасанинг қуввати 360 ўринли бўлиб, таъмирдан сўнг барча замонавий ва қулай шароитларни ўз ичига олади.
Қуйидаги линкни босинг ва Қашқадарёликларга қўшилинг👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEag43PSTC9kTJgRaQ
RASMIY MUNOSABAT
Qashqadaryoda zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti qad rostladi
Bugun Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov 23-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotini ochilish marosimida ishtirok etdi va soha mas'ullari yaratilgan sharoit bilan tanishildi.
Ma'lumot uchun, Qarshi shahar Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi tasarufidagi “Xo‘jaxiyol” MFYda joylashgan 110 o‘ringa mo‘ljallangan 23-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti 1956-yilda qurilgan bo‘lib, 2021-yilda “Obod mahalla” davlat dasturi asosida mavjud binosi buzilib, yangi zamonaviy 3 qavatli 120 o‘ringa mo‘ljallangan 4 guruhlik davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurildi.
Qarshi shahar 23-sonli DMTT 2021-yilda “Obod mahalla” davlat dasturi asosida qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlanib, qurilish-ta’mirlash ishlari qiymati 4.7 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Bugun, Alisher Navoiy tavallud topgan kun.
Junun vodisig’a moyil ko’rarman joni zorimni,
Tilarman bir yo’li buzmak buzulg’on ro’zgorimni
Falak bedodidan garchi manim xoki g’ubor o’ldum,
Tilarman, topmag’aylar to’tiyolikka g’uborimni.
Demang, qay sori azm etding, menga yo’q ixtiyor, oxir
Qazo ilkiga bermishman inoni ixtiyorimni.
Tugandi ashki gulgun, emdi qolmish za’faroni yuz,
Falak zulmi badal qildi xazon birla bahorimni.
Ахборот 24 | Қашқадарёда давлатимиз раҳбари томонидан таълим соҳасида белгиланган вазифалар ижроси
#8feb #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#Yashil_makondan_natija
Xalqimizda "To‘qsonda sug‘orsang, to‘qson botmon hosil olasan" deyishadi. Negaki, ekinlarni kuzda ekib, qor ostida qoldirish usuliga to‘qsonbosti deb aytiladi. Bunday ekinlarning urug‘lari erta ko‘klamda yerdan juda barvaqt unib chiqib, tez rivojlanishi hisobiga erta hosil beradi.
Qashqadaryolik o'qituvchi e'tirof etildi
Kitob tumani 30-maktabning amaliyotchi psixologi Feruza Xudoymurotova Yangi O'zbekistondagi kasb-hunar ta'limi: Yoshlarni to'g'ri kasb hunarga yo'naltirish, ta'lim tizimini rivojlantirish, ilm ma'rifat va sifatli ta'lim Xalqaro Mustaqil Davlatlar hamdo'stligi (MDH) miqyosida tashkil etilganilmiy amaliy ko'rik tanlovi doirasida "Eng yaxshi xizmatlari uchun" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
@Qashqadaryo_vxtb
🔔Qashqadaryolik fuqarolar uchun yana bir qulaylik!
(CALL-MARKAZ TASHKIL ETILDI)
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tinglab, Qashqadaryo viloyatidagi (shahar, tuman) maktab hamda davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga oid murojaatlarni bartaraf etish maqsadimizdir.
Муротжон Азимов: 2024-йилда Қашқадарё вилоятида камида 500 та давлат ва нодавлат боғчалар фойдаланишга топширилади
Бу ҳақида вилоят ҳокими Қарши шаҳар Мактабгача ва мактаб таълим бўлими тасаруфидаги «Хўжахиёл» МФЙда жойлашган, 2021-йилда «Обод маҳалла» давлат дастури асосида мавжуд биноси бузилиб, қайтадан, 4.7 млрд сўмга қурилган, янги замонавий 3 қаватли 120 ўринга мўлжалланган 4 гуруҳлик 23-сонли мактабгача таълим ташкилотининг очилиш маросимида маълум қилди.
/channel/qarshiliklar
🟢|RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda "Kasbi tumanidagi 14-sonli maktab o'quvchilari hijobi yechirilish topshirig'i berildi hamda ushbu maktabda sug'urta uchun yig'imlar davom etmoqda" mazmunidagi murojaat yuzasidan dastlabki rasmiy munosabat:
Holat Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi va soha mas'ullari nazoratiga olingan. O'rganishlar yakuni yuzasidan batafsil axborot beriladi.
Keng jamoatchilik va OAV vakillari diqqatiga!
❗️Umumiy o'rta ta'lim maktab(DMTT) lari o'quvchi(tarbiyalanuvchi) laridan majburiy tartibda hijobni yechishi, sug'urta to'lovlariga jalb etilishi(pedagog o'qituvchilarga ham tegishli) haqida Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan biror-bir topshiriq berilmaganligini ma'lum qilamiz.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi 12-sonli DMTTda Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligiga bag‘ishlangan "Navoiyxonlik" kechasi o‘tkazildi. Ushbu kechada bolajonlar hazrat Navoiyning g‘azallarini yoddan aytishdi. Sahna ko‘rinishlarini ham namoyish etishdi.
Читать полностью…MAKTAB O‘QUVCHILARI TOMONIDAN SAHNALASHTIRILGAN SPEKTAKL NAMOYISH ETILDI.
Buyuk ma’rifatparvar bobolarimiz tomonidan olg‘a surilgan g‘oyaviy-siyosiy, ijtimoiy-ma’rifiy va huquqiy-axloqiy qarashlar, turli millat va elatlar o‘rtasida bag‘rikenglik va hamjihatlik tamoyilini qaror toptirish bilan birga, milliy manfaatni himoya qilishga qaratilgan intilish hozirgi murakkab zamonda barchamiz, avvalo, yoshlar uchun chinakam ibrat namunasidir.
Педагоглардан савол(аттестация):
❓Савол: Мен Олий таълим ташкилотининг 4 курс талабасиман. 3 курслигимдан буён мактабда ишлайман. Ҳозир ҳомиладорлик таътилидаман. Мен ҳам тоифа олиш учун аттестацияда иштирок этсам бўладими?
❗️Жавоб: Афсуски, мумкин эмас. Низомнинг 5-банди Аттестацияга таълим ташкилотларининг олий маълумотли педагог кадрлари жалб этилади.
———
Рустамов_БЛОГ
@Rasmiykanal_uz
Қарши шаҳрида бир куннинг ўзида 2 та боғча очилди
Бугун Қарши шаҳридаги "Хўжахиёл" ва "Шодлик" маҳаллаларида болажонлар учун 2 та янги ва барча қулайликларга эга бўлган замонавий давлат мактабгача таълим ташкилотлари фойдаланишга топширилди.
Мос равишда "Хўжахиёл"да жойлашган 1956 йилда қурилган 23 сонли ДМТТ биноси бузилиб, ўрнига замонавий 3 қаватли 120 ўринга мўлжалланган янги бино қурилган бўлса, "Шодлик" маҳалласида эса 1974 йилда қурилган 28 сонли ДМТТ инвестиция дастури асосида қайта таъмирдан чиқарилган ва қуввати 360 ўринга эга ҳисобланади.
Боғчаларнинг очилиш тадбирида вилоят ҳокими Муротжон Азимов ҳамда фаоллар иштирок этди.
Бир сўз билан айтганда боғчаларда яратилган шароитларни кўриб "болаликни яна бир соғинади одам".
📸 М.Комилов, Н.Сайнабиев.
Аъзолик👉/channel/+duNfCy5Aibk3ZGY6
9 - fevral Buyuk bobokalonimiz mutafakkir Alisher Navoiy tavallud kuniga bag'ishlab ,Chiroqchi tumani 57-maktab o'quvchisi Ibragimova Oyshabibi ijodidan tinglaymiz.
📃RASMIY MUNOSABAT
✅MUROJAAT YOLG'ONMI YOKI SSENARIYLASHTIRILGANMI — KOSON MAKTABLARI?
Koson tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 55-umumta’lim maktabidagi o'quvchilar harakati bo'yicha qo'shimcha rasmiy munosabat:
Koson tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 55-umumta’lim maktabida 2024-yil 9-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali "Qashqadaryo viloyati Koson tumanidan murojaat qilyapmiz. 3-fevral kuni 55-maktab o‘quvchilari maktab isitish tizimiga shox-shabba tashiyotganligiga guvoh bo‘ldik. Maktabning isitish pechi yaxshi ishlamaydi. Bolalar sovuq qotib o‘tirishadi. Isitish tizimiga ajratilgan mablag‘ boshqa yo‘nalishga ketganmi? Maktab direktori va tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi holatdan xabardormi?" mazmunidagi murojaatda maktabni issiqlik tizimi ishlamasligi to‘g‘risida video murojaat tarqalgan.
❓E'tibor qarating:
Koson tumani 55-umumta’lim maktabi 1992-yilda qurilgan bo‘lib, quvvati 120 o‘rinli. Maktabda 226 nafar o‘quvchi ta’lim oladi. Maktab 2023-yil kuz-qish mavsumiga qadar burjuyka pechlar yordamida isitilgan.
Ushbu maktabning issiqlik tizimi 2023-yil kuz-qish mavsumida Davlat xususiy sherikchiligi asosida "Eksklyuziv media farm" MCHJ tomonidan 4 dona isitish qozonlari o‘rnatilib to‘lik ta’mirlangan va sinovdan o‘tkazilgan.
Maktabni kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida 30 tonna ko‘mir manbasi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 30 tonna ko‘mir DXSH "Eksklyuziv media farm" MCHJ tomonidan ushbu maktabga to‘liq yetkazib berilgan.
✔️Aniqlanishicha, ko‘mir saqlash omborida zaxira ko‘mir yoqilg‘isi 2023-2024-yil kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir yoqilg‘isi yetarli ekanligi aniqlangan.
Koson tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari va "Eksklyuziv media farm" MCHJ xodimlari tomonidan o‘rganilganda, sinfxonalarni isitish tizimi ishlayotganligi va sinfxonalar xona haroratida ekanligi aniqlangan.
"... Murojaatda isitish tizimi talabga javob bermasligi iddao qilingan holat haqiqatga yaqin emas, o'quvchilar harakati esa mas'ullar ishtirokida o'rnatilgan tartib asosida o'rganilib, keng jamoatchilikka axborot beramiz. Biroq o'quvchilarni isitish tizimga ko'maklashishi bo'yicha boshqarma yoki bo'lim tomonidan biror topshiriq berilmagan ", — deb izoh bergan Koson tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'lim boshlig'i A. TURSUNOV.
❗️Biroq o'quvchilarini "o'tin ko'tarib" maktab ma'muriy binosiga kiritilishi, voyaga yetmagan o'quvchilarni video tasvirga olish jarayoni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborilishi qonuniy yoki noqonuniy ekanligi Koson tuman IIB boshlig'i I. Qutlimuratov nazoratiga olingan.
🟢Kelgusida ta'lim tizimini qasddan obro'sizlantirish, o'z shaxsiy manfaati yo'lida maktab o'quvchilaridan foydalanish masalalari esa hududiy voyaga yetmaganlar mas'ullar nazoratiga olinib, ushbu harakat yuzasidan huquqiy to'xtamga kelinishini ma'lum qilamiz.
❗️Bundan tashqari Maktabgacha va maktab ta'limi tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatiga qarshilik qilishga harakat qilinayotgan shaxslarga qonunchilik doirasida ta'sir choralari qo'llanilishini ma'lum qilamiz.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Qarshi shahrida ta'mirtalab maktabgacha ta'lim tashkiloti zamonaviy qiyofaga keltirildi
DMTT ochilish marosimida Qarshi shahar hokimi N. Xolboyev ishtirok etib, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Eslatib o'tamiz, Qarshi shahar Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi tasarrufidagi “Shodlik” MFYda joylashgan 360 o‘ringa mo‘ljallangan 12 guruhlik 28-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti 1974-yilda qurilgan bo‘lib, 28-sonli DMTT binosi ta’mirtalab holatga kelib qolganligi sababli DMTT faoliyati 2022-yilda tashkilot faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan edi.
Болажонлар, кенг жамоатчилик ва ҳоким мадҳияга жўр бўлишди
Вилоят ҳокими Муротжон Азимов болажонларнинг ҳаракатларини алоҳида эътироф этди.
Navoiy ijodini o‘rganamiz — KITOB
Gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan korxona va tashkilotlar, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Kitob tumanidagi 4-maktabda o‘tgan tadbir “Elimsan, dilimsan, tilimsan – Navoiy” deb nomlandi.
Unda o‘quvchi yoshlar buyuk mutafakkir ijodidan parchalar o‘qishdi. Sahna ko‘rinishlarida u zotga hurmat-ehtirom aks etdi.
Shoir ijodida davlat va jamiyat taraqqiyotining muhim masalalari tiyrak nigoh bilan qalamga olingani, undagi fikrlar makon va zamon tanlamasligi bilan e’tiborga molik ekani ta’kidlandi.
@Qashqadaryo_vxtb
Qashqadaryolik o'quvchi bilan san'at olamiga qisqa sayohat
➡️(+VIDEO)
Kecha, qashqadaryolik 2-sinf o'quvchisi 3 xil turdagi musiqa asbobidan foydalanishi haqida axborot bergan edik.
✅Ushbu lavhada Qarshi shahridagi 10-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilarini musiqa va san’atga bo'lgan qiziqishlarini orttirish maqsadida tashkil etilgan musiqa to'garaklari aks etgan.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
🟢NATIJALAR BILAN TANISHING
Muborak tumanidagi 9-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining 4 nafar o‘quvchisi ingliz tilini bilish darajasini aniqlovchi Multilevel imtihonidan B2 sertifikatini qoʻlga kiritdi.
To‘xtayev Ramziddin Iskandar o‘g‘li (9-maktabning 10-sinf o‘quvchisi);
Norqulov Fayozbek Yangiboy o‘g‘li (9-maktabning 11-sinf o‘quvchisi);
Ziyodullayeva Muxlisa Umidullo qizi (9-maktabning 11-sinf o‘quvchisi);
Yuldosheva Elmira Akmal qizi (9-maktabning 11-sinfida tahsil olmoqda).