Yong'in xavfsizligi qoidalari va yong'in vaqtida tezkor harakat...
Qarshi shahar 23 -maktabda "Yong'in xavfsizligi oyligi" doirasida maktab pedagog xodimlari va óquvchilar uchun "Yong'in xavfsizligi qoidalari va yong'in vaqtida tezkor harakat" mavzusida o'quv-amaliy mashg'ulotlari o'tkazildi.
Unda mutaxassislar tomonidan xodimlar va óquvchilar uchun zarur maslahat va ko'rsatmalar berildi.
Amaliy mashg'ulotlarda óquvchilarning bevosita ishtirokchiga aylanganligi ular uchun bir olam taassurotlarga boy bóldi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#xayriya_konsert
#tashabbus
Mehr-muruvvat, saxovat va birodarlik insonning ziynatidir. Xalqimizda muhtojlarga, boquvchisini yoʼqotganlarga, jismoniy zaiflikka ega boʼlganlarga mehr ulashish, ularga koʼmak berish va eʼtibor qaratish kabi oliyjanob fazilatlar bolalikdan tarbiyalanadi, bora-bora shakllantiriladi.
Avval xabar berganimizdek, Qarshi shahridagi Prezident maktabi o'qituvchilar hamda o'quvchilar jamoasi tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatida yangidan qad rostlagan Qo'g'irchoq teatrida "Xayr-u saxovat-insoniylik ziynati"nomli xayriya-konserti bo'lib o'tdi.O'quvchilarimiz ijrosidagi kuy-qo'shiqlar,sahna ko'rinishlari bilan boyitilgan dastur ushbu xayriya-konsertga tashrif buyurgan barcha tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
📈 Xayriya-konsertidan tushgan barcha pul-mablag'lar Qarshi shahridagi bolalar Muruvvat uyiga yo'naltiriladi.
#Natija
Nishon tumani 34-maktab.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
«ЙИЛ ТАНЛОВИ – 2023»
«2023 йилнинг энг намунали ҳудуди»
➡️ Қашқадарё вилояти ҳокими М.Азимовга овоз беринг!
(Танлов ҳақида батафсил)
ОВОЗ БЕРИШ👇👇👇
➡️ ОВОЗ БЕРИНГ ВА ФИКР БИЛДИРИНГ ⬅️
Ижтимоий соҳа объектларида қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати бўйича йиғилиш ўтказилди
Унда туман ҳокими ўринбосари Бекмурод Ҳайдаров иштирок этиб, ижтимоий соҳаларда қиш мавсумини беталофат ўтказиш бўйича олиб борилган ўрганиш ишларига тўхталди.
Туну кун ўрганиш ишларида айрим мактабларда камчиликларга йўл қўйган мутассадилар жиддий огоҳлантирилди ҳамда барча ижтимоий соҳа раҳбарларига зарур кўрсатмалар берилди.
Qamashi24.uz |Facebook | Telegram
Саида Мирзиёева, Ўзбекистон Республикаси Президенти ёрдамчиси:
«Биз миллатимиз оталари Беҳбудий, Мунаввар қори, Фитрат, Авлоний, Чўлпон, Ибрат бошлаб берган йўлдан бормоқдамиз. Уларнинг орзу-умидларини байроқ сингари баланд тутган эканмиз, жамиятимизда илмга интилиш, эркинлик, адолат ва равнақ каби қадриятлар янада чуқур қарор топмоқда».
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Вилоят ҳокими эринмай ёш ўқувчилар берган откриткаларни ўқиб кўрди. Иккинчи откриткани ўқиётган жараёнда эмоцияни кўришингиз мумкин. Менимча, раҳбар ёшлик даврини эслади.
Читать полностью…YANGILANAYOTGAN CHIROQCHIDA ZAMONAVIY MAKTAB BINOSI OCHILDI
Bugun Chiroqchi tumanini "Qizilchovra" mahallasida 180 o‘rinli 42-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining zamonaviy barcha qulayliklarga ega yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Yangi maktab binosining tantanali ochilish marosimida Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov, Chiroqchi tuman hokimi Fayzullo Yusupov, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Farhod Jumanovlar va o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari, mahalliy aholi vakillari ishtirok etdi.
Zamon talablari asosida mukammal ta’mirdan chiqqan umumta’lim maktabida o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishlari uchun barcha qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Maktab yangicha qiyofaga keltirilib, fasad qismidan tortib, ichki, kommunal va issiqlik tizimlarigacha batamom zamonaviy ta’mirlash ishlari olib borildi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Муротжон Азимов Чироқчидаги мактабларда бўлди
Ўрганишлар давомида вилоят ҳокими мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлигини ҳам кўздан кечирди. Ўқитувчи ва ўқувчилар билан мулоқот қилди.
Yangi tahrirdagi mehnat kodeksi o‘zgarishlariga oid seminar o'tkazildi
Bugun viloyat hokimligida yangi tahrirdagi mehnat kodeksidagi o‘zgarishlar va unga kiritilgan yangi normalar mazmun mohiyatini tushuntirish hamda mas'ullarning sohaga oid bilim va kasbiy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Qashqadaryo viloyati filiali, viloyat Sudi va Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda malaka oshirish seminari tashkil etildi.
Seminarda viloyat hokimi Murotjon Azimov, tuman (shahar) hokimliklari, prokuratura, sud, adliya va boshqa bir qator viloyat boshqarmalari rahbariyati hamda ularning kadrlar va yuridik bo‘limi boshliqlari ishtirok etdi.
Kun tartibiga muvofiq, ishtirokchi xodimlarga ishga qabul jarayonida tayyorlanadigan meʼyoriy hujjatlar, mehnat intizomi va intizomiy jazolar qo‘llash tartibi, davlat organlari va tashkilotlarda inson resurslarini boshqarish to'g'risida hamda kadrlar bilan ishlash tizimini samarali tashkil qilish maqsadida ishga tushirilgan hrm.argos.uz elektron platformasidan foydalanish tartibi haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, savol-javoblarga boy bo'lgan seminarda qatnashchilar o'zlarining bilim va ko'nikmalarini yanada oshirishdi.
Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|Twitter
Chiroqchida 1 ta bog'cha, 2 ta maktabni qo'shimcha binosi qurib topshirildi.
Ochilish marosimida Qashqadaryo viloyat hokimi M. Azimov hamda soha vakillari ishtirok etishdi.
@Qashqadaryo_vxtb
QISH MAVSUMINI BETALOFAT O'TKAZISH MAQSADIDA SHTAB TASHKIL ETILDI
Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi qish mavsumida umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olish hamda yuzaga kelgan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha boshqarmaning shtabi ☎️ 75-221-31-34 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkinligini ma’lum qiladi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani MMTB ga qarshi 82-umumiy o‘rta ta'lim maktabida 11-dekabr kuni ''Xalqaro Inson huquqlari kuni'' munosabati bilan 8-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Inson huquqlariga oid umummilliy dars mashg‘ulotlari tashkil etildi. Dars mashg‘uloti davomida maktabning davlat va huquq asoslari fani o‘qituvchisi S.Ashurova va MMIBDO‘ S.Beknazarovlar tomonidan 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini 75 yilligi" munosabati bilan qiziqarli ma'lumotlar berildi.
🔻Kanalga ulanish
@QashqadaryoTarbiyavaManaviyat
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi "Kamalak" bolalar tashkilotining IX Rayosat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi!
Yig‘ilish davomida sardorlar Kengashi tomonidan boshqarmalar va idoralar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas'ullarning ham yangi o‘quv yilida o‘tkazilishi rejalashtirilgan hamkorlikdagi loyihalar rejasi birgalikda kelishib olindi.
/channel/qashqadaryo_vxtb
Chiroqchi tumanidagi “Tarona” madaniyat markazida oʻquvchi yoshlar ishtirokida “Muvaffaqiyat sari yoʻl ” mavzusida uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi F.Jumanov, umumiy oʻrta taʼlim maktablarining oʻquvchilari hamda soha mas'ullari ishtirok etdi.
Albatta, kimdir muvaffaqiyatni katta boylik orttirganida, yana kimdir odamlar orasidagi mashhurligida, yana kimdir mansab pillapoyalarida tez yuqorilaganida koʻradi, – deydi Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Meyliboy Joʻrayev.
Uchrashuvda oʻquvchi-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi.
Uchrashuv soʻngida faol ishtirok etgan oʻquvchilarga kitoblar taqdim qilindi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati oʻzi tahsil olgan maktabga esdalik sovgʻalarini topshirdi.
@Qashqadaryo_vxtb
Ўзбекистонда тегишли маълумоти ва касб тайёргарлиги бўлмаганларга педагог сифатида ишлаши тақиқланмоқда
“Олий таълим муассасаларига педагог ходимларни танлов асосида ишга қабул қилиш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида” Вазирлар Маҳкамаси қарори лойиҳаси ишлаб чиқилиб, жамоатчилик муҳокамаси учун эълон қилинди.
❗️Қарор лойиҳасида педагог ходимлар тоифаси, лавозимлари танлов бўйича эгалланадиган педагог ходимлар ва танлов қатнашчиларига қўйиладиган малака талаблари, танлов асосида ишга қабул қилиш тартиби, шартлари ва муддати, меҳнат шартномаси (контракт)ни тузиш, ўзгартириш ва тўхтатиш тартиби ҳамда “vacancy.edu.uz” платформаси орқали аризалар топшириш схемалари тасдиқланмоқда.
❗️Низомга кўра, қуйидаги шахсларга педагог сифатида фаолият олиб бориш тақиқланади:
➖тегишли маълумоти ва касб тайёргарлиги бўлмаган;
➖суднинг қарорига асосан муайян ҳуқуқдан маҳрум қилинган;
➖суд томонидан муомалага лаёқатсиз ёки муомала лаёқати чекланган деб эътироф этилган;
➖психиатрия ёки наркология муассасаларида ҳисобда турган;
➖педагоглик фаолиятини амалга оширишга тўсқинлик қиладиган касалликка чалинган.
Эслатиб ўтамиз, ушбу тартиб олий таълим муассасаларидаги педагог ходимларга тегишли бўлиб, умумий ўрта таълим муассасалари учун бошқачроқ тартиб жорий қилинган. Ушбу тартибга кўра 2023-2024 ўқув йилидан бошлаб илк бор мактабга ишга қабул қилинган номзодлар 1 йил ўқитувчи-стажёр бўлиб ишлайди ва йил якуни билан касбий сертификат олиши лозим.
———
|Рустамов_БЛОГ
#Natija
Qarshi shahar 25-maktab.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Таълим_ислоҳоти
#Direktorlar_kengashi
Hilola Umarova: “Ta’lim tizimini bir kunda isloh qilib bo'lmaydi, ammo bir jamoa bo’lib harakat qilsak, maqsadlarimizga albatta erishamiz”
🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Direktorlar kengashi” a’zolari uchun “Zamonaviy ta’lim – direktorlar nigohida” mavzusida seminar-treninglar bo’lib o’tmoqda.
Tadbirda vazir Hilola Umarova ishtirok etib, ushbu islohotning ahamiyati haqida so’z yuritdi:
➖ Tizimda amalga oshirilayotgan ko’plab islohotlar bugun ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda. Yangi loyihalarni joriy etmoqdamiz, yangi marralar tomon intilmoqdamiz.
Bu yo’ldagi tashabbuslarimizdan biri – endi maktab direktorlarini tayyorlash va ularni lavozimiga tayinlashda shaffof tizim joriy etiladi. Bu ta’lim tizimini rivojlantirish, o’z oldimizga qo’ygan maqsadlarimizga erishishda katta ahamiyatga ega.
❗️Shuningdek, har bir direktor endi doimiy ravishda o'z ustida ishlab, malaka oshirishi va maktab boshqaruviga oid yillik rejalarini taqdim etishi lozim bo'ladi.
Bugungi trening ayni shu yo’lda yana bir qadam bo’ladi, deb o’ylayman.
Tizimni bir kunda o’zgartirib bo’lmaydi. Lekin bir jamoa bo’lib harakat qilsak, albatta rejalarimizni ro’yobga chiqara olamiz.
👉 Seminar-treninglar va “Direktorlar kengashi” haqida batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1398
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Seminar_trening
#Kasbiy_rivojlanish
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan maktab direktorlari va o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish bo'yicha xorijiy ekspertlar ishtirokidagi o‘quv seminarlari davom etmoqda.
🔴 Ayni damda "Maktab chempionlari" loyihasi doirasida tashkil etilgan treninglarning ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda.
Unda xususan maktabda dars jarayonlaridan ajralmagan holda o'z ustida ishlash, til va kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirish haqida so'z bordi.
_______________
➖ Tom Kiddl, Buyuk Britaniya, Norwich instituti direktori:
— O'zbekistonda 7-marta bo'lishim. Har safar kelganimda bu yerdagi o'qituvchilarda ko'zga tashlanadigan ishtiyoq va motivatsiyadan hayratga tushaman. Ular bilan ishlash haqiqatda qiziq.
Biz bu safargi treninglar davomida ustozlarda dars jarayonlarini interaktiv tashkil etish, o'quvchilar bilan ishlash hamda zamonaviy ko'nikmalardan foydalanish kabi mavzularda so'z yuritdik. Umid qilamanki, ushbu mashg'ulotlar ustozlarning kelgusi faoliyatiga ham yordam beradi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Қашқадарё вилояти ҳокими Муротжон Азимов Чироқчи тумани, Қизилчовра маҳалласида янги қурилиб, фойдаланишга топширилган 42-мактабнинг очилиш маросимида иштирок этди.
Шунингдек, вилоят ҳокими қизилчовраликлар билан мулоқот қилди.
O‘zbek imo-ishora tili bo‘yicha muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-407-son qarori ijrosi yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan O‘zbek imo-ishora tiliga asoslangan daktil alifbosini ishlab chiqish, shuningdek xalqaro imo-ishora tilini o‘rgatish hamda imo-ishora tilini va Brayl alifbosini bilish darajasini sertifikatlash tizimini joriy qilish masalalari muhokama qilindi.
➖ Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Karlar va Ko‘zi ojizlar jamiyati rahbarlari, Innovatsion rivojlanish agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Nizomiy nomidagi TDPU hamda Chirchiq davlat pedagogika universitetlaridan malakali mutaxassislar ishtirok etishdi.
⚡️Yakunda ishtirokchilar tomonidan bildirilgan takliflar yuzasidan qo‘shma qaror imzolanishiga kelishib olindi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Бугун вилоят ҳокими Чироқчида бир қатор ижтимоий объектларни очилиш маросимида иштирок этди.
Читать полностью…Buronjo‘zlik bolalar endi yangi bog‘chada tarbiya oladi
Chiroqchi tumanining "Buronjo‘z" mahallasida joylashgan 16-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasining zamonaviy usulda qurilgan binosi foydalanishga topshirildi.
Qashqadaryo viloyat hokimi Murodjon Azimov tadbirda so‘z olib, keyingi yillarda mamlakatimizda kelajagimiz egalari bo‘lgan bolajonlarni har taraflama barkamol qilib tarbiyalash davlatimiz belgilab olgan siyosatning ustuvor yo‘nalishiga aylangani alohida ta’kidladi.
90 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur bog‘cha zamonaviy, shinam bu maskanning ochilishi nafaqat bolajonlarning, balki ota-onalarning ham quvonchiga sababchi bo‘ldi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Chiroqchida chiroy ochgan maktablar soni ortmoqda
Bugun Chiroqchining zamonaviy aholi yashash manzillaridan biri bo‘layotgan "Chorshanba" mahallasi Bahoriston qishlog‘ida 330 o‘rinli 32-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi. Maktabda o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Tadbirda so‘z olgan Chiroqchi tuman hokimi Fayzullo Yusupov bugun mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar maktab ta’limi va ziyolilarga berilayotgan yuksak e’tibor xususida so‘z yuritar ekan, ushbu islohotlarning amaliy natijasini Chiroqchi ta’lim sohasidagi mana shunday ijobiy ishlar misolida ham ko‘rish mumkinligini ta’kidladi.
Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari tomonidan bino tantanali ravishda ochildi va maktab direktoriga ramziy kalit topshirildi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
❗️Чироқчи тумани марказидан олис Даштқизилчовра қишлоғида янги мактаб бугун фойдаланишга топширилди.
@Qashqadaryo_vxtb
Қашқадарё вилояти ҳокими Муротжон Азимов Чироқчи тумани, Қизилчовра маҳалласида янги қурилиб, фойдаланишга топширилган 42-мактабнинг очилиш маросимида иштирок этди.
Шунингдек, вилоят ҳокими қизилчовраликлар билан мулоқот қилди.
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryo viloyat hokimligi PQ-4940 ijrosini ta'minlamoqdami? " mazmunida tarqalayotgan murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi dastlabki rasmiy munosabati:
Murojaat, soha mas'ullari nazoratiga olingan. Yakuniy jarayon bo'yicha batafsil axborot beriladi.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Ta'lim muassasalarida 10-dekabr "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi" ga bag'ishlab turkum ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda
🔰G'uzor tuman 4-maktabida 10-dekabr "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi" ga bag'ishlab maktab ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yivha direktor o'rinbosari D.Ro'ziyeva, maktab kutubxona mudirasi S.Shukurova hamda 8-11-sinf o'quvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.O'quvchilar o'z huquq va burchlari haqida fikr-mulohaza yuritdilar.
🔻Kanalga ulanish
@QashqadaryoTarbiyavaManaviyat
Лондондан қайтган ўқувчилар тақдирланди !
Маълумки, Янги Ўзбекистон ҳаётининг барча соҳалари чуқур ислоҳотлар майдонига айланиб улгурмоқда. Бу босқичда ижтимоий соҳанинг асосий қисми ҳисобланган таълим тизимидаги ўзгаришлар ҳақида тўлқинланиб сўзламасликни иложи йўқ.
Бугун, вилоят Мактабгача ва мактаб таълими бошқарма бошлиғи ўринбосари Даврон Тожиев Муборак туманидаги умумий ўрта таълим мактаб директорлари билан тарбиявий-маънавий, маърифий жараёнлар, эришилаётган ютуқ ва камчиликлар, галдаги вазифалар юзасидан суҳбатлашди.
———
Аввал хабар берилганидек, “Хорижий тилларни ўқитишдаги энг яхши мактаб” танлови Республика босқичи иштирокчилари таълим саёҳати учун Лондонга tashrif buyurgan edi. Улар орасида Муборак туманидан 5 нафар ўқувчи ва 1 нафар ўқитувчи иштирок этган. Шунга кўра, Муборак тумани ҳокими Мухтор Хайитмурадов таълим саёҳатида бўлган мубораклик ўқитувчи, ўқувчиларни натижа билан табриклади.
𝕂𝕒𝕟𝕒𝕝𝕚𝕞𝕚𝕫𝕘𝕒 𝕆𝕓𝕦𝕟𝕒 𝔹𝕠'𝕝𝕚𝕟𝕘
/channel/MUBORAK24
═════ ❁✿❁ ═════
#Madhiya_31_yilligi
10-dekabr - O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kundir.
Ushbu sana milliy davlatchiligimiz tarixida alohida ahamiyat kasb etadi.
Davlat madhiyasining matni muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov bastalagan.
Davlat madhiyasi qabul kun barchamizga muborak bo'lsin!
Madhiyamiz hamisha mag’rur jaranglasin!
_____
Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram