10-dekabr – O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!
@Qashqadaryo_vxtb
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda “Maktab isitish tizimi avvalroq ta’mirlansa bo‘lmasmidi—Koson 55 maktab” mazmunidagi tanqidiy maqola yuzasidan rasmiy munosabat:
👉Batafsil👈
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги ходимларига табрик
—
Поздравление работникам сельского хозяйства Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
ABDULLA ORIPOV O'QIGAN MAKTABDA BAYRAM TADBIRI O'TKAZILDI
👉Batafsil👈
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilariga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi rahbari Lola Saodatova "Madhiyam - sharafim, shonim!" mavzusida mahorat darsi o'tdi.
Mahorat darsida madhiyaning siyosiy, ijtimoiy ahamiyati, yurtga sadoqat, vatanparvarlik, insoniylik fazilatlari, shu bilan birga, Abdulla Oripov she'riyati haqida so'z bordi. Suhbat so'nggida Lola Saodatova o'quvchilarga Abdulla Oripovning turli she'rlaridan iqtiboslar yaratish vazifasini berdi. O'z navbatida, o'quvchilar o'zbek, turk, ingliz va rus tillarida madhiya haqida so'z yuritishdi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Muborak_amaliyoti
"Loyiha amaliyotida o'qituvchilarni mehnatiga qo'shimcha haq to'lashda muammo bo'lmaydi"-
Muborak tumani hokimi Muxtor Xayitmuradov.
@Qashqadaryo_vxtb
ERISHILAYOTGAN NATIJALAR GALDAGI VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI
Ma'lumki, Yangi O'zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylanib ulgurmoqda. Bu bosqichda ijtimoiy sohaning asosiy qismi hisoblangan ta'lim tizimidagi o'zgarishlar haqida to'lqinlanib so'zlamaslikni iloji yo'q.
Bugun, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i o'rinbosari Davron Tojiyev Muborak tumanidagi umumiy o'rta ta'lim maktab direktorlari bilan tarbiyaviy-ma'naviy, ma'rifiy jarayonlar, erishilayotgan yutuq va kamchiliklar, galdagi vazifalar yuzasidan suhbatlashdi.
———
Avval xabar berilganidek, “Xorijiy tillarni o’qitishdagi eng yaxshi maktab” tanlovi Respublika bosqichi ishtirokchilari ta’lim sayohati uchun Londonga tashrif buyurgan edi. Ular orasida Muborak tumanidan 5 nafar o'quvchi va 1 nafar o'qituvchi ishtirok etgan. Shunga ko'ra, Muborak tumani hokimi Muxtor Xayitmuradov ta'lim sayohatida bo'lgan muboraklik o'qituvchi, o'quvchilarni natija bilan tabrikladi.
@Qashqadaryo_vxtb
OAV BIZ HAQIMIZDA
✔️ YANGI DAVR - Ўқитувчилар малакаси тажриба синов тариқасида ўрганилмоқда
✔️ mtrkuzofficial - Новости 24 | Объявлены результаты международного исследования PISA 2022 по оценке грамотности школьников
✔️ UzA - Малака оширишнинг янги тизимига бағишланди
✔️ mtrkuzofficial - Webinar held with UNESCO on preschool education
✔️ mtrkuzofficial - Янгиликлар 24 | «Ҳуқуқий-маърифий билимдон» республика олимпиадаси
✔️ mtrkuzofficial - Новости 24 | Новая система по оценке квалификации педагогических кадров
✔️ HUDUD - MY5 TV - O'zbekistonning "PISA 2022" tadqiqotidagi natijalari e'lon qilindi
✔️ HUDUD - MY5 TV - O'zbekistonlik o'quvchilarning loyihasi Dubaydagi tanlovda kuchli uchlikdan joy oldi
✔️ Darakchi.uz - Ўзбекистоннинг PISA 2022 тадқиқотидаги натижалари эълон қилинди
✔️ UzA - Школьники Ташкента посетили Республиканскую детскую библиотеку на бесплатном автобусе
✔️ Oecd.org - Результаты PISA 2022: информационные бюллетени
Узбекистан
✔️ Dunyo.news - Ўзбекистоннинг PISA 2022 тадқиқотидаги натижалари эълон қилинди
✔️ Rasmiy_xabarlar - Ўзбекистоннинг PISA 2022 тадқиқотидаги натижалари эълон қилинди
✔️ Hudud Inform - Бугун қуйидаги фан ўқитувчилари учун диагностика тест жараёнлари бўлиб ўтди
✔️ ZAMON LAVHALAR - BOLALAR KUTUBXONASIGA PRESS-TUR
✔️ Ovoza News - PISA-2022: qanday ma’lumotlar ochiqlandi?
✔️ Daryo.uz - O‘zbekistonda ilk bor “Bolalar sayyohlik bazasi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi
✔️ UzA - Ўқувчилар саводхонлигини баҳолаш бўйича халқаро PISA-2022 тадқиқоти натижалари эълон қилинди
Ta'lim muassasalarida 8—dekabr O'zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi kuniga bag'ishlangan bayram tadbirlari-QASHQADARYO.
🎞(+VIDEO)
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
BIZ ZO'RAVONLIKKA QARSHIMIZ!
Qarshi shahri "Eskianhor" MFY yoshlar yetakchisi Dilnoza Fayziyeva tomonidan Qarshi shahridagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!" aksiyasi doirasida tadbir tashkil etildi.
Tadbirida yoshlar bilan "Pozitiv fikrlash", "Samarali va faol muloqotga kirishish", "To‘siqlarni yengib o‘tish", "Haqiqiy kuch zo‘ravonlikda emas, oliyjanoblikda" mavzularida muloqot o‘tkazilib, mavzu yuzasidan tushunchalar berildi.
@Qashqadaryo_vxtb
Qarshi shahar 15-umumiy o'rta ta'lim maktabida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tayyorlagan maktab MMIBDO' N. Turdiyeva 8-V sinfda namunali ochiq dars tashkil etdi.
@Qashqadaryo_vxtb
BAYRAM TABRIGI
8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
Qadrli pedagoglar va hurmatli ustozlar!
Butun yurtdoshlarimizni 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman.
Konstitutsiyamiz asosida yurtimizda milliy qonunchilik tizimi, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllandi va barcha jabhalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ma'lumki, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyatimiz yuksalib, fuqarolarimizning dunyoqarashi tobora o‘sib bormoqda. Bularning barchasi, eng avvalo, Bosh qomusimizning hayotbaxsh kuch-qudrati natijasidir. Xalqimiz hayotini yanada obod va farovon qilish, yurtimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir insonga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish – davlatimiz va jamiyatimizning bosh vazifasidir.
Konstitutsiya kuni bilan yana bir bor chin qalbdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt hamda muvaffaqiyatlar tilayman.
Hurmat ila, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i Ubaydulla ORIPOV.
Qarshi shahridagi 21-umumiy o'rta ta'lim maktabining 3-"b' sinf o'quvchisi To'lqinova Parizodaning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan ijod jarayonlarida lavha.
@Qashqadaryo_vxtb
Ўзбекистон халқига байрам табриги
—
Праздничное поздравление народу Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
"Халқимиз фаровонлигини ўйлаётган Президентимизга раҳмат" - чекка маҳалладаги аҳоли Юртбошимизга ташаккур билдирди
Нишон туманидаги "Гулистон" МФЙ "Обод хонадон", "Обод кўча", "Обод маҳалла" дастури доирасида қиёфаси янада гўзаллашди, Кўча ва боғлари обод бўлди. Бугун маҳаллада 10 га яқин объектлар кенг жамоатчилик иштирокида фойдаланишга топширилди.
Айниқса, маҳалла биноси, оилавий шифокорлик пункти, мактаб ва боғчаларни очилганидан катта-ю кичик миннатдор.
Тадбирда вилоят ҳокими Муротжон Азимов ҳам иштирок этди.
Тез орада батафсил маълумотлар тақдим этамиз.
Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|Twitter
⚡️“Bilim uchun 100 million” loyihasining onlayn bosqichi yakunlandi
Bu yilgi mavsum 10 ta turdan iborat bo‘ldi. Olimpiada qariyb 120 ming o‘zbekistonlikni qamrab oldi. Onlayn bosqichda barcha turlarda to‘liq qatnashgan, eng yuqori o‘rinni qayd etgan (ketma-ketlik asosida) 100 nafar ishtirokchi Toshkentda o‘tadigan finalda ishtirok etadi.
Final 12-dekabr kuni o‘tkaziladi. 9-dekabr kuni final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan 100 nafar ishtirokchining barchasi bilan bog‘lanib, finalning o‘tkazilish joyi va vaqti haqida to‘liq ma’lumot berildi. Finalchilar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 12-dekabr kuni “Bilim uchun 100 million” olimpiadasi finalida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchi 100 mln so‘m, qolgan 99 finalchi esa — 1 mln so‘mdan mukofot bilan taqdirlanadilar.
Barcha bilimdonlarga ishtirok uchun minnatdorchilik bildiramiz, finalchilarga esa omad yor boʻlsin!
@Qashqadaryo_vxtb
#Robo_coding_olimpiadasi
Qarshi shahridagi Prezident maktabida Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari oʻrtasida Robo-kodlash (“Robo-Coding”) olimpiadasining Qashqadaryo viloyat hududiy bosqichi oʻtkazildi.
Hududiy bosqichda har bir maktabdan quyi 5-8-sinflardan hamda yuqori 9-11-sinflardan 2 ta jamoa shakllantirildi. Ushbu olimpiadada Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ham faol ishtirok etishdi.
@Qashqadaryo_vxtb
"Fayzli kun" musiqiy dam olish dasturi 9.12.2023
Jonli efirdan yozib olingan.
#9dec #qashqadaryo_trk
📱Расмий телеграм каналимиз
👉/channel/qashqadaryo_trk
10-dekabr Oʻzbekiston respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan maktab o‘quvchilari tomonidan "Madhiyamni kuylayman" deb nomlangan tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda oʻquvchilar vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar, sheʼrlar, sahna koʻrinishlari namoyish etishdi.Shu bilan birga davlat ramzlari haqida toʻliq maʼlumot berildi. Buyuk allomalarimiz hayoti aks etgan sahna koʻrinishi yigʻilganlarga katta qiziqish uygʻotdi.
Tadbir Maktabgacha va Maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i B. Mo'minov, soha mas'ullari hamda Qarshi shahridagi maktablarni ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok edi.
———
Bayram tadbiridan so'ng, Qarshi shahridagi pedagog jamoa va ta'lim tizimidagilarga 9-dekabr Korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag'ishlangan taqdimot o'tkazildi.Taqimot jarayonida korrupsiya va uning og'ir illatlari haqida tahliliy axborotlar berildi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Xushxabar
O‘zbekiston terma jamoasi Tailand🇹🇭 davlatida o'tkazilgan 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 3 ta KUMUSH va 2 ta BRONZA medallarini qo'lga kiritdi!
❤️🔥Xabaringiz bor, joriy yilning 1-10-dekabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi o’tkazildi. Mazkur xalqaro olimpiadada dunyoning 56 davlatidan jami 308 nafar iqtidorli o'quvchilar kimyo, biologiya va fizika fanlari bo’yicha bilimlarini sinovdan o'tkazdilar. Shuni alohida qayd etish joizki, xalqaro olimpiadaning amaliy bosqichi jamoaviy tarzda o'tkazildi, unda o'quvchilarimiz eng yaxshi natija qayt etgan davlatlar qatoridan joy olishdi!
Xalqaro olimpiadada g‘oliblikni qo'lga kiritgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing:
🥈 Raximov Daler - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi - KUMUSH medal;
🥈 Mamadaliyev Javohir - Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi - KUMUSH medal;
🥈 Yuldashev Murodbek - Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 74-maktab o'quvchisi - KUMUSH medal;
🥉 Ashiraliyev Nursulton - Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi - BRONZA medal;
🥉 Erkinov Azizbek - Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi - BRONZA medal;
🔝19-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 4 ta BRONZA medali qo'lga kiritilgan edi.
TABRIKLAYMIZ!
Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang!
Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham yoshlarimizga omad tilab qolamiz!
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
9 dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
Ta'lim tizimi rivojlanishi hamda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashda birlashmog‘imiz lozim!
Ma'lumki, korrupsiya – bu har bir jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishini izdan chiqaruvchi eng xavfli jinoyatdir.
Hech qaysi mamlakat, biron-bir hudud yoki jamiyat yo‘qki u korrupsiyaga qarshi immunitetga ega bo‘lsa!
Qashqadaryo viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratni amalga oshirish bo‘yicha bosh mutaxassisi S.XUDAYAROV.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Konstitutsiya – islohotlar va imkoniyatlar asosi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun va uning 31 yilligi munosabati bilan Mirishkor tumani 1-sonli maktabida “Konstitutsiya – islohotlar va imkoniyatlar asosi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, Davlat madhiyasi yangrab, tadbirni tuman prokurori o‘rinbosari Botir Mo‘minov konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, iqtisodiyot, inson huquqlari, odil sudlov, so‘z va eʼtiqod erkinligi, ijtimoiy himoya sohalaridagi islohotlar va yangilangan Konstitutsiya O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi uchun mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qilishi to‘g‘risidagi maʼruzasi bilan ochib berdi.
Shundan so‘ng, maktab o‘quvchilari tomonidan huquqiy viktorinalar, Konstitutsiyaga oid sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Telegram | Facebook mirishkortumanhokimligi634">| Youtube
Instagram | X | Web-site
8 декабрь - Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинган кун!
👍 Nasafnews расмий саҳифаси
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabining oliy toifali boshlang’ich sinf o’qituvchisi Xusnora To’raqulova tashabusi bilan 2-E sinf o’quvchilari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
@Qashqadaryo_vxtb
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati boshqarmasida "Konstitutsiya-xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi" shiori ostida madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda Qarshi shahar 34-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari faol qatnashdilar hamda diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
@Qashqadaryo_vxtb
Bugun 19-sonli DMTT da O'zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya 31 yoshda" deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirdan fotolavhalar.
@Qashqadaryo_vxtb
Shahrisabz shahar 9- sonli maktabda Oʻzbekiston respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirdan lavhalar.
@Qashqadaryo_vxtb
O'zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi kuni munosabati bilan bayram tadbirlaridan lavha.
Jarayon: Qarshi shahar 46-DMTT.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
⭕️LIVE
Qarshi shahridagi 23-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida 8 — dekabr O'zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi kuni munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazilmoqda.
❗️Bayram tadbirida boshqarma, bo'lim mas'ul xodimlari, bloger, OAV vakillari ishtirok etmoqda.
@Qashqadaryo_vxtb