"Agrobank ATB" Dehqonobod filiali boshqaruvchisi Bekzod Mengliev o'zi tahsil olgan tumandagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi bogʻini "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko'kalamzorlashtirish uchun mevali va manzarali daraxt ko'chatlarini sovg'a qilib, ko'chatlarni ekish jarayonida faol ishtirok etdi.
Читать полностью…Ҳокимнинг қабулига иш сўраб келган олий маълумотли фуқаронинг мурожаати шу куннинг ўзида қаноатлантирилди
Бугун Қашқадарё вилояти ҳокими Муротжон Азимов навбатдаги оммавий сайёр қабул ўтказди. Туман, шаҳарлардан келган фуқаролар сектор раҳбарларига муаммо ва таклифларини маълум қилди.
Қабулга иш сўраб келган олий маълумотга эга фуқаронинг мурожаати шу куннинг ўзида қаноатлантирилиб, Қашқадарё вилояти Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси бошлиғи Убайдулло Орипов томонидан фуқаро иш билан таъминланди. Шунингдек, вилоят раҳбари фуқаронинг турмуш ўртоғини ҳам иш билан таъминлашларини айтди.
👍 Nasafnews расмий саҳифаси
#seminar_trening
Dehqonobod tumanidagi umumtaʼlim maktablarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari uchun umumtaʼlim maktablarida oʻquvchi-yoshlar, “Yoshlar ittifoqi” va “Kamalak” sardorlari bilan tizimli ishlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkilotlari faoliyatini namunali tashkil etishga qaratilgan oʻquv-seminar bo‘lib o‘tdi.
@Qashqadaryo_vxtb
O’quvchilar o’rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” musobaqasining final bosqichi bo’lib o’tdi
✅ Joriy yilning 22-24-noyabr kunlari Toshkent shahrida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov yakuniy natijalariga ko‘ra:
🥇Navoiy viloyati Navoiy shahar 2-maktabning “Asia star” jamoasi 1-o’rinni,
🥈Jizzax viloyatining Paxtakor tumani 11-maktabning “Yoshlar” jamoasi 2-o’rinni,
🥉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar 31-maktabning “Boshqacha” jamoalari 3-o’rinni egallashdi.
➖ G’oliblar hamkor tashkilotlar tomonidan:
1-o’rin uchun - 50 mln so’m,
2-o’rin uchun - 30 mln so’m,
3-o’rin uchun - 20 mln so’m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
✔️Eslatib o’tamiz, mazkur tanlov “Besh tashabbus olimpiadasi” ning 2023-yil mavsumi doirasida tashkil etildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
“Ustozlar bog‘i” – taʼlim fidoyilari uchun yangi bog‘ tashkil etildi
Mirishkor tumanidagi mavjud maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 10 mingdan ziyod mevali va manzarali daraxtlar ekilib, yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Tumanda bugunga qadar “Onalar bog‘i”, “Yoshlar bog‘i”, “Liderlar bog‘i” va boshqa soha vakillari uchun qator bog‘lar tashkil etilgan.
Bugun “Guliston” mahallasidagi 3-sonli maktab oldida taʼlim sohasidagi fidoyilari uchun “Ustozlar bog‘i” tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi Fazyullo G‘ulomov, viloyat hokimi o‘rinbosari Ulug‘bek Uzakov, MMTB boshlig‘i Bektosh Shodiyev, mahalla beshligi va taʼlim sohasi vakillari ishtirok etishdi.
Hashar ishtirokchilari mazkur bog‘da 500 dan ortiq turli xil mevali va manzarali ko‘chatlar ekib, yashil hududlarni kengaytirishga hissa qo‘shishdi.
Telegram | Facebook mirishkortumanhokimligi634">| Youtube
Instagram | X | Web-site
Новости 24 | Победители конкурса «Лучшая школа по обучению иностранным языкам»
#21nov #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#Таълим_саёҳати
🔴 Xabar berganimizdek, hozirgi vaqtda bir guruh o’quvchilarimiz ta’lim sayohati uchun Londonda bo’lib turishibdi.
✔️ Loyiha ishtirokchilari dastur doirasida “Ardmor” maktabida bo’lishdi.
❕Mashg’ulotlar davomida o’quvchilar xorijiy tillarni o’zlashtirishning yangi metodikalari bilan tanishishdi va til ko’nikmalarini rivojlantirish ustida ishlashdi.
⚡️Shuningdek, maktabda tashkil etilgan darslar doirasida o’quvchilar o’z loyihalarini ishlab chiqish ustida ish olib borishdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Ҳайъат_мажлиси
“O‘zbekiston-2030” strategiyasida vazirlik oldiga qo‘yilgan muhim vazifalar ijrosi hamda sohaga doir boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining navbatdagi kengaytirilgan Hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda vazir Hilola Umarova, vazir o‘rinbosarlari, vazirlik tizimidagi Maktabgacha ta’lim, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentliklari rahbarlari, vazirlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va tizim tashkilotlari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
❗️Qayd etilganidek, “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan vazifalar hamda maqsadli ko‘rsatkichlarga to‘liq erishishishni ta’minlash uchun vazirlikning 2023-yil 15-sentabrdagi tegishli buyrug‘i asosida amaliy dasturlar rejasi tasdiqlangan.
➰Mazkur topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida vazir o‘rinbosarlari, vazirlik xodimlari, hududiy boshqarmalar hamda tizim tashkilotlari rahbarlariga zarur topshiriqlar berildi.
➖Tadbirda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga doir qator muhim masalalar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida olib borilayotgan ishlar tanqidiy tahlil etildi.
✔️Yig‘ilish so‘ngida vazirlik va hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari mas’ullarining hisobotlari tinglandi.
👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1354
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Jarayon
Qarshi shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabida MMIBDO' Sh.Sunnatova hamda G.Xushvaqtovalar tomonidan Joriy yilning 23-noyabr sanasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti, Amaliy san’at fakulteti, Amaliy san’at asarlarini ta’mirlash yo‘nalishining 3-bosqich talabasi Zubaydullayeva Mohjahon Asqarali qizi tomonidan muassasadagi o‘qituvchi va o‘quvchilarga o‘z ko‘rgazmasini taqdim qildi.
@Qashqadaryo_vxtb
QASHQADARYOLIK O'QUVCHILAR USTOZI BILAN BUYUK BRITANIYADAGI SAYOHATINI DAVOM ETTIRMOQDA
Avval xabar berilganidek, Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Muborak tumani 1-maktab o'quvchilari va ustozi Buyuk Britaniyaga ta’lim sayohatiga jo‘nab ketgan edi.
❗️Sayohat jarayonidan lavhalar...
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
“Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” " mavzusida insholar tanlovining viloyat bosqichi tashkil etildi
Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Qashqadaryo viloyat Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida o‘quvchilar va yoshlarda korrupsiyaga qarshi huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish, unga qarshi murosasiz munosabatda tarbiyalash maqsadida har yili an'anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida insholar tanlovining Qashqadaryo viloyat bosqichi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tashkil etildi.
@Qashqadaryo_vxtb
Қирқ йилдан ортиқ вақт давомида илк бор ЮНЕСКО Бош ассамблеясининг сессияси Париж шаҳридан ташқарида ўтказиладиган бўлди.
Франция пойтахтида ўтаётган ЮНЕСКО Бош ассамблеясининг 42-сессиясида Ўзбекистоннинг навбатдаги, 43-сессияни 2025 йилда Самарқандда ўтказиш тўғрисидаги таклифи қўллаб-қувватланди ва тегишли қарор қабул қилинди.
"Бу дипломатик муваффақият", - дея изоҳлади қабул қилинган қарорни 42-сессия раиси Симона-Мирела Микулеску.
—
Впервые за более чем 40 лет сессия Генеральной ассамблеи ЮНЕСКО пройдет за пределами Парижа.
Проходящая во французской столице 42-я сессия Генассамблеи поддержала предложение Узбекистана о проведении следующей, 43-й сессии в 2025 году в городе Самарканде и приняла соответствующее решение.
"Это дипломатический успех", - прокомментировала председатель 42-й сессии Симона-Мирела Микулеску принятое решение.
Facebook|Instagram|Twitter
#Direktorlar_Angliyada
#1_kun
✅“Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi" ishtirokchilari uchun bugun Angliyadagi Portsmut universitetida seminar-treninglar bo’lib o’tdi.
Unda:
➖ Buyuk Britaniya ta’lim tizimining o’ziga xosligi hamda
➖ samarali boshqaruv uchun direktor va o’qituvchilarning birgalikda ishlashlarining samaradorligi haqida so’z bordi.
❗️Kunning ikkinchi qismida esa bola xavfsizligi hamda maktabda sog’lom va xavfsiz muhitni ta’minlash haqida seminar bo’lib o’tdi.
Unda bu borada o’qituvchilar va maktab rahbarlari bilan bir qatorda ota-ona va mahalliy jamoachilikning birgalikda harakatini muhimligi ta’kidlandi.
🎗️ Ta’kidlash joiz: ayni vaqtda kasbiy rivojlanish seminarlarida ishtirok etayotgan direktorlar o’z tajribalarini kelgusida boshqa maktab direktorlari bilan bo’lishishlari rejalashtirilgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Мактабгача ва Мактаб таълими вазирлигида қайси ҳудуд раҳбари фаол ҳаракат қилиб, ёшларнинг талаб ва истакларини амалга оширишда етакчи бўлган ва таълим тизимини тўғри йўлга қўйган
«Энг фаол ишлаган ҳудудий раҳбарни» аниқланг!
Сўровнома 20- Ноябрь 23:59гача давом этади
👉 ОВОЗ БЕРИШ
Косонлик депутат ўзи таҳсил олган мактабга манзарали ва мевали кўчатлар экди
Қашқадарёдаги корхона ва ташкилот раҳбарлари, депутатлар, блогерлар ўзи таҳсил олган мактаб ва боғчалар учун манзарали ва мевали кўчатлар олиб бориб, "яшил макон" умуммиллий лойиҳасини қўллаб қувватламоқда.
Депутатлар ҳам ўзлари таҳсил олган мактабга кўчат экиб, ўрнак бўлмоқда. Масалан, Косон туман Кенгаши депутати Назаров Баҳодир Файзуллаевич тумандаги 102-умумий ўрта таълим мактабига 100 туп мевали ҳамда 100 туп манзарали, жами 200 туп кўчатлари олиб бориб экди.
👍 Nasafnews расмий саҳифаси
"Ҳокимлар таълим жараёнига эмас, мактаблардаги шароитга жавобгар" - вазир ўринбосари билан очиқ суҳбат
Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг биринчи ўринбосари Усмон Шарифхўжаев билан навбатдаги интервюда ўқитувчилик касбининг нима учун жозибадор эмаслиги, таълимдаги ҳудудлараро нотенглик ва ҳокимларнинг мактаб ишига аралашуви ҳақида суҳбатлашдик.
📹 ВИДЕОНИ САЙТИМИЗДА КЎРИНГ
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining matematika va kimyo fani o‘qituvchilari o‘rtasida olimpiadaning Qashqadaryo viloyat hududiy bosqichi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘lib o‘tmoqda.
@Qashqadaryo_vxtb
Qarshi shahridagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarining "Direktorlar oyligi" munosabati bilan seminar bo'lib o'tdi
Unda sohaga doir amalga oshirilayotgan islohotlar bo'yicha fikr-mulohazalar bildirildi. Rejali mavzular asosida taqdimotlar qilindi. Bolajonlar ishtirokida musiqali chiqishlar. Ishtirokchilar bilan trening, psixologik qiziqarli o'yin va metodlar o'tkazildi.
Qarshi shahar 1-DMTT Direktori Zulayho Xo'jamovna Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta'lim agentligining 2023 yil 28 avgustdagi 99-sonli buyrug'iga asosan "Boshqaruv hujjatlari va ularning yuritilish tartiblari" bo'yicha taqdimot qildi.
@Qashqadaryo_vxtb
"Maktablarda ovqatlanish - umumiy rivojlanish vektori" xalqaro forumi o'tkazildi
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirning birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori Agrippina Shin boshchiligidagi delegatsiya Bishkek shahrida MDH mamlakatlarida maktablarda sog’lom ovqatlanish bo'yicha xalqaro forumda ishtirok etdi.
Forumning maqsadi maktablarda sog’lom ovqatlanish sohasidagi milliy muammolarni hal qilish, ushbu soha samaradorligini oshirish uchun zamonaviy yechim va vositalarni izlash bo'yicha tajriba va fikr almashishdan iborat.
Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2722
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Новости 24 | Победители конкурса «Лучшая школа по обучению иностранным языкам»
#21nov #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
⚡️Мубораклик ўқитувчи шогирдлари билан Буюк Британияга таълим саёҳати учун жўнаб кетди
Президент соврини учун ўтказилган “Хорижий тилларни ўқитиш бўйича энг яхши мактаб" танловида ғолибликни қўлга киритган Муборак тумани 1-мактаб ўқувчилари ва устози Буюк Британияга таълим саёҳати учун жўнаб кетди.
Муборак тумани 1-сонли мактабнинг 10-синф ўқувчиси Маҳмудов Руслан Жасур ўғли, 9-синф ўқувчиси Одилова Шахноза Баходировна, 10-синф ўқувчиси Самадова Барно Ҳалим қизи, 10-синф ўқувчиси Бобоназарова Баҳор Сурат қизи, 10-синф ўқувчиси Ҳусанова Гулфариз Aкбар қизи, ўқитувчи Муртазаева Нилуфар Исмат қизи Британиянинг таълим тизими билан танишмоқда.
👍 Nasafnews расмий саҳифаси
⁉️Loqaydlik umr zavoli
⁉️Payshanba profilaktika kuni
Farzandlar ta’lim tarbiyasi uchun barchamiz mas’ulmiz!
Bugun profilaktika kuni munosabati bilan shahar madaniyat markazi zalida maktablar, kasb hunar maktablari o‘quvchilari, ichki ishlar xodimlari, xalq ta’limi vakillari ishtirokida joriy yilning o‘n oyi davomida huquqbuzarlik holatlarini sodir etgan maktablar faoliyatiga doir tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, polkovnik Boborahim Mirzayev joriy yilning o‘n oy davomida kasb hunar maktablari va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘smirlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik holatlari yuzasidan tahliliy tanqidiy axborot berdi.
Yig‘ilishda shuningdek shahar prokurori Ravshan Xurramov ham ishtirok etib, ta’lim tarbiya ishlariga loqaydlik bilan qaragan kasb hunar va umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, maktabgacha va maktab ta’limi shahar bo‘limi mas’ullari faoliyatiga tanqidiy baho berib,ishga yangicha yondoshish, har bir o‘quvchini nazoratga olish, mahalla, maktab, oila, profilaktika inspektori, jamoatchilik bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, nosog‘lom oilalarning farzandlariga e’tiborli bo‘lish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
Yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
@Qashqadaryo_vxtb
''Kamalak yulduzlari'' Respublika bolalar ijodoyoti festivalining Qarshi shahar bosqichi bo'lib o'tdi.
Tanlovda Qarshi shahar 4-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari faol ishtirok etishdilar.
NATIJALAR QUYIDAGICHA:
"A" YO'NALISH BO'YICHA
Fazliddinova Maxfuza 11-14 yosh toifasida 1-O'RIN
"C" YO'NALISH BO'YICHA
Shodmonov Asilbek 11-14 yosh toifasida 1-O'RIN
"F" YO'NALISH BO'YICHA
Shermatova Asaloy 11-14 yosh toifasida 1-O'RIN
Qudratov Anvar 11-14 yosh toifasida 2-O'RIN
JAMOA BILAN ISHTIROK ETISHDA
"B" YO'NALISH BO’YICHA
"HUMO" "XOR" jamoasi 1-O'RIN
"D" YO'NALISH BO’YICHA
“MITTI YULDUZLAR” jamoasi 1-O'RINni
qo'lga kiritib tanlovning navbatdagi viloyat bosqichiga yo'llanma oldilar.
O’quvchilarimizga navbatdagi bosqichda OMAD tilab qolamiz!!!
Maktab ma’muriyati o’quvchilarimizga, ularning ustozlari va ota-onalariga minnatdorchilik bildiradi.
@Qashqadaryo_vxtb
#butunjahon_bola_kuni
#OAV_sharhi
📺 Kunikecha bo'lib o'tgan "Butunjahon bola kuni"ga bag'ishlagan tadbir haqida
✅ O'zbekiston 24
✅ O'zbekiston 24 (rus)
✅ MY5
✅ Yoshlar
———————————
📺 Состоялось мероприятие посвященное ко "Всемирному дню Ребенка"
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
KORRUPSIYA - BU DAHSHATLI ILLAT...
korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishdir.
Qayd etish lozimki, Qashqadaryo viloyati MMTBni barcha tuman(shahar) hududiy bo'limlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish - barchamizning burchimiz” mavzusida targ'ibot haftaligi doirasida maktab pedagog xodimlari ishtirokida yig'ilishlar o'tkazildi.
Unda, Qashqadaryo viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratni amalga oshirish bo‘yicha bosh mutaxassisi S.Xudayarov va mas'ul xodimlar korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi – mamlakat kelajagi uchun har qachongidan muhim va dolzarb ahamiyat kasb etishi yuzasidan axborot berdi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Natija
YANA BIR O'QITUVCHI MILLIY SERTIFIKATGA EGA BO'LDI
Chiroqchi tumanidagi 124-maktab tashkil etilganidan buyon bir necha yuzlab bitiruvchilari Respublikaning turli OTM lariga o’qishga kirmoqda. Ularga 36 nafar o’qituvchi ta’lim va tarbiya berib kelmoqda. Maktabda 14 nafar oliy toifali, 10 nafar birinchi toifali o’qituvchi faoliyat ko’rsatmoqda. Shuningdek, maktabda 11 nafar o’qituvchi xalqaro va milliy sertifikatga ega. Bugun ona tili va adabiyot o’qituvchisi Shodiyorova Dilfuza 87,7 ball bilan milliy sertifikatga ega bo’ldi.
@Qashqadaryo_vxtb
Йиғилиш кун тартибидаги асосий масалалардан ташқари Президент вазирлик, ҳокимлик ва идоралардаги ижро интизоми ҳолатига тўхталиб ўтди.
"Кўриб турибсизлар, Янги Ўзбекистонни барпо этиш йўлида жуда катта ислоҳотларни амалга ошираяпмиз. Ҳеч бир соҳа эътибордан четда қолаётгани йўқ.
Лекин, ислоҳотлар "қоғозда" қолиб кетмаслиги керак. Вазирлик ва тармоқ раҳбарлари, ҳокимлар жойларда уларнинг ижросини сўзсиз таъминлаши шарт", - деди давлатимиз раҳбари.
Муҳим топшириқлар ижросида сусткашликка йўл қўйилаётгани, баъзи раҳбарлар рақам ортидан қувиб, сифат, самарадорлик ва талабчанликни унутиб қўяётгани қайд этилди.
Айрим вазирлар ва ҳокимларга уларнинг тизими ва ҳудудларида ижро ҳолати қониқарли эмаслиги кўрсатиб ўтилди.
Ижро интизомини қаттиқ назорат қилиш, хорижий давлатлар билан кўп қиррали ҳамкорлик бўйича тасдиқланган “йўл хариталари”нинг бирорта банди ижросини кечиктирмасдан таъминлаш шартлиги ҳақида огоҳлантирилди.
Йиғилиш давомида мутасаддиларнинг ахбороти тингланди.
Facebook|Instagram|Twitter
G‘uzorlik o‘quvchi yoshlar viloyat fan olimpiadalari bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, muddatidan oldin talaba bo‘lishdi
2023 yil — "Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili"da o‘quvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qashqadaryoda o‘quvchi yoshlar o‘rtasida matematika, fizika, kimyo, biologiya va informatika fanlari bo‘yicha "Asosiy fan olimpiadasi"ning viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Unda G‘uzor tumanidagi 68-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan umumiy ta‘lim maktab-internatida taʼlim olayotgan o‘quvchi yoshlar ham munosib ishtirok etishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘uzorlik o‘quvchi yoshlarning 7 nafari 1-o‘rinni, 2 nafari 2-o‘rinni va 1 nafari 3-o‘rinni egallashib, diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, fan olimpiada g‘oliblari orasidan 3 nafari muddatidan oldin nufuzli oliygohga grant asosida o‘qishga qabul qilindi.
Bugun, G‘uzor tumani maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi mudiri A.Tilovov ushbu yutuqlarni 68-DIMI o‘quvchilari va ustozlari ishtirokida o‘z egalariga yetkazdi.
TA'LIM MASKANLARIDA KONSERT DASTURI O'TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining 32 yilligi munosabati bilan Shahrisabz shahar 2-son Bolalar musiqa va san'at maktabi hamda 18-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘zaro hamkorligida "Yangi O‘zbekiston yoshlari kelajak poydevori" deb nomlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda turli umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘qituvchi va o‘quvchilari tashrif buyurdilar. 2-son bolalar musiqa va san'at maktabi hamda 18-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Tadbir so‘ngida Shahrisabz shahar maktab va maktabgacha ta'lim bo‘limi Ma'naviyat va ma'rifat bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Anvar Qodirov hamda 2-son bolalar musiqa va san'at maktabi direktori Tohir Majitov so‘zga chiqib o‘z fikr va mulohazalarini aytib o‘tdilar.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda “Qamashi tumanidagi 47-maktab o'quvchisi kaltaklandi" mazmunida tarqalayotgan murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi dastlabki rasmiy munosabati:
Murojaat bo'yicha sohaviyligi doirasida Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari, Qamashi tuman MMTB boshlig'i N.Abrayeva nazoratiga olingan. Bundan tashqari maktab ma'muriyati tomonidan tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Ma'muriy huquqbuzarlik yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o'rganish ishlari amalga oshirilmoqda.Yakuniy jarayon bo'yicha batafsil axborot berilishini ma'lum qilamiz.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb