psixologik_testlar | Неотсортированное

Telegram-канал psixologik_testlar - PSIXOLOGIYA

3355

Psixolgik testlar orqali siz ruxiyatingiz, sevganingizni ruxiyati haqida bilib olishingiz mumkun. Bundan tashqari siz qanday rahbarsiz va h.k savollarga javob topasiz 👇Murojaat uchun 💰Reklama pullik 👤Admin @Ellix_uz 🎓Ps @Birgalikda_Rivojlanamiz

Подписаться на канал

PSIXOLOGIYA

Bir qarashda baxti tokis oilaning bekasisiz. Turmush ortogingiz, bir-biridan aqlli, odobli farzandlaringiz, sizni tilidan bol tomib maqtaydigan qaynonangiz, ish, oila va farzandlariga birdek ulguradigan uddaburon ayol — sizga barchaning havasi keladi. Biroq hammma ozidan otganini ozi biladi-da... Yaxshiyamki yotoqxonaning eshigi, tilni tosib turuvchi tishlar bor. Aks holda, juftingiz bilan ortangizdagi sona boshlagan muhabbat olovi asl baxtingizga soya tashlayotganini boshqalar ham bilgan bolisharmidi?! Qaerda xato qildim deb oylashingizdan foyda yoq, yaxshisi, vaziyatni tuzatish yollarini axtaring. Oliy toifali shifokor, ruhshunos Alisher TORAEV bu borada sizga oz maslahatlarini berib otadi.

1. Rozgorga oralashib qolmang!

Uy tozalash, kir yuvish, dazmollash, pol va chang artish, idish-tovoqlar-u bozor – ochar tagi korinmas gorning ishlar hech qachon tugamaydi, kam – kosti yopilmaydi. Shunday ekan, ular uchun asosiy kuch va etiboringizni sarflashingiz togrimi? Har kuni artadigan osha polingiz sizga mehr berarmidi? Yoki bugun emas, erataga dazmol qilinadigan kiyimlaringiz eringiz bilan munosabatlaringizni tuzatadimi? Tozalik va ozodalik muhim, buni inkor etolmaymiz. Erkak xonaning changi artilganiga 2 kun bolganini bilmasligi mumkin, lekin sizning etiboringiz kamayganini darhol sezadi.

2. Televizor va telefondan uzoqroq boling!

Serial, telefon yoki kompyuter oyinlarini biroz chetga surib qoying. Ularga vaqtingiz serob-u, juftingiz uchun yoqmi?! Turmush ortogingiz bilan ortangizda gov bolayotgan barcha narsalarni engib oting. Agar turmush ortogingiz siz kabi osongina telefonidagi oyinidan voz kecholmasa, osha oyinni u bilan birga oynash orqali umumiy mavzu topishingiz mumkin. Vaqtni oqar suvga tenglashtiramiz-u, lekin undan togri foydalanishni bilmasligimiz achinarli. Tunni telefonni qolga olib emas, bir-biringizni quchogingizda otkazing!

3. Ish va charchoq...

Ish bilan oilani bir-biriga aralashtirmang. Ishxonada asabiylashgan bolsangiz yoki charchoqdan yiqilib tushay deb tursangiz ham jufti halolingizga ikki ogiz shirin soz aytishga ozingizda kuch toping. Charchoqni engish uchun esa kontrast dush yoki efir moylari qoshilgan vanna qabul qiling. Balki turmush ortogingizni ham chaqirarsiz...

4. Ozingizga ishoning!

Unutmang: u sizga uylangan! Siz farzandlarining onasi, qorgonining bekasisiz! Demak, hayotidagi eng muhim ahamiyatga ega ayol ham siz bolasiz! U faqatgina sizni deydi, bunga ishoning. Atrfodagi shuncha qizlar orasidan u sizni yagonasi deb bilgan. Erkak kishi bir sozli boladi, siz uning tanlovisiz! Buning uchun eringizni ham, ozingizni ham hurmat qiling. Kamchiliklarimni bilmaydi deb oylamang, eringiz sizni ular bilan birga sevadi. Siz ozingizni boringizcha qabul qiling, tamom. Bor gozalligingiz va jozibangizni ishga soling! Eringizni qaytadan rom eting...

5. Yangiliklardan chochimang!

Juftingiz sizga yotoqxonada biror bir yangilikni sinab korish taklifi bilan chiqsa, rad etishga shoshilmang. Birinchidan, bu ishlarni qilishga rozi boladigan boshqa birov topilib qolishi mumkin. Ikkinchidan, bir xillikdan ozingiz ham zerikmadingizmi? Aynan yangiliklar sizga yangi tuygular eshigini ochishi mumkin.

🔯 @Psixologik_testlar 🔯

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

1-qoida.Bahs-tortishuvda ustun kelishning yagona usuli undan voz kechishdir;
2-qoida.Subatdoshingiz fikriga hurmat bajo keltiring.Hech kimga hech qachon "sen nohaqsan" demang;
3-qoida.Agar nohaq bo'lsangiz, bunga tez va qat'iy ravishda iqror bo'ling;
4-qoida.Gap boshidanoq do'stona ohangni qo'llang;
5-qoida.Hamsuhbatingizni darrov "ha" deb javob berishga majbur eting;
6-qoida.Ko'proq vaqt hamsuhbatingiz gapirsin;
7-qoida.Mayli,hamsuhbatingiz bu fikr o'ziga tegishli deb o'ylasin;
8-qoida.Voqea - hodisalarga sitqidildan hamsuhbatingiz nuqtai nazari bilan qarang;
9-qoida.Boshqqalarning fikr va xohishlariga xayrixoh munosabatda bo'ling;
10-qoida.Ularni yuksak his tuyg'ular, motivlarga davat eting;
11-qoida.O'z g'oyalaringizni jiddiylashtirib,ularni samarali bo'lishga erishing;
12-qoida.Da'vat qiling, jonli harakat qilishga undang.

🔯 @Psixologik_testlar 🔯

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Ozining keskin qarashlari bilan mashhur bolgan rossiyalik psixolog ozining shunday qarashlari bilan juda kop oilalar va hayotlarni saqlab qolgan.

AdMe.ruuning maslahatlarini organib chiqib ulardan eng yaxshilarini tanladi
SEVGISINI IZLAYoTGANLAR UChUN

Oziga kerak bolmagan inson hech kimga kerak emas.Ozini boricha qabul qiladigan, hayotidan lazzatlanishni biladigan inson esa hayot tashvishlariga qaramay gozal hayot kechiradi.

Agar siz erkak kishi bilan birinchi, ikkinchi, uchinchi uchrashuvda ozingizni noqulay his etayotgan bolsangiz, tortinchisiga chiqmang.Ilk uchrashuvda erkak kishi ozini yaxshi tomondan korsatishga urunadi, agar u inson bilan ozingizni noqulay his etayotgan bolsangiz, demak bu munosabatlardan yaxshi narsa chiqmaydi.

Yosh, omadli va gozal ayollar goyoki ozlariga juda yuqori baho berganliklari sababli munosib juft topolmayotganlari aslida ularning munosabat qura olmasliklari yoki qorquv sababli bolishi mumkin.

Agar turmushga chiqmoqchi bolsangiz, bu haqda oylashni toxtating. Soglom odamlarda vaziyat boshqacharoq. Birinchisi — ular sevishni istaydi. Ushbu talab bilan ular sevgan insonlarini topishadi va sevilishadi.

Uylangan erkaklar bilan hech qachon munosabat qurmang. Vaqtingizni zoe ketkazmang. Uylangan erkakka xotin kerakmas, uning uyida bitta xotini etarli.

MUNOSABAT QURIB BOLGANLAR UChUN

Agar turmush qurmoqchi bolsangiz-u, birgalikda ancha vaqtdan beri uchrashib yurgan bolsangiz, ammo oila qurishga bormayotgan bolsangiz, juftingizdan sorab koring, unga oila kerakmikin.
Agar erkak kishi oila qurishga tayyor bolmasa, u bilan aloqani uzing.Yaxshilikcha albatta. Meni senga munosabatim yaxshi, ammo uzoqroq bolganimiz yaxshi.

Har qanday — yana bir bor takidlayman — har qanday yillab uyda otirib, uy yumushlari bilan shugullanadigan ayol, tanazzulga yuz tutadi. Bundan qochib bolmaydi.Ohir oqibat erkak kishi bunday ayol bilan zerikadi va uni ahmoq deb hisoblay boshlaydi, u yogi ajrimgacha ham uzoqmas. Etibor bering: erkak kishi boshidan hech narsaga majburlamagan, ayolning ozi chapak chalib, mamnuniyat bilan uyda otirishga qaror qilgan.

Agar u sizni asabiylashtirayotgan bolsa, shunchaki undan ajrashing.Bir ozingiz qolishdan qorqmang. Hech qaysi erkak uning uchun ozingizdan kechishingizga arzimaydi, oz istaklaringizdan, vanihoyat ozligingizdan voz kechmang. Hech kim uchun.

Hammasi oddiy: u bor — qanday bolsa shunday. Va siz bor — qanday bolsangiz shundayligingizcha. Sizlar ozingizi birgalikda yaxshi his etasiz, yoki shunchaki bunday munosabatning keragi yoq.Oila qurib, farzandlar korib, ajrashgandan kora, buni hozir amalga oshiring.

Ruhan soglom odam oz hislarini asosiy oringa qoyadi. Hech narsa ozingizni qurbon qilishingizga arzimaydi. Agar talab qilayotgan bolsa, demak bu sizniki emas. Hech qanday maqsad uchun munosabatlarda ozni qurbon qilish yaramaydi.
BARChA UChUN

Bir umr xushomad qilolmaysiz, hafsala sovish hammasidan ogriqli, ozingizni boringizcha korsating.

Ozini sevishni bilmagan odam, boshqani ham sevolmaydi, shu sababli ulardan baxtli juftlik ham chiqmaydi.

Birinchi navbatda boshingizdagi oy fikrlarni bir yoqli qiling. Ayol kishi «Men sevardim» deb aytsa, — bu sevgi haqida bolmaydi. Bu doim azobda yashagan inson haqida boladi. Soglom sevgi — bu sen baxtliliging haqida.

Agar uning senga munosabati yoqmasa, unga bu haqda ayting. Agar hech narsa o`zgarmasa — hayrlashing.

Normal odam uni hurmat qilmaydigan odam bilan munosabatlarni davom ettirmaydi. Umuman olganda bunday inson bilan munosabatlar boshlanmaydi ham.

🔯 @Psixologik_testlar 🔯

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

«Yigirma bir yoshdaman. Uch yildirki, bir inson xayolimni ogirlagan. Ammo tuygularim javobsiz qolayotgandi. U xuddiki meni korib, hammasini bilib turib, etiborini, mehrini qizganayotgandek tuyulardi. Yaqinda sirdosh dugonam unga yuragimdagilarni oshkor qildi. Va oxirgi umid uchquni ham sondi. Hozir juda tushkun kayfiyatdaman...»

G., Toshkent shahri

Qiz bolami, yigit kishimi, umuman hech bir inson sevib qolish "xavfi”dan himoyalanmagan. Ne ajabki, tuygularimizga, muhabbatimizga doim ham munosib javob ololmaymiz. Axir aytishganidek, «Hayotning ozi javobsiz savol». Bunda ozni ham, sevganimizni ham ayblashga haqqimiz yoq. Bugun ushbu mavzuda dardlashamiz, dugonajonlar.

Ilk sevgi...

U tilga kochmagan izhori, yurakning tub-tubida pinhon asralgani bilan ham biz uchun qadrli. Axir hammasi begubor. Manfaat, imkoniyat, tengsizlik degan tushunchalar bu tuyguga soya solmagan. Hech kim toptamagan, masxaralmagan, tosiq bololmagani uchun ham uni oh tortishlar bilan emas, entikish bilan eslaymiz.

Tortinish, uyalish, andisha qilish...

Kongil qoyganimizning bizga befarqmasligini bilsak-da, sevgimizning javobsiz qolishiga ayni shu sifatlarimiz sababchi. Bu yaxshi, albatta. Axir qiz bolaning korki — hayo, boyligi — qadrning negizida aynan andishalilik yotadi. Yigit konglining sizga moyilligi bolsa, jurat qilib, ozi ilk qadamni tashlaydi. Shu sabab uyalaganingiz uchun ozingizdan opkalamang, qizlarjon.

Qorqish...

U hammasidan xabar topsa, va nuqta qoysa! Mana shu qorquv sabab ham ozimizni beparvodek tutishga harakat qilamiz. Ammo ne bolsa ham, tuygularimizni nimadir sotib qoyaveradi. Mehribonchilik, parvonalik... Qorqmang-da, ozingizni qolga oling. Yoq, aslo yigitga dil izhori qiling, demaymiz. Ozingizga nisbatan nazoratni kuchaytiring. Chunki sizning tuygularingizdan qarama-qarshi tomon xudbinlarcha foydalanishi mumkin. Bu esa kun kelib, yaxshi korganingizdan nafratlanishingizga olib kelishi hech gapmas. Muhabbatning nafratga aylanishi esa javobsiz sevgidan-da ogriqli.

Hech kimga oshkor qilmang!

Ikkinchi tomonning ijobiy munosabatini bilmasdan turib, yoki ozingizcha «Men ham unga yoqaman», deya taxminlar qilib, dilingizni kimgadir «yormang». Onangiz bilan dsotona munosabatlarni yolga qoygan bolsangiz, bu kabi mavzularda suhbatlasha olsangiz, boshqa gap. Ammo sirni ochish bilan masalaga echim topib bolmaydi. Chunki sirdosh dugonangiz yuragingizdan osha yigitning suratini ochirolmaydi. Aksincha dostlik qilaman deb yuqoridagi murojaatdagi kabi vaziyatni qaltislashtirishi mumkin. Atrofdagilarning masxaralashi, qattiq siquvga olishi sizni tushkunlik domiga tashlab, dunyoni kozingizga tor qilgani qoladi, xolos.

Yigitning kongli yoq!

Bazida bu kundek ravshan bolsa-da, na ozimizning, na yigitning yuragiga buyruq berolamiz. Axir qalbimiz avtomashinamaski, qizil chiroqqa parvo qilsa... Ammo bunday davom etishi mumkinmas. Javobsiz muhabbatdan umid qilib yoki u bilan taqdir yollaringizda uchragan yigitni solishtirib, real hayotdan uzoqlashib ketishingiz mumkin. Suymaganga suykalish esa qiz bolaga yarashmaydi. Aslo! Hayotingizga mano kiritishga harakat qiling. Kitoblar oqing, masalan, mashhur «Choliqushi» asarini. Yaxshi filmlar tomosha qiling. Dostlar davrasida koproq boling. Ozingizga baxtli ekanligingizni his qilish uchun imkon bering.

Afsulanmang!

Yaqinda rus shoiri Aleksandr Sergeevich Pushkinning «Javobsiz muhabbat tuygularni xor qilmaydi, aksincha yuksaklarga kotaradi», degan sozlarini oqib qoldim-u, bir narsani angladim: biz hayotni yanada kuchliroq sevishimiz va asl muhabbatni his etishimiz uchun ham bu qissani boshdan kechirmog`imiz kerak ekan.

🔯 @Psixologik_testlar 🔯

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Do’konga kirish qismida quyidagi e’lonlar mavjud:

1. Siz bu yerga FAQAT BIR MARTA kira olasiz.

2. Do’konimiz 6 qavatdan iborat. Qavatlar oshishi bilan, erkaklarning sifati ham oshib boradi.

3. Siz xohlagan qavatdan istalgan erkakni tanlash yoki tepadagi qavatga ko’tarilish imkoniga egasiz.

4. Pastki qavatga qayta tushish man etiladi.

Bir ayol o’ziga umr yo’ldoshi topish maqsadida ushbu do’konga tashrif buyurdi.
Birinchi qavatdagi "ish-hunari bor erkaklar” degan yozuvni ko’rgach, ikkinchi qavatga ko’tarildi.

Ikkinchi qavatda quyidagi e’lon mavjud edi: "Ishli-hunarli va bolalarni yaxshi ko’radigan erkaklar”

Ayol uchinchi qavatga ko’tarildi. Uchinchi qavatda "Ishli-hunarli, bolalarni yaxshi ko’radigan va juda go’zal erkaklar” deb yozilgan edi. "Eh-ha!” – dedi ayol va to’rtinchi qavatga ham ko’tarildi.

To’rtinchi qavatda "Ishli-hunarli, bolalarni yaxshi ko’radigan, juda go’zal va uy ishlariga qarashadigan erkaklar” deya yozilgan edi. – Juda soz! – deb o’yladi ayol, - lekin baribir keyingi qavatni ham ko’rish kerak.

Ayol beshinchi qavatda "Ishli-hunarli, bolalarni yaxshi ko’radigan, juda go’zal, uy ishlariga qarashadigan va juda romantik erkaklar” degan yozuvni uchratdi.

Ayol yana bir qavat yuqoriga chiqib, o’zi uchun judayam munosib bo’lgan erni tanlashni xohlardi. U sabrsizlik bilan so’nggi qavatga ko’tarildi.

Oltinchi qavatda esa shunday yozuv bor edi:
"Siz bu qavatga ko’tarilgan 31 456 012 chi ayolsiz. Bu yerda siz o’ylagan erkaklar mavjud emas. Bu qavat ayollarni yana bir bor hayot haqida o’ylashga, hayotda esa o’ta mukammal shaxsni topish mushkul ekanligiga, har qanday turmushda esa ixtiloflar bo’lishiga ishontirish uchundir. Bizning do’konimizga tashrifingiz uchun tashakkur!”

🔯 @Psixologik_testlar 🔯

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Sizni biron yigit ( yoki qiz) sevib qolsa, unda quyidagi holatlarni kuzatish mumkin:
U siz bilan ko’rishishga (gaplashishga unchalik emas…) baxona qidiraveradi.

Sizga qancha yordami tegsa , shuncha xursand bo’ladi va bu xotamtoyligini iloji boricha romantik usulda amalgam oshirishga urinadi.

Turli yo’llar bilan e’tiboringizni tortishga urinadi. Bu urinish, xatto, mazax va janjal bo’lishi ham mumkin.

Unga siz xaqingizda eshitish yoqadi. Gapirish ham.

Davralarda sizga e’tibor bermaydi(yoningizda o’ralashmaydi) va shuningdek, nigohini sizdan olib qocholmaydi.

Oddiygina savol bersangiz xam javob qaytarguncha "isitmalab” oladi.

Yoningizdagi xar qanday narsadan rashk qilaveradi (" u kim edi?”, "anavi bilan qayoqqa ketvotudiz?”...

Sevganingiz sizni sevmasa quyidagi holatlar kuzatiladi:

Ko’zingizga tik qarab so’zlashaveradi.

Ayrim xolatlarda sizga yordam berishdan chekinadi (garchi bu uning butkul ilojisizligidan bo’lsa-da. Axir, sevgan odam sevgilisi uchun yo’qdan bor qilishga tayyor bo’ladi…

O’zga yigit (qiz) lar bilan do’stligingizni xotirjam qabul qiladi.

Siz bilan muxabbat borasida bemalol fikrlashadi, zero sevgi xaqida gapirish faqat sevishganlarga mushkul.

Tortinmay sizdan ko’mak so’raydi, vazifa yuklaydi.

Xayrlashib ketayotganda ortingizdan qaramaydi ( aytishlaricha, ko’ngil uzolmaslik va daqiqalar ichida boshlangan sog’inch xissi sevgan kishini tez-tez ortiga qarataverarkan.

Sizni biron yigit ( yoki qiz) sevib qolsa, unda quyidagi holatlarni kuzatish mumkin:

U siz bilan ko’rishishga (gaplashishga unchalik emas…) baxona qidiraveradi.

Sizga qancha yordami tegsa , shuncha xursand bo’ladi va bu xotamtoyligini iloji boricha romantik usulda amalgam oshirishga urinadi.

Turli yo’llar bilan e’tiboringizni tortishga urinadi. Bu urinish, xatto, mazax va janjal bo’lishi ham mumkin.

Unga siz xaqingizda eshitish yoqadi. Gapirish ham.

Davralarda sizga e’tibor bermaydi(yoningizda o’ralashmaydi) va shuningdek, nigohini sizdan olib qocholmaydi.

Oddiygina savol bersangiz xam javob qaytarguncha "isitmalab” oladi.

Yoningizdagi xar qanday narsadan rashk qilaveradi (" u kim edi?”, "anavi bilan qayoqqa ketvotudiz?”...

Sevganingiz sizni sevmasa quyidagi holatlar kuzatiladi:

Ko’zingizga tik qarab so’zlashaveradi.
Ayrim xolatlarda sizga yordam berishdan chekinadi (garchi bu uning butkul ilojisizligidan bo’lsa-da. Axir, sevgan odam sevgilisi uchun yo’qdan bor qilishga tayyor bo’ladi…

O’zga yigit (qiz) lar bilan do’stligingizni xotirjam qabul qiladi.
Siz bilan muxabbat borasida bemalol fikrlashadi, zero sevgi xaqida gapirish faqat sevishganlarga mushkul.

Tortinmay sizdan ko’mak so’raydi, vazifa yuklaydi.

Xayrlashib ketayotganda ortingizdan qaramaydi ( aytishlaricha, ko’ngil uzolmaslik va daqiqalar ichida boshlangan sog’inch xissi sevgan kishini tez-tez ortiga qarataverarkan.

🔯 @Psixologik_testlar 🔯

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Qaysi faslni yoqtirishingizga qarab fel atvoringizni aniqlang

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

16 – Qoida:

Har qanday qiyin paytlarda ham yaxshilik urug’ini izlang. Agar bu qoidaga amal qilsangiz, shunday bebaho qalqonga ega bo’lasizki, u sizni eng og’ir vaqtlarda ham ishochli himoya qiladi. Yulduzlar tog’ cho’qqisidan ko’rinmagan payt ularni chuqur quduqning tubidan turib ko’rish mumkinki, boshqa vaziyatlarda ular haqida hech qachon bilmas edingiz. Har qanday holatda ham yaxshilik urug’i bo’ladi. Bu urug’ni toping va undan foydalaning. Shoir aytgan so’zlarga amal qiling. "So’zlaringda bo’lsa yumshoqlik va bo’yoq, Hech qachon tushmaydi boshinga tayoq !”

17 – Qoida:

Farovonlik, shod-xurramlik va ruxiy xotirjamlikni atrofdan qidirib ovora bo’lmang. Baxtimiz o’z qo’limizda zoxir ekanligini hamisha yodda tuting. Oladigan emas, beradigan odamgina baxtli bo’lishini unutmang. Atrofingizdagilarga yordam qo’lini cho’zing. O’rtoqlashing. Quvoning. Baxt bu shunday malhamki, uni o’zingiz ustingizga bir necha tomchi oqizmasdan boshqalarga bera olmaysiz.

🔯 @Psixologik_testlar 🔯

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

1 – Qoida:

Tangrining sizga ko’rsatgan barcha marhamatlarini sanab chiqing. Hayotingiz va uning barcha narsalarning nechog’li qadrli ekanligini tushunib yetishingiz zahoti yuzingizga tabassum qaytadi, osmonda bulutlar tarqab, quyosh charaqlaydi, olamni musiqa sadosi tutadi.Siz nihoyat oldingizga, tangri sizga ato etgan hayotga, o’z kuchingizga umid - ishonch bilan qaray boshlaysiz.

2 – Qoida:

Bugun va xar kuni sizga xaq to’laydigan ko’proq ish qiling. Agar sizdan kutganlardan ko’proq ish qilish nechog’li muhim ekanligini anglab etsangiz, muvaffaqiyatning yarmini qo’lga kiritgan bo’lasiz. Sizning ishingizni shu qadar yuqori baholashsinki, bora bora sizni eng kerakli hodim sifatida tan olishsin. Ishga qo’shimcha kuch sarflash huquqingizdan va buning evaziga berilgan mukofotlarga quvoning.
Siz unga loyiqsiz !

3 – Qoida:

Har safar xatoga yo’l qo’ysangiz yoki muvaffaqiyatsizlikka uchrasangiz, bu haqda uzoq o’ylamang. Odamlar o’z xatolaridan o’rganadilar. Xatoga yo’l qo’yish qobiliyatini – qo’yilgan maqsadga erisha bilish qobiliyatidan ajratib bo’lmaydi. Hech kim har doim g’alaba qozona olmaydi. Muvaffaqiyatsizliklaringiz rivojlanishingizning zarur sharti va tarkibiy qismi hisoblanadi. Xato qildim deb ko’p o’ksimang. Agar vaqti vaqti bilan muvaffaqiyatsizlikka uchrab turmasangiz, uni yengishga kuchingiz borligini qayerdan bilardingiz? Xarakatni to’xtatmang va omad sizga kulib boqadi.

4 – Qoida:

Uzoq va og’ir ishni bajarganingiz uchun yaqin kishilaringiz davrasida o’zingizni har doim mag’rur tuting. Ularni muhabbatini asrab – avaylang. Farzandlaringizga qattiqqo’l tanqidchi emas, o’rnak olish uchun yaxshi na’muna kerakligini, agar ular oldida o’zingizni doimo yaxshi tomondan namoyon qiladigan bo’lsangiz, ishingiz yanada rivoj topishini, unutmang. Jumlayi – jahon sizni omadsiz deb hisoblasa ham, agar sizni sevuvchi oilangiz bo’lsa, hayotda omadga erishdim, deb hisoblashingiz mumkin.

5 – Qoida:

Har bir kuningizni yaxshi niyat asosiga quring. Mavjud yoki hayotiy kamchiliklaringizni o’ylab g’am chekmang. Siz xudoning bandasi ekanligingizni va har qanday orzuingizni o’z iroda kuchingiz bilan amalga oshirishga qodir ekanligingizni o’zingizga tez-tez eslatib turing. Mag’lubiyatning hayolingizning ko’chasiga ham keltira ko’rmang. Shunda dilingizdagi barcha orzu-umidlaringiz amalga oshadi, Labingizdan tabassum arimasin!

6 – Qoida:

Siz haqingizda o’zingiz emas, qilgan ishlaringiz gapirsin. Yo’lingizdagi takabburlik va manmanlik tuzoqlariga tushib qolishdan ehtiyot bo’ling. Lekin har bir qilgan yaxshi ishlaringizdan uni katta yoki kichikligidan qat’iy nazar o’zingizda g’urur his etib, zavqlanishni unutmang.

7 – Qoida:

Xar bir kun, bu tangrining alohida in’omi. Garchi hayot doim xar doim marhamat ko’rsatavermasada, o’tkinchi muvaffaqiyatsizlik va umidsizlik so’zlarining o’zingizga bo’lgan munosabatingiz va kelajak orzularingizni zaxarlanishiga yo’l qo’ymang. Siz o’zinga achinib, hech qachon g’alaba qozona olmaysiz, mungli nolishingiz esa har qanday omadni sizdan qochiradi. Boshqa bunday qilmang. Siz baxtli taqdirga loyiqsiz!

8 – Qoida:

Boshqa hech qachon kun va tunlaringizni ikkinchi darajali va keraksiz narsalarga to’ldirib yubormang, aks holda hayotning chinakam chaqirig’iga javob berishiga vaqtingiz qolmaydi. Bu ishga ham, dam olishga ham, birday taalluqli. Shunchaki "xo’ja ko’rsin”ga o’tkazilgan kun bayram uchun sabab bo’la olmaydi. Modomiki, siz doimiy kun tartibingizga ozgina o’zgartirsh kiritib, ko’p narsaga erishishga qodir ekansiz, qimmatli vaqtingizni bexuda sarflamang. Mayda-chuydalarga berilishni, omaddan berkinishni bas qiling. O’sib rivojlanishingiz uchun ham, vaqt va joy qidiring. Hoziroq ! Ertaga emas, shu bugun !

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

9. Agar qiz sizga yoqsayu, u kizgayam yoqishni istasangiz: Komplementdan foydalaning! Inson qarshisida birov 100 dollar beraman, shunchaki - desa yo'q deyolmaganday…. komplement oldida uncha-muncha ayol eriydi.

Masalan:
Siz modelьerlikka o'qiganmisiz, ko'ynagizni judayam yarashibdi, ayniqsa, sochingizga va ko'zingizni rangiga mos. Uncha-muncha odam did bilan kiyina olmaydi))

Imkon qadar bor narsani maqtang.
- Soch turmagingiz o'zingiz tanladingizmi, yuzizga yarashibdi judayam. Ko'pchilik sochini yuz tuzilishiga moslamay oldiradi, lekin sizga rossayam mos tushibdi. ))

- Bilasizmi, anchadan beri bunday suhbatlashmagandim. ))

- Sizni bo'lajak turmush o'rtoqingiz rossayam bahtli bo'lsa kerak-a)) (nega degan savolga o'ziz javob o'ylab topasiz)

Diqqat bilan gaplarini eshiting va shu mavzudan u qizga yakinrok mavzuda savollar bering. Va tinglayotganizda uni eshitayotganingizni bildirish uchun kallangizni qimirlatib turing.

Suhbat yahshi boshlanishi uchun 5 minut ichida 3 marta u kizdan "ha” degan so'zni oling.

Masalan:
Har bir inson bahtli bo'lishni hohlaydi… -ha
Odam kelajakda kim bilan birga bo'lar ekanman deb rosa o'ylaydiya?… -Ha

10. Agar siz unga yoqayotgan bo'lsangiz, qiz gapirayotganda engilgina elkasini qimirlatib qo'yishi mumkin. Bu erkalanish. YOqmagan insonga bunday qiliq qilinmaydi. Suhbatimizni qizlar o'qimasin degandimku, siz nimaga o'qivossiz!!! Mayli o'ziz bilasiz, bu o'qil bolalar uchun maslahat edi.

Dikkat quloq tuting!
Ana shu 5 sifatga ega bo'lgan erkak oldida uncha-muncha ayol yo'q deya olmaydi.

1. Erkakni oldida ayol o'zini himoyalanganligini his kilsa, huddi ka'la ichida turgandek.

2. Agar erkak kishi ayol kishini kuldira olishni eplasa (o'zi kulmay turib)

3. Taom tayyorlashga usta bo'lsa.

4. Yosh bolalarni yahshi ko'rsa, parvarish yoki o'ynatish va hokazo.

5. Suhbatini tinglashni bilsa va maqtovni eplay olsa. Albatta pul ham rolь o'ynaydi. Lekin ayol kishi erkakda ko'proq aqllilik va mustaqillikni hurmat qiladi. Gollivuddagi yoqimli erkaklarni hammasi ham chiroyli emas. Lekin qizlar ko'nglini olishni biladi.

13. Agar qiz sizni gapingizga yarim yuzi bilan kulsa, yani labi bir tarafga jilmaysa: Bilib qo'ying, bu kesatuv bo'ladi, yani sen ahmoqsan, gaping ham ahmoqcha- degani! ))))

14. "Menga turmushga chiqasizmi q” – deb zinhor aytmang. Erta-inding oilada urishib hafalashib qolganingizda hotiningiz shirin tillari bilan: "O'ziz manga teygin degansiz", - deb yuzizga soladi )) Undan ko'ra "Men bilan bahtli bo'lishizga ko'ziz etadimi", – deb so'rang. Ha – desa tamom.

To'ydan keyin, mabodo, urishib qolsangiz tilingiz kisik bo'lmaydi ))) o'zing ko'zim etadi degansan. Ana endi ko'zing etsin deysiz ))) (Hazil).

15. Vaqti-vaqti bilan ayolingizga ahamiyat berib tursangiz sizdan yahshi er bo'lmaydi. Chunki kup erkaklar to'ydan keyin 2-3 yildan keyin ayoliga ahamiyat bermay qo'yadilar. Huddi o'yinchoqdan zerikkan boladay ko'chadan yangi sarguzasht qidiradilar.

16. "Onasi, yahshiyam sen borsana, sensiz men nima qilardim", - deb erkalab qo'ying.

17. Yana maslahatlarim ko'pkuya, lekin ko'pchilik o'kiyotganlar hali uylanmagan.

18. Har doim holis bo'ling, hech qanday talantingiz bo'lmasa ham. Holislik eng yahshi libos inson uchun.
Hunuk qizlar bo'lmaydi aslida, ko'r erkaklar ko'p bo'ladi. Hamma ayolni pardozsiz ham chiroyli qiladigan narsa tabassumdir!

🔯 @Psixologik_testlar 🔯

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

🎓Ilk uchrashuv sirlari.

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Bu juda qiziqarli sahifa bolib siz bunda oz yozuvingiz orqali qanaqa isnon ekanlgingizni bilib olishingiz mumkin. Qolingizga ruchaka va qogoz olib biror narsa yozing va quyidagi savollarga javob bering, qarabsizki siz qanaqa tabiatga ega ekanligingiz kelib chiqadi, qani boshladik...

1. Harf hajmi:
-Juda kichik – 3 ball
-Kichik – 7 ball
-Ortacha – 17 ball
-Katta – 20 ball

2. Harfning qiyaligi:
- Chap tomonga butunlay qiya – 2
- Chap tomonga biroz qiya – 4
- Ong tomonga butunlay qiya – 6
- Ong tomonga biroz qiya – 14
- Tik yozuv – 6

3. Harfning korinishi:
- Yumaloq – 9
- Malum korinishsiz – 10
- Qiya – 19

4.Dastxat yonalishi:
- Yozuv yuqoriga "ormalaydi" – 16
- Yozuv togri – 12
- Yozuv pastga "ormalaydi" – 1

5. Yozuvda qol kuchining ishlatilishi:
- Yengil kuch bilan yozish – 8
- Orta kuch ishlatish – 15
- Harflarni kuchli bosim bilan yozish – 21

6. Harflarning boglanishi:
- Harflar bir-biri bilan boglangan – 11
- Harflar boglanmagan – 18
- Harflar goh boglangan goh boglanmagan – 15

7. Umumiy baho:
- Harflar tartibli joylashgan – 13
- Bazi harflar aniq, bazilari noaniq yozilgan – 9
- Harflar tartibsiz, yozuvlar esa tushunarsiz – 4
NATIJALAR

- 51-58 ball toplagan bolsangiz, uning sogligi zaif, xarakteri esa melonxolik tipga yaqinroq.

- 59-63 ballgacha kam harakat, juratsiz indamas xarakterida esa flegmatik temperamet elementlari koproq uchraydi.

- 64-75 ball yumshoq, bazan ota ishonuvchan gururi va etiqodi kuchli.

- 76-87 ball nihoyatda ochiqkongil yaxshi tasurotlarga boy, istarasi issiq, odamlar bilan muomilasi yaxshi, oziga xos hurmat etiborga ega.

- 88-98 ball aniq va puxta ish yurita oluvchi, kuchli va barqaror, tashabbuskor, muammolarni oqilona hal qila oluvchi.

- 99-109 ball egoistik xarakter koproq uchraydi. Bazan betga chopar, bazan yengiltak. Odatda birovning fikrlari bilan hisoblashmaydi, tez ranjiydi, birovni tez xafa qilishi ham mumkin, hamma dostlari bilan ham bir xil muomilada bolmaydi, mayda gap, serjahl. Lekin bunday kishilar orasida juda iqtidorli va ijodiy ishga qobiliyati yuksak kishilar koproq uchraydi.

- 110-120 ball bunday dastxat masuliyatsiz, qopol, balandparvoz ota g`ururli kishilarda uchraydi.

🔯 @Psixologik_testlar 🔯

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

SURATLARDAN QANDAY INSONLIGINGIZNI ANIQLANG🐉🐲❓

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Tabiatning mo‘’jizalari bisyor. Odamzod yaralibdiki, bu mo‘’jizalarning sabab va echimini axtaradi. Ularning nima uchun degan savolining yakuni yo‘q...
Olimlar shu savollarga javob topish maqsadida ulkan ishlarni amalga oshirishadi.
Shu jumladan, odam miyasi kabi sirli a’zo haqida ko‘plab qiziqarli holatlar aniqlangan. Masalan, chapaqaylar miyasi o‘naqaylarnikiga nisbatan farqi bormi, degan savol ko‘pchilikni qiziqtiradi. Keling, bugungi sahifamizda chapaqaylarga xos jihatlar va uning sabablari haqidagi suhbatlashamiz.
Bosh miya ikkita, ya’ni chap va o‘ng yarim shardan iborat. Bosh miyaning chap yarim sharida nutq markazlari joylashgan. Shuning uchun ham bosh miyaning chap yarim sharida so‘z bilan bog‘liq barcha tafakkur operatsiyalari bajariladi. Bosh miyaning o‘ng yarim shari ob’ektlarning fazoviy joylashuvini tahlil qilish uchun javob beradi. Masalan, atrof-muhitdagi uylar, daraxtlar, mashinalar, haykallar va boringki, har qanday shaklga ega bo‘lgan ob’ektlarning shakl-shamoyilini tahlil qiladi. Demak, bosh miyaning o‘ng yarim shari dunyoni so‘z ishtirokisiz qabul qiladi va bu erda, asosan, ko‘rish analizatorining ahamiyati katta. Chap yarim shar esa so‘z bilan ifodalangan ma’lumotlarni qabul qiladi va tahlil qiladi. Obrazli qilib aytganda, chap yarim shar, asosan, so‘z bilan, o‘ng yarim shar esa ko‘z bilan dunyoni idrok etadi. Bu uyg‘unlik saqlangan bo‘lsa, insonning xotirasi ham mustahkam bo‘ladi.

Kitobdagi siz ko‘rayotgan geometrik shakllarni qabul qilib olish ham o‘ng yarim sharning vazifasi. Biroq har qanday fazoviy jismlar yoki geometrik shakllarni so‘z bilan ifodalab berish talab qilinsa, bu erda chap yarim shar yordamga keladi. Demak, chap yarim sharning tili bor.
Biroq hozir men keltirib o‘tgan ma’lumotlar o‘naqaylar uchun xos. Chapaqaylarda esa nutq markazlari bosh miyaning o‘ng yarim sharida joylashgan. Demak, chapaqaylarda chap yarim shar bajaradigan aksariyat funktsiyalar o‘ng yarim shar zimmasiga yuklatilgan. Bundan tashqari, ambidekstrlar, ya’ni oliy ruhiy funk-tsiyalarni bajarishda miyaning ikkala yarim shari bir xilda ishtirok etadi. Bundaylar ikkala qo‘li bilan ham bir xil ishlay oladiganlar. Biroq bu degani ikkala qo‘li bilan ham yoza oladi, degani emas. Masalan, ambidekstr yozganda, o‘ng qo‘li bilan ruchkani ushlaydi, nonni kesganda, pichoqni chap qo‘li bilan ushlaydi. «Toza» chapaqaylar 15 % dan oshmaydi. Bizning oramizda ambidekstrlar va o‘naqaylar ko‘p. Ambidekstrlarda nutq funktsiyasini bajarishda bosh miya-ning ikkala yarim shari ham ishtirok etadi. Shuning uchun ham ambidekstrlarda insulьt sababli nutq buzilsa, u tez tiklanadi.🎓👇

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Xalqimiz orasida «Sog‘ tanda — sog‘lom aql» degan so‘z yuradi. Yaqinda angliyalik mutaxassislar xuddi shu hikmatni isbotlashga urinib ko‘rishdi. Faqat sal boshqacharoq yo‘l bilan. «Insonlar salomatligining darajasi ularning qaysi ijtimoiy guruhga mansubligi va moddiy ahvoliga qarab farqlanadi», — deyishadi ko‘pchilik. Olimlar olib borgan tekshiruvlar esa biz uchun azaliy bo‘lgan yuqoridagi maqolning yangicha isbotini keltirib chiqardi. Ularning fikricha, salomatlik garovi birinchi navbatda intellektual salohiyat, bilim va aqlning saviyasida ekan.

O‘rta tabaqadagi ziyolilar ishchi sinfiga nisbatan ko‘proq yashashi va sog‘ligidan kamroq shikoyat qilishi aniqlangan. Buyuk Britaniyadagi Tibbiyot tadqiqotlari kengashining bir guruh vakillari 1987 yilda 1347 nafar erkak va ayolni ro‘yxatga olishgandi. Ular o‘sha paytda 56 yoshda bo‘lishgan. O‘n yetti yil mobaynida ularning salomatligi va tafakkur darajasi bir-biriga bog‘liq tarzda o‘rganildi. Nazorat ishlari Glazgo va Edinburg universitetlarida olib borildi.

Moddiy ahvoli boshqalarga nisbatan yomonroq bo‘lganlarning kasal bo‘lishi va o‘lish xavfi yuqoriligiga ishonuvchilarning fikriga qarshi o‘laroq olimlar boshqacha xulosaga kelishdi. «Umr ko‘rish uzunligi dunyoqarashga ham bog‘liq. Axloq, fe’l-atvor va muomala madaniyati insonning qanday ekanligini aniqlashga yordam beradi», — deydi tajriba rahbari.

Kasallikka chalinish xavfi ham xuddi shu jihatlarning darajasiga qarab belgilanadi. Masalan, yoshlikdan aqlan yaxshi rivojlangan odamlar intellektual salohiyati pastroq shakllanganlarga nisbatan chekishni ko‘proq tashlashgan.

Haqiqatan ham, o‘zligini anglagan, o‘zini har holda tushuna oladigan har qanday odam salomatligini qadrlashni, u haqda qayg‘urishni biladi.

🔯 @Psixologik_testlar 🔯

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Ishqiy munosabatlarga soya soluvchi 5 xato

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

🎓Deyl Karnegi . O'zgalarni nuqtai nazaringizga jalb etuvchi o'n ikki qoida.

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Sevgida ish beradigan 15 ta keskin maslahat

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

🎓«Javobsiz muhabbat tuyg`ularni xor qilmaydi, aksincha yuksaklarga ko`taradi»,

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

🎓Erkaklar do'koni ochilganda, ayollar nima qilar edilar

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

🎓Siz birovni sevasizmi? Buni unga aytishga o'zingizda kuch topa olmayabsizmi? Hoynahoy sizni u ham meni sevarmikan degan savollar qiynayabti?

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Qaysi gulni yoqtirasiz? (Psixologik test)

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

9 – Qoida:

Bu kunni xuddi u hayotgizning so’nggi kunidek yashang. Shuni unutmangki, "ertaga” so’zi faqat nodonlar taqvimida. Kechagi mag’lubiyatlar haqida unuting va ertangi kun muammolariga e’tibor bermang. Siz yashayotgan shu bugunni yilning eng yaxshi kuniga aylantiring. "Agar umrimni qaytadan yashash imkoni bo’lganida edi …” degan so’zlardan g’amginroq so’zlar yo’q. Axir umr bir marta berilishi ma’lum-ku! Estafeta tayoqchasini olingda, olg’a yuguring. Bu sizning kuningiz !

10 – Qoida:

Bugundan boshlab hammaga – do’stu - dushmanga, tanishu – notanishga yaxshi munosabatda bo’ling. Uchrashuvlaringiz nechog’li qisqa bo’lmasin, odamlarga bor mehringiz, e’tiboringiz va muhabbatingizni bering. Buni chin dildan, beg’araz qiling. Imkoni boricha yuzingizga doimo tabassum bo’lsin, bu esa o’z navbatida kayfiyatingizni yaxshi bo’lishiga va atrofingizdagi kishilar qalbida sizga nisbatan ilig’lik uyg’otishiga sabab bo’ladi. Shunda har kuningiz bayramga aylanadi.

11 – Qoida:

Turmushdan ham, o’zingizning ustingizdan ham kulib yashang. Zaxarhanda qilib, emas – yo’q bu kulgi azob-uqubatlaringizni yengillashtiruvchi, ruhiy tushkunlikdan halos qiluvchi, ayni damdagi muammolaringizni kelgusida hal qilishga yordamlashuvchi malham, shifobaxsh vosita bo’lishi lozim. Og’ir paytlarda tanglik va g’am-tashvishni kulgi bilan quvib haydang, aniq va tiniq fikrlab, muammoning yechimini topish uchun aqlingizdan joy bo’shating. Yechim har doim topiladi. O’zingizga haddan tashqari jiddiy munosabatda bo’lmang.

12 – Qoida:

Atrofingizdagi odamlarga befarq qaramang. Ayni holatda qo’lingizdan kelganini qilishga, ularga ortiqcha daqiqa sarflashga, maqtov yoki tashakkur so’zlarini aytishga hech qachon erinmang. Siz haqingizda boshqalar nima deb o’ylashi ahamiyatsiz, ammo o’zingiz qanday o’ylashingiz juda muhim. Agar og’ir vaziyatlarni yumshatishga urinib, ma’suliyatdan o’zingizni olib qochadigan bo’lsangiz, qo’lingiz hech qachon baland kelmaydi. Siz o’ziga hos tarzda ish tutishingiz kerak.

13 – Qoida:

Har bir tongni quvonch bilan qarshi oling. Har bir yangi kunga tangrining navbatdagi in’omi, kecha tugata olmagan ishingizni nihoyasiga yetkazish uchun berilgan navbatdagi ajoyib imkoniyat sifatida qarang. Kayfiyatingizni kelayotgan kunga sozlang. Birinchi soatdayoq bugun qiladigan ishingizning muvaffaqiyat go’yasi tug’ilsin. Bu kun boshqa hech qachon qaytarilmaydi. Uni dastlabki noldan boshlab, bekorga sarflamang. Doimo ko’rarinki kayfiyatda yurishga harakat qiling. Yomon kayfiyat tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan ortiq, be’maza narsa yo’q.

14 – Qoida:

Agar ulkan orzuyingiz sari kundan kunga-to’xtovsiz intiladigan bo’lsangiz, unga albatta etishasiz. Shuning uchun har kuni oldingizga yengil va uzoq muddatga mo’ljallangan, lekin zarur ishlarni bajarishni maqsad qilib qo’ying. Ular sizni qadamba – qadam orzuingiz cho’qqisizga olib chiqadi. Agar sizga shunday qulay bo’lsa, ularni yon daftarchangizga yozib qo’ying. Biroq ro’yhatni shunday tuzing-ki, birinchi tugallanmagan ishlarni ertaga qoldirishga to’g’ri kelmasin. Ulkan exromni bir kunda qurib bo’lmasligini unuting. Sabr-toqatli bo’ling. Ish soatlarni asosiy maqsaddan chalg’itadigan o’tkinchi narsalar bilan to’ldirmang. Hamma ishlarni maromiga etkazib bajaring, bu kunni xursandchilik bilan o’tkazing.

15 – Qoida:

Hech kimga kayfiyatingizni buzib, kelayotgan kunga tushkunlik va omadsizlik soyasini solishiga yo’l qo’ymang. Shuni unutmangki, birovning xatosini topish uchun qobiliyat ham, mardlik ham, teran aql ham kerak emas. Agar o’zingiz bunga yo’l qo’ymasangiz, hech qanday tashqi sharoitlar sizga o’z hukmini o’tkazolmaydi. Vaqtingiz oltinga teng, shuning uchun ham siz uni nafrat, rashk va xasadning qora kuchlari bilan olishib, behudida sarflanishiga yo’l qo’ymang. Umr omonat. Uni ko’z qorachig’ingizdagidek avaylang. Gulni yolg’iz parvardigor yaratishga qodir. Biroq har qanday esi yo’q bola uni sindirishi mumkin.🎓👇

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Yaxshi yashash sirlari?

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

atni bildiradi.

4. Suhbatlashayotganingizda qizni oyok kiyimiga qarang:Agar oyoqi siz tomon burilgan bo'lsa, demak siz bilan u o'zini yahshi his qilyapti.

5. Agar oyoqlari boshqa tomonga qaragan bo'lib, yuzi siz tomonga qaragan bo'lsa: Demak u qiz tezrok siz bilan suhbatlashib, ketgisi kelyapti. Chunki bizni oyoqlarimiz maqsadimiz tomon burilgan bo'ladi. Har doim!

6. Ko'pincha suhbatlashayotganimizda, suhbatdoshimiz shoshib turgan bo'lsa yoki ketmoqchi bo'lsa: sizni gapingizni bo'lolmay turib, ikki qo'li tizzasida o'tirgan holatida bo'ladi. Huddi hozir turib ketadiganday.

7. Agar qizni suhbatda zeriktirib qo'ygan bo'lsangiz: U dasturhondagi biron narsani o'ynashni boshlaydi. Yoki esnaydi. Boshka ahamiyatsiz narsalarni ko'zi bilan izlab o'tiradi. Yigit kishi ozgina hushyor bo'lishi kerakda! Gapimni eshitarkan deb valdillab o'tirish kerakmas.

8. Siz qanchalik o'zingiz hakingizda oz gapirsangiz, shunchali suhbatingiz qiziq bo'ladi. Chunki odamlar o'zlarini gaplarini birovga etishidan ko'proq lazzatlanadilar. Lekin birinchi uchrashuvga chiqqan qiz hijolat chekib gapirishdan uyalsa, unga to'qri savollar bering.

Masalan:
qalesiz, kino yoqadimi, shirinlikni yahshi ko'rasizmi? – degan savollar ketmaydi. Chunki bu savollarga "ha” yoki "yo'q” deb javob bilan qutilib qo'yishi mumkin. Savolni shunday beringki u qiz ha yoki yo'k javobini berolmasin.

Masalan:
Siz kasbizni nima uchun yahshi ko'rasiz?
Talabalik vaqtlarizni kaysi vaqtlarini hush ko'rasiz?
Ideal oila deganida nimani tushunasiz?🎓👇

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Xarakterni bilish uchun kalitlardan birini tanlang🔑❓

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

🎓Sizning harakteringiz qanaqa? (test).

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Ko‘pchilik dohiylar chapaqay bo‘lishgan degan gaplar haqiqatmi yoki tasodif?
Shu narsa aniqki, chapaqaylar miyasi hissiyotga ko‘proq burkangan. Shuning uchun ham chapaqaylar o‘naqaylarga qaraganda hissiyotga ko‘proq beriluvchan bo‘lishadi. Chapaqaylardan buyuk kompozitorlar, rassomlar va tabiatshunos olimlar chiqishiga sabab, ularda miyaning o‘ng yarim shari faolligi bilan bog‘liq. Nima uchun chapaqaylardan buyuk futbolchilar chiqadi va ular golni aniq hamda ko‘p urishadi, deb so‘rashadi. Buning asosiy sababi — geometrik figuralar uchun javob beradigan o‘ng yarim sharning ustunligi bilan bog‘liq. Biroq chapaqaylarning ojiz tomoni — ularni xafa qilish oson. Balki shuning uchundir, ularda birovlardan ustunlik qilishga intilish yuqori. Bunga o‘ng yarim shardagi «shijoyat» ham yordam beradi. Biroq chapaqaylardan yaxshi yozuvchilar chiqmaydi. Bu xususiyat o‘naqaylar uchun xos.
Chapaqaylar qarorlarni qabul qilishda o‘ng qo‘llilardan ko‘ra chaqqonroq bo‘ladi, degan qarashlarni nima bilan izohlash mumkin?
Yuqorida bu savolga qisqa javob berib o‘tdim. Agar yana unga qo‘shimcha qiladigan bo‘lsak, chapaqaylar ko‘proq amaliyotchi, o‘naqaylar esa nazariyotchi bo‘lishadi. Chunki miyaning chap yarim shari (ya’ni so‘z markazlari joylashgan yarim shar) ustunlik qiladigan o‘naqaylar narsa va voqealarni tahlil qilib o‘tirguncha, miyaning o‘ng yarim shari ustunlik qiladigan chapaqaylar (amaliyotni yaxshi ko‘radigan o‘ng yarim shar) ishni darrov amalga oshiradi-qo‘yishadi. Chapaqaylarning tezroq qaror qabul qilib, ishga kirishib ketishiga sabab — ular uzoq fikr yurgizishni yoqtirishmaydi, buning uddasidan ham chiqishmaydi. Shu bois, ular maslahatlashib ish ko‘rishni ma’qul ko‘rishadi. Maslahatlashgan odam esa kam xato qiladi.

Agar bola chapaqay bo‘lsa, uni majburlab o‘ng qo‘lda yozishga va ovqatlanishga o‘rgatilganda, qanday psixik o‘zgarishlar yuz berishi mumkin?
Yuqorida men ko‘rsatib o‘tgan xususiyatlar yo‘qqa chiqadi, bolaning keyingi hayotida ikkala yarim shar bir-biri bilan kelisha olmay yashashadi. Bu bilan ota-onalar kelajakda kompozitorlar, rassomlar, futbolchilar etishib chiqishiga to‘sqinlik qilishadi.
Xulosa: Chapaqaylar o‘naqaylarga qaraganda aqlli va uddaburon bo‘lishadi, degan fikrdan mutlaq chetda yurish kerak. Chapaqaylar juda kamchilikni, ya’ni bor yo‘g‘i 10-15 % ni tashkil qilgani uchun, ya’ni o‘naqaylardan 7-8 barobar oz bo‘lgani uchun ular orasidagi mashhur odamlar darrov ko‘zga tashlanadi. O‘naqaylar 85-90 % ni tashkil qilgani uchun ular orasidagi mashhur odamlar 7-8 barobar ozdek ko‘rinadi.

🔯 @Psixologik_testlar 🔯

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

🎓Chapaqaylarning miyasida farq bormi?

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

🎓Qancha umr ko‘rish dunyoqarashga bog‘liq(mi)?

Читать полностью…
Подписаться на канал