#сўраган_эдингиз
❓Eshitishimga qaraganda, o‘quvchilari ma'lum bir fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan maktab o‘qituvchilarining malaka toifasi oshirilar ekan. Shu haqida batafsil ma’lumot berib o‘tsangiz.
❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga ko‘ra quyidagi pedagog kadrlarning malaka toifasi (lavozimi) bir pog‘onaga oshiriladi:
➖O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlangan pedagog kadrlar;
➖“Ustoz” milliy mukofoti g‘oliblari;
➖Worldskills musobaqalari sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari;
➖Respublika miqyosidagi fan olimpiadalari va ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlar.
Ma’lumot uchun: pedagog kadrlarning malaka toifasini (lavozimini) bir pog‘onaga oshirishda mazkur Nizom kuchga kirgandan keyingi erishilgan natijalar inobatga olinadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
✅ Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida voyaga yetmaganlarning huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishiga imkon berayotgan sabab va sharoitlarni bartaraf qilish hamda jinoyatlardan jabrlanishini oldini olishga bag‘ishlangan seminar trening bo‘lib o‘tdi
🔄🔄🔄
✅ Вилоят Мактабгача ва мактаб таълими бошқармасида вояга етмаганларнинг ҳуқуқбузарликлар ёки бошқа ғайриижтимоий хатти-ҳаракатлар содир этишига имкон бераётган сабаб ва шароитларни бартараф қилиш ҳамда жиноятлардан жабрланишини олдини олишга бағишланган семинар тренинг бўлиб ўтди
🔄🔄🔄
🚀 Telegram | 🌍 Website |🔵 Facebook | 🎬Youtube
✔️QARSHILIK O'QUVCHI IELTSDAN 6. 5 NATIJAGA ERISHDI
Qarshi shahar 4-umumiy o'rta ta'lim maktabining 11-E sinf o'quvchisi Suxrob Sharopov IELTS (International English Language Testing System) dan umumiy 6,5 natijani qoʻlga kiritdi.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
🟢QARSHILIK O'QUVCHILARDAN SIFATLI NATIJA
Chet tilini bilish darajasi B1 va B2 sertifikatini qo‘lga kiritgan Qarshi shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 34-umumiy o‘rta ta'lim maktab o'quvchilari bilan tanishing...
@Qashqadaryo_vxtb
"ҚАШҚАДАРЁ АХБОРОТИ" Жойларда "Беш муҳим ташаббус" доирасида турли тадбирлар ўтказиляпти
#10jan #qashqadaryo_trk
📱Расмий телеграм каналимиз
👉/channel/qashqadaryo_trk
DMTT: TARBIYALANUVCHILAR O'RTASIDA SPORT MUSOBAQASI O'TKAZILDI
Qarshi shahar 1-DMTTda Karate WKF sport turi bo'yicha tarbiyalanuvchilar o'rtasida musobaqa o'tkazildi.
🔴Unda barcha tarbiyalanuvchi ishtirokchilarni rag'batlantirish maqsadida Qarshi shahar 1-DMTT rahbariyati tomonidan diplom va medal, sovg‘alar bilan taqdirladi.
Eslatib o'tamiz, Qarshi shahar 1-DMTT tarbiyalanuvchilari doimiy ravishda shahar, viloyat, Respublika, Xalqaro darajada Karate WKF sport turi bo'yicha bolalar, o'smirlar va kattalar o'rtasida musobaqalarda
yuqori natijalarni egallab kelmoqda.
@Qashqadaryo_vxtb
XO'SH, PEDAGOGLAR VEBINARDA QANDAY MA'LUMOTGA EGA BO'LDI?
Avval xabar berilganidek, Qashqadaryo viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 692-sonli Qarori va uning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan onlayn vebinar tashkil etildi.
Unda ta'lim muassasalarining direktor va o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari ishtirok etdilar.
🖥Vebinarda O'zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Pedagog kadrlarga malaka toifalari berish va sertifikatlash bo'limi bosh mutaxassisi Xamrayev Safarali tomonidan malaka toifalari berishning yangi tartibi haqida ma'lumotlar berib o'tildi. Ishtirokchilar:
✅Pedagog kadrlarning joriy yilgi attestatsiyasi qay tartibda amalga oshiriladi?
✅Attestatsiyadan o‘tish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?
✅Attestatsiya jarayoniga kimlar jalb etiladi?
✅Kimlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka toifasi beriladi?
✅Kimlarning malaka toifasi bir pog‘ona oshiriladi? kabi ko‘plab savollarga batafsil javob oldilar.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
"Мулоқот" Таълим соҳасидаги ислоҳотлар ҳақида .
#27dec #qashqadaryo_trk
📱Расмий телеграм каналимиз
👉/channel/qashqadaryo_trk
Qashqadaryoning sobiq maktab o'quvchisi Google korporatsiyasida ish boshlagan
«Kompyuteri bo'lmasa ham dasturlashni o'rgangan shahrisabzlik Nodir Nazarov».
O'zbekiston talantlar, noyob qobiliyat egalari yurti. Shuningdek bu kabi noyob insonlar Shahrisabzda ham voyaga yetgan. Shunday hamyurtlarimizdan biri haqida Subyektiv video tayyorlabdi. Nodir Nazarov bugungi kunda Google korporatsiyasida dasturchi sifatida ish yuritadi(Keshnews).
Amerikadagi top kompaniyalarda ishlayotgan yurtdoshlarimiz haqida videoni tomosha qiling!
Eslatib o'tamiz, Nodir Nazarov 2005 yil Shahrisabz shahridagi 1-IDUMni tamomlagan.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
“Yoshlar turizm haftaligi”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi PQ-232-son qarori 1-ilovasi 3-bandi hamda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-oktabrdagi 225-son majlis bayoni 6-bandiga asosan 2024-yil 1-10-yanvar kunlari respublika bo‘ylab “Yoshlar turizm haftaligi”ni tashkil etish va o‘tkazish hamda yoshlarni qishki ta’tilda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida, Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumani hokimligi hamda tuman Yoshlar Ishlari Agentligi tashabbusi bilan tumandagi 130 dan ziyod o’quvchi yoshlar uchun viloyatning qadimiy qadamjolaridan sanalgan ko’hna va navqiron Shahrisabz shahriga sayohat tashkil etildi.
Yakkabog’lik o’quvchi yoshlar ushbu maroqli sayohat uchun tashkilotchilarga samimiy minnatdorlik bildirishdi.
@Qashqadaryo_vxtb
Koson tumanidagi 24-sonli maktabda fan to'garaklari, kompyuter savodxonligi yuzasidan tashkil etilgan maktabda imkoniyatlar.
—Maktab ma'muriyati.
@Qashqadaryo_vxtb
“Yoshlar turizm haftaligi” doirasida 120 nafar yoshlar(o'quvchi) Shahrisabz shahri boʻylab sayohat qilishdi
“Yoshlar turizm haftaligi” doirasida Yakkabogʻ tumanidagi maktablarda tahsil olayotgan oʻquvchilar Shahrisabz shahridagi diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurib, madaniy hordiq olishdi.
Dastlab, "Koʻk gumbaz" masjidi, "Dor ut-Tilovat" yodgorlik majmuasi, "Dorus-Saodat", "Shamsad-Din Kulyal", "Gumbazi-Seyidon" maqbaralarida kabi tarixiy obidalar bilan tanishishdi. Shundan soʻng Amir Temur hayoti va faoliyatini keng maʼnoda yoritib beruvchi muzeyda sayohat davom ettirilib, jarayon oʻquvchi yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
Shuningdek, haftalik doirasida yana 100 nafar yakkabogʻlik o'quvchi yoshlarni Samarqand shahriga sayohat qilishi ham rejalashtirilgan.
@Qashqadaryo_vxtb
Onlayn olimpiadalar davom etadi
Chiroqchi tumanidagi 75-maktab o'quvchilarining yutuqlaridan ulashamiz...
Chiroqchi tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi axborot xizmati
@chiroqchi_tuman_mmtb
"Kamalak Quiz" ga 4 kun qoldi!
Qashqadaryo viloyati Sardorlar Kengashi tomonida o'tkaziladigan "Kamalak quiz"ga 4 kun qoldi.
Eslatib o'tamiz, loyihaga qabul davom etmoqda. Agar siz ham ishtirok etishni xohlasangiz @Mirfayzbek profiliga yozing.
@Qashqadaryo_vxtb
Президент Шавкат Мирзиёев инвестиция сиёсатини амалга ошириш ҳамда энергетика тизимида қайта тикланувчи энергия қувватлари улушини кўпайтириш бўйича 2023 йилда қилинган ишлар ва 2024 йилга мўлжалланган режалар тақдимоти билан танишди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о проведенной в 2023 году работе и запланированных на 2024 год мерах по реализации инвестиционной политики и увеличению доли возобновляемых источников в энергетике.
#Mirziyoyev #taqdimot #investitsiya #energetika
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
✔️QARSHI TUMANILIK O'QUVCHILARIDAN CHET TILLARINI BILISH DARAJALARI
Chet tilini bilish darajasi B2 sertifikatini qo‘lga kiritgan Qarshi tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 25-umumiy o‘rta ta'lim maktab o'quvchilari bilan tanishing...
@Qashqadaryo_vxtb
✔️BOSHQARUV ORGANLARI BILAN HAMKORLIKKA OID AMALIY TADBIRLAR — QASHQADARYO.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamkorligida Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va viloyat "Qo'riqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Qarshi shahridagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun "Xalq va armiya bir tanu bir jon!" shiori ostida harbiy vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi.
🔹Tadbir harbiy xizmatchilar tomonidan o‘quvchi yoshlar uchun jangovar chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, tadbir doirasida, maktabning o‘quvchi-yoshlari o'zlari tayyorlagan turli xil chiqishlari orqali vatanga muhabbatlarini namoyon etishdi.
@Qashqadaryo_vxtb
📢CHIROQCHIDAN TA'LIMDAGI CHIROYLI NATIJA
Chiroqchi tumanidagi 124-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilaridan natija.
@Qashqadaryo_vxtb
#Zakovat
#Besh_tashabbus
Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda tizimli ma'naviy tarbiyani yo'lga qo'yishga qaratilgan "Ma'naviy-axloqiy tarbiya dasturi" hamda "Yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo'yicha yoshlar dasturi" da belgilangan rejaga mufoviq Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida haftaning ma'lum kunida loyiha koordinatori Ravshan Xolov boshchiligida “Zakovat” intellektual o'yinlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Qiziqarli savollar asosida tashkil etilgan ushbu intellektual o'yinda "Internal" va "Yangi yulduzlar" jamoalari bir xil 14 ball to'plab, 1-o‘rinni egallashgan bo'lsa, "Zukkolar" jamoasi 13 ball bilan 2-o'rinni qo'lga kiritdi. Jami 12 ball to‘plagan "Kameta" jamoasi esa 3-o‘rinni band etdi.
@Qashqadaryo_vxtb
2024-yilda ta'lim tizimini rivojlantirishda tashabbuskor va tajribali direktorlarni roli — QASHQADARYO.
✅Qashqadaryoda "ta'lim yili" da qanday o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda?
✅Sifatli ta'limga erishish borasida yangi tashkil etilgan loyihadan maqsad nima?
✅Yangi tashkil etilgan Ko'kdala tumaniga qanday ilg'or direktorlar biriktiriladi?
🗓Ma'lumki, Qashqadaryo viloyatida ham ta'lim sifatini oshirish borasida bir qator amaliy ishlar qilinmoqda.
Joriy yilning 10-yanvar kuni A. Oripov nomli ijod maktabida tashabbuskor, ilg'or maktab direktorlari ishtirokida tuzilgan yig'ilishda Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i Ubaydulla Oripov tomonidan ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan galdagi strategik masalalar muhokama etildi.
➡️Ko'kdala tumanidagi umumiy o'rta ta'lim maktablarida ta'lim-tarbiya jarayonlarini sifatli tashkil etish yuzasidan hududdagi 99 ta ta'lim maskanlariga Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tuman, shahar hududiy bo'limlari tasaruffida faoliyat ko'rsatayotgan 99 ta ilg'or maktablar tajribasi joriy etiladi.
📢Ilk bora tashkil etilayotgan ushbu loyihada hududlardan biriktirilgan mas'ul maktab rahbarlari ta'lim tizimini barcha sohasi bo'yicha o'z tajribasini joriy etishga qaratilgan.
Shuningdek, hududlardan biriktirilgan maktab ma'muriyati ma'lum biror kun uchun emas, balki o'quv yili davomida metodik yordam berish, ta'lim sifatini ko'tarish uchun mas'ul etib belgilanadi.
—Qashqadaryoda ta'lim sifatini zamonaviy darajaga olib chiqishga barchamiz mas'ulmiz. Ushbu loyihaning sifat mazmuni esa maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida ta'lim tizimini rivojlanishga bevosita ta’sir ko‘rsatish, fundamental bilimlarga asoslangan va ayni vaqtda amaliyotga yo‘naltirilgan metodikalarini o'rnatilgan tartib asosida yetkazishdan iboratdir,— dedi boshqarma boshlig'i Ubaydulla ORIPOV.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Yangi_loyiha_yangi_tashabbus
ILK BORA START OLGAN LOYIHA IJROSI KITOB TUMANIGA HAM YETIB BORDI
Avval xabar berilganidek, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tashabbusi bilan Qarshi shahar, Qarshi, Mirishkor tumanlarida chet tili fani o'qituvchilar uchun bepul sinov testlari(MOCK) o'tkazilgan edi.
Qashqadaryo viloyatida ilk bora tashkil etilgan ushbu loyiha ijrosi doirasida Kitob tumanidagi chet tili fani o'qituvchilaridan 150 nafari ishtirok etmoqda.
Eslatib o'tamiz, mazkur sinov testlari Qashqadaryo viloyatidagi barcha tuman, shaharlarda o'tkaziladi hamda ushbu loyiha 2200 nafar chet tili o'qituvchilarini qamrab olish belgilangan.
❗️LOYIHA IJROSI HUDUDLARDA O'TKAZILMOQDA. JARAYON YUZASIDAN QO'SHIMCHA AXBOROT BERIB BORILADI...
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Шаҳрисабз туманида замонавий янги боғча фойдаланишга топширилди
«Шакартери» МФЙдаги 10-давлат мактабгача таълим ташкилоти мослаштирилган эски бинода фаолият юритиб келаётган эди.
Унинг ўрнига янги 120 ўринли бино 4 миллиард 784 миллион сўм маблағ эвазига барпо этилди.
/channel/qarshiliklar
Shahrisabzlik bolajonlar endi yangi bog‘chada tarbiyalanadi
Shahrisabz tumani “Shakarteri” MFYdagi 10-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti moslashtirilgan eski binoda faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Uning o‘rniga yangi 120 o‘rinli bino 4 milliard 784 million so‘m mablag‘ evaziga barpo etildi.
Ushbu muassasaning yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan ochilish marosimida tuman hokimining o‘rinbosarlari, viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rahbari Ubaydulla Oripov hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
@Qashqadaryo_vxtb
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2023-yil 28-dekabrdagi 06-04/3-3609- sonli ko'rsatma xati ijrosini ta'minlash maqsadida Qarshi shahar 17-umumiy o‘rta ta'lim maktabida fan hamda ijodiy to'garaklar o'z faoliyati davom etmoqda.
Joriy yilning 5-yanvar kuni o'quvchilarni qishki ta'til kunlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida "Yosh shaxmatchilar" to'garagi faoliyatidan fotolavhalar.
@Qashqadaryo_vxtb
Qarshi shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga qarashli 16-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchilariga АКТ savodxonligi bo'yicha o'tilgan seminar mashg'ulotidan lavhalar.
@Qashqadaryo_vxtb
Onlayn olimpiadalar davom etadi
Chiroqchi tumanidagi 2-maktab o'quvchilarining yutuqlaridan ulashamiz...
Chiroqchi tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi axborot xizmati
@chiroqchi_tuman_mmtb
“Chet tillarini faol o’rganamiz” loyihasi doirasida seminar va test o’tkazildi
Ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish hamda xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Mirishkor tumanida “Chet tillarini faol o’rganamiz” loyihasi doirasida seminar va test o’tkazildi.
Telegram | Facebook mirishkortumanhokimligi634">| Youtube
Instagram | X | Web-site
📣📣📣📣📣
📣Onlayn olimpiadalar davom etadi!
⚡️ 2024-yil 3-10—YANVAR kunlari 📗Matematika, 📘Fizika, 📔Kimyo, 📕Biologiya, 📗Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.
🗣 Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.
✅Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.
Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.
❗️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram