"Bolalarda mavjud muammolarini Musiqa fani yordamida bartaraf etish yo‘llari haqida izlanaman"
Musiqa bolaning har tomonlama rivojlanishiga yordam beradigan, ayniqsa, til bilish va o‘qish ko‘nikmalarini o‘zlashtirishga yordam beradigan fan. Bundan tashqari Musiqa asboblarida chalishni o‘rganish matematik fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi va maktabda o‘zlashtirishni yaxshilashga yordam beradi.
Toshkent shahridagi 81-maktabning musiqa fani o‘qituvchisi Rustam Gulmamatov yoshlikdan ustozlariga havas qilib, ustozlik kasbini tanlagan.
U o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotganiga 5 yil vaqt o‘tgan bo‘lsada, so‘nggi 2 yili davomida fani yordamida bolalarga tez va sifatli ma’lumot berish, ulardagi muammolarni aniqlab, uni musiqa fani yordamida bartaraf etish yo‘llari haqida izlanadi. Bunda ustoz sinf rahbarlari bilan har bir bolani fe’l-atvorini o‘rganadi.
“Menga o‘quvchilarimning sinf rahbarlari juda katta yordam beradilar. Bolalar bilan ishlaganda o‘zim bolaligimda o‘rganmoqchi bo‘lib, vaqtim yetmay qolgan holatlarni ko‘z oldiga keltirib bolalarga ularni qiziqtiradigan yangi ma’lumotlar topib kelishga harakat qilaman. Musiqa bolalarga yaxshi kayfiyat bag‘ishlash bilan birga ularning diqqatini oshirishga yordam beradi. Shu bois o‘quvchilarimga fanni interfaol usullarda orgatishga harakat qilaman. Buning uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanaman”,
— deydi Rustam Gulmamatov.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#TAYINLOV
YAKKABOG' TUMANIGA TAYINLOV AMALGA OSHIRILDI
Yakkabog' tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Nurmatov Uzoq Xushmatovichni boshqa ishga o'tishi munosabati bilan Eshquvatov Jamoliddin O'rolovich — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining buyrug'iga asosan Yakkabog' tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i v.v.b etib tayinlandi.
❗️J. Eshquvatov tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Ta'lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish sho'ba rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Jarayon
HUQUQBUZARLIK VA JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISH BORASIDA DAVRA SUHBATI O'TKAZILDI
Qashqadaryoda ham huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishni taʼminlash borasida amaliy ishlar qilinmoqda.
Qarshi shahar IIO FMB hamkorligida Qarshi shahar 23- umumiy o'rta ta'lim maktabida "huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish" bo'yicha davra suhbati tashkil etildi.
Unda Qarshi shahar IIO FMB JXX HPB inspektor-psixolog leytenant Jamolbek Siddiqov tomonidan huquqbuzarlik va uni oldini olish borasida bajarilayotgan ishlar, o'quvchilarni profilaktik nazoratiga doir axborot berildi.
Davra suhbatida ichki tartib va odob axloq qoidalari hamda uning o'quvchi, o'qituvchilar uchun belgilangan huquq, majburiyatlari haqida ko'rsatma va tushunchalar berildi.
❗️Eslatib o'tamiz, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligiga oid targ'ibot, tashviqot tadbirlari muntazam o'tkazib kelinmoqda.
———
Qashqadaryo viloyati MMTB Axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
"Inklyuziv ta’lim" loyihasi doirasida MMTVda professor Yudit Xollenveger bilan juda qiziqarli uchrashuv o‘tmoqda.
— Inklyuziv ta’lim = Barcha uchun sifatli ta’lim, — dedi YUNISЕFning xalqaro konsultanti MMTVdagi uchrashuvda. Bu O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirishdagi maqsad va vazifalarning qisqa va lo‘nda ta’rifidir.
Ushbu intervyuni to‘liq Fondning Youtube'dagi kanalida "Inklyuziv ta’lim" pleylistida tomosha qiling.
—
В рамках проекта «Инклюзивное образование» в МДШО состоялась очень интересная встреча с профессором Юдит Холленвегер.
— Инклюзивное образование = Качественное образование для всех» — подчеркнула международный консультант ЮНИСЕФ на встрече в МДШО. Это базовое и, пожалуй, самоё ёмкое определение целей и задач при развитии инклюзивного образования в Узбекистане.
Полную версию этого интервью смотрите в плейлисте «Инклюзивное образование» на канале Фонда в Youtube.
Zamin | Facebook | Instagram zaminfoundation">| YouTube
Toshkent shahridagi 4 ta Harbiy-vatanparvarlik sinf o‘quvchilarining vaʼda berish marosimi bo‘lib o‘tdi
✅ Poytaxtimizda joylashgan G‘alaba bog‘ida Toshkent shahridagi 4 ta umumtaʼlim maktabining tanlov asosida harbiy-vatanparvarlik sinflariga qabul qilingan o‘g‘il va qizlarning tantanali vaʼda berish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, faxriy mehmonlar va ota-onalar ishtirok etishdi.
➖ Tantanali va'da berish marosimidan so'ng ko‘rgazmali-harbiy orkestr, harbiy musiqa akademik-litseyi o‘quvchilarining “Zarbli cholg‘ular ansambli”, Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.
✔️ Ma'lumot o'rnida, bugungi kunda Respublikamiz bo‘ylab 56 ta umumtaʼlim maktablaridagi ixtisoslashtirilgan sinflar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga biriktirilgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Yashil_Makon
#Qashqadaryo
BOSHQARMA BOSHLIG'I «YASHIL MAKON» LOYIHASIDA ISHTIROK ETDI
Avval xabar berganimizdek, Qashqadaryo viloyatidagi barcha ta'lim muassasalarida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko'kalamzorlashtirish, gul ko'chatlar-u, daraxt va butalar majmui yerga qadalmoqda.
Ana shunday tashabbuslardan biri Kasbi tumanidagi ta'lim maskanlarida ham o'tkazilmoqda.
Ushbu loyiha doirasida Kasbi 21-umumiy o‘rta ta'lim maktabida ''Yashil makon'' loyihasini ta'lim maskanlarida ijobiy o'tkazilishini tashkil etish bo‘yicha boshqarma boshlig'i tomonidan ko'rsatmalar berildi.
Loyiha doirasida Qashqadaryo viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig‘i Ubaydulla Oripov va soha xodimlari ishtirokida manzarali daraxtlar ekildi.
❗️Qashqadaryoda "Yashil makon" loyihasi doirasida ko'kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda “Qarshi shahridagi 40-maktabda dars taqsimoti tuzilishida amaliy yordam so'raymiz" mazmunida tarqalayotgan murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi dastlabki rasmiy munosabati:
Murojaat soha mas'ullari nazoratiga olingan. Yakuniy jarayon bo'yicha batafsil axborot beriladi.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
|RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda "Qarshi tumanidagi 12-maktab ta'mirtalab holatda" mazmunidagi murojaat yuzasidan rasmiy munosabati:
Qarshi tumanidagi 12-maktab 1968 yilda qurilgan, quvvati 844 o‘quvchi o‘rinli. Hozirgi kunda maktabda 1372 nafar o‘quvchilar o'qiydi. Maktabning navbatlilik koeffsiyenti 1.6 ni tashkil etadi.
Maktab binosi 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 yanvardagi “2022-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-98-son Qarorga ko'ra mukammal ta’mirlangan.
Maktabda ta’mirlash ishlarini viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiring kompaniyasi buyurtmachiligida XXTK "Xo‘jalik hisobidagi ta’mirlash korxonasi" tomonidan olib borilgan.
Obyektning shartnoma qiymati 6 mlrd. 6 mln. so‘mni tashkil etadi.
❗️Hozirda maktab ta’mirlash ishlari yakunlangan va mavjud kamchiliklar bosqichma-bosqich bartaraf etilayotganligini ma'lum qilamiz.
@Qashqadaryo_vxtb
Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон-Франция саммитида иштирок этиш учун Самарқанд шаҳрига келди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в город Самарканд для участия в узбекско-французском саммите.
#Mirziyoyev #tashrif #Fransiya #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ilk bor qo'llariga qalam tutqazib,
Yozishga undagan,sanoq o'rgatgan.
Nur-ziyo ulashib,mehrini berib,
Sirli odamga meni boshlagan
Qarshi shahar 43-umumiy o'rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Abdiyeva Zulfizarning "Inja tuyg‘ular" nomli she'riy to'plami "Renessans press" nashriyoti tomonidan chop etildi.
"Inja tuyg‘ular" nomli nazmiy guldastalar Zulfizar Abdiyeva hamda onalari Zaynab Ro‘ziyeva qalamiga mansub she‘rlar kiritilgan. Ushbu ijodkor o‘qituvchimini ijodlariga o‘lkan zafarlar tilaymiz.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Obodonlashtirish_Yashil_Makon
📸FOTO
🖼Qarshi shahar 17-DMTT
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
🗣 O’zbekiston yoshlar ittifoqi III Respublika sardorlar forumi ishtirokchilarining 2-kundagi treninglar yuzasidan fikrlarini tinglaymiz!
#sardorlarforumi2023 #yoshlarittifoqi #2kun
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
✅ Axborot 24 | Qashqadaryo viloyatida yoshlarni ish bilan ta’minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar
#31oct #uzbekiston24 #yoshlar_bandligi
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Франция Республикаси Президенти Эммануэль Макрон 1-2 ноябрь кунлари расмий ташриф билан мамлакатимизда бўлади.
—
По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева 1-2 ноября Президент Французской Республики Эммануэль Макрон совершит официальный визит в нашу страну.
#Mirziyoyev #tashrif #Fransiya #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#doktorant_minbari
Ilmiy izlanish olib borish bilan maktab taʼlimi rivojiga qanchalik hissa qo‘shish mumkin?
Maktab taʼlimi samaradorligida mavjud muammolarga ilmiy yechimlar berishda bugun tadqiqotchidan nimalar talab qilinadi?
Yuqoridagi savollar bilan A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti doktorantiga yuzlandik. Doktorant minbari loyihamizning bu galdagi suhbatdoshi Aziza Usmonova.
⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Ijtimoiy tarmoqlarda «Xalq ta'limi Info» kanali ma'muri Ulug'bek Po'latov tomonidan Nishon tumani
46-umumta'lim maktab direktori v.v.b. Odilbek Choriyevning ish faoliyatiga samimiy tilak bildirdi.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Samarqandda Fransuz alyansi maktabi ochildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron Fransuz alyansining Samarqand shahridagi filialini ochib berdilar.
#Yurist_maslahati
❓Men boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiman. Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida men ham qatnashsam bo‘ladimi?
Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ta'lim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti va Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.
✅ Joriy yilning 28-iyul kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-2024-o‘quv yilida ustama to‘lanadigan Sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi.
Mazkur qaror izohining 7-bandida "Matematika va ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) fanlaridan olingan sertifikatlar boshlang‘ich sinflardagi mutaxassislarning aynan shu fandagi dars soatlari uchun amal qilishi belgilangan.
❗️Bunga ko‘ra, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining ona tili va adabiyot fanidan olgan sertifikati ona tili va o‘qish savodxonligi soatlari uchun amal qiladi.
➖ Ushbu qarorda Bilim va ko‘nikmalarni baholash agentligi tomonidan Ona tili va adabiyot fanidan beriladigan Milliy Sertifikatlar uchun ustama to‘lashning eng kam miqdori sifatida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun 60 ball belgilab qo‘yilgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Ochiq_dars
TA'LIM MASKANLARIDA OCHIQ DARSLAR TASHKIL ETILMOQDA
Qarshi shahridagi 23-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining Jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi Maftuna Jamilova tomonidan ochiq dars tashkil etildi
Unda maktabning 9-"A" sinf o'quvchilari Jismoniy tarbiya fanidan "Volleybol toʻpni pastdan qabul qilish yuqoridan uzatish" mavzusida volleybol to'pida normativlarni amalda namoyon etildi.
@Qashqadaryo_vxtb
#Jarayon
Qashaqadaryodagi maktab o‘quvchilari uchun mahorat darslari davom etmoqda
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 26-sonli umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari uchun Chavandozlar maktabi tomonidan mahorat darsi olib borildi.
—
Продолжаются мастер-классы для школьников
Специалисты "Чавандозлар мактаби" ("Школa наездников") провели мастер-класс для учащихся общеобразовательной школы № 26 г.Карши Кашкадарьинской области.
—
Skill training of general education school students
Skill training was held at the National Guard "Chavandozlar maktabi" for students of general education school No. 26 in Kashkadarya city, Karshi region.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda “Shahrisabz shahridagi ta'lim muassasalariga darsliklar yetarli emas" mazmunida tarqalayotgan murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi dastlabki rasmiy munosabati:
Murojaat soha mas'ullari nazoratiga olingan. Yakuniy jarayon bo'yicha batafsil axborot beriladi.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda “Koson tumanidagi 31-maktab direktori ichki ishlar xodimini chaqirib farzandimni berib yubordi" mazmunida tarqalayotgan murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi dastlabki rasmiy munosabati:
Holat mas'ullar tomonidan atroflicha o'rganilmoqda. Mazkur holat shaxsan tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshlig'i nazoratiga olingan va tez orada bu haqida batafsil maʼlumot berilishini maʼlum qilamiz.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Formativ_Summativ_Baholash
Qashqadaryoda ham formativ va summativ baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etilgan
Qashqadaryoda 33 ta umumta'lim maktablarida ilk bor choraklik summativ baholash sinovlari boʻlib oʻtdi.
2023-2024-oʻquv yilida Respublika miqyosida 500 ta umumtaʼlim maktabida oʻquvchilar bilimini formativ va summativ baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etilganidan xabaringiz bor. Shundan Qashqadaryo viloyatida 33 ta umumta'lim maktablarida tashkil etilgan.
Bugun mazkur tajriba-sinov maktablarining 5-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida 2023-2024-oʻquv yilining I chorak yakuni boʻyicha choraklik summativ baholash (CHSB) jarayonlari bo'lib o'tdi.
Unda oʻquvchilar ona tili, matematika, biologiya fanlaridan CHSB sinovlarini topshirishmoqda.
❗️Sinov materiallari o'zbek va rus tillarida chop etilgan.
————
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Umumta'lim maktablarida ilk bor choraklik summativ baholash sinovlari boʻlib oʻtmoqda
✅ 2023-2024-oʻquv yilida Respublika miqyosida 500 ta umumtaʼlim maktabida oʻquvchilar bilimini formativ va summativ baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etilganidan xabaringiz bor.
🔴 Bugun mazkur tajriba-sinov maktablarining 5-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida 2023-2024-oʻquv yilining I chorak yakuni boʻyicha choraklik summativ baholash (CHSB) jarayonlari bo'lib o'tmoqda.
🔗 Unda oʻquvchilar ona tili, matematika, biologiya fanlaridan CHSB sinovlarini topshirishmoqda.
❗️Sinov materiallari o'zbek, qoraqalpoq va rus tillarida chop etilgan.
__________
✔️ Fotolavhalarda Buxoro, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Andijon viloyatlaridagi jarayonlar aks etgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Obodonlashtirish_Yashil_Makon
📸FOTO
🖼Qarshi shahar 1-DMTT
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#OAV_biz_haqimizda
#Dayjest
#Gimnastikaga_ilk_qadam_musobaqasining_final_bosqichi
🔹📺O'zbekiston 24 tv - /channel/mtrkuzofficial/174476
🔹📺O'zbekiston 24 tv - /channel/mtrkuzofficial/174463
🔹📺Sevimli - Zamon tv - /channel/zamon_lavhalar/17938
🔹📺Mening yurtim - Hudud tv - /channel/hududtv/24426
🔹📱Uza.uz sayti - https://uza.uz/posts/533486
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
O’zbekiston yoshlar ittifoqi III Respublika sardorlar forumining 1-kuni yakunlandi!
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Jarayon
TEZ FURSATLARDA DAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI O'ZGACHA QIYOFA AKS ETADI—QARSHI SHAHAR
Qarshi shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi bir qator ta'lim maskanlarida qurilish, ta'mirlash va rekonstruksiya jarayonlari jadallik bilan tashkil etilmoqda.
Bugun MMTB boshlig'i qurilish, ta'mirlash jarayonlarni ko'zdan kechirdi va soha mas'ullariga tavsiyaviy fikrlarini bildirdi.
—Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini o'z ko'zingiz bilan ko'rib, soha mas'ullariga mavjud tavsiyalarni berish natijasida qator obyektlardagi jarayonni ko'zdan kechirmoqdamiz. Albatta, xalqimiz farzandlari tarbiya oladigan ushbu maskanlar uchun sifatli qurilish davr talabi ekanligini yoddan chiqarmasligimiz kerak,-deydi Qarshi shahar MMTB boshlig'i Bahodir MO'MINOV.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Яқин Шарқдаги воқеаларга доир баёнотидан
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter