Al-Xorazmiy olimpiadasi o'tkazilmoqda — QASHQADARYO
Qarshi tumanida Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining 2023- yil 18-yanvardagi 02/6-5-6997-sonli xatiga asosan tumandsgi umumta'lim maktablarining 7-8-sinf o'quvchilari o'rtasida Al-Xorazmiy olimpiadasining tuman bosqichi o'tkazildi.
Mazkur olimpiadada tabiiy fanlardan 233 nafar, matematika fanidan 160 nafar iqtidorli o'quvchilar ishtirok etdilar va ulardan 12 nafari mazkur olimpiadaning III (viloyat) bosqichida qatnashish huquqini qo'lga kiritdilar.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Qashqadaryo viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan O'zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi viloyat bo'limi va Qarshi shahridagi 1-umumta' lim maktabi bilan hamkorlikda O'zbekiston xalq yozuvchisi, adib O'lmas Umarbekov tavalludining 90 yillgi munosabati bilan "El sevgan adib" mavzusida adabiy-badiiy kecha o'tkazildi.
Maktab o'quvchilari tomonidan mohirona ijro etilgan "Qiyomat qarz" asaridan saxna ko'rinishi barchaga katta taassurot qoldirdi.
Tadbirda faol ishtirok etgan o'quvchilar viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan faxriy yorliq va kitoblar bilan taqdirlandi.
@Qashqadaryo_vxtb
📢DIQQAT TANLOV!
Qashqadaryo viloyat
hokimining 2024-yil 24-yanvardagi
57-4-0-Q/24-son qaroriga asosan
Yoshlar oʻrtasida Amir Temur merosini keng oʻrganishga bagʻishlangan “Kuch-adolatdadir” shiori ostidagi “Biz – Buyuk Sohibqiron izdoshlarimiz!” koʻrik-tanlovini oʻtkazish yuzasidan tanlov e'lon qiladi.
Mazkur tanlov viloyatimizda Amir Temur tavalludining 688-yilligini munosib nishonlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning yoshlar
oʻrtasida Amir Temurning boy maʼnaviy merosini keng targʻib qilish, yoshlarni ona
yurtga sadoqat va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini yanada kuchaytirish boʻyicha bergan topshiriqlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishidagi vazifalar ijrosini taʼminlash
maqsadida tashkil etilishi belgilangan.
🔴Tanlovning maqsadi nima?
✅yoshlarda Amir Temur va temuriylar davriga boʻlgan qiziqish va eʼtiborni yanada oshirish;
✅ajdodlar merosi va tarixni chuqur oʻrganishni burch va majburiyat sifatida his etilishiga erishish;
✅yoshlar oʻrtasida vatanparvarlik gʻoyalarini targʻib etish orqali, ularning taʼlim
olishlari va oʻz bilim, isteʼdodlarini namoyon etishlari uchun qulay shart-sharoit
yaratish;
✅harbiy vatanparvarlik tuygʻularini yoshlar qalbida mustahkam boʻlishiga erishish, oʻz ajdodlaridan faxrlanib, ularga munosib boʻlib ulgʻayishi uchun zamin yaratishdir.
🔴Tanlovda ishtirok etish tartibi qanday?
✅Tanlovda viloyatdagi umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan yuqori sinf
oʻquvchilari;
✅professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari;
✅mulkchilik shaklidan qatʼiy
nazar oliy taʼlim muassasalari oʻz xohishiga koʻra ishtirok etadi.
ESLATMA!
❗️Tanlovni o'tkazish tartibi, muddati hamda amalga oshirish mexanizmi haqida tanishing
👉BATAFSIL👈
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi #talimuchun loyihasi doirasidagi onlayn vebinarlarni davom ettirmoqda.
Loyihaning navbatdagi mehmoni AQShning Texas ta'lim agentligi maktab dasturlari bo'yicha strategik operatsiyalar va ma'lumotlar tahlilchisi Mavluda Oripova bo‘ladi.
🖥 Taqdimot mavzusi: Amerika maktablari: monitoring va baholash tizimi
⏰ Boshlanish vaqti: 26-yanvar soat 09:30
💻 Vebinarda ishtirok etish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/9547127138
ID: 850 8927 7132
Kod: 691909
Kanalga ulanish:👇
/channel/trm_metodika
Qarshi shahrida yangi DMTT faoliyatini boshlaydi
Qarshi shahri prokurori, 2-sektor rahbari Alisher Mirzoyev "Shodlik" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.
"Shodlik" mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” tamoyili asosida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Sektor rahbari mahallada bunyod etilayotgan mahalla fuqarolar yig‘ini ma’muriy binosi, yangi ishga tushirilishi rejalashtirilgan Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi va tadbirkorlik loyihalari bilan yaqindan tanishdi. Bunyodkorlik ishlarini sifatli va tez fursatlarda yakunlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
@Qashqadaryo_vxtb
Diqqat-diqqat!
✅Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi "Ma'rifat sarbonlari" nomli ko'rik tanlov e'lon qiladi
⚡️Ushbu tanlov orqali ma'rifatparvar jadidlarimizning hayot yo'llari va asarlari keng o'quvchilari jamoasiga targ'ib qilinadi
👉 Mazkur tanlovda ishtirok etishni istagan umumta'lim maktablarining 8-9-10 sinf o'quvchilari quyidagi havola orqali 2024-yil 31-yanvar kuniga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin: @jadidlartanlovibot
📝 Ro'yxatdan o'tishda:
➖guruh sardorining ism va familiyasi, ta'lim olayotgan maktabi va sinfi hamda 4 nafar jamoa a'zolari haqida qisqacha ma'lumot taqdim etiladi.
🎁Ushbu ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok eting va g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alarga ega bo‘ling!
@Qashqadaryo_vxtb
#DIQQAT_TANLOV
Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi "Hurfikrli Jadidlar" nomli videoroliklar tanlovini e'lon qiladi
Ushbu tanlov ta’lim muassalari o’quvchilarida jadidchilik harakati namoyondalarining milliy istiqlol, millat va davlat huquqi, milliy davlatchilikka oid g’oyalarni chuqur o’rganishga rag’bat uyg’otish orqali xalqparvar avlodni tarbiyalashga hissa qo’shish, o’quvchilarga ijodkorlik va yangicha dunyoqarashni shakllantirish maqsadida o’tkaziladi.
⚡️Tanlov umumiy o’rta ta’lim maktablarida ta’lim olayotgan iqtidorli, iste’dodli, ijodkor o’quvchilar qatnashishlari mumkin.
📊Tanlov shartlari:
➖Videorolik hajmi 5 daqiqa va 50 megabaytdan oshmasligi;
➖Videorolik tarbiyaviy, ma’rifiy, axloqiy mezonlarga rioya qilingan holda tayyorlangan bo’lishi;
➖Videorolik tasviri tiniq va ovozi, sifati talab darajasida bo’lishi lozim.
📣Tanlovda g'olib bo'lgan 1-2-3-o'rinlar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar.
✉️Tanlovga qatnashish istagi bo‘lgan o‘quvchilar @Jadidlar_tanloviga manziliga o‘z ijod namunalarini yuborishlari kerak.
➡️Ijodiy ishlar 20-yanvardan 30-yanvar 18:00 ga qadar qabul qilinadi.
@Qashqadaryo_vxtb
RASMIY MUNOSABAT
Rasul Kusherbayevga yo'llanadigan murojaatlar uchun ochilgan maxsus kanalida yoritilgan ‟Maktab qishda "burjuyka" pech orqali isitiladi” nomli murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy munosabati:
👉BATAFSIL👈
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Chiroqchi
QASHQADARYODA ILK BOR DIREKTORLAR BAJARILGAN ISHLARI YAKUNI YUZASIDAN TAQDIMOTI O‘TKAZILDI
Bugun Chiroqchi tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi majlislar zalida "Umumiy o'rta ta'lim maktab direktorlarini 2023-yil yakunlari va 2024-yildagi rejalarini qabul qilish" nomli taqdimotlari o‘tkazildi.
Jarayonlar yuzasidan batafsil axborot berib boriladi.
@Qashqadaryo_vxtb
#Bibtexnika
Respublikamiz bo‘ylab barcha hududlarga "Bibtexnika" karvoni jo‘natilmoqda
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan "Bibtexnika" karvonini hududlarga jo‘natish jarayoni bo‘lib o‘tdi.
✔️Bundan ko'zlangan maqsad umumta’lim maktablari kutubxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish va kutubxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashdan iborat.
Unda ommaviy axborot vositalari xodimlari ham ishtirok etib, jarayonlar bilan yaqindan tanishishdi.
➖ "Bibtexnika" jamlanmasida quyidagilar mavjud:
➖ jamlama kitobi,
➖inventar kitobi,
➖kundalik daftari,
➖kitobxon formulyari,
➖"cho‘ntakcha",
➖alifboli kartochka,
➖qaytaruv varaqasi,
➖to‘plam g‘ilofi.
❗️Bugungi kunda Respublika bo‘yicha 14 ta “Bolalar kutubxona”lari hamda umumta’lim maktablarida jami 12 067 nafar kutubxonachilar faoliyat olib bormoqda.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#OAV_biz_haqimizda
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nishon tumani boʻlinmasi tomonidan Nishon tumani 11-maktabda tadbiri boʻlib oʻtdi
@Qashqadaryo_vxtb
Қашқадарё ҳокими Халқаро олимпиада ғолибларини воҳа аҳли номидан табриклади.
Қозоғистоннинг Олма-ота шаҳрида ўтказилган 20-Халқаро Жаутиков олимпиадаси совриндорлари, математика фанидан, Мадина Суюнова - Қашқадарё вилояти, Китоб тумани 96-мактаб 11-синф ўқувчиси- олтин. Беҳрузбек Элмуродов - Қашқадарё вилоят, Миришкор тумани, 21-мактаб 10-синф ўқувчиси - бронза медали эгаларини вилоят ҳокими табриклади.
/channel/qarshiliklar
Таълим ва Ислоҳот: Қашқадарёда илк бора "Чет тилларини ўрганамиз" лойиҳасига старт берилди. Ғузор тумани.
муаллиф: И. Абдуллаева
#12jan #qashqadaryo_trk
📱Расмий телеграм каналимиз
👉/channel/qashqadaryo_trk
Attestatsiyada ishtirok etuvchi pedagoglar uchun qulaylik!
Xabar berganimizdek, yanvar-iyun oylari attestatsiyasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish bugun, 15-yanvardan boshlanadi.
❗️Bu muhim! pedkadr.uzedu.uz platformasidan foydalanish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi videoyo‘riqnoma ko‘rsatmalari bilan tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi.
Eslatma!
Murojaatlarni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 👉 https://pedkadr.uzedu.uz/ - platformasidan tashqari
📍Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 👉 my.gov.uz/uz
📍Davlat xizmatlari markazlari orqali ham yuborish mumkin.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Jarayon_DMTT
#Nishon_tumani
Nishon tumanida "Yagona mavsumiy taomnoma" yuritilishi hamda ta'lim-tarbiya jarayonlarini to'g'ri tashkil etish bo'yicha o‘quv seminari tashkil etildi
Nishon tumani MMTB tassarufidagi 1-umumta'lim maktabida Nishon tumani hokimi o'rinbosari S.Xudoyqulov, Nishon tumani MMTB boshlig'i B.Davlanov, Nishon tumani MMTB sog'lom ovqatlantirishni tashkil etish va tibbiy xizmatni muvofiqlashtirish sho'basi mutaxassislari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigiyenik talablarga (0016-21-son SANQVAN) o’zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to’g’risida” hamda Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida "Yagona mavsumiy taomnoma" yuritilishi bo'yicha Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.
Bunda tuman hududidagi Davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil etish masalalari muhokama etildi.
@Qashqadaryo_vxtb
Ta'lim maskanlarida ochiq darslar o'tkazilmoqda
Qarshi tumanidagi 36-umumiy o'rta ta'lim maktabi 4-sinf o'quvchilari tasviriy san'at fanidan "Animalistika" mavzusida ochiq darsi bo'lib o'tdi.
O'qituvchi: Raxmanova Sayyora.
@Qashqadaryo_vxtb
Press-tur
Yangi maktab faoliyati tanishtirildi
Avval xabar berilganidek, Koson tumani "Do‘stlik" MFYdagi Yangi O‘zbekiston massivida qurilgan 100-maktab bugun zamon talablariga mos ravishda qurilib, foydalanishga topshirildi. Jurnalist va blogerlar maktabda bo‘lib, bu sharoitlarni ko‘zdan kechirib, ta'lim sifati borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikr almashildi.
@Qashqadaryo_vxtb
🔴RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan "Shahrisabz shahridagi 7-maktab isitish tizimi talabga javob bermaydimi?" nomli murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi rasmiy munosabati:
✅Shahrisabz shahridagi 7-maktab isitish tizimi ishlamasligi to‘g‘risida fuqaro R.B. murojaat qilgan. Murojaat Qashqadaryo viloyat prokuraturasi, Viloyat hokimligi mas'ullari, Shahrisabz shahar hokimligi, qurilish, ta’mirlash ishlarni amalga oshirgan pudratchi “KESH GRAND STROY” MCHJ ma’sul xodimlari ishtirokida batafsil o'rganilgan.
✅Pudratchi “KESH GRAND STROY” MCHJ ma’sul xodimlari tomonidan isitish qozonlari va isitish batariyalari qo‘shib ishlatib sinovdan o‘tkazildi. Isitish qozonlari yoqish jarayonida ko‘mir va o‘tin bilan isitish jarayoni amalga oshilganda, o‘quv xonalari zal va sport zallar ishchi guruh tomonidan alohida o‘rganib chiqilganda xona harorati 25 gradusdan yuqori tempraturani tashkil etishi ma'lum bo'ldi.
✅Sohaviy mas'ullarni o'rganishi davomida qurilish jarayoniga doir aniqlangan kamchiliklarni tez fursatda bartaraf etish choralari ko‘rish kerakligi to‘g‘risida ko‘rsatma berilib, dalolatnoma rasmiylashtirildi.
✅Bundan tashqari o'rganishda ishtirok etgan Qashqadaryo viloyat Maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi xodimi, pudratchi “KESH GRAND STROY” MCHJ ma’sul xodimi, Shahrisabz shahar Maktabgacha va maktab ta’lim MTEX xodimlari ishtirokida isitish qozonlarini har bir xonalar alohida birma-bir o‘rganilganda xona harorati 25 gradusdan yuqori bir me'yorda ishlayotgani va shu tarzda issiqlikni pasaytirmasdan vaqtida isitish tizimini nazorat qilish bo‘yicha viloyat Maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan ko‘rsatmalar berilganligini ma'lum qilamiz.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
RASMIY MUNOSABAT
🔴O'QUVCHILARNI KALTAKLASH TAQIQLANADI
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Kitob tumanidagi maktab o'quvchisi kaltaklandi" sarlavlasi ostidagi murojaat yuzasidan rasmiy munosabat:
Kitob tumani “Anorzor” MFY, Shatri qishlog‘ida yashovchi voyaga yetmagan Sh.Q. Kitob tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2023 yilning 22 dekabr kuni soat 10:30larda Kitob tumanida joylashgan 55-sonli maktabda informatika darsida o‘tirgan vaqtida o‘qituvchi o‘rtog‘ini haqorat qilganligini ko‘rib, “ustoz hammani oldida to‘g‘ri ish qilmadingiz”-deb aytgan vaqtida uni P. Z. va P. J.lar haqorat qilib, urib tan jarohati yetkazganini bildirib, F.Z.Primov va boshqalarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab murojaat qilgan.
Kitob tuman Tibbiyot birlashmasi Sh.T.B.Yoning 8662/1458-sonli ma’lumotnomasida fuqaro Q.Sh.(o'quvchi) ning tanasida bosh miya chayqalishi, boshning yuqori tepa yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi, burun soxasi yumshoq to‘qimalaring lat yeyishi ko‘rinishidagi tan jarohatlari aniqlanganligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan 29.12.2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
OTA-ONA VA USTOZLARGA ESLATMA❗️
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi o'qituvchi tomonidan o‘quvchiga kuch ishlatish, tazyiq o‘tkazishini qo'llab-quvvatlamaydi. Bu holat inson huquqlariga ham ziddir.
❗QO'SHIMCHA: Mazkur holat bo'yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilayotganligini inobatga olib, yakuniy o'rganish jarayonlari xulosasiga asosan maktab ma'muriyatini ayrim xodimlarga nisbatan intizomiy ta'sir choralari qo'llanilishi ehtimoli mavjud ekanligini ma'lum qilamiz.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
⚡️"Milliy sport turlari va xalq o‘yinlari" sport tadbirlariga start berildi.
✅Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan, joriy yilning 20-yanvardan 31-yanvar kuniga qadar umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida "Milliy sport turlari va xalq o‘yinlari" bo‘yicha sport tadbirlari o‘tkazilishiga start berildi.
➖Unda ishtirok etish uchun umumta'lim maktablarida o‘tkazilgan sport tadbirlarini videotasvirga olib, @yoshliksporttanlov manzilga yuborishlari lozim.
❇️Mazkur tadbirni o‘tkazishdan maqsad, o‘quvchi-yoshlar orasida Etnosport turlari ommaviyligini oshirish hamda kelib tushgan videoroliklardagi eng qiziqarli milliy xalq o‘yinlari saralab olinib, shu asosda maktab, tuman (shahar), viloyat hamda respublika bosqichlarini tashkil etishdan iboratdir.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Diqqat tanlov!!!
✅Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi "Hurfikrli Jadidlar" nomli rasmlar tanlovini e'lon qiladi
🔰Tanlov shartlari
- tanlov 5-6 sinf o'quvchilari o’rtasida o’tkaziladi
-A3 qog’ozga jadidchilik harakatining hayoti ularning el yurt ravnaqi ilm-ma’rifat uchun qo’shgan munosib hissalarini aks ettirgan rasmlarni @Hurfikrlijadidlartanlov 30 - yanvargacha yuborishingiz so’raladi.
⚡️30 - yanvar kuni o’quvchilar o’z ijodiy ishlari bilan Qarshi shahri 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatida ishtirok etishlari mumkin.
Eng yaxshi natijalarga erishgan o’quvchilar Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar.
@Qashqadaryo_vxtb
Live...
#Press_tur
KOSON TUMANIDA IJTIMOIY SOHA MAJMUALARI VA TA'LIM MASKANIGA DAXLDOR PRESS-TUR O'TKAZILMOQDA
Ayni damda OAV vakillari Koson tumanidagi 100-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabiga tashrif buyurgan.
❗️Jarayon haqida batafsil axborot beriladi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
✅Keyingi yillarda mamlakatimizda majburiy mehnatga barham berish, ayniqsa, ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini o‘z xizmat vazifalari bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish hollariga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan qonun hujjatlarini hamda ularni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🟡Biroq pedagog xodimlarni ularning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tadbirlarga jalb etish hollari davom etmoqda.
Ushbu qonun mohiyati yuzasidan
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Yuridik xizmat ko'rsatish sho'basi Bosh yuriskonsulti Boymatov Abdulloh tomonidan Qarshi shahridagi 34-umumiy o'rta ta'lim maktab pedagog jamoasiga seminar tarzida o'tkazilgan treningda huquqiy tushunchalar berdi.
Shundan so'ng, hozirgi kunda pedagog xodimlarni ish faoliyatiga arashganlik, ularni ijtimoiy tarmoqlarda ishchanlik faoliyatiga ta'sir etuvchi tanqidiy video lavhalarni tarqatganlik uchun javobgarlik masalasi qo'llanilayotganligi yuzasidan viloyat MMTB axborot xizmati rahbari(matbuot kotibi) J. Rustamov axborot berib o'tdi.
❕⚖️Hurmatli pedagoglar!
Qonun haqida bu yerda tanishishingiz mumkin😀
https://lex.uz/docs/-6416492
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
TA'LIM SIFATIGA ERISHISHDA YANGI LOYIHA...
✔️QASHQADARYODAGI BARCHA DIREKTORLAR TAQDIMOT QILADI
Avval xabar berilganidek, "Umumiy o'rta ta'lim maktab direktorlarini 2023-yil yakunlari va 2024-yildagi rejalarini qabul qilish" nomli taqdimotlari o'tkazilishini ma'lum qilgan edik.
Joriy yilning 15-yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining barcha hududlari(ko'kdala tumanidan tashqari) da direktorlar taqdimoti o'tkazildi.
Taqdimot o'tkazilishidan ko'zlangan maqsad Qashqadaryo viloyatida ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta'lim jarayoni sifatini yanada rivojlantirish, o'quvchilarni kasb-hunar, chet tillarini o'rganishga doir amalga oshirilayotgan maqsadli ishlarni qo'llab-quvvatlash, ta'lim mazmunini ishlab
chiqishda umuminsoniy qadriyatlarga asoslanish, yosh avlodni intellektual, estetik,
jismoniy, ma’naviy salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni 2023-yildagi sarhisobi, 2024 yildagi ta'lim sifatini ko'tarishga qaratilgan istiqbolli, strategik rejalari bilan taqdimotda bayon etildi.
❗️Ushbu jarayon Qashqadaryo viloyatidagi barcha hududlarida bosqichma-bosqich o'tkazilishi nazarda tutilgan.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Вилоят раҳбари 20-Халқаро Жаутиков олимпиадасида бронза медалини қўлга киритган миришкорлик Беҳрузбекни, унинг устози ва ота-онасини тақдирлабди.
Читать полностью…Қашқадарё ҳокими Халқаро олимпиада ғолибларини воҳа аҳли номидан табриклади
Жорий йилнинг 7-13-январь кунлари Қозоғистоннинг Олмаота шаҳрида математика, физика ва информатика фанлари бўйича 20 Халқаро Жаутиков олимпиадаси ўтказилиб, унда дунёнинг 20 га яқин мамлакатидан 700 нафар иқтидорли ўқувчи-ёшлар иштирок этган.
Қувонарлиси, баҳсларда Қашқадарё вилояти Китоб тумани 96-мактабнинг 11-синф ўқувчиси Мадина Суюнова математика фанидан олтин медални, Миришкор тумани 21-мактабнинг 10-синф ўқувчиси Беҳрузбек Элмуродов бронза медални қўлга киритибди.
Вилоят ҳокими Муротжон Азимов эса ғолиб ўқувчиларни, уларнинг ота-онаси ва устозларини ўзи ҳамда воҳа аҳли номидан табриклагани уларга янада мотивация бериши табиий.
Каналга аъзо бўлинг👉 /channel/+duNfCy5Aibk3ZGY6
Муротжон Азимов халқаро олимпиада ғолибларини воҳа аҳли номидан табриклади
Жорий йилнинг 7-13-январь кунлари Қозоғистоннинг Олмаота шаҳрида 20-Халқаро Жаутиков олимпиадаси бўлиб ўтди.
Мазкур халқаро олимпиада математика, физика ва информатика фанлари бўйича ташкил қилиниб, унда дунёнинг 20 га яқин мамлакатидан иқтидорли ўқувчи- ёшлар иштирок этди.
Кескин ва муросасиз баҳсларда Қашқадарё вилояти Китоб тумани 96-мактабнинг 11-синф ўқувчиси Мадина Суюнова математика фанидан олтин медални, Миришкор тумани 21-мактабнинг 10-синф ўқувчиси Беҳрузбек Элмуродов бронза медални қўлга киритди.
Бугун вилоят ҳокими Муротжон Азимов ғолиб ўқувчиларни, уларнинг ота-онаси ва устозларини ўзи ва воҳа аҳли номидан табриклади.
Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|Twitter
Қашқадарёнинг таълим сифати юқори бўлмаган олис ҳудудларида дарс бераётган ўқитувчилар 1000 АҚШ долларидан 20 миллион сўмгача маош олмоқда.
Видеолавҳада Деҳқонобод туманидаги қишлоқ мактабида Сурхондарё ва Андижон вилоятларидан келиб дарс ўтаётган устозлар билан суҳбат акс этган.
Қуйидаги линкни босинг ва Қашқадарёликларга қўшилинг👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEag43PSTC9kTJgRaQ
Qarshi shahar Maktab va Maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi 61-sonli ”Umka kindergarten” ONMTT da 14-yanvar “Vatan himoyachilari” kuniga bag’ishlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirda bolajonlar tomonidan raqslar, she’r va qo’shiqlar ijro etildi.
“Unib-o’sib kelayotgan yosh avlod ongida vatanparvarlik his-tuyg’ularini shakllantirish-bizning burchimiz”-deydi ONMTT rahbari Nilufar Dilmurodovna.
@Qashqadaryo_vxtb