psixologik_testlar | Неотсортированное

Telegram-канал psixologik_testlar - PSIXOLOGIYA

3355

Psixolgik testlar orqali siz ruxiyatingiz, sevganingizni ruxiyati haqida bilib olishingiz mumkun. Bundan tashqari siz qanday rahbarsiz va h.k savollarga javob topasiz 👇Murojaat uchun 💰Reklama pullik 👤Admin @Ellix_uz 🎓Ps @Birgalikda_Rivojlanamiz

Подписаться на канал

PSIXOLOGIYA

Aql bu ko’pincha insonga tug’ma berilgan bo’ladi. Ba’zi hollarda esa yoshlikdan ko’p aqliy mehnatqilish – masalan, yoshlikdan kubik o’yinlari o’ynash, shashka o’yini yoki oddiy arifmetikanio’rganish kabilar yosh bolani aqlini tez rivojlanishiga sabab bo’ladi. Xo’sh, ozuqalar aqlga qandayfoyda qiladi, degan savol tug’iladi. Ozuqa bu – agar siz aqliy mehnat bilan shug’ullansangiz,qilayotgan ishlaringiz uchun sizni zehningizni o’tkirlashga xizmat qilishi mumkin. Masalanhisoblash ishlari bilan shug’ullanadigan odam agar baliq go’shtini ko’p iste’mol qilsa, ba’zi aqliyetmagan hisoblashlari endi oson bo’lishi mumkin. Insondagi qobiliyatlar ko’p holda tug’mabo’ladi. Ammo ba’zi odamlarning qobiliyati keyinchalik namoyon bo’lishi ham mumkin. Aqlnirivojlantirish bu xuddi jismoniy atletikaga o’xshaydi. Og’ir atletika bilan shug’ullanishda siz qaysia’zo bilan tosh ko’tarishni mashq qilsangiz o’sha a’zoingiz muskullari baquvvat bo’ladi. Butuntanangizni birdaniga baquvvat qiladigan mashq yo’q. Yoki butun tanni bir vaqtda baquvvatqiladigan dori ham yo’q. Xuddi shunga o’xshash. Qaysi ishda aqlli bo’lishni istasangiz, avvalo o’shaishga bo’lgan qiziqish bo’lishi kerak, va ikkinchidan esa o’sha ish yoki muammo ustida ko’p boshqotirish kerak xolos. Qaysi muammoni ko’p o’ylayversangiz uning yechimi topish mumkin. Aqliyo'yinlar Ba’zi o’yinlar ham fikrlashingizni o’tkirlashtiradi. Masalan: Shaxmat, shashka, krossvordyechish, topishmoqlar, kubik terish, mantiqiy masalalar yechish va hokazo. Bular ayniqsa yosho’spirin bolalarni fikrini charxlaydi. Kitob o'qish foydalimi? yoki... Ko’pchilik katta yoshdagilarniaytishicha ko’p kitob o’qish odamni aqlli qiladi. Lekin bu gapni mutlaqo to’g’ri deb bo’lmaydi. Ko’pkitob o’qigan odam aqlli bo’lib qolmaydi. Avvalo kitobni qandayligiga bog’liq. Roman hikoya ertakkitoblar insondagi tasavvurni kengaytirishi mumkin. Ya’ni voqealarni ko’z oldida jonlantirishqobiliyati paydo bo’ladi. Tarixiy kitoblar yoki dunyo mamlakatlari haqidagi kitoblar esa insonnidunyoqarashini kengaytiradi. Bir xil turdagi kitobni o’qiyverish tafakkurni faqat bir tomonlamarivojlantiradi. Turli ilm o’rganish va ma’ruzalar tinglash insonning tafakkurini oshiradi. Lekin birnarsani unutmang, Behuda bilimlarni ko’p o’qish, miyamizni keraksiz axborotlar bilan to’ldrishsalbiy natija berishi mumkin. Ko’p keraksiz narsalarni o’rganish oqibatida xotira sustlashi mumkin.Qishloq joylarda yashovchi odamlarning xotirasi shaxarlik odamga nisbatan ancha mustahkambo’ladi. Ko'p taomlanish kerakmi? yoki .... Inson zehnini o’tkirlashtiradigan yana muhim vazifa bubir qancha muddat och yurish. Ko’p ovqat bilan qorin to’ydirish insonning miya faoliyatinisustlashtiradi. Shuning uchun har zamonda bir necha kun ro’za tutish inson tafakkurinitiniqlashtiradi. Dinimizda har yili 1 oy ro’za turishning juda ko’p hikmatlari bor. Ro’za turib ochyurish tufayli miya faoliyatimiz yaxshilanadi. Pol Breg nomli yozuvchining "Ochlik mo’jizasi” nomlikitobida ochlikning aqlimizga qanday foyda ekanligi haqida o’qishingiz mumkin.

🔯 @Psixologik_testlar 🔯

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

🎓Qanday Qilib Aqlni Rivojlantirish Mumkin?

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

FARZANDga ism qo’yish ota-onalar uchun eng ma’suliyatli ishlardan biri desak mubolag’a bo’lmas. Ota-onaning farzandi oldidagi birinchi burchi ham axir shundan iboratku. Shunday ekan yangi tug’ilgan mo’jazgina chaqaloqchamizga nima deb ism qo’yishda ba’zan kattalardan maslahat so’rasak, ba’zan yaqin tanishlarimizning, o’zimiz yoqtirgan insonlarning ismini eslaymiz. Ba’zi ota-onalar farzandlariga ismni turli xil marosimlar, hodisa-voqealar, sifatlar, va hattoki siyosiy holatlarga ham atab qo’yadilar. Qanday ism qo’yilganda ham bu ism FARZANDingizning kelajakdagi xulq-atvoriga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Shu sababli unga chiroyli va munosib nom bering. Biz esa Sizga bu borada ko’maklashamiz. Quyida alifbo tartibida keltirilgan ismlar ro’yxati va ularning ma’nosi bilan tanishib, balki o’zingizga yoqqan ismni toparsiz.


O'zbek ismlari

Muallif: Nargiza Pulatova

FARZANDga ism qo’yish ota-onalar uchun eng ma’suliyatli ishlardan biri desak mubolag’a bo’lmas. Ota-onaning farzandi oldidagi birinchi burchi ham axir shundan iboratku. Shunday ekan yangi tug’ilgan mo’jazgina chaqaloqchamizga nima deb ism qo’yishda ba’zan kattalardan maslahat so’rasak, ba’zan yaqin tanishlarimizning, o’zimiz yoqtirgan insonlarning ismini eslaymiz. Ba’zi ota-onalar farzandlariga ismni turli xil marosimlar, hodisa-voqealar, sifatlar, va hattoki siyosiy holatlarga ham atab qo’yadilar. Qanday ism qo’yilganda ham bu ism FARZANDingizning kelajakdagi xulq-atvoriga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Shu sababli unga chiroyli va munosib nom bering. Biz esa Sizga bu borada ko’maklashamiz. Quyida alifbo tartibida keltirilgan ismlar ro’yxati va ularning ma’nosi bilan tanishib, balki o’zingizga yoqqan ismni toparsiz.

A



ABBOS (a.)- qovog’i soliq, xo’mraygan, jiddiy. Ba’zi bolalar shu holatda tug’iladi.

ABDULAZIZ (a.) - izzat va kuch-qudrat sohibi bo’lgan g’olib Allohning bandasi.

ABDULAZIM (a.) - buyuk Allohning bandasi.

ABDULVALI (a.) - do’st, madadkor Allohning bandasi.

ABDULVAHHOB (a.)- barcha uchun o’z ne’matlarini tekin ato etuvchi Allohning bandasi.

ABDULVOHID (a.)- bitta, yagona, tanho bo’lgan Allohning bandasi.

ABDULJABBOR (a.) - bandalarning ishlarini isloh qiluvchi Allohning bandasi.

ABDULJALIL (a.)- barcha jihatdan mukammal va go’zal ulug’ Allohning bandasi.

ABDULLATIF (a.)- lutfu ehson, cheksiz marhamatlar sohibi bo’lgan Allohning bandasi.

ABDULAHAD (a.)- yakka-yagona bo’lgan Allohning bandasi.

ABDULKARIM (a.)- karim qiluvchi, saxovat ko’rsatuvchi va bandalarining gunohlarini kechiruvchi, avf etuvchi Allohning bandasi.

ABDULLOH (a.)- Allohning bandasi.

ABDULMALIK (a.)- podshoh Allohning bandasi.

ABDULFATTOH (a.) - rahmat xazinalarini ochuvchi Allohning bandasi.

ABDULXOLIQ (a.)- yaratuvchi Allohning bandasi.

ABDULQAHHOR (a.)- barchani bo’yso’ndiruvchi Allohning bandasi.

ABDULQODIR (a.)- hamma narsaga qodir bo’lgan, kuch qudrat sohibi Allohning bandasi.

ABDULG’AFUR (a.) - bandalarinnng gunohlarini yashirib, jazo bermay turuvchi Allohning bandasi.

ABDULG’AFFOR (a.) - bandalarining xato va gunohlarini kechiruvchi Allohning bandasi.

ABDULG’ANI (a.)- hech narsaga ehtiyojsiz, boy Allohning bandasi.

ABDULHAY (a.)- abadiy tirik Allohning bandasi.

ABDULHAMID (a.)- hamisha, doimo hamdu sanoga, maqtovga sazovor bo’lgan Allohning bandasi.

ABDULHAKIM (a.) - hikmat va cheksiz bilimlar sohibi bo’lgan Allohning bandasi.

ABDULHAFIZ (a.)- o’z panoxdda saqlovchi Allohning bandasi.

ABDURRAZZOQ (a.) - barcha tirik mavjudodga rizq beruvchi Allohning bandasi.ABDURRAUF (a.)- o’ta mehribon, rahmati keng Allohning bandasi.

ABDURRASHID (a.)- barcha ishlari to’g’ri chiquvchi Allohning bavdasi.

ABDURRAHIYM (a.) - rahmli Allohning bandasi.

ABDURRAHMON (a.) - o’ta mehribon Allohning bandasi.

ABDUSSAMAD (a.)- hojatbaror Allohning bandasi.

ABROR (a.)- pokiza, yaxshi xulq-atvor egasi.

ADOLAT (a.) - odillik.

AZAMAT (a.)- ulug’, qudratli.

AKBAR (a.)- buyuk, ulug’.

AKMAL (a.) - eng yetuk, eng mukammal.

AKRAM (a.)- karamli, saxiy

🔯 @Psixologik_testlar 🔯

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

10. Акангиз доим сизнинг жамоангизда.

Спорт мусобақалари бўладими ёки бошқа нарсами акангиз доимо сизнинг лигангиздан жой олади. У сизни қўллаб-қувватлайди, у сизни доимо ўз спорт жамоасида бўлишингизни истайди. У сиз дуч келаётган вазиятларни осонлаштиришни хоҳлайди.

11. Ўхшамаётган нарсаларни олдиндан ҳал қилади

Хоҳ ака, хох ука бўлсин ўзига хос усул билан қийинчиликларни бартараф этади. Барча талабларингизни олдиндан билиб, масалани ҳал қилади. Сиз интиқиб кутиб ўтирган нарсани акангиз кутилмаган пайтда муҳайё қилса! Нима дейсиз, ака ёки укангиз бўлгани қандай яхши, тўғрими?

12. Энг жиддий вазиятда ҳам сизни кулдиради.

Акангиз ДОИМО юзингизга кулгуни қайтара олади. Акаларгина ҳаётингизни оғир дамларида кутилмаган пайтда ҳам сизни кулдириш имконини топа олади.

Акага эга бўлиш жуда катта бахтдир. Ҳеч ким ака ёки ука ўрнини боса олмайди. Сизни ҳеч ким у каби яхши кўролмайди. Мен ҳам ўз укамни жуда яхши кўраман. Сизнинг бу мавзуга оид фикрларингиз қандай? Биз билан ўртоқлашинг!

🔯 @Psixologik_testlar 🔯

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

🎓Энг яхши ака ёки укага хос бўлган хусусиятлар

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

🎓Нега эркаклар билан аёллар турлича фикрлашади?

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

🎓Севимли инсондан айрилиқни енгишнинг энг мақбул 5 усули

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Siz qanday kulasiz😄😊😉❓

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

🎓Ғийбат қилишга мойилмисиз? Тест орқали текшириб кўринг!

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

🎓Суҳбатдошингизни юзига қараб, феълини “ўқинг”!

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

🎓Ёрингиз нечта гул совға қилишида ҳам маъно бор!

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

🎓 Севгилингизни қандай сумка тутганига қараб, ички дунёсини аниқланг!

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Siz o'zingizni baxtli deb hisoblaysizmi😃❓

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Zamira+Ozod.

Yoshdagi farq 14 yil. 10 yildan buyon birga.

Bu oilaning taqdiri biroz chigalroq, shunday bolsa-da, ular hamon birga. Zamira 3 karra turmushga chiqdi, ammo farzandli bolavermagach, ajrashaverdi. Shunday qilib, 36 yoshga kirdi. Bu yillar davomida ozmi-kopmi ishladi, topganini yigib-jamgarib uy oldi. Bir kuni u ishlaydigan shifoxonaga Ozod ismli yigitni olib kelishdi. Zamira uni davolovchi shifokor sifatida gaplashib yurib, ikki notavon qalb birlashdi. Ozod uzoqroq qishloqdan kelgan ekan, oilasida 12 nafar farzandning kenjasi bolsa-da, ota-onasi vafot etib ketgani uchun uni uyli-joyli qilish tashvishini boyniga oladigan mardroq aka topilmabdi. Bir hovlida shundoq ham sakkiz kelin yashagani uchun saflariga yana bitta ovsin qoshilishidan yangalari ham manfaatdor emasdi-da! Shunday qilib, ular nikohdan otib, birga yashay boshlashdi. Zamiraning ota-onasi Ozodning ichkuyov bolishiga qarshi chiqishdi. Buning ustiga juda yosh bolgani uchun 2-3 yildan song u ham tashlab ketishini uqtiraverib charchashdi. Ammo tez orada Zamiraning homiladorligini eshitib, taqdirga tan berishdi. Zamira 37 va 40 yoshida bir qiz, bir ogillik boldi. Ozodning asta-sekin kosasi oqara boshlagach, Zamira uning yosh-yosh qizlar bilan uchrashib yurgani eshitdi. Ijaraga uy olib, ozi erini uylantirib qoydi. Ammo 1 oydan keyin Ozod yana koz ochib korgani — Zamiraning yoniga qaytdi. Shu-shu ular bir oila bolib yashayapti. Bu oilani ancha yildan buyon taniyman. Ozod tayinli ishda ishlamaydi, moliyaviy va moddiy manfaat, farzandlari borligi uni Zamira bilan yashashga undaydi. Zamiraning yoshi esa 50 ga yaqinlashib qoldi. U erini yoqotishdan aslo qorqmaydi. Chunki endi uning hayotiga mazmun beradigan ikki qorakozi bor.

Bunday oilalar mustahkam bola oladimi?

Togrisi, bu savolga javob berish mushkul. Ammo toliqsiz oila bolgandan kora yosh tafovuti bolsa-da, shunday oila bolib yashagan maqulroqmasmi?! Mazkur oilalarning mustahkamlanib borishiga xizmat qiladigan va aksincha, tosiq boladigan «+» va «-»lar bor.

Plyuslari: er-xotinning har ikkalasi uchun garmoniya. Chunki mutaxassislarning fikricha, yosh yigitchani egallagan ehtiros ayollarda 30-35 yoshda koproq kuzatiladi. Ayol umrining «ikkinchi bahori» boshlanadi. Chunki u yonidagi yosh yigitdan qari korinmaslik uchun bor qobiliyatini ishga soladi. Er uchun esa mazmunli suhbatlar, yonida uni har qanday holatda tushuna oladigan inson, maslahatgoyi bolishi oilaga boglab turadi.

Minuslari: 35, 40 va 45 yoshlarda ayol ozidan ancha yosh korinishi uchun barcha imkoniyatlarga ega bolishi mumkin. Ammo keyingi yillar baribir ozini namoyon qiladi: ayol semira boshlaydi, yuzdagi ajinlarni yashirishning imkoni kamayadi. Yigitda esa orta yosh inqirozi boshlanadi. Ana shunday vaziyatda xiyonat, oilaviy ziddiyatlar kopayishi mumkin.

Ayolning yoshi katta va kopincha oz farzandlari borligi uchun yana ona bolishga kopam oshiqmaydi. Erkak esa munosabatlar barqarorlashgach, ota bolishni istab qoladi. Ammo tabiat uning bu istagini royobga chiqarish uchun imkon bermasligi mumkin.

Yana bir masala moliyaviy jihat bilan bogliq. Yoshi kattaroq ayol avvaliga oilani boqishni oz zimmasiga oladi. Agar erkak maqsadli bolib, moliyaviy tengsizlik oz-ozini rivojlantirish, koproq ishlashga yonaltirsa yaxshi. Biroq kop hollarda bosh-bayov, oz ayoli timsolida onasini tasavvur qiladigan yigitlar uy begi bolib qolishi ehtimoli bor.

🔯 @Psixologik_testlar 🔯

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Sir emas, bizda kelinlikka saylangan qizning eng avvalo yoshi soraladi. Iloji boricha u yigitdan 4-5 yosh kichikroq bolishi maqul koriladi. Ammo... Globallashuv degani oilani ham chetlab otmadi. Bizning «oila aslida mana bunday bolishi kerak» degan standart-namuna, balki qadriyatlarimiz koz ongimizda ozgarib, boshqacha mohiyat kasb etayapti. Bugun ayoli «bek», begi «uy bekasi» bolayotgan oilalar yoq emas. Avvalgilari jimgina peshanasiga bitganini kutib otirgan bolsa, hozirgilari — ozi yigit tanlayotgan qizlar odamlarni kopam ajablantirmay qoydi. Ayniqsa, xotini eridan ancha katta bolgan juftliklar rus primadonnasi Alla Pugachyovadan keyin (darvoqe, ozimizning yulduzlar orasida ham bunday ajoyib juftliklar kamyob emas) umuman ohanrabosini yoqotdi. Buni qarangki, bizning jamiyatda ham bunday oilalar bisyor. Keling, ozim tanigan-bilganlarimdan 3 ta voqeiy hikoya aytay...

Mohira+Sarvar

Yoshdagi farq 9 yil. Ikki yildan buyon birga.

Bu juftlik xuddi Anna Karenina Vronskiy bilan vokzalda uchrashgandek yolda tanishib qolishgan. Uzoq yolda yaxshi sherik baayni Hizrdek gap. Ikkovi turish-turmushidan soz ochib, kongil yozdilar. Mohiraning osha payt eri, ikki nafar farzandi bor, yigit esa endigina institutdagi tahsilini boshlagan chogi edi. Juvon Qoqondan Toshkentga chopon, maxsi-kalish olib kelib sotar, eri tushmagur bu payt uy qorovullab otirardi. Bunga u hamisha kasalligini rokach qilardi. Mohiraning erida psoriaz nomli teri kasalligi bolib, xastalik huruj qilgan payti koziga na ayoli, na bolalari korinar, katta janjal kotarib, uydagi bor buyumlarni sindirar, Mohirani dopposlar, shu yol bilan alamini olardi. Oxiri bolmadi: institutni bitirgan bolishiga qaramay, Mohira farzandlarini birovdan kam qilmaslik, jilla qursa shu erkakning qiynoqlaridan qutulish maqsadida ozini savdoga urgan edi. Sarvarning ham taqdiri qiziq chiqib qoldi: u tugilganida ota-onasi ajrashib ketib, bolani ota tomonidan buvisi boqib oladi. Bola «ikki tomning kaptaridek» katta boladi. Ammo har ikki tomonning ham oz oilasi va bolalari paydo bolgach, yigitcha hech kimga kerak bolmay qoladi. Taqdir Sarvarni poytaxtda oqish baxtiga muyassar qilgan edi. Bundan keyingi voqealar ham Tolstoyning romanidagi singari davom etdi. Yigit Mohiraning kongliga yol topish maqsadida qolidan kelganini qildi, bolalariga ham mehr korsatdi. Buvi ham kopam qarshilik qilmadi, nabirasining Toshkentdek joyda oqishining ozi boladimi?! Bundan tashqari, bir umr kongli oksidi, degan andishaga bor edi: «Agar sen shu ayolni tanlagan bolsang, ixtiyor ozingda» deb, kichikroq toy qilib berdi. Mohira esa bolalari uchun ozini qurbon qilgisi kelmadi, farzandlari uchun ham shu yol togri boladi, deb hisobladi. Ammo... bu juftlikni u er, bu erda uchratib qolsam, ular er-xotin emas, ko`proq opa-ukani eslatadi. Mohira uni tarbiyalashda davom etgani-etgan, Sarvar esa buni or deb bilmaydi.🎓👇

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Qanday qilib aqlni rivojlantirish mumkin. Insonning eng muhim organi bu uning miyasidir. Miyabutun tanani boshqaradi. Miyamiz doim faoliyatda. Uxlasak ham, dam olsak ham, ko’chada yursakham u to’xtovsiz ishlaydi. Qaysi ozuqalar miya faoliyati uchun foydali? Shu o’rinda bir latifaniaytsak: Bir yahudiy kishi bozordan 5 dollarga kichkina baliq olib uyiga ketar edi. Yo’lda bir odamuni uchratib so’rabdi: - Ey do’stim, yahudiylarni nima sababdan aqlli deyishadi. Yahudiy: Chunkibiz mana bu baliqdan yeymiz, Sen ham shu baliqni yesang aqling kiradi – deb qo’lidagi baliqniko’rsatibdi. Haligi kishi yana so’rabdi: shu baliqni menga sot, Yahudiy: Bu juda qimmat Haligikishi: Necha pul? Yahudiy: 50 dollar. Xullas, haligi kishi, hech o’ylab o’tirmay 50 dollarga baliqnisotib olibdi. Keyin, ertasi kuni baliq bozoriga borsa, xuddi o’sha baliq 5 dollar emish. Jahli chiqibyahudiyni oldiga borib: Nega kecha menga 5 dollarlik baliqni 50 dollarga sotting, meni aldading-ku, debdi. Yahudiy: Ana ko’rdingmi, kecha aqling yo’q edi. Baliq yegach,endi aqling kiribdi – debdi.Latifada oz bo’lsa ham haqiqat yotadi, Baliq go’shtini ko’p istemol qilish inson aqli uchun foydahisoblanadi. Shuning uchun dengiz bo’yida yashaydigan va baliq ko’p iste’mol qiladiganxalqlarning zehni o’tkir bo’ladi. Yaponlar eng ko’p baliq yeydigan xalqlardan biridir. Ular hattobaliqni ko’p saqlamasdan, dengizdan tutilgan zahoti iste’mol qilishni xush ko’rar ekan. Bundantashqari shimoliy yevropa davlatlati – skandinaviya o’lkalari ham juda ko’p baliq iste’mol qiladilar.Mevalardan esa olma ham miya faoliyati uchun uchun foydalidir. Lekin insonni aqlli yoki aqlsizbo’lishi bu faqat ozuqaga bog’liq emas. Aslida aql hammada ham bor. Lekin ba’zi odamning aqli hisob-kitob ishlari uchun yaxshi ishlaydi. Ba’zi odamlarni miyasi odamlarni boshqarish uchunyaxshi ishlaydi. Ba’zi odamlarning aqli o’zaro muomalada yaxshi ishlaydi. Ba’zilar esa hiyla-nayrang ko’rsatishda juda aqlli bo’ladi va hokazo. Matematikani zo’r bilgan odam shaxmato’ynolmasligi mumkin. Aytaylik, biror odam matematik hisoblashlarni juda zo’r bajara oladi, lekino’sha odam hayotda biror muamoga duch kelsa hech ish qo’lidan kelmasligi mumkin. Demak odamaqlini qaysi ish uchun ko’p ishlatsa, ya’ni nima uchun ko’p bosh qotirsa o’sha ishda aqlli bo’ladi.🎓👇

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

SURATLARDAN QANDAY INSONLIGINGIZNI ANIQLANG🐉🐲❓

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

🎓O'zbek ismlarining ma'nosi. Ismlar manosi / Узбек Исмлар маъноси

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Акангиз бўлгани қандай яхши, шундай эмасми? Сизни ҳар қандай вазиятда ёнингизда бўлиб, қўллаб-қувватлайди. Қуйида энг яхши ака ёки укангиз борлигини билдирувчи 13 хил хусусият билан танишиб чиқамиз.

1. Сиз унга қаттиқ ишонасиз.

Кичик сирларингиздан хабари бор биринчи инсон. Болалигингизга у ҳеч қайси гапингизни тарқатиб юбормаслигига қаттиқ ишонганлигингиз учун унга барча сирларингизни айтансиз. Йиллар ўтиб, ҳали хам сирлар билан ўртоқлашадиган биринчи инсонингиз бўлиб қолмоқда.

2. Сизнинг акангиз – энг яхши дўст.

У сизнинг биринчи яхши дўстингиз. Ҳеч ким болалигингизда кўп вақтингизни бирга ўтказганлигингизга шубҳа қилмайди. Унинг дўслари сизнинг ҳам дўстларингиз, ёки аксинча. Сиз ҳали ҳам бошқа дўстларингизга қараганда айнан у билан суҳбатлашишни хуш кўрасиз. Қўрқинчли фильмларни қоронғуда айнан у билан кўришни ҳали ҳам яхши кўрасиз. У сизнинг қўрқув акс этган юзингизни кўриб устингиздан кулишини, фильмдан кейин мазах қилишини биласиз, аммо бу қанчалик ёмон кўрманг, барибир у билан фильм томоша қилиш сизга ёқади.

3. Сиз унинг энг яхши оғайнисисиз, аммо у сизнинг нозик томонларингизни жуда яхши билади.

Бу ҳолат акаси борлар билан содир бўлади. У сизнинг деярли барча сирларингизни билиши мумкин, мисол учун чекишингизни, унинг танишларидан бирини ёқтиришингизни ва ҳ.к. Бироқ зарур бўлганда у сизнинг камчиликларингизни тўғриловчи ва чегараларингизни билувчи инсондир. У сизни доимо назорат қилади.

4. Сиз ундан билмаган нарсаларингизни ўргатишини сўрайсиз.

Акалар дунёдаги энг яхши устозлардир. Ҳаётий масалалар дейсизми ёки мактабда сиз ўзлаштира олмаётган фанлар бўладими, акангиз сизнинг барча саволларингизга жавоб беради. Сиз унинг сабр билан тушунтиришини ёқтирасиз.

5. Сиз акангиз сизни ҳам ташқи, ҳам ички томондан жуда яхши билишидан хабардорсиз.

Акангиздан ҳеч нимани яшира олмайсиз. Қайтариб айтаман: ҳеч нима. Агар сиз у ёнингизда бўлмаганида хафа бўлиб, бақирган бўлсангиз ҳам акангиз буни пайқайди. Бу балки йигитлар бирга ўсиб, бир ҳил вазиятларга дуч келганликлари билан боғлиқдир? Шунингдек, сиз шунча йил ўтса ҳам энг яқин дўстингиз у эканлигини жуда яхши биласиз.

6. Суҳбатни олдинги сафар тўхтаган жойидан давом эттириб кетишингиз мумкин.

Шуниси қизиқки, табиати сокин бўлган акангиз бўлса, бу жуда ёқимли ҳолат. У сиз телефонни жаҳл билан қўйиб қўйганингизда ҳам ёки суҳбат ўртасида хонадан чиқиб кетсангиз ҳам қаршилик билдирмайди. Бир-бирингиздан қанчалик узоқда яшашингиз аҳамиятга эга эмас ёки қанча муддат давомида кўришмаганлигингиз ҳам барибир. Ёки скайпда камдан-кам гаплашишингизга қарамай, суҳбатни бемалол тўхтаган жойидан давом эттириб кетаверасиз.

7. Сизнинг энг йирик тарафдорингиз акангиз эканлигини биласиз.

Мактабда футбол юлдузи бўласизми ёки илмга қизиқувчи инсонмисиз, ҳатто истеъдодсиз инсон бўлсангиз ҳам акангиз сизнинг энг мақбул тарафдорингиздир. У сизни қўллаб-қувватлайди ва барча хатоларингизни кўриб чиқади. У сизга ўзингизга ишонишингизни ўргатади: акага эга бўлишнинг энг яхши томонларидан бири ана шудир.

8. У сизнинг доимий банкингиздир.

Пул керак бўлиб қолдими? Банкдан пул олишнинг барча босқичларидан "оғзаки” тарзда ўтишни истамайсизми (Ота-онангиз пулнинг нима учун зарурлигини сўрайди). Бу ҳолатда сизга акангиз ёрдам беради. У худди банкоматга ўхшайди. Ундан сўрасангиз бас, албатта, оласиз. Пулни жуда катта миқдорда сўрамасангиз, у нима учун зарурлиги билан қизиқмайди.

9. Азизим, сиз маслаҳатгўй инсонга эгасиз.

Ёрдам сўраган пайтингизда акангиз энг яхши маслаҳатгўйингиздир. Қандай масалада маслаҳат зарурлигидан қатъий назар у ўз маслаҳатларини аямайди. Мактабдаги фанлар бўйича қийинчиликлар борми? Ёки карьерангиз ҳақида сўрайдиган нарсаларингиз мавжудми? Акангиз бу борада сизга керакли маслаҳатлар беради.🎓👇

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Эркаклар ва аёллар орасида фарқ жудаям кўп. Америкалик комик ва никоҳ эксперти Марк Гангор эркак ва аёлларнинг мия тузилишида ҳам фарқ бор, деб ҳисоблайди. У ўз нуқтаи назарини қуйидагича ифодалаган.

"Аёллар — эркакларга қараганда анча мураккаб мавжудот. Эркакларнинг тузилиши соддароқ. Уларнинг орасидаги энг катта фарқ эса фикрлашларидадир.

Эркаклардан бошлаймиз. Эркакларнинг мияси кичкина қутичалардан ташкил топган. Ҳар бир нарсанинг ўз қутичаси бор. Машина учун, пул учун, иш учун, аёллар учун, фарзандлар учун – хуллас ҳар бир нарсанинг ўз қутичаси бор. Яна бир қоида ҳам бор: қутичалар бир-бирига тегмаслиги керак! Эркак бирор аниқ масалани муҳокама қилаётганида айнан ўша нарсага тааллуқли қутичани очади ва фақат мана шу қутича ичидаги нарсани муҳокама қилади! Сўнгра қутичани ёпиб, эҳтиёткорлик билан жойига қўяди!

Аёлларнинг мияси бошқача тузилган. Аёлларнинг мияси – кўпгина симлардан иборат катта ғалтак. Бу ерда ҳамма нарса бир-бирига уланган: машина ишга, болалар бувисига, ҳамма нарса бир-бири билан боғлиқ. Бу худди ҳиссиётлар кучи билан ишловчи юқори тезликдаги интернетга ўхшайди. Аёллар ҳамма нарсани эслаб қолишларининг сабабларидан бири мана шу. Чунки ҳиссиёт билан боғлиқ ҳамма нарса хотирада қолади.

Ва энг асосийси, эркакларнинг миясида яна бир қути бўлиб, бу қути ҳақида аксарият аёллар билишмайди. Бу қути бўм-бўш туради. Ростдан ҳам. Бу қути „Ҳеч нарса йўқ қути" деб аталади. Барча қутичалар ичида эркакларнинг энг севимли қутиси шу бўлади. Шунинг учун ҳам эркаклар балиқ овига боришади ёки телевизор олдида ўтиришади. Аёллар бундай қила олишмайди. Улар "Ҳеч нарса йўқ қути”ни тушунишмайди. Шунинг учун аёллар ҳеч нарса қилмай бекор ўтирган эркакларни кўрганида асаблари бузилади!”

🔯 @Psixologik_testlar 🔯

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Ҳамма айрилиқни турлича бошдан кечиради. Одам бир нарсасини йўқотса ўрнига янги нарса сотиб олади. Муносабатларда ҳам худди шундай, инсон яқин кишисидан айрилса, унинг ўрнига бошқа инсон келади. Агар яқин одамингизни йўқотган бўлсангиз, депрессия ҳолатига тушмаслик учун "Lady.ru” нашрининг қуйидаги маслаҳатларига амал қилинг.

№1- маслаҳат: Ўтмиш хотираларини қалбингиздан чиқариб ташланг

Айрилиқдан кейин қалбингиздаги бўшлиқни янги энергия билан тўлдириш лозим. Уни тўлдириш учун эса қалбингиздан ўтмиш қолдиқларини чиқариб ташланг. Жараённи тезлаштириш учун бутун организмингизни ва юрагингизни оғритиш, зўриқтириш шарт эмас. Бу стрессни енгиш учун қалбингизнинг озгина қисмининг оғришига рухсат беринг, кейин эса уни хотиржамлик билан енгишга ҳаракат қилинг. Яшаш учун ҳаракат қилсангиз, оғриқни енгишингиз осон кечади, яна ҳаёт қувончларидан баҳраманд бўласиз.

Эрталаб жисмоний машқлар билан шуғулланинг, дўстларингиз билан кинога, театрга, дискотекага, боулингга боринг. Жисмоний ва эмоционал ҳаракатларни талаб қиладиган машқларни бажаринг. Бунда янги ҳис-туйғуларни ҳис қилиш, бошдан кечириш муҳим аҳамият касб этади.

№2-маслаҳат: Кўнглингиз тусаган ишни бажаринг

Муносабатларга чек қўйиш касаллик яъни, жисмоний эмас, руҳий касалликдир. Агар бирор жойимиз оғриб қолса, тузалиш учун турли дори-дармонларни қабул қиламиз. Яқин инсонингиздан айрилганингиздан кейин руҳий-иммун тизимингизни яхшилашингиз, қалбингизни даволашингиз зарур бўлади. Ўйлаб кўринг, бунинг қандай йўли бўлиши мумкин? Яхшиси, чиройли мусиқа тингланг, расм чизинг, қўшиқ айтинг, мутолаа қилинг. Кўнглингиз тусаган ишни бажаринг.

№3-маслаҳат: Уни кечиринг!

Яқин инсонингиз билан бирга яшаган даврларингиздан бир олам қувончли хотиралар қолади, шуларни хаёлингизда жонлантиринг. Бу ёқимли дамлар учун унга хаёлан раҳмат айтинг. У ҳақидаги яхши фикрлар билан жуфтингизни қўйиб юборинг. Қалбингизда унга нисбатан хафагарчилик ва нафратни сақламанг, бўлмаса бирор тана аъзонгиз касал бўлиб қолиши мумкин. Негатив хаёллардан воз кечинг. Ўзингизни барча ёмон фикрлардан тозалаб, фақат ёқимли хотираларни сақлаб қолинг.

№4-маслаҳат: Уни қўйиб юборинг!

Севган одаминг билан келажакдаги режалар бирлаштириб туради. Уни йўқотгач, худди келажагимиздан ҳам айрилгандай бўламиз. Қандай яшашни, нима қилишни билмай қоламиз. Айнан шу нарса эмоционал боғланиш деб аталади. Келажагимизни яқин инсонимиз билан боғлаганимиз сабабли ундан айрилганда оғир аҳволга тушиб қоламиз. Бу ерда муҳаббат эмас, балки унга эмоционал боғланиш ҳақида гап кетмоқда. Мана шу фикрнинг ўзи жуфтингиздан хафа бўлмай, уни қўйиб юборишга асос бўлади. Келажагингиз унинг эмас, ўзингизнинг қўлингизда эканлигини англайсиз. Сиз ўзингиз яратган фильмнинг бош қаҳрамонисиз. Энди келажакка мустақил назар ташланг. Ким билади дейсиз, балки у ерда сизни олдингисидан кўра, бахтлироқ ҳаёт кутаётгандир?

№5-маслаҳат: Фақат бахтли келажак ҳақида хаёл суринг

Орадан беш-олти йил ўтганини, ўзингизни бахтли, омади келган, севимли инсон қиёфасида тасаввур қилинг. Бундай яхши ўй-фикрлар келажагимизни белгилайди. Агар фақат ёмонлик ҳақида хаёл сурадиган бўлсангиз, албатта бундай ёмон воқеалар сизни четлаб ўтмайди. Ўз қобиғингиздан чиқишга, ёмон хаёлларга берилиш ўрнига, бахтли келажагингиз ҳақида ўйлашга ҳаракат қилинг. Уни қандай орзу қилсангиз, у шундайлигича амалга ошади. Ҳаётингизни яхши томонга ўзгартириш имкониятини қўлдан бой берманг! Яна бахтли инсонга айланишга ҳаракат қилишдан тўхтаманг!

🔯 @Psixologik_testlar 🔯

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Burun tuzilishiga qarab xarakter aniqlaymiz❓

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Кунда-шунда дугоналар, маҳалладаги аёллар, қариндош уруғлар билан турли мавзуларда суҳбатлашамиз. Аммо бу суҳбатлар билиб билмай кимларнидир муҳокама қилишимиз мумкин. Шу билан киши ғийбатчи бўлиб қоладими? Ғийбатга қанчалик мойил эканингизни билиш учун қуйидаги саволларимизга жавоб беринг.

1. Яқин кишингизга қўнғироқ бўлди, у гўшакни кўтариш учун бошқа хонага чиқса...

А) Хеч гап айтмайман, бу унинг истаги – 3 балл

Б) Яширинча эшитаман, қизиқ-да – 1 балл

В) Камдан-кам ҳоллардагина эшитаман – 2 балл

2. Дўстларингизнинг ҳаётидаги барча янгиликларни батафсил сўраб оласизми?

А) Йўқ, бу уларнинг ҳаёти – 3 балл

Б) Албатта, ўзи айтиб турса нимага сўрамаслигим керак – 1 балл

В) Фақат алоҳида ҳолатларда – 2 балл

3. Танишларингизнинг одатларини муҳокама қилиб турасизми?

А) Бунга хожат йўқ, ўзига айтиб қўяқоламан – 3 балл

Б) Гап йўқлигида гапда – 1 балл

В) Фақат кайфиятим бўлмаганда – 2 балл

4. Ким қанча маош олишга қизиқасизми?

А) Йўқ, ҳар ким насибасига яраша олади – 3 балл

Б) Буни билиш мен учун муҳим – 1 балл

В) Фақат касбдошларимнинг маошига қизиқаман – 2 балл

5. Телефонда суҳбатлашаяпсиз, сўзлашишга мавзу қолмади...

А) Суҳбатдошим билан ҳайрлашиб, гўшакни қўяман – 3 балл

Б) Бироз жим тураман, балки ундан мавзу чиқиб қолар – 2 балл

В) Бунақаси хеч қачон бўлмаган – 1 балл

6. Қайси мавзуларни муҳокама қиласиз?

А) Фақат аниқ хулоса берадиганларини – 3 балл

Б) Кайфиятга қараб, хар хил нарсалар ҳақида гаплашаман – 2 балл

В) Атрофда қизиқарли воқеалар шунчалик кўпки, барчасини айтишга улгуриш керак – 1 балл

7. Хонангизга янги гулқоғоз танлаяпсиз. Қандай рангисига ихтиёр берасиз?

А) Мовий – 3 балл

Б) Сариқ – 2 балл

В) Қизил – 3 балл

8. Кўчада жанжал бўляпти...

А) Дарров чиқаман, балки уларни ажратиш керакдир – 3 балл

Б) Бегоналар бўлса менга нима – 2 балл

В) Дарҳол қўшниларга қўнғироқ қиламан, милиция чақириб юборишсин – 1 балл

Жавоблар:

20 дан 24 баллгача

Ғийбатчилик сизга ёт иллат. Ўзингизга керак маълумотни асосий манбаадан олиб, бошқалари билан ҳисоблашиб ҳам ўтирмайсиз. Ҳақиқий сирдошсиз, сизга ўз сирини ишонган инсонни хафа қилишдан эҳтиёт бўласиз. Бироқ баъзида муҳокама қилинаётган мавзулар аҳамиятини бўрттириб кўрсатишингиз мумкин. Барини юракка яқин олишга мойиллигингиз бор.

13 дан 19 баллгача

Кайфият одамисиз. Зерикиб қолсангиз ўзгаларнинг ҳаётига қизиқиш пайдо бўлиши мумкин. Ким ҳақида, ёки нима ҳақида ғийбатлашиш сиз учун унчалик ҳам муҳим эмас, шунчаки ўзингизни бирор машғулот билан чалғитиш учунгина бу ишни қиласиз. Банд бўлганингизда ғийбатларга эътибор ҳам бермасдингиз. Зерикиш, бекорчилик, мана барининг боши қаерда. Демак, бу иллатдан халос бўлиш учун доим банд бўлинг.

8 дан 12 баллгача

Турли воқеалар бошингизда ғовлаб кетганидан инсонлар ҳаёти ҳақида бутун бошли роман ёзсангиз бўлади. Узоқроқ танишингизнинг қўшнисининг келини ҳақидаги маълумотлар ҳам эътиборингиздан четда қолмайди. Аксига олгандек, сиз қизиқарли суҳбатдошсиз, ҳикояларингизни эшитиш ҳам мароқли. Шу қобилиятингизни тўғри йўлда сарфлашга нима дейсиз? Сир сақлай олмаганлигингиз боис кўп дакки егансиз, бундан ташқари вақт ва қувватингизни умуман кераксиз нарсаларга сарфлаб юбораяпсиз. Бунинг ўрнига ишда ёки оилада қўл келиши мумкин бўлган бирор илм эгаллашингиз мумкин. Акс ҳолда бировларнинг ҳаётидаги янгиликлар ортидан қувиб, умрингизни ҳавога сарфлаб юборасиз.

🔯 @Psixologik_testlar 🔯

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Мутахассислар, яъни физиогномистлар инсон ташқи кўринишининг бир-бирини такрорламайдиган сифатлари ўзида жуда кўп қимматли маълумотларни жамлаганини эътироф этишади.

Баланд ва кенг пешана соҳибларига фаолиятнинг интеллектуал соҳаларида муваффақиятга эришиш учун барча шарт-шароит мавжуд. Бироз ҳаракат қилсангиз кифоя.
Баланд пешанани ҳошиялайдиган сочларнинг айлана чизиғи кўпинча мустақил феъл-атвор ва мақсадга эришишдаги қатъийлик белгиси саналади.
Юзи узунчоқ бўлган кишилар — яхши ташкилотчи, уларни бошқарувчилик лавозимларида омад кутади.
Йирик, чақнаб турувчи кўзлар — ижодий соҳада муваффақиятни кафолатлайдиган ижобий энергетика нишонаси.
Бироз қийшайган бурун — айёрлик, устомонлик ёрдамида карьера поғонасидан кўтарилиш мумкинлигини билдиради.
Тўғри бурун омадга унинг соҳибини ўзига бўлган ишонч ва хотиржамлик олиб боришини билдиради.
Ингичка бурун — енгилтабиатлик белгиси экан.
Кенг бурун эса карьера ҳақида орзу қилмайдиган, лекин бахт ва муҳаббатни топишга қодир очиқкўнгил, бағрикенг инсонларга хос.
Хизмат поғонасидан кўтарилиш ва кўнгилдагидек никоҳ йирик бурунли серғайрат ва иззатталаб инсонларга хос.
Калта ва учи юмалоқ бурун эгаси ортиқча асабийлашадиган, қизишиб кетадиган бўларкан. Бу эса уларнинг ўзига ҳам, бошқалар билан муносабатларда ҳам халақит беради.

🔯 @Psixologik_testlar 🔯

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Бўлажак куёвлар, қалбингизни ром этган паривашнинг кўнглига чуқурроқ кириб боришни истасангиз, гул ҳадя этинг. Қуйида эса нечта гул совға қилинганда қандай маъно борлигини ёзамиз. Ўйлаймизки, юрагингиз маликаси ҳам уларни ўқияпти ва сиз нечта гул ҳадя этиб, нима демоқчи бўлганингизни билиб олади. Демак, диққат қилинг:

1 та гул совға қилсангиз, бу «Сен менинг ягонамсан!» демакдир.

3 та гул — «Сен билан дунё кезишни истайман!»

5 та гул — «Мен сени севаман!»

7 та гул — Дунё ҳалқлари орасида «Унаштириш куни»да айнан шунча гул берилади.

9 та гул — «Сени дўст сифатида ҳурмат қиламан».

10 та гул — «Сен учун нимадир қилишни истайман».

11 та гул — «Сен менинг дўстимсан».

12 та гул — «Бизга қийин, лекин ўйлайманки, ҳаммаси яхши бўлади».

13 та гул — «Сендан хафаман».

14 та гул — «Сен менинг борлиғимсан!»

15 та гул — «Менинг ҳурматимга муносибсан».

🔯 @Psixologik_testlar 🔯

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Руҳшуносларнинг фикрича, аёлларнинг қандай сумка кўтариши, сумканинг қай йўсинда бўлиши ва уни танлашига қараб ҳам феъл-атворини аниқлаш мумкин экан. Бугунги маълумотларимиз аёлларимизнинг қандай сумкани кўнгиллари тусаши ҳақида ва шунга қараб уларнинг ички дунёларини аниқлаш имконини беради.

Катта ҳажмдаги сумкалар: дунёқараши кенг, ишга шўнғиган, тадбиркор аёллар бундай сумкани танлашар экан. Сумка соҳибалари аввало, очилиши ва ёпилиши, кўпроқ чўнтаги бўлишига, тартиб билан қилинганлигига эътибор беришаркан.

Жиддий турдаги сумкалар: бундай сумкани қатъиятли, иш билан кўнгилхушликни ажрата биладиган аёллар танлар эканлар.

Турли хил ажойиб сумкалар: бу сумка соҳибалари кўп вақтини ўз кўринишларига эътибор берадиганлар ишлатар экан.

Кичкина сумка: бундай сумкачалар калит, косметика, дастурмолчалар учун мўлжалланган бўлиб, аниқ бир мақсад сари интилувчанларга аталгандир.

🔯 @Psixologik_testlar 🔯

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Xarakterni bilish uchun kalitlardan birini tanlang🔑❓

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Qaysi gulni yoqtirasiz? (Psixologik test)

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

Tamara+Komil.

Yoshdagi farq 12 yil. Tort yildan buyon birga.

Tamara va Komilning muhabbat qissasi «Ishdagi ishq» filmidagi singari ular ishlaydigan bankda boshlandi. Tamara bu erda bolim boshligi bolib ishlar, rahbari unga yaqin tanishining erka oglini ishonib topshirgandi. Yigit iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi bolib, rahbar aytganchalik tantiq chiqmadi. Ishga kirishib, asta-sekin bank ishini ipidan ignasigacha organib oldi. Erkak sifatida Tamaraning bazi injiq talablarini bajarishni oziga ep kormaydigan odat chiqardi. Shunday mayda tortishuvlardan birida yigit tonini teskari kiyib, ishdan boshash haqida ariza yozib kirdi. Shundagina Tamara bu yigitni sevib qolgani, mabodo ishdan ketsa, undan ayrilib qolishi mumkinligini angladi. Angladi-yu ayollik tabiati ishga tushib, yigitni mahv etdi. Bu paytda Tamaraning 1 nafar farzandi bolib, uni yolgiz boshi bilan ostirib, uyli-joyli qilgan edi. Komilning onasi vafot etgandi, yurtma-yurt kezadigan biznesmen otasiga esa oglining ozidan ancha yoshi katta juvonga uylanish niyati galati tuyulmadi. Shunday qilib, ular katta toy qilib, munosabatlarini rasmiylashtirib olishdi. Xorijdan asal oyidan qaytgan Tamara naq 10-15 yoshga yosharganday boldi, Komilga farzand kutayotganlarini aytganida xuddi yangi kelinchaklardek uyalib, erga qaradi. Xullas, Komil oz firmasini ochib, yirik sarmoyadorga aylandi. Yaqinda ularni istirohat bogida korib qoldim: qizchasini etaklab olgan ushbu juftlik nihoyatda baxtiyor. Ularning ozaro gap-sozlariga quloq tutsangiz, Komil oilaning haqiqiy boshligiga aylanganini sezish qiyin bolmaydi. Ammo men Tamarani anchadan buyon taniyman: u kuchsiz, boysinuvchan ayol emas, lekin Komilning unga buyruq berishi yoqadi, o`z orzusidagi navqiron yigit uning yori ekanidan faxrlanadi.🎓👇

Читать полностью…

PSIXOLOGIYA

🎓«ERIMNING YoShI MENIKIDAN KIChIK…» YoXUD MUHABBAT YoSh TANLAYDIMI?

Читать полностью…
Подписаться на канал