1 kuningizni tengdoshlaringiz davrasida mazmunli o'tkazishni xohlaysizmi?
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Sardorlar Kengashining tashabbusi bilan, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi, Viloyat MMTB hamda Viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi hamkorligida viloyatdagi barcha maktab o'quvchilari uchun "Bolalar forumi" tashkil etiladi.
Forum davomida siz, "Zakovat" intellektual o'yini, Insholar tanlovi, Mediasavodxonlik bo'yicha master klass, Xorijiy tillarda yuqori natijalarga erishgan yoshlar ishtirokida seminar treninglar hamda "Kamalak" bolalar tashkilotida yillar davomida faoliyat yuritgan ustozlar ishtirokida "Forumda mehmon" loyihalarida ishtirok etishingiz mumkin.
Forumda ishtirok etish uchun, maktabingizdan 6 kishilik Zakovat jamoasi hamda kamida 2 kishi insholar tanlovida ishtirok etadigan ishtirokchilarning ma'lumotlari anketaga to'ldirib, ushbu profilga yuborishingiz lozim. Anketani esa, ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.
@Qashqadaryo_vxtb
#Jarayon
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, viloyat Mudofaa ishlar boshqarmalarining O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 591-sonli Ta'lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to'g'risidagi nizom ijrosini ta'minlash maqsadida Qashqadaryo viloyatining barcha tumanlari(shahar)da targ'ibot tashviqot tadbirlari o'tkazilmoqda.
«Jadid bobolarimiz mangu barhayot»
Gʻuzor tumani 38-maktabda oʻquvchilar oʻrtasida "Jadid bobolarimiz mangu barhayot" nomli ma'naviy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirni maktab direktori D.Salomova ochib berdi va oʻz soʻzi davomida jadidlar hayoti va ijodi ularning Vatanparvarlik gʻoʻyalari haqida fikrlarini bayon etdi. Tadbirda oʻquvchilar jadid siymosini gavdalantirib, sahna ko'rinishlari tashkil etildi.
Muboraklik oʻquvchi fan olimpiadasida yuz foizlik natija koʻrsatganini bilarmidingiz?
2023-yilning 30-noyabr kuni tarix fanidan asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichi oʻtkaziladi.
Unda Muborak tumanidagi 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi Nilufar Saʼdullayeva ishtirok etadi.
Olimpiada yakunida, 4 nafar oʻquvchi 100 foizlik natija qayd etdi. Gʻolibni aniqlash uchun qayta saralash bosqichi oʻtkaziladi. Natijada, bu gal ham Nilufar Saʼdullayeva barcha savollarga toʻgʻri javob bergan holda 1-oʻrinni qoʻlga kiritib, respublika bosqichiga yoʻl oldi.
Shu oʻrinda, tarix fanidan oʻtkazilgan olimpiadaning viloyat bosqichida gʻolib boʻlgani uchun unga 1 mln 980 ming soʻm pul mukofoti berildi.
#NATIJA
☄️QASHQADARYOLIK O'QUVCHI MUDDATIDAN OLDIN AMERIKADAGI NUFUZLI UNIVERSITET TALABASI BO'LDI
Qarshi tumanida 51-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 11-sinf oʻquvchisi Amirbek Ismatov Amerika Qoʻshma shtatlarining Kaliforniya shtatidagi nufuzli unversitet PennWestga grant asosida muddatidan oldin talabalikka qabul qilindi.
Ахборот 24 | Давлатимиз раҳбари томонидан мактаб таълими сифатини яхшилаш бўйича белгиланган вазифалар
#27jan #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#malaka_toifasi
📣📣 Pedagoglar uchun muhim eslatma!
2022-yilda ta’lim tashkilotlarida 15 yillik uzluksiz ish stajiga ega bo‘lganligi uchun navbatdagi-majburiy attestatsiyadan ozod qilingan oliy malaka toifali (bosh o‘qituvchi lavozimidagi) pedagog kadrlar joriy yilgi navbatdagi-majburiy attestatsiyalarga jalb qilinmaydi.
➖ O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 41-bandiga asosan normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
⚡️ Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori bilan pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilgan o‘zgartirishlar 2022-yilning 2-avgustiga qadar 15 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan hamda oliy toifaga ega (bunda oliy toifaga ega bo‘lganlik davri muhim emas) bo‘lgan pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmasligini hamda mazkur masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 12-sentabrdagi 03-03/1-4619-son xati hozirgi kunda ham o‘z kuchida ekanligini ma’lum qilamiz.
❗️ Bu haqida vazirlikning ijtimoiy tarmoq sahifalarida ham o‘z vaqtida rasmiy munosabat berilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar ro‘yxati keltirib o‘tilgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Qashqadaryodagi ta'lim maskanlariga zamonaviy turdagi moddiy-texnika vositalari yetkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24-fevral kuni Qashqadaryo viloyatiga tashrifi yakunlari bo'yicha berilgan 12-sonli topshiriqlar bayoniga ko‘ra 2023–2025 yillarda Qashqadaryo viloyatida xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, maktablar moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturiga asosan Qashqadaryo viloyatidagi 510 ta maktablarning parta va doskalarini yangilash uchun respublika budjetidan 60 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi.
Bunda viloyatning 510 maktabiga 54097 komplekt o‘quvchi partasi, 4057 dona sinf doskasi, 4057 dona o‘qituvchi stoli, 4057 dona o‘qituvchi stuli hamda 4057 dona o‘qituvchi hujjatlari uchun javon yetkazib berilishi belgilangan edi.
Hozirda viloyat hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati injiring kompaniyasi” DUK buyurtmachiligida yetkazib beruvchi tashkilotlar aniqlanib, umumta’lim maktablariga qadar yetkazib berish ishlari olib borilmoqda.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Sifatli ta'lim, sifatli rag'bat
🟢Viloyat hokimining tashabbusi bilan maktab o'quvchilari uchun stipendiya joriy etildi —QASHQADARYO
Davlat rahbarining Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida ijtimoiy soha qatorida ta'lim tizimini sifatli bosqichga olib chiqish borasidagi bir qator vazifa hamda topshiriqlar bergan edi.
2024-yil O‘zbekistonda "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" munosabati bilan Qashqadaryo viloyat hokimining Viloyatdagi eng namunali va iqtidorli o'quvchilar uchun "Viloyat hokimi stipendiyasi" joriy qilish to'g'risida qarori qabul qilinganligini ma'lum qilamiz.
❗️("Viloyat hokimi stipendiyasi"ning qarori va nizomi bilan tanishib chiqing)
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Ахборот 24 | Мактаб таълими сифатини яхшилаш бўйича таклифлар кўриб чиқилди
#26jan #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
🔔DIQQAT TANLOV!
Qashqadaryo viloyat
hokimining 2024-yil 24-yanvardagi
57-4-0-Q/24-son qaroriga asosan
Yoshlar oʻrtasida Amir Temur merosini keng oʻrganishga bagʻishlangan “Kuch-adolatdadir” shiori ostidagi “Biz – Buyuk Sohibqiron izdoshlarimiz!” koʻrik-tanlovini oʻtkazish yuzasidan tanlov e'lon qiladi.
Mazkur tanlov viloyatimizda Amir Temur tavalludining 688-yilligini munosib nishonlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning yoshlar
oʻrtasida Amir Temurning boy maʼnaviy merosini keng targʻib qilish, yoshlarni ona
yurtga sadoqat va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini yanada kuchaytirish boʻyicha bergan topshiriqlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishidagi vazifalar ijrosini taʼminlash
maqsadida tashkil etilishi belgilangan.
🔴Tanlovning maqsadi nima?
✅yoshlarda Amir Temur va temuriylar davriga boʻlgan qiziqish va eʼtiborni yanada oshirish;
✅ajdodlar merosi va tarixni chuqur oʻrganishni burch va majburiyat sifatida his etilishiga erishish;
✅yoshlar oʻrtasida vatanparvarlik gʻoyalarini targʻib etish orqali, ularning taʼlim
olishlari va oʻz bilim, isteʼdodlarini namoyon etishlari uchun qulay shart-sharoit
yaratish;
✅harbiy vatanparvarlik tuygʻularini yoshlar qalbida mustahkam boʻlishiga erishish, oʻz ajdodlaridan faxrlanib, ularga munosib boʻlib ulgʻayishi uchun zamin yaratishdir.
🔴Tanlovda ishtirok etish tartibi qanday?
✔️Tanlovda viloyatdagi umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan yuqori sinf
oʻquvchilari;
✔️professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari;
✔️mulkchilik shaklidan qatʼiy
nazar oliy taʼlim muassasalari oʻz xohishiga koʻra ishtirok etadi.
ESLATMA!
❗️Tanlovni o'tkazish tartibi, muddati hamda amalga oshirish mexanizmi haqida tanishing
👉BATAFSIL👈
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
❗️DIREKTOR O'RINBOSARLARI OGOHLANTIRILDI
Bugun Qarshi shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i B. Mo'minov, sohaviy mas'ul rahbarlari umumiy o'rta ta'lim maktab direktor o'rinbosarlari(MMBDO') bilan sifatli ta'limga erishish jarayonlari,
erishilgan yutuqlar va mavjud kamchiliklar bo'yicha muhokamaviy yig'ilish o'tkazildi.
—Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ta'lim tizimida yangi loyihalarni joriy etilishi yurtimizda sifatli ta'limni yuksaltirish, o'qituvchi maqomini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Qarshi shahridagi ta'lim maskanlarida ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, o'quvchilar savodxonligi oshirish, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, shuningdek, milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni targ‘ib etishda pedagoglarimiz alohida o‘rin tutadi.
Bilishimiz lozimki, o'z lavozimiga sovuqqonlik, befarqlik bilan qaragan maktab ma'muriyati xodimlariga ta'sir choralari qo'llaniladi, — dedi Qarshi shahar MMTB boshlig'i Bahodir MO'MINOV.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Qashqadaryodagi umumta'lim maktablarida "Volontyorlik jamoasi" tashkil etiladi
📌Qashqadaryo viloyati Volontyorlar markazi o'z faoliyatini boshlaganidan xabardormisiz?
📌Ushbu markaz faoliyati qay tartibda amalga oshiriladi?
📌Hamkorlik mexanizmichi?
Qashqadaryo viloyati Volontyorlar markazi rahbari Alisher Parmonov boshchiligida Qarshi shahar umumta'lim maktablarida volontyorlikni rivojlantirish va targ'ib qilish maqsadida uchrashuv bo'lib o'tdi.
✔️Uchrashuvda volontyorlik tushunchasi va uning yuksak imkoniyatlari haqida so'z yuritildi. Xususan, volontyorlik harakatida faol ishtirok etganlarga taqdim etiladigan imkoniyat va imtiyozlar haqida ma'lumot berildi.
✔️Volontyorlar markazi rahbari Alisher Parmonov o'z nutqida har bir maktabda volontyorlik guruhini shakllantirish, o'smir va yoshlar orasida uni keng yoyish,yoshlarga volontyorlik imkoniyatlaridan keng foydalanish hamda xalqimizga beminnat, beg'araz yordam beruvchi yoshlarga, volontyorlarga rag'bat sifatida ularga turli grant va imtiyozlar berilishini aytib o'tdi.
Endilikda, Qarshi shahrining har bir umumta'lim maktablarida "Volontyorlik jamoasi" tashkil qilinib, ularga liderlar tayinlanadi, bu vazifa maktabning ma'naviy va ma'rifiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlariga yuklatiladi.
Qo'shimcha eslatma:
Telegram sahifasi:
/channel/KASHKADARYA_VOLUNTEER_CENTER
Itimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
https://instagram.com/qashqadaryo_vm?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Tarbiyaviy-ma‘naviy ishlar samaradorligiga bag'ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
Joriy yilning 26-yanvar kuni Qarshi shahridagi 48-sonli umumta'lim maktabida Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi va viloyat mudofaa ishlari boshqarmalarining sohaga ma‘sul rahbarlari boshchiligida kengaytirilgan yig'ilish bo‘lib o'tdi.
Mazkur yig'ilishda dastlab,
- o‘quvchi-yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni bo‘yicha tahliliy (statistik) ma'lumotlar tahlili
- jinoyatlar va huquqbuzarliklar sodir etilgan vaqt bo‘yicha tahlili
- jinoyat sodir etgan o‘quvchi-yoshlarning oilaviy holati
- o‘quvchilar tomonidan o‘z joniga qasd qilish holatlari yuzasidan tahliliy muhokamalar o‘tkazildi.
Tadbir davomida umumta'lim maktablarining ma'naviy-ma‘rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosarlariga ustuvor masalalar xususan, davomat, odob-axloq qoidalariga rioya etilishi, ertalabgi saflanishlar, o‘quvchilarning maktab dress- kodiga amal qilishi, maktabdan tashqari ta’lim kabi mavzular yuzasidan topshiriqlar belgilab berildi.
❗️Yig'ilishda Qarshi shahar va Qarshi tumanlari umumta'lim maktablarining direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
QASHQADARYODA YANGI LOYIHA MUHOKAMASI O'TKAZILDI
🔵2024-yilda ta'lim tizimini rivojlantirishda tashabbuskor va tajribali direktorlarni roliga bag'ishlangan yangi loyihaga start berilgan edi.
⚠️Xo'sh, ushbu loyiha o'z natijasini bermoqdami?
🔴Avval xabar berilganidek, tashabbuskor, ilg'or maktab direktorlari ishtirokida tuzilgan yig'ilishda Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i Ubaydulla Oripov tomonidan ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan galdagi strategik masalalar muhokama etilgan edi.
Bunga ko'ra, Ko'kdala tumanidagi umumiy o'rta ta'lim maktablarida ta'lim-tarbiya jarayonlarini sifatli tashkil etish yuzasidan hududdagi 99 ta ta'lim maskanlariga Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tuman, shahar hududiy bo'limlari tasaruffida faoliyat ko'rsatayotgan 99 ta ilg'or maktablar tajribasi joriy etilishi nazarda tutilgan. Qayd etish lozimki, ilk bora tashkil etilgan ushbu loyihada hududlardan biriktirilgan mas'ul maktab rahbarlari ta'lim tizimini barcha sohasi bo'yicha o'z tajribasini joriy etishga qaratilgan edi.
"BADIIY ASARLAR BILIMDONI"
kitobxonlik tadbiri tashkil etildi
Qashqadaryo viloyat bolalar kutubxonasida Qarshi shahridagi 9-umumta'lim maktabining 6-sinf o'quvchilari bilan birgalikda "Badiiy asarlar bilimdoni" mavzusida Jahon bolalar adabiyoti yuzasidan kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda o'quvchilar M.Tvenning "Shaxzoda va Gado", Ahmad Lutfiy Qozonchining "O'gay ona" asarlari yuzasidan 3-guruhga bo'linib, 4-shart bo'yicha bellashdilar.
Tadbirda o'quvchilar asarlardagi bosh qahramonlar obrazlari haqida, asarlarning mazmun-mohiyati yuzasidan tuzilgan qiziqarli savollarga javoblar berishdi.
Tadbir davomida faol ishtirok etgan o'quvchilar maktab ma'muriyati va viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan faxriy yorliqlar va kitoblar bilan taqdirlandilar.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Қашқадарё вилоятидаги умумтаълим муассасалари моддий-техник базасини мустаҳкамлаш, уларга компьютер техникалари олиб бериш ҳамда парта ва доскалар билан жиҳозлаш ишлари учун 59 592 700,0 (эллик тўққиз миллиард беш юз тўқсон икки миллион етти юз) минг сўм маблағ ажратилди - вилоят ҳокими қарори.
/channel/qarshiliklar
📢RASMIY MUNOSABAT
Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi o'qituvchi tomonidan o‘quvchiga kuch ishlatish, tazyiq o‘tkazish holatlarini qo'llab-quvvatlamaydi.
#TAJRIBA_METODIKA
—Qoʻllash tartibi videoda keltirib oʻtilgan.Dars boshlashdan avval o'quvchilarga dalillikni hosil qilishda qoʻllash samaralidir. Javoblarni yaxshilab tingladingizmi? Nimani sezdingiz? Ona tiliga oid bilimingizni sinash hammaga ma'qulroqdir, — deydi Qarshi tuman 19-maktab 1-toifali boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Matluba Ostanova.
#NATIJA
#2024_Ёшлар_ва_бизнесни_қўллаб_қувватлаш_йили
Воҳамизда рақамлаштириш, IT соҳасини ривожлантириш ва ёшларни бу соҳалар бўйича қўллаб-қувватлаш тўғрисида вилоят ҳокимининг кенг қамровли қарори қабул қилинди
Президент Шавкат Мирзиёев мактаб таълими сифатини яхшилаш чора-тадбирларига оид тақдимот билан танишди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о мерах по улучшению качества школьного образования.
#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktablar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Yangi_loyiha
QASHQADARYODA ILK BORA "MAKTABLAR LIGASI" SPORT MUSOBAQASIGA START BERILDI
Qashqadaryo viloyat hokimi M. Azimovning 2024-yil 10-yanvardagi 8-4-0Q/24 sonli qaroriga asosan Umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida ilk bora Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi uchun “Maktablar ligasi” sport musobaqasini o‘tkazishga start berildi.
🟢Eslatib o'tamiz, joriy yilning fevral oyidan boshlab hududlarda "maktablar ligasi" bosqichma-bosqich o'tkaziladi.
❗️"Maktablar ligasi" o'tkazilish vaqti, tashkiliy jarayon haqida
(👉batafsil tanishing👈)
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
TA'LIM MASKANLARIDA TO'GARAKLAR TASHKIL ETILGAN
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 2022-yil 16-sentabrdagi "Ijod maktabi o'quvchilariga zamonaviy va milliy kasb-hunarga yo'naltirishni tashkil etish to'g'risida"gi buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Dizayn" to'garagi o'z faoliyatini olib bormoqda.
"Dizayn" to'garagi milliy qadriyatimizni zamonaviy informatika fani bilan integratsiyalash, ya'ni o'quvchilarning tasviriy san'at, axborot texnologiyalari, milliy kasb-hunarlarga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.
To'garak rahbari Shukurova Parizoda to'garak a'zolariga planshet orqali animatsion usullar bilan tasviriy san'at va IT sohasida ijod namunalarini yaratishni o'rgatmoqda.
@Qashqadaryo_vxtb
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_25
⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga javob berishda davom etamiz.
❗️Bugungi audiobayonotimizda:
➖ 00:10 Ta’limda menejment yo‘nalishida tahsil olganman. Maktab direktorligiga nomzodimni qo‘yish uchun menejerlik kursida o‘qishim kerakmi? Agar shunday bo‘lsa, o‘qish uchun qayerdan, qay tartibda ro‘yxatdan o‘taman?
➖ 01:27 Maktab direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlayman, menejerlik o‘quv kursida o‘qish uchun ariza topshirdim. Ushbu o‘qishda avval kimlar o‘qiydi: direktorlarmi yoki boshqa nomzodlarmi?
➖ 02:25 Men menejerlik o‘quv kursiga qatnashish uchun ariza topshirdim. O‘quv jarayonlari qachon bo‘lib o‘tadi?
➖ 03:08 Endilikda sertifikati yo‘q o‘qituvchilar chet tili fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlolmas ekan, shu to‘g‘rimi?
❕Bayonotlarimiz davom etadi.
______
❗️ Ta’limga oid savollar, murojaat va tashabbuslaringizni vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llang!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Yosh bilimdonlar ishtirokida "Zukko kitobxon" tanlovi o'tkazildi
Qarshi shahar 44-umumiy o'rta ta'lim maktabida boshlang'ich 2-sinf o'quvchilari o'rtasida o'quvchilar ma'naviyatini yuksaltirish, kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida "Zukko kitobxon" tanlovi o'tkazilib, 2-A sinfning "Bilimdonlar" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritishdi, "Yulduzchalar" va "Quyoshchalar" jamoasi ham tanlovda munosib ishtirok etishdi.
@Qashqadaryo_vxtb
#Jarayon
Avval xabar berilganidek, tarbiyaviy-ma‘naviy ishlar samaradorligiga bag'ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
Qarshi shahridagi 48-sonli umumta'lim maktabida Qashqadaryo viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi va soha mas'ul rahbarlari boshchiligida kengaytirilgan yig'ilish bo‘lib o'tdi.
❗️Bunda sohaviy kompleks ishlar samaradorligi ham muhokama etildi.
@Qashqadaryo_vxtb
Давлатимиз раҳбари мактаблар фаолиятида маҳалла раиси ва фаолларининг ўрни катта бўлиши кераклигини таъкидлади.
– Маҳалладаги муҳит, аҳоли бандлиги кўп жиҳатдан ёшлар таълим-тарбиясига боғлиқ. Шундай экан, маҳалла раиси ота-оналар билан бирга мактаблар ҳаётида фаол қатнашиши, ёшларнинг билими ва касб эгаллашига эътиборли бўлиши керак, – деди Шавкат Мирзиёев.
Дарҳақиқат, мактаб масаласи фақатгина таълим соҳасининг эмас, ота-оналар, маҳалла фаоллари, бутун жамиятнинг иши. Чунки мактаб мамлакат келажагининг замини. “Бир болага етти маҳалла ота-она” деган мақол замирида ҳам айни шу ҳақиқат мужассам. Шунда ота-оналар ҳам ўз фарзандлари тарбиясига янада эътиборлироқ бўлади. Тобора глобаллашаётган ҳозирги замонда бу жуда муҳим.
Каналга аъзо бўлинг:
👉/channel/muborakinfo
Qashqadaryodagi maktablarga zamonaviy turdagi kompyuter jamlanmasi yetkazilmoqda
Davlat rahbarining Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasidagi topshiriqlari asosida viloyatdagi 542 ta umumta’lim maktablariga jami 90 mlrd. so‘mlik zamonaviy kompyuter jihozlari yetkazib berish ishlari boshlandi.
Hozirda Qarshi, Shahrisabz shaharlari hamda Kasbi, Dehqonobod, G‘uzor tumanlariga 30 ta dan jami 150 ta maktabga (jamlanmada 17 ta kompyuter va boshqa zaruriy qismlar) yetkazib berilgan va o‘rnatish ishlari davom ettirilmoqda.
❗️Hozirda boshqa maktablar uchun kompyuterlar jamlanmasi va jihozlarini yetkazib berish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligini ma'lum qilamiz.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb