Tortinchog'lik ko'pchilik 90% xollarda yolg'iz voyaga yetgan yoki Ota-ona etiborsizligi oqibatida kelib chiqadi.
Bunday shaxslarda yaxshigina iqtidor bulsada ko'pchilik orasida o'z iqtidorini ko'rsatib bera olmaydi, ularni qo'llab quvatlanganda istedodlari yo'zaga chiqadi.
Bunday shaxslar ozgina injiq lekin ko'nli toza insonlardir.
Xo'sh tortinchoqlikni yengish mumkinmi?
Albatta yengish mumkin biz buning 2 usulini keltirib o'tamiz!
1. Siz buladigan vaziyatga o'zingizni ruxan tayorlaysiz yani oldindan tasavur etasiz qanday o'zingizni qanday tutishingizni belgilab olasiz(( tadbirlar, tantanali marosimlarda.
2. Usulda esa bosqichma boshqich yani 3 bosqichda o'zingizga ko'nikma, malaka xosil qilasiz!
1 bosqichda yaqinlaringiz bilan ko'proq fikir almashishga munosabatda bulishga xarakat qiling.
2. Bosqichda tanishlaringiz bilan munosabatga kirishasiz.
3. Bosqichda mutloqo tanimagon insonlaringiz bilan munosabatga kirishasiz.
TAVSIYA- Siz muloqoT qilishingizdan oldin muloqotga kirishmoqchi bo'lgan insonni qiziqishlarini etiborga oling!
🔯 @Psixologik_testlar 🔯
🍃 Ассалому Алейкум Азизларим!
🍃 Янги кун Муборак Бўлсин!
🍃 Ҳар Бир Кунимиз учун Шукуроналар Айтайлик!
🍃 Кунингиз Омадли ва Барокатли Ўтсин!
@Psixologik_testlar
“Мен ҳеч кимга керакмасман” деймиз, ҳақиқатда эса биргина инсонга кераксиз бўлсак.
“Ўзим уддалайман” деймиз, ёрдам сўрагани тортинганимизда.
“Ҳеч нима керакмас” деймиз, хоҳлаган нарсамизга эриша олмаганимизда.
“Ўзим, шунчаки” деймиз, жиддий гаплашиш вақти етганида.
“Ҳечқиси йўқ” деймиз, қалбимиз озордан сирқираб турганда.
“Сенга ишонаман!” деймиз, ўйин бўлиб қолишдан чўчисак.
“Ҳаммаси жойида” деймиз, ҳаммаси остин-устун бўлиб кетганида.
“Ҳеч гап йўқ” деймиз, ичимизда дард тўлиб кетганида.
“Тинч қўй” деймиз, уни йўқотишдан қўрқиб
“Ҳаёт – гўзал” деймиз, дунё кўзга қоронғу кўринганда.
“Бошқа кўришни истамайман” деймиз, ҳамиша бирга бўлишни истаганда.
“Бахтлиман”, деймизда кўз ёшимизни артиш учун дастрўмолни тайёрлаб қўямиз.
“Биз бошқа-бошқа одамлармиз” деймиз, бир бутунга айланиб бўлиб.
“Мен айбдорман” деймиз, хиёнатини билганимизда.
“Сени унутганман” деймиз, суратларига қараб ўтириб.
“Бошқа яшашни истамайман” деймиз, бизни фикримиздан қайтаришга уринишларини истаб.
“Ёлғизликни яхши кўраман” деймиз ва анчадан бери жирингламаган қўл телефонимизга хавотир билан қараб қўямиз…
🔯 @Psixologik_testlar 🔯
Diqqat bilan qo’lingizga qarang. Nimani ko’ryapsiz? Refleksologlar butun boshli biofaol nuqtalarni ko’rishadi. Tadqiqotlarga ko’ra, ular organizm va kayfiyatni nazorat qilish imkonini beradi. AdMe barmoqlar yordamida nimalarga erishish mumkinligiga oid maqolasi bilan bo’lishdi.
Bosh barmoq
Katta barmoq sizning barcha qarorlaringiz uchun javobgar. U xavotir va bosh og’rig’i uchun masul. Shuning uchun kayfiyatingiz yahshi bo’lmasa, asabiylashsangiz va buning natijasida bosh og’rig’ini orttirsangiz, bosh barmoqni siqing, lekin juda kuchli bosim bilan emas. Tahminan 5 daqiqaga. Refleksologlarning so’zlariga ko’ra, bu bosh og’rig’idan xalos bo’lishga yordam beradi.
Ko’rsatkich barmoq
Bu barmoq mushakdagi og’riqlar, shuningdek xafagarchilik, qo’rquv va xijillik tuyg’usini nazorat qiladi. Minnesota Universiteti tadqiqot malumotlariga ko’ra, mushakdagi og’riqlardan aziyat chekkan bemorlar refleksoterapiya seanslaridan keyin ahvollari yahshilanganini takidlashgan. Ko’rsatkich barmoqni boshqa qo’lingiz kafti bilan 5 daqiqaga siqib turing.
O’rta barmoq
Agar o’zingizni odatdagidan ko’proq charchagandek his qilsangiz yoki arzimagan narsalarga jahlingiz chiqaversa, o’rta barmog’ingizni siqing. Tadqiqotlar bunday mashqlar qon bosimini pasaytirib, insonning o’zini hotirjam his qilishiga olib kelishini ko’rsatdi.
Nomsiz barmoq
Salbiy his-tuyg’ular va qayg’udan nomsiz barmoq yordamida halos bo’lish mumkin. Uni 5 daqiqaga o’rtacha bosimda siqing. Xotirjamlikni saqlash va nafas olishni nazorat qilishni unutmang.
Jimjiloq
Kichik barmoq insonning o’ziga bo’lgan ishonchi, stress va asabiylik uchun masul. Agar siz ich-etingizni eb, shahsiy fazilatlaringizga ishonchsizlik bilan qarasangiz, 5 daqiqalik jimjiloq mashqini bajarishingiz zarur. Bunga parallel ravishda ortiqcha o’y-xayollarni miyangizdan chiqarib tashlang va yahshiliklar haqida o’ylashga harakat qiling.
Kaft
Kaftingiz o’rtasini boshqa qo’l barmoqlari bilan bosing, aylanma harakatlar bilan uqalang va 3 marta chuqur-chuqur nafas oling. Refleksologiyaga ko’ra, kafthis-tuyg’ular markazi. Tadqiqot malumotlariga binoan, kaftni muntazam uqalash ko’ngil aynishi, tushkunlik, diareya va qabziyat bilan kurashishda yordam beradi.
Tutash kaftlar
Kaftlarni tutashtirish ko’proq meditasiyada qo’llaniladi. U diqqatni jamlash, o’y-xayollar va his-tuyg’ularni tartibga keltirishga yordam beradi. Kaftlarni tutashtirib, ularga qarama-qarshi bosim o’tkazish orqali qon aylanishini yahshilashga erishish mumkin.
🔯 @Psixologik_testlar 🔯
Хаётда уч сўзни айтиш энг қийинроқ: сени севаман, кечир, ёрдам бер.
@Psixologik_testlar
Bu juda qiziqarli sahifa bolib siz bunda oz yozuvingiz orqali qanaqa isnon ekanlgingizni bilib olishingiz mumkin. Qolingizga ruchaka va qogoz olib biror narsa yozing va quyidagi savollarga javob bering, qarabsizki siz qanaqa tabiatga ega ekanligingiz kelib chiqadi, qani boshladik...
1. Harf hajmi:
-Juda kichik – 3 ball
-Kichik – 7 ball
-Ortacha – 17 ball
-Katta – 20 ball
2. Harfning qiyaligi:
- Chap tomonga butunlay qiya – 2
- Chap tomonga biroz qiya – 4
- Ong tomonga butunlay qiya – 6
- Ong tomonga biroz qiya – 14
- Tik yozuv – 6
3. Harfning korinishi:
- Yumaloq – 9
- Malum korinishsiz – 10
- Qiya – 19
4.Dastxat yonalishi:
- Yozuv yuqoriga "ormalaydi" – 16
- Yozuv togri – 12
- Yozuv pastga "ormalaydi" – 1
5. Yozuvda qol kuchining ishlatilishi:
- Yengil kuch bilan yozish – 8
- Orta kuch ishlatish – 15
- Harflarni kuchli bosim bilan yozish – 21
6. Harflarning boglanishi:
- Harflar bir-biri bilan boglangan – 11
- Harflar boglanmagan – 18
- Harflar goh boglangan goh boglanmagan – 15
7. Umumiy baho:
- Harflar tartibli joylashgan – 13
- Bazi harflar aniq, bazilari noaniq yozilgan – 9
- Harflar tartibsiz, yozuvlar esa tushunarsiz – 4
NATIJALAR
- 51-58 ball toplagan bolsangiz, uning sogligi zaif, xarakteri esa melonxolik tipga yaqinroq.
- 59-63 ballgacha kam harakat, juratsiz indamas xarakterida esa flegmatik temperamet elementlari koproq uchraydi.
- 64-75 ball yumshoq, bazan ota ishonuvchan gururi va etiqodi kuchli.
- 76-87 ball nihoyatda ochiqkongil yaxshi tasurotlarga boy, istarasi issiq, odamlar bilan muomilasi yaxshi, oziga xos hurmat etiborga ega.
- 88-98 ball aniq va puxta ish yurita oluvchi, kuchli va barqaror, tashabbuskor, muammolarni oqilona hal qila oluvchi.
- 99-109 ball egoistik xarakter koproq uchraydi. Bazan betga chopar, bazan yengiltak. Odatda birovning fikrlari bilan hisoblashmaydi, tez ranjiydi, birovni tez xafa qilishi ham mumkin, hamma dostlari bilan ham bir xil muomilada bolmaydi, mayda gap, serjahl. Lekin bunday kishilar orasida juda iqtidorli va ijodiy ishga qobiliyati yuksak kishilar koproq uchraydi.
- 110-120 ball bunday dastxat masuliyatsiz, qopol, balandparvoz ota g`ururli kishilarda uchraydi.
🔯 @Psixologik_testlar 🔯
Boshqa insonlar bilan suhbatlaringizda sizni ko’p aldashayotganini his etasizmi? Ular siz o’ylagandan ko’proq yolg’onlar ishlatishmoqda. Ularni yolg’on gapirayotganlarini osongina bilib olishni istaysizmi? Bugun Gooper.uz‘da shunday imkoniyat taqdim etamiz. Marhamat
1. Ko’p hollarda yolg’onchini gaplari ish va vaqtga monant bo’lmaydi (Qiz bola:-ha azizim, kecha kechkipayt men uyda edim (boshini silkitdi). Agar yolg’on gapirilmaganda gapirilayotgan paytda bosh silkitilgan bo’lar edi.
2. Imo-ishoralar ham so’z ma’nosiga to’g’ri kelmaydi (ha deyishi bilan, boshini silkitishga tushadi. Bu harakatlarni diqqat bilan kuzatsangiz, yolg’onni bilib olasiz).
3. Yolg’on gapirayotgan odam suhbatdoshiga barmoqlarini siltamaydi.
4. Yolg’on gapirayotgan odam yolg’onini sezilmasligi uchun sizni so’zlaringizdan ham foydalanadi (Sizga: “Hayrli tong” tilashsa siz ham o’ylab o’tirmasdan, sizga ham “Hayrli tong” deb javob qaytarasiz. Yolg’on gapirayotgan odamni gaplarini o’ylashga vaqti bo’lmay yolg’onini fosh qilmoqchi bo’lgan odamni so’zlarini qaytarishga harakat qiladi. Misol uchun:
Yigit: -sen menga hiyonat qilyapsanmi?
Yolg’onchi qiz: -yo’q, men senga hiyonat qilmayapman!
5. Yolg’onchi sizga ko’pdan ko’p yangi va yangi so’zlarni so’zlayverib, sizni ishontirishga harakat qiladi.
6. Savollarga javob berayotganda yolg’onchi javobni umumlashtirilgan holda berib qo’yilgan savolga javobdan bo’yin toblaydi.
7. Yolg’onchi hech qachon savolga ochiqchasiga javob bermaydi.
8. (Juda ahamiyatga moyil nuqta!!!) O’z hissiyotlarini yashiruvchi inson, o’z fikrlarini bildirish jarayonida nimagadir egaligini yashirishga harakat qiladi. Masalan, yolg’onchini mashinasini o’g’irlashgan bo’lsa, u oddiygina “mashinamni” o’g’irlashdi deydi, buni o’rniga esa “meni mashinamni” yoki “bizni mashinani” deyish o’rniga.
9. Yolg’onchini so’zlarida boshqa insonlarning fikriga tayanish kuzatilmaydi ( Men ko’chada yurganimda, qo’shnim bundan juda hayratga tushdi).
10. Yolg’on hikoyalarda kamdan-kam hollarda salbiy jihatlar haqida so’zlanadi.
11. Yolg’onchi sizni savollaringizga hamisha hozirjavob bo’lsada, o’zi hech qachon savol bermaslikka harakat qiladi.
12. Yolg’on gapirayotgan inson mavzu o’zgarganda yengil tortadi.
13. Yolg’onchi so’zlash jarayonida ko’pincha “To’g’risini aytganda”, “Sizga yolg’on so’zlashdan menga nima naf” yoki “Agar haqiqatni sizga aytsam” iboralarini ishlatadi.
14. Yolg’onchi siz bilan suhbatda savolingizni yana bir marotaba qaytarishingizni yoki savolingizga savol bilan javob qaytarishga harakat qiladi. (Senga bu mashina yoqadimi?- Sengachi?- Ha.- Menga ham…)
15. Siz so’ragan narsangizni bera olmasada, undan ham yaxshisini taklif etadi.
16. O’z so’zlarini uqtirish maqsadida yolg’onchi o’xshash yoki ikki karrali sonlarni ishlatish harakatida bo’ladi.
17. O’z harakatlarini oqlash uchun yolg’onchi har-xil nayranglarga borib sizni qiziqishlaringizni bilishga va bundan e’tiboringizni o’ziga qaratishga harakat qiladi.
18. O’zidan har-xil gumonlarni ketgazish maqsadida boshqa insonlarning xatti-harakatlaridan larzaga keladi. Agar ular o’zgalarga yolg’on ishlatmagan bo’lsalar ham.
Bonus!
Haqiqatni aniqlash: avval suhbatdoshingizga savol bering, javobini olgandan so’ng, keying savolni beramiz: “Men sizni avvalgi so’zlaringizga ishonishga majbur emasman?” Agar siz haqiqatni so’zlaganingizda javobga ko’p vaqt sarflamagan bo’lar edingiz. Yolg’onchi esa javobni haqiqatga yaqinroq qilish uchun ko’p vaqt ketgazishga majbur bo’ladi…
Yolg’onchining fosh qilishning samarali usuli-suhbat mavzusini o’zgartirishdir. Suhbat o’rtasida Undan soatini qayerdan sotib olganligini yoki unga minnatdorchilik bildiring. Yolg’onchi xursandlik bilan yangi mavzuga kirishib ketadi. Rostgo’y inson esa mavzuni o’zgarganligidan hayratlanib tezda avvalgi suhbatga qaytishni so’raydi.
🔯 @Psixologik_testlar 🔯
Ҳаётни севасанми? Севсанг, вақтни бой берма, чунки вақтдан ҳаёт деган мато яралади.
@Psixologik_testlar
Insonning ruhiy dunyosi, aql-idroki, hissiyotlari, irodasi qanday ekaniga qarab, uning fe’l-atvorini aniqlash mumkin. Biroq, bularning barchasi turli yoshdagi kishilarda turlicha namoyon bo‘ladi.
Ba’zi odamlar tafakkuri o‘tkir, idroki keng, harakatlari chaqqon, g‘ayratli bo‘lsalar, ayrimlari harakatda sust bo‘lib, hissiyotga u qadar berilmaydilar. Ko‘rinadiki, insonlar harakat va hissiyot doirasida bir-birlaridan keskin farq qilar ekan.
Odamlarning temperamenti deb ataluvchi induvidual xususiyatlarini o‘rgangan olim, buyuk tabib Gippokrat tomonidan ishlab chiqilgan nazariya bu boradagi e’tiborga molik tadqiqotdir. U insonlarni tabiatiga qarab, to‘rt guruhga ajratadi:
XOLERIK. Bunday temperamentli kishilar tabiatan qo‘pol bo‘lsalar-da, ba’zida dilkash va xushchaqchaqdirlar. Ular ko‘p hollarda serjahl va asabiylikdan qiynaladilar. Ammo bilim borasida ulardan eng qiziqarli fikrlar chiqishi isbotlangan.
Ijobiy xususiyatlari: muloqotga kirishuvchan, harakatchan va faol.
Salbiy xususiyatlari: qo‘pol, qaysar, dilozor.
Siz — bir vaqtning o‘zida saranjom va behalovat bo‘lsangiz, qat’iyatli va tashabbuskor, o‘jar qaysar, tortishuv va bahslarda topqir, jahli tez, tavakkalchilikka moyil, o‘zgaruvchan kayfiyat va ifodali mimika egasi bo‘lsangiz, demak, xoleriksiz
SANGVINIK. Bu temperament sohiblari yangi sharoitga tez ko‘nikuvchan, nutqlari ravon, ovozlari baland, mimika bilan so‘zlash bobida juda faol insonlardir.
Ijobiy xususiyatlari: qiziquvchan, mehnatsevar, hozirjavob.
Salbiy xususiyatlari: o‘ziga ortiqcha baho beruvchi.
Siz — dilkash va quvnoq, tirishqoq va ishbilarmon, chidamli va mehnatsevar, tetik kayfiyatli, tez qaror qabul qilib, undan tez voz kechish fazilatlariga ega bo‘lsangiz, sangviniksiz!
FLEGMATIK. Ular xotirjam, vazmin, kamgapdirlar. Bunday insonlarning harakatlari sust, nutqi ravon bo‘ladi. Uzoq o‘ylab, aql bilan ish ko‘radilar. Yangi sharoitga juda sekin ko‘nikkanlari bois, o‘zgarishlarni xushlamaydilar.
Ijobiy xususiyatlari: o‘z fikrida sobit, xotirjam, ishbilarmon.
Salbiy xususiyatlari: dangasa va tushkun.
Siz — ishda tartibli va izchil, ehtiyotkor, toqatli, behuda kuch sarflamaydigan, hayajonni oson yenguvchi, kun va ish rejimiga qat’iy amal qiluvchi flegmatiksiz!
MELANXOLIK. Tez ranjuvchi, ta’sirchan, qaror qabul qilishga qiynaluvchi temperament egalari bo‘lgan bunday odamlar arzimagan muvaffaqiyatsizlikdan ham tez tushkunlikka tushadilar. Kundalik hayotda hamma narsaga juda e’tiborli bo‘ladilar. Tavakkal qilishni yoqtirmaydilar.
Ijobiy xususiyatlari: muloyim, farosatli, go‘zallikka intiluvchan.
Salbiy xususiyatlari: arazchi va g‘amgin.
Siz — uyatchan va tortinchoq, yolg‘izlikni xush ko‘ruvchi, o‘zgalar ta’siriga tez beriluvchi, bo‘ysunuvchan va itoatkor, o‘ziga atrofidagilarga nisbatan talabchan bo‘lsangiz, melanxolik guruhidagi kishilar toifasiga mansubsiz!
Yuqoridagi xususiyatlar asosida o‘zingizning qanday temperament sohibi ekanligingizni bilib olishingiz mumkin.
🔯 @Psixologik_testlar 🔯
Gohida hayotning quvonchu tashvishlaridan uzoq-uzoqlarga qochib ketgingiz keladi. Ayniqsa, atrofingizdagilarning tinimsiz nolishlariyu qiyinchiliklarga taslim bo‘layotganini ko‘rsangiz, beozor, ma’sum qalbingizni odamlarning qo‘li yetmaydigan, ko‘zi tushmaydigan manzillarga yashirishni istaysiz. Ammo bunday manzil bormikan? Buning uchun omad formulasi haqida o‘ylab ko‘ring. Boisi insonning yashashdan maqsadi, intilish va orzusi tugal bo‘lsa, uni hech kim va hech nima to‘xtata olmaydi. Shundagina atrofdagi narsalar e’tiboringizni chalg‘itolmaydi. Siz esa yaxshi kayfiyat va kuchli iroda bilan olg‘i intilaverasiz. Keling, omad formulasini birga tuzamiz...
1. Niyatni tongda qiling. Bu vaqtda borliq hali odamlarning turli noxush xayollari bilan to‘lmagan, sof bo‘ladi. Asosiysi, nimani istayotganingizni doim yodda saqlang.
2. Izlagan imkon topadi. Bu maqol siz uchun mayoq bo‘lsin. Hatto qorong‘ilikda yo‘lingizdan adashsangiz ham yorug‘likni topa oling. Unutmang, ishonch omadning yarmi degani.
3. Atrofingizdagi olamni orzu-istaklaringizga moslashtiring. Unda faqat yorqin ranglar va pozitiv kayfiyat bo‘lsin!
4. Siz xaqingizda gapirishsa, bundan aslo ranjimang. Faqat kerakli va zarur odamlargina mukohama qilishadi. Demak, sizning hayotingiz kim uchundir qiziq va ularning sizga havasi kelayapti. Nazoratni qo‘ldan bermang!
🔯 @Psixologik_testlar 🔯
🎓 Assalomu alaykum qadri baland qadrdonlarim. Yangi otayotgan tong, haftaning ilk kunimuborak. Istagimiz labingizdan tabassum arimay, kuningiz bir olam quvonchla o'tsin
@Psixologik_testlar
Diqqat bilan quyidagi keltirilgan savollarni o‘qib chiqing va ularga o‘z javobingizni bering.
Xayelingizga kelgan birinchi javobni bering.
1. Professor kech soat 8da budilnikni 9-ga kuyib, uyquga yetdi. U necha soat uxlaydi?
2. Erkak kishi o‘zining bevasining singlisiga o‘ylanishi mumkinmi?
3. Avstraliyada ham 8-mart bormi?
4. Mamedning 10-ta qo‘yi bor edi. 9- dan boshqasi hammasi o‘lib qoldi. Nechta qo‘y qoldi?
5. Sen Aljirda qo‘nib o‘tadigan Gavana-Moskva reysi bilan uchadigan samolet uchuvchisisan. Uchuvchining yeshi nechada?
6. Oylar 30-31 kunlar bilan tugaydi. qaysi oyda 28 bor?
7. Sen notanish xonaga kirib qolding. U yerda benzin va gaz bilan yenadigan chiroklar bor ekan. Sen birinchi bo‘lib nimani yeqishing kerak?
8. Moskvadan Peterburgga va Peterburgdan Moskvaga bir vaqtda 2 poyezd yo‘lga tushdi. Peterburgga kelayetgan poyezdning tezligi 2-chisinikidan uch marta katta. Uchrashgan vaqtda ularning har biri Moskvadan qancha masofada uzoqlikda bo‘ladi?
9. Ota va o‘g‘il avto halokatga uchrashdi. Otasi shu joyning uzidayek xalok buldi, uglini esa kasalxonaga yuborishdi. Operatsiya vaqtida xirurg bolani ko‘rib: «Voy xudoyim-ey, bu mening o‘g‘lim-ku-deb bakirip yubordi. Shunday ham bo‘lishi mumkinmi?
10. Arxeologlar eramizdan avvalgi 35-yili chiqqan tangani topib olishdi. Shunday ham bo‘lishi mumkinmi?
11. Yegochni 12 bo‘lakka bo‘lish uchun uni necha marta arralash kerak?
12. qo‘llarda 10- ta barmoq bor, 10- ta qulda nechta barmoq bor?
13. Yemg‘irda quyen qanday shox tagida o‘tirishi mumkin?
14. Vrach (hakim) bemorga 30 minut oralig‘i bilan 3-ta ukol belgiladi. Bemor ularning hammasini qancha vaqt ichida olib bo‘ladi?
15. Birdan 100 gacha bo‘lgan qatorda necha 9 bor?
16. Tungi qaravul kunduzi ulib qoldi. Unga nafaqa to‘lanadimi?
17. 7- ta sham yenib turgan edi. 3-ta tasini o‘chirib qo‘yishdi. Nechta sham qoldi?
18. Ikki kiloli qadoq tosh 1 kg va yarimta g‘isht og‘irligita teng. Bitta g‘ishtning og‘irligi qancha?
19. 16 qavatli uyda bir liliput (pakana) odam yashaydi. U har kuni ertalab ishga ketayetib liftda pastga tushib, so‘ng ishga ketadi, ishdan qaytayetganda esa 10 qavatgacha liftda ko‘tarilib, u yegiga piyeda ketadi. U nimaga shunday qiladi?
Test javoblari.
Savollarga javob berishda faqatgina noto‘g‘ri ya’ni «-» belgili javoblargina hisoblab chiqiladi va shunga qarab sinaluvchining xarakteristikasi beriladi.
Kalit
1. 1 soat.
2. Yo‘q (chunki u kishining o‘zi o‘lib ketgan. O‘lgan odam nafaqat xotining singlisiga balki mutloqo uylana olmaydi):
3. Ha (bu kun hamma joyda kalendarda bor):
4. 9
5. Sinaluvchining yeshi;
6. Hammasida;
7. Gugurt:
8. Bir xil masofada:
9. Ha (bu uning onasi):
10. Yo‘q (u vaqtda tiyin bo‘lmagan):
11. 11:
12. 50 :
13. Ho‘l shox tagida:
14. 1 soat;
15. 20;
16. Yo‘q;
17. Uchta (uchta o‘chirildi, qolgani yenib bo‘lgan;)
18. 2 kg.
19. Bo‘yi yetmaydi.
0-1 — geniy(daxo);
2-4 intellektual;
5-7 —mulohazali;
8-10 o‘rtacha;
11-12 — aqil uchqunlari ko‘rinib turadi;
13-16 – ahmoq odam;
17-19 – alohida joyda saqlanishi kerak bo‘lgan odam.
🔯 @Psixologik_testlar 🔯
Инсонлар ўртасидаги ҳақиқий муносабатга уларнинг кайфиятлари ёки ахволи тасир кўрсата олмайди!
@Psixologik_testlar
Siz o‘zingizni hazil-mutoyibaga munosabatingiz qandayligini bilasizmi? Bunga munajjimlar qanday javob beradi? Keling yaxshisi quyidagi ma’lumotlarni o‘qib o‘zimiz bilib olamiz.
QO‘Y
Bu burj vakillari “kosa tagida nim kosa” kabi nozik hazil, piching gaplar qilishni u qadar eplay olishmaydi. Bunday o‘yinlar ular uchun shunchaki qiziq emas. Qo‘ylar ko‘pincha boshqalar uchun qiziq bo‘lmagan narsadan kulgi topishlari mumkin.
BUZOQ
Buzoqlar ko‘pincha jiddiy qiyofada yurishadi, biroq bu ularning hazilga tobi yo‘q, degani emas. Ular hazil va kulgiga o‘ta o‘ch odamlardir. Shunchaki ular me’yorni va qayerda hazil qilish mumkinligining o‘rnini bilib qo‘llaydilar.
EGIZAKLAR
Egizaklar hazil bilan yolg‘onni shunchalar qalashtirib tashlaydilarki, oxir-oqibat, ular orasidan o‘zlari ham haqiqatni topa olmay qoladilar. Ular bir mutoyibani boshladimi, to‘xtatish amri mahol. Egizaklar uchun jiddiylik begona.
QISQIChBAQA
Qisqichbaqalar hazil-mutoyibani doim joyida qo‘llaydilar. Do‘stlar davrasimi, hamkasblar yig‘ilishimi, ularning latifalarisiz o‘tmaydi. Qisqichbaqalar bo‘lar-bo‘lmasga ko‘p gapiravermaydilar, ularning mutoyibalari tesha tegmaganlaridan bo‘ladi.
ARSLON
Arslonlar ko‘pincha so‘zga chechan bo‘ladilar. Ular “gap egasini topadi” degandek, suhbatdoshni xafa qilmay, ustidan kulib ketishlari ham mumkin. Ular bilan hazillashish xavfli. Arslonlar sizning gapingizni o‘zingizga qarshi qo‘llab, ustingizdan kulib ketishlari mumkin.
PARIZOD
Parizodlar hazilni ko‘tara olmaydigan pessimist shaxslardir. Ular kamdan-kam hollarda hazil qiladilar, ammo nishonga aniq uradilar. Parizodlarni kuldirish ham oson emas.
TAROZU
Bu burj vakillari o‘zlariga doim a’lo baho beradilar. Ular aytgan latifalari orqali o‘zlarini qanchalar aqlli va dono ekanliklarini ham namoyon etishni istashadi. Shuning uchun ham, ko‘pchilik darrov anglay olmaydigan latifalarni tanlashadi.
ChAYoN
Chayonlar har qanday vaziyatda kulgiga sabab topa oladigan aql egalaridir. Ular tanqidlarini ham “qog‘ozga o‘rab”, hazil bilan yetkazadilar. Shuning uchun gohida ular jiddiy gapiryaptimi yoki hazillashyaptimi, farqlash qiyin bo‘lib qoladi.
O‘QOTAR
O‘qotarlar bir gapirib, o‘n kuladigan odamlar sirasidan. Aytgan latifalari boshqalarga qiziq tuyulmasa-da, o‘zlari xumordan chiqib kulib-kulib oladilar. Agar boshlig‘ingiz O‘qotar bo‘lsa, uning oddiy latifalariga ham qahqaha bilan javob berishga majbursiz, aks holda…
TOG‘ EChKISI
Tog‘ echkisi deyarli hazil qilmaydi. Shunday ekan, uning har qanday gapiga jiddiy munosabat bildiravering. Gohida uning latifalarida ham kimgadir saboq berish maqsadi yotadi.
QOVG‘A
Qovg‘alar mutoyibaga o‘ch shaxslardir. Ular doim optimistik kayfiyatda yuradilar. Suhbat davomida ularga latifalarning o‘zi quyulib kelaveradi. Ularni to‘xtatishga urinish befoyda.
BALIQLAR
Baliq burji vakillari orasida hazilkashlar kamdan-kam uchraydi. Ular suhbatdoshini kuldirishni eplay olmaydi. Lekin boshqalarning mutoyibalarini jon qulog‘i bilan tinglaydilar.
🔯 @Psixologik_testlar 🔯
Хаётда шундай мўжизалар бўладики, уни фақатгина мўжизага ишонганларгина кўра била оладилар холос.
@Psixologik_testlar