Turmushinigizda o‘zaro muvofiqlik bor-yo‘qligini quyidagi test orqali bilib olishingiz mumkin. Savollarga javob berib, o‘zingiz va oilangiz haqida yangi-yangi ma'lumotlarga ega bo‘lasiz.
Ijobiy javoblarga 1 balldan qo‘yib borasiz.
1) Uyingizga eringizning qarindoshlari kelsa, hamisha xursand bo‘lib kutasiz?
2)Birga hordiq chiqargan damlarni haqiqiy dam olish deb hisoblaysiz?
3) Hayotda turmush o‘rtog‘ingiz bilan bilmagan holda barobariga bir narsa haqida gapirgan vaqtingiz bo‘lganmi?
4) Nima bo‘lganidan qatiy nazar o‘zaro munosabatlarda har ikki tomonni qoniqtiruvchi to‘xtamga kela olasizlarmi?
5) Sovg‘alaringiz bir-biringizga doim yoqadimi?
6) Oila byudjetini umumiy xarjlaysizlarmi?
7) Farzandlarinigz sizga va eringizga birdek quloq solishadimi?
8) Jufti halolingizning do‘stlari uyingizga kelishidan quvonasizmi?
9) Eringizning professional muvaffaqiyatlaridan doim xursand bo‘lasizmi?
10)Umr yo‘ldoshingiz bilan umumiy qiziqishlaringiz bormi?
Sarhisob
0—3 ballgacha
Nikohingizni hali garmoniyali deb atash qiyin. Sizlar alohida o‘z-o‘zingiz bilan va faqat o‘zingiz uchun yashaysiz. Har biringizning oila haqidagi qarashlaringiz har xil, qiziqish va intilishlaringiz ham tamomila farq qiladi. Uyingizni ham sokin osoyishta deya olmaymiz, u xuddi talabalar yotoqxonasi kabi g‘ala-g‘ovurli, sershovqin. Turmush o‘rtog‘ingizning ba'zi qiliqlari g‘ashingizga tegadi, bir uyda istiqomat qilganingizdan xursand emassiz. Bolalar ham park, toqqa chiqib dam olishdan umid bo‘lmagani uchun o‘z ishlariga o‘ralashib yuradi.
Maslahatimiz: atrofdagi voqealarga be'etibor bo‘lmay, vaziyatni tezda to‘g‘irlang. Yo‘qsa bunday xonadoshlik o‘zining mantiqiy yakuniga etib, oilangiz buzilib ketishi mumkin.
4—6 ballgacha
Oilangizda to‘liq uyg‘unlik bor deya olmaymizu, har holda umid yo‘q emas. Eng asosiysi–ikkalangiz ham mustahkam oilani barpo etib, saqlashni istaganingiz, demak, hammasi o‘z qo‘lingizda. Orangizdan “g‘idi-bidi” bo‘lib tursa-da, hech qachon bir-biringizning manfaatlaringizga zid qaror qabul qilmaysizlar. Yillar davomida bir-biringizni yaxshiroq tushunib, xarakteringizdagi nomuvofiqliklarni engib o‘tasiz.
Maslahatimiz: Ro‘zg‘or masalalari va bolalar tarbiyasi o‘z yo‘liga, partneringizning ichki dunyosi bilan ham ko‘proq qiziqing.
7 balldan yuqori
Sizlarga faqat havas qilish kerak. Xarakterlaringizdagi hamma jihatlar o‘xshash. Bir-biringizni ko‘z qarashidanoq tushunasiz, hamrohingiz nimani o‘ylab, nimani his qilayotganini bilib turasiz. U haqiqatdan sizning “ikkinchi yarmingizga” aylangan. O‘rtangizda gap qochishi amri mahol. Mobodo shunday bo‘lsa, yarashuv uzoq kutilmaydi. Sizning nikohingizni yuz foiz ideal deb atash mumkin.
Maslahatimiz: Turmushdagi farovonlik va barqarorlik yaxshi, lekin uni asrab-avaylash kerkligini ham unutang. Ba'zan misqollab yig‘ilgan oilaviy baxtni nojo‘ya bir so‘z bilan barbod qilish qilish hech gap emas.
🔯 @Psixologik_testlar 🔯
Qadimgi Sharqning barcha tabiblari (Hindiston, Xitoy, O‘rta Osiyo) yuzni o‘qish san'atini (fiziognomika) puxta egallaganlar. Bu, ayniqsa, xastaliklarni aniqlashda qo‘l kelib, kasallik bemor yuz rangi va suyak tuzilishiga qarab aniqlanar edi. Yuz rangi har birimizda sog‘liq barometri va ichki ruhiy tuyg‘ular ko‘zgusidir. Masalan, buyuk imperator Yuliy Sezar sarkardalar dovyurakligini yuz rangiga qarab ajratardi. Xavf paytida botir qizaradi, qo‘rqoq oqaradi, deb hisoblar va hech qachon adashmas edi. Sharq tabiblari asosan yuzning pushti, qizil, rangpar, bug‘doy rang va ko‘kish kabi ranglarini farqlaydilar. Shuning uchun, har qanday vaziyatda, suhbat yoki uchrashuvda siz ham, eng avvalo, suhbatdoshingiz yuz rangiga e'tibor qaratishingiz muhim. Shunda siz muomalada ko‘zlagan natijaga erishishingiz mumkin.
Pushti yuz – terining pushti rangi kechirimlilik, har xil janjal va nizolardan o‘zini olib qochuvchi yoki unday holatlar oldini olishga urinuvchi shaxsga xos. Bunday kishi tabiatan yuksak aql egasi bo‘lib, doimo o‘z bilimlarini chuqurlashtirib boradi. U muloyim va romantik. Shovqinni yoqtirmaydi, sokin, bosiq gapiradi. Asosan, bolalarning yuzi pushti rangda bo‘lgani uchun ular kechirimli, kuchli xotiraga ega bo‘ladilar.
Qizil yuz – bunday rang shaxs sog‘ligida qandaydir kamchilik borligini bildiradi. Nafas yo‘llari yoki qon bosimi bilan bog‘liq muammolarni ko‘rsatadi. Xarakteriga ko‘ra, bunday kishilar faol, mustaqil fikrga ega bo‘ladilar. Ularning fikriga qo‘shilmagan yoki mensimagan shaxslarga nisbatan murosasiz, tajovuzkorligi bilan ham ajralib turadilar. Bunday holatda faqat yaxshi so‘z, maqtov bilan ularni tinchlantirish mumkin. Xalqda bunday kishilarni “o‘t odam” deb baholashadi, psixologlar “xolerik” deb ataydilar. Shu bilan birga qizg‘ish-pushti rangli yuz egasi ochiq havoda ko‘p bo‘lishni, sayohatni, jismoniy mehnatni xush ko‘radi. U tabiatan bosiq shaxs hisoblanadi.
Rangpar yuz – ruhiy tushkunlikka moyillikni bildiradi. Bunday shaxslar o‘z muammolarini boshqalarga nisbatan 10-100 barobar og‘ir deb hisoblashadi. Kamharakat bo‘lish bilan birga, ular jismoniy mehnatni yoqtirmaydilar. Shuning uchun, qo‘proq ijodiy faoliyatni tanlashadi, ko‘p nolishadi, nutqi tez o‘zgaradi, bir shoshib, bir sekin gapiradilar.
Yuqorida keltirilgan ranglar ko‘pincha aralash holda ko‘zga tashlanib (oqish-pushti, oqish-qizil, oqish-bug‘doyrang), shaxs sog‘lig‘i va ichki tuyg‘ularidan darak beradi. Har qanday suhbat paytida kishi turli emotsional holatga tushib qizaradi, oqaradi va hokazo. Shundan kelib chiqib, fiziognomika bilan tanishishni kishi yuz rangini solishtirishdan boshlang.
Yuzning suyak tuzilishi va go‘shtdorlik
Shaxs yuzining suyak tuzilishi va go‘shtdorligi uning xarakterini belgilashda katta ahamiyat kasb etadi. Bu ikki belgidan uning xulq-atvori hamda fiqrlash doirasini anglash mumkin. Shu bois, yuz shakli, rangini aniqlab olgandan keyin, suyak tuzilishi va go‘shtdorligiga e'tibor qaratishni maslahat beramiz.
Yuzida suyak bo‘rtib chiqqan shaxs shoshqaloq, serharakatdir. Bunday yuzli shaxslar ham o‘ziga, ham boshqalarga juda talabchan va qat'iy kishilardir. U bilan do‘stlashish, muloqotga kirishish juda qiyin. Muloqotga kirishganda esa ularga ishonish mumkin. Xarakterining salbiy xususiyatlaridan biri hech qanday tanqidni ko‘tarolmasligidan iborat. O‘zbilarmonlik va maqtanchoqligi bilan ajralib turadilar.
Yuzning go‘shtdorligi
Go‘shtdor yuz egalari o‘zining yumshoqtabiatligi bilan odamlarni jalb qiladi. Ular kirishimli, bilimga chanqoq, davralarda kishilar diqqatini tortishni yoqtiradilar. Shu bilan birga, asl holatlarini tabassum yordamida yashirishga intilishadi. Xalqda to‘ladan kelgan, doimo tabassumli kishilarni beg‘am, deb baholaydilar. Chunki, ular shaxsiy hayotlariga birovlar aralashishini, kechinmalarini oshkor etishni istashmaydi.
🔯 @Psixologik_testlar 🔯
Tanishlar senga salom deb emas, Assalomu aleykum deb murojat qilishni boshlaganlarida yoshing katta bo‘lib qolganligini seza boshlaysan.
@Psixologik_testlar
Suhbatdoshingiz yuzining peshona qismi uning butun hayot yo‘lini aks ettiradi va intellektual hamda ma'naviy-madaniy, ruhiy dunyoqarashini belgilaydi. Shuning uchun xalqda «peshonang yorug‘ bo‘lsin», «peshonangdagini ko‘rasan» kabi iboralar bejiz ishlatilmagan. Bu iboralar Xitoy hamda Yapon fiziognomikasi bilan O‘rta Osiyo fiziognomikasi o‘zaro bog‘lanib ketganini ko‘rsatadi. Xitoyliklar ta'limotiga ko‘ra, ideal peshona yaltirab turishi kerak, pushti yoki oz-moz qizil rang shaxs salomatligining yaxshiligi ko‘rsatkichidir.
30 yoshdan so‘ng peshonada ilk ajin va burmalar paydo bo‘ladi. Bu hayot tajribasi qoldirgan asorat. O‘tmishdagi yaxshi xotiralar va hayotiy tajriba to‘g‘ri, tekis chiziqlarni qoldirsa, qiyinchilik, salbiy hayotiy tajriba siniq, notekis chiziq qoldiradi, deb hisoblashadi Xitoy olimlari.
Peshonani tahlil qilishdan oldin, biz uning baland-pastligi, keng-torligiga e'tibor berishimiz lozim. Shu bilan birga, soch qoplami boshlanishining shaklini nazardan qochirmaslik kerak.
Mutanosib ko‘rinishga ega peshona ko‘z kengligining ikki barobarini tashkil etadi yoki burun balandligiga to‘g‘ri keladi.
SOCh QOPLAMI BOShLANIShINING TEKIS ShAKLI
To‘g‘ri burchakli soch qoplami ko‘pincha erkaklarda uchraydi. Bunday shaxslar oilaga sodiq, mehnat faoliyatida topshirilgan vazifani aniq bajaradilar. Ular atrofdagilardan yaxshi so‘z, maqtov kutadilar. Bajargan ishi yaxshi baholanishini va ish faoliyati orqali hurmatga sazovor bo‘lishni istaydilar. Yuqori lavozimga intilishsa ham, kamdan-kam holda unga ega bo‘ladilar. Ko‘proq o‘rta darajadagi xodimlik lavozimlariga etishadilar.
SOCh QOPLAMI BOShLANIShINING YoYSIMON ShAKLI
Bunday shaxslarni moddiy masalalar ko‘proq qiziqtiradi va ular moliyaviy erkin kishilardir. Mehnat faoliyatida ham mustaqillikka, mustaqil fikrlashga intilishib, shunga erisha oladilar. Ulardan yaxshi biznesmen va firma egalari etishib chiqadi. Bir so‘z bilan aytganda, omadli kishilarga xos shakl.
SOCh QOPLAMI BOShLANIShINING “V”SIMON ShAKLI
Bunday shaxslarda urf-odatlarga moyillik kuchli bo‘ladi, ularga epchillik xosdir. Jamiyatda o‘ziga mos o‘rin egallashadi. Biroq moddiy boylikni saqlashga e'tibor bermaydilar. Birdaniga bir necha ishga kirishib, o‘zini qiynab qo‘yishi mumkin. Qarama-qarshi jins vakillarida yaxshi taassurot uyg‘otish maqsadida, o‘zlariga oro berib, diqqatni tortishga usta.
SOCh QOPLAMI BOShLANIShINING «M»SIMON ShAKLI
Ko‘pincha san'atkorlar, yozuvchi va shoirlarda uchraydi. Ulardan kam hollarda rahbar chiqadi. Yumshoq, muloyim xarakterga ega. Diniy-falsafiy fikrlarga moyil bo‘ladilar.
SOCh QOPLAMI BOShLANIShINING SINIQ ChIZIQLI, NOTEKIS ShAKLI
Soch qoplami boshlanishining bu shakli yomon belgi hisoblanadi. Bunday shaxslar kamdan-kam katta yutuqlarga erishadilar. Fiziognomistlar fikricha, notekis soch qoplami egalarini hayotiy qiyinchiliklar yoshligidan azoblab keladi. Ular faqat o‘z irodasiga zo‘r berish, xatti-harakatlarini nazoratda tutish evaziga ma'lum yutuqlarga erishishlari mumkin.
Soch qoplamini tahlil qilgandan so‘ng peshonaning umumiy ko‘rinishiga o‘tish kerak.👁👇
Ассалому алайкум!🌺
Хайрли тонг!)))☀️
Янги кунга соғ-саломат еткизган Аллоҳга шукурлар бўлсин!
Кун давомида яхши амалларни кўпроқ қилишга муваффақ қилсин.
@Psixologik_testlar
Миянинг чекловчи хусусиятлари сабаб барча ишларни ёдимизда тутиб туролмаймиз ва натижада яна эртанги куннинг муҳим вазифалари бажарилмай, эътибордан четда қолиб кетади.
Бунинг ўрнига бир неча дақиқа ичида ёдингизга тушган эртанги кун ишларнинг барчасини ёзиб қўйинг ва ишларингизни бажаришда давом этинг. Шу тарзда хаёлингизга келган режани ёзиб қўйишга одатланинг, яъни нимадир ёдга тушиши билан уни эртанги ишлар рўйхатига киритиб қўйинг. Фақат эртанги кун эмас, балки истиқболда қилиниши зарур бўлган ишлар рўйхатини тузиш ҳам янада яхши натижа беради. Бу рўйхатни мунтазам тўлдириб боринг. Барча муҳим ишларингизнинг каттагина ва узун рўйхати тузилсин.
Бўш дақиқа пайдо бўлиши билан рўйхатингизни қўлга олиб, қилиниши мумкин бўлган ишларни чамалаб кўринг. Маълум бир ишни бажариб бўлсангиз, уни рўйхатдан ўчириб ташланг. Лекин рўйхатнинг ўзини қолдириб, тўлдириб борганингиз яхшироқ.
Йил якунида ўтаётган йилда бажарган ишларингизнинг узун рўйхатини кўриб, кайфиятингиз кўтарилади. Энди сиз вақтнинг тез ўтиб кетиши, қанча ишларни бажаришга улгура олмаётганлигингиз ҳақида хавотирланмасангиз ҳам бўлади.
Умуман олганда, вақтни бошқариш молиявий бошқаришга жуда ўхшайди. Бундай рўйхат ғояси молия соҳасидан олинган. Рўйхатингиздаги барча ишларни бажаришингиз эмас, балки уларни хотирангиздан қоғозга кўчирганингиз муҳимроқдир. Сиз бу рўйхатга кейинроқ ўзингиз истаган вақтда қайтишингиз мумкин.
Катта рўйхат тўғрисида яна бир гап. Албатта, сиз, битта эмас, бир неча рўйхат тузишингиз мумкин. Масалан, биринчи рўйхатингиз ўз тадбиркорлик ишингиз билан, яна бири дўстларингиз, танишларингиз ва бошқаларнинг барча илтимослари билан боғлиқ бўлиши мумкин. Яъни иккинчи рўйхатга бошқаларга бажаришга ваъда берган ишларни ёзиб қўясиз. Натижада ўз мавқеингизни кўтариб, бир сўзли инсон сифатида маълум даражада ҳурматга эга бўласиз.
Шунингдек, ўз билим ва савиянгизни ошириш учун зарур бўлган адабиётлар, мақолалар ёки сайтлар рўйхати ҳам бўлиши мумкин. Ахир, бўш қолдик дегунимизча, кўп ҳолларда телевизор орқали маъносиз кўрсатувларни томоша қиламиз ёки аниқ мақсадсиз турли сайтлар бўйлаб «кезамиз». Рўйхатга эга бўлганимизда эса вақтдан унумли фойдаланишимиз мумкин!
Агар сиз авваллари ишларингизни ёзиб юрмаган бўлсангиз, бу ишни бугун, албатта, амалга оширинг. Ана шунда ҳаётингизнинг самаралироқ бўлиб қолганига ўзингиз гувоҳ бўласиз!
🔯 @Psixologik_testlar 🔯
1. Asabingizga tegishga harakat qilishsa, xayolingizda «ventilyator yoqing». U sizga qarata aytilgan achchiq sozlarning barchasini «uchirib» yuborayotganini koz oldingizga keltiring.
2. Tasavur qiling, sizni xafa qilishga urinayotgan suhbatdoshingiz akvarium ichida, siz esa tashqarisidasiz. Suhbatdoshingiz nimalardir gapirmoqda, ammo siz suvda paydo bolayotgan pufakchalardan boshqasini korganingiz yoq.
3. Deylik, katta janjal boshlanish arafasida. Ozingizni qolga oling va baqirib-chaqirayotgan kishining ornida oyoqlarini erga urib, onasining etiborini tortishga harakat qilayotgan bolachani koz oldingizga keltiring.
4. Arzimas hazil yoki achchiq sozga xafa bolaverishni odat qilmang. Kechira bilishni ham organing. Kim bilandir xafalashib qolgan bolsangiz, yarashish yolini qidiring. Ammo uning qay bir harakati sizni xafa qilganini ham oziga bildirib qoying.
5. Kechirishni ozingiz tomoningizdan keltirilgan katta qurbonlik deb bilmang. Birovni kechira bilish sizni xotirjam, kuchli qiladi, ozingizga bolgan ishonchni orttiradi va hech nima kayfiyatingizni buza olmaydi.
🔯 @Psixologik_testlar 🔯
?Barchangizga kun hayrli bo'lsin azizlar! Bizni kuzatishda davom eting.
@Psixologik_testlar
Muhabbat boyinga solingan sirtmoqqa aylanmasligi uchun insonga erkinlik kerak. Kimgadir harakat erkinligi, kimgadir tuygular, yana kimlargadir fikr erkinligi. Quyidagi 10 savolga javob berib, muhabbatda aynan siz uchun uning qaysi turi muhim ekanligini bilib oling. Bu ozingizni yanada yaxshiroq tushunib, yoringiz bilan ortangizdagi tushunmovchiliklarni bartaraf etishingizga komaklashadi. Ha aytgandek, javoblar orasida togri yoki notogrilari yoq. Shunchaki, konglingiz chopgan birinchi variantni belgilang. Ichki sezgingizga ishoning.
1. Yoringizning qaysi ishi sizga noqulaylik tugdiradi?
A. «Shaxsiy yozishmalarim, kundalik yoki «SMS»larimni oqishi asabiylashtiradi».
B. «Atigi bir kunga onamnikiga yubormagani jahlimni chiqaradi».
V. «Sevish-sevmasligimni sorayverishi gashimga tegadi».
2. Saramjonlik siz uchun...
A. «Eng avvalo, hayollar, rejalardagi tartib degani».
B. «Javondagi kiyimlarning joy-joyida turishi».
V. «Kommunal tolovlardan qarzdorlikning yoqligi».
3. Sizningcha munosabatlardagi erkinlik...
A. «Har kim oz ishi bilan mashgul bola olishi...»
B. «Har bir qadaming haqida hisobot bermaslik...»
V. «Doim uni sevish shartmasligi. Axir bazi-bazida achchiqlanib turishga togri keladi».
4. Turmush ortogingiz bilan tugilgan kunga bordingiz. Siz zerikib otiribsiz, u esa maza qilayapti. Barvaqtroq turishning imkoni yoq. Nima qilasiz?
A. «Holiroq erga kirib, dugonalarim bilan gaplashaman».
B. «Birrovga bolsa-da, tashqariga chiqishga harakat qilaman».
V. «Davrada otirsam-da, oz yumushlarim haqida oylayman».
5. Turmush ortogingiz jahl ustida uydan ketishini malum qildi...
A. Qarorini izohlashini talab qilasiz.
B. U kap-katta odam, muammosini ozi hal qilsin.
V. Qanday qilib bolsa-da, olib qolish yollarini izlaysiz.
6. Oz juftini hurmat qilgan kishi...
A. Uning har bir fikriga qoshilishi shart emasligini biladi.
B. Jufti doim yonida bolishi shart emasligini tan oladi.
V. Bu hayotda faqat tuygular bilangina yashash kerak emasligini yaxshi tushunadi.
7. Bolaligingizda...
A. Mustaqil bolganman. Shuning uchun erkalashlarga ehtiyoj sezmayman.
B. Qorqmas bolganman. Hozir ham yolgizlikdan qorqmayman.
V. Yopiq bolganman. Ota-onamga hamma narsa haqida aytishni yoqtirmasdim.
8. Turmush ortogingiz qaysi jihatingizga etiroz bildiradi?
A. «Uni sevishimni aytavermasligimdan norozi».
B. «Rejalashtirgan ishimizni birgalikda bajara olmasak kayfiyati tushadi».
V. «Nimalar haqida oylashimni bilmasligidan shikoyat qiladi».
9. Muhabbat haqidagi asarlarni oqimaysiz. Chunki...
A. Ular zerikarli va siyqasi chiqqan.
B. Ularda harakat, kechinmalar doim bir xil.
V. Mazmuni oxshash bolgani uchun.
10. Agar juftlik...
A. Vaqti-vaqti bilan alohida yashashni istab qolsa, bu qorqinchli emas.
B. Dunyoqarashlari bir xil bolmasa, vaxima qilmaslik kerak.
V. Oilaning mustahkamligini saqlash uchun rol ijro etsa tushunish mumkin.
Javoblar:
J 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
A 2 2 1 3 1 2 1 3 2 3
B 1 1 2 1 2 1 3 1 3 2
V 3 3 3 2 3 3 2 2 1 1
Natija:🎓👇
🎓Hayot - bu katta supermarket. Hohlagan narsangni ol, lekin unutma, kassa oldinda turibdi. Hammasini haqini to‘lashing kerak.
▪️▫️▪️▫️▪️▫️▪️▫️▪️▫️▪️
@Psixologik_testlar
Ko‘pchiligimiz ishda yaxshi xodim, mas'uliyatli rahbar, umuman mustaqil shaxsmiz. Lekin munosabatlarda o‘zimizni huddi bola yoki o‘smirdek tutishimiz mumkin. Cevgi bobida yosh, doim ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lavermaydi. Lekin kishilarning o‘zini tutishiga qarab, tajribali yoki tajribasizga ajratish mumkin. Xo‘sh, munosabatlardagi yoshingizni bilasizmi? Marhamat, savollarimizga javob beringda, o‘zingiz haqingizda yanada ko‘proq bilib oling.
Yo‘riqnoma:
Agar savolga «Ha» deya javob bersangiz, belgilab qo‘ying. Agar fikrga qo‘shilmasangiz, keyingi savolga o‘tib ketaverasiz. «Yo‘q» yoki «Bilmayman» javoblari nol ballga teng.
Savollar:
1 Munosabatlarda murosaga kelishga qiynalaman, doim ham past ketgim kelmaydi.
2 Uni o‘zgartirish istagidan allaqachon voz kechganman.
3 Muhabbat bor joyda, albatta, o‘zaro hurmat ham bo‘ladi.
4 Sevgan insonim meni hayron qoldirishga harakat qilmaydi.
5 Munosabatlarda ta'sirchanlikka o‘rin yo‘q.
6 Agar ehtiros bo‘lmasa, munosabatlar ham sovuqlashib boraveradi.
7 Samimiyat — mustahkam munosabatlarning asosiy omili.
8 Ko‘ngil berganim qo‘rquvlarimni engishimga ko‘maklashishini istayman.
9 U hafsalamni pir qilganida o‘zimni bosishga qiynalsam-da, hech narsa demayman.
10 Ikki kishilashib zerikish ham muhabbatning bir belgisi.
11 Uzoq yillik munosabatlar garovi — murosa.
12 Sevgi muhabbat, tuyјularning keskin o‘zgarishidan tez charchayman.
13 Nozik mavzulardagi suhbatlarga umuman toqatim yo‘q.
14 O‘zimning kuchli va ojiz tomonlarimni yaxshi bilaman.
15 Zarurat tuјilsa ko‘ngil qo‘yganimning ba'zi noxush odatlariga ko‘z yumish qo‘limdan keladi.
16 Muhabbat, aslida, hissiyotlarning kuchliligi va tuyјular po‘rtanasi.
17 Muhabbat va iztirob oldinma-ketin yuradi.
18 Juftim meni borimcha qabul qilishi kerak.
19 Juftimiz biz unga imkon berganimizcha bizni boshqaradi.
20 Agar u shaxsiy xududimni buzsa, kechirishim mushkul.
Javoblar:
Agar 1, 3, 4, 12, 16, 17, 18, 20 savollarni tasdiqlasangiz har birini 1 balldan;
Agar 6, 8, 9, 14, 15, 19 savollarni tasdiqlagan bo‘lsangiz har birini 2 balldan;
Agar 2, 5, 7, 10, 11, 13 savollarni tasdiqlagan bo‘lsangiz har birini 3 balldan hisoblaysiz.
Oxirida hamma ballaringizni qo‘shib natijangizni o‘qing.
Natija:
8-16 ball: o‘smirlardek sevasiz
Huddi o‘smirlar kabi sevgan insoningizni ideallashtirishingiz mumkin. O‘ziga o‘xshamaydigan inson bilan muloqot qilish, yot tuyјularni tuyishga ehtiyojingiz bor. Qaltis qarorlar qabul qilish odatingiz esa chegaralarni tan olmasligingiz natijasidir. Ammo katta yoshdagi inson o‘zini o‘smirlardek tutishi birqancha tushunmovchiliklarini keltirib chiqaradi. Ko‘pincha ham ruhan yaqin insonni izlaysiz, ham o‘yin-kulgidan, yorqin taassurotlardan voz kechgingiz kelmaydi. Ehtimol, shunga uzoq muddatli va mustahkam munosabatlarni barpo etishingiz mushkuldir. Boshqalarni kamchiliklari bilan qabul qilishga qiynalasiz. Odatda o‘zgaruvchan fe'l atvoringizni o‘zingiz ham tushunmay qolasiz. Ayriliqni esa oјir o‘tkazasiz. Hatto, birinchi qadamni o‘zingiz tashlagan bo‘lsangiz-da.
Ustunligingiz: kamolotga intilasiz, jur'atlisiz.
Kamchiligingiz: o‘zgaruvchanligingiz, his-tuyјuga beriluvchansiz, chegaralarni tan olmasligingiz ba'zida pand berishi mumkin.
Muvozanatga erishish uchun: ko‘ngil qo‘yganim hamma talablarimga javob berishi shart, umuman talab va ehtiyojlarimni atrofdagilar qondirishlari lozim degan shartlaringizdan voz kechishga harakat qiling. O‘z istaklaringizni o‘zingiz amalga oshirishni o‘rganing.🎓👇
J) A. B. C
1) 2. 3. 1
2) 2. 1. 3
3) 2. 3. 1
4) 2. 1. 3
5) 1. 2. 3
6) 3. 1. 2
7) 2. 3. 1
8) 1. 2. 3
9) 3. 2. 1
10) 1. 2. 3
11) 3. 1. 2
12) 1. 2. 3
13) 1. 3. 2
14) 1. 2. 3
15) 2. 3. 1
To‘plagan umumiy balingizga ko‘ra siz oila qurishga o‘zingizga bo‘lgan ishonchingiz darajasini bilib olishingiz mumkin.
40-45 ball oralig‘idagi balni to‘plagan bo‘lsangiz, sizda oilaviy hayotga nisbatan o‘zingizga ishonchingiz yuqori darajada shakllangan. Bir oilani yaxshi rahbari bo‘lishingizga shubha yo‘q.
34-39 ball oralig‘idagi balni to‘plagan bo‘lsangiz, sizda oilaviy hayotga nisbatan o‘zingizga ishonchingiz yaxshi shakllangan. Lekin shunga qaramay, ota-onangizni maslahatlariga ko‘proq e'tibor bering.
28-33 ball oralig‘idagi balni to‘plagan bo‘lsangiz, sizda oilaviy hayotga o‘z ishonchingiz qoniqarli darajada shakllangan. Bir oilani butunlay eplab ketishingiz uchun ota-onangizni va kattalar maslahatlariga so‘zsiz amal qiling.
22-27 ball oralig‘idagi balni to‘plagan bo‘lsangiz, sizda oilaviy hayotga o‘z ishonchingiz sust darajada shakllangan. Bir oilani eplab ketishingiz uchun ota-onangizni va kattalar ko‘p ter to‘kishadi. Siz kattalarni har bir ko‘rsatmalari va maslahatlarini hech o‘ylamay qabul qilib, ularga amal qilishingiz yutug‘ingiz xisoblanadi.
🔯 @Psixologik_testlar 🔯
KENG-BALAND PEShONA
Keng-ochiq peshona shaxsning intellektual darajasi va ma'naviy boyligini namoyish etadi. Mehnat jamoasida katta hurmatga sazovor kishilarga xos. Bu hurmatni iqtidori, ishga bo‘lgan munosabati bilan qo‘lga kiritadilar. Biroq, rahbarlar bilan kamdan-kam hollarda yaxshi munosabatda bo‘lishadi. Chunki, rahbarlar fikriga moslashishni yomon ko‘radilar. Ekstremal hollarda faqat o‘ziga ishonadilar. Katga hurmatga ega bo‘lishsa-da, do‘stlari oz. Sababi, odamlarga ishonchsizlikdir. Bergan topshiriqlari bajarilishini takror-takror tekshiradilar. Keng va ochiq peshonali shaxslar rostgo‘y bo‘lish bilan birga, jahldor, biroq ishonchli do‘st, o‘z g‘oyalariga sadoqatli kishilardir. Ular omadsizlikdan juda qo‘rqadilar. Ko‘pincha, o‘z va o‘zgalar huquqlari himoyachisiga aylanishlari mumkin.
BALAND, YuQORIGA TORAYGAN PEShONA
Mazkur peshona shaxsning katta intellektga ega emasligini bildiradi. Lekin, ular qaysarlik va mehnatsevarlik sifatlari bilan jamoada ma'lum yutuqlarga erishadilar. Amaliyotchi, jismoniy kuchga ko‘proq ishonadi, sport bilan bog‘liq kasblarni tanlashadi. Mazkur peshonani og‘ir atletikachilar, kurashchilar va bokschilarda uchratish mumkin. Ekstremal holatlarda o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishadi. Oilada murosaga kelishish qiyin. Ularga nisbatan nohaq munosabatda bo‘lishayotganday tuyulaveradi. Ular orasida tajribali, o‘ziga to‘q kishilar ko‘p.
KENG-PAST PEShONA
Bunday peshona shaxsning yaxshi intellektual darajasi ko‘rsatkichidir. Biror ishni bajarishga kirishishdan avval barcha ijobiy va salbiy taraflarini ko‘rib chiqib, shundan so‘nggina, bu ishni uddalashning eng qulay usulini tanlab olishadi. Muomalada diplomat va sermulozamat. Inoq jamoa yig‘ib, uning yordamida muayyan darajaga erisha oladilar.
Agar peshonaning baland-pastligi, keng-torligi shaxsning umumiy xususiyatlarini bildirsa, undagi chiziqlar hayotiy tajribasidan hikoya qilsa, tekis-qiyaligi, do‘ng va botiqligi psixik jarayonlar harakati, xotirasi bilim olishga moyilligini anglatadi.
TIK-BALAND PEShONA
Bunday peshona shaxsning fikrlash qobiliyati, sog‘lom fikr, tabiiy sezgiga ega ekanligini bildiradi. Yaxshi ma'lumot, ma'lum qo‘llab-quvvatlash uni katta yutuqlar sari etaklashi mumkin.
TIK-PAST PEShONA
Rahmdil, dono, aql bilan ish qiladigan shaxsga xos. Shoshilinch axborotni qabul qilish va o‘zlashtirishga qiynaladi. Topshirilgan vazifani sekin, lekin puxta bajaradi.
DUMALOQ-DO‘NG PEShONA
Ko‘p hollarda bunday peshona keng bo‘ladi. Xitoy, Yapon olimlarining fikriga ko‘ra, ularni eng baxtli shaxslar toifasiga kiritish mumkin. Fikrlash doirasi, aqli, diqqati boshqalardan ustun, muloqot paytida diplomat va ustalik bilan o‘z fikrlarini o‘tkaza oladilar.
Mehnat qilishni, yangi g‘oyalarni yoqtiradilar. Moslashuvchan xarakterga ega bo‘lib, turli vaziyatlarga oson ko‘nikadilar. Biroq, ular turg‘un g‘oyalarni yoqtirishmaydi, doimiy izlanishda hayot kechiradilar.
QIYa-BALAND PEShONA
Bunday shaxs harakatchanligi hamda fikrlash tezligi bilan o‘ziga xosdir. Unda ajoyib miya va xotira mavjud. Yaxshi tahliliy xususiyatlar hayotda yangi g‘oyalarni qo‘llashga yordam beradi. Bir bor ko‘rgan va qo‘llagan texnologiyalarni eslab qolib, hayotga tadbiq qila oladi. Ular san'at hamda musiqani yaxshi tushunadilar. O‘z bilimlarini muntazam orttirib borib, shu bilan birga, begona fikr va g‘oyalarga juda tanqidiy munosabatda bo‘ladilar.
QOSh USTI YoYI
Qosh usti yoyi aniq ko‘zga tashlanadigan kishilar ham mavjud. Ko‘p hollarda bu xususiyat zrkaklarga xos. Ushbu belgi kishining qaysarligini bildiradi. Bunday odam har narsada qatiy tartib bo‘lishini istaydi. Bu tartibga o‘zi bo‘ysunadi va payti kelsa, o‘zgalarni bo‘ysunishga majbur qiladi. Hayotda tajribali. Ma'lum chizmalar va ko‘rsatmalar asosida ish bajarishni yoqtiradi. Agar harbiy kasb egasi bo‘lsa, nizom qoidalarini mahkam tutadi.
🔯 @Psixologik_testlar 🔯
Yurak chizig'i hayotning hissiy sohasini nazorat qiladi. U kishi bilan boshqalar o'rtasidagi munosabatni aniqlash uchun ishlatilishi mumkin. Sizning kundalik va shaxsiy hayotingiz bilan bog'liq
Читать полностью…Агар сиз бир марта бўлса ҳам ўз ҳаётингизни ўзгартириб, кунларингизнинг омадли, самарадор бўлишига уринган бўлсангиз, демак вақтни бошқаришга оид турли усуллар ва қўлланмалар билан танишсиз. Вақтни бошқариш мавзусига доир жуда кўп адабиётлар мавжуд, лекин амалиёт нуқтаи назаридан қаралганда «вақтни бошқариш» инсон учун нимани англатади?
Хотирани бўшатамиз
Инсон мияси тузилишининг қандай ижобий ва салбий томонлари мавжуд? Биз барча маълумотларни доимо хотирамизда ва диққатимизни жамлаган ҳолда сақлай олмаймиз. Бир томондан, хотирада сақлай олмаганимиз сабаб турли муаммолар келиб чиқади, бу ҳам яхши эмас.
Агар биз муҳим, аммо шошилинч бўлмаган ишларни доимо ёдимизда тутганимизда эди, ҳаётимиз осонроқ кечган бўларди! Лекин иккинчи томондан ақлдан озган бўлардик.
Миянинг муҳим вазифаларидан бири ― ўзини ахборотларнинг чексиз оқимидан ҳимоя қилиш. Ҳозирги вақтда инсон бир ҳафта ичида қабул қиладиган ахборот, бундан 100-200 йил аввал яшаган деҳқон бир неча йил давомида қабул қилган ахборотдан ҳам кўпдир.
Ахборотлар билан таъминлашнинг бундай маромида мунтазам равишда барчасида эътиборимизни жамлайдиган бўлсак, идрокдан айрилиш жуда ҳам осон. Барча ишларни хотирада сақламасдан қоғозга кўчириш билан миямизни ортиқча юкламалардан халос қиламиз ва вақтни мақсадли бошқарган бўламиз.
Вақтни бошқаришнинг асосий тамойили
Ҳар куни бу маслаҳатга мувофиқ иш кўрсангиз, атрофингиздаги 90 % одамларнинг ҳолатидан кўра тузукроқ ҳолатга эга бўласиз. Ҳар оқшом вақтингизнинг ҳеч бўлмаганда бир соатини эртанги ишлар рўйхатини тузишга сарф қилинг. Бу бир варақ қоғоз олиб, унга бир соат тикилиб ўтиргандан кейин, ишларнинг узун рўйхатини ўзингиздан ситиб чиқаришингиз кераклигини билдирмайди.👁👇
🎓Qilgan ishinga o'zingni boshing qancha egilsa egilsin, lekin ota-onangni boshi egilmasin!
@Psixologik_testlar
10 — 16 ball: Xarakat erkinligi
Siz uchun ozingiz istagan paytda, ozingiz xohlagan joyga borish juda muhim. Qolaversa, bu haqda hisobot berishni ham yoqtirmaysiz. Sevgi deganda sevishganlarning doim birga bolishini tushunmaysiz. Albert Kamyu aytganidek: «Erk kishiga manan osish imkoniyatini beradi». Juftingizni hurmat qilasiz va noorin rashkingiz bilan yolgon sozlash, ozini oqlashga majbur qilmaysiz. Har kimning oz hududi bolishi lozim degan qarashni qollab quvvatlaysiz. Orangizdagi masofa qanchalik yiroq bolsa, yoringizni kuchliroq sevishingizni tushunasiz. Har kuni qaror qabul qilish inmkoniyatiga ega bolishingiz lozim. Afsuski erkinlikning ushbu turiga bolgan ehtiyojingizni juftingiz doim ham togri tushunavermaydi.
Ustunligi: kichik ayriliqlar muhabbatingizni alangalatib turadi.
Maslahat: agar turmush ortogingiz ham sizdek oylamasa, erkinlikning bu turi munosabatlaringizga rahna solishi mumkin. Yoringiz sizdagi erkinlikka bolgan chanqoqni tushunmasligi va oxir oqibat sabr kosasi tolishi mumkin. Balki juftingizning qarashlariga quloq tutib, oqim boylab suzishga harakat qilganinigiz yaxshidir.
17-23 ball: Fikr erkinligi
Shioringiz «Inson oqilmagan kitob kabi bolishi lozim». Hatto, qalbingizni sevgan insoningizga hadya etib ham erkinligingizni saqlab qolasiz. Bu degani ozinigizga yarasha sirlaringiz, ortoqlashishni istamagan xayollaringiz, faqat ozingizgagina tegishli olamingiz bor degani. Boshqacha qilib aytganda sizga ichki mustaqillik zarur. Bu bilan yoringizni hurmat qilmaysiz, demoqchi emasmiz. Axir u atrofdagilar orasida fikrlaringizni ochiq ayta oladigan eng yaqin insoningizligicha qolaveradi.
Ustunligingiz: Ozingizni bunday tutishingiz sevgan insoningiz qarshisida sizni yanada sirli korsatadi. Shuningdek bu turdagi mustaqillik kundalik hayotingizga halal qilmaydi.
Maslahat: Bazida yaqinlaringiz hatti-xarakatlaringizni sovuqqonlik, etiborsizlik deya qabul qilishlari mumkin. Yaxshisi, tuygularingiz kuchini ochiq korsatishga harakat qiling. Aks holda orangizdagi masofa kattalashib boraveradi.
24-30 ball: Tuygular erkinligi
Muhabbat qissasi uzoq va baxtli davom etishi uchun kongil amriga kuloq tutish shart, degan qarashni ilgari surasiz. Yurakka buyruq berib, ozingizni kimnidir yoqtirishga majburlay oladiganlar toifasidan emassiz. Ikkiyuzlamachilikka ham toqatingiz yoq! Agar juftingizga nisbatan hurmatingiz sonmasa, munosabatlardagi kichik tushunmovchiliklar ayriliq uchun asos bola olmasligini ham yaxshi bilasiz. Har qanday cheklovlarga chidashingiz mumkin, faqat oz hislaringizga qarshi chiquvchi qarorlar qabul qilishga dosh berolmaysiz. Yoringiz shirin sozlaringizni tinglashni istab turganini bilsangiz-da, agar unga mehringiz toblanib ketmasa tuygularingizni izhor etmaysiz. Shundan keyin yoringiz bilan ortangizda tushunmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin.
Ustunligingiz: Ozaro hurmat, etibor v etirofni har qanday otkinchi hoyu-havas va gazabdan ustun qoyasiz. Shuning uchun ham juftingiz bilan ortangizda sohtalik va aldovlarga orin qoldirmaysiz. Ozingiz ham boringizcha bolasiz, uni ham boricha qabul qila olasiz.
Maslahat: Yoringiz tuygularingizni togri tushunib, shubhayu gumonlar changalidan chiqib olishi uchun uning ham hislariga etibor qarating. Nafaqat hurmatingizni, asl tuyg`ularingizni ham bildirib turing.
🔯 @Psixologik_testlar 🔯
17-25 ball: kattalarday sevasiz
Ishonchli va mustahkam munosabatlaringiz asosida har kimning o‘z hududi borligini tan olishingiz yotadi. Ruhiy o‘sish o‘zingiz va yaqinlaringizga qo‘ygan chegaralaringizni tushunish bilan nomoyon bo‘ladi. Shuningdek inson o‘zgaruvchan mavjudot ekanligini tushunish va o‘zingiz ham o‘zgara olishingizni qabul qilishingiz lozim. Muloqot jarayonida bemalol «Men», «Yo‘q» so‘zlarini qo‘llay olasiz, o‘z ehtiyojlaringizni o‘zingiz qondirish uchun harakat qilasiz. Agar munosabatlarda o‘zaro hurmat va ishonchni ko‘rmasangiz ularga yakun yasash ham qo‘lingizdan keladi. Kattalarga xos munosabtalarning asosida muloqot yotadi. Muloqotda esa ixtilof va tushunmovchiliklar ham kuzatilishini unutmang.
Ustunligingiz: samimiylik, voqea-hodisalarga teran nazar bilan boqish va atrofdagilarga hayrixohlik yaqqol ustunligingizdir.
Kamchiligingiz: ko‘ngil amriga emas, aqlga quloq tutishingiz natijasida ruhiy ehtiyojlaringiz ehtiyojligicha qolib ketishi mumkin.
Muvozanatga erishish uchun: har qanday muvozanat ham kuni kelib buzilishi mumkinligini yodda saqlang. Mas'uliyat va bir birini tushunish degani tuyјular doim ham munosabatlarning davomiyligini ta'minlay olmaydi. Fikrlar xilma-xilligi va bir chimdimgina rashk munosabatlaringizni raјbatlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
26-37 ball: munosabatlar bobida «oqsoqol»siz!
Siz uchun asosiysi hamfikrlilik va o‘zaro muvofiqlik. Hayot sinovlari va tajriba, baribir, o‘z so‘zini aytadi-da. Yoningizdagi insonni tushunish, qo‘llab quvvatlash va unga јamxo‘rlik qilishni uning e'tiborini qozonishdan ko‘ra ustun sanaysiz. Siz uchun zafar qozonish emas, muammoning umumiy echimini topish muhimroq. Avvallari o‘zingiz zerikarli deb o‘ylagan bir xillikni endi munosabatlardagi turјunlik deya qabul qila boshladingiz.
Ustunligingingiz: qo‘li va ko‘ngli birdek ochiq insonsiz.
Kamchiligingiz: haddan tashqari fidokorlik, birgina maqsad atrofida aylanib qolish, munosabatlarga yangilik kitirishni istamaslik.
Muvozanatni saqlash uchun: o‘ziga xosligingizni yo‘qotmang, biroz sirliroq bo‘ling. Yoringizning istaklarini o‘z xohishlaringizdan ustun qo‘ymang. Boshqa kishilar bilan muloqotingizni jonlantirish orqali juftingizni o‘z muammolaringiz bilan bezdirishdan yiroqda bo‘lasiz. Munosabatlaringizda erkinlik yuzaga keladi.
🔯 @Psixologik_testlar 🔯
Mazkur test sizni oila qurishga tayyorligingizga o‘z ishonchingizni qisman bo‘lsa-da aniqlashga yordam beradi. Quyida berilgan savollarni diqqat bilan o‘qing va ko‘rsatilgan javoblardan o‘zingizga mosini tanlab belgi qo‘ying. Javobni tanlashda ikkilanmaslikka harakat qiling.
Yaqin kunlarda sizni uylantirmoqchi ekanliklarini bilib qolsangiz:
a) tayyor emasman deman
b) o‘ylab ko‘raman
v) xursand bo‘laman.
Bo‘lg‘usi rafiqam …. yoqsa bo‘ldi.
a) o‘zimga
b) onamga
v) oila a'zolarimga.
Men oilamni eplab ketishim mumkin:
a) ota-onamni yordamida
b) o‘z mehnatim bilan
v) qiyin masala.
Rostini ayting, uylangan o‘rtoqlaringizga siz:
a) havas qilasiz
b) achinasiz
v) e'tibor bermaysiz.
Oila qurishga ruhan necha foiz tayyorman, deb o‘ylaysiz:
a) 25%
b) 50%
v) 100%
Sizning-cha, uylanish:
a) erkinlikni yoqotish
b) ixtiyoriy axmoqlik
v) tabiiy hol
Bo‘lg‘usi qaynota va qaynonangiz kimligi siz uchun:
a) muhim
b) muhim emas
v) javob berishim qiyin.
Oila qurishga ruhan tayyorligingizga o‘zigizni ishochingiz:
a) yuqori
b) bu haqida o‘ylamaganman
v) yo‘q.
Bo‘lg‘usi rafiqamni:
a) o‘zim topaman
b) onam topadilar
v) yaqinlarim, qarindoshlar topishadi.
Uylanishdan maqsad menimcha:
a) o‘z o‘rniga ega bo‘lish
b) hayot qonuniga bo‘ysunish
v) ma'no yo‘q.
Ba'zan xayolan endi topishgan nomzodga ko‘zimni chirt yumib rozilik:
a) beraman deyman
b) bunday xayol bo‘lmagan
v) ba'zan shunday bo‘ladi.
Sizning-cha, uylanishning vaqtini:
a) erta-kechi yo‘q
b) kechiktirib bo‘lmaydi
v) ertaroq bo‘lgani yaxshi.
Uylanish haqida o‘ylaganimda:
a) qo‘rqib ketaman
b) entikib ketaman
v) jahlim chiqadi
Siz o‘z tassavvuringizdagi qizga uylanasiz.
a) to‘g‘ri
b) yo‘q onamla topganlariga
v) bu haqida o‘ylamaganman.
Meni uylanishim haqida:
a) ota-onam o‘ylashadi
b) o‘zim o‘yliman
v) qarindoshlarim o‘ylashadi.
Yuqorida savollarga o‘zingiz uchun ma'qul bo‘lgan javoblarni belgilab olgan bo‘lsangiz, quyidagi jadvalda keltirilgan ko‘rsatkich asosida ballaringizni hisoblab chiqing.🎓👇