Ўзбекистон халқига Янги йил табриги
—
Новогоднее поздравление народу Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#YIL_SARHISOBI
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi tizimi 2023-yil sarhisobi
(+video)
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Yangi_yil_tabrigi
Qadrli yurtdoshlar, aziz pedagoglar!
Mamlakatimizda maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi keng koʼlamli islohotlarimiz ijobiy tus olmoqda. Maʼlumki, ularni yanada rivojlantirish borasida Yangi Oʼzbekiston Taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqilgan.
Uning asosida "Inson qadri uchun", degan ulugʼvor gʼoyani amalga oshirilishi hamda pedagoglarga berilayotgan eʼtibor esa yuksak eʼtirof etilmoqda.
Shuningdek, boshqa hududlar singari Qashqadaryo viloyatida ham ta'lim sohasi xodimlarining yaqin o‘tmishdagi murakkab faoliyat yo‘li bugungi kunga kelib yorqin jarayonlarni aks ettirmoqda.
So‘nggi yillarda tizimda olib borilayotgan islohotlarning pedagoglar hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida to'lqinlanib yozmaslikni iloji yo'q deb o'ylayman.
Sababi, o'qituvchilarning bugungi kunda qadr topib, faqat o‘z ishi bilan shug‘ullanayotgani, ustozlik maqomi, bu kasbning mashaqqatli va sharafli jihatlarini eslamoqlik barchamizga o'zgacha ishtiyoq kasb etadi desam mubolag'a bo'lmaydi.
Hurmatli ustozlar!
Barchangizni kirib kelayotgan Yangi – 2024 yil bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman! Yangi yilimiz qutlugʼ va barakali bo'lsin! Yangi yilda Maktabgacha va maktab ta'limi tizimida ham ijobiy yutuqlarimiz soni bundan ortiq darajaga yetishiga tilakdoshman.Yangi yil bayrami muborak bo'lsin!
Yuksak samimiyat va hurmat ila, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i Ubaydulla Oripov
#YIL_SARHISOBI
#REYTING
Avval xabar berilganidek, yil yakuni sarhisobi bo'yicha Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi tizimi tuman(shahar) bo'limlarini media, OAV, ijtimoiy tarmoq sahifalarida yil davomida qay darajadagi faolliklari bilan tanishing👆.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
⚡️Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagoglariga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi
✅ 2023-yil 29-dekabrda Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 692-son qarori tasdiqlandi.
➖ Unga ko‘ra:
➖2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.
Bunda:
➖malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholanadi;
➖maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazishni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Bolajonlarga "Prezident sovg‘asi" topshirildi
Har yili Yangi yil bayrami arafasida ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetmagan o‘g‘il-qizlarga “Prezident sovg‘asi” tarqatiladi.
Bugun, G‘uzorda 21 nafar bolajonlarga tuman hokimi Bekzod Suyunov, sektor rahbarlari va maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi rahbar, xodimlari ishtirokida bolajonlarga "Prezident sovg‘asi" tantanali tarzda topshirildi.
Tadbirda qorbobo va qorqizlarning ishtiroki bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
@Qashqadaryo_vxtb
#press_tur
Ommaviy axborot vositalari vakillari Gʻuzordagi ijtimoiy sohada amalga oshirilgan ishlar bilan qiziqishdi
G‘uzor tumanida "O‘zbekiston 24" telekanali, Qashqadaryo teleradiokompaniyasi ijodkorlari va mahalliy matbuotchilar ishtirokida navbatdagi press-tur tashkil etildi.
Jurnalistlar Gʻuzor tumanidagi 45-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab hududidagi bo‘sh yer maydonida tashkil etilgan futbol maydonchasini yoshlar ixtiyoriga topshirilishi, maktabning iqtidorli o‘quvchilarini yutuqlari, 71-maktab o‘quvchilari uchun yangidan qurilgan "Universal sport maydonchasi"ni ochilishi, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini foydalanishga topshirish jarayonlari bilan tanishdi.
Press-tur davomida tuman hokimi Bekzod Suyunov jurnalistlarga g‘uzorlik o‘quvchi yoshlarni yutuqlari va sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumotlar berdi.
@Qashqadaryo_vxtb
G‘uzor tumanidagi 38-maktabda "Yangi yil bayram tadbiri" o'tkazildi.
@Qashqadaryo_vxtb
Boshqarma xodimlari yaqinlashib kelayotgan Yangi yil ayyomi bilan e'tirof etildi
Bugun Maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi faollar zalida yangi yil bayrami munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Boshqarma boshlig'i Ubaydulla Oripov tizim xodimlarini, yil yakunida faol bo'lgan jamoadoshlarni kirib kelayotgan yangi yil ayyomi bilan tabriklab, kelgusidagi faoliyatlariga omad va zafarlar tiladi.
Eslatib o'tamiz, bayram tadbirlari ta'lim muassasalarida katta o'rnatilgan tartib asosida o'tkazilmoqda.
@Qashqadaryo_vxtb
YAKUNIY YIG'ILISH
(joriy yilda amalga oshirilgan ishlar, natijalar, kamchiliklar, yutuqlar va 2024-yildagi strategik ustuvor vazifalar, ta'lim sifatini oshirishdagi odimlar...)
Bugun Qashqadaryo viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i Ubaydulla Oripov boshqarma xodimlari ishtirokida yil yakuni yuzasidan yig'ilish o'tkazdi.
Yig'ilishda ta'lim sifatiga erishishda amalga oshirilgan islohotlarni quyi tizimgacha yetib borishi, joriy yil davomida bajarilgan ishlar, natijalar, kamchiliklar, yutuqlar ham mukokama etildi.
Bundan tashqari boshqarma o'rinbosarlari, sohaviy bo'lim boshliqlari hisoboti eshitildi va galdagi vazifalar belgilab olindi.
❗️Eslatib o'tamiz, tez fursatlarda yil yakuni sarhisobi bo'yicha bajarilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot beriladi hamda tuman(shahar) Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limlarini media, OAV yil davomida qay darajadagi faolliklari rasmiy sahifalarimizda yoritiladi.
@Qashqadaryo_vxtb
Kamalakda yangi yil loyihasi
Faol maktab o'quvchilardan tarkib topgan O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Sardorlar Kengashi a'zolari tomonidan Qarshi shahridagi "Chaqar" mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlariga "Kamalak" bolalar tashkilotining yangi yil sovg'alari yetkazildi!
Vatan, do'stlik va baxtli bolalik uchun!
@Qashqadaryo_vxtb
“Prezident sovg’asi” o’z egalariga topshirildi
Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G’ulomov, prokuror Sardor Nazarov va IIB boshlig’i Musurmon Bo’riyevlar Yangi yil bayrami munosabati bilan “Prezident sovg’asi” o’z egalariga topshirishdi.
“Prezident sovg‘asi” tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bolalarga yo‘llangan Yangi yil bayrami tabrigi, 17 turdagi shirinliklar, 2 nomdagi kanselyariya mahsulotlari, smart soat, magnit taxtasi va boshqa sovg‘alar kiritilgan.
@Qashqadaryo_vxtb
Ахборот 24 | Ўқитувчилар қурилтойи
#25dec #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
⚡️500 ta maktabda yangi baholash imtihonlari o‘tkazildi. Yangi tizimning afzalliklari nimada?
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi 500 ta umumta’lim maktabida CHSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur maktab o‘quvchilarining ikkinchi chorak yakuniy bilimlari yangi baholash tizimi orqali sinaldi.
🔴 Imtihon jarayonlari mos ravishda ikki smenada hamda o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida tashkil etildi.
🔹Bunda o‘quvchilar choraklik davomida olgan bilimlarini tegishli fanlarga oid berilgan test savollariga to‘g‘ri javobni belgilash orqali sinovdan o‘tkazdi. Maktablarga test savollari kitobchalari va javoblar varag‘i to‘liq yetkazib berildi.
🔹Imtihon jarayonlari vazirlik hamda sohadagi tegishli mutaxassislar tomonidan kuzatib borildi.
❗️Ma’lumot uchun: yangi baholash tizimi ikki turga — summativ va formativ baholash tizimiga bo‘linadi.
👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1410
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Jarayon
Qashqadaryoda formativ va summativ baholash tizimi tajriba-sinovi bo'yicha fotolavhalar
@Qashqadaryo_vxtb
💥QASHQADARYO TA'LIMI TIZIMIDA IJOBIY, KENG MASSHTABDA MUHOKAMA ETILGAN POSTLAR
👉Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatidagi maktabga tashrif buyurdi👈
👉“Prezident sovg‘asi” karvoni Qashqadaryo viloyatiga yetib keldi👈
👉Qashqadaryodagi o'qituvchi va murabbiylar, voha ahli hamda ota-onalarga murojaat qildi👈
👉Kosonlik 98 yoshli o‘qituvchi “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi👈
👉Qashqadaryoda ikkinchi ustozlar milliy forumi o'tkazildi👈
👉Qashqadaryolik o'qituvchi 20 millionga yaqin maosh olayotgani ijobiy muhokama bo'ldi👈
👉Qashqadaryoda tashkil etilgan formativ va summativ baholash tizimi tajriba-sinovi jarayonlari ijobiy keng muhokama etildi👈
👉Muboraklik o'quvchilar “Xorijiy tillarni o’qitishdagi eng yaxshi maktab” tanlovi Respublika bosqichida ishtirok etib, ta’lim sayohati uchun Londonga borishdi👈
👉Qashqadaryoda o'qituvchilar qurultoyi o'zgacha kayfiyatda o'tkazildi👈
👉Qashqadaryoda ilk bora "Chet tillarini faol o'rganamiz" loyihasiga start berildi👈
Bizni boshqa TOP natijalarimiz ham bor. @Qashqadaryo_vxtb kanalini kuzatishda davom eting.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
YIL SARHISOBI — QASHQADARYO.
👉BATAFSIL👈
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#YIL_SARHISOBI
#MUROJAATLAR_BOTI
Avval xabar berilganidek, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining tashabbusi bilan murojaatchilarga qulaylik yaratish maqsadida hududiy boshqarma boshliqlarini murojaatlar botlari ishga tushirilgan edi.
❗️Shunga asosan, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'ini ijtimoiy tarmoqlardagi telegram kanalida murojaatlar boti(@QashVMMTBbot) faoliyati boshlagan.
Joriy yilni 17-avgustidan yil yakuniga qadar murojaatlar sarhisobi haqida axborot berib o'tmoqchimiz(yuqoridagi fotoda aks etgan).
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz
Oripov Ubaydulla Suxrobovich – Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat olib bormoqda.
U 1989-yilda Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida tavallud topgan.
Bunga qadar turli yillarda:
➖Qashqadaryo viloyati, Koson tumani 29-maktab o'qituvchi;
➖Qashqadaryo viloyati, Koson tumani 27-maktab direktori;
➖Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi direktori;
➖Prezident ta'lim muassasalari agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy bo'lim boshlig'i lavozimlarida faoliyat olib borgan.
❗️Qabul kuni: haftaning chorshanba kunlari 15:00 dan 18:00 gacha
👉 Boshqarma boshlig'ining murojaatlarni qabul qilish boti ishga tushirilgan bo'lib, fuqarolar ushbu manzil orqali o'z taklif va murojaatlarini yo'llashlari mumkin: @QashVMMTBbot
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
BO'LIMLAR FAOLIYATI REYTINGI E'LON QILINADI — QASHQADARYO
Avval xabar berilganidek, yil yakuni sarhisobi bo'yicha Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi tizimi tuman(shahar) bo'limlarini media, OAV, ijtimoiy tarmoq sahifalarida yil davomida qay darajadagi faolliklari rasmiy sahifalarimizda yoritiladi.
❗️HURMATLI PEDAGOGLAR, AZIZ USTOZLAR BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING!
@Qashqadaryo_vxtb
#live
🔴 Ayni daqiqalarda Xalqaro press klub platformasida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi: ustuvor yo‘nalishlar va vazifalar” mavzusidagi jonli telemarafon boshlandi.
➖Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda boshqa tegishli vazirlik va tashkilotlarning mazkur strategiyadagi o‘rni va bu borada kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlari xususida so‘z bormoqda.
📺 Muloqotning jonli efirini "O'zbekiston 24" va "UzReport" telekanallari orqali tomosha qilishingiz mumkin.
⚡️Jonli efirimizni YouTube sahifasi orqali ham tomosha qilishingiz mumkin!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Qamashi tumani 30-DMMTda yangi yil bayram tadbirlari o'tkazilmoqda.
@Qashqadaryo_vxtb
QASHQADARYODA FAXRLANSA ARZIYDIGAN O'QUVCHILAR BOR...
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o'quvchisi Anorboyev Javoxir milliy va xalqaro chet tilini bilish sertifikatlarini qo'lga kiritdi.
Ular quyidagilardan iborat:
▶️SAT (Scholastic Aptitude Test) imtihonidan - 1060 ball;
▶️IELTS imtihonidan - 6 ball;
▶️BMBning ingliz tili imtihonidan - B2.
❗️Qashqadaryo Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi ushbu o‘quvchining kelgusi o'qishlariga omad tilab, yuksak marralarni zabt etishiga tilakdoshdir.
@Qashqadaryo_vxtb
🔴 “Prezident archasi” tadbirining birinchi seans dasturi bo‘lib o‘tdi
✅ Yangi yil bayrami munosabati bilan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinadigan “Prezident archasi” tadbirining dastlabki seans dasturi bo‘lib o‘tdi.
➖ “Yangi yil ertaklari” mavzusida o‘tkazilgan bayram tadbirida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi hamda bolajonlarni Yangi yil shodiyonasi bilan tabrikladi.
👨👧👧 Poytaxtimizdagi “Tomosha” bolalar teatr studiyasida tashkil etilgan bayram dasturida Mehribonlik uylari, oilaviy bolalar uylari, “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar internat uylari tarbiyalanuvchilari, yetim bolalar va ota-ona qaromog‘idan mahrum bo‘lgan, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan oilalarning 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalari qatnashdi.
👏 Tadbir davomida bir guruh bolajonlarga “Prezident sovg‘asi” berildi.
❗️“Prezident archasi” tadbirining takroriy seanslari joriy yilning 29-30-dekabr kunlari soat 10:00 va 14:00 larda bo‘lib o‘tadi.
👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1415
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Gʻuzorda yangi yil arafasida yoshlar uchun yana bir sport maydonchasi foydalanishga topshirildi
Tumanning “Yangiobod” mahallasida joylashgan 71-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quvchi yoshlari “Besh tashabbus sport o‘yinlarida” yengil atletika yo'nalishida Respublika bosqichida 1-o‘rinni egallab, Yoshlar agentligining imtiyozlariga ega bo‘lishgandi.
Yangi yil bayrami arafasida o‘quvchi yoshlar uchun Yoshlar va sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan umumiy qiymati 314 mln. so‘mlik" Universal sport maydonchasi" qurilib, foydalanishga topshirildi.
@Qashqadaryo_vxtb
BAYRAM SHUKUHI
G‘uzor tumanidagi 19-davlat maktabgacha talim tashkilotining tarbiyalanuvchilari ishtirokida "Yangi yilni kutamiz" deb nomlangan bayram dasturi о‘tkazildi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Президент совғаси жажжи қалб эгаларини беҳад қувонтирмоқда
Қашқадарё бўйлаб вилоят ҳокими ва сектор раҳбарлари иштирокида минг нафарда ортиқ болажонга “Президент совғаси” топширилиши белгиланган. Шунингдек, Муротжон Азимов топшириғи билан ҳокимликлар, ташкилотлар ва саховатпеша тадбиркорлар томонидан байрам муносабати билан 15 минг нафардан зиёд болажонларга Янги йил совғалари, 5 мингдан ортиқ кам таъминланган оила аъзоларига озиқ-овқат маҳсулотлари етказилади.
#Formativ_Summativ_Baholash
Qashqadaryoda tashkil etilgan formativ va summativ baholash tizimi tajriba-sinovi jarayonidan lavha
(+video)
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
"Zamin" fondi, MMTV, "O‘zsuvta’minot" AJ tomonidan YUNISEF ko‘magida amalga oshirilayotgan "Umumta’lim maktablarida suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena" qo‘shma loyihasi doirasida 2021-yildan boshlab Buxoro viloyatidagi markazlashgan suv ta’minotiga ulanmagan maktablarda suv ta’minoti tizimlari barpo qilinmoqda.
O‘tgan davrda loyihada ishtirok etayotgan maktablar joylashgan mahallalardagi 100 ming nafardan ziyod aholi xavfsiz ichimlik suvidan bahramand bo‘ldi.
Maktablarda YUNISEF bilan birgalikda sanitariya va gigiyenaga bag‘ishlangan turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ularning maqsadi Markaziy Osiyodagi eng qimmatbaho ne’matlardan biri — Suvga hurmat munosabatini tarbiyalashdan iborat.
Suvni tejash — tabiat va ekologiyaga g‘amxo‘rlik qilish demakdir. Bu kelajakka e’tibor hamdir.
Ushbu lavhani tomosha qiling. Nima deb o‘ylaysiz, siz suvni tejash uchun nima qila olasiz?
—
В рамках совместного проекта Фонда Zamin, МДШО, АО «Узсувтаъминот» при поддержке ЮНИСЕФ «Водоснабжение, санитария и гигиена в общеобразовательных школах» в Бухарской области с 2021 года создаются системы водоснабжения в школах, в которых прежде не было доступа к централизованному водоснабжению.
За это время доступ к чистой безопасной питьевой воде предоставлен для более чем 100 тыс. жителей населенных пунктов, где расположены проектные школы.
В школах проводятся различные мероприятия по санитарии и гигиене совместно с ЮНИСЕФ. Их главная цель — воспитание уважительного отношения к одному из самых драгоценных ресурсов Центральной Азии — Воде.
Бережное отношение к воде — это забота о природе и экологии. Это забота о будущем.
Посмотрите этот ролик. Как вы думаете, что можете сделать вы для экономии воды?
Zamin | Facebook | Instagram
#Formativ_Summativ_Baholash
Qashqadaryoda formativ va summativ baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etilgan edi.
2023-2024-oʻquv yilida Respublika miqyosida 500 ta umumtaʼlim maktabida oʻquvchilar bilimini formativ va summativ baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etilganidan xabaringiz bor.
Bugun mazkur tajriba-sinov maktablarining 5-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida 2023-2024-oʻquv yilining II chorak yakuni boʻyicha choraklik summativ baholash (CHSB) jarayonlari bo'lib o'tdi. Unda oʻquvchilar ona tili, matematika, biologiya, ingliz tili, fizika, tarix fanlaridan CHSB sinovlarini topshirishmoqda.
❗️Sinov materiallari o'zbek va rus tillarida chop etilgan.
❗️Eslatib o'tamiz, Qashqadaryoda 15 ta tuman va shaharlarda (33 ta maktabda) formativ va summativ baholash tizimi bo'yicha 2-choraklik summativ baholash sinovlari (CHSB) bo'lib o'tmoqda.
————
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb