psixologik_testlar | Неотсортированное

Telegram-канал psixologik_testlar - PSIXOLOGIYA

3355

Psixolgik testlar orqali siz ruxiyatingiz, sevganingizni ruxiyati haqida bilib olishingiz mumkun. Bundan tashqari siz qanday rahbarsiz va h.k savollarga javob topasiz 👇Murojaat uchun 💰Reklama pullik 👤Admin @Ellix_uz 🎓Ps @Birgalikda_Rivojlanamiz

Подписаться на канал

PSIXOLOGIYA

❄️ Ассалому алейкум!

Хайрли Кун Азизлар!

@Psixologik_testlar

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

🎓Odamlarning yaxshi va yomonlarga bo'linish sabablari aniqlandi

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Ўз вақтининг лоақал бир соатини беҳудага ўтказмоқчи бўлган кишини ҳаётнинг бутун қадр-қимматини ҳали тушуниб етиш даражасига бормаган деса бўлади.

@Psixologik_testlar

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Odamlarga qanday ta’sir o’tkazish mumkin: 10 ta psixologik usul

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

1. Har doim xushmuomala do‘stlaringiz sizningcha...
a) yaxshi suhbatdosh – 2 ball;
b) qattiq intizom usuli bilan tarbiyalanganlar – 4 ball
v) haqiqiy fe’l-atvorlarini yashiradilar – 1 ball
2. Siz hech qachon urishmaydigan do‘stlarni bilasiz. Sizningcha ular...
a) baxtlilar – 2 ball
b) bir-birlariga befarqlar – 1 ball
v) bir-birlariga nisbatan ishonchsiz – 4 ball
3. Birinchi marta ko‘rib turgan insoningiz siz bilan hazillashsa, qiziqarli voqealarni aytib bersa u haqida nima deb o‘ylaysiz?
a) gapga usta – 1 ball
b) o‘ziga ishonmaydi va bu bilan hozirgi vaziyatdan chiqib ketmoqchi bo‘lyapti – 2 ball
v) sizda yaxshi taassurot qoldirmoqchi – 4 ball
4. Behosdan buyumlari sochilib ketgan qizga notanish yigit yordamlashsa, demak yigit...
a) yaxshi taassurot qoldirmoqchi – 2 ball
b) unga qiz yoqib qolgan – 2 ball
v) yaxshi inson – 4 ball
5. Suhbatdoshingiz birinchi bo‘lib gap boshlamayapti. Demak u...
a) uyalyapti – 2 ball
b) meni tushunmaydi, deb o‘ylayapti – 1 ball
v) meni gap boshlashimni kutyapti – 4 ball
6. Doim boshini egib yuradigan insonlar haqida fikringiz?
a) uyalchang – 2 ball
b) xayolparast – 2 ball
v) aniq hech nima deyolmayman – 4 ball
7. Birovning ko‘ziga qarolmaydigan inson haqida nima deyishingiz mumkin?
a) o‘ziga ishonmaydi – 1 ball
b) samimiy emas – 4 ball
v) xotirjam emas – 2 ball
8. O‘ziga to‘q odam juda arzon buyum sotib oldi. Demak u ...
a) tejamkor – 4 ball
b) kamtar – 2 ball
v) ziqna – 1 ball
NATIJALAR:
30 va undan ortiq ball. Siz boshqalarga juda osonlik bilan baho bera olasiz. Bir nazar tashlashingiz bilanoq kishilarning fe’l-atvorini bilib olish qobiliyatingiz tufayli ularga o‘z fikrlaringizni bemalol gapiraverasiz.
20-29 ball. Siz odamlarni va vaziyatni to‘g‘ri, xolisona baholay olasiz. Insonlarning fe’l-atvorlari siz uchun o‘qigan kitoblaringizdek ravshan. Lekin shunday bo‘lsa ham fikrlaringizni doim ham to‘g‘ri deb hisoblamaysiz. Fikringiz noto‘g‘riligini tan olishdan qo‘rqmaysiz.
11-19 ball. Ba’zida odamlarga to‘g‘ri baho bera olasiz, lekin ko‘proq boshqalarning fikrlariga quloq solasiz. Shu bilan o‘zingizga nisbatan shubhalanasiz. Natijada esa shaxsiy fikringizni umuman ayta olmaysiz.
10 va undan kam ball. Siz odamlarga haddan tashqari ishonasiz. Ularni faqat yurish-turishlari va ko‘rinishlaridan baholashga o‘rganib qolgansiz. Xatolaringizning aksariyatiga insonlarni to‘g‘ri baholay olmasligingiz sababchi.

🔯 @Psixologik_testlar 🔯

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Инсон бошига тушиши мумкин бўлган энг оғир йўқотиш вақтни бой беришдир.

@Psixologik_testlar

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Кибр ва ғафлат – бадбахтлик манбаи

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

@Psixologik_testlar

🏞 Rasmlardan qaysi biri bir qaraganda yoqdi Tanlov 10 soniyadan oshmasligi kerak.

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

🎓SUHBAT — FE’L-ATVOR XABARCHISI

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Муваффақиятнинг ягона йўли — таслим бўлмасликдир. Инсон омадсизликка учрадими, дарров ҳаракатга тушиши ва буни максимал даражада қилиши лозим.

1. Тирик экансиз, барчасини уддалаш мумкин. Ўлим — таслим бўлиш учун ягона баҳона бўла олади. Тирик экансиз сиз учун ҳадсиз-ҳисобсиз имкониятлар омили мавжуд. Улардан фойдаланиб, мақсадингизга етинг.

2. Ҳаётга реал кўз билан қаранг. Барча иш ҳам бир уринишда ҳал бўлавермайди. Буни тушунинг. Бу дегани қўлни ювиб қўлтиққа артиш дегани эмас. Хатолар, янглишишлар бўлади ва ишонинг, буларнинг бари сизнинг фойдангизга. Фақат буни кўра билинг.

3. Сиз ўзингизга баҳо берганга қараганда кучли одамсиз. Кўзга кўринмас майда муаммолар сизни тўхтатиб қолмасин. Керак бўлса ўн, юз ва ҳатто минг марталаб омадсизликка учраган тақдирингизда ҳам асло таслим бўлманг.

4. Ўзингизни доим тергаб туринг. Масъулиятни олишдан сира қўрқманг. Ҳаммаси яхши бўлади. Бу қайтанга ўзингизга бўлган ишончнинг ортишига сабаб бўлади. Камтарлик яхши ҳислат, албатта. Лекин ҳамма жойда эмас.

5. Буни ҳам инсон боласи қилган-ку!” Ҳа, тўғри. Шу сабаб сиз ҳам уддасидан чиқасиз!

6. Амалга ошира олмаслигингизни таъкидлашсада, барибир орзуларингизга ишонинг.

7. Ён-атрофдагиларингизга суянинг. Шунда қувват янада ошади. Ярим йўлда ташлаб қўймайдиган танишларнинг бўлиши, фақат муваффақиятга олиб боради.

8. Ёдингиздан чиқмасин! Ҳаётда сизнинг аҳволингиздан баттарроқ ва сизга ҳаваси келадиган инсонлар сон минглаб топилади. Миллионлаб одамларга қийин, лекин улар таслим бўлишмаяпти. Улар курашишда давом этишаяпти.

9. Ўзингизга тўғри баҳо беринг. Сиз ҳар қандай бахтга муносиб инсонсиз!

10. Яхшилик қилишни ўрганинг. Бу билан ўзингизга ҳам ёрдам берасиз.

11. Барча нарсанинг ўз вақти соати бор. Вақтида Уолт Диснейни бўш тайёрлаган мақоласи учун ишлаб турган газетасидан ҳайдашган. Менделеев кимё фанидан қониқарсиз баҳода ўқиган. Шу сабаб кўп сиқилманг. Ҳозирча омадингиз келмаяптими, демак омад келишининг ўз вақти соати бор!

🔯 @Psixologik_testlar 🔯

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

🍁Ассалому алайкум!
Хайрли тонг!)))
Янги кунга соғ-саломат еткизган Аллоҳга шукурлар бўлсин!
Кун давомида яхши амалларни кўпроқ қилишга муваффақ қилсин.

@Psixologik_testlar

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

@Psixologik_testlar

QANCHALIK AQLLI EKANINGIZNI TEKSHIRIB KO'RING

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Shunday vaziyatlar bo'ladi: o'tirgan yumshoqqona kursingizdan qimirlagingiz ham kelmay qoladi. Lekin, harakat qilish kerak! Hali oldinda qiladigan ishlar ko'p ahir! Bugun shunday paytlarda o'zingizni ruhlantirishga yordam beruvchi maslahatlarni taqdim etamiz. Marhamat!
1. O’z hayot tarzingizni yarating

Kelajagingiz haqida, kelajakdan nima istaklaringiz ro’yobga chiqishi, kelajakdan nima kutishingiz haqida yozib chiqing. Bunda siz qayerda yashashingiz, nima ish bilan shug’ullanishingiz va nimalarga erishishingizni ham batafsil ifodalang.

Bu yozadigan istaklar qalbingiz to’ridan chiqsin. Yashaydigan uyingiz jihozlarini, unda kim bilan yashashingizni ham yozishni unutmang. Bu narsa oldingizga qo’ygan maqsadlaringizga erishishingizda yaxshi omil bo’lib ta’sir qiladi.

2. Kelajagingizni tasavvur qiling

Hayotingiz qanday bo’lishini ko’pbor tasavvur etishga harakat qiling. Ko’zingizni yopgan holda nima bilan shug’ullanishingizni tasavvur qiling. Agar tasavvuringizda yaxshi sport formasida bo’lishingizni istasangiz, sport zalida mashq qilayotganingizni, ertalablari esa yugurayotganingizni tasavvur qiling. Agar yangi ish ochmoqchi bo’lsangiz, tasavvuringizda ishingizni ochib xodimlaringiz, birinchi xaridorlaringiz bilan shartnomalar tuzayotganingizni o’ylang. Yorqin obrazlar yarating, bu ishda sezgi organlaringizni ham ishga soling.

3. O’qish, o’qish, o’qish

Ko’proq o’qing, ishingiz haqidagi semenarlarga qatnashing, muavfaqqiyat qozongan insonlar bilan suhbatda bo’lib, ulardan muavfaqqiyat sirlarini o’rganing. O’qiganlaringizni o’zingizga tadbiq qilishga o’rganing va bulardan hosil bo’lgan g’oyalarni ishingiz rivojiga sarflang. O’rganish imkonlari juda ko’p, muhimi to’g’risini tanlash va tanlangan yo’ldan adashmang.

4. Tozalik va tartibga rioya qiling

Tashqi ko’rinishingiz, to’g’ri tanlagan imijingiz, sizdan taralayotgan xid sizning muavfaqqiyatingizni ta’minlovchi omillardan biridir. Toza yaxshi jihozlangan ish o’rni muavfaqqiyat omillaridan biridir. Atrofdagi tartibsizlik bizga salbiy ta’sir o’tkazadi. Hayotingizni tartibli bo’lishiga harakat qiling, hayotdan zavq olib yashashga harakatda bo’ling. Bilingki ichingiz ham ustingiz ham bir – xilda bo’lsin. Bu qonun ikkitomonlama ishlayveradi.

5. To’g’ri ovqatlaning

Ko’pchilik bu muhim bo’limni qoldirib ketadilar. To’g’ri ovqatlanish baxtli hayot kechirishimizning asosiy omili hisoblanadi. Ovqatlanish ratsioniga har – xil vitaminlarga hamda organizmingiz uchun muhim bo’lgan oqsillarni kiritishni unutmang. Og’ir parhezga o’tirish shart emas, muhimi to’g’ri tartibli ovqatlanish. Fastfudlardan voz keching, foydali ta’omlardan iste’mol qiling. Ratsioningizga yangi sabzavot, xo’l mevalarni kiriting, kuniga 1,5 litr suv iching, kechalari ovqatlanishdan voz keching. Natijalar sizni hayron qoldiradi.

6. Yaxshi tomonga intilish

Agar uzoq vaqt davomida hayotingizda hech narsa o’zgarmasa, vaqt o’tishi bilan bu hol sizga sizga oddiydek bo’lib qoladi. Tevarak – atrofingizdagi o’zgarishlarni go’yoki sezmaysiz ham. Hayotda o’zgarishlar davri keldi, javoningizdan hamma kiyimlarni olib tashlang, eski suratlardagi siz yoqtirmaydigan eslatmali rasmlarni o’chirib tashlang. Uyingizda kichik o’zgarish uyushtiring, eshik tagidagi gilamni o’zgartiring, televizor o’rnini almashtiring, pardalarni o’zgartiring. O’lik nuqtadan qo’zg’aling. Shu bilan bir qatorda yangiliklar tomon olg’a qadam bosing.

🔯 @Psixologik_testlar 🔯

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Вақт бизнинг энг арзон ва айни вақтда энг қимматбаҳо мулкимиздир, чунки вақт туфайли биз ҳамма нарсага эришамиз

@Psixologik_testlar

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Nega ayrim kishilarga doim omad kulib boqadi? Muvaffaqiya choqqisini zabt etishadi? Chunki ular doim izlanishda, hamisha harakatda! Siz-chi? Hafsalasizlik, yalqovlik domiga tushganmisiz yoki mehnatdan qochmaydiganlar toifasiga kirasizmi? Marhamat, testimizni ishlab, ozingizga baho bering.


1. Ertalab kozlaringizni ochishingiz bilan orningizdan turasizmi yoki yana birpas mizgib olamizmi?
A. «Odatda, telefonimning uygotgichi jiringlashi bilan uygonaman» — 1 ball.
B. «Yana birpas uxlab olmasam bolmaydi» — 3 ball.
S. «Agar hali vaqtli bolsa, biroz xayol surib yotishim mumkin» — 2 ball.

2. Rahbaringiz malum bir vaqtda bajariladigan vazifani topshirsa, siz...
A. «Reja asosida ishlayman» — 2 ball.
B. «Topshiriqni vaqtidan oldin bajarib, dam olishga vaqt qolishiga harakat qilaman» — 1 ball.
S. «Kopincha qolim ishga bormay, ancha kun bekor yuraman-da, keyin kechasi bilan ishlayman» — 3 ball.

3. Ishga belgilangan vaqtdan kech qolib borasizmi?
A. «Ha, har zamon uxlab qolishim mumkin» — 2 ball.
B. «Odatda vaqtida boraman» — 1 ball.
S. «Bunaqa hol har ikki kunning birida sodir boladi» — 3 ball.

4. Bugungi ishni ertaga qoldirgan paytlaringiz bolganmi?
A. «Togrisi, har doim shunaqa boladi» — 3 ball.
B. «Hammasiga vaqtida ulgurishga harakat qilaman» — 1 ball.
S. «Gohida, juda holdan toyganimda» — 2 ball.

5. Biror ishga ulgurmaganingizda hamkasblaringizdan yordam soraysizmi?
A. «Yoq, bu prisiplarimga xos emas» — 1 ball.
B. «Kam-kamdan hollarda, haybarakallachilik bolganda xolos» — 2 ball.
S. «Albatta, ular juda yaxshi odamlar, yoq deyishmaydi» — 3 ball.

6. Marraga etmasdan ortga qaytgan paytlaringiz bolganmi?
A. «Juda charchaganimda shunaqa boladi» — 2 ball.
B. «Qiziqishim songanida hammasiga qol siltaganman» — 3 ball.
S. «Men kirishdimimi, boshlagan ishimni oxiriga etkazmay qoymayman» — 1 ball.

7. Kundalik rejimga rioya qilasizmi (taomlanish, uyqu va hakoza)?
A. «Yoq, menga rejim shartmas» — 3 ball.
B. «Qatiy rejimim yoq, faqat malum bir qoidalarga amal qilaman, masalan ishga borib-kelish tartibiga» — 2 ball.
S. «Ha, oz tartiblarim bor» — 1 ball.

8. Idish-tovqolarni yuvuqsiz ertalabgacha qoldirishingiz mumkinmi?
A. «Hech qachon» — 1 ball.
B. «Kamdan-kam hollarda» — 2 ball.
S. «Deyarli har kuni» — 3 ball.

9. Siz qaysi mansubsiz: oqimg boylab suzasizmi yoki faol harakatlanuvchimisiz?
A. «Oqim boylab suzish yomonmas, kopchilik faylasuflarning hayoti bunga misol» — 3 ball.
B. «Inson bazida hayotiy tamoyillarini ozgartirib turishi kerak» — 2 ball.
S. «Harakatda barakat» — 1 ball.

10. Uyingiz yoki ish stolingizni haftasiga necha marotaba tozalaysiz?
A. «Haftasiga 1-2 marta, hamma joy toza turishi muhim» — 1 ball.
B. Haftada bir marta» — 3 ball.
S. «Vaqtim bo`ldi deguncha...» — 2 ball. 🎓👇

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

SHhvesiyalik va Britaniyalik biologlar odamlarning yaxshi va yomonlarga bo'linish sabablarini tushuntirishdi.

Olimlar o'z ishida chiqargan asosiy xulosa shundan iboratki, ko'pchilik odamlarning u yoki bu hayot tarziga genetik moyilligi bo'ladi. Olimlar odam va hayvonlar o'rtasidagi ijtimoiy ta'sirlar evolyusiyasini o'rganish uchun ishlab chiqgan matematik model shunday xulosaga olib keldi.

Masalan, koloniyalar shakllantirib yashaydigan mikroorganizmlar misolida olimlar inson ijtimoiy evolyusiyasi modelini qo'llashdi. Biologlar to'dada altruizmga (begonalarga beg'araz yordam berish) xalaqit beruvchi va yo'l qo'yuvchi belgilar tarqalishini bashorat qilishni uddalashdi.

Odamlar fe'l-atvori genetik irsiyat to'plami omili bilan aniqlanadi, xususan, jamoatning boshqa a'zolari bilan aloqani ta'minlovchi belgilar ishtirokida. Bunday o'zaro ta'sir to'g'ridan-to'g'ri ko'pincha alohida shaxs uchun zararli bo'lishi mumkin, lekin o'zini guruhga tegishli deb his etish vaziyatni boshqacha qabul qilishga imkon beradi. Bu haqda Lenta.ru xabar beradi.

🔯 @Psixologik_testlar 🔯

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

@Psixologik_testlar

QANCHALIK AQLLI EKANINGIZNI TEKSHIRIB KO'RING

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Atrofingizdagi insonlar bilan muloqot chog'ida sizga ta'sir o'tkazib, qarshilik bildirishingiz uchun imkon qoldirmayotganliklarini his etasizmi? Demak, ular sizga nisbatan bugun tavsiya etayotgan usullardan foydalanishmoqda. Endi siz ham ularga ta'sir ko'rsata olasiz!
1.Odamlarni ismi bilan atang.

Shahsiy ism inson uchun muhim va yoqimlidir. Ism insonning tug’ilganidan boshlab, hayotining ajralmas qismidir. Insonni ismi bilan atash uning yer yuzida yashayotganligidan dalolatdir. Insonga unvoni, mansabi va maqomini qo’shib murojaat qilganda, ijobiy natija beradi. Agar suhbatdoshingizdan biror narsa kutsangiz, murojaatingiz ham shunga yarasha bo’lishi kerak. Masalan, yaxshi munosabatda bo’lishni istasangiz, u odamni “do’stim”, deb atang. U odamning qo’li ostida ishlashni xohlasangiz, “xo’jayin” yoki “bek”, deb atang.



2. Diqqat bilan tinglang.

Odamni diqqat bilan tinglashni bilish kerak, garchi u noxaq bo’lsa ham. Noxaqligini darrov aytish yaramaydi, oxirigacha eshitish kerak. Balki ba’zi joylarda uning gapiga qo’shilish ham mumkindir. Gapini oxirigacha eshitib, ana undan keyingina o’z fikringizni bildiring. Shunda suhbatdoshingiz ham sizning gapingizni diqqat bilan tinglaydi.



3. Maqqullash sifatida boshingizni irg’itib qo’ying.

Bizning jamiyatimizda bosh irg’itish maqullash ma’nosini bildiradi. Suhbatdoshingiz gapirganida, siz boshingizni irg’itsangiz, fikrlashimiz bir xil ekan, deb o’ylaydi va u ham sizning gapingizga qo’shiladi va gapingizni ikki qilmaydi.



4. Suhbatdoshingizni aytgan gaplarini takrorlang.

Psixologlar aynan shu usuldan foydalanadilar. Ular avval odamni diqqat bilan tinglab, so’ngra xuddi shu voqeani boshqa jumlalar bilan suhbatdoshiga so’zlab beradi va shu tariqa ularning orasida qandaydir bog’liqlik shakllanadi. Do’stlaringiz bilan shu usulda gaplashib ko’ring, shunda ular o’zlarini sizning oldingizda qulay his qiladilar.



5. Xushomadlar qiling.

Xushomadni o’ziga ishongan insonlarga nisbatan qo’llash kerak. Ular o’zlariga baho bera oladilar, ularni maqtaganingizda shundoq ham ular bilgan narsani tasdiqlaganday bo’lasiz. Agar xushomadni o’ziga ishonmagan insonga nisbatan qo’llasangiz, bu unga yoqmaydi, chunki siz kesatiq gaplar aytganday tuyulasiz. Shunda suhbatdoshingizning sizga nisbatan munosabati ijobiy emas, salbiy tarafga o’zgaradi.



6.Suhbatdoshingiz harakatini takrorlang.

Odamlar orasida hamjihatlikka erishishda harakatlarni qaytarish katta ahamiyatga ega. Ko’pchilik bu usuldan o’zi bilmagan xolda avtomatik ravishda foydalanadi. Tabiatan, insonlar o’zlariga ozgina bo’lsa ham o’xshaganlarni yoqtiradilar. Ularning harakatlarini qaytarib, siz bu insonning muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaganday bo’lasiz va ular o’zlarini sizning yoningizda qulay his qiladilar.



7. Rad qila olmaydigan ish taklif qiling.

Insonda majburiyat hissi bo’ladi, bu usul shunga asoslangan. Oldiniga oddiyroq narsa so’rang, bir necha kundan keyingina haqiqiy katta iltimosingizni ayting. Ishingiz osongina bitadi.



8. Suhbatdoshingizning charchagan bo’lishi - sizning chorangizdir.

Charchagan odam iltimosingizni ijobiy hal qiladi. Insonning charchab kuchi qolmaganda, uning ruhiy quvvati ham kamayadi va u talab va iltimoslarni rad qila olmaydi. Faqat ishingiz xoziroq emas, balki ertasiga charchoq chiqqanidan keyin bajariladi.



9. Yordam so’rash usuli.

Yordam so’rayotgan odamingiz yaqiningiz bo’lmasa ham so’rayvering, xojatingizni shundoq ham chiqarishi mumkin, chunki siz ham qachonlardir unga yordam berishingizni biladi. Shunday qilib u keyinchalik ham sizning xizmatlaringizni bajaradi.



10. Qiyinroq narsa so’rang.

Yordam kutayotgan odamingizdan bema’ni va bajarilishi qiyin bo’lgan narsa so’rang. Albatta u rad etadi. Ana shunda bir oz vaqtdan keyin xaqiqiy iltimosingizni bemalol aytishingiz mumkin. Sherigizgiz o’tgan gal rad etganidan xijolat bo’lib, bu gal yordam berishga bajonu dil rozi bo’ladi.

🔯 @Psixologik_testlar 🔯

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

🍁Ассалому алайкум!
Хайрли тонг!)))
Янги кунга соғ-саломат еткизган Аллоҳга шукурлар бўлсин!
Кун давомида яхши амалларни кўпроқ қилишга муваффақ қилсин.

@Psixologik_testlar

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

🎓ODAMLARGA BAHO BERA OLASIZMI? TEST

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Инсонни икки дунё саодатидан тўсадиган, уни тубанлик ва хорлик сари етаклайдиган энг ёмон иллатлардан бири кибр-ҳаводир. Аллоҳ таоло кибр ҳаволи, мутакаббир кимсаларни огоҳлантиради: “Албатта, менга ибодат қилишдан кибр қилган кимсалар яқинда тубан ҳолатда жаҳаннамга кирурлар” (Ғофир, 60).

Яна бир оятида бундай кимсаларга қарата: “Ер юзида кибрланиб юрма! Чунки сен (оёқларинг билан) зинҳор ерни теша олмайсан ва узунликда тоғларга ета олмайсан” (Исро, 37)дея танбеҳ беради.Абу Ҳурайра (розияллоҳу анҳу)дан ривоят қилинади: "Расулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи ва саллам): “Аллоҳ таоло кибриё (улуғлик) ридоимдир. Азимлик изоримдир. Ким уларнинг иккисидан бирида Мен ила низо қилса, уни дўзахга ташлайман, деган”, дедилар" (Абу Довуд, Муслим ривояти). Демак, кибр ва иззат фақат Аллоҳга хос экан, бу сифатлар бандага тўғри келмас экан. Ким бу сифатларни Аллоҳ билан талашса, яъни, шу сифатлар билан сифатланишга уринса, Аллоҳ таолонинг азобига учрайди. Аллоҳ таолонинг “Кибриё (улуғлик) ридоимдир. Азимлик изоримдир” дейиши бу икки сифат Аллоҳга худди мазкур икки кийим кишига лозим бўлганидек лозим эканига ишорадир.

Ибн Умар (розияллоҳу анҳу) бир кишининг либоси туфайли кибрланаётганини кўриб: “Ер юзида ҳам шайтоннинг туғишганлари кўп! Шайтон кибрга берилиб, Одамни менсимагани учун Аллоҳнинг раҳматидан маҳрум этилган эди... “, деди. Ибн Умар бу сўзни икки ёки уч марта такрорлади.

Ҳазрат Абу Бакр (розияллоҳу анҳу): “Ҳеч бир мусулмон ўзидан бошқа бир мусулмонни ҳақир ва кичик деб билмасин, чунки кичик кўринган мусулмон Аллоҳ назарида каттадир”, дедилар.

Ваҳб ибн Мунаббаҳ айтди: “Аллоҳ таоло Адн жаннати (жаннатнинг энг мақбул ери)ни яратди ва унга қараб: “Сен жамики мутакаббирларга ҳаромсан”, деди.

Имом Ғаззолий: “Саодат калити ҳушёрлик ва фаҳму фаросатдадир. Бадбахтлик манбаси кибр ва ғафлатдадир , дедилар.

Дарҳақиқат, куфр ва маъсиятдан каттароқ бало-офат йўқдир. Кибр-ҳаво туфайли инсонлар ҳақиқатни кўрмайдилар, шу сабаб шайтон уларни осонлик билан ўз измига солади: осонгина турли хил бузуқ йўлларга кирадилар, ботил ақидаларга эргашиб кетадилар. Бундай адашишлар эса жамият ҳаётини издан чиқади, парокандаликлар келтириб чиқаради.

Иллатларнинг даъвоси илм-маърифат. Имон илм билан мукаммаллашади. Илм нафсни тарбиялайди. Эзгулик, адолат, фидойилик ва ватанпарварликни ўргатади.

🔯 @Psixologik_testlar 🔯

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

🎓 Assalomu alaykum qadri baland qadrdonlarim. Yangi otayotgan tong, haftaning ilk kunimuborak. Istagimiz labingizdan tabassum arimay, kuningiz bir olam quvonchla o'tsin

@Psixologik_testlar

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Insonning fe’l-atvorini bilish aslida qiyin jarayon. Biroq muloqot chog‘ida va ko‘p kuzatuvlar davomida buni aniqlash mumkin. Telefondagi muloqot paytidagi ruhiy belgilar bu borada bizga yordam beradi.
Telefon go‘shagini qulog‘iga qistirib olib, oldidagi qog‘ozga qalam yoki ruchka bilan rasm chizayotgan odamga aslida gaplashilayotgan mavzuning unchalik ahamiyati yo‘q. U o‘sha vaziyatda boshqa narsalarni rejalashtirayotgan bo‘ladi.
Qizlar o‘zlari yoqtirgan inson bilan gaplashayotganlarida tez-tez ko‘zguga qaraydilar. Ba’zilari esa qo‘llari bilan yuz-ko‘zlarini va sochlarini silaydilar.
Telefonda gaplashayotgan odam suhbatdan mamnun bo‘lsa, u o‘rindiqda chayqalishi mumkin. Bu uning o‘ziga ishonishidan darak beradi.
Gaplashayotgan mahal xona anjomlarini ochib-yopaverish, nimalarnidir qidirishga harakat qilish – inson nimanidir o‘ylayotgani yoki muammoning yechimini topishga harakat qilayotganini ko‘rsatadi.
Mabodo telefonda gaplashayotgan odam birdaniga o‘rnidan turib ketsa, u o‘sha onda biror yaxshi yoki yomon xabarni eshitganidan darak beradi.
Agar telefonda gaplashayotgan odam o‘tirgan joyidan sekin turib, u yoqdan bu yoqqa yuraversa, demak, suhbat uning joniga tekkanini va u suhbatdoshi bilan tezroq xayrlashish istagida ekanligini bilish mumkin.
Ayol kishi o‘tirib, yoki yotib gaplashayotgan bo‘lsa, bilaveringki, u dugonasining diydiyolarini eshitayotgan bo‘ladi. Agarda go‘shakni qo‘li bilan berkitib, suhbatdoshiga bir nimalarnidir pichirlayotgan bo‘lsa, demak, unga o‘zining shaxsiy hayoti haqida “qaynoq” xabarlarni yetkazayotgan bo‘ladi.
Aksariyat erkaklar oshna-og‘aynilari, yaqinlari bilan gaplashayotganlarida odatda qattiq gapiradilar, kuladilar. Ishi yurishmay turgan erkaklar telefon apparatini ko‘tarib olib, u xonadan-bu xonaga yurib gaplashadilar.

🔯 @Psixologik_testlar 🔯

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

🎓Пул азиз, инсон ҳаёти ундан ҳам азиз, вақт эса ҳамма нарсадан азиздир.

🔯 @Psixologik_testlar

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

🎓Ҳеч қачон таслим бўлманг

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

🎓Hisiyotni tekshirish uchun test. Rasmdagi eng ahmoq odamni tanlang

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Yurak chizig'i hayotning hissiy sohasini nazorat qiladi.

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

🎓Og'ir paytlarda o'zingizni ruhlantirishga yordam beruvchi maslahatlar

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Javoblar
10-16 ball. Siz juda sergayrat kishisiz. Tinim neligini bilmaysiz. Hamma ishni oz vaqtida va alo darajada bajarasiz. Albatta, bu tahsinga sazovar. Ammo juda mehnatsevarligingiz sabab dam olish haqida unutib qoygansiz. Kishining oziga vaqt ajratishi, bu yalqovlik emas. Quvvatingiz tugab qolmasdan, oz vaqtida hordiq chiqarish haqida oylab koring. Har kuni malum bir soat yoki daqiqalarni hech bir ish qilmasdan, ozingizga bagishlang. Axir, yaxshi dam — mehnatga hamdam.


17-23 ball. Siz dangasalik ustingizdan hukmronlik otkazishiga yol qoyib bergansiz. Ha, tan oling, ishxona yoki uyda ishingiz boshingizdan oshib toshgan bolsa-da, ularning birortasiga qol yurmasdan vaqtni bekor otkazadigan paytlaringiz ham bolib turadi-ku! Balkim charchagandirsiz yoki hafsalangiz olgandir. Bunday paytlarda ish stolingizga bosh qoyib otirganingizdan yoki divanda bekor yotgandan kora, tabiat qoynida yoki shunchaki toza havoda sayr qiling. Tort devor ortasida otirsangiz, yalqovlik domiga battar tushib ketasiz.


24-30 ball. Agar shu balni toplagan bolsangiz, demak, hayotingiz yomon ketmayapti. Sizning didingiz juda nozik va tasirchan kishi bolsangiz kerak. Buning ustiga, erkinlik va qulaylik tarafdorisiz. Tangannig ikkinchi tomoni esa nimgadir erishish uchun kop ham chirinmaydiganlar toifasidan ekanligingizni korsatadi. Agar qolingizda sehrli tayoqcha bolmasa, bilib qoying, olma pishib, oz-ozidan ogzingizga tushmaydi. Harakat qilgan kishilargagina omad kulib borqadi. Dangasalar esa orzulari bilan so`ppayib qolib ketishlari hech gapmas.

🔯 @Psixologik_testlar 🔯

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Ruhiy test: Dangasalikni enga olasizmi?

Читать полностью…
Подписаться на канал