@Psixologik_testlar
🏞 Rasmlardan qaysi biri bir qaraganda yoqdi Tanlov 10 soniyadan oshmasligi kerak.
@Psixologik_testlar
QANCHALIK AQLLI EKANINGIZNI TEKSHIRIB KO'RING!
🏞Rasmdagi kranlarning qaysi biridan suv birinchi bo'lib oqib tushadi❓ Tanlov 10 soniyadan oshmasligi kerak.
Inson oz taqdiriga tasir korsatishi mumkin va shart! 2017 yil – tovuq yili. Tovuqning rangi esa qizil emish. Bu davr rang-barangligi, voqea va tassurotlarga boy bolishi bilan ajralib turadi. Muhimi, barcha ozgarishlarga faylasufona oqillik va xotirjamlik bilan yondashishingiz talab etiladi. Ammo shoshish kerak emas, yil tuhfa etajak yorqin takliflardan aynan sizga mosu xosini tanlash lozim. Quyida 2017 yil uchun tuzilgan eng toliq bashoratni etiboringizga havola etamiz. Unda hayotingizning barcha jabhalari – kasbu koringizdan tortib, shaxsiy hayotingizgacha tahlil qilingan. Agar mazkur malumotlardan ozingiz uchun togri xulosa chiqara bilsangiz, demak marra sizniki, hatto muammolarni ham oz foydangizga hal qila olasiz!
🔯 @Psixologik_testlar 🔯
Ustunligi: kichik ayriliqlar muhabbatingizni alangalatib turadi.
Maslahat: agar turmush ortogingiz ham sizdek oylamasa, erkinlikning bu turi munosabatlaringizga rahna solishi mumkin. Yoringiz sizdagi erkinlikka bolgan chanqoqni tushunmasligi va oxir oqibat sabr kosasi tolishi mumkin. Balki juftingizning qarashlariga quloq tutib, oqim boylab suzishga harakat qilganinigiz yaxshidir.
17-23 ball: Fikr erkinligi
Shioringiz «Inson oqilmagan kitob kabi bolishi lozim». Hatto, qalbingizni sevgan insoningizga hadya etib ham erkinligingizni saqlab qolasiz. Bu degani ozinigizga yarasha sirlaringiz, ortoqlashishni istamagan xayollaringiz, faqat ozingizgagina tegishli olamingiz bor degani. Boshqacha qilib aytganda sizga ichki mustaqillik zarur. Bu bilan yoringizni hurmat qilmaysiz, demoqchi emasmiz. Axir u atrofdagilar orasida fikrlaringizni ochiq ayta oladigan eng yaqin insoningizligicha qolaveradi.
Ustunligingiz: Ozingizni bunday tutishingiz sevgan insoningiz qarshisida sizni yanada sirli korsatadi. Shuningdek bu turdagi mustaqillik kundalik hayotingizga halal qilmaydi.
Maslahat: Bazida yaqinlaringiz hatti-xarakatlaringizni sovuqqonlik, etiborsizlik deya qabul qilishlari mumkin. Yaxshisi, tuygularingiz kuchini ochiq korsatishga harakat qiling. Aks holda orangizdagi masofa kattalashib boraveradi.
24-30 ball: Tuygular erkinligi
Muhabbat qissasi uzoq va baxtli davom etishi uchun kongil amriga kuloq tutish shart, degan qarashni ilgari surasiz. Yurakka buyruq berib, ozingizni kimnidir yoqtirishga majburlay oladiganlar toifasidan emassiz. Ikkiyuzlamachilikka ham toqatingiz yoq! Agar juftingizga nisbatan hurmatingiz sonmasa, munosabatlardagi kichik tushunmovchiliklar ayriliq uchun asos bola olmasligini ham yaxshi bilasiz. Har qanday cheklovlarga chidashingiz mumkin, faqat oz hislaringizga qarshi chiquvchi qarorlar qabul qilishga dosh berolmaysiz. Yoringiz shirin sozlaringizni tinglashni istab turganini bilsangiz-da, agar unga mehringiz toblanib ketmasa tuygularingizni izhor etmaysiz. Shundan keyin yoringiz bilan ortangizda tushunmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin.
Ustunligingiz: Ozaro hurmat, etibor v etirofni har qanday otkinchi hoyu-havas va gazabdan ustun qoyasiz. Shuning uchun ham juftingiz bilan ortangizda sohtalik va aldovlarga orin qoldirmaysiz. Ozingiz ham boringizcha bolasiz, uni ham boricha qabul qila olasiz.
Maslahat: Yoringiz tuygularingizni togri tushunib, shubhayu gumonlar changalidan chiqib olishi uchun uning ham hislariga etibor qarating. Nafaqat hurmatingizni, asl tuygularingizni ham bildirib turing.
🔯 @Psixologik_testlar 🔯
Ko’zlarni bekorga “qalb oynasi” deb atashmaydi. Zero ular biz haqimizda so’zlardan ham ko’proq ma’lumort berishga qodirlar. Albatta bu ham buni sezgan, payqagan va bilgan odamga ayon. Bu borada ko’zlar hech qachon aldamaydi. Ular xuddi insonga o’xshab jim turishlari, so’zlashlari mumkin.Dunyodagi boshqa jonzotlardan farqli ravishda inson ko’zlaridagi oqsillarni ko’rish imkoniyati mavjud. Bunda ham o’ziga yarasha o’zhikmati bor, inson suhbatdoshining xarakterini ko’zlarining holati va his – tuyg’ulariga qarab aniqlashga qodir. Ko’z rangiga qarab uning xarakterini aniqlash juda oson, faqatgina qaysi rang qanday xususiyatlarga xos ekanligini bilish kifoya. To’q rangdagi ko’z egalari o’ziga ishongan va kuchli, och ranglilar esa ko’proq kamtar, uyatchan bo’lishar ekan. Qora ko’z – Bu juda energetik insonlar demakdir.O’ziga juda talabchan, tinch turmaydigan, his – tuyg’ularga beriluvchan bo’lishadi. Ular faqatgina o’zlariga emas, balki atrofdagilarga nisbatan ham talabchan bo’lishadi. Shuning uchun ham ko’pincha ular orasida kelishmovchiliklar, tushunmovchiliklar va kichik janjallar bo’lib turishi ehtimoli mavjud. Yo’q joydan arzimagan narsaga arazlashga moyil.Juda tavakkalchi, serharakat insonlar toifasi. Diqqat markazida bo’lishni xush ko’radilar va qarorlarni tezda qabul qiladilar. Afsuski, shu sababli ular ko’pincha noto’g’ri bo’lib chiqadi. Jigarrang rang ko’z – ushbu rangdagi ko’z egalari insonni o’ziga tortuvchan, aqlli, his – tuyg’uli insonlardir. To’q jigarrang rang – o’zi ko’ringanidek janjalkash, ammo barcha arazlarni tezda unutuvchan bo’lgan insonlarga xos. Tavakkalchi.Atrofdagilar bilan tez chiqishib ketadigan, xushmuomala bo’ladilar.Biror narsani sevsalar bir umrga, yoki aksincha biror narsadan nafratlansalar hech qachon unutmaydilar.Rang qanchalik to’q bo’lsa, ushbu xislatlar shuncha kuchli bo’ladi. Och – jigarrang rangdagiko’z egalari (yong’oqrang) hamma narsani ham o’z kuchlari bilan hal qila olmaydigan(rang qanchalik och bo’lsa ushbu sifat kuchliroq bo’ladi), orzularga beriluvchan homhayol insonlar kiradi. Birdamlikka va tinchlikka intiluvchan, mehnatni juda sevadigan, serharakat toifa. Bu turdagi odamlarga bemalol ishonish mumkin.Hech qachon ishonchni poymol qilishmaydi.“Yong’oqranglilar” – mustaqil bo’lishni sevishadi.Birov ularga qandaydir ozor beradigan bo’lsa anchagacha esdan chiqarishmaydi, ya’ni “qora xotira” juda yaxshi faoliyat ko’rsatadi. Jigarrang – yashil – Juda dono, ayni paytda yuvosh va kam harakat toifa. O’z atroflarida katta suhbatdoshlar doirasini yig’ishlari va ularni chin dildan eshitishlari boshqalarni ushbu insonlarga yaqinlashtiradi. Oldiga qo’ygan maqsadlarini doimo oxirigacha amalga oshirmasdan qo’yishmaydi.Sevgida ham, do’stlikda ham birdek vafodor. Yashil rangdagi ko’z egalari – oldiga qo’ygan maqsadlariga qattiq harakat qiladigan, prinsipial, juda ham tartibli bo’lishar ekan.Barcha narsani oxiriga yetkazib, maromiga qo’yib bajarishni xush ko’rishadi.Atrofdagi narsalarga haqiqiy real ko’z bilan qarashadi. Qiyinchiliklardan umuman xadiksirashmaydi, hayotda o’zlariga va boshqalarga talabchan bo’lishgani sababli hayotdagi juftlarini topishlari ko’p vaqt talab etadi. Ammo sevgan insonini benihoya qadrlaydilar. Ishonchli do’st va yaxshi hamsuhbat. Yashil – kul rang. Hayotga real ko’z bilan qaraydigan, sodir bo’layotgan hodisani yaxshi his qila oladigan insonlar.Mehnatkash, yaxshi maslahatdosh, sabrli, muammolarni o’z vaqtida hal qiladigan turkum vakillari. 🎓👇
Читать полностью…Qanday ishga layoqatlisiz? Rasmdagi daraxtlardan o'zingizga ma'qul kelganini tanlang va javoblarni o'qing.
Читать полностью…Айтайлик, оёғингизга зирапча кирди. У сизга азоб бермоқда. Уни олиб ташлаган жарроҳни фақат шу иши учунгина севиб қолмайсиз-ку! Ахир у ўз бурчини бажарди. Қолаверса, у – профессионал шифокор, яна ким буни ундан яхшироқ амалга ошириши мумкин? Сизни жарроҳга олиб борган ёки қайтгунингизча зирапчаси оёғингизга ботган жойни рандалаб, текислаб қўйган инсонни-чи? Бу қилмиши унинг муҳаббатидан далолат эмасми? Аслида жуфтингизнинг муҳаббати ҳақида бунчалар бўлмағур хаёлларга бориб, ўзингизни ўзингиз азоблаяпсиз-ку!
4. Мени севсангиз, мен истаганимдек инсон бўлишингиз керак.
Ол-а! Нега энди? Сиз уни қандай бўлса, шундайлигича севишга уриниб кўринг. Турмуш ўртоғингизни ўзгартиргандан кўра, шуниси маъқулроқ, ҳам осонроқ. Ёши 20 дан ўтиб, 30 га қараб кетаётган инсон ўзининг одатлари, тарбияси, мушаҳадаю дунёқарашига эга ва булар унга болалигидан сингдирилган. Сиз эса бир неча ой ёки йил давомида буни ўзгартирмоқчимисиз? Яна ҳеч қандай меҳнат қилмай, шунчаки аҳмоқона шартлар қўйиш йўли билан-а? Кечирасизу, буниси – фантастика!
5. Агар мен истаган инсон бўлганингизда, дунёдаги энг бахтли аёл бўлардим.
Бахт ҳақидаги тушунчангиз саёзлигидан далолат берувчи бу ўйни дарров миянгиздан чиқариб ташланг. Баъзи аёллар эрларини ўзлари истаган инсонга айлантириш умидида пошнаси остига олиб эзишга тушадилар. Қарабсизки, бир пайтлар дадил, журъатли, шижоатли ва ҳамма нарсага қодир йигитни хотинидан қўрқадиган ношудга айлантириб қўядилар. Оқибатда яна ўзлари норози бўладилар: «Эримнинг қўлидан иш келмайди, бутун рўзғор масъулиятини ўз зиммамга олишимга тўғри келаяпти». Ўйлаб кўринг, сиз шундай эрга муносибмисиз? Йўқ, дейсизми? Унда жуфти ҳалолингизнинг бор фазилатларини қадрлашга ўрганинг.
6. Севсангиз, мен учун, оиламиз ва фарзандларингиз учун нимадир қилинг.
Баъзида бу жумла орқасидан «Ҳозироқ!» деган ундов ҳам қўшилади. Эркаклар эса аксига олиб, шу оҳангни ёмон кўрадилар. Доно аёл ҳеч қачон оиласи ва фарзандларини гаровга қўйиб, эридан туйғуларининг исботини талаб қилмайди. Бундай оҳангдаги талаб ҳеч қачон эркак томонидан қондирилмайди. Сиз ўзингиз хато қилганингиз етмаганидек, жуфтингизни ҳам умридаги энг улкан хатони қилишга ундаяпсиз. Кўпинча бундай таҳдиддан кейин эркаклар дуч келган биринчи қарорни ўйламай қабул қиладилар. Бундан эса сиз ҳам, у ҳам зарар кўрасиз.
7. Оила қургандан кейин ўзингиз учун яшашни ташланг. Энди фақат мен ва фарзандлар учун яшайсиз.
Албатта, инсон зоти зурриёдини деб яшайди. Бу унинг табиатига Яратган томонидан сингдирилган хусусият. Лекин бировнинг оғзидан мажбурият сифатида уқдирилган бу сўзлар акс натижа бериши мумкин. Эрингизнинг ўжарлиги тутиб, айтганингизнинг аксини қила бошлайди. Қолаверса, ҳаётига сиз кириб келгунингизга қадар ҳам у яшаган, кимдандир қарздор, кимдандир миннатдор бўлган. Масалан, ота-онасидан, жигарларидан... Фарзандлар унинг келажаги бўлса, булар ўтмишидир. Фақат сизларни деб яшаш улардан воз кечиш, дегани эмас-да!
8. Севаман дейсиз-у, эвазига нимадир талаб қиласиз. Муҳаббат беминнат бўлиши керак.
Бу дунёда беминнат ҳеч нарса йўқ. Ҳамма нарсанинг ўз баҳоси ва бадали бор. Жуфтингиз сизга сарф қилаётган вақти, моддий воситалари, туйғулари эвазига сиздан ҳам эътибор, илиқлик ва меҳр кутади. Кўнгил кўнгилдан сув ичади, дейишади-ку! Аёллар учун севилиш муҳимроқ, бизни севган инсонни Худо йўлига ҳам севиб кета оламиз. Эркаклар эса туйғуларининг бадалини сўрашади. Буни тўғри қабул қилиш керак.?👇
Tashqi qiyofaga qarab nimalarni aytish mumkin? «Juda ko‘p narsani!» — deya javob beradi bu savolga fiziognomistlar. Soha mutaxassiclari nazarida yuz — ochiq kitob. Faqat uni o‘qish kerak.
Tashqi qiyofaga qarab nafaqat kishining sog‘lig‘i, balki fe’l-atvori, omadi, muvaffaqiyatga erishish yo‘li va ruhiy holatini ham o‘qish mumkinligini mutaxassislar allaqachon isbotlagan. Bosh shakli, peshona hajmi, ajinlar, qosh-ko‘z, burun tuzilishi, lablar — bularning barchasi biz haqimizda o‘zimiz bilgan-bilmagan narsalarni aytadi.
Cho‘zinchoq bosh, keng iyak yaxshi rivojlangan intellekt, sezgirlik va xarakterning og‘ir-vazminligini, mulohazakorlikni bildiradi. Bunday odam o‘z oldiga aniq bir maqsad qo‘yib, harakat qilishi bilan ajralib turadi. Shu xususiyati sabab tashkilotchilik qobiliyati ham yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Uchburchaksimon bosh sohibi keng peshonali bo‘ladi. Unda bir soha yo‘nalishi bo‘yicha iqtidorni payqash qiyin emas. Sog‘lom va tiniq fikrli bo‘lgani bois, intuitsiyalardan ko‘ra aqlga ko‘proq suyanadi. Atrofdagilar bilan til topishishga qiynalsa-da, muammolarni hal qilishga kelganda uning oldiga tushadigani yo‘q. Lekin bunday odam bilan sirdosh bo‘lish yaramaydi. Chunki sirni birovga oson oshkor qilib qo‘yadi.
Trapetsiyasimon bosh hissiyotlarga tez beriluvchan, ammo aqliy salohiyati yuqori, rol o‘ynashga moyillikdan darak. Amaliy masalalarni yechish unga qiyinchilik tug‘dirmaydi. Har doim biror natijaga erishishga harakat qiladi va jamiyatda hamisha o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Hayotdan mamnun yashab, atrofdagilar uchun ham yaxshi atmosfera hosil qila oladi. Bosh suyagi trapetsiya shaklida bo‘lgan odamda optimistik kayfiyat yetakchidir.
To‘rtburchaksimon bosh suyagi erkaklarga xos qat’iylik va biroz qattiqqo‘llikdan dalolat. Bunday odam, odatda, yaxshigina qaysar va matonatli bo‘ladi. Shu xususiyati tufayli ko‘p hollarda ko‘zlagan maqsadiga erishadi. Ba’zan qaysarlik qo‘pollik bilan ham almashib turadi. Uning eng katta o‘ziga xosligi va yutug‘i — keskinligi va dadilligida.
Dumaloq bosh sohibi ko‘ngli ochiq, yumshoq tabiatli, sulhparvarligi bilan ajralib turadi. Boshqalarga yordam berishga tayyorlik, manfaatni ko‘zlamay yaxshilik qilish, jasorat — unga xos. Ko‘pincha bunday odamlar ovqat shinavandasi bo‘ladi. Maishiy qulaylik, yaxshi davralarda bo‘lish uning uchun muhim. Qo‘lidan ko‘p narsa kelsa-da, mashhurlik va shon-shuhrat ketidan quvmaydi.
Endi bosh suyagining ayrim o‘ziga xosliklari haqida ham to‘xtalib o‘tsak.
Agar qarshingizda bosh shakli yumaloq, qanshari baland, yanoqlari oldinga turtib chiqqan, ko‘zlari yonib turuvchi odam bo‘lsa, ishonaveringki, u aniq bir maqsadga intiladigan, yetakchilik qobiliyati yuqori kishi.
Boshining tepa qismi kallaning boshqa sohalariga qaraganda yirikroq bo‘lsa, bunday kishida his-tuyg‘u yetakchilik qiladi. U qaror qabul qilayotganda tahlilga emas, ko‘proq ichki kechinmalarga suyanadi. Asosiy o‘ziga xosligi — ishga layoqati va tirishqoqligi.
Bosh va bo‘yinning joylashuvi, boshni tutib turish tarzi, harakati ham fiziognomistlar e’tiboridan chetda qolmagan. Tik va baland bosh o‘z qadrini bilishdan darak. Bunday odam mustaqil fikrga ega, hayotga optimistik ko‘z bilan qaraydi va imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay oladi.
Biroz orqaga tashlangan bosh shuhratparastlikdan dalolat. Boshini bu tarzda tutib turuvchi odam o‘zi va atrofdagilar o‘rtasida masofa saqlashni xohlaydi. U kuchli iroda va qat’iylik xususiyatiga ega. O’z fikrida sobit turadi va birovning yo‘rig‘iga kamdan-kam yuradi.
Oldinga biroz egilgan bosh itoatkorlik, bo‘ysunishga tayyorlikni ko‘rsatadi. Ammo unutmaslik kerakki, boshning bunday holati fikr va g‘oyalar bilan bandlikdan ham bo‘lishi mumkin. Sharqda oldinga egilgan bosh rivojlangan intellektni bildiradi, deb hisoblanishi bejiz emas.
O’ngga egilgan bosh ochiqlik, xolislikni bildiradi. Boshini o‘ngga egishga moyil odamlar atrofdagilarga xolis yordam berishga tayyor. Chapga egilgan bosh esa qiziquvchanlik, istehzo, shubha va mug‘ombirlikdan darak.
🔯 @Psixologik_testlar 🔯
🦅Qush - qalbing hazillashadigan olamga zavq bilan kiradi. Bir to'tiqush, ruhiy quvonch va baxtni anglatadi. Sizning yuragingiz odamlar uchun juda ko'p yorug'lik chiqaradi.
🌴Palma - Siz bayram haqida o'ylayapsizmi, siz qirg'oq bo'yidagi qirg'oq bo'ylab kunlarni o'tkazib tashlamoqchimisiz? Siz yoz odamisiz - quyosh, yorug'lik, issiqlik, yashil dunyo va, eng muhimi, qiziqarli bo'lishingiz kerak.
✋Qo'l. Siz etakchi, "shoh", xo'jayin bo'lishni yoqtirasiz. Siz uchun eng muhimi, hamma narsani sizning qo'lingizda ushlab turish, hamma narsani nazorat qilishdir. Siz boshliq xo'jayiniz, sizning nazorati ostida, hamma narsa muammosiz ketadi.
🔯 @Psixologik_testlar 🔯
Bine shkalasi bo'yicha ko'pchilik insonlar 85 va 114 oralig'idagi IQ (intellektual salohiyat)ga ega. Mobodo sizning ko'rsatkichlaringiz past bo'lsa, demak siz unchalik ham mulohaza qilolmaysiz. Yuqori raqamlar esa aqlning egiluvchanligidan darak beradi, masalan olimlar 130dan yuqori to'plashadi. Ushbu test sizning aqliy salohiyatingiz darajasini aniqlashga yordam beradi. O'ylaymizki, suv birinchi bo'lib qaysi krandan oqib tushishini tanlab oldingiz!
DEMAK, QAYSI KRANDAN SUV BIRINCHI BO'LIB OQIB TUSHADI?
1⃣👇👇👇👇👇1⃣
Balkim siz dunyodagi eng aqlli inson emasdirsiz, lekin sizning intellektingiz o'rtacha odamniki bilan teng. Masalaga ko'pincha original yechimlar topasiz, lekin o'zingizni chegaralab qo'ygansiz, shuning uchun yechimlaringizni atrofdagilar bilan baham ko'rmaysiz, sababi kulguga qolishdan qo'rqasiz. Siz bir sinab ko'ring, mana ko'rasiz, bundan miyangizga yana va yanada ko'proq g'oyalar kelishni boshlaydi.
2⃣👇👇👇👇👇2⃣
Aqliy salohiyatingiz darajasi boshqalarnikidan ajralib turmaydi, lekin atrofdagilar intellektini kerakli joyga yo'naltirishni bilasiz. Atrofingizda, har yerda va har joyda imkoniyatlar eshigini ko'rasiz va boshqalar qobilyatidan huddi o'zingiznikidek foydalanish uchun qarshiliklarni ham yengib o'tishgada tayyorsiz.
3⃣👇👇👇👇👇3⃣
Siz aniq original fikrlaysiz. Atrofdagilar sizga nisbatan yetarli hurmatni his qilishmaydi, sababi ular sizning fikrlash tarzingizni kuzata olishmaydi. Shunday bo'lsada, agar diqqat bilan o'z maqsad va strategiyalaringizni boshqa odamlarga yetkaza olsangiz, intellektingiz o'sish darajasi va natijasi sizni uzoq kuttirmaydi.
4⃣👇👇👇👇👇4⃣
Siz deyarli dahosiz - faqat to'g'ri keladigan odamlar va ma'lumotlarni qidirib topish qoldi holos. Qobilyatingizni mayda-chuydalarga ketkazish o'rniga, diqqatingizni jamlang va ongingizni xaqiqatdan arziydigan narsalarning barcha imkoniyatlarini ochish uchun sarflang.
Yodingizda bo'lsin, sizning har bir tanlovingiz albatta qandaydir ahamiyatga ega. Biron ish qilishdan oldin albatta mulohaza qiling!
🔯 @Psixologik_testlar 🔯
🎻🎺🎸Albatta tinglab ko'ring, bu tarona sizga yoqishiga ishonaman🎶 Yoqimli tuyg'ular baxsh etadi. 2017-yil xit taronalaridan biri⛹
@Psixologik_testlar
Muhabbat boyinga solingan sirtmoqqa aylanmasligi uchun insonga erkinlik kerak. Kimgadir harakat erkinligi, kimgadir tuygular, yana kimlargadir fikr erkinligi. Quyidagi 10 savolga javob berib, muhabbatda aynan siz uchun uning qaysi turi muhim ekanligini bilib oling. Bu ozingizni yanada yaxshiroq tushunib, yoringiz bilan ortangizdagi tushunmovchiliklarni bartaraf etishingizga komaklashadi. Ha aytgandek, javoblar orasida togri yoki notogrilari yoq. Shunchaki, konglingiz chopgan birinchi variantni belgilang. Ichki sezgingizga ishoning.
1. Yoringizning qaysi ishi sizga noqulaylik tugdiradi?
A. «Shaxsiy yozishmalarim, kundalik yoki «SMS»larimni oqishi asabiylashtiradi».
B. «Atigi bir kunga onamnikiga yubormagani jahlimni chiqaradi».
V. «Sevish-sevmasligimni sorayverishi gashimga tegadi».
2. Saramjonlik siz uchun...
A. «Eng avvalo, hayollar, rejalardagi tartib degani».
B. «Javondagi kiyimlarning joy-joyida turishi».
V. «Kommunal tolovlardan qarzdorlikning yoqligi».
3. Sizningcha munosabatlardagi erkinlik...
A. «Har kim oz ishi bilan mashgul bola olishi...»
B. «Har bir qadaming haqida hisobot bermaslik...»
V. «Doim uni sevish shartmasligi. Axir bazi-bazida achchiqlanib turishga togri keladi».
4. Turmush ortogingiz bilan tugilgan kunga bordingiz. Siz zerikib otiribsiz, u esa maza qilayapti. Barvaqtroq turishning imkoni yoq. Nima qilasiz?
A. «Holiroq erga kirib, dugonalarim bilan gaplashaman».
B. «Birrovga bolsa-da, tashqariga chiqishga harakat qilaman».
V. «Davrada otirsam-da, oz yumushlarim haqida oylayman».
5. Turmush ortogingiz jahl ustida uydan ketishini malum qildi...
A. Qarorini izohlashini talab qilasiz.
B. U kap-katta odam, muammosini ozi hal qilsin.
V. Qanday qilib bolsa-da, olib qolish yollarini izlaysiz.
6. Oz juftini hurmat qilgan kishi...
A. Uning har bir fikriga qoshilishi shart emasligini biladi.
B. Jufti doim yonida bolishi shart emasligini tan oladi.
V. Bu hayotda faqat tuygular bilangina yashash kerak emasligini yaxshi tushunadi.
7. Bolaligingizda...
A. Mustaqil bolganman. Shuning uchun erkalashlarga ehtiyoj sezmayman.
B. Qorqmas bolganman. Hozir ham yolgizlikdan qorqmayman.
V. Yopiq bolganman. Ota-onamga hamma narsa haqida aytishni yoqtirmasdim.
8. Turmush ortogingiz qaysi jihatingizga etiroz bildiradi?
A. «Uni sevishimni aytavermasligimdan norozi».
B. «Rejalashtirgan ishimizni birgalikda bajara olmasak kayfiyati tushadi».
V. «Nimalar haqida oylashimni bilmasligidan shikoyat qiladi».
9. Muhabbat haqidagi asarlarni oqimaysiz. Chunki...
A. Ular zerikarli va siyqasi chiqqan.
B. Ularda harakat, kechinmalar doim bir xil.
V. Mazmuni oxshash bolgani uchun.
10. Agar juftlik...
A. Vaqti-vaqti bilan alohida yashashni istab qolsa, bu qorqinchli emas.
B. Dunyoqarashlari bir xil bolmasa, vaxima qilmaslik kerak.
V. Oilaning mustahkamligini saqlash uchun rol ijro etsa tushunish mumkin.
Javoblar:
№ 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
A 2 2 1 3 1 2 1 3 2 3
B 1 1 2 1 2 1 3 1 3 2
V 3 3 3 2 3 3 2 2 1 1
Natija:
10 — 16 ball: Xarakat erkinligi
Siz uchun ozingiz istagan paytda, ozingiz xohlagan joyga borish juda muhim. Qolaversa, bu haqda hisobot berishni ham yoqtirmaysiz. Sevgi deganda sevishganlarning doim birga bolishini tushunmaysiz. Albert Kamyu aytganidek: «Erk kishiga manan osish imkoniyatini beradi». Juftingizni hurmat qilasiz va noorin rashkingiz bilan yolgon sozlash, ozini oqlashga majbur qilmaysiz. Har kimning oz hududi bolishi lozim degan qarashni qollab quvvatlaysiz. Orangizdagi masofa qanchalik yiroq bolsa, yoringizni kuchliroq sevishingizni tushunasiz. Har kuni qaror qabul qilish inmkoniyatiga ega bolishingiz lozim. Afsuski erkinlikning ushbu turiga bolgan ehtiyojingizni juftingiz doim ham tog`ri tushunavermaydi.👁👇
Гоҳида ҳаётнинг қувончу ташвишларидан узоқ-узоқларга қочиб кетгингиз келади. Айниқса, атрофингиздагиларнинг тинимсиз нолишларию қийинчиликларга таслим бўлаётганини кўрсангиз, беозор, маъсум қалбингизни одамларнинг қўли етмайдиган, кўзи тушмайдиган манзилларга яширишни истайсиз. Аммо бундай манзил бормикан? Бунинг учун омад формуласи ҳақида ўйлаб кўринг. Боиси инсоннинг яшашдан мақсади, интилиш ва орзуси тугал бўлса, уни ҳеч ким ва ҳеч нима тўхтата олмайди. Шундагина атрофдаги нарсалар эътиборингизни чалғитолмайди. Сиз эса яхши кайфият ва кучли ирода билан олғи интилаверасиз. Келинг, омад формуласини бирга тузамиз...
1. Ниятни тонгда қилинг. Бу вақтда борлиқ ҳали одамларнинг турли нохуш хаёллари билан тўлмаган, соф бўлади. Асосийси, нимани истаётганингизни доим ёдда сақланг.
2. Излаган имкон топади. Бу мақол сиз учун маёқ бўлсин. Ҳатто қоронғиликда йўлингиздан адашсангиз ҳам ёруғликни топа олинг. Унутманг, ишонч омаднинг ярми дегани.
3. Атрофингиздаги оламни орзу-истакларингизга мослаштиринг. Унда фақат ёрқин ранглар ва позитив кайфият бўлсин!
4. Сиз хақингизда гапиришса, бундан асло ранжиманг. Фақат керакли ва зарур одамларгина мукоҳама қилишади. Демак, сизнинг ҳаётингиз ким учундир қизиқ ва уларнинг сизга ҳаваси келаяпти. Назоратни қўлдан берманг!
🔯 @Psixologik_testlar 🔯
1. Имкон қадар камроқ вақтингизни телевизор қаршисида ўтказинг!
2. «Нима бўлишидан қатъи назар, фақат олға!» деган шиорга амал қилинг! Бир синаб кўринг, натижаси аъло бўлади!
3. Бирор яхши ғоя пайдо бўлдими? Уни тезда ён дафтарингизга ёзиб қўйинг! Акс µолода унутасиз...
4. Кечикяпсизми? Огоµлантириш ёдингиздан кўтарилмасин. Баµоналар изламанг, ростини айтинг.
5. Ўзгаларнинг орзуси сизга эриш туйилмасин! қанчалар кулгили бўлмасин, уларни бир оғиз гап билан қўллаб-қувватланг. Ниятнинг амалга ошиш-ошмаслиги иккинчи масала...
6. Сизга хиёнат қилган, дилингизга атайин озор берган инсонлар олдига қайтмасликни маслаµат берамиз... Тушунинг, одамнинг феъли ўзгармайди!
7. Ота-онанагизга меµр кўрсатинг, уларни йўқлашга албатта вақт топинг... Ахир уларни боғлаб бермаган! Эратага «аттанг» деб қолмайдик!
8. Ширин сўз илонни инидан чиқаришга қодир, ёмон сўз эса пичоқни қинидан чиқарар экан. Мулойимлик сизга асло зарар келтирмайди, ишонинг!
9. Хатоларингизни тан олинг, ўз устингизда ишланг!
10. Нолишни бас қилинг! Бу билан муаммоларингизни µал этолмайсиз, обрў µам топмайсиз! Атрофдагиларга бир боқинг, µамма ўзи билан ўзи овора. Сизни ўзгалар дарди қизиқтирмагандек, улар учун µам ортиқча ташвиш...
11. Јийбат қилманг! Бу энг ёмон одат.
12. Бу дунёда µамма нарса ўткинчи, µатто биз µам... Шуни эслаб қолинг! Яшаш осонроқ кечади.
13. Жанжал ёки тушунмовчилик вақтида қаршингиздаги инсонни шахсиятини топтаманг! Бир кун келиб балки ярашиб µам оларсиз, амма айтилган сўзларни сиз µам, у µам унутмайди!
14. Іақиқатни ва фақат µақиқатни гапиринг! Шунда µеч нарсани эслаб қолишга µожат қолмайди. Эртами, кечми ёлғон сизни уялтириб қўйиши мумкин.
🔯 @Psixologik_testlar 🔯
Оқсил истеъмол қилинг!
Доим уйқусираб юрасизми? Қаҳва ичишга ружу қўйманг, яхшиси кун давомида оқсилга бой қуруқ мевалар истеъмол қилинг. Масалан, ерёнғоқ, бодом, майиз, туршак. Яна олманинг бир палласини, творог ҳам яхши танлов.
В витамини кўпроқ бўлсин!
В витамини етишмаслигининг аломати: кайфиятнинг тез ўзгариши, диққатни яхши жамлай олмаслик, безовталик, тушкунлик. В витамини захирасини дуккакли маҳсулотлар, балиқ, ёнғоқ, тухум билан тўлдириш мумкин.
Енгил машқлар
Чарчаганда ортиқча қимирлашга ҳам ҳол келмайди. Бироз ўзингизга келишингиз учун биз сизга бир соат югуриш йўлакчасида терга ботишни эмас, шунчаки пиёда юришни маслаҳат берамиз. Агар уйингўз ёки ишхонангиздандан умуман чиққингиз келмаса, 25 марта ўтириб туринг.
Муздек душ
Иссиқ душ тинчлантириб, бўшаштиради. Аммо мақсадингиз тетиклашиш бўлса, сув сал совуқроқ бўлгани яхши. Совуқ сув организмда қон айланишини тезлаштиради. Агар совуқ душ, деган гапнинг ўзидан жунжикаётган бўлсангиз, ҳеч бўлмаганда, юзингизни 1-2 марта муздек сувда ювинг.
Таомланиш учун танффуслар сонини кўпайтиринг
Овқатланиш тартибини ўзгартириш тетиклик даражасини анча ўзгартириши мумкин. Агар камроқ, лекин тез-тез есангиз, бир меъёрдаги калорияга эга бўласиз. ҳазми оғир овқат мудроқни чақиради, кам-камдан ейиш эса сизни соф қувват билан таъминлайди.
Эрта уйқуга ётинг
8 соатдан кам ухлаш организм учун етарли эмас. Акс ҳолда ҳорғин ва асабий бўлиб қоласиз. Зарур ишларингизни кундузи битиришга ва ҳар куни одатдагидан 20-30 дақиқа эртароқ уйқуга ётишга ҳаракат қилинг. Бир неча кундан сўнг вақтида ухлаш тартибига ўрганасиз.
Сайр қилинг
Иш вақти тугагач, дарров автобусга чиқмасдан бир бекат пиёда юриш мумкин. Сайр миянгизни дам олдиришга, иш куни давомида тўпланган чарчоқни чиқаришга ёрдам беради. Шунинг учун кейинги гал танаффус кераклигини ҳис қилганингизда, албатта, сайрга чиқинг!
🔯 @Psixologik_testlar 🔯
🎓👆👆👆👆👆👆👆🎓
Test 94% to'g'ri. Ko'zingizga 1-tashlangan obyektni tanlab javoblarni o'qing: SHPRITS QON TOMCHISI VELOSIPED AYLANA JAVOBLAR: SHPRITS: Hamma narsani yuragingizga yaqin olaverasiz. Biroz sovuqqonroq bo'lishingiz kerak, bo'lmasa asab tolalaringiz deb bir qancha surunkali kasalliklar orttirib olasiz. QON TOMCHISI: Siz har doim, har joyda xaqiqatni oxirigacha kovlab topadigan shaxssiz. Bu judayam yaxshi fazilat. Eng muhimi har narsadan kamchilik topadigan noshukr insonga aylanib qolmasangiz bo'lgani. VELOSIPED: Siz aktiv, pozitiv insonsiz! Do'st va tanishlaringiz juda ko'p va umuman siz davralarning qalbisiz. Bu juda yaxshi. Har doim shundayligingizcha qoling! AYLANA: Sizda oxirgi payt hammasi huddi aylana atrofida aylanayotgandek. Va bazan huddi boshqa yo'lingiz yo'qdek ko'rinadi. Ammo shu aylana yani bir xillikdan chetga bir qadam qo'ysangiz, dunyoni o'zgacha nigoh bilan ko'rasiz. O'zgarishlardan qo'rqmang va hammasini uddasidan chiqasiz.
🔯 @Psixologik_testlar 🔯
Adolatsizlikka umuman toqatlari yo’q, hayotda ko’pincha bir marta sevadilar va bu sevgi yuraklarida bir umr muhrlanib qoladi. Dushmanlariga nisbatan o’ta qattiqqo’l va tajovuzkor bo’ladilar. Kul rang ko’zlilar – haqiqiy mehnatsevarlar, zehni o’tkir insonlar. Bunchalik yuqori darajadagi zehn sohibibo’lishlariga qaramasdan intuitsiya rivojlanmagan bo’lar ekan.Turli xil muammolarni paydo bo’lishi bilanoq tezda bartaraf etishga tirishadilar. “Kul rang ko’zlilar” halol, halollikni xush ko’ruvchi, mehribon va ishonchli odamlar. Havo rang ko’z sohiblari – orzularga beriluvchan, romantik, his- tuyg’u kuchli insonlar. Ularda ham “qora xotira” yaxshi ishlaydi, ko’z yoshlar bilan ularni ko’nglini yumshatib, yoki aldab bo’lmaydi. Barchani yurakka yaqin oladilar, maqsadi sari jon – jahdi bilan harakat qiladilar. Yuvosh ammo bir xillikni umuman yoqtirishmaydi, sevgi bobida ham xuddi shunday xilma – xillikni xush ko’radilar. Rassomlik, haykaltaroshlik, aktyor, yozuvchilikva boshqa sohalarda ham g’oyat iqtidorli bo’ladilar. To’q – havo ranglilar –melanxoliyaga moyil, kayfiyati beqaror, injiq insonlar toifasi.Ularni ko’pincha xarakterlaridan kelib chiqqan holda “ob – havo” deb ham atashadi.Araz, ginalarni uzoq vaqtgacha saqlaydigan, ishonchsiz, o’z so’zida turmaydigan qattiqqo’l odamlar.
🔯 @Psixologik_testlar 🔯
Ахир, ташлаб кетмаяпти-ку! Ёнингизда-ку! Бундан ортиқ қандай исбот керак? Лекин ҳадеб юқоридаги гапни такрорлайверсангиз, «ана бўлмаса», деб жаҳл устида кетиб қолиши ҳам мумкин. Очиқ-ойдин нарсага исбот талаб қилинмайди. Сиз яхшиси ўзингизга нисбатан ишончингизни орттиринг. Мен шунақаманки, эрим ҳеч қачон мени ташлаб кетмайди, денг. Яхши ният – ярим давлат, дейишган. Ҳамма ҳам ниятига ярашасига эга бўлади.
10. Агар муҳаббатингиз чин бўлса, туну кун менинг ёнимда бўлинг.
Ия, рўзғорга ким қарайди, оилани ким боқади? Баъзи аёллар шу даражада қизғанчиқ бўлишадики, эрлари бирор соатга ташқарига чиқса ҳам, қўнғироқ қилавериб, қаерда, ким билан, нима қилаётганини сўраб, безор қилишади. Сизни қанчалар севмасин, унинг ўз шахсий ҳаёти, ҳатто сиз ҳам даҳл қила олмайдиган эркин ҳудуди бўлиши керак. Унга бу ҳуқуқни беринг. Йўқса, у бутунлай эркинлик истаб қолиши ҳам мумкин.
Хулоса
Ҳаммамиз битта дунёда яшаймиз, лекин дунёқарашларимиз турлича. Икки инсон ёнма-ён бир нарсага қараб, бир овозни эшитиб туриб, умуман бошқа-бошқа таассурот олади. Шунга кўра, бизнинг шахсий қадриятларимиз, хулосаларимиз ҳам шаклланади. Аммо оила мунтазам меҳнат ва муттасил муроса, демакдир. Унда ҳар куни бирон нарсадан воз кечиш ва ҳар дақиқада кичик бўлса-да, бир ғалабага эришиш керак. Шунда вақти келиб, никоҳингизнинг 50, 60, 75 йиллик тўйларида мақоламиз бошидаги отахон каби «Ўлдирсам, ўлдираман-у, аммо ажрашмайман», дейдиган даражадаги муҳаббатга эга бўласиз.
🔯 @Psixologik_testlar 🔯
Мустаҳкам оила – муаммоларсиз эмас,
балки уларни ҳал этишга қодир оиладир.
Эллик йил бирга яшаган эр-хотиннинг олтин тўйида чолдан сўрашаяпти:
– Ота, шунча йиллик турмуш давомида наҳотки бирор маротаба бўлсин ажрашиш фикри хаёлингизга келмаган?
– Очиғини айтсам, кампиримни ўлдириб қўяр даражада ғазабланган дамларим бўлган, лекин ажрашишни ҳеч ўйламаганман. Ахир ўртада фарзандлар бор-ку!
Ана шунақа гаплар! Тақдирни бузиб бўлмайди. Баъзан энг салбий ҳисларни бегоналар эмас, айнан атрофимиздагилар, яқинларимизга нисбатан туямиз. Нега? Чунки биз умримизнинг кўп қисмини улар билан ўтказамиз. Яқинларимизга ҳар томонлама қаттиқ боғлиқмиз: сирларидан хабардормиз, одатдаги ҳазилларини ҳар куни бир неча маротабадан эшитиб, кулгимиз келмаса-да, кулишга, уларнинг хурракларидан тунларни бедор ўтказишга, камчиликларига кўнишга (ёки уларни бартараф этаман деб ҳар сафар чучварани хом санашга) мажбурмиз. Хўш, нега чидаймиз? Гап фақат фарзандлардами? Ахир бир эмас, бир неча фарзандлар бўлса ҳам, оила ришталарини узганлар қанча? Аслида эса ҳамма гап муҳаббатда! Биз тан оламизми, йўқми, бундан қатъий назар, муҳаббат йўқ экан, ҳеч бир оила мустаҳкам бўлмайди.
Ҳақиқий севги қанақа бўлади?
Муҳаббат деганда биз достонларда куйланган, фильмларда мадҳ этилган, тўйгача минг оҳ билан тилга олиниб, тўйдан кейин кераксиз матоҳдек улоқтирилган романтик ҳисларни эмас, балки ҳаёт синовларидан ўта билган, балки шу синовларга бардош бериш жараёнида туғилган, эр-хотиннинг ўзига ҳам билдирмай бир-бирига умрбод боғлаган ришта ҳақида гапирмоқдамиз.
Тўйгача йигит ва қиз танишар экан, ҳар икки тараф ўзининг яхши томонларини намойиш этиш билан бирга нариги томоннинг қусур ва фазилатлари, имкон ва дунёқарашларини билишга интилади. Биз бу даврда муҳаббатдан ғоятда кўп нарса кутамиз, уни илоҳийлаштирамиз. Шу сабабли ҳам тўйдан кейин кутганларимиз амалга ошмай, илк ойлардаёқ жуфтимиздан кўнглимиз хира бўла бошлайди. Айнан шу туфайли ҳам баъзан арзимаган нарса учун севимли инсонимиздан қаттиқ ранжиймиз ва ҳатто унинг ўзини ҳам қаттиқ ранжитамиз.
Аслида бошқача бўлиши керакми?
Қуйида сизга муҳаббат ҳақидаги бир неча хато фикрларни келтирамиз:
1. Агар мени севганингизда эди, фикрларим, истакларим, туйғуларимни англаган ва уларни рўёбга чиқарган бўлардингиз.
Кечирасизу, сиз бу инсон билан етарли даражада узоқ яшамагансиз. Бир неча ой ёки йил учрашиб юрган, аммо ҳали бир том остида яшаб кўрмаган инсонингиз қандай қилиб сизнинг фикрларингиз, истакларингиз, туйғуларингизни сўзсиз англаши мумкин? Ахир, бир қориндан талашиб тушган жигарлар, ҳатто ота-бола ҳам баъзида бир-бирини тушунишмайди-ку!
2. Агар мени севганингизда, гапларимга сўзсиз бўйсунган бўлардингиз. Хоҳишларингиз менинг истакларим билан айнан ўхшаш бўларди. Мен ёқтирган нарсаларни сиз ҳам ёқтирардингиз.
Бундай фикр ўтакетган худбин инсонлардагина бўлади. Ҳар бир инсон алоҳида бир шахс, унинг ўзига хослиги, шахс сифатидаги ички устуни бор. Агар у ўзлигини тамоман унутиб, фақат сизнинг истакларингиз билан яшаса, шахс сифатида ўлади. Қолаверса, муҳаббат, бу — ўзгани эмас, балки ўз нафсини бўйсундиришдир. Балки сиз унинг истаклари, туйғулари билан қизиқиб, бўйсунишни бошлаб берарсиз?
3. Азобланаётган бўлсам, сиз бунинг сабабини бартараф этишингиз шарт. Шундагина муҳаббатингизга ишонаман.🎓👇