⚡️ "Munozara" intellektual turnirining Qashqadaryo viloyati bosqichi bo'lib o'tdi!
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi hamda Qashqadaryo viloyati MMTB tomonidan bolalarda notiqlik qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning tahliliy-tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida Qarshi shahridagi Yoshlar markazida turnirning viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.
Final bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan "Kelajak bunyodkorlari" jamoasiga Respublika bosqichida ishtirok etish yo'llanmasi taqdim etildi.
@QashqadaryoSardorlari
❗️Жазо муқаррар!
Қарши тумани 12-сонли умумий ўрта таълим мактаби бўйича алоҳида пост қўймоқчиман.
Маълумки, сўнги пайтларда Қашқадарё вилоятида ҳар бир соҳада очиқлик сиёсати қўлланилиб келмоқда. Яъни, бирон бир тизим юзасидан маълумот олмоқчи бўлаётган журналист ёки блогер тўсиқларга дуч келаётгани йўқ.
Бу каби ислоҳотлар негизида соҳалар бўйича матбуот хизматлари ташкил этилди. Эндиликда сиз бирон корхона ёки ташкилот ёки давлат органи фаолияти ҳақида қизиқаётган бўлсангиз, марҳамат ўша ташкилотларнинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига ташриф буюринг, матбуот хизмати вакиллари истаганингизча янгилик ва хабарларни тақдим этиб боришмоқда.
Бироқ таълим тизимида қилинаётган ижобий ишларни кўролмасдан. "Тирноқ остидан кир қидираётган" ғаламислар ҳам йўқ эмас. Албатта, бу ҳолат таълим тизимига ўзининг салбий таъсирини кўрсатмай қолмайди.
Қарши туманида ҳам маъмурий ислоҳотлар доирасида бир қатор амалий ишлар қилинмоқда. Янги туман ҳокими тайинланди. Ижтимоий комплекс доирасида бир қатор янги атмосфера пайдо бўлди.
Шунингдек, Қарши туман мактабгача ва мактаб таълими бўлимига қарашли 12-сонли мактаб “Бунёдкор” МФЙда жойлашган. Мактаб биноси 1968 йилда қурилган, қуввати 844 ўқувчи ўринли. Ҳозирги кунда мактабда 1372 нафар ўқувчилар таҳсил олмоқда. Мактабнинг навбатлилик коэффциенти 1.6 ни ташкил этади.
Мактаб биноси 2022-йилда Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 22 январдаги “2022-2024 йилларда Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий ва ишлаб чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида” ПҚ-98-сон Қарорга асосан мукаммал таъмирланган.
Мактабда таъмирлаш ишларини вилоят ҳокимлиги “Ягона буюртмачи хизмати” инжиринг компанияси буюртмачилигида ХХТК "Хўжалик ҳисобидаги таъмирлаш корхонаси" томонидан олиб борилган.
Объектнинг шартнома қиймати 6 млрд 6 млн. сўмни ташкил этади. Мактабда таъмирлаш ишлари якунланиб, фойдаланишга топширилган.
Мактабга 2022 йилда 10 очколи янги ҳожатхона қурилган. Мактабнинг 1968 йилда қурилган эски ҳожатхонаси бузилиб, 12 очколи янги ҳожатхона қурилмоқда.
Савол туғилади: Нега сифатли таълим бериш ўрнига муассасадаги жараёнлар танқидий ОАВларга йўналтирилмоқда? Ёки манфаатлар тўқнашуви борми?
—Яқинда тизимли ўрганиш ишлари амалга оширилади. Ўз лавозим мажбуриятини бажармай, мактаб таълимини танқидий(етарли асосларсиз) ОАВ ёритаётган шахсларга таъсир чоралари қўлланилишига аминман. Қонун бор, жазо муқаррар!
———
|Рустамов_БЛОГ
|RASMIY MUNOSABAT
MAKTABLAR MODDIY TEXNIK BAZASI YANGILANADI...
Ijtimoiy tarmoqlarda "Maktab ta'miri va jihozlanishi o'lda jo'lda qoldi-QARSHI TUMANI 12-MAKTAB" mazmunidagi murojaat yuzasidan rasmiy munosabat:
Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan o'rganildi.
👉Batafsil👈
ESLATMA!
Pedagog xodimning kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish javobgarlikka sabab boʻladi...
Taʼlim muassasalari pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki taʼlim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishga toʻsqinlik qilish javobgarlikka sabab boʻladi.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
👋 😉 Hammaga salom!
Qanday qilib eko-faol bo‘lish mumkin, degan savol ko‘p-ko‘p berilmoqda. Maktabni bitirgan bo‘lsangiz yoki maktabingiz "Eco-schools" loyihasi ishtirokchisi bo‘lmasa, qanday qilib eko-harakatga qo‘shilish mumkin? Tadbirlarimizda qanday qatnashsa bo‘ladi?
Bajonidil javob beramiz: zamineducation.uz platformasida, "Eco-schools" sahifasida siz uchun kichik so‘rovnoma tayyorladik. Marhamat, kiring.
Ro‘yxatdan o‘ting va biz sizlarni barcha tadbirlarga taklif qilamiz!
So‘rovnomani shu yerda to‘ldirish mumkin.
__
👋 😉 Всем привет!
Вы часто нас спрашиваете, как стать эко-активистом? Как присоединиться к эко-движению, если вы уже окончили школу или ваша школа — не является участником проекта Eco-schools? Как посещать наши мероприятия?
С радостью отвечаем: на платформе zamineducation.uz на страничке Eco-schools мы подготовили для вас одну небольшую анкету. Заходите.
Регистрируйтесь, и мы будем вас приглашать на все совместные мероприятия!
Заполнить анкету можно здесь.
Zamin | Facebook | Instagram
YANGI TIZIMNI TAJRIBA-SINOVI O'TKAZILMOQDA
Qarshi shahrida pedagog kadrlarga malaka toifalari berishning yangi tizimini tajriba-sinovidan o'tkazish va muvofiqlashtirish bo'yicha malaka sinovlari bo'lib o'tmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi "Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-79-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etilgan ushbu sinovda Chiroqchi, Qamashi tumanlaridagi o'qituvchilar barcha fanlardan onlayn tarzda malaka (test) sinovlarini topshirishmoqda.
Pedagoglarni tajriba-sinovida qatnashishi ularning lavozimga loyiqligi masalasini ko'rib chiqishga ta'sir qilmaydi. Natijalar test topshiriqlari va tajriba-sinov jarayonlari tahlili uchun foydalaniladi.
Eslatib o'tamiz, Qashqadaryo viloyatidan 500 nafarga yaqin pedagog xodimlar ishtirok etmoqda.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Qarshi tumani 71-umumiy o'rta ta'lim maktabida 8-dekabr O'zbekiston Respublikasining Davlat Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan 9-"A" sinfning "Akatsuki" va 9-"B" sinfning "Femida" guruhlari o'rtasida Zakovat intellektual o'yini o'tkazildi.
O'yin 3:4 hisobida "Femida" guruhi g'alabasi bilan yakunlandi.
Maktabning zakovat kordinatori B.Azamatova
@Qashqadaryo_vxtb
Миллийликни акс этган ўйинчоқларни тайёрлаб, даромад кўраётган ДМТТ ходимига вилоят ҳокими Муротжон Азимов 3-декабрь Халқаро ногиронлар куни муносабати билан совға юборибди.
Совғани вилоят Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси бошлиғи Убайдулло Орипов топширган.
⚡️Viloyat hokimi M. Azimov tashabbusi bilan 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan o'z kasbi orqali daromad topayotgan DMTT xodimiga zamonaviy turdagi tikuv mashinasi sovg'a qilindi.
Boshqarma boshlig'i Ubaydulla Oripov DMTT xodimi uyiga sovg'ani yetkazdi.
🎞(+Video)
@Qashqadaryo_vxtb
Мактаб директор қайни опасини пластигига ишчи ходимни пулини ўтказиволган. Камига ходимни, жамоа ичига изза қилиб, уни ишдан ҳам бўшатган. Олинган запислар ва бор асослар вилоят облонага етказилди. Бу директоримиз иши алоҳида кўриб чиқилади.
👉/channel/Dilshod_Safarov
|RASMIY MUNOSABAT
Ota-onalar majburiyatini bajarmoqdami?
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan "Zalolatga botayotgan Qarshi shahridagi 23-maktab" mazmunidagi murojaat yuzasidan rasmiy munosabat:
Murojaatdagi vajlarni noto'g'ri talqin qilmaslik talab etiladi
👉BATAFSIL👈
ESLATMA❗️
Ma’lumki, Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normalar kiritilgan.Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish qonunan javobgarlikka sabab bo‘lishini ma’lum qilamiz.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyatida ko'rgazmali bayram tadbiri o'tkazildi
🎞(+VIDEO-2)
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Вилоят ҳокими ўринбосари Анвар Қобилов, вилоят Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси бошлиғи Убайдулло Орипов ёш ижодкорлар томонидан тайёрланган санъат асарларини сотиб олишди.
Читать полностью…#tadbirlar
🎉 Bog'chalarda ko'ngilochar bayram va tadbirlar davomiy tarzda o'tkazilmoqda
✅ Bolalar ularda faol ishtirok etmoqda.
Ko'zlangan maqsad:
✔️ bolalarning ijtimoiylashishiga yordamlashish;
✔️ ularni jamiyatning bir bo'lagi sifatida tarbiyalash;
✔️ "shaxs" ruhiyatini uyg'otish.
@Qashqadaryo_vxtb
QO'LLARIMDAN TUT, BOLAJON...
Avval xabar berilganidek,
Bayram tadbiri davomida o'quvchilar ishtirokida sahna ko'rinishlari tashkil etildi va dasturiy ta'minot, IT sohasida maxsus-maktab internati o'quvchilari bilan ijod maktabi o'quvchilari birgalikda amalga oshirilayotgan to'garak jarayonlari va ularni tayyorlagan ijod namunalari jarayoni ko'rildi.
Faol tashkilotchi bir guruh o'quvchilarga esdalik sovg'alari berildi.
@Qashqadaryo_vxtb
Президент Шавкат Мирзиёев Бирлашган Араб Амирликларига амалий ташрифнинг биринчи кунида БМТнинг Иқлим ўзгариши бўйича конференциясида нутқ сўзлади ва қатор икки томонлама учрашувлар ўтказди
—
В первый день рабочего визита в Объединенные Арабские Эмираты Президент Шавкат Мирзиёев выступил на Конференции ООН по вопросам изменения климата и провел ряд двусторонних встреч
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон ёшлар иттифоқи Қашқадарё вилоят Кенгаши раиси ўзи таҳсил олган Косон туманидаги 9-мактаб ҳудудига 100 дона манзарали, мевали кўчатларни ўқувчи ёшлар билан экишди.
Шунингдек, ушбу мактабда ва уйда таълим олаётган 20 нафар ижтимоий ҳимояга муҳтож оила фарзандларига Ёшлар иттифоқи томонидан қишки кийимбошлар берилди.
Ўқувчи ёшларга берилган кийимбошлар Қашқадарёнинг ёш тадбиркорлари томонидан ишлаб чиқарилади.
O'QUVCHI ZAMONAVIY TIKUV MASHINASI BILAN TA'MINLANDI
Avval xabar berilganidek, 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan ko'rgazmasi tashkil etilgan edi.
Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov tashabbusi bilan Qarshi shahar 17-imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasa o'quvchisi Qudratillayeva Isedoraga
zamonaviy turdagi tikuv mashinasi yetkazib berildi.
Maxsus maktab-internat o'quvchisi dizaynerlik faoliyatiga juda qiziqadi.O'z dizayni asosida zamonaviy turdagi kiyimlar tikadi.
————
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Taʼmirdan so‘ng yangi qiyofaga kirib, barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan bo‘g‘cha binosi foydalanishga topshirildi
Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G‘ulomov, prokuror Sardor Nazarov, hokim o‘rinbosari Ulash Cho‘liyev, MMTB boshlig‘i Bektosh Shodiyev va keng jamoatchilik ishtirokida “Guliston” mahallasidagi 2-sonli DMTT binosi foydalanishga topshirildi.
Taʼmirga qadar 140 o‘ringa moslashgan bino, 6,2 mlrd so‘mlik taʼmirlash ishlaridan so‘ng 180 nafar tarbiyalanuvchiga moslashtirildi. Isitish tizimlari iqlimning turli sharoitlarida turli manbalardan quvvat olib, ishlaydigan bo‘ldi. Xonalar zamonaviy jihozlanib, barcha shart-sharoitlarga ega bo‘ldi.
Tadbir keksalar duosi bilan boshlanib, hokim tabrigi, quruvchiga to‘n kiydirib, kichkintoylarning musiqiy chiqishlari bilan davom etdi.
“Bularning barchasi muhtaram Prezidentimizning xalqimizga mehri, inson qadrini ulug‘lashdek ezgu go‘yalari sabab bo‘lmoqda”, dedi tuman rahbari.
Telegram | Facebook mirishkortumanhokimligi634">| Youtube
Instagram | X | Web-site
KONSTITUTSIYA KUNIGA BAG'ISHLANGAN BAYRAM TADBIRLARI O'TKAZILMOQDA
Eng sara qonunlardan
Qomusim - oftobroʻyo
Yozilgan tilla harfdan
Bizning konstitutsiya
Bering bir ahamiyat
Jamdir davlat, jamiyat
Har modda yuksak niyat
Bizning konstitutsiya
Qarshi shahar 49-DMTT tarbiyalanuvchilarining 2023-yil 6-dekabr kuni "Bizning Konstitutsiya" nomli tadbiri o'tkazildi.
Tadbirda Qashqadaryo viloyat Faxriylar kengashi raisi zaxiradagi podpolkovnik Umirqulov Gʻayrat, Harbiy qism harbiy xizmatchilari podpolkovnik Berdiyev Elyor, Qashqadaryo viloyat jamoatchilik kengashi yetakchi mutaxassis mayor O'ktam Shaymardonovlar tashrif buyurishdi.
@Qashqadaryo_vxtb
Абдулла Орипов номидаги ижод мактабининг медиа хонасини бориб кўрдик. Бу ерда имконияти чекланган ўқувчиларга компютер саводхонлиги бўйича таълим берилади.
Эшитиш қобилиятида нуқсони бор ўқувчи, қандай қилиб видеога махсус музика танлаб қўйиши қизиқми?
Унда видеони кўринг.
3-декабр — “Халқаро ногиронлиги бўлган шахслар куни”. Мазкур сана ҳар йили юртимизда кенг кўламда нишонланиб, бу борадаги эзгу ишларимиз яна бир бор сараланади.
Айниқса, шу куни ҳаста ва беморлар, боқувчисини йўқотган, ёлғиз кишилар, меҳрга муҳтожлар ҳолидан хабар олинади.
Бугун тумандаги "Шоҳсарой" кошонасида имконияти чекланган, кўнгли ўксик тумандошларимиз учун байрам дастурхони ёзилди. Тадбирда туман ҳокими Файзулла Юсупов бошчилигида сектор раҳбарлари, нуроний отахонлар ҳам иштирок этишди. Тадбирни туман ҳокими очиб бериб, сана муносабати билан йиғилганларни табриклади.
Сўнгра, санъат усталари томонидан ижро этилган шўх куй ва қўшиқлар янгради. Байрам тадбири кўтаринки руҳда ташкил этилиб, кўнгли ўксик инсонларга юксак эҳтиром кўрсатилди.
Каналга уланиш👇👇👇
t.me/chiroqchi_tuman_mmtb
USLUBIY KO’MAK KARVONI LOYIHASI DAVOM ETMOQDA
Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi ma’sullari tomonidan Qarshi tumani va shahrining umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari uchun o’quv seminar tashkil etildi va sardorlar tizimidagi amalga oshiriladigan ishlar bo’yicha rejalar tuzib olindi.
Shuningdek ishchi guruh tumandagi maktabda bo’lib, sardorlarning faoliyati takliflari yuzasidan o'zaro suhbatlar olib borishdi hamda kerakli zaruriy uslubiy ko’mak berishdi.
@Qashqadaryo_vxtb
VILOYAT HOKIMI TASHABBUSI BILAN ZAMONAVIY TURDAGI TIKUV MASHINASI SOVG'A QILINDI
Alohida e'tibor va ehtiyojga ega bo‘lgan imkoniyati cheklangan o'qituvchilar va o'quvchilarga bir qator imkoniyatlar yaratilmoqda.
Bugun, 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov tashabbusi bilan G'uzor tumanidagi 14-DMTT xodimi Rahmonova Mo'tabarga zamonaviy turdagi tikuv mashinasi yetkazib berildi.
Eslatib o'tamiz, Rahmonova Mo'tabar milliylikni aks etgan har xil turdagi zamonaviy qo'g'irchoqlar, yumshoq o'yinchoqlar tikib, o'z mehnati orqali daromad topishga harakat qilmoqda. Uning qo'l mehnati, ijod namunlari bir nechta maktabgacha ta'lim tashkilotlariga yetkazib berilmoqda.
————
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
3-ноябрь "Халқаро ногиронлар куни" муносабати билан Кўкдала тумани Мактаб ва мактабгача таълим бўлими раҳбари бир гуруҳ ногиронлиги бўлган ўқитувчилар ҳамда боқувчисини йўқотган оилалар ҳолидан хабар олди.
@Kukdala_uz
BAYRAM TABRIGI
3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni...
Aziz pedagoglar va hurmatli ustozlar!
Ma’lumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, har yil 3-dekabr sanasi butun dunyoda Xalqaro nogironlar kuni sifatida nishonlanib kelmoqda.
———
Boshqa hududlardagidek, Qashqadaryo viloyatida ham alohida e'tibor va ehtiyojga ega bo‘lgan imkoniyati cheklangan bolalar ta'limiga e'tibor oxirgi yillarda doimo diqqat markazida turibdi. Bu borada bir qator amaliy ishlar boshlangan desam mubolag'a bo'lmaydi.
Qashqadaryodagi maktablarda inklyuziv ta'lim sinflari tashkil etilgan bo‘lib, unda alohida ta'limga ehtiyoji bor o‘quvchilar sog‘lom tengqurlari bilan birgalikda ta'lim olib kelmoqda. Ma'lumki, inklyuziv sinflarning tashkil etilishi, ilgari "nogiron" deb belgilangan bolalar uchun o‘z tengdoshlari bilan an'anaviy maktablarda ta'lim olish imkoniyatini ochib berdi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ham maxsus dasturlar yo‘lga qo‘yildi. O'quvchilarga esa zamonaviy eshitish apparatlari tarqatildi. Bu esa o‘zini ijobiy natijasini ko‘rsata boshladi. Bundan tashqari ko‘zi ojiz bolajonlar uchun brayl alifbosidagi darsliklar ta'minoti bosqichma-bosqich yetkazib berilmoqda.Yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar esa ta'lim tizimidagilar uchun ijobiy bosqichga zamin yaratadi.
———
Bugungi ayyom barchangizga muborak bo'lsin!
Hurmat ila, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i Ubaydulla ORIPOV.
3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyatida ko'rgazmali bayram tadbiri o'tkazildi
🎞(+VIDEO)
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Ҳоким ўринбосари имконияти чекланган рассом қизнинг суръатларини сотиб олиб, мурожаатини қаноатлантирди
3 декабрь – Халқаро ногиронлар куни муносабати билан Қарши шаҳридаги Абдулла Орипов номидаги ижод мактабида байрам тадбири бўлиб ўтди.
Тадбирда Қашқадарё вилоят ҳокими ўринбосари Анвар Қобилов, вилоят мактабгача ва мактаб таълими бошқарма бошлиғи Убайдулла Орипов ҳамда жамоатчилик вакиллари иштирок этди.
Ёш ижодкорлар томонидан тайёрланган ижодий асарлар Анвар Қобилов ва Убайдулло Орипов томонидан сотиб олинди. Шунингдек, ҳоким ўринбосари ёш ижодкорнинг мурожаатини шу жойни ўзида ҳал этиб, унга тикув машинаси бериладиган бўлди.
👍 Nasafnews расмий саҳифаси
"Ulug‘bek School"da "Yosh tadbirkor-Young Entrepreneur" xayriya yarmarkasi
Maktabimizda yuqori sinf o‘quvchilari tomonidan o‘tkazilgan ochiq savdo kuni bo'lib o'tdi. Yarmarkada o'quv qurollari, shuningdek, o‘quvchilar o'zlari va ota-onalari bilan birgalikda tayyorlagan shirinlik va non mahsulotlari bilan savdo-sotiq qilishdi.
Sotuvdan tushgan barcha mablag‘lar sotuvni tashkil qilgan sinf bilan muruvvat uyi va muhtoj oilalar ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar xarid qilishga sarflandi.
@Qashqadaryo_vxtb
MILLIYLIK AKS ETGAN QO'G'IRCHOQLAR...
Viloyat hokimi o'rinbosari DMTT xodimi bilan suhbat qildi.
—Iqtidor egasi har sohada iste’dodlidir.Bir nechta jonkuyar ijodkorlarni ko‘rganimda shu gap yodimga keladi. Sizni ijodingizni qo'llab-quvvatlaymiz, zaruriy tikuv mashinalari bilan ta'minlab beramiz. Milliylikni aks etgan qo'g'irchoqlar tayyorlashda doim faol bo'ling,
- dedi Qashqadaryo viloyat hokimi o'rinbosari Anvar QOBILOV.
@Qashqadaryo_vxtb