qalbimda_sen | Неотсортированное

Telegram-канал qalbimda_sen - 🌺 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦...🌱

7009

Assαlom Alαykum Hush Kelιbsιz Kαnαlιmιzgα...🥰 ❤ 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦 Kαnαlιmιzdα...🕊 🎇 Stαtuslαr 📃 Afαrzmlαr 📝 Hιkoyαlαr 🎵 Premyerαlαr 🎬 Vιdιolαr @M_7541 adMin😎

Подписаться на канал

🌺 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦...🌱

Sirlashmaslik kerakligini bilamiz, ammo ko'ngil bir suxbatdosh izlayveradi...

Читать полностью…

🌺 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦...🌱

#_qalb:)

Qalbing goʻzalligi dunyodagi rirqingdir..!

Qalb haqida bir jumla yozing:)

Читать полностью…

🌺 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦...🌱

Arazlab gaplashmaslik,kech yozganda kech javob qaytarish kabi narsalar faqatgina hayotni qiyinlashtiradi xolos...Birini sog'insangiz telefon qiling,yozishni hohlasangiz yozing,yahshi ko'rsangiz ayting,hafa bo'lsangiz bildiring...
Hayot bunday mayda narsalarni hisobini qilib o'tirish uchun juda qisqa....

Читать полностью…

🌺 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦...🌱

Hayot to‘siqlardan iborat...
Bugun bittasidan o‘tasan...
Ertaga ikkinchisi paydo bo‘ladi...

🍃

Читать полностью…

🌺 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦...🌱

Аёллар деярли бир ҳил, фақат хаёсининг кўп-озлигига қараб фарқ қилади...

Шу фикрни ўқиб, мушоҳада қиляпман:

– Лайли зотидан эрсамда,
Дилда Мажнунча ҳаво!,
Тоғу тош кезгум келур,
Лек йўлим тўсгай Ҳаё!

– Ҳаё сизни кўп ёмон ишлардан тўссин деймиз...

Ҳаё борасида ўз жавоҳирларини қаърига яширган денгиздай бўлинг, покликда уммон, Сизга осон етишмоқ истаганларга Осмондай қўл етмас, баланд бўлинг,
Сизга боққанда кир кўзлар ҳам тозарсин!
  🌹🍃

Читать полностью…

🌺 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦...🌱

Omadim ketdi deb kuyunmang do'stim,
Omad kutilganda kelishi mumkin,
Kelsa ham u qadar suyunmang do'stim,
Hayotda har narsa bo'lishi mumkin...

Читать полностью…

🌺 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦...🌱

Allohning fazli va rahmati
Jumaning hayri va barokati sizlarga bo'lsin 🍃🍃🍃

Allohumma solli alla sayiddina Muhammad 🌙✨✨

Читать полностью…

🌺 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦...🌱

🌿 Erkaklar, uyda bo'lmaganingizda ayolingizdan hol so'rab turing: xabar yozing yoki qo'ng'iroq qiling. Uyga ogohlantirib keling. Ishda juda kechgacha qolib ketmang, oila uchun ham vaqt ajratish kerak.

Kechgacha qolib ishlaydigan erkaklar oilasiga kunduzi vaqt ajratishga harakat qilsin. Masalan, ishga kechroq ketish, tushlikka uyga kelish bilan.

Ko'p vaqtingiz ko'chada o'tsa, oilangizni ham birga olib chiqishga harakat qiling. Ayniqsa, ko'p safarda yuradigan erkaklar bunga amal qilsin.


🍃

Читать полностью…

🌺 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦...🌱

​​— Qayerda ishlaysiz?
— Uy bekasiman.

Ko'pchilik ayollarimiz, shu gaplarni aytishdan uyalishadi, xuddi bu ayb ishday. Aslida, bekalik eng oliy maqom. Uni bilgan biladi. Bir tanish ayol bor edi, bolalarining kiyimidan izlab ham dog' topa olmas edingiz. Xuddi "Colgate" reklamasiga tushib berayotgan qizday doim jilmayib yurar edi. Ba'zilar qovoq uyib, ba'zilar oddiy yuradi. U ayol doim kulib yurardi, ko'rgan odamning yuragi erirdi uni ko'rib.

Uyidan, bolalaridan, o'zidan ham doim shirin hid kelib turardi. Ostonasi esa doimo ozoda. Biz uni erinmagan bandaga chiqarar edik. Podyezni avval xlorda, keyin gellab, undan keyin toza suv bilan artib chiqardi.

Farishta ham, baraka ham toza uyga kelishiga o'shanda ming karra amin bo'lgan edim. Avval kvartirada turishar edi, ikki, uch keyin to'rt xonali uy olishdi. Hozir hovlida yashaydilar, uyiga borgan odam chiqqisi kelmaydi.

Ayollar uy bekasi bo'lish aslida baxt. Buni hamma ham anglolmaydi, afsuski.

🍃🍃🍃

Читать полностью…

🌺 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦...🌱

Muhabbat nafratga.......!

Negadir qumsayman bir qizni hamon
Juda goʻzal edi, misli yoʻq janon
Essiz bizni sevgi tugadi tamom
Muhabbat nafratga aylansa yomon

Arazlari juda yoqib tushardi
Har doim jilmayib, kulib turardi
Hatto tushida ham meni koʻrardi
Muhabbat nafratga aylansa yomon

Bir soniya ajratdi, bevafo yordan
Berolmaydi endi hechkimsa yordam
Bugun toʻyib ichdim chiqdim humordan
Muhabbat nafratga aylansa yomon

Moviy koʻzlarini unutish qiyin
Shirin soʻzlarini unutish qiyin
Qordek yuzlarini unutish qiyin
Muhabbat nafratga aylansa yomon

Endichi begona, oʻshal sevganing
Faqat qolibdiya, bagʻring tilganing
Bekor boʻldi u deb vaqt oʻtkazganing
Muhabbat nafratga aylansa yomon

Oshiq sen, sevgan sen, kuyganham sendir
Xatto u ololmas biror darding bil
Nma deysiz bevafo bilganingni qil
Muhabbat nafratga aylansa yomon

Kechmoq osson senga,enchi netaman
Sensiz qoldim bir oʻzim qayga ketaman
Balki seni yor, jannatda kutaman
Muhabbat nafratga aylansa yomon

Janob_xurshid she'ri ( mualliflik huquqi himoyalangan)

Читать полностью…

🌺 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦...🌱

#haqiqat

Gapirayotgan gaplariga bir kun hisob berishini bilgan odam juda kam gapiradi....

Sukut - iymondan!

Читать полностью…

🌺 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦...🌱

Qo'limda tutgancha botiniy fonus, Farosat ahlini izlayman hanuz...

#qayerdandir

Читать полностью…

🌺 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦...🌱

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

Читать полностью…

🌺 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦...🌱

Jamiyki shirin narsalarni totib koʻrdim ammo sogʻliqdan shirinroq narsa topmadim. Achchiq narsalarning barini totib koʻrdim lekin odamlarga muhtoj boʻlishdan achchiqroq narsani topmadim. Temirni ham, toshni ham olib yurdim, ammo qarzdan ogʻirroq narsani topmadim.    

Hazrat Ali Roziyallohu Anhu🍃

Читать полностью…

🌺 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦...🌱

Shunday insonlar bor..
Qalbi to'la g'am bo‘lsada, ko'nglingizga qaraydi..
Shunday insonlar bor..
O'zi mehrga zor bo'la turib sizdan mehrini ayamaydi..)

Читать полностью…

🌺 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦...🌱

Assalomu alaykum!
Xayrli tong!

Sogʻ–salomat uygʻotgan Robbimizga hamdlar boʻlsin!

Bugungi kuningiz kechagi kuningizdan xayrli, fayzli, manfaatli va barakaliroq boʻlsin azizlar!

Читать полностью…

🌺 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦...🌱

Assalomu alaykum aziz obunachi...Yana bir yangi tong uchun,g'oyibona shirin diydor uchun Alhamdulillah...Yangi boshlangan kuningiz maroqli va hayrli bo'lsin qadrdonim...
🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺

Читать полностью…

🌺 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦...🌱

Baxt rishtalari mustaxkam boʻlishi uchun “Masofa” saqlashni biling!
Ayblar oshkor boʻladigan darajada yaqin kelmang!
Goʻzalliklar unut boʻladigan darajada uzoqlashmang.

Читать полностью…

🌺 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦...🌱

Ba'zida hayotingda shunday insonlar uchraydi-ki, ular sabab yaxshi inson bo'lishga harakat qilasan...

Читать полностью…

🌺 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦...🌱

Йиғласак, йиғлабмиз, кўнгилларда нур,
Кундузлар қуёшли, кечалар ойли.
Севинчимиз денгиз, кўз ёшимиз дур,
Бизга келгач, бахт ҳам, дард ҳам чиройли.

Читать полностью…

🌺 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦...🌱

Eshitgan vaqtingizga achinmaysiz menimcha😊

Читать полностью…

🌺 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦...🌱

- Qolaversam


🍃🌸

Читать полностью…

🌺 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦...🌱

Seni sevaman, huddi parishon,
Lekin bu sevgini aslo koʻrmagin oson.
Juda ham sovuq, bu yerlar ishon,
Ayt menga sen ham meni sevasan qachon?

Sensiz menga qiyin. Sen bilan qiyinroq!
Balki oʻzgararsan sen ham keyinroq.
Sen bilan qimmat. Sensiz hayot arzon!
Balki tugar zulmat chiroqlarni yoqarsan...

P/S. Gaz yoʻq joyda yashaydiganlar juda yaxshi tushunadi.

Читать полностью…

🌺 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦...🌱

Бир-биримизга йўлни енгиллатишдан бошқасига эга эмасмиз.

Мустафо Маҳмуд

Читать полностью…

🌺 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦...🌱

Ҳаммага ўхшаманг, бошқалардан озгина бўлса ҳам ажралиб туринг.
Чунки, Сизни тангри меҳр билан яратган.

Шубҳасиз, Сизда фарқли нимадир бор...


🪷🍃

Читать полностью…

🌺 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦...🌱

Bu dunyo biz uchun asli imtihon,
Bizdan qolar ezgulik, faqat yaxshi nom.
Hammamiz bandamiz, hammamiz inson.
Shukur qil, hamisha Allohga ishon!


🍃❤️🍃

Читать полностью…

🌺 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦...🌱

Ba'zan hislarni anglatmoq uchun topilmas, topilsa ham yetmas kalomlar.
Indama, izn ber bir-biriga boqsin ko'zlar, ular aytsinlar sog'inch to'la kalomlar.

Читать полностью…

🌺 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦...🌱

📝 Отажоним, розимисиз кизингиздан?!

Кўзингизни олиб қочманг, жоним отам!
Айланайин йиғлаётган кўзингиздан,
Кўз ёшлари куз селидек оқаётган,
Саждагохим, розимисиз қизингиздан?!

Қизим дея минг бор ўлиб, минг тирилиб
Қайғу алам қўним топган юзингиздан,
Остонадан ўтолмайин йиғлаётган,
Қиблагохим, розимисиз қизингиздан?!

Болалигим йиғлаяпти кўз ёшимдек,
Минг айланай, минг ўргилай ўзингиздан,
Паранжида кўз ёшларин ичаётган,
Панохгохим, розимисиз қизингиздан?!

Ор – номуси, хаё – ибо залворини,
Олаяпти қисмат бугун елкангиздан,
Нон – тузингиз оқлагани кетаётган,
Отажоним, розимисиз қизингиздан?!

Палахмоннинг тоши каби отилдим – а,
Қизлик билан хайрлашиб уйингиздан,
Эркалигин кўмиб кетар кўзингизга,
Шохсуворим, розимисиз қизингиздан?!

Йўқлаб туринг, келолмасам мехрибоним,
Йироқдаман энди ширин сўзингиздан.
Уйингизга мехмон бўлиб келадиган,
Бузрикворим, рози бўлинг қизингиздан!


🍃🍃🍃

Читать полностью…

🌺 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦...🌱

Шундай қалб эгалари борки, сен у билан бирга бўлиш учун борингни беришга тайёр бўласан...




Читать полностью…

🌺 𝐁𝐞𝐦𝐞𝐡𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚𝐦...🌱

Baxt-saodat eshigining eng ulug‘i ota-onaning qilgan duosi va ularning sizdan roziligidir.
Ularning duolari sizga yetadigan balo-ofatlardan saqlovchi qo‘rg‘on bo‘lsa, roziligi jannatingizdir.
Ularga yaxshilik qilishni g‘animat biling.

Читать полностью…
Подписаться на канал