Fayzullo G’ulomov o’zi o’qigan maktabga bordi
Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G’ulomov o’zi tahsil olgan 36-sonli maktabga bordi.
Dastlab, rahbar maktabdagi sportchi yoshlar bilan suhbatlashdi. Ularning muammo va takliflarini tingladi.
Shundan so’ng, sinfxonalar, ularning qishki mavsumga shayligini ko’zdan kechirib, maktab direktori va o’qituvchilari bilan suhbatlashdi.
@Qashqadaryo_vxtb
Qarshi shahridagi 3-sonli maktabda oʼquvchilar hamda bojxona faxriylari bilan uchrashuv oʼtkazildi.
@Qashqadaryo_vxtb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSI
41-modda. Haqorat qilish
Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
|Рустамов_БЛОГ
#CHELLENJ
BAYROG'IM FAXRIM, G'URURIM ORIM...
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi xodimlari Bayrog'im faxrim g'ururim orim chellenjida ishtirok etdi.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Ko'kdala tumanidagi 20-sonli DMTTda O'zbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan bayram tadbirdan lavhalar.
@Kukdala_uz
Кўкдалада Мактабгача ва мактаб таълими бўлими томонидан ишчи-ходимлар учун арзонлаштирилган савдо ярмаркаси ташкил этилди.
@Kukdala_uz
#янги_баҳолаш_тизими
✅ Ma’lumki, 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab yurtimizdagi 500 ta umumta’lim maktabida mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etilmoqda.
➖O‘quv jarayonlariga bosqichma-bosqich tatbiq etilayotgan ushbu baholash tizimi qanday tashkil etiladi?
➖Uning asosiy mezonlari qanday?
➖Mavjud baholash tizimidan farqi qaysi jihatlarda aks etadi?
👉 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan mazkur mavzuda tayyorlangan videorolikda yangi baholash tizimining ana shu jihatlariga alohida to‘xtalib o‘tilgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
📣OTA-ONALAR DIQQATIGA!
🔎 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida tahsil olayotgan oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirish yuzasidan arizalar yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik va afzalliklar yaratish maqsadida transfer.piima.uz platformasi ishga tushirildi.
🗺Endilikda respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali arizalaringizni Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.
🔔ESLATMA:
📌 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 233-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning davlat tashkilotlarida ishlaydigan ota-onasining ish joyi bitta hududdan boshqa hududga o‘zgargan taqdirda, o‘sha hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lgandagina o‘quvchining o‘qishini ko‘chirishga ruxsat etiladi.
✅Yuqoridagi talablardan kelib chiqib arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz.
📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
➖O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
➖Arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
➖O‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
➖Ota-onasining ish o‘rni o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjat (PDF formatda) nusxasi yuklanishi zarur.
❗️ESLAB QOLING!
⚠️ Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SO‘Z saqlab qo‘yilishi kerak! Ushbu kalit so‘z yordamida arizangiz holatini tekshirib ko‘rishingiz mumkin.
📞Call-markaz: (71)2072017 (ichki raqam 180)
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Yashil_makon
Hududlar ko'kalamzorlashtirilmoqda
Qarshi tuman 71-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 50 tup mevali daraxt ko'chatlari ekildi.
@Qashqadaryo_vxtb
#Jarayon
"Yashil makon" umummilliy loyihasining kuzgi mavsumi ta'lim maskanlarida davom etmoqda
Koson tumanidagi 41-umumta’lim maktabida "Yashil makon" umummilliy loyihasi asosida "Maktabimizni yashil maskanga aylantiramiz!" aksiyasi o‘tkazildi.
Aksiya doirasida maktab hududiga mahalladagi nuroniylar, ko’ngilli yoshlar hamda ittifoq sardorlari ishtirokida 200 tupdan ortiq manzarali va mevali daraxtlar ekildi.
@Qashqadaryo_vxtb
Мактабгача ва Мактаб таълими вазирлигида қайси ҳудуд раҳбари фаол ҳаракат қилиб, ёшларнинг талаб ва истакларини амалга оширишда етакчи бўлган ва таълим тизимини тўғри йўлга қўйган
«Энг фаол ишлаган ҳудудий раҳбарни» аниқланг!
Сўровнома 20- Ноябрь 23:59гача давом этади
👉 ОВОЗ БЕРИШ
#Jarayon
❗️CHIROQCHIDAGI 6 NAFAR DIREKTOR O'Z LAVOZIMIDAN OZOD ETILDI
Qashqadaryoda ta'lim sifatini oshirish imkoniyatlari doirasida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bugun, Qashqadaryo viloyat hokimi o'rinbosari Anvar Qobilov, Viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i Ubaydulla Oripov, tuman sektor rahbarlari ishtirokida Chiroqchi tumanida tanqidiy yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilish davomida ta'lim-tarbiya jarayonlari va uning sifat natijalarga e'tibor bermagan hamda o'z kasbiy lavozim majburiyatiga sovuqqonlik bilan qaragan 6 ta umumiy o'rta ta'lim maktab direktorlari lavozimidan ozod etildi va 3 nafar direktorga navbatdagi hayfsan intizomiy jazo chorasi qo'llanildi. Bundan tashqari Chiroqchi tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Farxod Jumanov esa soha mas'ullari tomonidan qat'iy ogohlantirilgan.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Мактабгача ва Мактаб таълими вазирлигида қайси ҳудуд раҳбари фаол ҳаракат қилиб, ёшларнинг талаб ва истакларини амалга оширишда етакчи бўлган ва таълим тизимини тўғри йўлга қўйган
«Энг фаол ишлаган ҳудудий раҳбарни» аниқланг!
Сўровнома 20- Ноябрь 23:59гача давом этади
👉 ОВОЗ БЕРИШ
#OAVDA
Qarshi shahar 23-maktabning 9-V sinf o'quvchisi Haydarniyozova Jasminaning maqolasi xalqaro nufuzli OAVda yoritildi.
@Qashqadaryo_vxtb
Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda Davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlar ta’lim va tarbiyasiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Ularning maktab davridanoq har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib kamolga yetishlari, bir nechta xorijiy tillarni o‘rganishlari uchun munosib sharoitlar yaratilmoqda.
Joriy yilda mamlakatimizda maktablarga xorijiy mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha misli ko‘rilmagan loyiha boshlandi. Loyihaga asosan xorijdan ingliz, nemis, fransuz va boshqa chet tillarini o‘rgatish maqsadida 500 dan ortiq o‘qituvchilar jalb qilindi. Ushbu o‘qituvchilar maktablarda dars berish uchun, va undanam muhimroq vazifa – ya’ni, mahalliy o‘qituvchilarimiz bilan tajriba almashish uchun O‘zbekistonga taklif qilindi.
Bugun xorijdan taklif etilgan o‘qituvchilar hamda xorijiy hamkorlar bilan uchrashib, ushbu loyihani amalga oshirilish jarayonlari hamda kelgusidagi rejalarni muhokama qilib oldik.
Hamkorlarimiz AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi vakillari, shuningdek, UNESCO, UNICEF, USAID, Britaniya kengashi, Fransiya alyansi, Gyote instituti mutaxassislari bilan birgalikda mahalliy va xorijiy pedagoglarimizning fikrlariga quloq tutdik. Hamkorlarimiz tomonidan O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitishni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar berildi.
Uchrashuv yakunida chet tillarini o‘qitishni takomillashtirish va hamkorlik qilishga qaratilgan qo‘shma "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqildi.
Aytish joizki, ta’lim sifatini oshirish yo‘lida xorijlik mutaxassislarni maktablarga jalb etish loyihasi albatta kelajakda o‘z mevasini berishi hamda bolalarimizning zamon talabiga javob beradigan yetuk insonlar bo‘lib yetishishlari uchun poydevor bo‘lib xizmat qilishiga ishonaman.
Мактабгача ва Мактаб таълими вазирлигида қайси ҳудуд раҳбари фаол ҳаракат қилиб, ёшларнинг талаб ва истакларини амалга оширишда етакчи бўлган ва таълим тизимини тўғри йўлга қўйган
«Энг фаол ишлаган ҳудудий раҳбарни» аниқланг!
Сўровнома 20- Ноябрь 23:59гача давом этади
👉 ОВОЗ БЕРИШ
Экология бошқармаси раҳбари ва унинг синфдошларидан яшил ташаббус
Сабаби, Қашқадарё вилояти Экология, атроф муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши бошқармаси бошлиғи Бобир Язданов ва унинг синфдошлари ташаббус кўрсатибди.
Улар ўзлари таълим олган Нишон тумани, "Нишон" маҳалласида жойлашган, 3 сонли мактаб ҳовлисида 200 дан ортиқ турли дарахт кўчатларини экиб, ҳашар ўтказибди.
Каналга аъзо бўлинг👉 /channel/+duNfCy5Aibk3ZGY6
#CHELLENJ
BAYROG'IM FAXRIM, G'URURIM ORIM...
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi xodimlari Bayrog'im faxrim g'ururim orim chellenjida ishtirok etdi.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#CHELLENJ
BAYROG'IM FAXRIM, G'URURIM ORIM...
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi xodimlari Bayrog'im faxrim g'ururim orim chellenjida ishtirok etdi.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Ko'kdala tumani 3-sonli Davlat Maktabgacha ta'lim muassasida o'tkazilgan "Muqaddassan Vatan bayrog'i" deb nomlangan tadbiridan lavhalar.
@Kukdala_uz
Кўкдалада Мактабгача ва мактаб таълими бўлими томонидан "Яшил макон" боғи яратилмоқда
Республикамиз бўйла бдавом этаётган "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида Кўкдала тумани ҳокимлиги томонидан туман ММТБга ажратилган ер майдонига 300 дан ортиқ мевали ва манзарали дарахтлар экилди.
Ушбу лойиҳада туман ҳокими ҳам фаол иштирок этмоқда.
@Kukdala_uz
#rektor_kubogi #talabalar_ligasi
#besh_tashabbus_olimpiadasi
⚡️Qarshi davlat universitetida “Talabalar ligasi” doirasida sportning futbol, voleybol, mini-futbol, basketbol, stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha “Rektori kubogi” musobaqalari universitet bosqichi o‘tkazildi.
@Qashqadaryo_vxtb
O'ZBEKISTON QAHRAMONI TASHABBUS BILAN CHIQDI
Ta'limdagi og'ir burilishlar, ustozlik mashaqqati, maoshsiz ishlagan davrlar, ilgari o'qituvchilarni majburiy mehnatga jalb etilgan jarayonlar haqida.....
(+VIDEO)
—O'zbekiston Qahramoni, Muhabbat Sharapova ta'lim xodimlarini "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida faol ishtirok etishga chorladi.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Yashil_makon
Qarshi shahar 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Yangi O'zbekistonni yashil makonga aylantiraylik!" shiori ostida kuzgi ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda.
Jumladan, Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari Adham Oripov tomonidan o‘zi o‘qigan maktabga maktab jamoasi bilan birgalikda рavloniya daraxti ko'chatlari ekdi.
@Qashqadaryo_vxtb
Педагоглар сўраган эди...
Кеча Қарши шаҳридаги бир ўқитувчи(шахсини сир тутишни хоҳлаган) инспектор-психолог ўқитувчининг иш фаолиятига аралашишга қанчалик ҳақли?-деб мурожаат қилган эди.
❗️Энди қонуний асосларни фикрим билан ифода этаман.
—Таълим масканларида инспектор-психолог педагоглар дарсига алоқадор маълумотлар бўйича уларни сўроқ қилиши ўринлими?
—Уларда бундай қилишга ваколати борми?
—Инспектор-психолог давомат билан шуғулланадими ёки педагог ходимлар фаолиятини ўрганадими?
Ҳурматли устоз мураббийлар!
Билишингиз лозимки, педагог ходимининг касбий фаолиятига ноқонуний тарзда аралашишга ҳеч кимнинг ҳаққи йўқ. Бу бўйича алоҳида жавобгарлик белгиланган.
❗️Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 197-5-моддасига кўра, таълим ташкилоти педагог ходимининг касбий фаолиятига қонунга хилоф равишда аралашиш ёки ўз хизмат вазифаларини бажаришига тўсқинлик қилиш:
➖фуқароларга 2 млн 310 минг сўмдан — 3 млн 300 минг сўмгача, мансабдор шахсларга еса 3 млн 300 минг сўмдан — 4 млн 950 минг сўмгача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади;
➖худди шундай ҳуқуқбузарликлар маъмурий жазо чораси қўлланилганидан кейин бир йил давомида такрор содир етилган бўлса, фуқароларга 3 млн 300 минг сўмдан — 4 млн 950 минг сўмгача, мансабдор шахсларга еса — 4 млн 950 минг сўмдан — 6 млн 600 минг сўмгача миқдорда жарима солишга ёки ўн беш суткагача маъмурий қамоққа олишга сабаб бўлади.
❗️Бундан ташқари инспектор-психологлар ҳам ўқитувчининг иш фаолиятига аралашишига йўл қўйилмайди. Уларга ўқитувчилар фаолиятини текшириш ваколати берилмаган.
❗️❗️❗️Эслатма, Ички ишлар вазирлигининг тегишли буйруғи билан инспектор-психологлар зиммасига ҳар бир ўқувчи кесимида умумий ўрта таълим муассасаларида психологик муҳитни яхшилаш, муаммоли ўқувчилар билан уларнинг яшаш жойларида ота-оналари иштирокида манзилли ишлаш бўйича вазифалар юклатилган.
Яъни, улар(и.п) дарсларга мунтазам равишда қатнашмаётган вояга етмаганларни аниқлайди, дарсларга қатнашмаслик сабабларини ўрганади ҳамда ўқувчиларнинг микромуҳитини ўрганиш борасида оилаларга ташриф буюриб, ўсмир ва ота-оналар билан индивидуал суҳбатлар уюштиради.
❗️Бу дегани инспектор-психологларнинг вазифаси умуман бошқа. Улар фақат муаммоли ўқувчилар билангина ишлаши лозим. Бу борада ҳуқуқлари бузилган педагог ходимлар тегишли органларга шикоят қилиши мумкин.
———
|Рустамов_БЛОГ
RASMIY MUNOSABAT
«ELTUZ» NI NAVBATDAGI YOLG'ONI TASDIG'INI TOPMADI...
Telegram tarmog'idagi "ELTUZ"da
"Qarshi tumanidagi 12-maktab o'qituvchilaridan soliq yig'imi undirilmoqda" nomli murojaatga rasmiy munosabat:
Ma'lumki, soliq yig'imlarini majburiy tartibda yig'ish, o'qituvchilarni ish faoliyatiga g'ayriqonuniy usullarda aralashishga ruxsat etilmaydi.
❗️Agar, murojaatdagi farazlar rost bo'lsa, soliq to'lash majburiyat emas, bu madaniyat bo'lishi lozim.
Chunki soliqlarni o'z vaqtida to'lash qonunchilikda o'rnatilgan tartib asosida belgilab qo'yilgan.
Hurmatli ustozlar!
Bundan tashqari soliq yig'imiga majburiy jalb etish doirasida boshqarma, bo'lim va maktab ma'muriyati tomonidan biror-bir topshiriq berilmaganligini ma'lum qilamiz.
❗️Ustoz va murabbiylarni kamsitishga, boshqa manfaatlar yoʻlida ularni huquqlarini poymol etishga hech bir tizim haqli emas deb hisoblaydi.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
"Zamin" fondi, MMTV va Sog‘liqni saqlash vazirligining "Eshitishni xohlayman!" qo‘shma loyihasi doirasida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o‘qituvchilari uchun onlayn seminar tashkil etildi.
Xalqaro ekspert eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar uchun korreksion pedagogikani joriy qilish va o‘quv materiallarini moslashtirish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Seminarda ushbu mavzuga chinakam qiziqish bildirgan, o‘qitish sifatini yaxshilashga yordam beradigan yangi metodika va yondashuvlarni o‘zlashtirishga intilayotgan 399 nafar odam ishtirok etdi.
—
В рамках совместного проекта Фонда Zamin, МДШО и Минздрава «Хочу слышать!» был организован онлайн семинар для преподавателей специализированных школ-интернатов для детей с нарушениями слуха.
Международный эксперт поделился опытом работы по внедрению коррекционной педагогики и адаптации учебного материала для образовательных учреждений.
В семинаре приняло участие 399 человек, проявившие неподдельный интерес к данной теме и желание узнать новые методики и подходы, помогающие улучшить качество обучения.
Zamin | Facebook | Instagram zaminfoundation">| YouTube
Xorijiy davlatlarning chet tili fani o‘qituvchilari ishtirokida muloqot o‘tkazildi
✅ Bugun poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida xorijiy davlatlardan respublikamizdagi umumta’lim maktablariga jalb qilingan chet tili fani o‘qituvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✔️ Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, AQSH, Xitoy Xalq Respublikasi, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya elchixonasi vakillari, YUNESKO, YUNISEF, USAID, Britaniya kengashi, Fransiya alyansi, Gyote instituti mutaxassislari hamda xorijiy davlatlardan jalb etilgan chet tili fani o‘qituvchilari ishtirok etdi.
❗️ “Ta’limga sarmoya — kelajakka sarmoya” mavzusida o‘tkazilgan uchrashuvda xorijiy hamkorlar va chet tili fani o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitishni yanada rivojlantirish bo‘yicha qator takliflar o‘rtaga tashlandi.
➖ Tadbirda ta’kidlaganidek, hozirga vaqtda yurtimizdagi mavjud umumta’lim maktablarining:
9 924 tasida ingliz tili (6 mln 98 ming 862 nafar o‘quvchi);
901 tasida nemis tili (2 mln 661 nafar o‘quvchi);
581 tasida fransuz tili (133 ming 475 nafar o‘quvchi) chet tili fanlari sifatida o‘qitiladi.
✔️ Ayni vaqtda yurtimizdagi ta’lim muassasalariga jami 500 nafardan ziyod xorijlik pedagoglar ingliz, nemis, fransuz tillaridan dars berish uchun jalb qilingan. Ular yuqori sinf o‘quvchilariga Buyuk Britaniyaning “Cambridge University Press”, Fransiyaning “Didiyer”, Germaniya Federativ Respublikasi “KLETT” nashriyotining darslik va dasturlari asosida dars o‘tmoqda.
🎗️ Shuningdek, mahalliy o‘qituvchilar uchun “Mahorat darslari” va turli seminarlar tashkil etib kelmoqda.
Uchrashuv doirasida soha mutaxassislari va xorijiy ekspertlar tomonidan O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitishni yanada kengaytirish va o‘quvchilarni dunyo tan olgan tillarni o‘rganishga yanada kengroq jalb etishga doir bildirilgan fikr va mulohazalar, qator takliflar ishtirokchilar tomonidan keng muhokama etildi.
Qarshi tumanida bolajonlar iste’dodini namoyish qilishlari uchun yana bir keng maydon
“Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyot festivaliga #ANKETALAR qabul qilish allaqachon boshlab yuborilgan.
ANKETALAR QABUL MUDDATI 2023-yil 20-NOYABRGACHA
Anketalaringizni topshirish uchun Yoshlar ishlari Qarshi tumani bo’limiga murojaat qilishingiz mumkin.
@Qashqadaryo_vxtb
Мактабнинг собиқ битирувчилари мактаб боғига дарахт ниҳолларини қадаб, кутубхона учун 60 та бадиий китоблар совға қилишди.
Қашқадарё вилояти суди судъяси Ҳамид Бобоқулов, Нишон тумани ҳокимининг биринчи ўринбосари Эркин Бобоқулов ҳамда Ўзбекистон Экологик партияси Чироқчи туман Кенгаши раиси Расул Бобоқуловлар ўзлари таҳсил олган туманидаги 40- сонли умумий ўрта таълим мактаби боғига 200 туп дарахт кўчатларини экиш орқали Президентимиз ташаббуслари билан старт олган кузги "Яшил макон" умуммиллий лойиҳасига ҳисса қўшди. Шунингдек, собиқ битирувчилар мактаб кутубхонаси учун 60 дона бадиий китоблар совға қилишди. Тадбирда Мактабгача ва мактаб таълими туман бўлими бошлиғи Фарҳод Жуманов ҳам иштирок этди.
Маълумот учун, Муротжон Азимов раҳбарлигида ўтказилган йиғилишда вилоятдаги корхона ва ташкилотлар раҳбарлари ташаббус билан чиқиб, “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида ўзлари таҳсил олган мактаб ва боғчаларга 100 донадан 500 донагача дарахт кўчатлари экишини айтганди.
@CHIROQCHIOVOZI