0
Men boshqa, Siz o'zga. Eng muhimi qalblar istagi..!
Uyg'onguvchi bog'larni kezdim...
Bahor keldi deguncha, yashilga burkangan qirlar, sochpopuk ulab olgan qizlar, faslning mayin shamoli daraxt gullarining iforini olib qochishi... fikrimni chulg'ab oladi. Sumalakdan tosh topdim,
Bir parcha quyosh topdim.
deb yuzlari oykulcha misol bo'lib yugurgulagan bolajonlar🥰 yodimga tushadi.
Bir yillik sog'inchni jamlab olib yurgan ko'zlarga omonlik-esonlik deya surilgan bug'doy-u, uni katta qilib, ezib-ezib shirasini yaxshi tilaklar-la qozonga solgan momojonlar, buvijonlar mehriga ko'ngil talpinadi.
O'ngirlarda sakraydi ohu
Na'matakda sa'va mittijon...
Yalangoyoq bo'lib endigina boshini ko'targan maysalar uzra ohu singari chopqillagim, sa'va misol xonish aylagim keladi. Shoshinqirab oqayotgan anhor suvlarida yuzimni yuvishga, tabiat inom etgan jamiki go'zallikni qalban his qilishga intiqaman. Emizikli bola onasiga talpingan misol orziqaman o'lka bag'riga, fasl ko'rkiga...🌼
Mana, bugun navro'zi olam
Do'stlarimga gullar tutarman...
Azizlar, yaxshilar, men uchun eng qadrdonlar!
Yosharish va yangilanish faslining mo'jiza ayyomi, qutlug' bayrami, o'ziga hos tarovatga, fasohatga ega Navro'zi muborak bo'lsin...! 💐
🌱Diyorakhon
@qalbimizda_qalbingiz
IT соҳасига доир энг сўнгги халқаро ва маҳаллий янгиликлар, шунингдек, долзарб масалалар таҳлилини "IT News" таълимий - информацион шоусида кузатинг!
Дастурни бугун соат 18:00 да "Renessans TV" телеканалида томоша қилишингиз мумкин!
Бизни ижтимоий тармоқлар орқали ҳам кузатиб боринг 👇
🌍 Telegram/Instagram/Youtube/Facebook
#köngil_tili
Bori elga yaxshilig' qilg'ilki, mundin yaxshi yo‘q,
Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig'!Zahiriddin Muhammad Bobur
@qalbimuzda_qalbingiz
Sizlarda ham shunday bo'ladimi?
Kimgadir tasodifan yordam berib qolasiz-u olam ko'zingizga keng, rangin va jilokor bo'lib ko'rinadi. Minnatdor ko'zlar qarshisida hayajondan o'zingizni unutasiz. So'zlar so'zingiz ming turfa xilga kiradi. "Unaqa demang, men deyarli hech nima qilmadim", deysiz. Yuragingiz potirlab, zum o'tmay butun vujudingiz bo'ylab "yugura" boshlaydi...
Balki sizda ham bo'lsa kerak. Ha, aminman. Chunki, biz qalblardan qalblarga sayr qiluvchi sayyohlarmiz! ✌️
@qalbimizda_qalbingiz
Ba'zida yolg'iz qolgingiz keladi. Va Siz buni hech qanday so'z bilan izohlab berolmaysiz.
@qalbimizda_qalbingiz
#book
Tana uchun sport qanday ahamiyatga ega bo'lsa, zehn uchun ham o'qimoq shunday ahamiyatga ega. Richard Stele
@qalbimizda_qalbingiz
#tafakkur
📚Kitobdan boshingni ko'tarma, dunyo juda yomon joy!
Photo by me🌼
✔️"Qamar" kitob do'koni
@qalbimizda_qalbingiz
#yaralish
Shunchaki....
bag'rimga botadi dardlar
Ko'zimning yoshiga erkni beraman
Tashqari tumanli. Siniq havoda
Siniq vujudimni teraman...
©Diyorakhon
@qalbimizda_qalbingiz
"Imomning maniken qızi" 📚
©Amına Shenlık o'g'li
#Manfaatli_bòlsin📚
Manba: @mnemonika_methods
@qalbimizda_qalbingiz
#Tafakkur
METIN IRODA
U 17 yoshida oliygohga qabul qilinmadi.
25 yoshida onasi vafot etdi.
26 yoshida homilasini abort qildirdi.
27 yoshida xulqi yomon odamga turmushga chikdi. Puli, jismi, his-tuygʻulari toptaldi.
28 yoshida koʻp ruhiy azoblardan soʻng eridan ajrashdi.
29 yoshida hukumat beradigan ozgina nafaqa hisobidan kun koʻrib yurdi.
30 yoshida bir necha marta oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻldi.
31 yoshida bir necha bosmaxonalar chop etishni istamagan kitobini nashr qildi.
35 yoshida toʻrtta kitobi bosilib chiqdi.
42 yoshida yangi chiqqan kitobi nashr qilingan kuni 11 million nusxadan koʻproq sotildi.
Bu ayol mashhur “Garri Potter” asari muallifi Joan Rouling, kitob sotish orqasidan milliarder boʻlgan birinchi yozuvchi. Joan Rouling Britaniyada odamlarga eng koʻp taʼsir koʻrsatgan shaxs sifatida tan olingan va “Sharaf” ordeni bilan taqdirlangan."Qalblardan so'rang" kitobidan
Aslida biz yaratmayotganimiz, balki belgilab qo'yilganida yashayotganimizni his qilsakkina chinakam baxtga erishamiz.
@qalbimizda_qalbingiz
-Uchrashamizmi?❤️
-Ha.
-Yaxshi, unda tezroq kel.
-Qayerga ekanligini aytmadim-ku!
-Manziling bitta: kitobxona
Foto by me🌼
@qalbimizda_qalbingiz
Rauf & Faikni tinglovchilar bormi?
Eshitmagan bo'lsangiz bir izlab, tinglab ko'rishingizni tavsiya qilaman.
Ana qara oyning sidralib,
Etagidan og'ib tushar baxt
Tamom baxtli bo'lmog'ing mumkin!
@qalbimizda_qalbingiz
Inson doimo gapirishga oshiq bo'ladi, deb o'ylardim. Ba'zan sukut saqlash ham kerak ekan.
@qalbimizda_qalbingiz
#Iqtibos
Renessans telekanalida faoliyat yuritmoqchiman. Buning uchun Diyoraxon Nabijonova o'z yordamini ayamayapti. Alloh rozi bo'lsin.
Yanagi sonda mening sahifam ham ekran yuzini ko'radi In shaa Alloh.
#harakat
Harakat bugundanmi yoki bugun dammi?
#advice from me
Bugungi kun munosabati bilan o'zimdan o'zimga kitob sovg'a qilgandim. Siz ham shunday qilib turing, garchi baýram bo'lmasada. Ishoning, bu ajoyib!🌼😊
@qalbimizda_qalbingiz
Sonunda, her şey güzel olacak, iyi olsun ya da olmasin, henüz son degil.
Oxirida hammasi yaxshi bo'ladi, yaxshi emasmi, demak hali oxiri emas.
@qalbimizda_qalbingiz
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!🌸
Kunila hayr-u barokatga to'la o'tsin In shaa Alloh 🤲
Juma ayyom muborak bo'lsin☺️
Rasululloh ﷺ ga salovat aytishni unutmang ❗️
"Allohumma solli a'la Sayyidina Muhammad" 📿Jannatga yetadigan savob olishga harakat qilib qoling!
@qalbimizda_qalbingiz
#ko'ngil_tili
Meni, men istagan o'z suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko'nglim pisand etmas. Alisher Navoiy
@qalbimizda_qalbingiz
#me
14-fevral "Xalqaro kitob hadya qilish" kuni.
Menga negadir kitob ifori kelyaptida. Shu kimdir menga sovg'a qilsa ajab emas😄
Azizlar, bu kun boshqa bayralarimizdan farqli ravishda insoniyatga qadrli bo'lishi darkor. Chunki, kitobsiz inson na o'zligini anglaydi, na buyuk kelajag yarata oladi.
(Yaqinlarimdan kitob kutib qolaman🥺) (!)
@qalbimizda_qalbingiz
#sevimli❤️
Men hali dunyodan to'ygan yo'q edim
Dunyo to'ydimikin mendan, onajon?
✍Karim Bahriyev
🎤Oxunjon Madaliyev
@qalbimizda_qalbingiz
#iqror
So'nggi vaqtlarda a'zo bo'lganim 30 dan ortiq kanallar orasidan o'zim yuritayotganini topishga mushkullik sezyapman.
#🗣
"Davlat amaldorlari bizning boshliqlarimiz emas, balki xizmatkorlarimizdir! Ular bizga xizmat ko'rsatishlari uchun maosh olishmoqda..."
Bu Malala Yusufzoyning kitobida keltirilgan, aniqrog'i otasi tomonidan aytilgan so'z.
Fikringiz: 👍 👎
Gohida baxtni oyoqlaring ostida toptaganing holda, hayollar ortidan chopib borasan.
©Ayman Yog'iy
Sevimli filmning sevimli kuyi❤️
1986-yilda bastalangan bu kuy birinchi marta suratga olingan "Choliqushi" da foydalaniladi.
@qalbimizda_qalbingiz
Mirzaobod tumani Navro'z shaharchasida joylashgan ushbu maskanda haqiqatdan ham sotuvchi yo'q. Bu joy haqida eshitganimiz bilan darhol tashrif buyurdik.
E'tiborli jihati bu yerga ko'ngildan chiqargan holda kiyim yoki oziq-ovqat mahsulotlarini qoldirish mumkin. Ushbu narsalarga ehtiyoj sezgan inson esa hech qanday mablag' sarf qilmasdan olib ketadi.
Ignachalik bo'lsada yaxshilik qilishga harakat qiling.
Zero, har qanday saxovat Alloh yo'lida ulkan ajrga erishadi.
@qalbimizda_qalbingiz